Научная статья на тему 'SO`Z VA TERMINOLOGIYA'

SO`Z VA TERMINOLOGIYA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
748
372
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
termin / so`z / terminologik / sistema / leksik / til / emotsionallik / ekspressivlik / modallik funktsiyalar / sinonimlar / omonimlar / antonimlar / so`z turkumi / oppozitsiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — S.Sh. Pardayev

Termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega; termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, terminning ma’nosi tusunchaga tengdir; termin stilistik jihatdan neytraldir; terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SO`Z VA TERMINOLOGIYA»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2022. № 4-1 (12l)

S.Sh. Pardayev

SO Z VA TERMINOLOGIYA

Termin bir ma 'noli yoki bir ma 'noli tendentsiyaga ega; termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo'lib, unga emotsionallik, terminning ma'nosi tusunchaga tengdir; termin stilistik jihatdan neytraldir; terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.

Kalit so^zlar: termin, so'z, terminologik, sistema, leksik, til, emotsionallik, ekspressivlik, modallikfunktsiyalar, sinonimlar, omonimlar, antonimlar, so z turkumi, oppozitsiya.

Aslida termin va oddiy so'zning farqli jihatlariga e tibor qaratmoqchi bo'lsak, bu hodisalarga o'sha soha bilan shug'ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu asosda termin va oddiy so'z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir. Odatda, olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko'rsatadilar:

1) termin bir ma'noli yoki bir ma'noli tendentsiyaga ega;

2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo'lib, unga emotsionallik, ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o'zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi;

3) terminning ma'nosi tushunchaga tengdir;

4) termin stilistik jihatdan neytraldir;

5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.

Keltirilgan fikrlarda olimlar terminlarning xarakteri xususiyatlarini aniq va to'la qayd qilganlar. Bu bel-gilardan termin uchun nihoyatda xarakterli belgilar terminlarning uslubiy neytralligi, terminologik leksika alohida tizim (sistema) ekanligi (uning bunday sistema ekanligi o'zi qo'llanilayotgan sohadagina sistema elementi sifatida ko'zga tashlanishida ko'rinadi), termin funktsiya bajarishi kabilardir. Terminlar shu belgilari bilan oddiy so'zlar-dan farqlanishi mumkin. Terminlarning maxsus termin ekanligi o'zi qo'llanayotgan sohada yaqqol ko'zga tash-lanadi. U bu tizimdan boshqa tizimga o'tsa oddiy so'zga aylanadi. Shu sababli ham M.Mukarramov "bo'g'in" so'zi

tilshunoslikda, ya'ni fonetikada termin, "yosh bo'g'in", "qo'l bo'g'inlari" birikmalarida inson tanasining a'zolari sifatida ekanligini ta'kidlaydi. V.G.Gak yuqorida ko'rsatilgan maqolasida termin bilan so'zning farqli

munosabatini ifoda planiga ko'ra uch tipga bo'lib o'rganish mumkinligini ko'rsatadi:

1) bir planli leksik birlik - oddiy so'z;

2) bir planli leksik birlik - termin;

3) ikki planli leksik birlik - bir o'rinda oddiy so'z, ikkinchi bir o'rinda termindir.

Hozirda yurtimizda bo'layotgan ijitmoiy-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-huquqiy tizimlaridagi islohotlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini ko'paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuri-tayotgan insonlardan o'z kasbiga oid termin va tushunchalar haqida to'liq va aniq ma'lumotga ega bo'lishlarini talab etmoqda.

Termin lotincha "terminus" so'zidan olingan bo'lib, "oxiri", "chek", "chegara", "tugash" degan ma'nolarni bildiradi. V.N.Shevchuk terming quyidagicha ta'rif beradi: "Termin" - bu so'z bo'lib, o'rta asrlarda "aniqlash", "ifodalash" degan ma'nolarni ifodalagan

1. Qadimgi fransuz tilida mavjud bo'lgan "terme" leksemasi "so'z" degan ma'noni anglatadi". A.A.Refor-matskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: "Termin - bu so'z bo'lib o'zining alohida va maxsus belgilari bilan che-garalandi, fan, texnika, iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma'noli, aniq so'zdir

2. U ekspressivlikdan holi muayyan predmet yoki tushunchani ifoda etuvchi, o'zining qat'iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo'ladi". V.P.Danilenko termin so'ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: "Termin (lar) - lug'at tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarining aniq nomi, ta'rifidir"

3. B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaralganida termin o'zida muayyan kasbiy tushunchalarni ifoda etadi, - deb yozadi.

4 Shunga o ' xshash talqinni biz V.M.Leychikning ishlarida ham uchratishimiz mumkin. Uning fikriga ko ' ra, termin muayyan tilning leksik birligi hisoblanib, aniq va maxsus sohalar ilmida va faoliyatida umumiy, aniq yoki mavhum tushunchalarni ifodalaydi.

Filologiya fanlari doktori, G' .Abdurahmonov shunday yozadi: "Atamalarning aniqligi va qat'iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko'rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo'lib, ma'lum fanning taraqqiyotiga bog'liq. Bu taraqqiyot to'xtovsiz bo'lgani uchun yangi

© S.Sh. Pardayev, 2022.

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2022. № 4-1 (127)

atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo'ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ish-lanishi, tartibga solinishi darslik va qo'llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo'lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta'sir ko'rsatadi".5 Demak, terminologiyaning tartibga solinishi, muvofiq ravishda tarjima qilinishi nafaqat ilmiy sohada balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo'lgan masaladir. Termin grekcha terminus so 'zidan olingan bo'lib, chek, chegara degan ma'noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo'jaligi, san'at va madaniyat sohasiga xos so'z hisobla-nadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta'limot va terminlar majmui degan ma'nolarni anglatadi. Termin so'zi o'rnida ba'zan atama, istiloh so'zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to'g'ri emas. Atama termin so'ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so'zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo'lib kelgan. Chunki terminlarn-ing sohalar lug'aviy qatlamlaridagi o'rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to'g'ri an-glash imkonini beradi. Terminologiyaga bag'ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushun-chalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo'lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. A.Reformatskiy terminga ta'rif berar ekan, "... terminlar - bu maxsus so'zlardif' degan xulosaga keladi.

So'z — tilning narsa hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim struktur ma'noviy birligi; o'z tovush qobig'iga ega bo'lgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular o'rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik ma'no va vazifalarda qo'llanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan ko'rinishi. S. ran uchun qurilish materiali bo'lib xizmat qiladi, lekin, undan farqli ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. O'zida leksik va grammatik ma'noni birlashtirgan holda S. muayyan so'z turkumiga mansub bo'ladi, o'z tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin bo'lgan barcha grammatik ma'nolarni ifodalaydi.

Tilshunoslikda "S." atamasi leksemaga nisbatan ham qo'llanadi va leksik S. deb yuritiladi. Mas, "so'z yasalishi", "yasama so'z" birikmalarida "so'z" xuddi shu ma'noda qo'llanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati tilshunoslikda so'z shakl, leksema shakl yoki morfologik so'z deb ham yuritiladi.

S.ning tovush va ma'no tomoni bor. Lekin har qanday tovush yig'indisi S. bo'lavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi S. bo'lishi uchun ma'noga ega bo'lishi, ya'ni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki bir biriga anglatishi kerak. S. ma'nosida umumiylik va yakkalikning, barqarorlik va o'zgaruvchanlikning dialektik o'zaro munosabati aks etadi.

Ma'noning barqarorligi o'zaro tushunishni qulaylashtirsa, uning o'zgaruvchanligi (S. ning aniq, bir ma'nosidagi o'zgarishlar) S. dan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy so'z san'atining muhim omillaridan hisoblanadi. S. ning ko'p ma'noliligi ham aynan ma'noning o'zgaruvchanligi bilan bog'liq. So'zlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati S. ma'nosining so'zlovchi his tuyg'usini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsional jihatini tashkil etadi. S. tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim S.ning grammatik belgilariga (so'z turkumlari), S. Yasalishi aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar, antonimlar) asoslanadi.O'zbek tili terminalogiyasi ma'lum taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. O'zbek terminalogiyasi sohasidagi ishlarni o'tgan asrning 50-yillarida O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezediumi huzuridagi Til va Termin komiteti boshqargan (1931 - 1937-yillarda faoliyat ko'rsatgan), keyinchalik O'zbekiston FA Til va adabiyot instituti qarshisidagi Termin bo'limi (1964-yildan) faoliyat olib bordi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo'mitasi l988-yildan 2004- yilgacha o'zbek tili terminalogiyasini tartibga solish va takomillashtirish bilan shug'illanib keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Akobirov S."Til va terminalogiya" - T, "Fan" 1968

2. Ilmiy-amaliy konferensya tezislari. - Navoiy, 1993

3. O'zbek tili leksikologiyasi - T, "Fan" 1981

4. Tursunov U. O'zbek terminalogiyasi masalalari - Toshkent, 1933.

5. Begmatov E. Hozirgi o'zbek tilining leksik qatlami - T, 1985.

6. Умурова, Г. (2020). ЛИРИКАДА БАДИИЙ ОЛАМ ТАЛЛИНН. Academic research in educational sciences, (4), 578-583.

7. Умурова, Г. Х. (2019). ОБРАЗ И ФИЛОСОФСКИЕ ВЗГЛЯДЫ В ТВОРЧЕСТВЕ ЗУЛЬФИИ. Вестник Таджикского национального университета, (9), 196-199.

8. УМУРОВА, Г. Х- (2019). THE CONCEPT OF MOTIVES IN THE WORK BY ZULFIYA. Иностранные языки в Узбекистане, (2), 113-123.

9. Hotamovna, U. G., & Abdusalamovna, K. M. (2020). New Voices in the 20th Century Uzbek Poetry. International Journal of Management, 11(9).

10. Аслонов, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 17-19.

PARDAYEVSIROJIDDINSHOKIR O'G'LI- O'zbek tili va adabiyoti, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.