Научная статья на тему 'TIL VA NUTQ HAQIDA OLIMLARNING FIKRLARI'

TIL VA NUTQ HAQIDA OLIMLARNING FIKRLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
379
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy kamolot / til / nutq / tafakkur / barqarorlik / o‘zgaruvchanlik / nutq ma’daniyati. / spiritual maturity / language / speech / thinking / stability / variability / speech culture.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdulxayeva M.U.

Ushbu maqolada til va nutqning farqli tomonlari. Til va nutqning rivojlanish davrlari hamda til va nutq to‘g‘risida Alisher Navoiy, Yusuf xos Hojib, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Amir Temur kabi buyuk mutaffakkirlarning til va nutq haqidagi fikrlari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OPINIONS OF SCIENTISTS ON LANGUAGE AND SPEECH

This article discusses the different aspects of language and speech. Information about the development periods of language and speech and about the language and speech of great thinkers such as Alisher Navoi, Yusuf Khos Hajib, Abu Nasr Farabi, Ibn Sina, Amir Timur about language and speech is given.

Текст научной работы на тему «TIL VA NUTQ HAQIDA OLIMLARNING FIKRLARI»

Abdulxayeva M.U.

Qo'qon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

TIL VA NUTQ HAQIDA OLIMLARNING FIKRLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada til va nutqning farqli tomonlari. Til va nutqning rivojlanish davrlari hamda til va nutq to 'g 'risida Alisher Navoiy, Yusuf xos Hojib, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Amir Temur kabi buyuk mutaffakkirlarning til va nutq haqidagi fikrlari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so 'zlar: ma 'naviy kamolot, til, nutq, tafakkur, barqarorlik, o 'zgaruvchanlik, nutq ma 'daniyati.

Abdulkhayeva M. U.

teacher

Department of Primary Education Methodology Kokand State Pedagogical Institute

OPINIONS OF SCIENTISTS ON LANGUAGE AND SPEECH

Annotation. This article discusses the different aspects of language and speech. Information about the development periods of language and speech and about the language and speech of great thinkers such as Alisher Navoi, Yusuf Khos Hajib, Abu Nasr Farabi, Ibn Sina, Amir Timur about language and speech is given.

Key words: spiritual maturity, language, speech, thinking, stability, variability, speech culture.

"Inson ma'naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy - ma'rifiy rivojida ona tilining o'rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatning eng holis va xira tortmas ko'zgusidir. Hadisi shariflarda "Kishining zebu ziynati, go'zalligi uning tilidadir" deyiladi[Maxmudov, 2007: 3].

Inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari, tafakkur "mevalari" til va nutq orqali yuzaga chiqadi. Biz nutq haqida ma'lumot berishdan avval til va nutqni bir-biridan farqlab olishimiz lozimdir. Sababi "til" va "nutq" degan terminlar ko'pincha bir xil ma'noda ishlatiladi.

"Til va nutq hodisalarini o'zaro farqlab yondashish dastlab VIII-IX asrlarda shakllangan arab tilshunosligining til o'rganish usullarida, keyinchlik esa V.Glumboldtning tildagi "energio" (harakat, jarayon, kuch) va "ergon" (mahsulot), A.Shteyntalning tildagi "barqaror mohiyat" va "harakatdagi kuchlar", Boduen de Kurtenening "tildagi barqarorlik va o'zgaruvchanlik" haqidagi ta'limotlarida uchratamiz. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga hos birliklarni tom ma'noda ilmiy - nazariy hamda amaliy farqlash; til va nutq

birliklarining mohiyatini ochish yo'llari, "til" va "nutq" tushunchalariga batamom yangi mazmun berilishi F. de Sosyur va uning izdoshlari yaratgan ta'limot bilan bog'liqdir" deb o'rganamiz[Ne'matov, Bozorov, 1993: 7].

Lekin "til va nutq odobi, nutqiy ma'daniyat, nutq san'ati haqidagi fikrlar, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodida yuqori darajada aks etgan"[Omonturdiyev, Abduraimova, 2016: 14] ini ko'rishimiz mumkin. Masalan, A.Navoiyning muhtasham "Hamsa" sining barcha dostonlari (alohida-alohida boblar) da, "Mahbub ul-qulub", "Muhokamat ul-lug'atayn", "Nazm ul-javohir" va boshqa ko'plab asarlarida so'zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid betakror fikrlarni bayon qilgan[Maxmudov, 2007: 8]. Ayniqsa, "Muhokamat ul -lug'atayn" asarini o'qib o'rganib chiqsak. Bu asar o'zbek tilining bitmas tuganmas fikr bayon qilish imkoniyatlariga ega ekanligini, uning har qanday fikrni ham nazmda to'la va chiroyli ifoda etishga qodirligini ilmiy va amaliy dalillar asosida isbot qilib beradi. Ushbu asarda A.Navoiy ko'ngilni dengizga, so'zni durga, so'zlovchini esa g'avvosga qiyoslaganini ko'rishimiz mumkin. Demak bu fikrlardan bilinadiki til - umumiylikka, nutq esa xususiylikka egadir.

Bundan tashqari A.Navoiy o'zining "Mahbub ul-qulub" asarida shunday deydi: "Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, gar nopisand zohir bo'lsa, tilning ofatidur..."[Navoiy, 1998: 94] ya'ni, tilning shunchalik sharafi bo'lgani bilan u nutqning qurolidir, agar u o'rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir deya ta'rif berganliklarini ham ko'rishimiz mumkin. Shunday ekan bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobiliyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont'ev)[Babayeva, 2018: 432]

Olam ahlini hayrat barmog'ini tishlashga majbur qilgan Abu Nasr forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy kabi ulug' allomalarimiz nutqning inson hayotidagi o'rni haqida ko'plab fikrlarni bayon qilganlar[Maxmudov, 2007: 7]. Masalan, Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri" asarida inson fozilligining muhim belgilaridan biri sifatida quvvai notiqa (nutq quvvatini) ajratadi. Uning fikricha, inson dunyoga kelishi bilan so'zni boqadigan quvvatga ega bo'ladi. Bu g'izolantiruvchi quvvat sanaladi. Undan so'ng inson o'z takomili yo'lida turli quvvatlarni qo'lga kiritadi. Masalan, mutoxayyila quvvati (hayol qilish, umumlashgan obrazlar yaratish), aql quvvati va boshqalar. Insonning olamni bilish jarayonida notiqa quvvatining xizmati katta ekanligini ta'limda ta'kidlaydi [Maxmudov, 2007: 8].

Nafaqat Sharq, balki butun dunyo tib ilmida o'ziga munosib taxt yaratgan buyuk bobomiz Ibn Sino inson hayvondan aqli va tili bilan farq qilishini, shuning uchun insonning eng barkamoli - oqil va so'zga chechani ekanligini aytadi[Aliybek, 2003: 12].

Ulug' bobokalonimiz Amir Temur nutqiy ifodaning aniqligi va rostligini yuksak qadrlagan, boshqalardan ham shuni talab qilgan[Nurmonov, Mahmudov, 2000: 8].

Yusuf Xos Hojib o'zining "Qutadg'u bilig" (Saodatga eltuvchi bilim) asarida tilga quyidagicha ta'rif beradi: "uquv va bilimning tilmochi, tarjimoni tildir. Kishiga ro'shnolik, yaxshilik va ezguliklar til tufayli keladi, buni yaxshi bilib olish kerak. Qut-izzatni ham, obro'-e'tiborni ham kishi til orqali topadi. Agar tilga e'tibor bermasa, uni noo'rin qo'llasa, odam boshining yorilishi hech gap emas"[To'xliyev, 2017: 16].

Asrimizning 20-30-yillaridan boshlab nutq, nutq madaniyati ilmiy problema sifatida jamoatchilik e'tiborini torta boshladi. 50-yillarning oxirlaridan boshlab esa nutq madaniyati tilshunoslikning o'z tekshirish ob'yektiga ega bo'lgan maxsus sohasi sifatida shakllana boshladi. Nutq madaniyatiga oid problemalarni tekshirish bo'yicha rus olimlaridan V.V.Vinogradov, E.D.Polivanov, B.A.Larin, S.I.Ojegov, V.G.Kostamarov va ayniqsa G.O.Vinokurlarning xizmatlari nihoyatda katta.

Nutq so'zining ma'nosi (arabcha) fikrni so'z orqali ifodalash deganidir.

Nutq - kishi faoliyatining bir turi bo'lib, o'zaro aloqa va xabar almashinish, hamda o'z fikrini his - hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish kabi vazifalarni bajaradi.

"Nutqning shakllanishi bolaning umumiy rivojlanishining ehtimol eng muhim shartidir. Nutq - bosh miya tomonidan ta'minlanadigan muhim oliy ruhiy vazifadir va uning rivojlanishida kuzatiluvchi har qanday og'ishlarga vaqtida e'tibor berilishi lozim"[Nazarova, 2017: 66]. Haqiqatdan ham nutq bolaligimizdan sekin astalik bilan rivojlanib boradi. Kimdadir tez, kimdadir esa sekin astalik bilan shakllanadi. Bu ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarida yaqqol namoyon bo'ladi. Shu sababli ham boshlang'ich sinfda o'tiladigan barcha darslarning tag zaminida nutq o'stirish jarayoni muhim o'rin egallaydi. Chunki, o'quvchilarning o'qishi, yozishi, o'z fikr mulohazalarini, tasavvur va tushunchalarini boshqalarga yetkaza olishligi ularning nutqini qay darajada rivojlanganligi bilan bog'liqdir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki ushbu maqola orqali biz til va nutqning farqli tomonlarini, qaysi olim qanday ta'riflaganligini, til va nutq tushunchalari nechanchi arslarda rivojlanganligini bilib olishimiz mumkin. Biz ushbu tushunchalarning farqli tomonlarini o'rganishimizning sababi shundaki, boshlang'ich sinfda o'quvchilarning o'qishi, yozishi, o'z fikr mulohazalarini, tasavvur va tushunchalarini boshqalarga yetkaza olishlik jarayonida nutq muhim ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirhojiddinovna, J. D., Shavkatovna, A. M., & Alijonovna, M. D. (2022). Lingupoetic Features Of Unconventional Combinations And Agricultural Terms In Literary Texts. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 1599-1604.

2. Abdulkhayeva, M. The Role of Dictations in the Development of Students' Written Speech in the First Class. International Journal of Innovative Research in Science, Engineering and Technology.

3. Abdulxayeva, M. (2023). ONA TILI VA O 'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DIDAKTIK METODLARNING TUTGAN O 'RNI. Scienceweb academic papers collection.

4. Musharrafa, A. (2023). Relationship of Mother Language and Reading Literacy with Natural Science. World of Science: Journal on Modern Research Methodologies, 2(3), 78-82.

5. Abdulxayeva, M. (2023). AKTdan foydalangan holda diktant olish metodikasi. Scienceweb academic papers collection.

6. Abdulxayeva, M. (2023). O'Z DIKTANT YOKI YODDAN YOZUV DIKTANTI. Interpretation and researches, 1(1).

7. Musharraf, A. (2023). EDUCATIONAL DICTATION AND ITS TYPES. Open Access Repository, 9(6), 211-216.

8. Abdulhayeva, M. (2023). EDUCATIONAL DICTATION AND ITS TYPES.

9. Абдулхаева, М., & Эргашалиева, С. (2023). РОЛЬ «УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК» НА УЧЕБНЫХ УРОКАХ. Talqin va tadqiqotlar, 1(20).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.