Научная статья на тему 'QONUN TILI TERMINALOGIYASINING TASNIF MASALASI'

QONUN TILI TERMINALOGIYASINING TASNIF MASALASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
655
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / huquq / huquqiy jamiyat / huquqiy axborot / tafakkur / fuqarolik jamiyati / huquqiy tizim / sud / hokimyat / jinoyat.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Sadoqat Rasul Qizi Rajabova

Har bir sohaga oid terminlar mavjud, xususan, yuridik sohaga ham. Masalan, matematika, kimyo, fizika, adabiyot va boshqalar aynan shu qatorga yuridik terminlar ham kiradi. Sh.Ko‗chimov termin haqida shunday fikr bildiradi: ―Termin – ma‘lum bir sohaga oid maxsus tushunchani anglatuvchi va mazmun jihatdan bir ma‘noni ifodalovchi so‗z (so‗z birikmasi)dir. So‗zlarning asosiy qismlariga nisbatan termin aniq bir ma‘noli tushunchani ifodalashi bilan farq qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QONUN TILI TERMINALOGIYASINING TASNIF MASALASI»

QONUN TILI TERMINALOGIYASINING TASNIF MASALASI

Sadoqat Rasul qizi Rajabova

Chirchiq davlat pedagogika insituti akademik litseyi o'qituvchisi sadoqatraj abova@mail .ru

ANNOTATSIYA

Har bir sohaga oid terminlar mavjud, xususan, yuridik sohaga ham. Masalan, matematika, kimyo, fizika, adabiyot va boshqalar aynan shu qatorga yuridik terminlar ham kiradi.

Sh.Ko'chimov termin haqida shunday fikr bildiradi: "Termin - ma'lum bir sohaga oid maxsus tushunchani anglatuvchi va mazmun jihatdan bir ma'noni ifodalovchi so'z (so'z birikmasi)dir. So'zlarning asosiy qismlariga nisbatan termin aniq bir ma'noli tushunchani ifodalashi bilan farq qiladi.

Kalit so'zlar: til, huquq, huquqiy jamiyat, huquqiy axborot, tafakkur, fuqarolik jamiyati, huquqiy tizim, sud, hokimyat, jinoyat.

KIRISH

Har qanday huquqiy hujjatlar qaror, farmon, farmoyish, qonun barchasi yuridik terminlar asosida hosil qilinadi. Har bir sohaga oid terminlar mavjud, xususan, yuridik sohaga ham. Masalan, matematika, kimyo, fizika, adabiyot va boshqalar aynan shu qatorga yuridik terminlar ham kiradi. Termin o'zi nima ? U qanday xususiyatlarga ega, atama bilan terminning farqi degan savolga shu o'rinda oydinlik kiritib o'tsak. Termin so'ziga izohli lug'atda shunday ta'rif berilgan:

TERMIN [lot. terminus — chek, chegara] Fan, texnika, kasb - hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo'lgan so'z yoki so'z birikmasi; atama. Terminlar bir ma'noli bo'lishi, emotsionallik, ekspressivlikka ega bo'lmasligi kabi belgilar bilan umumiste'moldagi so'zlardan farqlanadi. Ya'ni masalan, tibbiyotga oid terminlar: shprist, bint, tibbiyot paxtasi, nishtar, tampon, kardiogramma, UZD, MRT, EKG va boshqalar, tilshunoslikka oid: so'z turkumlari, ot, so'z birikmasi, modal, yordamchi so'zlar va h.k.

Sh.Ko'chimov termin haqida shunday fikr bildiradi: "Termin - ma'lum bir sohaga oid maxsus tushunchani anglatuvchi va mazmun jihatdan bir ma'noni ifodalovchi so'z (so'z birikmasi)dir. So'zlarning asosiy qismlariga nisbatan termin aniq bir ma'noli tushunchani ifodalashi bilan farq qiladi.

Shakl va ma'no munosabatiga ko'ra bir so'z bir nechta tushunchalarni (o't -olov, o't - harakat, o't - maysa singari) ifodalashi mumkin. Yoki aksincha, bir

tushuncha bir nechta so'zlar orqali (osmon, ko'k, falak, samo,gardun kabi) atalishi mumkin. Lekin terminlarda bunday hodisalarga yo'l qo'yilmaydi. Ular faqat birgina ma'noni anglatadi va, aksincha, bir tushuncha faqat bir nom bilan yuritiladi. Masalan, advokat deyilganda maxsus yuridik diplomga ega bo'lgan va huquqni muhofaza qilish organlarida advokat lavozimida ishlaydigan rasmiy shaxs tushuniladi.

Shunga ko'ra u yuridik tilga qabul qilingan maxsus termindir.Vaholanki, tilimizda shunga yaqin ma'noni ifodalovchi himoyachi, qo'riqlovchi, muhofaza etuvchi kabi so'zlar ham mavjud bo'lib, ular advokat so'zining o'rnini bosa olmaydi." deb ta'kidlab o'tadi.

Haqiqatdan ham terminlar faqat birgina ma'noni anglatishi, tushuncha faqat bir nom bilan yuritilishi kerak. Bundan tashqari terminlarda uslubiy bo'yoqdorlik, ko'chma ma'noga ega bo'lgan so'zlar, metofara, metonimiya, sinekdoxa kabi ma'no ko'chish usullaridan holi bo'lishi kerak. Qiyoslaymiz: "Ona tilim - onajonim tili bu, Beshikdanoq singan jon-u quloqqa. El-yurtim, qonimonim tili bu, Qadimlikdan o'xshar ona tuproqqa." (Mirtemir) Yuqoridagi she'r go'zal badiiy tasvirga ega. Uni ulug'lab "beshikdanoq singan jon-u quloqqa" jumlasi ona allasi bilan singan, "El-yurtim, qonimonim tili" bu deyilganda davlat tili badiiy ifodalar orqali go'zal tarzda tasvirlangan, bu tasvirda ham ta'sirchanlikning oshganligini ko'ramiz. "Qadimlikdan o'xshar ona tuproqqa" paydo bo'lishi, tarixi uzoqqa borib taqalishiga ishoralar borligini ko'ramiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Quyidagi misolimiz O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi 4-moddasi bo'lib: "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi".

Ko'rinib turibdiki, ushbu moddada rasmiy uslubbelgilari yorqin namoyon bo'lgan bo'lib, unda hech qanday badiiylik, bo'yoqdorlik namunalarini ko'rmaymiz. Matn o'ta aniqlik bilan sodda va tushunarli, mazmuniy ketma ketlikda va yuridik terminlardan unimli foydalangan holda tuzilgan.

Ikkala matnda ham til to'grisida so'z yuritilib, birida badiiy vositalar orqali "El-yurtim, qonimonim tili" ko'rinishida, ikkinchisida barcha jamiyat a'zolariga birdik tushunarli bo'lgan yuridik termin "davlat tili " jumlalari keltirilgan. Bu

misollar orqali badiiy va rasmiy uslubning farqi va terminlarning bir xususiyatini ochib berishga harakat qildik.

Bundan tashqari tilimizda "so'z" tushunchalari ham bor. "So'z" tushunchadan tashqari narsa-hodisaga bo'lgan ijobiy yoki salbiy munosabatni ifodalaydi. Masalan, xunuk va badbashara bu so'zlar bir sinonimlik qatorda tursa ham xunuk so'zi uslubiy betaraf, badbashara so'zi esa salbiy bo'yoqdorlikka ega. Bu so'z termin bo'la olmaydi.

Sh. Ko'chimov ta'kidlab o'tganidek "... aytish mumkinki, barcha terminlar so'zdir, lekin hamma so'zlar ham termin bo'lavermaydi. "

Yuridik terminlar ham aynan yuqoridagidek bir ma'noli bo'lishi, emotsionallik, ekspressivlikka ega bo'lmasligi kabi belgilar bilan umumiste'moldagi so'zlardan farqlanib turadi.

Yuridik terminga Sh. Ko'chimov: "Shunday qilib, yuridik termin - ma'lum bir yuridik tushunchaning tashqi ko'rinishi, nomlanishi bo'lib, mantiqiy jihatdan bir huquqiy ma'noni ifodalovchi va uslubiy jihatdan neytral bo'lgan so'z yoki so'zlar birikmasidir."- deb ta'rif bergan.

"O'zbekiston yuridik ensiklopidiyasi"da "yuridik termin" iborasining o'rniga "yuridik atama" iborasi ta'riflangan. "Yuridik atamalar - yuridik sohaga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo'lgan so'z yoki so'z birikmasi; yuridiktexnikaning elimenti bo'lib, mazmuni davlatning normativ-huquqiy jihatlari yordamida aks ettiriladigan va mustahkamlanadigan davlat huquqiy tushunchalarining yozma ifodasi"dir.

Shunday qilib yuridik terminlar deyilganda sud, hokimiyat, jinoyat... kabi bir so'zdan tarkib topgan terminlar tushiniladi, ammo yuridik terminlar qatorini ikki so'zdan tarkib topgan, uch yoki to'rt so'zdan tarkib topgan terminlar ham egallaydi.

Bu yuridik terminlarni tuzilishiga ko'ra tasniflash hisoblanib, Sh.Ko'chimov quyidagicha tasniflaydi: "Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, tuzilishi jihatidan o'zbek yuridik terminlari bir, ikki, uch, ba'zan to'rt va undan ortiq so'zlardan tashkil topadi. Masalan:

1. Ikki so'zdan tashkil topgan terminlar: jinoyat kodeksi, Oliy sud, qonun ijodkorligi, oliy jazo, ma'muriy ishlar, jinoiy jazo kabilar.

2. Uch so'zdan tashkil topgan terminlar: ozodlikdan mahrum etish, jinoyat-qidiruv bo 'limi, sudning boshqaruv majlisi, qonun chiqaruvchi organ kabilar.

3. To'rtta so'zdan tashkil topgan terminlar: dastlabki huquqiy holatni tiklash (restitutsiya), tibbiy xarakterdagi majburlov choralari kabilar.

4. Beshta so'zdan tashkil topgan terminlar: ikki yoki undan ortiq sudlangan shaxs (retsidivist), hokimiyat va xizmat vakolatlaridan chetga chiqish kabilar.

O'zbek yuridik terminlarining asosiy qismini bir va ikkita so'zdan tuzilgan terminlar tashkil qiladi. Uch va undan ortiq so'zlardan tashkil topgan terminlar juda kamdan kam uchraydi.

Bu o'rinda shuni alohida ta'kidlash lozimki, milliy yuridik terminlar tarkibi yaratilayotgan paytda terminlarning mumkin qadar qisqa tuzilishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Ayniqsa, terminlarning to'rt va undan ortiq so'zlardan tashkil topishi terminlarda ijobiy hodisa hisoblanmaydi. Chunki bunday terminlar normativ-huquqiy hujjat matnidagi huquqiy normalarni tushunishni qiyinlashtiradi."

G.G'ulomova esa tuzulishiga ko'ra yuridik terminlarni sodda va murakkab turlarga bo'lgan,

Biz yuqoridagi ma'lumotlarga tayangam holda:

1) Bir komponentli yuridik terminlar;

2) Ikki komponentli yuridik terminlar;

3) Ko'p komponentli yuridik terminlar, kabi tasniflab olamiz.

Bir komponentli yuridik terminlar. Birgina so'zdan iborat yuridik terminlar hisoblanadi. Masalan, qoida, ariza, qaror, belgilash, undirish, apillyatsiya, kassatsiya, dublikat,sh ikoyat...

Ikki komponentli yuridik terminlar. Ikki so'zdan tashkil topgan yuridik terminlar hisoblanadi. G.G'ulomova ishlarida ikki komponentli yuridik terminlar ikki xil andozada hosil qilinishini va ular 1. Ot+ot va 2. Sifat +ot ko'rinishida bo'lishi ko'rstib o'tilgan.

Masalan, davlat boji, qonunchilik hujjatlari, xalqaro shartnoma, mansabdor shaxs, majburiy to'lov, konsulyig'ini...

Ko'p komponentli yuridik terminlar. Bunday terminlar qatoriga uch komponentli, to'rt komponentli , besh va undan ortiq komponentli terminlar kiradi.

Masalan, uch komponentli terminlar: davlat boshqaruv organi, ma'muriy huquqiy faoliyat, nazorat tartibidagi shikoyat, hal qiluv qarori, majburiy ijro etish, chet davlat sudi, yakka tartibdagi tadbirkorlik, davlat ro 'yxatidan o 'tkazish...

To'rt komponentli terminlar: nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar, yuridik ahamiyatga molik ishlar, harakatlar uchun vakolatli muassasalar, fuqarolik ishi bo'yicha sudlar, alohida tartibda yuritiladigan ishlar, chet davlat hokimlik sudi...

Besh va undan ortiq komponentli terminlar: fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organi, ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrim, davoni ko'rmasdan

qoldirish to'g'risidagi ajrim, sud jarimalarini solish tog'risidagi ajrim, idoraviy normativ-huquqiy hujjat, mustaqil talablar bilan arz qiluvchi... kabilar.

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, terminlarga ta'rif berilganda, asosan, so'z yoki so'z birikmasi deyilgan edi. Ko'p komponentlilik salbiy hodisa hisoblanadi, ammo ma'lum bir yuridik tushunchani to'liq anglatish uchun aynan shunday hodisaga yo'l qo'yilmoqda.

Masalan, sud va fuqarolik ishi bo'yicha sud terminlarini izohlariga e'tibor bersak.

"Sud- muayyan davlat qonuni bilan mustahkamlangan protsessual tartibda jinoiy fuqarolik, ma'muriy va b. toifadagi ishlarni ko'rib chiqish va hal etishni amalga oshiruvchi davlat organi"hisoblanadi. Bu termin ummumiy sud tushunchasini bersa, fuqarolik ishi bo 'yicha sud termini xususiylik, ya'ni sudning bir turi sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu terminni fuqarolik ishi termini bilan bog'lagan holda quyidagicha izohlaymiz.

Fuqarolik ishi bo'yicha sud - fuqarolar va yuridik shaxslarning qonun bilan himoya qilinadigan huquq va ta 'luqli subyektiv fuqarolik huquqlari haqidagi nizoni hal qilishga qaratilgan ishlarni ko 'rib chiqadigan sud.

Bu ikkala termin o'zining, avvalo, tuzilishi jihatidan, so'ngra umumiylik-xususiylik masalasi bilan bir-biridan farq qilib turibdi. Sud termini umumiy ma'nodagi sudlar tushunchasini berib, izohida turlari keltirib o'tilayabdi. Ikkinchi terminimizda esa xususiylik bo'lib faqatgina fuqarolik ishlari bilan bog'liq bo'lgan sud ma'nosini anglatmoqda. Shu sababdan ham aynan ko'p komponentli terminlardan foydalanilishiga yo'l qo'yilmoqda.

Bir komponentli arorlar tili terminlar Ikki komponentli qarorlar tili terminlar Ko'p komponentli qarorlar tili terminlar

qoida, ariza, qaror, belgilash, undirish, apillyatsiya, kassatsiya, dublikat, shikoyat, arbitraj, harakatlari, harakatsizligi, nizolashish, da 'vo, jarima, ajrim, dublikat, notarius, davlat boji, qonun hujjatlari, xalqaro shartnoma, mansabdor shaxs, majburiy to 'lov, konsul yig 'ini, ozod qilish, tartibga solish, xalqaro shartnoma, amalga oshirish, uch komponentli terminlar: davlat boshqaruv organi, ma 'muriy huquqiy faoliyat, nazorat tartibidagi shikoyat, hal qiluv qarori, majburiy ijro etish, chet davlat sudi, yakka tartibdagi tadbirkorlik, davlat ro 'yxatidan o'tkazish, fuqaroligi bo 'lmagan shaxs,

konsul, dalolatnoma, konsullik biometrikyo 'l hujjati, yakka

guvohnoma, muassalari, tartibdagi tadbirkor, nodavlat

ruxsatnoma, konsullik notijorat tashkilot, ozodlikdan

rasmiylashtirmoq, harakatlari, patent mahrum qilish, jinoiy javobgarlikka

vakolatxona, viza, bojU tortganlik,

jinoyat, akkreditatsiya, vakolatli muassasa, To'rt komponentli terminlar:

nikoh, yuridik shaxs, nazarda tutilganidan boshqacha

rasmiylashtirmoq, jismoniy shaxs, qoidalar,

alimen..., murojaat qilmoq, yuridik ahamiyatga molik ishlar,

da 'vo arizalari, harakatlar uchun vakolatli

ijro varaqasi, muassasalar, fuqarolik ishi

hakamlik sudi, bo 'yicha sudlar,

ro 'yxatidan alohida tartibda yuritiladigan

o 'tkazish, ishlar,

rad etganlik, chet davlat hokimlik sudi, kirish

bo 'yin tovlaganlik, huquqini beruvchi hujjat,

ko 'chirma nusxa, taklif qilish to 'g 'risida hujjat,

fuqarolik holati, Besh va undan ortiq

biometrik passport, komponentli terminlar:

diniy tashkilot, fuqarolarning o 'zini-o 'zi

muomalaga boshqarish organi,

layoqatsiz, hukm ish yuritishni tugatish to 'g 'risidagi

qilmoq, moddiy ajrim, davoni ko 'rmasdan qoldirish

zarar to 'g 'risidagi ajrim,

sud jarimalarini solish tog 'risidagi

ajrim, idoraviy normativ-huquqiy

hujjat,

mustaqil talablar bilan arz

qiluvchi

qonunga xilof ravishda hukm

etganlik

Ushbu yuqoridagi jadvaldan joy olgan terminlar "O'zbekiston respublikasi Prezidentining Davlat boji to'g'risidagi qarori"ning 1-5 moddalarigacha tahlil qilinganda terminlar tuzilishiga ko'ra joylashtirilgan. Natijalarga e'tibor bersak, bir va ikki komponentlilar qatori ko'p komponentlilarnikiga qaraganda yetakchilik qilganini guvohi bo'lasiz.

NATIJA

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, yuridik terminlar qatorini asosan bir yoki ikki komponentli terminlar tashkil etadi. Ko'p komponentli terminlarning tarkibiy qismi ham aynan ana shu terminlardan iborat bo'lib, tushunarsiz, izohga muhtojlik holatlari ko'p komponentli terminlarning yuzaga kelishiga omil bo'lib xizmat qiladi.

Shuningdek, Sh. Ko'chimov terminlarni ishlatish sohasiga ko'ra:

1. Umumyuridik terminlar;

2. Konsitutsiyaviy huquq terminlari;

3. Ma'muriy huquq terminlari;

4. Fuqarolik huquqi terminlari;

5. Jinoyat huquqi terminlari;

6. Yer huquqi terminlari;

7. Agrar huquq terminlari;

8. Mehnat huquqi terminlari;

9. Ijtimoiy - taminot huquqi terminlari;

10. Ekalogik huquq terminlari;

11. Moliyaviy huquq terminlari;

12. Fuqarolik protsissual-huquqi terminlari;

13. Jinoyat-protsissual huquqi terminlari;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

14. Xalqaro huquq terminlari." kabi mazmuniy guruhlarga bo'lib tasniflaydi.

Yuridik terminlarni G.G'ulomova quyidagicha tasniflaydi:

I. Yuridik terminlar tarkibida shaxslarni anglatuvchi qator lug'aviy birliklar mavjud. Bu mavzuiy guruhni, o'z navbatida, kichikroq guruhlarga ajratish mumkin; 1) yurisprudentsiya sohasida ish yurituvchi shaxslarni ifodalovchi terminlar: 2) jazolanuvchi, qonunga xilof ish qiluvchi shaxslarni anglatuvchi terminlar.

II. «Jinoyat turlari»ni anglatuvchi terminlar;

II. «Jinoiy ishni ko'rish harakatlari» tushunchasini anglatuvchi terminlar;

IV. «Sudlov organlari» tushunchasini anglatuvchi terminlar;

V. «Jazo joylari» tushunchasini ifodalovchi terminlar;

VI. «Yuridik hujjatlar» tushunchasini anglatuvchi terminlar;

VII. «Sud hukmi» tushunchasini ifodalovchi terminlar.

Yuqoridagi Sh. Ko'chimov va G.G'ulomovalarning tahlilini umumlashtirgan holda o'zbek tilining yuridik terminlari biz quyidagicha mavzuviy tasnif qilishni lozim ko'rdik:

1. Yuridik terminlar qatorida shaxs anlatuvchi terminlar: advokat, prokuror, sudya, vakil, avalchi, aksiyador, bosh prokuror, kafil, kriminolog moliyachi, notarius, konvoy, kriminalist, sud kotibi, ayblanuvchi, bezori, bosqinchi, sudlanuvchi, jinoyatchi;

2. Yuridik terminlar qatorida faoliyat-jarayon va harakatni amalga oshirganlikni anlatuvchi terminlar: qotillik, o'g'rilik, poraxo'rlik, o'ldirish, zo'rlash, talon—taroj qilish, qurshtish, tuhmat qilish, reketirlik, killerlik, so'roq;, tergov, tintuv, jazo tayinlash, sudlash//sudlov, aybini bo'yniga qo'yish, qamoqxona, turma,, koloniya, zona, kamera.

3. O'rin-joy tushunchasini anlatuvchi yuridik terminlar: sud (oliy sud, xalk, sudi), prokuratura, advokatura, tribunal, militsiya,

4. "Yuridik hujjatlar" ma'nosini ifodalovchi terminlar: aybnoma, iltimosnoma, yo'riqmoma, vasiyatnoma, nizom, shartnoma, tilxat, hukmnoma, ariza, konstitutsiya, guvohnoma, ishonchnoma, protokol.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tasniflash masalasi hali ham yuridik terminalogiyaning muammoli vaziyatlardan biri hisoblanadi. Aniqlik kiritishga harakat qilib ko'rildi. Bundan tashqari yuritik terminlarning tuzilishiga ko'ra tashnifi ham biroz og'riqli nuqtamiz. Hali hanuz bu ikkala muammo o'z yechimini topgani yo'q. Adabiyotlarda har xilliklar uchraydi. Bu muammoni yechish uchun biz ham o'z hissamizni qo'shishga ushbu faslda oydinlik kiritishga harakat qilib ko'rdik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sh. Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek adaabiy tili. 2006.

2. Узбек тилининг изошли лугати: 1 жилд - Т.: энциклопедияси, 2006.

3. Узбек тилининг изошли лугати: 2 жилд - Т.: энциклопедияси, 2006

4. Узбек тилининг изошли лугати: 3 жилд - Т.: энциклопедияси, 2007.

5. Узбек тилининг изошли лугати: 4 жилд - Т.: энциклопедияси, 2007.

6. Узбек тилининг изошли лугати: 5 жилд - Т.: энциклопедияси, 2007.

Узбекистон миллий

Узбекистон миллий

Узбекистон миллий

Узбекистон миллий

Узбекистон миллий

7. Шоабдурахдоонов Ш., Аскарова М., Х,ожиев А. ва бош;. Хрзирги узбек адабий тили: педагогика инситутлари филология факултети студентлари учун дарслик. - Т.: У;итувчи, 1980.

8. ^иличев Э. Хрзирги узбек адабий тили: узбек филологияси бакалаври ихтисослиги учун кулланма. Бухоро, 1999.

9. Узбекистон миллий энциклопедияси. 2000.

10. Узбекистон юридик энсиклопидияси. - Т.: Адолат. 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.