INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
KOMPYUTER TERMINLARINING DERIVATSION TADQIQI Nurullayev Mirzabek Qobil o'g'li
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7125800
Annotatsiya. Mazkur maqolada kompyuter terminlarining derivatsion tadqiqi kompyuter lingvistikasi jahon tilshunosligida AKT terminlarini tartibga solish ishlari, milliy tilshunosliklarda AKT terminlarining lingvistik, leksikografik, semantik va tarjimaviy xususiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: AKT, kibernetika, derivatsion, EHM, Elektron ta'lim, diskretlilik, leksik-semantik, Lap Top, Note Book, Palm Top, ЕЫМгоп ^tib^r (PDA), ShK.
ОБЗОР ПРОИЗВОДНЫХ ТЕРМИНОВ КОМПЬЮТЕРА
Аннотация. В данной статье представлена подробная информация о деривационном изучении компьютерных терминов, компьютерной лингвистике, регламентации ИКТ-терминов в мировой лингвистике, лингвистических, лексикографических, семантических и переводческих особенностях ИКТ-терминов в отечественной лингвистике.
Ключевые слова: ИКТ, кибернетика, деривация, ЭУ, Электронное образование, дискретность, лексико-семантический, Ноутбук, Ноутбук, Карманный Топ, Электронные писцы (КПК), ШК.
OVERVIEW OF COMPUTER DERIVATIVE TERMS
Abstract. This article provides detailed information about the derivational study of computer terms, computational linguistics, the regulation of ICT terms in world linguistics, linguistic, lexicographic, semantic and translation features of ICT terms in Russian linguistics.
Keywords: ICT, cybernetics, derivation, ES, E-education, discreteness, lexico-semantic, Notebook, Notebook, Pocket Top, Electronic Scribes (PDA), SK.
KIRISH
XX asrning o'rtalarida kibernetikaning rivojlanishi fan tarixida kuzatilmagan tutash sohalar kesimidagi yangi fanlarning shakllanishiga asos bo'ldi. Jumladan, biologiya va injeneriya fanlari kesimida bionika fani yuzaga keldi. Hisoblash texnikasi va lingvsitika kesimida bir qator nomlar bilan atalgan tutash soha vujudga keldi. Bu fan dastlab, matematik lingvistika, struktur lingvistika, hisoblash lingvistikasi deb nomlangan. Hozirda kompyuter lingvistikasi degan muqim nomga ega boldi. Bu fanning shakllanishida ikki omil qayd etiladi: 1) lingvist tadqiqotchilar zamonaviy aniq fanlar (asosan, matematika) lingvistikada yetishmayotgan aniqlikni ta'minlashda yordam berishiga umid bildirdilar. EHMning paydo bo'lishi bu umidni mustahkamladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Axborot texnologiyalari ta'lim sohasida ham asosiy o'rin egallaydi. Ta'lim samaradorligini oshirishda, zamon talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlashda axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda yurtimizda ta'lim sohasiga jiddiy e'tibor qaratilishi natijasida aksariyat yoshlar axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmoqdalar, axborotlashtirish jarayonida mustaqil ishtirok etmoqdalar. Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan hozirgi davrda ta'lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta'limda foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining « O'zbekiston Respublikasida «Elektron ta'lim» milliy tizimini yaratish» investitsiya loyihasini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2012 yil 16 aprelda e'lon qilingan PQ-1740-son qarori ta'lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand boMishga zamin yaratadi.
Endi, e'tiborimizni kompyuter terminlariga qaratadigan bo'lsak, kompyuter terminlarini biz mana shu fan ya'ni kompyuter lingvistikasi fanida mukammal o'rganamiz. Rivojlanish hech qachon bir joyda turmaydi. Bugungi kunda kompyuter texnologiyasi inson hayotining ajralmas bo'lagiga aylandi.
Kompyuter va kompyuter texnologiyasida qilinayotgan yangiliklar tilga juda ham ko'p yangi so'zlarni olib kirmoqda. Masalan: mikroprotsessor, operativ tizim, piksel, obekt va boshqalar. Bu so'zlarning aksariyati ingliz tili negizida paydo bo'lmoqda. Kompyuter sohasida ishlovchi har qanday shaxs bu so'zlarni o'z tiliga borligicha (hech qanday tarjimasiz) qabul qilmoqda, ya'ni tillarga bu so'zlar "jargon" sifatida kirib kelmoqda. Keyinchalik esa bu so'zlar o'z-o'zidan yangi terminlarga aylanib qolmoqda.
Tarjima insoniyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Bugungi kunda texnika olami rivolanishi bilan kirib kelayotgan so'zlarni tarjima qilish bir muncha muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Kompyuter olami va uning ishlash jarayonini bilan shug'ullanuvchi fan informatika tilning boyligi va imkoniyatini hisobga olmagan holda butun dunyoda paydo bo'layotgan so'zlarni o'zbek tiliga shunchaki qanday bo'lsa shundayligicha olib kirmoqda. Masalan: diskretlilik so'zini misol qiladigan bo'lsak. Bu so'z inglizcha discreteness so'zining "o'zbekchalashuvi", lekin tarjimasi emas. Bu so'z o'zbek tiliga usluksizlik deb tarjima qilinadi. Agar biz texnik jihatdan nazar solib bu so'zni muqobil deb olmay qoldirishimiz zarur deb hisobga olganimizda ham xatolikni ko'rishimiz mumkin. Chunki bu so'zga o'zbek tili ko'plik qo'shimchasi bo'lmish -lar qo'shilgan. Bundan tashqari so'z [tranz'leita] ya'ni transleytor tarzida olib kirilishi kerak edi. Bu so'zni o'zbek tiliga kirib kelishida rus tilining o'rni bo'lganligiga shubha yo'q. Rusiyzabon xalq ingliz tilidagi bu so'zni "транслятор" tarzida o'zlashtirgan. Protsedura so'zi ham aynan muammoli jarayonlardan biri. Bu so'z procedure ingliz tilidan tarjima qilinganda jarayon tarzida tarjima qilinadi. Agar bu so'zni tilimizga qabul qiladigan bo'lsak transliteratsiyadan foydalanib prosedure yoki [pra'si:^a] prosije tarzida qabul qilishimiz lozim bo'ladi. Grapf so'zining ma'nosini berishda transliteratsiyadan to'g'ri foydalanilgan hamda o'zbek tiliga "graf" tarzida o'zlashtirilgan. Lekin bu so'zni o'zlashtirishda tarjima qilish mumkinligi haqida o'ylab ko'rilmagani e'tiborga molik. Bugungi kunda adabiyotlarda web-sahifa, web-brauzer atamalarini ko'p uchratishimiz mumkin. Ularning ko'pchiligida bu so'zlar qo'shtirnoqqa olinmagan yoki ajratib ko'rsatilmagan.
Buning oqibatida so'zdagi ingliz tiliga xos bo'lgan "w" harfi o'zbek alifbosiga kirib qolmoqda.
Jahon tilshunosligida AKT terminlarini tartibga solish ishlari bir til terminlari doirasida ham, ikki til terminlari doirasida ham olib borilgan, soha terminlari muayyan darajada tartibga solingan bo'lsa-da, milliy tilshunosliklarda AKT terminlarining lingvistik, leksikografik, semantik va tarjimaviy xususiyatlari aniqlanmagan, soha terminlarini tartibga solish mezonlari ishlab chiqilmagan. Shu bois AKT terminlarining mavzuiy guruhlarini aniqlab, leksik-semantik xususiyatlarini asoslash, terminlarning derivatsion va tuzilish modellarini belgilash, ozlashma va baynalmilal terminlarning milliy tillarda barqarorlashuv jarayonlarini tadqiq qilish, tarjima qilish uslublarini takomillashtirish, terminlardagi sinonimik, antonimik va variantlilik holatlarini tartibga solish hamda maqbullarini qollash yuzasidan takliflar berish, leksikografik izohlarni takomillashtirish, tarjima lug'atlarini tuzish kabi masalalarning hal etilishi AKT sohalari rivojini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ta'minlash bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga muayyan darajada yengillik yaratilishiga olib keladi. Hozirgi kunda ozbek tili leksikasining tez va o'zgaruvchan va faol qatlamini AKT terminologiyasi sohasiga doir leksik birliklar tashkil etadi. AKT sohasidagi terminlarni kompyuter va kompyuterlar sinfisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ular bilan tanishib chiqamiz. Server kompyuteri (Server computer) kompyuter tarmogida asosiy axborotlar bazasini saqlovchi maxsus ajratilgan kompyuter. Super kompyuterlar(Super computers) -juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun moljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir necha yuz barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni bajaradi. Shaxsiy kompyuterlar (Personal computer) (ShK) hammabop va qollashda turli xil talablarni qondiruchi, bir kishi foydalanadigan kompyuterlardir. Shaxsiy kompyuterlarga kundalik ishlarimizda qo'llaydigan, uyda, ish joylarida joylashgan kompyuterlar, masalan, Pentium tipidagi kompyuterlar kiradi. Pоrtаtiv kompyuterlar (Portable computer) yo'lda olib yurishga moljallangan kochma shaxsiy kompyuterlardir. Portativ kompyuterlarga Lap Top, Note Book, Palm Top, Elektron kotiblar (PDA), organizer kabi kompyuterlarni kiritishimiz mumkin. Kompyuter-blоknоtlаr (Computer notebook) stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo lmagan kitob hajmidagi chemodancha korinishida tayyorlanadi. Cho"ntаk kompyuterlаri (Pocket computer) (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma'noni bildiradi) 300 gramm ogirlikka ega. Ular tolaqonli shaxsiy kompyuterlar bo'lib, mikroprotsessor, operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko'chmas ShKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo'limlariga ega. Elektron yozuv daftarchalari (organizer - organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «eng yengil sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elektron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning ogirligi 200 grammdan oshmaydi.
TADQIQOT NATIJALARI
Derivatsion nuqtai nazar terminlarning yasalish jarayonlari bilan chambarchas bog'langan. Ushbu g'oya tarafdorlarining fikricha, termin nafaqat oddiy so'zning varianti, shuningdek, yangi, o'ziga xos spetsifik belgilarga ega maxsus yasalgan birlik sifatida ham tan olinadi. Yangi ter- minlaming yuzaga chiqish sabablari yangi realiyalami ifodalash ehtiyoji bilan baholanadi.
O'zbek terminologiyasi tizimida tub terminlar singari derivativ terminlaming ham roli salmoqlidir. Tub terminlar o'zbek terminologiyasining barcha shakllanish va rivojlanish bosqichlarida ko'zga tashlanadi.
Kompyuter lingvistikasining muhim tushuncha kategoriyalaridan "freymlar" (vaziyatning tematik tipiklashgan bilimlar deklarativ namoyishi uchun mo'Ijallangan kotseptual strukturalar) , "ssenariy" (stereotip vaziyat yoki stereotip xulq haqidagi bilimlar namoyishi uchun taqdim qilingan konseptual strukturalar), "plan" (aniq maqsadlardagi yutuqlarga olib boruvchi bilim strukturasi, imkoniyatlar) bir qator masalalaming yoritilishiga xizmat qiladi.[1]
Hozirda ifoda etilgan so'zlani derivatsion tadqiqini o'rganadigan bo'lsak "yangi" so'zlar juda ham ko'p. Masalan: gipermurojaat, gipermatn, server, teg, animatsiya, mikroprotsessor, matritsa, piksel, protocol, yacheyka va boshqalar. Baholanki ifoda etilgan so'zlarni o'zbek tiliga tarjima qilish mumkin. Masalan bugungi kunda adabiyotlarda ifoda etilayotgan "web-sahifasi" so'zini Internet sahifasi yohud veb-sahifa tarzida, keyingi ifoda etilgan "web-brauzer" so'zini veb-brauzer yoki veb ko'rsatgich, yoki internet ko'rsatuvchi deb, yoki animatsiya so'zini "jonli rasm" tarzida tarjima qilish mumkin.
Bunday so'zlarni shunchaki tilimizga qabul qilishda davom etadigan bo'lsak tilimizning leksik qatlamiga yetarli darajada ta'sir qiladi. Kompyutet texnikasi rivojlanishda davom etar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ekan u yangi so'zlarni kashf qilishda davom etadi. Shunday ekan bugungi kunda tilshunoslar hamda tarjimashunoslar oldida kompyuter texnikasining til leksikasiga ta'sirini kamaytirish yoki barataraf etish masalasi turibdi.
Kompyuter terminlarining tarjimasining murakkabligi, albatta, u so'zning aynan muqobili yo'qligidir, lekin bu kompyuter orqali kirib kelayotgan so'zlarni tarjima qilishning iloji yo'q degani emas. Kompyuter neologizmlarini tarjima qilishda tarjimaning har qanday yo'lidan (kalkalash, umumlashtirish, ma'noni berish, antonim tarjima, transliteratsiya) foydalanishimiz zarur. Zero globallashuv hamda kompyuter texnikasi rivojlanayotgan jarayonda tilimizni tashqi "xavf" dan asrash har bir tilshunos hamda tarjimonning sharafli burchi hisoblanadi. MUHOKAMA
Til - eng muhim muloqot vositasidir. Til o'ziga xos tarixiy taraqqiyot tizimiga, murakkab strukturasiga ega bo'lishiga qaramasdan, ona tili bolalar tomonidan qisqa muddatda tez o'zlashtiriladi va til tafakkuming ajralmas qismiga aylanadi. Hech mubolag'asiz aytish mumkinki, til insoniyatning kishilik taraqqiyotiga muntazam ravishda ta'sir ko'rsatadigan mahsullaridan biridir. A.Rahimov Beryozinning quyidagi fikrlarini keltirgan: "Til sistema sifatida aynan matematikaning о 'zidir. Matematika aniq fan bo'lib, formulalar munosabati orqali reallashadi. Til ham matematika singari aniqlikni talab qiladi va unda ikki yoki undan ortiq elementlarning o'zaro munosabati bir butunlikni tashkil etadi".[2] XULOSA
Oxirgi harfi bir xil bo'lgan so'zlaming derivatsion va relyatsion modellari (so'z yasalishi va shakl yasalishi) hamda grammatik ma'lumotlari (qaysi so'z turkumiga mansubligi, qanday grammatik kategoriyalarga egaligi) bir xil bo'lishi tabiiy. Masalan, ingliz tilida -er, -ness, -dom kabi, rus tilida -nost, -u{ik, -nik kabi, o'zbek tilida -shunos, -chi, -lik qo'shimchalariga ega bo'lgan so'zlar ot (noun) so'z turkumi hisoblanadi. Demak, tezaurusda (lug'at bazasida) mavjud bo'lmagan so'zlarning avtomatik analizini mavjud bo'lganlarining harf tarkibidagi moslikdan, so'zlar analogiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirish mumkin. Bu jarayonda tizimning lingvistik ta'minoti chappa (ters) lug'atlar bilan ham to'ldirilgan bo'lishi lozim. Modellashtirish lingvistik qoidalami tushuntirishda eng qulay vositalardan biridir.
REFERENCES
1. Боярский К. Введение в компьютерную лингвистику. Сагасг-Петурбург, 2013.-С.4
2. Rahimov A. Kompyuter Iingvistikasi asoslari. —Т., 2011. -В
3. Англо-русский толковый словарь терминов и сокращений по ВТ, Интернету и программированию. 1998-2007 гг., Э.М. Пройдаков, Л.А. Теплицкий
4. O'zbekcha inglizcha lug'at. 2005.
5. Paluanova X. Ingliz, o'zbek va qoraqalpoq tillarida ekologik terminlaming derivatsion -semantik prinsiplari. Dokt.diss.avtoref. -Toshkent, 2016
6. "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" B.Boltayev va boshq.,2011
7. Хамроева Ш.Узбек тили муаллифлик коргтуси тузишнинг лингвистик асослари. Филол. фан...(PhD) дисс. -Карши, 2018.
8. .Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. -М.:Высшая школа, 1992.