Научная статья на тему 'O‘QITUVCHILARDA NUTQ MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR'

O‘QITUVCHILARDA NUTQ MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / nutq / ijtimoiy jamiyat / madniyat / muloqot / nutqiy ko'nikma / tizimli rivojlantirish / malaka / mustaqil fikrlash / ijodiy tafakkur / gapirish / tinglab tushunish / o„qish va yozish ko'nikmalari.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zulfizar Usmonjonovna Rahmonova

Mazkur maqolada o'qituvchilarda nutqiy ko'nikmalarni tizimli rivojlantirish tamoyillari, ta'limida o'quvchilarning ijodiy fikrlash va o'z fikrini turli nutq vaziyatlariga mos holda og'zaki hamda yozma shaklda ifodalay olishlariga erishish yo'llari haqida fikrlar bayon qilingan. Buning uchun notiqlik madaniyati texnologiyasida tadqiqot davrigacha yaratilgan ilmiy yondashuvlarning mavzuga eng yaqin qismiga atroflicha munosabat bildirilgan va muayyan xulosalarga kelingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHILARDA NUTQ MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

O'QITUVCHILARDA NUTQ MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

Zulfizar Usmonjonovna Rahmonova

Mustaqil tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'qituvchilarda nutqiy ko'nikmalarni tizimli rivojlantirish tamoyillari, ta'limida o'quvchilarning ijodiy fikrlash va o„z fikrini turli nutq vaziyatlariga mos holda og'zaki hamda yozma shaklda ifodalay olishlariga erishish yo'llari haqida fikrlar bayon qilingan. Buning uchun notiqlik madaniyati texnologiyasida tadqiqot davrigacha yaratilgan ilmiy yondashuvlarning mavzuga eng yaqin qismiga atroflicha munosabat bildirilgan va muayyan xulosalarga kelingan.

Kalit so'zlar: til, nutq, ijtimoiy jamiyat, madniyat, muloqot, nutqiy ko'nikma, tizimli rivojlantirish, malaka, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur, gapirish, tinglab tushunish, o'qish va yozish ko'nikmalari.

KIRISH

Jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va texnikaviy o'zgarishlar milliy tilimizga, ya'ni o'zbek tiliga kirib kelayotgan so'zlar sonining keskin ko'payishiga va ma'no mohiyati jixatidan birmuncha o'zgarishlarga olib kelmoqda.

Barchamizga yaxshi ma'lumki, o'qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng murakkab va doimiy munozaralarga sabab bo'lib kelayotgan jarayon. Shuning uchun avvalo o'qituvchi nutq texnikasini to'g'ri egallashi lozim. O'qituvchi har xil vaziyatlarda, turli xarakterdagi o'quvchilar bilan muloqotda bo'ladi. Demak u o'z nutqini ana shu vaziyatlar asosida, o'quvchilar holatiga qarab tuzishi, o'zgartirishi, doimo nutqining ta'sirchan chiqishiga e'tibor berishi lozim.

O'quvchilar o'qituvchi nutqiga juda e'tibor beradilar. Biror harf yoki tovushni noto'g'ri aytilishi kulgiga sabab bo'ladi. Bir ohangdagi nutq-tezda charchatadi. Individual suhbat paytidagi o'qituvchining baland ovozidan o'quvchi o'zini aldanayotgandek his etadi. Bu o'qituvchiga ishonchsizlik bilan qarash hislarini uyg'otadi.

Yosh avlodga tabiatni va jamiyatni rivojlanish qonunlarini singdirish insonlarni ma'naviy o'zaro munosabatlariga oid ko'nikmalarni egallashda o'qituvchi nutqining ahamiyati beqiyosligi pedagoglik kasbining ko'p asrlik mavjudligi davomida isbotlangan va asosli dalildir. Ammo, ba'zan o'qituvchining kommunikativ xulqiga

April 23-24, 2024

824

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavjat^edagogi

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

mos kelmaydigan nutq ko'nikmalari ham uchrab turadi: albatta baland ovoz, qo'pol ohang, imkoniyat bermaydigan baholash va tanbehlar, talab qo'yishning avtoritar ko'rinishi va hokazo. O'qituvchilik kasbiga xos bo'lmagan bunday sifatlarni paydo bo'lishiga sabab nima? Bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun bo'lajak o'qituvchi nimalarni bilishi kerak? Ushbu savollarga o'qituvchi nutqi nima, uni vazifalari va xususiyatlari nimalardan iborat ekanligini tahlil qilish orqali javob topishga urinib ko'ramiz. O'qituvchi nutqi o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish vazifasini bajarishini ta'minlashi lozim. Shuning uchun unga nafaqat umummadaniy, balki kasbiy, pedagogik talablar ham qo'yiladi. O'qituvchi o'z nutqining ham mazmuni, ham sifati, ham oqibati uchun ham ijtimoiy javobgarlikka egadir. Aynan shuning uchun ham o'qituvchi nutqi uni pedagogik mahoratini muhim elementi sifatida qaraladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Notiqlik san'ati inson faoliyatining eng qadimgi turlaridan biri bo'lib, u qadimgi Misr, Assuriya, Vavilon, Hindistonda ham ma'lum bo'lgan. Lekin notiqlik san'atining eng gullab, ravnaq topgan joyi Gresiyadir. Afina va Rimda notiqlik juda ham qadrlangan. Shuni aytish kifoyaki, jahon ijtimoiy taraqqiyotining hech bir davrida, hech bir bosqichiga notiqlik san'ati qadimgi Yunonistondagi kabi katta mavqe va kasbiy barkamolikka erishganicha yo'q.

O'zbek tilshunosligi va san'atshunosligida notiqlik san'ati va uning o'tmishi yetarli ishlangan emas. Shu tufayli o'tmish Sharq notiqligi bilan hozirgi ma'nodagi nutq madaniyati sohasi orasidagi ko'pgina o'xshash hamda farqli tomonlar biz uchun qorong'idir. Nutq madaniyati sohasi va uning maqsadini ommaga yetkazishda o'tmish notiqligining ijobiy tomonlaridan keng foydalaning zarur. Ushbu notiqlikning ko'pgina ko'rsatmalari, qoidaviy holatlari, taniqli notiqlarning shaxsiy qobiliyat va faoliyatilari nutq madaniyatini tarbiyalashda yaxshigina namunaviy tashviqot quroli bo'lishi mumkin. Bu masala S.Inomxo'jaevning «O'tmish sharq notiqligi» kitobida yaxshi ko'rsatilgan. Shuningdek, keyingi asrlarda ijod qilgan Ogahiy, Komil Xorazmiy, Munis Xorazmiy, Mashrab, Maxmur, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Avaz O'tar o'g'li, Fitrat, Behbudiy, So'fizoda, Hamza kabi mutafakkirlarning asarlarida o'zbek mumtoz adabiy tili me'yorlari amaliy jihatdan mukammallashib bordi va ularning asarlari nutq madaniyati rivojiga bebaho hissa bo'lib qo'shildi.

G.O.Vinokur o'zining «Kultura yaztika» asarida nutq madaniyatining notiqlik bilan bog'liq tomonlariga alohida to'xtaladi: «Notiqlik nutqi deganda men har qanday monologik og'zaki nutqni emas, balki tinglovchilarni ma'lum harakatga chorlovchi

825

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

yoki ularda qandaydir g'oyalar, tasavvurlar tizimini uyg'otishga qaratilgan maxsus vazifa bajaruvchi nutqni tushunaman.»

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

O'qituvchi nutqini o'ziga xosligi uni o'quvchilarga yo'naltirilganligi, qaratilganligidadir. O'qituvchi so'zi doim aniq nishonga ega- u o'quvchilarni fikriy idroki va tushunishini hisobga olishi bilan ajralib turadi. Kuzatuvchan pedagog o'z nutqini tarbiyalanuvchilari qanday aks ta'sir ko'rsatishini oldindan ko'ra bilgan holda quradi. Bu esa, pedagogni o'z nutqini ancha samarali tashkil etish, o'zaro muomalada uni sayqallashtirishga yordam beradi. Og'zaki nutqning bu xususiyatidan samarali foydalanish, o'qituvchiga o'quvchilardan aqliy hozirjavoblikka, o'zaro qayg'urish, hamfikrlilikka, hamkorlikka chaqirishga yordam beradi. Pirovardida, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida yaqinlashuv kuzatiladi, ularni birgalikdagi faoliyati vujudga keladi.

O'qituvchi nutqining yo'naltirilganligi nimada ko'rinadi? Avvalo bu, nima haqda gapirayotgan bo'lsa, unga nisbatan o'zining munosabati qandayligida, uni samimiyligida ko'rinadi. Aqlli o'qituvchi uchun uning nutqi, bolalar bilan muomalasi- o'zini ifodalash, o'zining ma'naviy dunyosini ko'rsatish vositasidir.

O'qituvchi nutqini yo'naltirilganligi nimada ko'rinadi? Avvalo bu, nima haqda gapirayotgan bo'lsa, unga nisbatan o'zining munosabatini qandayligida, uni samimiyligida ko'rinadi. Aqlli o'qituvchi uchun uning nutqi, bolalar bilan muomalasi- o'zini ifodalash, o'zining ma'naviy dunyosini ko'rsatish vositasidir.

1-jadvalda aks etgan tizim notiqlikka doir o'quv materiallarining metodik ta'minotini takomillashtirishga ko'maklashadi. Unda o'quv materiallari sirasida nazariy ma'lumot, topshiriq, mashq, texnologiya va usullarning vazifasi, mazmuni va xususiyati aks etgan. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, mashq va topshiriqlar ta'lim mazmuni hisoblangan darsliklar tarqibiy qismi bo'lishidan tashqari, alohida tizim sifatida ham qo'llanilishi maqsadga muvofiq. Aniq fanlar bo'yicha qiziqarli masalalar to'plami, tizimi mavjud. Biroq ona tili o'qitishga doir maxsus mashq va topshiriqlar tizimi amaliyotda faol qo'llanilmaydi.

1- jadval. Notiqlikka doir o'quv materiallarining metodik ta'minoti

Nutqiy ko'nikmalar Vazifasi O'quv topshirig'i mazmuni Xususiyati

Tinglab tushunish(anglash) Eshitilganlarni anglashga o'rgatadi Eshitilgan matn asosida qisqa bayon yozib bering. Topshiriq asosida rivojlanadi.

O'qib tushunish (fahmlash) Matn mazmunini uqish, g'oya va fikmi idrok etishga o'rgatadi. Matnni o'qib tushunganingizni undagi so'zlarni Topshiriq va mashq orqali rivojlanadi.

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

826

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

izohlash orqali asoslang.

Gapirish (nutq) Adabiy talafuz qoidalari, nutq vaziyatiga mos ravishda to'g'ri va o'rinli so'zlashga o'rgatadi. Matn haqida o'z mulohazangizni so'zlab bering. Savol, topshiriq va mashq orqali rivojlanadi.

Yozish (bayon) O'z fikrini tushunarli, grammatik jihatdan to'g'ri, nutq vaziyatiga mos yozma ifodalashni o'rgatadi 1-mashq matnda ajratib yozilgan so'zlarning sinonimini topib yozing. Mashq orqali rivojlanadi.

Mantiqiy fikrlash Matndan anglashilgan mazmun haqida mustaqil mushohada qilishga o'rgatadi. Matndan anglaganingizni tushuntiring. Voqea hayotga mosmi? Savol va topshiriq orqali rivojlanadi.

NATIJALAR

O'qituvchini og'zaki nutqi ikki xil ko'rinishga ega - monolog (monologik nutq) va dialog (dialogik nutq). Bu nutqlarni o'quvchilar bilan o'zaro muomaladagi shakllari turli-tumandir. Keng tarqalgan monologik nutq shakllari hikoya, ma'ruza, sharh, tushuntirish (qoidalar, qonunlar, atamalarni) hisoblanadi. O'qituvchini dialogik nutqi savol-javob shakliga asoslangan o'quvchilar bilan olib boriladigan turli suhbat ko'rinishlaridir.

Pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishini ta'minlash uchun o'qituvchi nutqi ma'lum talablarga, ya'ni olimlar ta'biri bilan aytganda, kommunikativ sifat talablariga javob berishi kerak. Shuningdek, pedagog nutqini talabga javob berishi uni normativligi, ya'ni zamonaviy adabiy til me'yorlariga muvofiqligi, so'zlardan foydalanishni aniqligi, nutqni ifodaliligi talablari - uning obrazliligi, emotsionalligi, yorqinligi bilan ta'minlanadi. Umuman olganda pedagog nutqini kommunikativ sifatlari: to'g'riligi, aniqligi, mosligi, leksik jihatdan boyligi, ifodaliligi va sofligi o'qituvchini nutq madaniyatini belgilaydi.

Pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishini ta'minlash uchun o'qituvchi nutqi ma'lum talablarga , ya'ni olimlar ta'biri bilan aytganda, kommunikativ sifat talablariga javob berishi kerak. Shuningdek, pedagog nutqini talabga javob berishi uni normativligi, ya'ni zamonaviy adabiy til me'yorlariga muvofiqligi, so'zlardan foydalanishni aniqligi, nutqni ifodaliligi talablari - uni obrazliligi, emotsionalligi, yorqinligi bilan ta'minlanadi. Umuman olganda, pedagog nutqining kommunikativ

827

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogika^niversiteti

sifatlari: to'g'riligi, aniqligi, mosligi, leksik jihatdan boyligi, ifodaliligi va sofligi o'qituvchini nutq madaniyatini belgilaydi.

O'qituvchi nutqidan kommunikativ sifatlariga bo'lgan talablar, eng avvalo, uning pedagogik vazifalari bilan belgilanadi. O'qituvchi nutqining asosiy vazifalaridan biri - bilimlarni to'laqonli yetkazish (uzatish)ni ta'minlashidir. Ma'lumki, o'qituvchi nutqini kommunikativ xususiyatlari bilan o'quvchilarni bilimlarini muvaffaqiyatli o'zlashtirishi va xotirada saqlab qolishi o'rtasida bevosita aloqadorlik mavjud. O'qituvchi nutqi bunday idrokni yengil, qiziqarli qilishi va aksincha murakkablashtirishi mumkin. Bilimlarni namoyish etish bilan o'qituvchi nutqini yana bir vazifasi uzviy bog'langan- o'quvchining o'quv faoliyati samaradorligini ta'minlashi lozim. Binobarin, o'qituvchi nutqini tinglash orqali o'quvchi ko'plab jarayonlarni amalga oshiradi: eshitgan ma'lumotlarni ko'z oldida gavdalantiradi, uni o'zida mavjud bilimlar bilan taqqoslaydi, fikrlaydi, eslaydi, o'qituvchi izohini mantiqiy ishlaydi va h.k. Bu tinglovchi o'quvchining murakkab ishi bo'lib, uni e'tiborga olish, nutqini ham mazmuni, ham tezligi, ham ohangi, mantiqiy ravonligini o'ylab ko'rish kerak.

Pedagogik nutqning navbatdagi vazifasi - o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi produktiv o'zaro munosabatni ta'minlashi. Bu eng muhim vazifa bo'lib, u o'qituvchi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi hamkorlik, o'zaro ta'sirni o'rnatilishiga yordam beradi, qaysiki uni asosida ta'lim va tarbiya amalga oshiriladi. Aynan sof insoniy munosabatlarni xarakteri pedagogik muvafaqqiyatni sezilarli darajada belgilab beradi. O'qituvchini nutqi ushbu munosabatlarni o'rnatilishida boshqaruvchilik rolini bajaradi. Bunda hamma narsa ahamiyatlidir: o'qituvchi o'quvchiga qanday muomala qilishi, ularni qanday rag'batlantirishi, o'z talablarini qanday qo'yish, qanday ogohlantirishi, tilaklar bildirishi, o'z nutqining jilosi, quvvatlovchi ohanglarini qandayligi, yuz ifodasi, nigohi, imo-ishorasi. Bularni o'quvchini bilish faoliyatiga ta'siri to'g'risida biz yuqorida to'xtalib o'tgan edik.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o'quvchi shaxsida ta'limga oid va ma'naviy bilimni shakllantirishda o'qituvchi bevosita boshqaruvchi sifatida o'z nutqini doimo rivojlantirib, takomillashtirib borishi lozim bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, jamiyatga bilimli, komil shaxsni yetkazishga o'z ta'sirini ko'rsatishi muqarrardir.

Yosh avlodga tabiatni va jamiyatni rivojlanish qonunlarini singdirish insonlarni ma'naviy o'zaro munosabatlariga oid ko'nikmalarni egallashda o'qituvchi nutqining ahamiyati beqiyosligi pedagoglik kasbining ko'p asrlik mavjudligi davomida isbotlangan va asosli dalildir. Savol tug'iladi: pedagog nutqi omma nutqidan nimasi bilan farq qiladi? O'qituvchi nutqining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

April 23-24, 2024

828

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Binobarin, o'qituvchi eng ko'p muomalada bo'ladi, butun sinfga murojaat etadi, butun jamoani so'zlash orqali, nigohining diqqati va sinovchanligi bilan boshqaradi. "O'qituvchi nutqi" atamasi ya'ni "pedagogik nutq" - qoidaga ko'ra, pedagogni og'zaki nutqi(uni yozma nutqdan farqli ravishda)ni nazarda tutib qo'llaniladi. Og'zaki nutq deganda so'zlash jarayonini o'zi, og'zaki bayon etishni vujudga kelishi bilan birga, bu jaryonni natijasi - og'zaki bayon etishni o'zi ham tushuniladi. O'qituvchining og'zaki nutqi - bu pedagog tomonidan so'zlash davomida yaratiladigan nutqdir.

REFERNCES:

1. Maxmudov N.M. O'qituvchi nutq madaniyati. Darslik. - Toshkent: 2007. 167 b.

2. Sobirova, M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423

3. Sobirova, M. (2023). Обучение языковым явлениям на основе анализа текста. "Этнокультурный и социолингвистический аспекты в теории и практике преподавания языков в негуманитарных вузах" mavzusidagi Ill xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Минск, 30 март 2023 й., - B. 299-302. https: //rep .bntu. by/handle/data/130394

4. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-iecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) OI: 10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.

5. Orishev, Jamshid (2021) "PROJECT FOR TRAINING PROFESSIONAL SKILLS FOR FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION," Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal: Vol. 2021 : Iss. 2 , Article 16.

6. Sobirova, M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-111.html -P.36-39.

7. Sobirova, M. (2022). In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip- linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 - 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. - P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

8. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and

April 23-24, 2024

829

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Я

technology. https://www.int-jecse.net /abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756 /INTJECSE/V 14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages.

9. Видеке Б., Хамраева В., Паёзов М., Анализ компонентов речевых аудиосигналов в расширенном диапазоне частот. - Т.: ТУИТ, 2010., [15-16 ст.].

10. Sobirova, M. & Shermatova, D. (2021). Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) СКОПУС 52885295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.

11. Sobirova, M. (2021). The use of integrated technology in the teaching of humanism in language education. POLISH SCIENCE JOURNAL (ISSUE 1(34) -Warsaw: Sp. z o. o. "iScience", 2021. Part 3 - 234 p. https://sciencecentrum.pl/wp-content/ uploads/2021/01/PQLISH%20 SCIENCE%20JQURNAL%20 %E2% 84%9634%20-%203%20%28web%29.pdf стр. 98-105

12. Sobirova, M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( DOI: 10.15863/TAS Published: 18.12.2020.

13. Azizxo'jayeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. TDPU. 2003.

14. Sobirova, M.Y. (2019). About the history of speech culture and art of oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42657439

15. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. - Toshkent: IQTISOD-MOLIYA. 2010-y.

830

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.