Научная статья на тему 'REALIYA TUSHUNCHASI VA UNING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI'

REALIYA TUSHUNCHASI VA UNING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
518
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Realiya / lingvokulturologiya / lingvomamlakatshunoslik / muqobilsiz leksika / milliy kolorit / irrealiya / termin / ekzotizm / realia / linguocultural studies / linguonational studies / non-alternative lexicon / national colorit / irrealia / term / exoticism

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qutbiddinova, Noila Rivojiddin Qizi

Maqolada realiya tushunchasi mohiyati, uning tilshunoslikda tutgan o‘rni, realiya birliklarning boshqa leksik birliklar orasidagi farqi ochib berilgan. Shuningdek, realiyalarni tasniflash masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Realiya birliklarning xalq turmush tarzi, dunyoqarashi va madaniyati bilan aloqadorligi va ularning lug‘at boyligini oshirishda, milliy koloritni aks ettirishda tutgan o‘rni izohlangan. Realiyalarni o‘rganish va ular bilan bog‘liq tadqiqotlar doirasini kengaytirish muayyan tilning ichki taraqqiyot xususiyatlarini o‘rganishda va madaniyatlar orasidagi farlarni keng yoritishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF REALITY AND ITS STUDY IN LINGUISTICS

The article reveals the essence of the concept of realia, its role in linguistics, the difference between realia monads and other lexical monads. The issues of classification of realies were also touched upon. The relationship of realia monads with the people's way of life, worldview and culture and their role in increasing the vocabulary and reflecting the national color is explained. It is noted that the study of realities and the expansion of the scope of research related to them are of special importance in the study of the internal development features of a particular language and in the broad illumination of the differences between cultures.

Текст научной работы на тему «REALIYA TUSHUNCHASI VA UNING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

REALIYA TUSHUNCHASI VA UNING TILSHUNOSLIKDA O'RGANILISHI

Maqolada realiya tushunchasi mohiyati, uning tilshunoslikda tutgan o'rni, realiya birliklarning boshqa leksik birliklar orasidagi farqi ochib berilgan. Shuningdek, realiyalarni tasniflash masalalariga ham to'xtalib o'tilgan. Realiya birliklarning xalq turmush tarzi, dunyoqarashi va madaniyati bilan aloqadorligi va ularning lug'at boyligini oshirishda, milliy koloritni aks ettirishda tutgan o'rni izohlangan. Realiyalarni o'rganish va ular bilan bog'liq tadqiqotlar doirasini kengaytirish muayyan tilning ichki taraqqiyot xususiyatlarini o'rganishda va madaniyatlar orasidagi farlarni keng yoritishda o'ziga xos ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

Kalit so\lar: Realiya, lingvokulturologiya, lingvomamlakatshunoslik, muqobilsiz leksika, milliy kolorit, irrealiya, termin, ekzotizm.

В статье раскрывается сущность понятия реалии, его роль в языкознании, отличие единиц реалии от других лексических единиц. Также были затронуты вопросы классификации реалии. Объясняется связь единиц реалий с бытом, мировоззрением и культурой народа, их роль в увеличении словарного запаса и отражении национального колорита. Отмечается, что изучение реалий и расширение сферы исследований, связанных с ними, имеют особое значение в изучении особенностей внутреннего развития того или иного языка и в широком освещении различий между культурами.

Ключевые слова: реалии, лингвокультурология, лингвострановедение, безальтернативная лексика, национальный колорит, ирреалии, термин, экзотизм.

The article reveals the essence of the concept of realia, its role in linguistics, the difference between realia monads and other lexical monads. The issues of classification of realies were also touched upon. The relationship of realia monads with the people's way of life, worldview and culture and their role in increasing the vocabulary and reflecting the national color is explained. It is noted that the study of realities and the expansion of the scope of research related to them are of special importance in the study of the internal development features of a particular language and in the broad illumination of the differences between cultures.

Qutbiddinova Noila Rivojiddin qizi,

ToshDO'TAU lingvistika(o'zbek tili) mutaxassisligi 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Keywords: realia, linguocultural studies, linguonational studies, non-alternative lexicon, national colorit, irrealia, term, exoticism.

Jamiyat va insonlar rivojlanib borgani sayin ilm-fanda ham yangiliklar ko'payib, biz hali bilmagan yangi qirralari ochilib bormoqda. Yaqin yillarda tilshunoslikda yangi yo'nalishlarning paydo bo'lgani ham ilm-fanning bugungi kundagi yutuqlaridandir. Lingvokulturologiya, psixolingvistika, matn tilshunosligi, pragmalingvistika, sotsiolingvistika kabi yangi sohalar tilni yana-da chuqur tahlil qilish, til birliklarining milliy-madaniy, siyosiy-ijtimoiy xususiyatlarini aks ettirish, inson ruhiyati, milliy qadriyatlar, an'analarni ifodalash darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Dunyo tilshunosligida ushbu masalalarga bag'ishlangan tadqiqotlar ko'lami tobora ortmoqda. Shunday tadqiqotlar doirasida biz o'rganishni maqsad qilgan mavzu lingvokulturologiyaning muhim tushunchalaridan biri realiyalardir. Tilda o'z aksini topgan milliy realiyalarni lingvomamlakatshunoslik deb ataluvchi fan o'rganadi. Realiyalarni lingvokulturologiyada muqobilsiz leksika tushunchasi doirasida o'rganiladi. Muqobilsiz leksika deganda, muayyan xalqning milliy madaniyatiga xos bo'lgan narsa va hodisalar tushuniladi. L.S.Barxudarovning yozishicha: "Muqobilsiz leksika - bir tildagi leksik birliklarning boshqa tilda to'liq yoki qisman muqobilga ega bo'lmasligidir" [1,59]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Realiya (lotincha) "real" - "moddiy", "haqiqiy narsalar" degan ma'noni bildirib, mavhum tushunchalardan farqli ravishda borliqda mavjud narsalarni anglatadi. Realiyalarni boshqa yondosh tushunchalardan farqlab turuvchi asosiy belgi ham ularning aynan predmet-narsa ma'nosiga ega bo'lganligidir. Realiyalarni chuqurroq tadqiq etish va ularning milliy va tarixiy koloritni aks ettirish xususiyatlarini o'rganish harakatlari XX asrning 50-yillaridan boshlangan. Bu tilshunoslar orasida o'zaro bahs-munozaralarni keltirib chiqargan. Mazkur masalaning haqiqiy mohiyati diqqat markaziga olinmaganligi sababli asosiy to'xtamga kelisholmagan. Mavjud ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida realiyalarga baho berish bo'yicha ikki xil qarash borligini ko'rish mumkin:

Jumladan, M. L. Vaysburd realiyalarga mamlakatshunoslik nuqtayi nazaridan to'xtalib, shunday ta'rif beradi: "Bu muayyan mamlakat ijtimoiy va madaniy hayoti voqealari, ijtimoiy korxona yoki tashkilotlarning nomlari, kundalik buyum nomlari, tarixiy shaxslar nomlari va yana boshqa ko'plab narsalar nomlaridan iborat" [2,98100] Realiya tushunchasini dastlab madaniyatga xos obyektlar va hodisalar sifatida

KIRISH

1) Tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan yondashuv;

2) Mamlakatshunoslik nuqayi nazaridan yondashuv.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

rus tarjimashunosligiga 1941-yili Andrey Fedorov kiritdi va ularni "realiya so'zlar" deb atashni taklif qildi. A.V.Fedorov "realiya" deganda "ijtimoiy hayot va moddiy turmush tarzini anglatuvchi", faqat mahalliy hodisani ifodalovchi va boshqa xalqlarning turmushida va tushunchasida tengi yo'q bo'lgan so'zlar"ni tushunadi.[3,160] Realiyalar o'zga tildagi matnlarni tushunish uchun zarur bo'lgan milliy-madaniy birliklar hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar tarixi va muhim tarixiy voqealari, madaniyati, xalq og'zaki ijodi, siyosiy hayoti haqida yetarlicha bilimga ega bo'lmaslik til bilimlari borasida kompetensiyani yo'qotishga olib keladi. A.D. Shveytser fikriga ko'ra, realiyalarning o'ziga xosligi shundan iboratki, ular boshqa til va madaniyat tashuvchilari bilim fondidan tashqaridagi, ya'ni ular uchun begona bo'lgan tushunchalar hisoblanadi.[4,153] G'arb tarjima maktabi olimlaridan biri Pedersen realiyani umumiy foydalanishdagi asosiy ma'nosi tufayli juda noaniq va chalkash deya tanqid qiladi. Uning fikrlariga qaraganda, realiyaning asl nomlanishi ("real narsalar") ham haqiqatga ziddir. Realiya so'zlar mavhum tushunchalarni ham anglatishi mumkin. Ushbu paradoksni hal etish uchun Laponen (2009) xayoliy dunyoning o'ylab topilgan buyumlari uchun "irrealiya" ( irrealia) atamasini taklif qilgan. Realiyalar borasidagi yaxlit fikrlar bolgar olimlari S.I.Vlaxov va S.P.Florinlarning "Непереводимое в переводе" asarida batafsil yoritilgan. Unga ko'ra: '^a^alar - muayyan bir xalqning hayoti, turmushi, urf-odatlari, madaniyati, ijtimoiy taraqqiyotiga oid narsa, prеdmеt, vоqеa-hоdisalarni ifodalovchi so'z va so'z birikmalari bo'lib, ular milliy va davriy xususiyatga egadirlar" [5,8 ] Rеaliyalarning muhim xususiyati ular ifodalaydligan prеdmеtning mohiyatidan kеlib chiqadi. Muayyan xalqning turli tarixiy davrlardagi hayot tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti reanyalarning mohiyatiga, albatta, o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ana shuning uchun ham realiyalar to'g'risida gapirganda, albatta, milliy o'ziga xoslik va tarixiy kolorit masalasini ^tlab o'tib bo'lmaydi. Chunki realiyalar har qanday holatlarda ham bir vaqtning o'zida milliy va tarixiy bo'yoqqa ega bo'ladilar. Bu esa ularga alohida munosabatda bo'lishlikni talab qiladi.

Turli millatlarga xos realiyalar xususiyat va bajaradigan vazifalariga ko'ra bir-biriga juda o'xshab ketishi mumkin, lekin ularda shunday o'ziga xos, nozik xususiyati boshqalarida takrorlanmasligi lozim. Masalan, o'zbek xalqi milliy madaniyatining asosiy predmetlaridan biri beshik realiyasini olamiz. Buvilarimiz, onalarimiz bizlarni beshikka belab, allalar aytib katta qilishgan. Boshqa xalqlarda ham bolalarni yotqizishga, uxlatishga mo'ljallangan har xil turdagi beshiklar mavjud. Ammo o'zbek beshiklarida shunday o'ziga xoslik borki, bu boshqalarida takrorlanmaydi: bolaning tagi quruq turishi uchun maxsus joy ajratilib, unga tuvak joylanadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Realiyalarning boshqa leksik birliklar orasidagi farqi.

Realiya va termin. Realiyalar o'z mohiyati, xususiyatlari va vazifalariga ko'ra terminlarga o'xshab ketadi. Termin ta'rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko'pdan-ko'p mulohazalar bildirilgan. Deyarli barcha ta'riflarda termin maxsus ilmiy-texnikaviy tushunchani ifodalovchi so'z yoki so'z birikmasi tarzida tavsiflanadi. O.Vinokurning fikricha, termin har doim aniq va ravshan. Terminlar sistemasi tili ongli shakllantiriladi. Zero, termin o'z-o'zidan, stixiyali tarzda paydo bo'lmaydi, balki zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi. Bir qaraganda realiya terminlarga juda yaqin turadi.Terminlar aniq belgilangan muayyan predmet-hodisaning birgina ma'noda kelishini ifodalaydi. Terminlarning sinonimlari bo'lmaydi. Ular ko'pincha chet tilidan kirib kelgan so'z yoki so'z birikmalari bo'ladilar. Ular tarixan chegaralangan bo'ladilar. Ammo ana shu jihatlarning ko'pchiligi realiyalarga ham daxldor. Biroq realiyalar leksik jihatdan chegaralanmagan bo'ladilar. Bir qator leksik birliklar mavjudki, ularni bir paytning o'zida ham realiyalarga, ham terminlarga mansub deyish mumkin. A.D.Shveytser o'z tadqiqotlarida hatto termin-realiya tushunchasini birga qo'llaydi. [ 4,253.]

Realiya va terminlar orasidagi farqlarni ajratadigan bo'lsak, realiya xalq tomonidan tabiiy ravishda nomlanadi va milliy, tarixiy bo'yoqqa ega bo'ladi. Terminlar esa sun'iy ravishda ilm-fan olimlari tomonidan nomlanadi. Terminlar, asosan, ilmiy uslubda qo'llansa, realiyalar badiiy va publitsistik uslubida keng qo'llanadi. Realiyalarning ma'lum bir tilda ekvivalenti bo'lmaydi, ammo terminlarning ekvivalenti har doim mavjud. Ularning o'xshash jihatlari shundaki, realiyalar ommaviy axborot vositalari, badiiy adabiyot orqali boshqa xalqlar turmush tarzida mustahkam o'rin egallab, terminlar kabi keng qo'llanilishi, madaniyatlararo tarqalishi mumkin. Terminlarning dunyo bo'ylab yoyilishi esa ilm-fan, texnikaning rivoji bilan bog'liqdir. G.V.Chernovning fikriga ko'ra, "realiyalarning muhim xususiyati, ularning ommabopligi, ko'pchilik tomonidan ishlatilishi, asliyat tilidagi ko'pchilikka ma'lumligi yoki aksincha tarjima tili o'quvchilariga notanishligi bilan xarakterlanadi" [ 6,223]

Realiya va ekzotizm. Ba'zan o'zbek tilida milliy mentalitetimizga, turmush tarzimizga xos bo'lmagan so'zlarni ham uchratamiz. Ular kiyim-kechak, uy-ro'zg'or buyumlari, urf-odat nomlari ham bo'lishi mumkin. Bunday so'zlar faqatgina o'zi mansub bo'lgan millat hayoti haqida gap ketganda og'zaki va yozma nutqimizda qo'llanishi mumkin. Ular ekzotizmlardir.

Ekzotizm so'zi - yunoncha "exotikos" - begona, notanish so'zidan olingan. Ekzotizmlar bu - ma'lum millatning hayoti va turmush tarziga xos bo'lgan narsa va hodisalarni nomlash uchun xizmat qiluvchi xorijiy o'zlashma so'zlardir. Sh.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

Usmanova ekzotizmlar haqida shunday deydi: "Muqobilsiz leksika boshqa tilga o'zlashtirilganda ularga ekzotik leksika deyiladi. Ekzotizmlar va etnografizmlar o'zga madaniyatning ramzi sanaladi" [7,28]

Ba'zi manbalarda "qarzga olingan" so'zlar ma'nosida ham ifodalangan. Ular til lug'at boyligining passiv qismidan joy oladi. Bajaradigan vazifalariga ko'ra etnografizmlar va regionalizmlarga yaqindir. Ekzotizmlarning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni kelirish mumkin:

1) Ma'lum bir mamlakat, millat bilan bevosita bog'liq;

2) Ona tilida so'zlashuvchi millatlar uchun deyarli tanish bo'lmagan;

3) Ona tilida sinonimlari yo'q so'zlar. Ekvivalenti bo'lmagan leksika;

4) Ekzotizmlar, odatda, tarjima qilinmaydi va ular nutqqa joziba berish uchun ishlatiladi.

Ekzotizmlarga namuna sifatida quyidagilarni keltira olamiz:

1) Pul birliklari: dinor, tenge, marka, lira, boliviano, iyena, santim, peso va hk;

2) Unvon va martaba nomlari: kansler, lord, kel'ner, subedar, gersog, kommander va hk;

3) Davlat organlari: seym, reyxstag, senat, kortes;

4) Oziq-ovqat va ichimlik nomlari: falafel, xaggis, salsa, bellidens, bellister, burbon, shnaps;

5) Kiyim-kechak nomlari: kimono, chadra, syuzane, chalma.

S.I. Vlaxov va S.P. Florin ekzotizmlarni realiyalarga jiddiy raqobatdosh bo'la oladigan birliklar deb hisoblaydilar. [5,39] Lingvistik terminlar lug'atida aytilishicha, ekzotizmlar juda kam o'rganilgan va ko'pchilikka notanish bo'lgan tillardan (hind-evropa tillari oilasiga mansub bo'lmagan) o'zlashgan so'zlar va so'z birikmalari bo'lib, ular mahalliy kolorit yaratish maqsadida qo'llanadi. Ammo ko'pincha ekzotizm termini o'rnida negadir varvarizimlar ishlatiladi. Varvarizmlar lug'atlarga kiritilmaydi. Ammo ekzotizimlar muayyan tilning lug'at xazinasidan joy olgan hisoblanadi. Realiyalar esa ekzotizmlar kabi lug'atlarga kiritilmasa-da, tilda faol qo'llanilaveradi.

Realiyalarni tasniflash masalalari. Tilshunoslik va madaniyatshunoslik doirasidagi realiyalar orasidan G.D. Tomaxin, birinchi navbatda, onomastik xususiyatga ega bo'lgan realiyalarni ajratib olgan:

1) toponimlar -milliy va tarixiy assotsiatsiya uyg'otuvchi geografik nomlar;

2) antroponimlar — tarixiy shaxslar, jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, san'atkorlar, badiiy adabiyot va xalq og'zaki ijodidagi mashhur qahramonlarning nomlari;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

3) adabiyot va san'at asarlarining nomlari, jamiyat va davlat hayotidagi tarixiy faktlar va hayotiy voqealar, davlat tashkilotlari va muassasalar nomlari; ikkinchidan, appelyativ lug'at bilan ifodalangan realiyalar:

1) tabiiy geografik muhit, o'simlik (flora) va hayvonot (fauna) dunyosi xususiyatlarini bildiruvchi atamalar;

2) ba'zilari davlat tuzilishi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti, huquqshunoslik, harbiy ishlar, san'at, ta'lim tizimi, kundalik turmush, urf-odatlar va boshqalarga oid so'zlar (jumladan, mashhur atamalar).

A.V. Ivanov va L.K. Latishevlar esa realiyalarni muqobilsiz leksika tarkibida tadqiq qilishgan. A.V. Ivanov muqobilsiz leksikani quyidagicha guruhlarga ajratgan:

1. Referensial-muqobilsiz leksika;

2. Pragmatik-muqobilsiz leksika;

3. Alternativ-muqobilsiz leksika.

Realiyalar ma'lum xususiyatlariga ko'ra referensial va alternativ muqobilsiz leksika tarkibiga kiritilgan.

L.K. Latishev muqobilsiz leksikani bir qancha tiplarga ajratadi:

1. Realiya-so'zlar;

2. Vaqtincha-muqobilsiz terminlar;

3. Tasodifiy muqobilsizlar;

4. Struktur ekzotizmlar.

XULOSA

Realiyalarni o'rganish va tahlil qilish til o'rganish jarayonida alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. Negaki, ma'lum bir til amalda bo'lgan davlatda uning madaniyatini ham o'rganish, xalq hayotiga chuqurroq kirib borish til o'rganish jarayonini sifatli bo'lishini ta'minlaydi. Aynan realiyalar tilning lug'at boyligi, uning frazeologik qatlami, lingvomadaniy birliklarning mazmun-mohiyatini yoritishda muhim birliklar hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarga muvofiq tarzda, realiya atamasini o'zining asl ma'nosida qo'llaymiz va uning bir qancha semantik belgilarini ajratib olamiz, bular: 1) xalq ijodi mahsuli ekanligi; 2) muayyan xalq hayotiga (turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy va tarixiy rivojlanishiga) oidligi; 3) boshqa madaniyat vakillari uchun notanish hisoblangan narsa-buyumlarni ifodalashi; 4) milliy va tarixiy bo'yoqqa ega bo'lganligi; 5) boshqa tillarda aniq ekvivalentiga ega bo'lmasligi. Mana shulardan kelib chiqqan holda, realiyalarni muayyan xalqning milliy, madaniy, ijtimoiy hayotini, turmush tarzini, boy urf-odat va an'analarini o'zida yorqin aks ettiruvchi va shu xususiyatlari bilan boshqa xalqlar milliy madaniyatida takrorlanmaydigan, o'ziga xos birliklar deya ta'rif beramiz.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

REFERENCES

1. Бархударов Л.С. Язык и перевод. М.: Междунар. отношения, 1975.

2. Вайсбурд М. Л. Реалии как элемент страноведения // Русский язык за рубежом.1972№3.С. 98-100.

3. Фёдоров А.В. Основы общей теории перевода. М.: Высш. шк., 1983.

4. Швейцер А.Д. Теория перевода, статус, проблемы, аспекты. М.: Наука, 1988.

5. Vlakhov, Sergei and Florin, Sider (1980) Neperevodimoe v perevode, Moscow: Mezhdunarodnye otnosheniia.

6. Чернов Г.В. В вопросу о передаче безэквивалентной лексики при переводе публицистики на английский язык. - Уч.записи МГПИИЯ. Вып 58. - 1958.

7. Usmanova Sh. Lingvokulturologiya, darslik. - Toshkent 2019.

8. Томахин Г.Д. Реалии в языке и культуре. М.: Иностр. язык в школе, 1997. №

9. Иванов, А.О. Безэквивалентная лексика. Типография издательства СПбГУ,

10. Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. 4-е изд. М.: КомКнига, 2007.

1973.

3.

2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.