ISSN 2223-4047
Вестник Maeucmpamypu. 2022. № 4-2 (127)
M.J. Amrullayeva
HOZIRGI O ZBEK TILIDA AKT TERMINLARI VA ULARNI
TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada hozirgi o'zbek tilida AKT terminlari va ularni takomil-lashtirish haqida ma 'lumot berilgan.
Kalit so 'zlar: axborot, termin, lingvistik, leksikografik, semantik, tarji-
maviy.
Jahonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanayotgani, bu sohaga oid yangi-yangi tushunchalarning paydo bo'layotgani tabiiy ravishda ayni tushunchalarni atovchi terminlarning dunyo tillariga kirib kelishiga sabab bo'lmoqda. Bu o'z navbatida, AKTning muvofiq leksikografik xususiyatlarini aniqlash, maqbul tarjima uslublarini takomillashtirish, soha lug'atlarni tuzish kabi muhim vazifalarni kun tartibiga qo'yadi.
Jahon tilshunosligida AKT terminlarini tartibga solish ishlari bir til terminlari doirasida ham, ikki til ter-minlari doirasida ham olib borilgan, soha terminlari muayyan darajada tartibga solingan bo'lsa-da, milliy tils-hunosliklarda AKT terminlarining lingvistik, leksikografik, semantik va tarjimaviy xususiyatlari aniqlanmagan, soha terminlarini tartibga solish mezonlari ishlab chiqilmagan. Shu bois AKT terminlarining mavzuiy guruhlarini aniqlab, leksik-semantik xususiyatlarini asoslash, terminlarning derivatsion va tuzilish modellarini belgilash, o'zlashma va baynalmilal terminlarning milliy tillarda barqarorlashuv jarayonlarini tadqiq qilish, tarjima qilish uslublarini takomillashtirish, terminlardagi sinonimik, antonimik va variantlilik holatlarini tartibga solish hamda maqbullarini qo'llash yuzasidan takliflar berish, leksikografik izohlarni takomillashtirish, tarjima lug'atlarini tuzish kabi masalalaming hal etilishi AKT sohalari rivojini ta'minlash bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirok-chilariga muayyan darajada yengillik yaratilishiga olib keladi.
Hozirgi kunda o'zbek tili leksikasining tez va o'zgaruvchan va faol qatlamini AKT terminologiyasi sohasiga doir leksik birliklar tashkil etadi. AKT sohasidagi terminlarni kompyuter va kompyuterlar sinfisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ular bilan tanishib chiqamiz.
Server kompyuteri kompyuter tarmog'ida asosiy axborotlar bazasini saqlovchi maxsus ajratilgan kompyuter. Super kompyuterlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta haj mdagi masalalarni yechish uchun mo'ljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir necha yuz barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni bajaradi. Shaxsiy kompyuterlar (ShK) hammabop va qo'llashda turli xil talablarni qondiruchi, bir kishi foydalanadigan kompyuterlardir. Shaxsiy kompyuterlarga kundalik ishlarimizda qo'llaydigan, uyda, ish joylaridajoylashgan kompyuterlar, masalan, Pentium tipidagi kompyuterlar kiradi. Portativ kompyuterlar yo'lda olib yurishga mo'ljallangan ko'chma shaxsiy kompyuterlardir. Portativ kompyuterlarga Lap Top, Note Book, Palm Top, Elektron kotiblar (PDA), organizer kabi kompyuterlarni kiritishimiz mumkin. Kompyuter-bloknotlar stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo'lmagan kitob hajmidagi chemodancha ko'rinishida tayyorlanadi. Chontak kompyuterlari (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma'noni bildiradi) 300 gramm og'irlikka ega. Ular to'laqonli shaxsiy kompyuterlar bo'lib, mikroprotsessor, operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko'chmas ShKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo'limlariga ega. Elektron yozuv daftarchalari (organizer - organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «eng yengil sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elektron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning og'irligi 200 grammdan oshmaydi.
Kompyuter va mobil qurilmalar bilan birgalikda, ta'lim jarayonida zamonaviy (interfaol) oqitish tehnik vositalari keng qo'llanib kelmoqda. Interfaol vositalar yordamida, yangi mavzuni o'rganishda, talabalar bilimini mustahkamlashda va tekshirishda, grafika, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo'yicha yaratilgan multimedia mahsulotlaridan maksimal darajada unumli foydalanish mumkin. Bunda bilim olish jarayoni qiziqarli va kreativ tus oladi.
Zamonaviy o'qitish texnik vositalarini o'rganib chiqamiz.
ACTIVboard (interfaol doska)bu - kompyuter va proektor bilan birgalikda ishlaydigan ta'lim berishning zamonaviy texnik vositasidir. Interaktiv doska tarkibiga interaktiv doskaning o "zidan tashqari maxsus elektron qalam (stilus), dasturiy ta 'minot vositalari (interaktiv doskaning drayveri va maxsus grafik muharrir) hamda USB kabel kiradi. Tegishli sozlash amallari bajarilib interaktiv doska ishchi holatga keltirilgach, proektor yordamida interaktiv doska yuzasiga tushirilayotgan tasvirlar bilan interfaol usulda ishlash mumkin. Interfaol qurilma - bu proektsion doskaga (magnitli doska, marker doskasi, sinf doskasi, sinf devori) yoki proektorning oziga ornatiladigan va har qanday tekis, silliq ishchi yuzani interaktiv holatga keltiradigan elektron qurilmadir. Ular
© M.J. Amrullayeva, 2022.
ISSN 2223-4047
BecmnuK Maeucmpamypu. 2022. № 4-2 (127)
uchun alohida maxsus doska talab etilmaydi. Interaktiv qurilmalar tarkibiga qurilmaning o'zi, ya'ni maxsus elektron qalamdan chiqayotgan signalni qabul qiluvchi moslama, ushbu qabul qiluvchi moslamaga infraqizil yoki ultratovushli signallarni yuboruvchi elektron qalam, interaktiv qurilma va kompyuterning o'zaro aloqasini ta'minlovchi USB kabel yoki simsiz qabul qilgich uskunasi, dasturiy ta'minot vositalari kiradi. Ular infraqizil yoki ultratovushli texnologiyalar asosida ishlaydi. ActivTable (interfaol stol) - o'z aktiv yuzasiga ega qurilma sanaladi. Unga foydalanuvchi talabidan kelib chiqib dasturiy ta'minotlarni yuklab olish mumkin. Bu ta'lim olish, ta'lim berish va turli xil tadbirlar uchun zamonaviy uskunadir. Bu uskuna kishilarda kuchli va qiziq shaklda aks ettirilgani tufayli kuchli taassurot tug'diradi. Bu stolni didga ko'ra 32 dan 55 dyungacha razmerlarda tanlash mumkin. Interaktiv stolning barcha turlari aviatsion alyuminiydan qilinadi va sensorli yuza 6 mm qalinlikdagi shisha bilan qoplanadi. Interaktiv stolning eng muhim komponenti yorqin sensorli ekran sanaladi. Multitach ekran hattoki yorug'likda ham a'lo darajada ko'rishni ta'minlaydi. Barcha modellarida kuchli quvvatlagich o'rnatilgan bo'lib, musiqaning va ovozli xabarlarning baland ovozda va ravshan eshitilishini ta'minlaydi. Bu stolning ishga tushirilishi juda ham oddiy bo'lib, yon tomonida joylashgan tugmacha orqali yoqish va o'cherish amalllari bajariladi. Ushbu turdagi stolning bolalar uchun mo'ljallangan turlari ham mavjud bo'lib, unga ko'plab rasmlarni o'rnatish va bir vaqtning o'zida 4 ta o'rganuvchi foydalanishi mumkin. Interfaol proektor - bu - ozida interkativ doskaning imkoniyatlarini mujassam etgan proektordir. Bunday proektorlar uchun alohida ma xsus doska sotib olish talab etilmaydi, tasvirlar proektsiyasi oddiy sinf doskasiga, marker doskasiga yoki sinf devoriga ham tushirilishi mumkin. Oddiy proektordan farqli ravishda interaktiv proektorlar kompyuterdan tegishli signallarni qabul qilib tasvirlarni ekranga namoyish qilish bilan bir qatorda, elektron qalamning ekrandagi joriy holati va harakatlari togrisidagi ma'lumotlarni ham aniqlab kompyuterga yuboradi va kompyuter bilan ikki tomonlama aloqani o'rnatadi. Overhed-proektor - A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib berishda foydalaniladi. Og'irligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va ko'zg'almas modellarga bo'linadi. Portativli overhed-proektorlari 7 kg oshmaydigan yig'ma tuzilishga ega. Hujjat-kameralar - uncha katta bo'lmagan, vizual tasvirni yoritib beruvchi fotosurat, slaydlar, hujjatlarni asl nushasini elektron tasvirini tez fursat ichida namoyon qilib beruvchi oddiy qurilma.
AKT terminlarining ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonida ularning tarjimada berilish modellari ham aniqlandi.Ushbu modellar tarjima jarayonini yengillashtirishga, xususan, elektron tarjima dasturlarini yaratish uchun manba hisoblanadi. AKT sohasi bo'yicha bugungi kunga qadar qaratilgan ilmiy adabiyotlarda va terminologik lug atlarda umumiste'mol sozlardan yasalgan terminlar alohida o rin tutadi. Ularning semantik xususiyatlarini kontekst yordamida organish umumiste'mol sozdan farqli jihatlarini anglab olish imkoniyatini beradi. O'zbek tilida AKT terminlari lug'atini ishlab chiqishda uning barcha xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunday lug' atlar AKT sohasining ma'lumotnoma-qo' llanmasi sifatida, muayyan tushunchalar tizimini aks ettirishi va mutaxassislarning ilmiy va amaliy faoliyatlari uchun kerakli terminlarni o'z ichiga olishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Lutfillayev M. Axborot texnologiyalari fanidan o'quv uslubiy majmua. Samarqand-2019.
2. Qosimov N. O 'zbek tili ilmiy texnikaviy terminologiyasi masalalari.-T.:Fan,1985
AMRULLAYEVA MOHINUR JO'RABEK QIZI -Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti lingvistika yo'nalishi 2-bosqich magistranti, O'zbekiston.