Научная статья на тему 'TILIMIZGA KIRIB KELGAN NEOLOGIZMLAR VA ULARNING TAHLILI'

TILIMIZGA KIRIB KELGAN NEOLOGIZMLAR VA ULARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
18501
567
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
telefon / teletayp / telefaks / kompyuter / bank / subsidiya / kredit / mobil ilova / telephone / teletype / telefax / computer / bank / subsidy / credit / mobile application

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qo‘ziboyeva Go‘zal Saidrasul Qizi

Ushbu maqolada bugungi kunda tilimizga kirib kelgan va so‘zlashuvda faol ishlatilayotgan neologizmlar va ularning tasnifiga qaratilgan mulohazalar, ularning o‘zbekcha muqobiliga almashtirish masalalari atroflicha o‘rganilgan. Maqolada tilimizga kirib kelgan neologizmlarning ma’nosi tahlili berilgan. Bu neologizmlar asosan ingliz tilidan kirib kelayotgani va bu neologizmlarning turlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEOLOGISMS THAT HAVE ENTERED OUR LANGUAGE AND THEIR ANALYSIS

This article examines in detail the neologisms that have entered our language today and are actively used in speech, as well as comments on their classification, their replacement by the Uzbek alternative. The article analyzes the meaning of neologisms that have entered our language. It is stated that these neologisms come mainly from the English language, and the types of these neologisms are given.

Текст научной работы на тему «TILIMIZGA KIRIB KELGAN NEOLOGIZMLAR VA ULARNING TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TILIMIZGA KIRIB KELGAN NEOLOGIZMLAR VA ULARNING TAHLILI

Qo'ziboyeva Go'zal Saidrasul qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va Adabiyoti universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6654075

Anotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda tilimizga kirib kelgan va so'zlashuvda faol ishlatilayotgan neologizmlar va ularning tasnifiga qaratilgan mulohazalar, ularning o'zbekcha muqobiliga almashtirish masalalari atroflicha o'rganilgan. Maqolada tilimizga kirib kelgan neologizmlarning ma'nosi tahlili berilgan. Bu neologizmlar asosan ingliz tilidan kirib kelayotgani va bu neologizmlarning turlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: telefon, teletayp, telefaks, kompyuter, bank, subsidiya, kredit, mobil ilova.

NEOLOGISMS THAT HAVE ENTERED OUR LANGUAGE AND THEIR

ANALYSIS

Abstract. This article examines in detail the neologisms that have entered our language today and are actively used in speech, as well as comments on their classification, their replacement by the Uzbek alternative. The article analyzes the meaning of neologisms that have entered our language. It is stated that these neologisms come mainly from the English language, and the types of these neologisms are given.

Keywords: telephone, teletype, telefax, computer, bank, subsidy, credit, mobile application.

НЕОЛОГИЗМЫ, ВОШЕДШИЕ В НАШ ЯЗЫК, И ИХ АНАЛИЗ

Аннотация. В данной статье подробно рассматриваются неологизмы, вошедшие сегодня в наш язык и активно употребляемые в речи, а также комментарии по их классификации, замена их узбекской альтернативой. В статье анализируется значение неологизмов, вошедших в наш язык. Утверждается, что данные неологизмы произошли в основном из английского языка, и приводятся виды этих неологизмов.

Ключевые слова: телефон, телетайп, телефакс, компьютер, банк, субсидия, кредит, мобильное приложение.

KIRISH

Hozirda barcha sohalarda mavjud bo'lgan va muomalaga hech qanday qiyinchiliklarsiz kirib kelgan neologizmlar haqida tilshunoslik nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, bu so'zlar texnika orqali tilimizga kirib keldi va biz bu so'zlarni hech qanday muammosiz talaffuz qilmoqdamiz, ma'lumot tashiyotgan ma'no doirasi ham barcha bir xil ma'noda tushunarli. Lekin savol tug'iladi. Hozirda muomaladagi neologizmlar o'rniga tilimizda mavjud bo'lgan muqobiliga almashtirish va bu kabi tilimizga keyinchalik ham kirib keladigan neologizmlarni muomala jarayoniga olib kirmasdan ilgariroq tilizdagi muqobiliga almashtirsh. Demak, hozirda tilshunoslikdagi katta muammolardan biri - neologizmlardir. Bizni oldimizda ikkita bajariladigan ish mavjud bular: hozirda muomalada bo'lgan neologizmlarni o'zbek tilidagi muqobiliga almashtirsh va bu muqobilning muomalada ijobiy qabul qilinishiga erishish. Ikkinchidan, texnika asrida tilimizning sofligini saqlash maqsadida keyinchalik kirib kelayotgan neologizmlarni muomalaga kirmasdan ilgari o'zbekcha muqobilini yaratish va bu ishni amalga oshirishda tilimizni rivojlatiradigan barcha tashkilotlarga birdek ma'suliyat yuklashdir. Avvalambor, xalqimiz o'zligini saqlashi bu tilimizga bevosita chambarchas bog'liqdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Hozirgi texnika va texnalogiya asrida eng qimmatbaho narsa bu - axborotdir. Uning turli xil shakllarda namoyon bo'lishi mumkin: rasm, grafik, diagramma yoinki, texnikada amalga oshadigan barcha ko'rinishlarda. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida ham mavjud bo'lgan bo'lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. (Literature review). Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma'lumotlar bazasi, bilimlar ombori va u bilan bog'lik faoliyat sohalari tashkil qiladi. Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo'ladi. Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko'rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:

1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarishni axborotlashtirish.

3. Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

4. Aholiga xizmat ko'rsatish sohasini axborotlashtirish.

5. Talim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Bugungi kunda zamon ham tezashmoqda va bu axborot almashinuvining ham tezlashishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda dunyoning barcha mintaqasida bo'layotgan ma'lumotlarni sekundlar ichida bilishga egamiz. Ammo bu ma'lumotlar orqali tilimizga kirib kelayotgan neologizmlar tilning shakily ravishda o'zgarishiga olib kelmoqda.

Etimologik jihatdan neologizm atamasi yunon tilidan olingan. U tarkib topgan neo "yangi" degan ma'noni anglatadi va logotip bu "so'z" ga aylanadi. Demak, bu so'z "yangi so'z" deb tarjima qilingan yoki "til ichidagi innovatsion yoki so'nggi ob'ekt, vaziyat yoki harakatni tavsiflovchi "so'z" deb tarjima qilingan. Bugungi kunda dunyoning barcha mintaqasida bo'layotgan ma'lumotlarni sekundlar ichida bilishga egamiz. Ammo bu ma'lumotlar orqali tilimizga kirib kelayotgan neologizmlar tilning shakily ravishda o'zgarishiga olib kelmoqda. Ularga birgina bank sohasi doirasida oladigan bo'lsak anchagina salmoqqa ega so'zlarni ko'rishimiz mumkin. Deyarli barchasi ingliz yoki boshqa tillardan aslidek olingan so'zlar hisoblanadi. Neologizmlarning turlari mavjud bo'lib: 1) Shaklning neologizmlari. Ushbu turdagi neologizm so'zlarning yoki tilda mavjud bo'lgan so'zlarning morfologik o'zgarishidan kelib chiqadi. Misol: fotojurnalistika, ijtimoiy nasroniy, liberal demokrat yoki popemobil. 2) Semantik neologizmlar. Bunday holda, u allaqachon tilning bir qismi bo'lsa-da, boshqa sohalarning elementlari yoki jihatlarini belgilash uchun boshqa ma'no yoki ma'noda bir xil tilda olingan so'zlarni nazarda tutadi. Misol: qidiruv tizimi, virusli, parket yoki virus. 3) Funktsional neologizmlar. Neologizmlarning bu tasnifi tilga so'zlarni qo'shish zarurati bilan bog'liq, chunki

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ma'lum bir ob'ekt yoki vaziyatni belgilashning boshqa usuli yo'q. Chet el so'zlari ushbu tasnifga kiradi. Umuman olganda, ushbu turdagi atamalar aloqa yanada dinamik bo'lishiga imkon beradi. Misol: kilo, jirafa, tirtil yoki yong'inga qarshi. 4) Ijtimoiy neologizmlar. Ushbu so'zlar jamiyatga, insonning axloqiy va madaniy harakatlariga bog'liq ba'zi jihatlarni tavsiflovchi yoki belgilaydigan barcha so'zlar bilan bog'liq. Misol: qo'mita, ish tashlash, yig'ilish yoki jamoaviy bitim. 5) Texnologik neologizmlar. Ushbu turdagi neologizm ba'zi so'zlar texnologiya va fan sohalarida yuzaga keladigan burilishlar bilan bog'liq. Ular deyarli har doim boshqa tillardan keladi, masalan, ispancha ingliz tilidan. Ushbu tasnif bugungi kunda eng ko'p ishlatiladiganlardan biridir. Misol: skaner, server, selfi yoki kibermakon. 6) Stilistik neologizmlar. Stilistik neologizmlar - bu odatda ishlatiladigan so'zlarga nisbatan ifoda yoki atamaga nisbatan sezgir va ijobiy ohang berish uchun qo'llaniladigan so'zlar. Aks holda, ular narsalar idrokini o'zgartirish uchun mo'ljallangan so'zlardir. Misol: marhum, qorong'i, ko'r yoki konsert.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

ID yoki Identifikator — subyektni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborot

Imidj - uyg'unlashgan tashqi ko'rinish

IT (Information Technology) - axborotni hosil qilish, uni yig'ish, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasi

IT — ingliz tilidan olingan «Information Technology» so'zlarining qisqartmasi bo'lib, o'zbek tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo'lsa ham, biz bu so'zni IT ko'rinishida talaffuz qilamiz va ishlatamiz.

IELTS (International English Language Testing System - Xalqaro Ingliz Tili Sinovi Tizimi) imtihonining maqsadi ingliz tilida o'qish, yozish, tinglab tushinish va gapirish ko'nikmalarining qay darajdaga shakllanganligini baholash hisoblanadi.

Indeks (Lotincha: index - ko'rsatkich, ro'yxat) - nom, ism yoki boshqa kombinatsiyalar ko'rsatkichi va ro'yxati hisoblanadi.

Imo - aloqa vositasini amalga oshiruvchi ijtimoiy tarmoq.

Instagram - Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun mo'ljallangan ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qo'llash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir.Instagram Apple App Store va Android Google Play orqali bepul tarqatiladi.

Jalyuzi - xonalarni quyosh nuri, yog'in-sochin va boshqalardan muhofaza qilish uchun derazalarning ichki tomoniga o'rnatiladigan moslama

Kanal - ijtimoiy tarmoqlarda admin tomonidan boshqariladigan tarmoq

Karantin - o'ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga karatilgan epidemiyaga qarshi ma'muriy va sanitariya tadbirlari majmui

Kardigan - yengil kiyim ustidan kiyiladigan kurtka

Kargo - tashiladigan yuklarni sug'urtalash. Kargo - (ispancha cargo - yuk, yuk ortish) 1) kemada tashiladigan yuk; 2) tashiladigan yuklarni sug'urtalash. Chet davlatlardan har qanday yuk olib kirilayotganda davlat budjetiga to'lanadigan pul.

Kopiyrator - tarjimon

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Komment - izoh

Konsultant - o'z ixtisosligi bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi mutaxassis

Konsultatsiya - ixtisosligi bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatish, maslahat berish

Korzinka-- bu tez rivojlanib kelayotgan supermarketlar tarmog'idir

Kreativ - ijodiy

Kredit ~ ma'lum muddatga foiz evaziga qarz berish.

Kiber - bu ilg'or texnologiyalar kontsentratsiyasi bilan tashkil etish, masalan: kompyuterlar, internet va boshqalar.Kiber iborasi Internet dunyosi bilan bog'liq ba'zi atamalardan oldin. Masalan. kiber do'stlar Bu bir xil virtual do'st, unda 2 kishi bir-birlarini shaxsan tanimasdan, virtual vositalar bilan muloqot qilishadi;

Kompetensiya (lotincha: competo - erishyapman, munosibman, loyiqman) - 1) muayyan davlat organi (mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning krnun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba.

Kontent(tarkib)- biznes yoki reklama rejasi tarkibi.

Klon - nusxa

Kasting -tanlov

Led lampa - zamonaviy elektr tejamkor lampa

Lider - boshlovchi, yetaklovchi

Link - havola. Link -Bu nemischa "GHE LENK" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "birga" degan ma'noni anglatadi.

Logo-belgi.

Like bosmoq - ijtimoiy tarmoqlarda biror xabarga ovoz bermoq.

Login - yashirin maxsus belgi.

Lunch-biznes- Biznes egalari qiladigan oziga xos tushlik

Makler - sotuvchi va xaridor o'rtasidagi vositachi

Metsenat- madaniyat va san'atni, ilm va fanni, ta'limni, ma'rifatni rivojlantirishga xizmat qiladigan homiy.

Memorandum - diplomatik hujjat; biror davlatning diplomatik yo'l bilan muhokama qilinishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan uz nuqtai nazarini bayon qilib yozgan nomasi.

Messenjer - tezkor xabar almashish uchun mo'ljallangan dastur.

Migrant-Ingliz tilining Oksford lug'atida aytilishicha, "migrant o'z yashash yeridan boshqa joyga vaqtincha, hamishaga ko'chgan shaxsdir". BMT hujjatlarda qayd etilishicha, "Migrant termini biron shaxs tomonidan ko'ngilli ravishda ko'chish qarori olingan har qanday holda, o'z qulayliklari nuqtai nazaridan va tashqi faktorlar aralashuvisiz olingan holatlarni ham o'z ichiga olgan vaziyatlarda qo'llanilishi mumkin".

Mezoterapiya - tana azolarining ( yuz, soch) ajin va qarishini yoshartiruvchi vitaminlar bilan olib boriladigan kosmetologik muolaja.

Moodle - masofaviy dasturning darsliklar saqlanadigan va test topshirish platformasi.

Mobil ilova - ma'lum bir platforma uchun ishlab chiqilgan smartfonlar, planshetlar va boshqa mobil qurilmalarda ishlashga mo'ljallangan dastur.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Modem -qisqartma ikki muddatda hosil bo'ladi: modulyatsiya va demodulyatsiya . Bu ishlatiladigan qurilma kompyuter fanlari uchun raqamli signallarni analogga va aksincha o'zgartiradi , shunda ular ongli ravishda uzatilishi mumkin.

Multimedia - kompyuterning matn, grafik, tovushli va videoma'lumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi. Ana shunday qurilma o'rnatilgan kompyuter multimedia kompyuter deyiladi.

Multilingvizm- Ko'p tillilik.

Nam salfetka - bir martalik ishlatiladigan maxsus namlantirilgan salfetka.

Nakrutka - ijtimoiy tarmoqdagi kanallar ko'rsatkichii sun'iy ravishda oshirish. Masalan: Obunachilar yoki postlarning namoyishini.

Netfliks - ijtimoiy tarmoq.

Oflayn - an'anaviy.

Onlayn - masofaviy.

Oversize - kiyimlarning katta bichimda bo'lishi.

Overtime- futbol musobaqalarida o'yinning asosiy vaqtidan keyin belgilanadigan qóshimcha daqiqalar.

Payme - pul o'tkazmalaridan biri.

Piar ~ jamiyat bilan muloqot. Piar - Aslida, xalq bilan muloqat degani, ammo hozirda "e'tiborni tortish" ma'nosi ko'pchilik uchun tanish.

PhD- Falsafa doktori.

Piling- tozalash, ko'chirish.

Prank- o'ziga xos qo'rqitish yoki nimanidir odamlarga qiziqtirish.

PIN kod - mijozning elektron imzosi.

Plastik karta - elektron hamyon.

Plastik rom - plastikdan yasalgan deraza va eshik romlari.

Platforma - apparat va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish hamda qo'llab-quvvatlash uchun asos.

Protsedura - bajariladigan ish tartibi; Ko'proq kosmetologiya va meditsina sohasida qo'llaniladi.

Promo-kod -internet orqali xarid qilganingizda yoki sotuvchini chakana do'konlarda sotib olishda kerakli maydonga kiritilishi lozim bo'lgan raqamlar va harflarning to'plami.

Ponki - aladi.

Poliglot Ko'p tilni biluvchi.

Portal - ma'lum bir mavzu yoki ilm sohasi bo'yicha bosh sahifa.

Pult - boshqarish moslamasi.

Piar - jamiyat bilan muloqot.

Reality shou - hayotiy dastur.

Registratsiya - ro'yxatga olish, qayd etish.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Til - millat ko'zgusidir. Uning o'zligini, ma'naviy qiyofasini ko'rsatib beruvchi bebaho boylikdir. Ona tilini muqaddas bilish o'zini, qadr-qimmatini, g'ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir. O'zlashma neologizmlar davriy xususiyatga ega sanaladi. Masalan, bir paytlari yangi atamalar sifatida tilga kirib kelgan avtobus, trolleybus, metro kabi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

so'zlar bugungi kunda yangilik bo'yog'ini yo'qotib, zamonaviy qatlamga oid leksik birliklarga aylangan. 80-yillarning o'rtalaridan boshlangan ijtimoiy hayotdagi keskin o'zgarishlar barcha sohalarda bo'lgani singari tilshunoslik sohasida ham tub o'zgarishlarning sodir bo'lishiga olib keldi. Ayniqsa, bu holat o'zbek tili leksikasida kuchli bo'ldi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, o'zbek xalqining o'z erkiga, ozodligiga erishishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirdi, tilimizda yuzlab, minglab o'zlashma neologizmlar paydo bo'ldi. Xususan, iqtisodiyot, bank va kredit, diplomatiya kabi bank sohalarida yangidan yangi atamalar paydo bo'ldi. Bozor iqtisodiyoti, litsenziya, monitoring, debitor, kvota, menejer, menejment, brutto qarz, frank bozori kabi atamalar shular jumlasidandir.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, bugungi kundagi neologizmlarning tilimiz leksikonida vaqtlar o'tib muqobil sifatida qolib ketishining oldini olish va tilimizni sofligicha saqlash uchun chet el leksikonidagi so'zlarning ishlatilishini cheklash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Raxmatullayev Sh. O'zbek tilining etimologik lug'ati. -T.:200

2. Xojayev A, Nurmonov A, Zaynobitdinov S. Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati.

3. Z. Baratov Iqtisodiy matnlarda neologizmlarning tarjima qilinishi. Bitiruv malakaviy ishi.

4. H. Dadaboyev. O'zbek terminalogiyasi. Yoshlar nashriyoti uyi. Toshkent. 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.