Научная статья на тему 'YURIDIK SHAXSLARNING UMUMIY YIG‘ILISH QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY OQIBATLARI'

YURIDIK SHAXSLARNING UMUMIY YIG‘ILISH QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
797
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yuridik shaxs / boshqaruv organi / umumiy yig‘ilish / yig‘ilish qarori / bitim / erk-iroda / qarorlarning haqiqiy emasligi / korporativ nizolar / nizoli qaror / haqiqiy qaror. / legal entity / governing body / general meeting / meeting decision / agreement / will / invalidity of decisions / corporate disputes / dispute resolution / valid decision.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor O‘g‘li

Yuridik shaxs boshqaruv organlari ichida umumiy yig‘ilish o‘ziga xosligi bilan yuridik shaxsning qolgan boshqaruv organlaridan ajralib turadi. Mazkur o‘ziga xoslik umumiy yig‘ilishning vakolat doirasining kengligi va eng muhimi ushbu organ tomonidan qabul qilinadigan qarorlarda namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada umumiy yig‘ilishning yuridik shaxs boshqaruv organi sifatida namoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar, uning vakolatlari, umumiy yig‘ilish tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning mohiyati, ularning huquqiy asoslari, qarorlarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi qiyosiy jihatdan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL CONSEQUENCES OF RECOGNIZING VOID THE DECISIONS OF THE GENERAL MEETING OF LEGAL ENTITIES

The general meeting of the governing bodies of a legal entity differs from the rest of the governing bodies of the legal entity. This uniqueness is reflected in the breadth of the powers of the General Assembly and, most importantly, in the decisions taken by this body. This article provides a comparative analysis of the theories of the general meeting as a governing body of a legal entity, its powers, the essence of the decisions made by the general meeting, their legal basis, the validity and invalidity of decisions.

Текст научной работы на тему «YURIDIK SHAXSLARNING UMUMIY YIG‘ILISH QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY OQIBATLARI»

YURIDIK SHAXSLARNING UMUMIY YIG'ILISH QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY OQIBATLARI

Imomniyozov Doniyorbek Baxtiyor o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi d.imomniyozov@gmaiï .com

ANNOTATSIYA

Yuridik shaxs boshqaruv organlari ichida umumiy yig'ilish o'ziga xosligi bilan yuridik shaxsning qolgan boshqaruv organlaridan ajralib turadi. Mazkur o'ziga xoslik umumiy yig'ilishning vakolat doirasining kengligi va eng muhimi ushbu organ tomonidan qabul qilinadigan qarorlarda namoyon bo'ladi.

Ushbu maqolada umumiy yig'ilishning yuridik shaxs boshqaruv organi sifatida namoyon bo'lishi to'g'risidagi nazariyalar, uning vakolatlari, umumiy yig'ilish tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning mohiyati, ularning huquqiy asoslari, qarorlarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi qiyosiy jihatdan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: yuridik shaxs, boshqaruv organi, umumiy yig'ilish, yig'ilish qarori, bitim, erk-iroda, qarorlarning haqiqiy emasligi, korporativ nizolar, nizoli qaror, haqiqiy qaror.

ПРАВОВЫЕ ПОСЛЕДСТВИЯ ПРИЗНАНИЯ НЕДЕЙСТВИТЕЛЬНЫМИ РЕШЕНИЙ ОБЩЕГО СОБРАНИЯ

ЮРИДИЧЕСКИХ ЛИЦ

Имомниёзов Дониёрбек Бахтиёр угли.

Ташкентский государственный юридический университет преподаватель кафедра гражданского права d.imomniyorov@gmail .com

АННОТАЦИЯ

Общее собрание органов управления юридического лица отличается от остальных органов управления юридического лица. Эта уникальность отражается в широте полномочий общего собрания и самое главное, в решениях, принимаемых этим органом.

В статье дается сравнительный анализ теории общего собрания как органа управления юридического лица, его полномочий, сущности решений, принимаемых общим собранием, их правовой основы, обоснованности и недействительности решений.

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова: юридическое лицо, орган управления, общее собрание, решение собрания, соглашение, завещание, недействительность решений,

корпоративные споры, разрешение споров, действительное решение.

LEGAL CONSEQUENCES OF RECOGNIZING VOID THE DECISIONS OF THE GENERAL MEETING OF LEGAL ENTITIES

The general meeting of the governing bodies of a legal entity differs from the rest of the governing bodies of the legal entity. This uniqueness is reflected in the breadth of the powers of the General Assembly and, most importantly, in the decisions taken by this body.

This article provides a comparative analysis of the theories of the general meeting as a governing body of a legal entity, its powers, the essence of the decisions made by the general meeting, their legal basis, the validity and invalidity of decisions.

Keywords: legal entity, governing body, general meeting, meeting decision, agreement, will, invalidity of decisions, corporate disputes, dispute resolution, valid decision.

Yuridik adabiyotlarda korporatsiyalarning boshqaruv organlarining vujudga kelishi, ularning rivojlanishi to'g'risida ko'plab nazariyalar mavjud. Xususan o'tgan asrda ko'plab rus olimlari yuridik shaxslarning organlarini uning vakili sifatida tan olishni yoqlab chiqqanlar1. Lekin boshqa nazariyalarga ko'ra yuridik shaxsning boshqaruv organi - bu yuridik shaxsning vakili emas. Yuridik shaxsning ayni o'zidir2. Ularning bunday fikrga kelishiga sabab yuridik shaxs soxta shaxs bo'lib, u o'zining irodasi aynan o'zining organlari orqali ifoda etadi3. Ya'ni ushbu organning harakati bu - yuridik shaxs harakatining o'zidir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda

1 Шерешевский И.В. Представительство (Поручение и доверенность). - М.: Право и жизнь, 1925. - С. 6.; Цит. по: Рубеко Г.Л. Правовой статус органов управления акционерных обществ: дис. ... канд. юрид. наук. - Ростов-на-Дону, 2004. - С. 18 - 19.

2 Синайский В.И. Русское гражданское право. - М.: Статут, 2002. - С. 114, 121 - 122.

3 Imomov N. Critical analysis of division of legal entities into types //Review of law sciences. - 2017. - Т. 1. - №. 1. -

Imomniyozov Doniyorbek Bakhtiyor ugli

Tashkent State Law University Lecturer at the Department of Civil Law d.imomniyozov@gmail .com

ABSTRACT

KIRISH

С. 10.

yuridik shaxsning organi bu uning barcha harakatlarini o'zida ifodalovchi huquqiy tushunchadir.

Shuni ta'kidlash kerakki, fuqarolik huquqi taraqqiyotining zamonaviy bosqichi yuridik shaxs organlarining huquqiy maqomi haqidagi fikrlarning xilma- xilligi bilan tavsiflanadi. Ilm-fan sohasida korporativ munosabatlar va korporativ huquqning rivojlanishi bilan bir qatorda, organlar fuqarolik huquqiy munosabatlarning mustaqil subyektlari va (yoki) tashkilotning vakillari bo'ladimi yoki yo'qmi bu munozaralar korporatsiya organini korporativ munosabatlar predmeti sifatida ko'rib chiqish mumkinmi degan savol atrofida ham rivojlanmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda ham ayrim olimlar yuridik shaxs organlarini huquqiy munosabatlarning mustaqil ishtirokchilari sifatida ko'rib chiqadilar4. Biroq ba'zilar ushbu fikrga qo'shilmagan holda yuridik shaxs organini yuridik shaxsning bir qismi sifatida ko'rib chiqishni taklif etadilar5.

Bizning fikrimizcha, yuqoridagi nazariyalardan ikkinchisi haqiqatga yaqinroq hisolanadi. Chunki yuridik shaxsning organi o'zi uchun huquq va majburiyatlarga (mustaqil huquqiy qobiliyatga) ega emas. Mazkur belgi fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyektining zarur belgisidir. Shu sababli, korporativ-huquqiy munosabatlarning mustaqil ishtirokchilari sifatida korporativ organlarni ko'rib chiqish uchun hech qanday sabab yo'q, chunki ular fuqarolik-huquqiy munosabatlarning bir qismidir. E'tibor beradigan bo'lsak, yuridik shaxs organining huquqiy maqomiga oid nizolar ko'p jihatdan "yuridik shaxs organi" va "organ vazifasini bajaruvchi (uning tarkibiga kiruvchi) shaxs" tushunchalarining aralashuvidan kelib chiqadi6. Ya'ni yuridik shaxsning organi ham nisbiy tushuncha bo'lib, uning vazifasini jismoniy shaxslar amalga oshiradi. Qonunda jamiyat organlarining vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilish to'g'risida gap ketganda, biz organ vazifasini bajaruvchi muayyan jismoniy shaxslarning vakolatlarini tugatish haqida gapiramiz, yuridik shaxs organi tugatish haqida emas. Shu nuqtayi nazardan

4 Qarang: Хужокова И.М. Корпоративное право Российской Федерации: Курс лекций: Учебное пособие для вузов. - М.: Экзамен, 2004. - С. 79. С. 143; Рожкова М.А. Средства и способы правовой защиты сторон коммерческого спора. - М.: Волтерс Клувер, 2006. - С. 346; Степанов Д.И. Еще раз о природе полномочий исполнительного органа и управляющего хозяйственным обществом // Вестник ВАС РФ. - 2006. - № 8. - С. 40; № 9. - С. 21.

5 Qarang: Ломакин Д.В. Корпоративные правоотношения: общая теория и практика ее применения в хозяйственных обществах. - М.: Статут, 2008. - С. 277 - 285.; Могилевский С.Д. Общество с ограниченной ответственностью: законодательство и практика его применения. - М.: Статут, 2010. - С. 220 - 221.

6 Ломакин Д.В. - Легализация представительской концепции органа юридического лица - необходимость или оплошность законодателя? // Сборник научно-практических статей II Международной научнопрактической конференции «Актуальные проблемы предпринимательского и корпоративного права в России и за рубежом. -М.: Юстицинформ. - 2014. - С. 27.

qaraydigan bo'lsak, adabiyotlarda, qonunchilikda yuridik shaxsning organi tushunchasi qo'llaniladi. Lekin uning vazifasini bajarish, vakolat muddatining tugashi hamda javobgarligi xususida gap ketganda to'g'ridan-to'g'ri jismoniy shaxslar tushuniladi.

Shunday qilib yuqoridagi mulohazalar asosida yuridik shaxsning organi uning bir qismi sifatida ushbu yuridik shaxsning irodasini o'zida ifoda etishini, shu bilan birga ushbu organning vazifasini ayni vaqtda saylanadigan yoki tayinlanadigan jismoniy shaxslar bajarishini o'rganib chiqdik. Endigi navbatda jamiyatning oliy organi sifatida umumiy yig'ilishning vakolatlari to'g'risida so'z yuritamiz.

Avval ta'kidlanganidek, mas'uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o'rinlarda MCHJ) ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi MCHJ ta'sis etilgan paytdan boshlab tugatilgunga qadar yuridik shaxsning barcha faoliyatini belgilaydigan eng yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Maqolada jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining vakolatini tahlil qilib, ushbu vakolatlar nafaqat muayyan jamiyatning Ustavida, balki alohida qonun bilan mustahkamlanganligiga e'tibor qaratdik. Muayyan jamiyatning Ustavini ishlab chiqishda "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi qonunning dispozitsion me'yorlari ishtirokchilarga jamiyatning alohida organlari o'rtasida vakolatlarni ishtirokchilar uchun kerakli tarzda qayta taqsimlashga imkon beradi.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi o'z vakolatlarini qarorlar qabul qilish orqali amalga oshiradi. Umumiy yig'ilish tomonidan qabul qilingan qarorlar o'zida jamiyat ishtirokchilarning irodasini ifodalab, jamiyat, uning barcha ishtirokchilari, jamiyatning boshqa organlari, shuningdek uchinchi shaxslar uchun majburiy kuchga ega bo'ladi.

Shu o'rinda ushbu qarorlar qay tariqa uchinchi shaxslar uchun majburiy bo'ladi degan savol tug' ilishi tabiiy. Ma'lumki, jamiyat uning tuzilishidan manfaatdor bo'lgan yirik bitimlarni tuzish umumiy yig'ilish vakolatiga kiradi7. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, umumiy yig'ilish mazkur vakolatidan foydalangan holda uchinchi shaxslar uchun majburiy kuchga ega bo'lgan qarorlar qabul qilishi mumkin. Ishtirokchilarning umumiy yig'ilishi jamiyatning irodasini shakllantiradigan va jamiyatning irodasini amalga oshirish vazifasi bo'lgan yagona yoki kollegial ijro etuvchi organ vazifasini bajaradigan shaxslarni tayinlash yoki saylash orqali

7 Bakhromjon Topildiev; Rustam Khursanov; Muniskhon Usmonova. "Trust management agreement Property and prospects for its development in the Republic of Uzbekistan". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 3, 2020, 3199-3205.

jamiyatning butun faoliyatini nazorat qiluvchi organdir. Shuning uchun jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishining qarorlari muhim huquqiy hujjatdir.

Maqolaning navbatdagi qismini jamiyat umumiy yig'ilishida qabul qilinadigan qarorlarning huquqiy maqomi va tabiatini o'rganishga bag'ishlashimizning asosiy sababi unda qabul qilinadigan qarorlarda bir tomondan bitimlarning xususiyatlari namoyon bo'lsa, ikkinchi tomondan uni inkor etib mazkur jamiyat ishtirokchilari, unga bog' liq bo'lgan uchinchi shaxslar, shuningdek jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy yuridik kuchga ega bo'lgan hujjat namoyon bo'ladi. Shuning uchun yuridik soha olimlari umumiy yig'ilish qarorlari mohiyatini ochib beruvchi uch xil nazariyani ilgari surishadi. Xususan:

Birinchi nazariyada umumiy yig'ilish qarori bitim sifatida8;

Ikkinchi nazariyada normativ-huquqiy hujjat sifatida;

Uchinchi nazariyada umumiy yig'ilish qarori alohida yuridik fakt sifatida e'tirof etiladi9.

Dastlab birinchi nazariya tarafdorlarining 10 fikrlarini o'rganib, ularning nazariyasini milliy qonunchilik normalari asosida tahlil qilib o'tamiz.

Ma'lumki, jamiyat umumiy yig'ishida qaror qabul qilishda ishtirokchilar o'zlarining erk-irodalariga tayangan holda ovoz beradilar. "Shartnomalar erkinligi" prinspiga ko'ra jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida tuziladigan bitimlar ularning erk-irodasiga asoslanadi. Bu esa o'z nafbatida bitimlarning tabiatiga xos bo'lgan asosiy shart hisoblanadi 11 . O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 101-moddasida fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari bitim deb e'tirof etilishi belgilangan. Mazkur normaning mazmuniga ko'ra fikr yuritiladigan bo'lsak, umumiy yig'ilishda qabul qilinadigan qarorlar ham o'z navbatida undagi ishtirokchilar va uchinchi shaxslarda ma'lum huquq va majburiyatlarni vujudga kelishi, o'zgarishi yoki bekor bo'lishiga olib keladi. Lekin yig'ilishda qabul qilinadigan qarorlar doim ham undagi barcha ishtirokchilarning manfaatlariga mos

8 Usmonova Muniskhon (2020). THE ROLE OF FORENSIC PSYCHIATRIC EXAMINATION IN INVALIDATING AN AGREEMENT ENTERED INTO BY A CITIZEN WHO DOES NOT UNDERSTAND THE SIGNIFICANCE OF HIS ACTIONS OR IS UNABLE TO CONTROL THEM. Review of law sciences, 3 (Спецвыпуск), 146-152. doi: 10.24412/2181-919X-2020-3-146-152

9 Мосин В.А. Недействительность решений органов управления корпораций дис. ... канд. юрид. наук. -Челябинск, - 2018. - 89 c.

10 Вилкин С.С. Гражданско-правовая природа волевых актов коллегиальных органов юридического лица: автореф. ... канд. юрид. наук. - М., 2009. - С. 23 - 30;

11 Asadov, Shahriddin Faxriddin O'G'Li (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 789-799. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-789-799.

Scientific Journal Impact Factor

ravishda bo'lavermaydi, ayrim holatlarda qarorlar ba'zi ishtirokchilarning manfaatlarizga mos kelmasligi ham mumkin. Biroq bu yuqoridagi nazariyaning mohiyatiga zid bo'lmaydi. Chunki bitimga jalb qilingan barcha shaxslarning irodasiga to'liq mos kelish talabi barcha bitimlarga emas, balki faqat ikki taraflama yoki ko'p taraflama bitimlar, ya'ni shartnomalarga xosdir 12 . Ayrim turdagi bitimlarda faqat bir taraf xohishining bo'lishi kifoya qiladi. Bunga sabab bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko'p taraflama (shartnomalar) bo'lishi mumkinligidadir (FK 102-modda).

Avval ta'kidlanganidek, bir taraflama bitimlarning asosiy sharti unda bir taraf erk-irodasining mavjud bo'lishidir. Hadya, meros kabi bitimlar, shuningdek yagona ta'sischi tomonidan qabul qilingan qarorlar fikrimizga asos bo'la oladi. Ikki yoki ko'p taraflama bitimlar (bular ko'proq shartnoma sifatida e'tirof etiladi) o'zida unda qatnashayotgan taraflarning xohish irodasini namoyon qiladi.

Mazkur nazariya tarafdorlari umumiy yig'ilish qarorining qanday turdagi bitimlar bilan bog'liq bo'lishi kerakligi haqida quyidagi pozitsiyalarni ilgari surishadi13.

Birinchi pozitsiyaga ko'ra, yig'ilish qarori ko'p taraflama bitim, ya'ni ovoz beruvchi ko'pchilik o'rtasidagi shartnoma bo'lib, unga qarshi ovoz bergan ozchilikning roziligi fuqarolik-huquqiy jamoa ishtirokchisi maqomini olish vaqtida amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Aniqroq aytadigan bo'lsa, jamiyat Ustavida umumiy yig'ilish vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ovozlar hisoblashdagi qoidalarning belgilanganligi hisoblanadi. Misol uchun jamiyat ustav fondini ko'paytirish uchun ovozlar hisoblashda "ishtirokchilar umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchilik ovozi" qoidasi kiritilgan bo'lsa, yig'ilishda qaror qabul qilish uchun shu ovoz to'planganligi kifoya qiladi. Bizningcha ushbu pozitsiya nazariy jihatdan nomuvofiqlik keltirib chiqaradi. Chunki, ko'p taraflama bitimlarda ham bitim bir tarafning xohishiga mutanosib ravishga tuzilishi lozim. Yuqoridagi pozitsiyada esa ko'pchilikning roziligi ozchilikning manfaatlariga zid qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 17-sonli "Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda

12 Топилдиев Б. Р. ОСОБЕННОСТИ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПЕРЕДАЧИ ПРЕДПРИЯТИЯ В ДОВЕРИТЕЛЬНОЕ УПРАВЛЕНИЕ //ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ОБЩЕСТВЕННЫХ ОТНОШЕНИЙ. - 2019. - С. 29-33.

13Сделки, представительство, исковая давность: постатейный комментарий к статьям 153-208 Гражданского кодекса Российской Федерации [Электронное издание. Редакция 1.0] / Отв. ред. А.Г. Карапетов. - М.: М- Логос,

2018. - 876 с.

vujudga keladigan ayrim masalalar to'g'risida"gi qarorida bitimlami haqiqiy deb topish haqidagi da'volarni ko'rishda sudlar haqiqatan ham, taraflar o'rtasida bitim tuzish haqida kelishuv bo'lganligini aniqlashlari lozim14 ekanligi belgilangan.

Ma'lumki, taraflar o'rtasidagi kelishuv ularning xohish-irodasini ifoda etadi. Shunday ekan, umumiy yig'ilish qaroriga ko'p taraflama bitim deb qarash g'alizlikka olib keladi.

Ikkinchi pozitsiyasida umumiy yig'ilish qarorlarini bir taraflama bitim sifatida e'tirof etish taklifi ilgari suriladi. Unga ko'ra, bir taraflama bitimning xarakteri umumiy yig'ilish qarorini qabul qilgan shaxslarning xohish-irodasi va ushbu qarordan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarning umumiyligi bilan belgilanadi, bu esa bunday bitimni ko'p taraflama bitim(shartnoma)dan ajratib turadi. Bizningcha, ushbu pozitsiya ham ba'zi kamchiliklardan holi emas. Xususan, ushbu bitimning yagona tomoni kim ekanligi so'roq ostida qolishini pozitsiyaning asosiy kamchiliklaridan biri sifatida olishimiz mumkin. Lekin ularning fikriga ko'ra, ishtirokchilar umumiy yig'ilishi va uning boshqa kollegial organlari qarorlariga nisbatan yuridik adabiyotlarda alohida yuridik texnika qo'llanilganligi tufayli yuridik shaxs o'z organi orqali bitimning bir tarafiga aylanadi. Ya'ni umumiy yig'ilishda qabul qilingan qaror butun bir jamiyatning manfaatlarini ifoda etganligi, shuningdek jamiyat tomonidan boshqa yuridik shaxslar bilan turli xil bitimlarni tuzishda uning alohida subyekt sifatida ishtirok etishi yuqoridagi bitimni tuzishda jamiyatga yagona taraf sifatida qaralishi olib keladi.

Ikkinchi nazarariya tarafdorlari umumiy yig'ilish qarorini jamiyatning ichki normativ-hujjati sifatida isbotlashga harakat qilishadi 15 . Ular bunda umumiy yig'ilishda qabul qilingan qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari, uning xodimlari va jamiyat bilan bog' liq uchinchi shaxslar uchun majburiy harakterga ega ekanligini ta'kidlashadi. Biroq bu nazariyaning bir qator kamchilikari mavjud. Xususan:

- umumiy yig'ilish qarori qonun hujjatlariga emas, balki ko'proq huquqiy manbaalarga bog'liq bo'lishi;

- qaror o'zida ma'lum shaxslarning erk-irodasini ifoda etadi;

14 https://lex.uz/acts/-2453499

15 Qarang: Кашанина Т.В. Хозяйственные товарищества и общества: правовое регулирование внутрифирменной деятельности. - М.: Издательская группа ИНФРА-М - КОДЕКС, 1995. - С. 92 - 95.; Корпоративное право: учебник / Е.Г. Афанасьева, В.Ю. Бакшинскас, Е.П. Губин и др. / отв. ред. И.С. Шиткина. 2-е изд., перераб. и доп. - С. 56 - 63.; Долинская В.В. Акционерное право: основные положения и тенденции. Монография. - М.: Волтерс Клувер, 2006. - С. 168 - 170; Долинская В.В. Основные положения и тенденции акционерного права: автореф. ... док. юрид. наук. - М., 2006. - С. 30.; Лаптев В.В. Акционерное право. - М.: Инфра-М; Контракт, 1999. - С. 17 - 18.; Андреев В.К., Лаптев В.А. Корпоративное право современной России: монография. - М.: Проспект, 2015. - С. 55 - 58.

- umumiy yig'ilish qarori tomonidan qabul qilingan qaror yangi huquqiy munosabatlarni o'rnatish, o'zgarish yoki bekor bo'lishini nazarda tutmaydi, balki qonun normalarida belgilangan huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi yoki bekor bo'lishini ta'minlaydi;

- umumiy yig'ilish qarori barcha uchun emas, balki ma'lum bir shaxslar doirasidagina majburiy hisoblanadi16.

Umumiy yig'ilish qarorini bitim emas deb hisoblaydigan nazariya tarafdorlari ushbu qaror bitimlarga xos bo'lgan xususiyatning mohiyatini to'liq ochib bermasligi bilan asoslashadi. Xususan:

- garchi umumiy yig'ilish qarori ovoz berish orqali qabul qilinib, ma'lum ma'noda ishtirokchilarning xohish-irodasini ifoda etsa-da, ko'p holatlarda barcha ishtirokchilar umumiy yig'ilish kun tartibiga qo'yilgan masalaga qarshi ovoz berishlari mumkin;

- umumiy yig'ilish qarorining bitim shakllaridan hech biriga to'liq mos tushmasligi;

- fuqarolik qonunchiliga ko'ra ayrim turdagi bitimlar notarial tasiqlanishi talab etiladi. Lekin umumiy yig'ilishda qabul qilingan qarorlar, xususan, yirik bitimlar ham notarial tartibda tasdiqlanmaydi.

Yuqoridagi nazariya taraflardorlari o'z pozitsiyalarini isbotlashga harakat qilib ko'plab dalil va isbotlarini keltirishgan. Ularning har birini chuqur o'rganish natijasida umumiy yig'ilish qarorlarini bitimlar toifasiga ham, alohida yuridik faktlar toifasiga ham kiritish noo'rin deb hisoblaymiz. Garchi umumiy yig'ilish qarorlarini bitimlar toifasiga kirituvchi nazariya tarafdorlarining pozitsiyasi kuchli bo'lsa-da, umumiy yig'ilish qarorini bitim deb e'tirof etish bu masalaga faqat bir tomonlama qarash hisoblanadi. bunga birinchi sabab, umumiy yig'ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topishga nisbatan bitimlarga doir qoidalarni ishlatilmasligidir. Xususan ilmiy nazariyalarda isbotlangan va chet el qonunchiligida umumiy yig'ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topishga nisbatan maxsus normalar yoki alohida normativ-huquqiy hujjatlar ishlatiladi.

Shuningdek, mazkur mavzuni tatbiq etish davomida respublikamizdagi sudlar tomonidan korporativ nizolar, xususan, umumiy yig'ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishlarni o'rganish natijasida quyidagi xulosaga keldik. Garchi sudlar tomonidan ushbu toifadagi ishlarni ko'rishda ayrim holatlarda bitimlarga oid qoidalar qo'llanilsa-da, biroq asosiy sabab mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi

16 Мосин В.А. Недействительность решений органов управления корпораций дис. . канд. юрид. наук. -Челябинск, - 2018. - 125 с.

norma yoki normativ hujjatning mavjud emasligidir. Shu tufayli sudlar bu ishlarni ko'rib hal etishda qonun analogiyasini qo'llashmoqda.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, Fuqarolik kodeksining loyihasining 7-bobi Yig'ilish qarorlari deb nomlangan bo'lib, unga ko'ra qonun bilan fuqarolik-huquqiy oqibatlar keltirib chiqarishi belgilangan yig'ilish qarori ushbu yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan barcha shaxslar (yuridik shaxs ishtirokchilari, hammulkdorlar, bankrotlik ishlari bo'yicha haqdorlar va boshqalar - fuqarolik-huquqiy hamjamiyat ishtirokchilari) uchun, shuningdek qonunda belgilangan hollarda yoki munosabatlar mohiyatidan kelib chiqsa boshqa shaxslar uchun ham huquqiy oqibat vujudga keltiradi17. Ushbu qoidaning mazmunidan ko'rishimiz mumkinki, yangi qoida yig'ilish qarorini bitim emas balki alohida yuridik fakt hisoblanuvchi hujjat sifatida tariflamoqda.

Yuridik adabiyotlarda, xususan, M.M. Agarkovning "Fuqarolik huquqi bo'yicha tanlangan asarlar"i 2-jildida umumiy yig'ilish qarorlari quyidagi turlarga bo'lingan:

- haqiqiy;

- shartli haqiqiy;

- bahsli qarorlar18. Uning nazariyasiga ko'ra bitimlarning raqobatdoshligi ularning haqiqiyligini anglatadi. Lekin, uning fikricha, bundagi asosiy shart qabul qilingan qaror yuzasidan sudning yoki biror ishtirokchining e'tirozi bo'lmasligi talab etiladi. Bizningcha, haqiqiy qarorlar qanday bo'lishi barcha uchun tushunarli. Ya'ni umumiy yig'ilish qarori barcha ishtirokchilarning bir ovozi bilan qabul qilinsa, shuningdek qonun va jamiyat Ustavida belgilangan barcha qoidalarga amal qilgan holda qabul qilingan bo'lsa, u o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanadi. Shartli va bahsli qarorlar esa qarorlar xususida esa aniq bir qarashlar mavjud emas. Shu tufayli bunday qarorlar haqidagi fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga keldik. Demak, bunday qarorlar sirasiga:

- ishtirokchilarning ovozlari sonida nomutanosiblik bilan qabul qilingan qarorlar;

- nomukammal qarorlar19;

- rasmiy ravishda mavjud bo'lgan, ammo qonuniy mavjud bo'lmagan qarorlar20;

- moddiy va protsessual qoidalarga amal qilinmagan holda qabul qilingan

17 УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ФУКАРОЛИК КОДЕКСИ (янги тахрири) БИРИНЧИ КИСМ (gov.uz)

18 Агарков М.М. Избранные труды по гражданскому праву: В 2 т. Т. 2 М.: Центр ЮрИнфоР, 2002. - С. 347.

19 Сирота Е.Г. Акты поднормативного регулирования корпоративных отношений в хозяйственных обществах: автореф. ... канд. юрид. наук. - Екатеринбург, 2004. - С. 21 - 22.

20 Маковская А.А. Правовые последствия недействительности решений общего собрания акционеров и совета директоров акционерного общества. - С. 355.

qarorlar;

- haqiqiy bo' lmagan qarorlar.

Shuningdek, ba'zi olimlar umumiy yig'ilish qarorlarni boshqa ko'rinishda kategoriyalarga ajratishgan. Ularning fikricha yig'ilish qarorlari haqiqiy va nizoli qarorlarga bo'linadi. Haqiqiy qarorlar jamiyat umumiy yig'ilishi kun tartibiga qo'yilgan masala yuzasidan barcha ishtirokchilarning bir ovozi bilan qabul qilingan qarorlari hisoblanadi. Nizoli qarorlarning taqdiri esa, biroz boshqacharoq ko'rinishga ega. Chunki ular haqiqiy yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Jamiyat umumiy yig'ilishi tomonidan qaror qabul qilish bilan bog'liq huquqiy munosabatlarning bir qismi sifatida ushbu qarorlarni haqiqiy emas deb topish bo'yicha huquqiy munosabatlar alohida o'rin tutadi. Bunga sabab yig'ilish qarorini haqiqiy emas deb topish ishtirokchilar huquqlarini himoya qilishning eng asosiy yo'li hisoblanadi. Yuridik adabiyotlarda umumiy yig'ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish borasida turli yondashuvlar mavjud. Xususan:

- qarorlarni haqiqiy emas deb topishda maxsus normalarning qo'llanilishi;

- qarorlarni haqiqiy emas deb topishda bitimlarning haqiqiy emasligiga doir qoidalarning qo'llanilishi 21

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Birinchi yo'nalishga ko'ra umumiy yig'ilish qarorlari garchi bitimning xususiyatlariga mos tushgan bo'lsa-da, ularga nisbatan bitim haqidagi qoidalarni qo'llash noto'g'ridir. Mazkur yo'nalish tarafdorlaridan biri hisoblangan A.A. Kuznesovning fikricha, Yevropda davlatlarida, xususan Germaniya, Italiya, Ispaniyada o'rnatilgan qoida, ya'ni umumiy yig'ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topishga oida maxsus normalarning Rossiya Federatsiyasida o'rnatilishi tufayli ularga nisbatan bitimlarning haqiqiy emasligiga doir qoidalarning ishlatilishini talab qilmaydi. U o'z fikrini "Aksiyadorlik jamiyatlari to'g'risda"gi, "Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida"gi qonun, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Fuqarolik kodeksida "bahsli va bekor qilingan qarorlar" boblarning kiritilishi bilan asoslaydi. Bundan tashqari, mazkur nazariya tarafdorlari bitimlarga xos qoidalarni qo'llamaslikning quyidagi sabablarini keltirib o'tadilar.

Birinchidan, bitimlarning haqiqiy emasligi uchun umumiy asoslarda22 umumiy yig'ilishni chaqirish va o'tkazishning kamchiliklarini qoplaydigan o'xshash analog yo'q. Bizningcha, ushbu fikr haqiqatdan ham to'g'ri. Jamiyat umumiy yig'ilishini

21 Корпоративное право в ожидании перемен : сборник статей к 20-летию Закона об ООО [Электронное издание] / Отв. ред. А. А. Кузнецов. - Москва : М-Логос, 2020. - 200 с

22 Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QO'LLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 211-225. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11211-225.

Scientific Journal Impact Factor

charish va uni o'tkazish tartibi qonun hujjatlari hamda jamiyatning Ustavida belgilanadi. Bitimlar haqidagi normalarda esa ushbu tartibni belgilovchi qoida mavjud emas.

Ikkinchidan, bitimlarga xos bo'lgan normalarda umumiy yig'ilish qarorini shakllantirish va qabul qilishda kelib chiqadigan kamchiliklarni (moddiy va protsessual normalar bilan bog'liq) to'liq tasvirlab berishning imkoni yo'q. Bu bo'yicha qoidalar ham alohida Ustavlarda belgilanishini ko'plab chet el davlatlari misolida ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Uchinchidan, da'vo muddatlarini qo'llashda ham umumiy yig'ilish qarori va bitimlar uchun alohida qoidalar qo'llaniladi. Bu ham bitimlarga oid qoidalarni umumiy yig'ilish qarorlari uchun qo'llashning nomuvofiqligini anglatadi. Haqiqatdan ham milliy qonunchiligimizda umumiy da'vo muddati - 3 yil (FK 150-moddasi) etib belgilangan bo'lsa-da, qonunda umumiy yig'ilish qarorlari ustidan sudlarga shikoyat qilish uchun ishtirokchi ushbu qaror qabul qilinganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab 2 oylik muddat belgilangan23.

To'rtinchidan, bitimlarga oid qoidalarda bitimning bir tarafning manfaatlariga zid ravishda qabul qilinganligining o'zi uni haqiqiy emas deb topishga asos bo'lishi mumkin. Lekin umumiy yig'ilish qaroriga nisbatan mazkur qoidani qo'llab bo'lmaydi. Chunki umumiy yig'ilishda qabul qilingan qaror har doim ham barcha ishtirokchilarning manfaatlariga to'liq mos kelavermaydi. Aynan shu tufayli qonun chiqaruvchi mazkur munosabatni tartibga solish uchun alohida qoida kiritib qo'ygan. Ya'ni

- ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga ta'sir ko'rsata olishi mumkin bo'lmasa;

- yo'l qo'yilgan qoidabuzarlik jiddiy bo' lmasa;

- qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan bo'lsa, shikoyatga sabab bo'lgan qarorni o'z kuchida qoldirishga haqlidir. (Qonunning 41-moddasi). Yuqoridagi fikrimizni bir misol yordamida tushuntirib o'tamiz. "Best" MCHJning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida jamiyat ustav fondini uchinchi shaxsning hissasi hisobiga ko'paytirish haqida qaror qabul qilindi. Unda jamiyatning B ismli ishtirokchisi qarordan norozi bo'lib, sudga ushbu qarorni bekor qilish haqida murojaat qildi. Lekin sud ushbu qarorni o'z kuchida qoldirdi. Ya'ni qaror haqiqiy deb topildi. Sud ushbu qarorga asos sifatida B ismli ishitirokchining ovozi qarorni o'zgartish uchun yetarli emasligi (Bning jamiyat ustav fonididagi ulushi 5%ni tashkil

23 O'zbekiston Respublikasining "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi qonuni (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son).

440

etgan holda, umumiy yig'ilishda uning ovozi o'zining ulushiga mutanosib ekanligi) hamda qarorda hech bir qoidabuzarlik mavjud emasligini keltirdi.

Ikkinchi nazariya tarafdorlarining fikricha, bitimlarning haqiqiy emasligi to'g'risidagi bir nechta qoidalar to'g'ridan-to'g'ri yig'ilishlarning qarorlariga nisbatan qo'llanilishi mumkin24. Bunda umumiy yig'ilishda qabul qilingan qaror bitimlarga doir qoidaning mazmuniga mos yoki mos emasligini aniqlash lozim bo'ladi. Misol uchun jamiyat ishitirokchilarining xohish irodasi bilan bog'liq bo'lgan qarorlarda yuqoridagi qoida qo'llash mumkin. Umumiy yig'ilishda ayrim ishtirokchilarni aldash yoki ularning ishonchini suiiste'mol qilish orqali qaror qabul qilingan taqdirda, bu qoidani ishlatish mumkin bo'ladi.

Shuningdek, umumiy yig'ilish qarorlari o'zida bitimlarga xos bo'lgan umumiy xususiyatlarni aks ettiradi. Bitim nazariyasi tarafdorlari aynan shu xususiyatni inobatga olgan holda o'z pozitsiyalarini isbotlashga harakat qiladilar.

Qarorlarning haqiqiy emasligi va uning oqibatlari.

Yuridik adabiyotlarni o'rganish jarayoni umumiy yig'ilish qarorlarni haqiqiy emas deb topishning umumiy asoslari haqidagi nazariyalarga duch keldik. Ushbu nazariyaga ko'ra umumiy yig'ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish uchun quyidagilar asos hisoblanishi mumkin. Xususan:

- kun tartibiga kiritilmagan masala bo'yicha qaror qabul qilinganda, bundan jamiyat barcha ishtirokchilari ushbu yig'ilishda ishtirok etgan hollar mustasno;

- umumiy yig'ilish o'tkazish uchun zarur kvorum hosil bo'lmaganda;

- umumiy yig'ilish vakolatiga tegishli bo'lmagan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinganda;

- umumiy yig'ilishqa qabul qilingan qaror qonun hamda jamiyat Ustavida belgilangan talablarga zid ravishda qabul qilinganda25. Ushbu nazariya bir qator davlatlar qonunchiligida ham o'z aksini topgan deyish mumkin. Misol uchun Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksining 181.5-moddasida aynan yuqoridagi holatlar umumiy yig'ilish qarorini bekor qilish uchun asos sifatida keltirilganligini ko'rish mumkin.

Endigi navbatda umumiy yig'ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish uchun qo'llaniladigan asoslarni birma-bir tahlil qilib chiqamiz. Demak:

Dastlabki asos bo'yicha umumiy yig'ilishda uning kun tartibiga qo'yilmagan masala yuzasidan qaror qabul qilinganda u haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

24 Корпоративное право в ожидании перемен : сборник статей к 20-летию Закона об ООО [Электронное издание] / Отв. ред. А. А. Кузнецов. - Москва : М-Логос, 2020. - 204 с

25 Мосин В.А. Недействительность решений органов управления корпораций дис. ... канд. юрид. наук. -Челябинск, - 2018. - 145 c.

E'tiborli jihati shundaki, qonunda, jamiyatning Ustavida yoki uning alohida qarorida kun tartibiga qo'yilgan masalalar oldindan tasdiqlanishi nazarda tutilgandagina yuqoridagi qoida qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi nazariyaga ko'ra jamiyat ta'sis hujjatida boshqa kollegial boshqaruv organlari uchun kun tartibini oldindan tasdiqlash zarurati nazarda tutilgan bo'lsa-da, ushbu shartni buzish organ yig'ilishida qabul qilingan qarorning haqiqiy emasligiga olib kelmasligi kerak. Bu kun tartibi tasdiqlanishidan qat'iy nazar jamiyatning barcha ishtirokchilari o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish uchun o'tkazilayotgan umumiy yig'ilishda qatnashishlari kerak degan nazariyaga asoslanadi26. Mazkur nazariyaga ko'ra umumiy yig'ilish kun tartibiga qo'yilgan masalaning o'zgartirilishi uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Sodda qilib aytganda umumiy yig'ilishda kun tartibiga kirilmagan masala bo'yicha qabul qilingan qaror, ushbu yig'ilishda barcha ishtirokchilar qatnashgan bo'lsa, haqiqiy hisoblanadi.

Navbatdagi asos - kvorum hosil bo'lmagan holda qaror qabul qilishdir. Shu o'rinda kvorum tushunchasi haqida qisqacha aytadigan bo'lsak, kvorum - umumiy yig'ilish o'tkazish uchun zarur bo'lgan ishtirokchilar soni yoki qaror qabul qilish uchun shart bo'lgan ovozlar soni sifatida tushuniladi. Shunisi e'tiborliki, mazkur nazariyada umumiy yig'ilish o'tkazish uchun kvorum hosil qilingan, lekin uning kun tartibiga qo'yilgan masala yuzasidan qaror qabul qilish uchun lozim bo'lgan ovozlar soni berilmagan bo'lsa, bu qaror qabul qilinmagan hisoblanadi. Misol uchun jamiyat Ustavida umumiy yig'ilishi o'tkazish uchun ishtirokchilarning uchdan ikki qismi jam bo'lganda umumiy yig'ilish vakolatli hisobladi. Biroq kun tartibiga jamiyat ta'sis hujjatlariga o'zgartirish masalasi qo'yilgan bo'lib, bu masalada barcha ishtirokchilarning bir ovozdan ovoz berishi belgilangan b o'lsa, umumiy yig'ilish ushbu masala yuzasidan barcha ishtirokchilar ishtirok etmagan holatda qaror qabul qila olmaydi. Shuningdek, bu nazariyaga ko'ra ayrim holatlarda ishtirokchilar umumiy yig'ilishi uchun kvorum majburiy bo'lmasligi mumkin. Biroq bunda yig'ilishning vakolati tashkiliy masalalar bilan cheklanishi mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, kvorum miqdoriy ifodaga ega bo'lganligi sababli, amalda uni arifmetik yordamida aniqlash mumkin. Ko'p hollarda yig'ilish o'tkazish uchun kvorum yig'ilish qatnashchilari yoki korporativ boshqaruv organlari a'zolarining umumiy sonining 50% dan ko'prog'ini tashkil etadi. Bunday holda, qarorning haqiqiy emasligi uchun asoslarning bor yoki yo'qligini aniqlash uchun faqat yig'ilishda kvorum borligini aniqlash kifoya qilmaydi, shuning uchun

26 Мосин В.А. Недействительность решений органов управления корпораций дис. ... канд. юрид. наук. -Челябинск, - 2018. - 131с.

Scientific Journal Impact Factor

yig'ilishni qisqartirilgan kvorum bilan o'kazish shartlari bor-yo'qligini aniqlash kerak. Ushbu eslatma juda muhimdir, chunki korporativ nizolarda, masalan, dastlabki yig'ilishni chaqirish va o'tkazish tartibini buzgan holda, qisqartirilgan kvorum bilan yig'ilish o'tkazish uchun sharoitlar yaratilishi mumkin27.

Navbatdagi asoslardan biri umumiy yig'ilish vakolat doirasiga kirmaydigan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishdir. Ma'lumki, ishtirokchilar jamiyat ta'sis hujjatlarida qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilgan holda jamiyat boshqaruv organlarini tuzish va ularning vakolatlarini belgilashlari mumkin. Y a'ni jamiyatni boshqarish uchun ijro organi bilan bir qatorda kuzatuv kengashi ham tuzilishi mumkin. Ishtirokchilar umumiy yig'ilishi tomonidan kuzatuv kengashi va ijro organi tuzilib, ularning har biriga tegishli vakolatlar jamiyat Ustavida belgilangan bo'lsa-yu, umumiy yig'ilishning mazkur organlar vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishi, ushbu qarorning haqiqiy emasligiga olib kelishi mumkin. Lekin mazkur nazariya doim ham o'zini to'liq oqlayvermaydi. Chunki qonun chiqaruvchi maxsus normalar orqali umumiy yig'ilish vakolatlari chegaralanmasligini belgilab qo'yishi mumkin. Misol Ukraina qonunchiligiga ko'ra umumiy yig'ilish jamiyatni boshqarish bilan bog' liq barcha vakolatlarga ega hisoblanadi. Shuningdek, bu sohada qoidabuzarlik jamiyat ta'sis hujjatlarida jamiyat boshqaruv organlarining vakolatlari to'liq belgilab qo'yilgan hollardagina vujudga kelishi mumkin.

Umumiy yig'ilish qarorini haqiqiy emas deb topishning navbdatdagi asosi bu -yig'ilishda qonun hujjatlari, jamiyat ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibga zid ravishda qaror qabul qilishdir. Mazkur asosning o'ziga xos jihati shundaki, unda nafaqat ushbu jamiyat ishtirokchilarning, balki davlat va jamiyatning huquq va manfaatlarini himoya qilish ko'z tutilgan. Shuning uchun ham yuqoridagi holatga nisbatan yuridik adabiyotlarda "jamiyatga qarshi" bitimlar atamasi ishlatiladi. Shu bilan birga ayrim davlatlar qonunchiligida bu alohida norma bilan belgilangan. Misol uchun Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksi 169-moddasida aynan yuqoridagi holat qayd etilgan. Bundan tashqari, Germaniya Federativ Respublikasining "Aktsiyadorlik jamiyatlari to'g'risida" gi qonunining 4-§ 241- bandida, Chexiya Respublikasining "Tadbirkor korporatsiyalar to'g'risida" gi qonunining 191-moddasi 2-bandida yuqori keltirilgan asos belgilangan.

Shuningdek milliy qonunchiligimizda ham ushbu nazariya o'z aksini topgan. Xususan "Mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar

27 Добровольский В.И. Корпоративное право для практикующих юристов. М.: Волтерс Клувер, 2009. - С. 269 -

to'g'risida"gi qonunga muvofiq umumiy yig'ilish chaqirish va uni o'tkazish bilan bog'liq qoidalarga amal qilmaslik, ushbu yig'ilishda qabul qilingan qarorning haqiqiy emas deb topilishiga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi qonunning 41-moddasiga muvofiq umumiy yig'ilishning qarori jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko'ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, umumiy yig'ilish qarorini bekor qilish uchun majburiy asos buzilgan huquqlar yoki qonuniy manfaatlarning mavjudligi bo'lib, ularni himoya qilish korporativ boshqaruv organining qaroriga qarshi da'vo arizasi bergan shaxs tomonidan talab qilinadi. Korporativ turdagi yuridik shaxslarning huquqiy maqomini tasniflovchi yuridik adabiyotlarda qaror qabul qilishga e'tiroz bildiradigan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzish aniq qarorga e'tiroz bildirish uchun majburiy asos sifatida ko'rsatiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ta'kidlash lozimki, Fuqarolik kodeksining yangi loyihasida yig'ilish qarorini haqiqiy emas deb topishga qaratilgan alohida norma kiritilmoqda. Ushbu normaning mazmuniga ko'ra umumiy yig'ilish qarorining haqiqiy emasligi ikki turga ajratilmoqda, ya'ni:

- nizoli qaror;

- o' z o' zidan haqiqiy bo' lmagan qaror28.

Biz yuqorida umumiy yig'ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nazariyalar bo'yicha fikr yuritdik. Endigi navbatda sud amaliyotida qanday asoslarga ko'ra jamiyat umumiy yig'ilishining qarorlari haqiqiy emas deb topilganligi haqida ma' lumotlarni tahlil qilamiz:

- umumiy yig'ilish kun tartibidagi masalaning vakolat doirasiga kirmasligi29;

- umumiy yig'ilish o'tkazishdagi jamiyat Ustavi talablari buzilganligi tufayli30;

- umumiy yig'ilish o'tkazishing qonunda belgilangan tartibiga amal qilmaslik tufayli31;

- umumiy yig'ilish o'tkazish davomida undagi masalalar yuzasidan yig'ilish bayonnomasi rasmiylashtirilmaganligi tufayli32;

28 УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ФУКАРОЛИК КОДЕКСИ (янги тахрири) БИРИНЧИ КИСМ (gov.uz)

29 https ://public. sud.uz/api/file/download/7777334.

30 Долинская В.В. Собрания и их решения как новеллы гражданского законодательства. Часть вторая // Вестник Волгоградского государственного университета. Серия 5: Юриспруденция. - 2014. - № 4. - С. 78 - 82.

31 https://public.sud.uz/api/file/download/7808799.

32 https://public.sud.uz/api/file/download/7768402.

Scientific Journal Impact Factor

- umumiy yig'ilish qarori soxtalashtirilganligi tufayli33;

- jamiyat ta'sischisining ovoz berish huquqi buzilgan holda qaror qabul qilinganligi tufayli34;

- umumiy yig'ilish chaqirish vakolatiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan umumiy yig'ilish chaqirilganligi tufayli35;

- jamiyatning boshqa ta'sischilarni xabardor qilmasdan bitta ta'sischi tomonidan qaror qabul qilinganligi tufayli36;

- ta'sischini umumiy yig'ilish o'tkazish muddati ko'chirilganligi haqida xabardor qilmagan holda qaror qabul qilinganligi tufayli37.

O'rganishlarimiz natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, sud amaliyotida umumiy yig'ilish qarorlari haqiqiy yoki haqiqiy emas deb borasida ko'p holatlarda maxsus normalar, xususan, qonunning o'zi hamda Oliy sud Plenumining qarorlari qo'llanilar ekan. Biroq ayrim holatlarda ya'ni qonunning o'zida ushbu munosabatni tartibga soluvchi qoida mavjud emasligi tufayligina qarorlarni haqiqiy emas deb topish uchun bitimlarga xos bo'lgan qoidalar qonun analogiyasi sifatida qo'llanilishini kuzarishmiz mumkin.

umumiy yig'ilish qarorining bekor qilinishining fuqarolik-huquqiy oqibatlari haqida so'z yuritamiz. Bunday holatlarda quyidagi oqibatlar kelib chiqishi mumkin. Jumladan:

- jamiyat ijro organini tashkil etish to'g'risidagi qarorning haqiqiy emas deb topilishi natijasida ijro organi tomonidan qabul qilingan qarorning bekor bo'lishi;

- umumiy yig'ilish qarorining bekor qilinishi oqibatida mazkur qaror orqali tuzilgan bitimlarning bekor qilinishi(misol uchun yirik bitimlar)38.

Xulosa qilib aytganda, jamiyat umumiy yig'ilish qarorlarining haqiqiy emas deb topilishi mazkur qaror tufayli vujudga kelgan yuridik faktlarning bekor bo'lishiga olib keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday munosabatlar boshqa yuridik faktlarga xos bo'lmagan, shuningdek, boshqa turdagi fuqarolik-huquqiy jamiyatlarining qarorlariga xos bo'lmagan haqiqiy emaslikning maxsus oqibatlariga ega bo'lgan mas'uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi qarorlarining umumiy huquqiy tabiati bilan namoyon bo'ladi.

33 https //public.sud.uz/api/file/download/7764013.

34 https //public.sud.uz/api/file/download/7596154.

35 https //public.sud.uz/api/file/download/7632639.

36 https //public.sud.uz/api/file/download/7642231.

37 https //public.sud.uz/api/file/download/7690685.

38 Добровольский В.И. Корпоративное право для практикующих юристов. - С. 300.

Scientific Journal Impact Factor

REFERENCES

1. Шерешевский И.В. Представительство (Поручение и доверенность). - М.: Право и жизнь, 1925. - С. 6.; Цит. по: Рубеко Г.Л. Правовой статус органов управления акционерных обществ: дис. ... канд. юрид. наук. - Ростов-на-Дону, 2004. - С. 18 - 19.

2. Синайский В.И. Русское гражданское право. - М.: Статут, 2002. - С. 114,

3. Хужокова И.М. Корпоративное право Российской Федерации: Курс лекций: Учебное пособие для вузов. - М.: Экзамен, 2004. - С. 79. С. 143;

4. Ломакин Д.В. Корпоративные правоотношения: общая теория и практика ее применения в хозяйственных обществах. - М.: Статут, 2008. - С. 277 - 285.;

5. Ломакин Д.В. - Легализация представительской концепции органа юридического лица - необходимость или оплошность законодателя? // Сборник научно-практических статей II Международной научнопрактической конференции «Актуальные проблемы предпринимательского и корпоративного права в России и за рубежом. - М.: Юстицинформ. - 2014. - С.

6. Мосин В.А. Недействительность решений органов управления корпораций дис. ... канд. юрид. наук. - Челябинск, - 2018. - 89 с.

7. Вилкин С.С. Гражданско-правовая природа волевых актов коллегиальных органов юридического лица: автореф. ... канд. юрид. наук. - М., 2009. - С. 23 -

8. Imomov N. Critical analysis of division of legal entities into types //Review of law sciences. - 2017. - Т. 1. - №. 1. - С. 10.

9. Топилдиев Б. Р. ОСОБЕННОСТИ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПЕРЕДАЧИ ПРЕДПРИЯТИЯ В ДОВЕРИТЕЛЬНОЕ УПРАВЛЕНИЕ //ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ОБЩЕСТВЕННЫХ ОТНОШЕНИЙ. - 2019. - С. 29-33.

10. Сделки, представительство, исковая давность: постатейный комментарий к статьям 153-208 Гражданского кодекса Российской Федерации [Электронное издание. Редакция 1.0] / Отв. ред. А.Г. Карапетов. - М.: М- Логос, 2018. - 876 с.

11. Андреев В.К., Лаптев В.А. Корпоративное право современной России: монография. - М.: Проспект, 2015. - С. 55 - 58.

12. Мосин В.А. Недействительность решений органов управления корпораций дис., канд. юрид. наук. - Челябинск, - 2018. - 125 с.

13. Узбекистон Республикасининг Фукаролик кодекси (янги тахрири) Биринчи кисм (gov.uz)

121 - 122.

30;

Scientific Journal Impact Factor

14. Маковская А.А. Правовые последствия недействительности решений общего собрания акционеров и совета директоров акционерного общества. - С.

15. Корпоративное право в ожидании перемен: сборник статей к 20-летию Закона об ООО [Электронное издание] / Отв. ред. А. А. Кузнецов. - Москва : М-Логос, 2020. - 200 с

16. Koryogdiyev, B. U. O. (2021 ). BITIMNIHAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 211-225. https://doi.org/10.24412/2181-1784-2021-11-211-225

17. O'zbekiston Respublikasining "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi qonuni (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son).

18. Корпоративное право в ожидании перемен : сборник статей к 20-летию Закона об ООО [Электронное издание] / Отв. ред. А. А. Кузнецов. - Москва : М-Логос, 2020. - 204 с

19. Мосин В.А. Недействительность решений органов управления корпораций дис. ... канд. юрид. наук. - Челябинск, - 2018. - 145 с.

20. Bakhromjon Topildiev; Rustam Khursanov; Muniskhon Usmonova. "Trust management agreement Property and prospects for its development in the Republic of Uzbekistan". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 3, 2020, 3199-

21. Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 789-799. https://doi.org/10.24412/2181-1784-2021-11-789-799

22. Usmonova Muniskhon (2020). THE ROLE OF FORENSIC PSYCHIATRIC EXAMINATION IN INVALIDATING AN AGREEMENT ENTERED INTO BY A CITIZEN WHO DOES NOT UNDERSTAND THE SIGNIFICANCE OF HIS ACTIONS OR IS UNABLE TO CONTROL THEM. Review of law sciences, 3 (Спецвыпуск), 146-152. doi: 10.24412/2181-919X-2020-3-146-152

355.

3205.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.