от
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023
O'ZBEK TILIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI TERMINLARINING TARAQQIYOTIDA TARIXIY MANBALARNING AHAMIYATI
G'aniyeva Lobar
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bugungi kunga qadar shakllangan, davlat boshqaruvida amalda qo'llaniladigan o'zbek tilidagi terminlarning taraqqiyotida tarixiy manbalarning o'rni va ahamiyati haqida ilmiy munozara yuritilgan. Tarixiy manbalarda uchraydigan davlat boshqaruvi terminlari diaxron va sinxron aspektda tahlilga tortilgan va bugungi kundagi faol yoki nofaolligi lingvistik jihatdan o'rganilgan. Tarixiy terminlarningyetakchi ma'nolari izohlab keltirilgan.
Kalit so'zlar: termin, terminologiya, tarixiy termin, davlat boshqaruvi, manba, ma'no torayishi, yetakchi ma'no, integral sema.
THE IMPORTANCE OF HISTORICAL SOURCES IN THE DEVELOPMENT
OF UZBEK LANGUAGE TERMS OF STATE ADMINISTRATION
ABSTRACT
This article discusses the role and importance of historical sources in the development of Uzbek-language terms, which have been formed to this day, which are practically used in State Administration. The terms of State Administration found in historical sources have been subject to analysis in the diachronic and synchronous aspect, and the present-day active or inactive has been linguistically studied. The leading meanings of historical terms are explained.
Keywords: term,terminology, historical term, state administration, source, narrowing of meaning, leading meaning, integral sema.
ЗНАЧЕНИЕ ИСТОРИЧЕСКИХ ИСТОЧНИКОВ В РАЗВИТИИ ТЕРМИНОВ ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ В УЗБЕКСКОМ
ЯЗЫКЕ
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается роль и значение исторических источников в развитии узбекоязычных терминов, которые сформировались по сей день и практически используются в государственном управлении. Термины государственного управления, встречающиеся в исторических источниках, были подвергнуты анализу в диахроническом и синхронном аспекте, а
о
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
современные активные или неактивные были лингвистически изучены. Объясняются основные значения исторических терминов.
Ключевые слова: термин, терминология, исторический термин, государственное управление, источник, сужение значения, ведущее значение, интегральная сема.
O'zbek tilidagi davlat boshqaruvi terminlarining taraqqiyoti bevosita davlatchilikning tarixi, jamiyatning shu davrga qadar qanday mezonlar asosida boshqarilganligi va bu jarayonlarning manbalarda qanday aks etganligi lingvistikaning tarmog'i bo'lgan sohaviy terminologiya uchun ham muhimdir. Terminlarning tarixi, genetikasi, ma'no va mavzu guruhlari, grammatik tuzilishi va derivatsiyasi, boyish manbalari va taraqqiyot yo'li haqida yetarlicha tushuncha va taassurotga ega bo'lishda bevosita tarixiy manbalarning o'rni asosiy mohiyat va ahamiyat kasb etadi. Har bir xalq, mamlakatda bo'lgani kabi o'zbek tilidagi davlat boshqaruvi terminlarining shakllanish va taraqqiyot manbalari uzoq o'tmishga borib taqaladi.
Bugungi kunda o'zbek tilidagi zamonaviy terminologik tizimlarini o'rganish, soha terminlarini to'plash, saralash va tartibga solish hamda tadqiq etish uchun tarixiy manbalarni birlamchi manba sifatida ilmiy baholash sohaviy terminologiyaning samaradorligini oshiradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
G.O.Vinokur, A.A.Reformatskiy, D.S.Lotte, V.P.Danilenko [11, 16, 23,26] kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida terminologiyaning nazariy jihatlari, terminlar sistemasini tartibga solish, terminning belgilari, termin va terminologiyaning amaliy ahamiyati keng ko'lamda, maxsus tadqiq etilgan. Shuningdek, xalqaro tilshunoslikda sohaviy terminologiyaga oid bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Yu.A. Belchikov, I.F. Protchenko, A.A. Buryachok, P.K. Milshin, N.M. Leyberova, I.O. Tkacheva [7, 8, 17, 20, 24] kabi tilshunos olimlar semantik-mavzuiy jihatdan ijtimoiy-siyosiy qatlamga doir so'zlarni nominativlik asosida o'rganish jarayonida davlat boshqaruviga oid leksikaga alohida to'xtalib o'tadi.
O'zbek tilshunosligida ham terminologiyaning nazariy masalalariga doir, shuningdek, sohalar terminologiyasi bilan bog'liq serko'lam ishlar amalga oshirilgan. Tilshunos olim Akobirov S.F. [2] tilshunoslikda termin va terminologiya masalalariga alohida e'tibor qaratgan. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi asosida vujudga kelishi, takomillashishi va termin ma'lum bir terminologik sistemaning a'zosi ekanligini, shu orqali esa tilning boyishiga sabab bo'lishini ta'kidlaydi. Terminlarni yangi ma'nolar olib, ko'p ma'noli so'zga aylanib borishini,
KIRISH
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
hattoki barqaror birikmalar, ideomatik iborlar tarkibiga kirib yangi ma'nolar asosida ommalashishi mumkin degan qarashlarni bildiradi. Shu nuqtai nazarlardan kelib chiqib, davlat boshqaruviga oid terminlarning taraqqiyot jarayonini va bugungi kundagi holatini mohiyatan ochiqlash uchun ham tarixiy manbalarning o'rni ahamiyatli. Davlat boshqaruvi terminlarining taraqqiyotida tarixiy manbalarning o'rnini belgilashda, ilmiy-nazariy xulosalarga kelishda qiyosiy-tarixiy va tavsifiy metodlar bizga qo'l keladi.
NATIJALAR
Manbalarga murojaat qiladigan bo'lsak, Turkiston xalqi arablar bosqiniga qadar ham davlat boshqaruvi va davlatchilik tizimiga ega bo'lgan. Bu borada bir qancha yutuqlarga ham ega ekanligi ham ma'lum. XIX asrga qadar faol bo'lgan parvonak kirok termini parvonak parvonachi shaklida, bozkirom termini boj ko'rinishida bugungi kunda ham faol ishlatilib kelinmoqda[15]. Yurt, ko'ruk, tunqator, jarchi kabi turkiy terminlar XX asr boshlarida ham amalda bo'lib, davlat boshqaruviga xos terminlar hisoblangan.
Davlat, davlat ishlari, boshqaruv tizimi bilan bog'liq qarashlar, tushunchalar, har bir davrda o'ziga xos tarzda ifodasini topgan asarlarning bizga ma'lumlaridan eng qadimgilari IX-X asrlarga borib taqaladi[5].
Davlat boshqaruvi terminlarining shakllanishi va tarixiy taraqqiyotini yanada chuqurroq o'rganish uchun tarixiy qo'lyozmalar, hujjatlar bizga asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. "So'nggi davrlarda topilayotgan manbalar ona vatanimizda hukm surgan saltanatlarda davlat boshqaruviga tegishli hujjatlar mahalliy til va yozuvlarda olib borilganligini ko'rsatmoqda. Chunonchi, qadimgi xitoy solnomalaridagi qaydlar, eramizdan burungi 200 yilliklarda turkiy hukmdorlarning xitoylarga yo'llagan rasmiy yozishmalari ham qadimgi turkiy xalqlarning o'z yozuvlari va tilida ekanini tasdiqlaydi"[22]. Tilshunos olim Q. Omonov ilk va o'rta asrlarda yaratilgan turkiy rasmiy matnlar ustida olib borgan tadqiqotida davlat boshqaruviga oid ko'k turk yozuvli hujjatlar, moniy yozuvidagi vasiqalar, turkiy-uyg'ur xatida, do'rbaljin xatida, arab xatida bitilgan hujjatlarni alohida keltirib o'tib, ularning har biri o'sha davrdagi davlat tizimi, boshqaruvi bilan bog'liq ekanligini keltirib o'tadi. Ko'k turk bitiktoshlarining til uslubi o'ziga xos bo'lib, ularda davlatchilikka doir terminlar, maxsus atamalar mavjudligi olimlar tomonidan izohlangan. Bujuruk "mahkama xizmatchisi", il "davlat", illig "davlatli", tamg'achi "muhrdor", to'ru "qonun", shad "yuksak unvon bildiruvchi so'z". VI asrda "el tutsiqi" birikmasi konstitutsiya ya'ni "davlatning bosh qomusi"ma'nosini ifoda etish uchun qo'llangan termin hisoblanadi.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Ko'k turk yozuvidagi ma'muriy buyruq, qo'shin boshlig'ining rasmiy matnlari, bekning tilxati, Devashtich arxividan topilgan bitim, ko'k turk xatidagi muhr, toshbitigli hujjat, urxun obidalari; turkiy-uyg'ur xatida bitilgan yer oldi-sotdi hujjatlari Sharofiddin Ahmad bin Chaqirsa vaqfiyasi, Temur Qutlug' yorlig'i, Shohruh nishoni, Umarshayx Mirzo nishoni; arab xatida bitilgan yer oldi-sotdi vasiqasi, sohibqiron Temurbekning tarxonlik yorlig'i, shayxul islom mansabiga tayinlash munosabati bilan berilgan Temurbekning buyrug'i, turkiy tilda chiqarilgan tangalar kabi tarixiy hujjat matnlari davlat boshqaruv tizimi bilan bog'liq[22]. Hujjatlarning keltirilgan nomlarida ham davlat boshqaruviga oid terminlarning diaxron formasini ko'rishimiz mumkin.
Demak, aytishimiz mukinki, tarixda davlat boshqaruvi terminlarning asosiy qismini turkiy, arabiy, qisman hind, xitoy, sug'd tilidagi so'zlar tashkil qilgan. Shu paytga qadar davlat boshqaruvi va qonunchiligi bilan bog'liq terminlar tarixiy, badiiy asarlar tarkibida yetib kelgan.
MUHOKAMA
Aynan, Urxun bitiklari, Yusuf Xos Hojibning "Qutadgu bilig", Nizomulmulkning "Siyar ul-muluk" asari "Temur tuzuklari" kabi bir necha manbalarni davlat boshqaruvi terminlari uchraydigan tarixiy manba sifatida keltirishimiz mumkin. Shuningdek,o'zbek davlatchiligi tarixini yoritish va tilini tahlil qilishda xitoy manbalarining ham o'rni ahamiyatli. Aynan milodiy asrlar boshlanishiga qadar bo'lgan davrlardagi davlat boshqaruvi xitoy manbalarida mukammal yoritilgan.
Insoniyat rivoji, boshqaruvi haqida bizga ma'lumot beruvchi asosiy manbalar: rasmiy hujjatlar, yozma manbalardir. Shunday manbalarda davlat boshqaruvi, qonunchilik va qonun yaratuvchiligi bilan aloqador bir necha terminlar bizga qadar yetib kelgan va saqlanib qolgan. Ana shulardan yana biri bizga V-VII asrlar haqida ma'lumot beruvchi O'rxun-Enasoy obidalari turkiy tildagi yodgorlik sifatida juda ham qimmatlidir. Bu bitiklarda davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan bir necha tarixiy shaxslar haqida ma'lumotlar mavjud. Xususan, Kultegin Turk xoqonligi davlatining lashkarboshi lavozimida faoliyat olib borgan. Bu davlatda vatan manfaati uchun xizmat qilgan kishilarga atab bitiklar bitilgan. Tunyuquq ham shunday shaxslardan biri bo'lib, u turk xoqonligida davlat arbobi va sarkarda bo'lgan. Eltarish, Qapog'on va Bilga xoqon hukmronliklari davrida bosh vazir va lashkarboshi bo'lgan [27]. Bu ma'lumotlar bizga turk xoqonligi davrida davlatchilik, davlat boshqaruvi to'liq va mukammal shakllangan degan fikrni beradi. Yo'qorida ko'rib turganimizdek, bugungi kundagidek tarixda ham davlat boshqaruvi bilan aloqador mansablarga nisbatan ishlatilgan terminlar ham bo'lgan. Turk xoqonligida
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
hattoki qonunlar to'plami ham ishlab chiqilgan bo'lib, bu toru termini orqali anglatilgan. Bu termin qadimgi turkiy elatlarning davlat boshqaruvi tarixida "Davlat konstitutsiyasi", qomusi ma'nosida qo'llangan. Shuningdek, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg'u bilig" asarida davlatni boshqarish uchun torn ning o'rni alohidaligi ta'kidlanadi[22]. Keyinchalik davrlar o'tishi hokimiyat, davlat tepasiga yangi sulolarning kelishi natijasida terminlar ham yangilanib borgan. Ya'ni toru termining o'rnida yosun, yasa, tuzuk so'zlari ishlatilgan bo'lib, ular ham qonunlar to'plami, ya'ni bugungi kundagi konstitutsiya tushunchasini bildirgan. Toru, yosun, yasa, tuzuk bugungi kunda tarixiy davlat boshqaruvi terminlari hisoblanadi. Demak, aytishimiz mumkinki, vaqtlar o'tgan sari tilda ishlatilgan terminlar o'z o'rnini boshqasiga bo'shatadi yoki aslicha saqlanib qolishi ham mumkin, masalan, arablar boshqaruvi orqali o'zlashgan vazir termini bugungi kunda ham davlat boshqaruvida asosiy lavozimni ifoda etadi, buyruq termini bajarilishi kerak bo'lgan hujjat turi tushunchasini yo'qotmagan, xon termini esa XX asr boshlariga qadar istemolda faol bo'lgan. Aytish mumkinki, davlat boshqaruviga oid terminlar vaqt o'tgan sari yangilanib borishi, yoki saqlanib qolishidan qat'i nazar asosiy mohiyat o'zgarmaydi, ya'ni jamiyatning tinch-totuvligini, xotirjamligini saqlash, adolatni o'rnatish asosiy maqsad bo'lib qoladi. Lingvistik jihatdan ma'no torayishi, yoki kengayishi hodisasiga uchrashi mumkin xolos.
Davlat boshqaruvi terminlarinining taraqqiyotida ahamiyatli manbalardan biri bu Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulk (1018-1092)ning "Siyosatnoma" (Siyar ul-muluk) asaridir. Asar 50 fasldan iborat bo'lib, davlatni idora etishda amaldorlar katta o'rin tutishini, ularni to'g'ri tanlab joy-joyiga qo'yishni, har biriga munosib amal berib, asosiy maqsad yo'lida tarbiya qilishni muhim bir talab deb biladi. Asardagi 3-fasl podshoh mazlumlarni qabul qilishi adolatli bo'lishi, 4-fasl amaldor, vazir va munshiylar ahvolini bilish, 7-fasl omil-u qozi va rais hollari va siyosati shartlari, 9-fasl davlat mushriflari va ularning maoshlari, 11-fasl saroydan yuborilgan oliy farmon, buyruq va ularning ijrosi haqida kabi bir necha davlat boshqaruviga oid masalalarni ko'ramiz[21]. Ummol(zakotchilar), sohibxabar, jarchi, ashroflik, farmon, podshoh amri kabi davlat boshqaruviga oid terminlarning ochiqlanganligini kuzatamiz. Bu kabi terminlar asarda 50 ga yaqin bo'lib, siyosatda muallif muhim deb hisoblaganlarini keltirib o'tgan. "Siyosatnoma" o'z davriga tegishli davlat boshqaruvi qanday bo'lganligi haqida ma'lumot beruvchi muhim manbadir.
Davlat boshqaruviga oid yana bir qimmatli manba bu Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asaridir. Bu manba bizga Qoraxoniylar davlatchilik tizimi, boshqaruvi haqida ma'lumot beruvchi alohida bir asardir. Qoraxoniylar davlati Turk
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
xoqonligi, Turkash davlatining davlatchilik tajribalari va an'analariga tayangan. Davlat boshlig'i yabg'u deb atalib, barcha qabilalar yabg'uga bo'y so'ngan, har bir qabilaning o'z sardori bo'lib, sardor ayni damda harbiy sarkarda, xoqon noibi hisoblangan. Davlat boshlig'i yabg'u qoraxon, tavg'achxon, arslonxon, bug'roxon kabi faxriy unvonlar bilan ulug'langan. "Qutadg'u bilig" yozilgan paytda ham davlat tepasida yabg'u Tavg'ach Bug'roxon bo'lgan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, ular nufuzi jihatidan qoraxondan keyingi o'rinda turgan. Viloyatlarni "takin'unvonidagi kishilar boshqargan. "Takin"termini qadim turkiylarda taxt vorisiga, keyinchalik esa harbiy lashkar boshilarga unvon sifatida ham ishlatilgan[27]. Asarda ham shu terminlar keltirib o'tilgan o'rinlar mavjud. „Qutadg'u bilig" markaziga 4 masala qo'yilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat bo'lib, u podshoh Kuntug'di timsolida, ikkinchisi — davlat bo'lib, vazir Oyto'ldi, uchinchisi — aql bo'lib, vazirning o'g'li O'gdilmish, to'rtinchisi — qanoat bo'lib, uning qarindoshi O'zg'urmish qiyofasida tasvirlanadi[27]. Asarda hukmdorga nisbatan, elig, malik (Mashriq maliklari) terminlari ishlatilganligiga guvoh bo'lamiz, o'sha davrlardan XX asr boshlariga qadar raiyat termini xalq tushunchasini ifodalab kelgan, keyinchalik bu terminning ma'nosi torayib, davlat kengashining ishtirokchilariga nisbatan ishlatilgan. Bugungi kundagi xalq so'zi raiyatga jarchilar tomonidan xaloyiq deb murojaat qilishi natijasida tovush tushish hodisasi yuz berib "xalq" shakliga kelgan. Vazir termini asarda aynan shu holatda hech bir o'zgarishsiz uchraydi. Bek (Kur arslonga o'xshar bu beklar o'zi) termini amaldorlarga nisbatan ishlatilgan bo'lib, asarda ularning adolatsizlikka dahldor ishlari borligi badiiy bo'yoqdorlikda keltirib ketilgan. Keyinchalik bu so'z boy, amaldor xonadonlarning erkaklariga nisbatan, yana ham keyingi davrlarda esa oddiy aholining erlariga nisbatan ham ishlatilgan. Qoraxoniylar davri (XI-XIII asrlar)ga oid eski turkiy yozma yodgorliklarda uchraydigan mansab va vazifa nomlarini ifodalovchi saksonta termin tarixiy-etimologik jihatdan tahlil qilinganda, quyidagi natijani bergan:[9]
1. O'z qatlamga oid terminlar - 62 ta, shundan:
a) Oltoycha - 3 ta (xoqon, xon, tarxon)
b) Turkiycha - 59 ta ( ilig podshoh; qapug' bashchisi; su bashi "bosh qo'mondon"; tuqsin "xondan keyin uchinchi o'rindagi odam"; yalavach "elchi" );
2. O'zlashma qatlamga oid terminlar - 18 ta, jumladan:
a) Arabcha - 9 ta (malik "podshoh", hojib "eshikog'asi", vazir);
b) forscha - 7 ta (padishah "hukmdor", sipohsalar "harbiy qo'mondon", xansalar "bosh oshpaz");
v) hindcha - 1 ta (raj "roja");
O
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
g) mo'g'ulcha - 1ta (dorug'a "shahar yoki qal'a hukmdori").
Ba'zi so'zlar qadim tarixdan beri saqlanib qolgan: xon, xoqon, tarxon "g'arbiy turklardagi davlat boshlig'i lavozimi", buyruq, su bashi "ish boshqaruvchi", yalavach, elchi. Tugal qilib aytganda Qoraxoniylar davlat boshqaruvi o'ziga xos murakkab tizimga ega bo'lib, davlat boshqaruviga oid terminlarning aniq va mukammal tushuncha ifoda etganligining guvohi bo'lamiz.
Keyingi davrlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, davlat boshqaruvi terminlarining tarixini o'rganish uchun yana bir muhim manba bu "Temur tuzuklari"dir. Bu nodir manbada keltirilgan davlat boshqaruviga oid ayrim terminlarni keltirib o'tamiz: Dargoh - eng oliy davlat idorasi bo'lib, uni hukmdorning o'zi boshqargan. Bugunki kunda shu tushunchani beruvchi termin Prezident aparati deb nomlanadi. Devonlar -vazirliklar bo'lib, shuningdek oliy devon ham bo'lgan, unga devonbegi boshchilik qilgan. Oliy devonning mavqeyi, anglatgan tushunchasi bugungi kundagi Vazirlar Mahkamasi bilan deyarli teng. Arzbegi, tavochi, hojib, hojiblar, xazinador, xonsolar, jibochi, qushchi, qushbegi, bakovulboshi, kotib, bitikchi kabi bir qancha lavozimlar va mansablar bo'lgan.[28] Bular o'z davrida davlat boshqaruvida muhim tushunchalarni ifoda etgan terminlar bo'lgan. Amir Temur davlat boshqaruvini mukammal va puxta olib borganligi uchun bu davrga xos davlat boshqaruvi terminlarining salmog'i boshqa davrlarga qaraqanda ko'proq ekanligini uchratamiz. Negaki, Amir Temur davlati Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlat tizimining eng yaxshi xususiyatlarini o'zida jamlagan holda shakllandi, o'lkada mug'ul istilosi tufayli uzilib qolgan davlatchilik an'anasini tikladi[28]. "Temur tuzuklari"da vazir mansabiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu lavozimga tayinlanadigan shaxs quyidagi fazilatlarga ega bo'lishi kerakligi asar da ta'kidlanadi. "...birinchisi, asllik, toza nasllik; ikkinchisi aql-farosatlilik; uchinchisi, sipoh-u raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalalik; to'rtinchisi, sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik"[19]. "Qadimgi turkiy tilda vazir hukmdorning vakolatli yordamchisi, hukmdor maslahatchisi ma'nosidagi arabcha vazir [12] istilohi XI asr turkiy yozma yoddgorliklarida juda faol bo'lmasa-da, uchrab turishi aniqlangan. Ammo bu tushuncha ifodalovchi termin Temuriylar davridan bugunga qadar faol muomalada va o'zining ichki integral semalarini saqlab qolgan. "Tuzuklar" da kelishicha, "Davlat-u saltanat uch narsa: mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir". Asardan keltirilgan bu na'muda ko'rishimiz mumkinki, mulk bu bugungi kundagi davlat boshqaruvida hudud, teritoriya, yani davlat chegaralariga kiruvchi sarhadlar tushuniladi. Mulk so'zining bugungi kundagi ma'nosi toraygan bo'lib, egalik hugugi ma'nosida ishlatiladi. Xazina va lashkar terminlarida ham bir qancha o'zgarishlar mavjud. Xazina bugungi kunda davlat budjeti termini bilan yuritiladi,
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
davlat xazinasi terminini asosan, zahira deb hisoblanadigan moddiy boyliklarga nisbatan ishlatilishiga rasmiy manbalarda ko'p guvoh bo'lamiz. Lashkar so'zi keltirilgan o'rindagi ma'nosiga ko'ra mamlakat qurolli kuchlari termini bilan tenglasha oladi. Davlat so'zi o'rnida ko'proq saltanat termini ishlatilganligiga guvoh bo'lamiz. Aytishimiz mumkinki, terminlar ham vaqt, zamon o'zgargani sari ma'no torayishi yoki kengayishi yoki tarixiy terminga aylanishi kabi lingvistik hodisalarga uchraydi. "Tuzuklar" da kelishicha Amir Temur huzuridagi maslahat-kengash organlariga Qurultoy va davlat kengashi kirgan. Qurultoy oliy feodal tabaqalarning yig'ilishi bo'lgan va davlat hayotining muhim masalalarini hal qilishda vaqti-vaqti bilan chaqirib turilgan. Keyinchalik XIX-XX asrlarga kelib, bu terminning ma'nosi yanada kengaydi va asosiy mansabdor shaxslar bilan o'tkaziladigan kengash ma'nosini ifoda etdi. Qurultoy va uning davlatni boshqarishda nechog'lik ahamiyatga ega ekanligi haqida olimlar orasida turli xil fikr-mulohazalar mavjud. H. Vamberi Movarounnahr tojini Amir Temur sharaf bilan kiyishini "Millat majlisi qurultoyning saylovi orqali xohladi", deb qurultoyni o'rta asrlar parlamenti deya tarif beradi[13]. Bugun bu terminning o'rnida sessiya termini ishlatilishiga guvoh bo'lamiz. "Tuzuklar" da kelishiga ko'ra boshqaruvga oid masalalarni hal qilishda qurultoydan keyingi davlat majlisi Kengash hisoblangan. Bu termin bugungi kunga qadar ishlatiladigan davlat boshqaruviga oid termin hisoblanadi. Kengash ikkiga: katta Kengash va kichik Kengashdan iborat bo'lib, Katta kengashdan farqli kichik Kengashda Amir Temurning eng yaqin kishilari qatnashganlar. Katta Kengashda mansabdor kishilar va tabaqalarning o'tirish joylari belgilab qo'yilgan, Kengashda devonbegi, vazirlar, bahodirlar, qichboz yigitlar, sayidlar, qozilar, ulamo, fuzalo, mashoyix, oliy tabaqaga mansub kishilar, amir ul-umaro, beklar begi, amirlar, sardorlar, o'nboshi, yuzboshi, mingboshi hamda qorovullar ham ishtirok etgan [25]. Bugungi kundagi davlat boshqaruviga oid mansabdor shaxslarning nomlarini solishtirsak, katta farqlarga duch kelamiz, bunga sabab esa zamon va makon hamda tilning takomillashishidir.
"Temur tuzuklari"dan keyingi davlat boshqaruviga oid manba sifatida Alisher Navoiyning asarlarini ayta olamiz. Alisher Navoiy "Tarixi mulki ajam" [3], "Majolis-un nafois" [4] kabi bir qancha asarlarida XV-XVI asrdagi tarixiy muhitni yoritish bilan birga, ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi, davlat boshqaruvidagi jarayonlar, sinfiy tabaqalarni to'laqonli aks ettirgan. Navoiy asarlarida uchraydigan davlat boshqaruviga oid terminlardan biri saltanat bo'lib, davlat, hukmdorlik, hokimiyat ma'nosida uchraydi. Bugunga kelib esa bu tarixiy terminga aylangan bo'lib, bu so'z o'rnida davlat, hukumat terminlari ishlatilmoqda. Bundan tashqari Alisher Navoiyga tegishli manbalarda davlat boshqaruvi bilan bog'liq zamon, majlis,anjuman, shoh,
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
shahanshoh, podshoh, xalifa, firavn, ray, qaysar kabi terminlar ishlatilganligiga guvoh bo'lamiz. Zamon so'zi o'z ma'nosini hozirga qadar saqlab qolgan bo'lib, qaysidir hukmdor yoki hukmdor sulola boshqaruvidagi vaqtga nisbatan ishlatilgan. Hozirda bu termin davr so'zi bilan sinonim holatda qo'llaniladi. Navoiying "Majolis un-nafois" asarida majlis ikki xil ma'noda - yig'in, yig'ilish, kengash va bob, bo'limni ifodalash uchun qo'llangan [14]. Oliy majlis bu hukmdor huzuridagi katta, asosiy yig'ilish bo'lib, hozirda qonun chiqaruvchi hokimiyatni ifoda etadi. Anjuman forsiy termin, majlisga qaraganda erkinroq tashkil etiladigan yig'in bo'lib, norasmiy ko'rinishda o'tkazilgan. Bugungi kunda biror tantana munosabati bilan bo'ldigan yig'in ma'nosini istefoda etadi[18]. Shoh termini podshoh terminining qisqarga shakli bo'lib, ma'no jihatiga ko'ra xon so'zi bilan bir xil semantik ma'noga ega. Podshoh termini hukmdor shohning unvoni hisoblangan bo'lib, bu termin leksema sifatida ilk bor Yusuf Bolosog'uniy asarida qo'llangan[10]. Shahanshoh shohlar shohi degan ma'noni bildirib, bir necha hududlarni birlashtirgan hukmdorlarning nomini ulug'lash uchun ishlatilgan. Xalifa termini Navoiy ijodida ikki xil ma'no kasb etgan bo'lib, musulmon davlatining diniy va dunyoviy boshlig'i, ya'ni podshosi hamda o'rinbosar, vazir tushunchalarini anglatgan. Bundan tashqari Navoiy asarlarida har mamlakatning hukmdorlari turli nomlar bilan atalgan. Misr podshohlariga nisbatan firavn, Hindiston hukmdori ray, Rum mamlakati shohi esa qaysar, terminlari bilan yuritilgan. Xitoy-chin hukmdorlariga nisbatan xoqon unvoni ishlatilganligi manblarda keltirilgan [6]. "Majolis un-nafois"[18] asari leksikasi o'rganilganda davlatning bosh hukmdori va hukmdor vorislari nomlari alohida keltirib o'tiladi. Keltirilgan birliklar asosan arabiy va forsiy ekanligi ta'kidlangan. Asarda hukmdor nomini ifodalagan so'zlarning qo'llanish chastotasi aniqlanganda eng ko'p qo'llangan, yo'qori chastotaga ega termin sifatida podshoh so'zi ko'rsatib o'tilgan. Bu terminga turkiy tilga forsiydan o'zlashgan nasl-nasabni bildiruvchi -zoda qo'shimchasi qo'shilganda podshoh sulolasidan ekanligini ko'rsatgan. Podshohzoda termini bilan sinonim holatda shohzoda leksik birligi ham ishlatilgan bo'lib, bu so'zlashuv nutqining osonlashishiga va nutqiy ixchamlikka xizmat qilgan. Alisher Navoiy asrlarida yo'qori mansab va martaba nomlarining bir qanchasi keltirilgan bo'lib, kadxuda, hokim, vali, valiahd, atka, qozi kabilar shular jumlasidandir. Navoiy tarixiy asarlarining leksikasi o'rganilganda[1] bu sohaga oid terminlarning boshqa tarixiy asarlarga qaraganda ko'pligi ta'kidlanadi. Shuningdek, elchi termini haqida ham alohida tadqiqotlar olib borilgan bo'lib[10], aslida sof turkiy bu so'z bugungi kunga qadar o'zining yetakchi semasini yo'qotmagan holda faol istemolda. Bu termin Navoiy asarlarida ham rasmiy ham badiiy-estetik ma'noga ega so'z sifatida qo'llangan.
О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
XULOSA
Davlat boshqaruvi terminlarining taraqqiyot jarayonlarini belgilash, shakllanishini o'rganish bu butun bir xalqning o'tmishidagi hayoti, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlari haqida manbalarni tahlil qilishni talab qiladi. Insoniyat qancha ming yillar davomida yer yuzida istiqomat qilishidan qat'i nazar ma'lum boshqaruv asosida turmush kechirgan. Bu jarayonlar, tushuncha va terminlar haqida biz faqatgina bizgacha yetib kelgan nodir manbalardan bilishimiz mumkin. Tadqiqotimizda amalga oshirilgan muhokama va natijalar shuni ko'rsatdiki, tarixiy manbalarda keltirilgan terminlarning aksariyati, asosan, arab tilidan (boshqa tillardan kamroq) o'zlashganlari bugungi kunda shu sohada faollikka ega. Yana ayta olamizki, davlat boshqaruvi terminlarining ko'lami XIV-XIX asrlarga oid manbalarda faol uchraydi.
Davlatchilik shakllanishi ibtidoiy davrdan boshlanib, hamisha hukmronlikka, hokimiyatga intilish bo'lgan, bu uchun ko'plab kurashlar olib borilgan. Qaysi davlatda boshqaruv puxta rejalashtirilgan, adolat o'rnatilgan bo'lsa, shu davlatchilikka xos an'analar, ularni ifoda etuvchi terminlar shu kunga qadar saqlanib qolgan. Bu terminlarni tilshunoslik nuqta'i nazaridan tahlil qilish dolzarbdir. Davlat boshqaruvi terminlarining tarixiy manbalarini o'rganish bugungi kunda rivojlanayotgan siyosiy, ijtimoiy fanlar rivoji uchun muhim.
REFERENCES
1. Абдувалиева Д.А. Алишер Навоий Тарихий асарлари лексикаси. Фил.фан.ф.д. (Phd). Дисс. - Тошкент., 2017. - Б. 66.
2. Акобиров С.Ф. Тил ва терминология. - Т., Узбекистон КП МК. 1968. - Б. 57.
3. Алишер Навоий. Тарихи мулки ажам // Асарлар.Ун беш жилдлик. 14-жилд. Тошкент, 1967.
4. Алишер Навоий. Мажолис ун-нафоис. Илмий-тан^идий матн/ Тайёрловчи: С.Ганиева. - Тошкент, 1961.
5. Азамат Зиё.Узбек давлатчилиги тарихи. - Тошкент:Шарк, 2000. - Б. 15
6. Бекмухдммедов Х.Ю. Тарих терминлари изошли луFати. - Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977. - Б. 166.
7. Бельчиков Ю.А. Общественно-политическая лексика В.Г. Белинского. - М., 1962.
8. Бурячок А.А. Формирование общего фонда социально-политической лексики восточнославянских языков. Автореф. дисс...док. филол. наук. - Киев,
1984.
О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
9. Дадабаев Х. Термины обозначающие административные должности и титулы в старотюркских письменных памятниках XI-XIII вв. / «Историко-культурные контакты народов алтайской языковой общности» (тезисы докладов XXIX сессии PIAC, Ташкент, 1986 ). Ч .II. - М.Наука, 1986. - С. 45.
10. Дадабаев Х.А. Общесвенно-политическая и социально -экономическая терминология в тюркоязычных письменных памятниках XI-XIVвв. - Ташкент: Ёзувчи, 1991. - C.64, 104-105.
11. Данилинко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического описания. -М.: Наука, 1977.
12. Древнетюркский словарь. - Л.: Наука, 1969. - 675 с.
13. Х,ерман Вамбери. Бухоро ёхуд Мовароуннахр тарихи. - Т.: Адабиёт ва санъат,1995, -Б.35.
14. Исакова З.М. Алишер Навоийнинг "Мажолис ун-нафоис" асаридаги ижтимоий-сиёсий лексика. ф.ф.ном... дисс... - Тошкент. 2010. - Б.23.
15. Исхаков М. Элементы согдийского языка в современном узбекском / «Историко-культурны контактые народов алтайской языковой обшности». Тезисы доклаов XXIX сессиипостоянной международной алтаистической конференции (PIAC)
16. Лотте Д.С. Как работать над терминологией. Основы и методы. - М. 1968; Основы построения научна-технической терминологии. - М. 1961; Лотте Д.С. Вопросы саимствованиы и упорядочения иноязычных терминов и терминоелеминтов. - М. Наука, 1982.
17. Лейберова Н.М. Терминология государственного устройсва в современном русском языке.Автореф. канд. филол. наук. - Л., 1984.
18. Madvaliyev A. v.b. Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug'ati. -Toshkent: "Sahhof", 2021. - B. 15.
19. Маматов Х.Т. Темур тузукларида давлат ва хукук масалалари. Юр.ф.н. дисс. - Тошкент: 2002. - Б. 94
20. Мильшин П.К. Обогашение общесвенно-политической лексики русского литературного языка в советскую эпоху: Автореф. Дисс... канд. филол. наук. -Ростов н/Д, 1964.
21. Низомулмулк. Сиёсатнома.(Сияр-ул мулук). Шодмон Вохид, Эркинов А. Таржимаси - Т: Янги аср авлоди, 2010.
22. Омонов К,. Туркий расмий услубнинг юзага келиши ва такомили (илк ва урта асрлар): ф.ф.д. дисс. - Тошкент. 2016. - Б. 20, 22-41,46.
23. Реформатский А.А. Что такой термин и терминология?/В опросы терминологии. - М. 1961. - С. 46-54.
О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
24. Ткачева И.О. Политическая лексика в современном русском языке: семантические асобинности и проблемы лексикографического представления. Дисс...канд. филол. наук. - Санк-Петербург,2008.
25. Темур тузуклари. - Т.: 1996. . - Б. 114.
26. Винокур Г.О. О некоторых явлениях словообразования в русской технической терминологии.//Труды МИФЛИ. Т.5.Сборник статей по языковедению. - М., 1939. - С. 3-54.
27. uz.rn.wikipediya.org
28. www,temurtuzuklari.uz