Научная статья на тему 'NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so`z boylik / so`z boyligini oshirirsh / nutq malakalari / zamonaviy texnologiyalar / loyihalash texnologiyalari / nutqni rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nigora Qodirjon Qizi Sobirova

Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilari so`z boyligini oshirirsh, adabiy til me„yorlariga rioya qilgan holda ravon, to`gri shakllangan, chiroyli nutq malakalarini shakllantirish va bunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, usullari va loyihalash texnologiyalarini ilmiy manbalar materiallarini atroflicha o`rganib chiqilib, tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

Nigora Qodirjon qizi Sobirova

Mustaqil tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlangich sinf oquvchilari soz boyligini oshirirsh, adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda ravon, togri shakllangan, chiroyli nutq malakalarini shakllantirish va bunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, usullari va loyihalash texnologiyalarini ilmiy manbalar materiallarini atroflicha organib chiqilib, tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: so z boylik, so z boyligini oshirirsh, nutq malakalari, zamonaviy texnologiyalar, loyihalash texnologiyalari, nutqni rivojlantirish.

Nutq o'quvchilar tafakkurini o'stirishda muhim vositadir. Nutq fikrini bayon etish vositasi bo'libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o'stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyatning mantiqiy uzviyligini ta'minlash asosidagina nutqni muvafaqqiyatli o'stirish mumkin. Shuning uchun o'quvchilar nutqini o'stirishda man'ba tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy jarayonlarga katta ahamiyat beriladi.

Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo'lishini ta'minlaydi. Nutq tafakkur jarayonini o'rganishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Nutqdan o'quvchining fikriy rivojining asosiy o'lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O'quvchilarning barcha fanlardan berilgan materialni o'zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o'z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi.

Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo'lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o'sishi fikrni shaklantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.

O'quvchilar nutqini o'stirish nafaqat ona tili balki boshqa barcha fanlardan o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog'lanadi. Ona tili darslarida o'quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar: kuzatishni, o'ylashni va ko'rganlari, eshitganlari, o'qiganlari haqida to'g'ri bayon qilishni o'rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug'atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to'g'ri tuzishni o'rgatadi.

April 23-24, 2024

926

Grammatika va to'g'ri yozuv darslarida tilni maxsus o'rganish bilan bolalar alohida tovush, bo'g'in, so'z va gaplarni eshitishga va aytishga o'rganadilar. Ular predmet, harakat, belgini bildiradigan ko'pgina so'zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo'g'in, o'zak, so'z, so'z yasovchi, shakl yasovchi, qo'shimcha, so'z turkumi, ot, sifat, son, fe'l, olmosh, bog'lovchi, gap, gap bo'lagi, bosh bo'lak, ikkinchi darajali bo'lak, darak gap, so'roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko'p yangi atamalarni bilib oladilar.

O'qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta'sirli so'zlashi, shuningdek, har doim o'quvchi daftariga barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur.

So'z tilning ma'no bildiradigan asosiy birligi. Tildagi so'zlar yig'indisi tilning lug'at boyligini tashkil etadi. So'zning ikki tomoni: tovush tomoni va ichki - ma'no tomoni bo'lib, uning ma'nosi leksikada o'rganiladi. So'z aniq predmetni ham, mavxum tushunchalarni ham bildiradi. Tilning lug'at tarkibi jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda o'zgarib, rivojlanib, boyib boradi. Bularni leksikologiyada tekshirib boriladi. Shuning uchun ham leksika lug'at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.

Tilning lug'ati qancha ko'p bo'lsa, fikr shuncha aniq ifodalanadi. Jumladan, har bir shaxsning o'z lug'at boyligi bo'ladi. Lug'atga boy kishining nutqi aniq, ravon bo'ladi, shuning uchun boshlang'ich ta'lim oldiga qo'yiladigan asosiy talablardan biri ham o'quvchilar nutqini so'z bilan boyitishdir. Nutqni boyitishga qaratilgan metodikalar lug'at ishlarini yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo'nalishlarini belgilash, o'quvchilar lug'atini boyitish jarayonini boshqarish yo'llarini ishlab chiqadi.

Boshlang'ich ta'limda lug'at ustida ishlash metodikasi 4 yo'nalishda ish olib boradi:

1. O'quvchilar lug'atini boyitish. O'qituvchilarga so'zlarning ma'nolarini tushuntirish orqali har kuni 8-10 ta so'z bilan, jumladan, ona tili darsida 4-6 so'z bilan lug'atini boyitishni ko'zda tutadi.

2. Lug'atiga aniqlik kiritish:

a) o'qituvchilar ma'nosini yaxshi bilmaydigan so'zlar

ma'nosini izohlash orqali;

b) kinoyali, ko'p ma'noli so'z ma'nolarini izohlash orqali;

v) sinonim so'zlarning ma'no qirralarini izohlash orqali;

g) iboralarning ma'nosini izohlash orqali;

3. Lug'atni faollashtirish, kam ishlatadigan so'zlarni ishlatish uchun sharoit yaratish: diologlar, suhbat uyushtirish, bayon, insho yozdirish.

4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni nofaol lug'atga o'tkazish.

April 23-24, 2024

927

Ma'lumki, boshlang'ich maktabda bolaning yetakchi faoliyati o'yin faoliyatidan o'quv faoliyatiga o'zgaradi. Bunday o'zgarish o'quv amaliyotiga ega bo'lmagan ko'plab oquvchilar tomonidan osonlikcha qabul qilinmaydi. O'quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish o'yin va o'quv faoliyatini birlashtirishga imkon beradi. Bu faoliyatning yengil tarafga o'zgarishini ta'minlaydi, o'qitish esa noananaviy va qiziqarli bo'ladi. Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali o'quvchining rivojlanishidagi dolzarb muammolaridan biri bo'lgan nutqning rivojlanish darajasi birinchi o'ringa chiqadi. Oquvchilarning bilimlarni qanchalik keng egallashi nutqning rivojlanish darajasiga bog'liq.

Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ta limda AKTdan foydalanish o qituvchining faoliyatiga yangicha nazar bilan qarashga, uslubiy texnikani qayta ko'rib chiqishga, bilim va ko'nikmalarini boyitishga, bolalarda to'g'ri nutq ko'nikmalarini rivojlantirish dinamikasini va umuman butun o'quv jarayonini faollashtirishga imkon beradi.

Zamonaviy axborot jamiyatida ta'limning maqsadi oldingi avlodlar tomonidan to'plangan tajribani yetkazishgina emas, balki o rganganlarini amaliy faoliyatda qo llashga, vaziyatlarda muammolarga tog ri yechim topishga o rgatishdir. Axir, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish inson faoliyati samaradorligini oshirishga va uni yanada xilma-xil qilishga imkon beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, AKTni o'quv jarayoniga kiritish nafaqat zamonaviy bolalarga zamon bilan hamnafas bo'lishga imkon beradi, balki o'quv jarayonini yanada qiziqarli qiladi, kognitiv motivatsiyani rivojlantirishga yordam beradi.

Zamonaviy AKT eng muhim didaktik prinsipni-vizualizatsiya prinsipini amalga oshiradi. AKT orqali taqdim etilgan ob'ektlar ko'proq ma'lumotli, rang-barang bo'lib, jarayonlarni har tomonlama ko'rib chiqishga imkon beradi. Ko'p sonli misollar keltirilishi mumkin, ammo bitta narsa ushbu misollardan aniq bo'ladi AKTdan foydalanish oquvchini qiziqtirishga imkon beradi, qiziqish motivatsiya elementlaridan biridir. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'rganishni muammoli, ijodiy, tadqiqot faoliyatiga yo'naltirishga imkon beradi, chunki ulardan foydalanish loyiha o'qitish usulini qo'llash imkoniyatini oshiradi. Shunday qilib, o'z pedagogik tajribasini tahlil qilish va umumlashtirish va boshlang'ich maktab o'quvchilarining nutq faoliyatini rivojlantirish muammosi bo'yicha psixologik va pedagogik adabiyotlarni o'rganish asosida quyidagi :

1. Nutqni rivojlantirish bo'yicha ish jarayonida boshlang'ich maktab o'quvchilarining izchil nutqini shakllantirishning psixologik, pedagogik va uslubiy asoslarini bilishga tayanish kerak.

2. Nutqni rivojlantirish bo'yicha turli xil uslubiy shakllar va usullar bilan ishning samaradorligini ta'minlanadi.

928

April 23-24, 2024

3. Darslarda o'quvchilar nutqini rivojlantirish bo'yicha ishlar maktabning bo'lajak bitiruvchisining har tomonlama rivojlangan, ijtimoiy faol shaxsining umumiy madaniyatini shakllantirishga katta hissa qo'shadi. Ushbu ish o'quvchining tafakkurini, ularning kuzatuvchanligini, mulohazali bolishni va hurmatni rivojlantiradi.

Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'quvchilar nutqini rivojlantirish boshlang'ich maktabning eng muhim vazifalaridan biri bo'lgan va shunday bo'lib qolmoqda. Uni rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar ta'limning dastlabki bosqichlaridan boshlab amalga oshiriladi. Bola nafaqat atrof-olam haqida fikrlashi balki, jarayonlarga aniq tavsif berishi kerak. Bunday holda, ixtiyoriy matnni tavsif yoki ertak shaklida qurish mumkin. U o'z fikrlarini baham ko'rishga muhtoj bo'lganida, dars yuqori hissiy darajada o'tganida: uning fikrlari va his-tuyg'ulariga ta'sir qilganda buni chuqur ifoda etadi. Bunday holatda bolalarning asosiy nutq qobiliyatlari va ko'nikmalarini muvaffaqiyatli egallashi uchun o'qituvchidan say-xarakat talab etiladi. Ayniqsa o'qituvchining ishida AKTdan foydalanish uning ish faoliyatiga yangicha nazarda qarashga, uslubiy texnikani qayta ko'rib chiqishga, bilim va ko'nikmalarni boyitishga, bolalarda to'g'ri nutq ko'nikmalarini rivojlantirish dinamikasini va umuman butun o'quv jarayonini faollashtirishga imkon beradi.

REFRENCES

1. Qurbonova O. Davletova A. O'quvchilarning nutq madaniyati va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish. https://cyberleninka.ru. 2022 yil.

2. Sobirova M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423

3. Sobirova M. (2022). Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) 0I:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.

4. Sobirova M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-lll.html-P.36-39.

5. Sobirova M. (2022). In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip-linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 - 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. - P. 151-158. https://repo.j ournalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

929

April 23-24, 2024

6. Sobirova M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( D01:10.15863/TAS Published: 18.12.2020.

7. Sobirova, M.Y. (2023). The role of educational tools in anthropocentric relationship education. European Journal of Education and Applied Psychology 2023, No 4. https://doi. org/10.29013/EJEAP-23-4-52-58

8. Sobirova, M. (2023). Обучение языковым явлениям на основе анализа текста. "Этнокультурный и социолингвистический аспекты в теории и практике преподавания языков в негуманитарных вузах" mavzusidagi Ill xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Минск, 30 март 2023 й., - B. 299-302. https://rep.bntu.by/handle/data/130394

9. Sobirova, M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-lll.html-P.36-39.

10. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. https://www.int-jecse.net /abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) D0I:10.9756 /INTJECSE/V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 27503402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages.

11. Sobirova, M. & Shermatova, D. (2021). Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) СКОПУС 5288-5295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.

12. Sobirova, M. (2021). The use of integrated technology in the teaching of humanism in language education. POLISH SCIENCE JOURNAL (ISSUE 1(34) - Warsaw: Sp. z o. o. "iScience", 2021. Part 3 - 234 p. https://sciencecentrum.pl/wp-content/ uploads/2021/01/PQLISH%20 SCIENCE%20JQURNAL%20 %E2% 84%9634%20-%203%20%28web%29.pdf стр. 98-105

13. Sobirova,M.Y. (2019). About the history of speech culture and art of oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42657439

930

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.