SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
NUTQ - O'QUVCHILAR TAFAKKURINI O'STIRISHDA MUHIM VOSITA
Iskandarova Maftuna Quvondiq qizi
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2-bosqich magistranti
Ushbu maqolada nutq - o'quvchilar tafakkurini o'stirishda muhim vosita ekanligi ochib beriladi.
Kalit so'zlar: lug'at tarkibini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish, so 'z birikmasi, og'zaki vayozma nutqini o'stirish.
This article reveals that speech is an important tool in the cultivation of reader thinking.
Keywords: knowledge of the composition of the dictionary, grammatical construction, improvement of thought, cultivation of vocabulary, oral and written speech.
Эта статья показывает, что речь является важным инструментом в развитии мышления учащихся.
Ключевые слова: усвоение словарного запаса, грамматического строя, совершенствование мышления, развитие словарного запаса, устной и письменной речи.
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo'libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psiхologik asosi vazifasini bajaradi, uni o'stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Аqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o'stirish mumkin. Shuning uchun o'quvchilar nutqini o'stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o'sadi. Tushuncha so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo'lgan so'zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so'z (so'z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo'ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog'langandir. Nutq bo'lmasa, tafakkur ham bo'lmaydi, til materiali bo'lmasa, fikrni ifodalab berib bo'lmaydi».
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo'lishini ta'minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug'at tarkibini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o'stirii uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o'rganishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Nutqdan o'quvchi fikriy rivojining asosiy o'lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O'quvchining barcha predmetlardan materialni o'zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanish haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o'z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaraladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo'lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib etiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o'sishi fikrn shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.
O'quvchilar nutqini o'stirish boshqa o'quv predmetlaridan o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog'lanadi. Ona tili darslarida o'quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o'ylashni va ko'rganlari, eshitganlari, o'qiganlari haqida to'g'ri bayon qilishni o'rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug'atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqnn to'g'ri tuzishni o'rgatadi.
Uqish darsi va u bilan bog'liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o'quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi; bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o'stirishga keng imkoniyat mavjud. SHe'r, maqolalarni o'qish, o'qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida ko'rganlarini hikoya qilish o'quvchilar og'zaki nutqini o'stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma nutqni o'stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o'rganish va o'qish darslarida o'quvchilar bajaradigan so'z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda ularga yordam beradi. O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdagi muvaffaqiyat uch asosiy omilga bog'liq:birinchidan, so'zga e'tibor bilan munоsаbаtdа bo 'lish, bоlаlаrning ko 'p mutоlаа qilishi, аtrоfldаgi kishilarning to 'g'ri va ifodali nutqi, ya 'ni nutqiy sharoit; ikkinchidan, bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi; uchinchidan, nutq o 'stirishda o 'qituvchining til nazariyasiga, grammatikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko'nikmasiga bog 'liq.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
G.K.Selevko tadqiqotlarida o'qitishni tabaqalashtirish o'quv jarayonini tashkil etish shakli sifatida izohlanadi, o'zida bilim darajasi bir xil bo'lgan, u yoki bu jihatdan o'quv jarayonida umumiy sifatlarga ega bo'lgan o'quvchilar guruhi bilan o'qituvchi ishlaydi. O'qitishni tabaqalashtirish o'quv jarayonidagi ta'lim oluvchilarning turli guruhlarini ixtisoslashtirilishini ta'minlaydigan umumiy didaktikaning bir qismi sifatida ham belgilanadi.
Matematika darslari o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirishda muhim ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to'liq javob berishga, atamalarni to'g'ri ishlatib, qoidalarni o'z saviyalariga mos ravishda aniq shakllantirishga o'rgatiladi. Bular, o'z navbatida, o'quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish vositasi hisoblanadi.
Bog'lanishli nutq ko'nikmalarini egallashga masala echish bilan bog'liq holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o'rgatish mashqlari samarali ta'sir ko'rsatadi. Masala o'qib eshittirilgandan so'ng, o'quvchilar uning asosiy mazmunini eshitib idrok etishga, to'g'ri, qisqa va aniq qayta aytib berishga o'rgatiladi. Masala tuzishga o'rgatish esa mantiqiy izchil, muhokama elementlari bilan kichik hikoya tuzish imkoniyatini beradi. Bu mashq o'quvchidan faollikni va mustaqillikni talab etadi, bolaning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish esa uning umumiy rivojlanishida va tarbiyaviy maqsadda juda muhimdir. Masala tuzish kichik hikoya tuzishdir. Masalaning hikoyadan farqi shundaki, unda nimadir noma'lum bo'lib, uni topish uchun ma'lum so'roqqa javob berish talab etiladi. O'quvchi rasm asosida «Daraxtga uchta chumchuq qo 'ngan edi, yana ikkita chumchuq uchib kelib qo 'ndi. Daraxtda nechta chumchuq bo'ldi?» masalasini tuzadi. Bu masalani yechishda o'quvchilar daraxtga qo'ngan chumchuqlar sonini bilish uchun nima qilish kerakligini o'ylaydilar, muhokama qiladilar. Masalani yechish uchun aniq izchillikda muhokama yuritish va tushuntirish bilan bolalar o'z fikrlarini matematika tilida aniq va bog'lanishli bayon etishga o'rganadilar.
Shunday qilib, matematika darslarida o'qituvchi bolalar lug'atini boyitish, turli xil gap, bog'lanishli nutq va bayon, muhokama elementi mavjud bo'lgan hikoya tuzish ustida ishlaydi. O'qituvchi matematika tili xususiyatlarini o'zlashtirishga ko'maklashish bilan bog'liq holda, o'quvchilar tafakkurini, nutqini o'stiradi. O'qituvchi matematik mazmungagina emas, balki shu mazmunni bolalar nutqida to'g'ri shakllantirishiga ham e'tibor bersa, bu darslarda o'quvchilar egallaydigan bilim haqiqiy va ular nutqining o'sishi uchun samarali vosita bo'ladi. «Fikrni aniq shakllantirishni talab qilish, masala shartini ongli takrorlatish, mustaqil masala tuzdirish va savollar yordamida masalani echish yo'lini tushuntirish ko'nikmasi
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ustida nshlash o 'quvchilarda qayta hikoyalash, insho va muhokama qilish madaniyatini o 'stiradi».
O'quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko'rgan narsalarini o'qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o'zaro taqqoslab, o'xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o'z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurni o'stiradi. Tabiat hodisalari va predmetlarni idrok etish bilan bolalar ongida tabiatshunoslikka oid tushunchalar hosil bo'ladi. Bu tushunchalar ta'lim jarayonida yo narsalarni (daraxt, olma, shaftoli, o'rik, olxo'ri, gul, o't kabi), yoki ularning belgisini (mevali, mevasiz; achchiq, nordon, shirin; qizil, oq kabi), harakatini (daraxt o 'sadi, qush uchadi, bulbul sayraydi kabi) ifodalovchi so'zlar bilan bog'lanadi.
Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya va ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg'ulotlar ham o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirishga imkon beradi.
O'quvchilar nutqini o'stirishda o'qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga ega. O'qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta'sirli so'zlashi, shuningdek, har doim o'quvchi daftariga barcha hujjatlarga: husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u bolalarni ifodali so'zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o'rgatadi, tilga sezgirlikni uyg'otadi.
O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdagi muvaffaqiyat uch asosiy omilga bog'liq:birinchidan, so'zga e'tibor bilan munosabatda bo'lish, bolalarning ko'p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to 'g'ri va ifodali nutqi, ya 'ni nutqiy sharoit; ikkinchidan, bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi; uchinchidan, nutq o 'stirishda o 'qituvchining til nazariyasiga, grammatikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko 'nikmasiga bog'liq.
G.K.Selevko tadqiqotlarida o'qitishni tabaqalashtirish o'quv jarayonini tashkil etish shakli sifatida izohlanadi, o'zida bilim darajasi bir xil bo'lgan, u yoki bu jihatdan o'quv jarayonida umumiy sifatlarga ega bo'lgan o'quvchilar guruhi bilan o'qituvchi ishlaydi. O'qitishni tabaqalashtirish o'quv jarayonidagi ta'lim oluvchilarning turli guruhlarini ixtisoslashtirilishini ta'minlaydigan umumiy didaktikaning bir qismi sifatida ham belgilanadi.
O'qitish tizimining qurama texnologiyasi (N.P.Guzik)
«O'qitish tizimining qurama texnologiyasi» saviyasiga va darslarda mavzu bo'yicha davriylikni rivojlantirishga ko'ra sinf ichidagi o'qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi. Darslar har bir mavzu bo'yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo'ladi:
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);
ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o'quv materiallarining chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko'zda tutgan, tuzilgan seminar mashg'ulotlarlari (bunday darslar uchtadan betshagacha bo'lishi mumkin);
bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (guruhlash) darslari (mavzular bo'yicha sinovlar);
Fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo'yicha vazifalarni himoya qilish)
Dars-praktikumlar
Keyingi bosqichda o'qituvchi o'quvchilarning saviyalariga ko'ra tabaqalashtirish ishlarini tashkil etadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko'nikmalarni nazorat qilishda amalga oshiriladi.
Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchilikda: «A», «V», «S» dasturlari ajralib turadi.
Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
muayyan darajadagi bilim, malaka va ko'nikmalarni egallashni ta'minlaydi;
ta'lim oluvchilarning ma'lum darajadagi mustaqilligini ta'minlaydi;
«S» dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta'lim oluvchilar fan bo'yicha o'quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o'zlashtiradilar. «S» dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o'tmasdan oldin har bir o'quvchi bajara olishi lozim.
«V» dasturi mavzuni qo'llash bilan bog'liq masalalarni echish uchun zarur bo'lgan o'quv va aqliy faoliyatining umumiy va o'ziga xos usullari bilan birga egallashni ta'minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo'shimcha ma'lumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish etadi va oydinlashtiradi, tushunchalarning amal qilish va qo'llanishini ko'rsatib turadi.
«A» dasturi o'quvchilarning bilimlarini to'la anglash, ijodiy qo'llash darajasiga ko'taradi. Bu dasturda ijodyi qo'llash istiqbolli tobora takomillashib boruvchi ma'lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan.
Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni erkin tiklash metodikasi qo'llanadi. Hozirgi kunda dars jarayonini jonli tarzda o'tkazish, undagi yangi mazmunni o'kuvchilarga to'larok etkazish uchun pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamonaviy texnologiyaning dolzarb talabi bo'lib xizmat qiladi.
O'qituvchilardan ham dars samaradorligi oshiradigan, o'quvchilar faollligini kuchaytiradigan texnologiyalarni qo'llash talab etilmoqda. Bunday talablarga asosan
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
o'quvchilarda o'zaro raqobatni o'matish uchun adabiyot darslarida o'yin mashg'ulotlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Chunki o'yin texnologiyasi o'kuvchilar orasida faollikni yanada kuchaytiradi va mavzuga oid bo'lgan kizikishni yanada oshiradi. Adabiy ta'limda asosiy faollik o'qituvchining o'zida mujassam bo'lishi kerak. Shundagina o'quvchilar orasidagi faollikni ta'minlay oladi.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishda turli xil o'yinlardan samarali foydalanishga alohida e'tibor berilmoqda. Bugungi kunda adabiy ta'lim jarayonida qo'llash nihoyatda qulay bo'lgan bir qator o'yinli texnologiyalar yaratilmoqda. O'yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy malaka va ko'nikmalariga aylanishini ta'minlabgina qolmay, balki ta'lim oluvchilarda muayyan axloqiy irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o'z ulushini qo'shadi.
D.B.Elkoninning fikriga ko'ra, "Xuddi shu oddiygina o'yin orqali o'sib kelayotgan bolaning tasavvuri ilk marotaba karor topa boshlaydi"1. Bir kancha izlanishlar shu fikrga olib keladiki, o'yin - bu taraqqiyotning rolidir, uning kelajakka, rivojlanishga qaratilgan, undan kelib chiqadigan qonun-qoidalar, iroda hamda matonat maktabidir.
Zakovat o'yini
Bu o'yinni o'tkazishda dastlab auditoriyani o'yinga moslashtirish lozim bo'ladi. O'yin ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi. YUkori ball olgan o'kuvchilar o'yinda ishtirok etish hukukiga ega bo'ladi. O'yin katnashchilari 6-8 kishidan iborat bo'ladi. Qolgan o'kuvchilar esa o'yinni tamoshabin sifatida kuzatib turishadi. O'yin uchun mo'ljallangan savollar konvertga joylashtirib ko'yiladi. Guruh sardori savolni olib o'kituvchiga beradi. O'kituvchi savolni o'kib eshittiradi. Javobni aniklash uchun bir dakika vakt ajratiladi. Bu vakt orasida o'yin ishtirokchilari javobni maslahatlashib topishga harakat kilishadi. Bu o'yinni asosan, yukori sinfda o'tkazish tavsiya etiladi.
Zakavot o'yinlarida asosan, o'rtaga muammoli savollar tashlanib, shu muammoni hal etishga dikkat karatiladi.
9 sinfda Ogahiy hayoti va ijodini o'rganishda bu o'yinni ko'llash va kuyidagi savollardan foydalanish mumkin:
Savol: SHoir she'rlarida mumtoz adabiyotning kaysi san'at turlaridan foydalangan. Misollar keltiring.
Javob: Ogahiy o'z baytlarida ma'no jihatidan bir-biriga yakin tushunchalarni ko'llab tanosub san'tini yaratgan. Masalan:
Ne tong ko'nglum kushi gar etsa maksad oshyonig'a,
Ki, sa'yu shavkdin uchmokda bolu par kilur paydo.
Ogahiy iyhom san'ati xususiyatlaridan ham mohirona foydalangan:
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Meni bemor o'lar holatga etganda ikki la'lin, So'rub bildim alarning biri shakar, biri kavsardur. Savol: Ogahiyning kuyga solingan mashhur g'azali kaysi va uning matla'si kanday?
Javob: "Ustina" radifli g'azali Ogahiyning mashhur g'azallaridan biridir. U ishk mavzusida, vasf va izhor uslubida bitilgan yakpora g'azaldir. Bu g'azal tanikli xonandalar (Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoshukurov va b.) tomonidan ko'shik kilib ijro etilgan. g'azal to'kkiz band, o'n sakkiz misradan iborat. g'azalning matla'si: Mushkin koshining hay'ati ul chashmi jallod ustina, Qatlam uchun "nas" keltirur "nun" e'tibor "sod" ustina. O'yin shu tarzda davom etadi. Savollarga to'g'ri javob bergan guruh g'olib sanaladi.
O'yin darslari mustakil fikrlashga, ijodkorlikka, faollikka undaydi. Bunday darslarning fanlararo alokasi hakida to'xtaladigan bo'lsak, u tarix (Qodiriyning "O'tgan kunlar" ida XIX asrdagi Buxoro, Qo'kon xonliklari ; tarixiy vokealar, sanalar), geografiya (Boburning "Boburnoma" sidagi geografik joy nomlari), psixologiya (ruhiyat tasviri), mantik, matematika, tilshunoslik kabi fanlarga chambarchas bog'liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Дoлимoв С., Убaйдуллaeв X,., A^MeAoB К., Адaбиёт укитиш мeтoдикaси, -Т.: Укитувчи, 1967.
2. Зуннушв А. Ba бк. Адaбиёт укитиш мeтoдикaси, -Т.: Укитувчи, 1992.
3. Йулдoшeв К. Ba бк. Адaбиёт укитиш мeтoдикaси. -Т.: 1994.
4. Тухлдав Б. Адaбиёт укитиш мeтoдикaси. -Т.: Янги acp aвлoди, 2006.
5. X^ca^oeBa К^^лил - aдaбиётни aнглaш йули. -Т.: 2013.
6. Йулдoшeвa М. Бaдиий acap тax1лилининг aйрим мaсaлaлaри. -Т.: 2014.
7. To'xliyev B., Karimov B., Usmonova K. Adabiyot. 10-sinf (darslik majmua). I qism. T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2017. 184 B.
8. To'xliyev B., Karimov B., Usmonova K. Adabiyot.10-sinf (darslik majmua). II qism. T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2017. 184 B.
9. To'xliyev B., Karimov B., Usmonova K. Adabiyot. 11-sinf (darslik majmua). I qism. T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2018. 200 B.
10. To'xliyev B., Karimov B., Usmonova K. Adabiyot. 11-sinf (darslik majmua). II qism. T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2018. 200 B