Научная статья на тему 'MODERNIZATSIYAGA LINGVISTIK YONDASHUV'

MODERNIZATSIYAGA LINGVISTIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
54
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
modernizatsiya / lingvistik modernizatsiya / til siyosati / soha modernizatsiyasi / leksik-struktur modernizatsiya / tejamlilik tamoyili / modernization / linguistic modernization / language policy / lexical modernization / lexico-structural modernization / economy principle

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahkamova, Durdona Ne’matovna

Mazkur maqolada modernizatsiyalashuv jarayoni va uning terminologik tizimda voqelanishiga doir fikrlar berilgan. Xususan, leksik struktur modernizatsiyalashuv alohida hodisa sifatida tahlilga tortilgan. Tahlil va xulosalar o‘zbek terminologik tizimiga oid misollar bilan dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC APPROACH TO MODERNIZATION

In this article is considered the modernisation situation in terminological system. Especially, there is a speech about lexical modernisation. Analysis and conclusions are based by examples from the Uzbek terminological system.

Текст научной работы на тему «MODERNIZATSIYAGA LINGVISTIK YONDASHUV»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

MODERNIZATSIYAGA LINGVISTIK YONDASHUV

Mahkamova Durdona Ne'matovna

Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada modernizatsiyalashuv jarayoni va uning terminologik tizimda voqelanishiga doir fikrlar berilgan. Xususan, leksik struktur modernizatsiyalashuv alohida hodisa sifatida tahlilga tortilgan. Tahlil va xulosalar o'zbek terminologik tizimiga oid misollar bilan dalillangan.

Kalit so'zlar: modernizatsiya, lingvistik modernizatsiya, til siyosati, soha modernizatsiyasi, leksik-struktur modernizatsiya, tejamlilik tamoyili

In this article is considered the modernisation situation in terminological system. Especially, there is a speech about lexical modernisation. Analysis and conclusions are based by examples from the Uzbek terminological system.

Keywords: modernization, linguistic modernization, language policy, lexical modernization, lexico-structural modernization, economy principle

Davrning eng muhim talabi bo'lgan modernizatsiyalashuv bugun barcha sohalar, jamiki uslublar uchun birlamchi o'ringa chiqqan. U aniqlikka, tezlikka, kreativlik va texnik imkoniyatlar kengayishiga asoslanadi. Xususan, ilmiy uslubda ham qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumot berish, bu orqali tezkorlik va tejamlilikka erishish tendensiyasi kechmoqda. Tabiiyki, mazkur jarayon, avvalo, ilmiy uslubning maxsus birliklari -terminlar doirasida kuzatiladi.

Termin terminologiyaning o'rganish obyekti ekan, demak modernizatsiyalashuvning lingvistik asoslarini tadqiq etish lozim. Bu borada tilshunoslik lug'atlaridan aniq ta'rif ya'ni modernizatsiya yoki modernizatsiyalashuvning ta'rifini topish qiyin. Sababi tilshunoslikka doir lug'atlarga bu tushunchaning o'zi so'z sifatida kiritilmagan. Biroq ayrim o'rinlarda uning birikma termin tarkibida qo'llanganiga guvoh bo'ldik:

Leksik modernizatsiya(modernizatsiya leksiki)- Tilning yangi sohalar doirasida qo'llanishini ta'minlash maqsadida mavjud til elementlaridan yangi til birliklarini hosil qilish. Leksik modernizatsiya jamiyat hayotidagi ilg'or sohalar (ilm-fan, texnika, ijtimoiy -siyosiy va madaniy soha) vakillari tashabbusi bilan til tarkibida amalga oshiriladi. Yangi so'zlarning tarqalishi va qat'iylashuvi asta-sekin amalga oshishi

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

mumkin. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalarining roli ham ahamiyatli hisoblanadi.[Jerebilo,2010]

Til taraqqiyoti bir tomondan yangi atov birliklari, so'zlar(neologizmlar)hisobiga amalga oshsa, boshqa tomondan tilning boyishi mavjud birliklarning qayta nomlanishi(yangilanishi) hisobiga yuzaga chiqadi. Mavjud referentlarning yangilanishi lug'at tarkibining ma'lum bir kichik qisminigina egallab, bevosita konseptlarga aloqador hisoblanadi va konsept tarkibida (garchi yangilangan, qayta nomlangan bo'lsa-da) qat'iy o'zgarishsiz qoladi. Birinchi jarayon ko'plab lingvistik tadqiqotlar ob'ekti bo'lib hisoblangan, biroq ikkinchi holatda modernizatsiya jarayoni bor va u hamisha tilda mavjud bo'lsa-da, hanuz o'zining tizimli ta'rifini topmagan. [Shemchuk,2006, 8].

Har qanday milliy til lug'at sistemasining, shuningdek, terminologik sistemasining rivojlanishida, takomillashuvida ikki narsaga to'g'ri amal qilish bu boradagi ishlarning muvaffaqiyatli, ijobiy natijalar bilan yakunlanishini ta'minlaydi: 1) tilning rivojlanishida amal qiladigan qonuniyatlar asosida ish ko'rish; 2)terminga qo'yiladigan talabdan kelib chiqib ish ko'rish. [Hojiyev ,2008,5].

NATIJALAR

Lingvistik nuqtai nazardan modernizatsiya jarayonini o'rganish ham tadqiqotchini hodisani keng qamrovda ko'zdan kechirishga undaydi: sotsiolingvistik hodisa sifatida modernizatsiyani til siyosati, endogloss va ekzogloss vaziyatlar bilan bog'liqlikda o'rganish, sof lingvistik hodisa sifatida tizimli jarayon shuningdek, qator yasalish usullari, omillarini hosil qiluvchi sifatida tahlil etishni talab qiladi. Har qanday holda ham modernizatsiya jarayoni mavjud va u lingvistik hosilalarga ega. Shundan kelib chiqib, modernizatsiyaning tilshunoslik doirasidagi ko'rinishlarini quyidagicha belgilash mumkin: til modernizatsiyasi, soha modernizatsiyasi, leksik modernizatsiya

Terminologik tizim doirasidagi modernizatsiya leksik modernizatsiyadir va u ham o'z ichida bir qancha turlarga ajraladi. Ayrim sohalar terminologik tizimida leksik-struktur modernizatsiyalashuv jarayonining keng tarqalganini uchratsak, ba'zi sohalar doirasida leksik-semantik modernizatsiyalashuv jarayoni jadalligiga guvoh bo'lamiz.

Masalan, kompyuter lingvistikasi terminlar tizimida leksik-semantik modernizatsiyani keng uchratish mumkin.

Leksik-semantik modernizatsiya o'z o'rnida, ikki turdagi terminlarni akslantiradi: 1)tilda mavjud biror so'zning terminologik tizimda yangi ma'no hosil qilishi. Mas., mwharrir-kitobatchilik terminologiyasida: matnni tahrirlash, yaratish bilan shug'ullanuvchi shaxs. Informatsion texnologiyalar terminologik tizimida -

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

matnni tahrirlash, yaratish operatsiyalarini amalga oshiruvchi dastur( WORD matn muharriri); 2) sohaga yangi so'zning kirib kelishi(neologizmlar)

Leksik-semantik modernizatsiyaning birinchi turi foydalanuvchiga termin komponentlarining birlamchi ma'nosi haqida tasavvurga ega bo'lish va shuning asnosida uning kompyuter lingvistikasidagi mazmuni haqida xulosa chiqarishga imkon beradi: masalan , avtomatik tarjima, matn tahriri, operator, tabiiy tillar... Garchi bu turdagi terminlar oson tushunilsa-da, ularning ommalashuvi, soha doirasida keng iste'molga kirishi sohaning, nafaqat kompyuter lingvistikasi balki, tilshunoslikning ham modernizatsiyalashuviga olib keladi. Leksik-semantik modernizatsiyaning ikkinchi turiga mansub terminlar esa tom ma'nodagi yangilikdir. Sababi ular tilshunoslik doirasida ham, informatsion texnologiyalar terminologik tizimida ham uchramaydi. Ularni yuqoridagi ikki sohaning kesishuvida -kompyuter lingvistikasida ko'rish mumkin[Anisimov,1991]. Ayni paytda mazkur tur terminlarning o'zga tildan kirib kelishi, semantik jihatdan ham notanish ma'no kasb etishini ta'kidlash joiz. Semantik transfer, lingvistik ta'minot, korpusshunoslik kabi terminlar shular jumlasidandir.

MUHOKAMA

Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, agar yozma nutqda qisqargan va to'liq shakl parallel qo'llana boshlasa, qisqargan shakl norma tusini olishi mumkin. Shu bois qisqaruv hodisasiga tildagi ob'ektiv o'zgarish, modernizatsiyalashuv hosilasi sifatida yondashish lozim. Mazkur ma'noda kommunikatsiya jarayonini osonlashtiruvchi, ilmiy uslub ravonligi va ixchamligiga sabab bo'luvchi qisqargan so'zlar va so'z formalarini, agarki ular tejamlilik talablariga javob bersa, hyech moneliksiz muomalaga va adabiy normaga kiritish mumkin.

Umuman, qisqartmalardan keng foydalanishning sabablari -bu axborot oqimining oshishi, vaqt birligida maksimal axborot uzutilishini ta'minlashga intilish, tildan unumli foydalanish, uning kommunikativ funksiyasi samaradorligini oshirishdir. Bu , ayniqsa, fan va texnikaning to'xtovsiz rivojlanishi natijasida ko'plab yangi,murakkab so'z birikmalari orqali ifodalanadigan tushunchalar yuzaga kelayotgan hozirgi vaqtda juda muhim.So'nggi vaqtda, telekommunikatsiyalar sohasidagi ilmiy-texnika adabiyotlarida atamalarning qisqartmalari -abbreviatura va akronimlardan keng foydalanilmoqda. Bu narsa, ayniqsa, axborot va axborotlashtirish sohasidagi nashrlarda ,shuningdek,Xalqaro elektr-aloqa ittifoqining nashrlarida ko'p kuzatilmoqda. [Ahmedova,2008].

Fikrimiz dalili sifatida O'zAAAning 2007-yil 11-iyuldagi 195-son buyrug'i bilan amalga joriy qilingan "Telekommunikatsiyalarga oid atamalar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

qisqartmalarining inglizcha-ruscha-o'zbekcha lug'ati"ni keltiramiz. Mazkur lug'at xorijiy manbalar, ma'lumotnoma adabiyotlar hamda standartlar asosida ishlab chiqilgan bo'lib,unda chastota va to'lqinlarning turli diapazonlarida ishlaydigan, barcha turdagi aloqa tizimlari va vositalaridan foydalanish bo'yicha 4500dan ortiq qisqartma hamda shartli belgi berilgan. O'tgan 10 yildan ortiq muddatda mazkur ko'rsatgich yanada ortgan, sanalgan ayrim qisqartmalar yangilangan, ehtimol, iste'moldan chiqqan bo'lishi ham mumkin.

Umuman, kompyuter lingvistikasi terminlar tizimini doimiy dinamik tizim(modernizatsiyalashuvchi) sifatida baholash mumkin. Sababi tildagi sohalar terminologiyasi tizimida ayrim sohalar doimiy o'zgarishlar(ba'zan kordinal o'zgarishlar) ga moyil. Misol uchun yurisprudensiya, iqtisodiyot, texnika, informatsion texnologiyalar singari sohalar har qanday jamiyat hayotida bevosita siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ular doimiy ravishda modernizatsiyalashib boradi. Bu o'z o'rnida, soha terminologik tizimida aks etadi. Termin esa leksema sifatida tilning leksik sathini, kompyuter lingvistikasi ta'biri bilan aytganda korpusni tarkib toptiruvchilardandir.

Modernizatsiyalashuv jarayonini bir qarashda neologizatsiya bilan farqlash qiyin. Ikkisi uchun umumiy bo'lgan misollar(terminlar) "modernizatsiya aynan neologizatsiyadir", degan chalkash va xato fikrga olib kelishi mumkin. Biroq neologizatsiya sof lingvistik jarayonligi va unga daxldor xulosalar semantik o'zgarishlarga asoslanishi, leksik hodisa ekanligini , modernizatsiyalashuv esa semantik va struktur o'zgarishlar bilan bir qatorda uni yuzaga keltiruvchi ekstralingvistik omillar bilan ham ishlashi va shu asosda yuzaga chiqishini ta'kidlash joiz. Umuman olganda, neologizatsiya modernizatsiyaning hosilasi, bir vaqtning o'zida tarkib toptiruvchisi hamdir.

Yuqoridagilar asosida ta'kidlash mumkinki, terminologik tizim doimiy modernizatsiyalashuvchi til unsuridir. Bu esa modernizatsiya tushunchasining yangi rakurslarda ochilishini talab etadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Анисимов А. Компьютерная лингвистика для всех - Мифы, Алгоритмы, Язык. -М. 1991

2. Жеребило Т.В. Словарь лингвистических терминов. -Назрань: Пилигрим,

3. Mahmudov N. O'zbek tili sotsiolingvistikasining dolzarb muammolari.//O'zbek tilshunosligini rivojlantirish dolzarb muammolari. -Toshkent:

XULOSA

2010

O'ZKITOBSAVDONAShRIYoTI, 2020

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

4. Mahkamova D.N. Terminologik tizim modernizatsiyalashuvi // O'zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari. -Toshkent, 2019

5. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 6-tom. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti, 2003

6. Hojiev A. O'zbek terminologiyasining hozirgi holati va uni takomillashtirish chora-tadbirlari //Atamashunoslik -kasbiy tafakkurni shakllantirishda, fan va ta'limni rivojlantirishda. -Toshkent, 2008

7. Шемчук Ю.М. Модернизация существуюшей лексики современного немецкого языка: автореф. д.ф.н. -Москва, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.