Научная статья на тему 'TIL VA NUTQ TUSHUNCHASI'

TIL VA NUTQ TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

25879
1056
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / nutq / so‘z / fonema / morfema / leksema / konstruksiya / umumiylik / xususiylik / belgi / ma‘no.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nargiza Sirojidinovna Mirzayeva, Aziza Sirojidinovna Mirzoyeva

Ushbu maqola jahon tilshunosligida til va nutqning o‘rni, ahamiyati, ularning o‘ziga xos funksiyalari haqida bo‘lib, maqolada turli olimlarning til va nutq haqidagi qarashlari, fikrlari bilan tanishishingiz, til vа nutqning bir-birigа хоs bo‗lgаn mаvhum-kоnkrеt tаrzdаgi kоrrеlyat nisbiy mustаqil birliklаrini ko‘rib chiqishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL VA NUTQ TUSHUNCHASI»

TIL VA NUTQ TUSHUNCHASI

Nargiza Sirojidinovna Mirzayeva

Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti [email protected]

Aziza Sirojidinovna Mirzoyeva

Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola jahon tilshunosligida til va nutqning o'rni, ahamiyati, ularning o'ziga xos funksiyalari haqida bo'lib, maqolada turli olimlarning til va nutq haqidagi qarashlari, fikrlari bilan tanishishingiz, til vа nutqning bir-birigа хоs bo'lgan mavhum-konkret tarzdagi korrelyat nisbiy mustaqil birliklarini ko'rib chiqishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: til, nutq, so'z, fonema, morfema, leksema, konstruksiya, umumiylik, xususiylik, belgi, ma'no.

KIRISH

Til va nutq, dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va murakkab muammolaridan biri bo'lib, ayni masala jaxon tilshunosligining doimiy markazida turgan va hozirda ham shunday.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XX asr tilshunosligining — sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va nutq munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo'ldi. Ushbu muammo tarixiga nazar tashlasak, professor X.Ne'matovning ma'lumot berishicha, til va nutq hodisalarini o'zaro farqlash dastlab VII-IX asrlarda shakllangan arab tilshunosligining til o'rganish usullarida ko'rish mumkin. Professor A.Nurmonovning tadqiqotida esa temuriylar davri o'zbek tilshunosligining sardori bo'lgan Alisher Navoiy asarlarida til va nutq hodisalari farqdangani, alloma shu masalaga aloxida e'tibor bergani qayd etiladi.

Til va nutq muammosi umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi bo'lgan Vilgelm fon Gumboldtning tildagi energeo

March, 2022

982

(xarakat, jarayon, kuch) va ergon (maxsulot), tilshunoslikdagi psixologizm oqimining asoschisi G.Shteyntalning tildagi "barkaror mohiyat" va "harakatdagi kuchlar", buyuk nazariyotchi va amaliyotchi tilshunos Boduen de Kurtenening "tildagi barkarorlik va o'zgaruvchanlik" haqidagi ta'limotlarida ham beriladi.

Ta'kidlash shart, til va nutq, dialektik munosabati o'zining dastlabki haqiqiy, mukammal ilmiy - nazariy yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan buyuk tilshunos olim Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi.

Demak, til va nutq, masalasi nafaqat sistem tilshunoslikning, umuman, jahon tilshunosligi fanining hamma davrlaridagi - ham diaxron, ham sinxron bos-qichlaridagi eng jiddiy nazariy muammosi bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Chunki, tilshunoslikning ushbu o'ta murakkab va o'ta dolzarb muammosisiz nafaqat nazariy-umumiy tilshunoslikning, balki xususiy-amaliy tilshunoslikning ham qator eng muhim, asosiy masalalarini to'liq, mukammal va ob'yektiv hal qilib bo'lmaydi. Shunga ko'ra til va nutq, dialektikasi jahon tilshunosligi fanining doimiy muammolaridan biri sifatida qolaveradi. F. De Sossyur tomonidan xalqning aloqa qilish, fikr ifodalash vositasining til va nutq deb berilishi, bularning bir-biridan farqlanishi olimlar o'rtasida fikrlar qarama-qarshiligini tug'dirdi.

Bir kator olimlar til va nutq o'zaro farqlanmaydi, aslida farqlanmaydigan bitta ob'yekt mavjuddir, til va nutq bir narsa, desa, boshqa bir qator olimlar til va nutqni farqlash albatta, kerak bular farqlanadi,degan fikrlarni bildirishgan.

Xullas, hozirda til va nutqni, til va nutq, hodisalarini, birliklarini farqlash umumtilshunoslikda, shuningdek, o'zbek tilshunosligida ham mustahkam o'rin egalladi.

Til va nutq, dialektikasida til o'ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega bo'lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko'rsatadi. Demak, F.de Sossyur mutlaqo to'g'ri ta'kidlaganidek, til sistemadir.Til sistemasining bir-biri bilan uzviy bog'langan tovush tomoni, lug'at tarkibi, grammatik ko'rilishi mavjud bo'lib, ular birgalikda bir butunlikni, sistemani tashkil etadi. Tilning sistem xarakteri aslida qayd etilgan satrlar, qatlamlar (yaruslar) bilan belgilanadi, asoslanadi. Ayni vaqtda ushbu satrlarning har biri o'ziga xos sistema-ichki sistema bo'lib, til sistemasining tarkibiga kiradi. Demak, til sistemalar sistemasi-supersistema, makrosistema sifatida jamiyatga xizmat qiladi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ladi, ijtimoiy - amaliy vazifa bajaradi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

March, 2022

Tilning ijtimoiy mohiyati jamiyatda aloqa-aralashuv quroli bo'lishida ko'rinadi. Shunga ko'ra professor. S.Usmonov "Insonlar orasidagi munosabat uchun xizmat qiladigan narsa, albatta, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Chunki bunday munosabat, aloqa kollektiv ichida-jamiyatda paydo bo'ladi", deydi.

Tilning material mohiyati haqida fikr yuritilganda, tilni belgilar sistemasi yoki semiotik sistema deb qarash hozirda tilshunos olimlar tomonidan qabul

lingan. Masalan, professor V. M. Solnsev "Til tipik semiotik yoki belgilar sistemasidir..." desa, tilshunos B.V.Kosovskiy "til o'zining material mohiya-tiga ko'ra belgilar sistemasini yoki semiotik sistemani hosil qiladi", deb alohida qayd etadi.

Xullas, til supersistema-sistemalar sistemasi sifatida jamiyat uchun tarixan mukammal yaratilgan barchaga birday xizmat qiladigan va barcha uchun umumiy

bo'lgan, asosan fikr ifodalash, fikrni moddiy qilish uchun ishlatiladigan alohida so'zlar, gaplar nutq biriklaridan, ifoda vositalaridan, ularning o'zaro mantiqiy bog'lanishi uchun, nutqni ko'rish uchun xizmat qiladigan qonun-qoidalardan tashkil topadi.

Til o'zining jamiyatdagi kommunikativ (informativ, ekspressiv, emotiv, volyuntativ va boshqa) vazifasini qanday ko'rinishda, qanday qiyofada, qanday shaklda amalga oshiradi?

Ijtimoiy-psixik jarayon bo'lgan til o'zining jamiyatdagi kommunikativ, umuman har qanday vazifasini nutq shaklida, nutq ko'rinishida, nutq orqali amalga oshiradi. Nutq til sistemasining so'zlashuv, fikr almashuv jarayonidagi yoki yozuvdagi-matndagi aniq ifodasidir, ko'rinishidir, holatidir. Shunga ko'ra, S.Usmonov "Til qachon ma'lum funksiyami bajarishi mumkin? Til nutq sifatida namoyon bo'lgandagina ma'lum funksiyani bajarishi mumkin", deydi.

Miyamizda (ongimizda) ob'yektiv olamning ta'siri tufayli hosil bo'lgan tushunchalar, tasavvurlar, turli xil fikrlar, demak, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan til (nutq) orqali voqelashadi. Yana ham aniqrog'i, har qanday fikrni ifodalash, boshqalar bilan aloqada bo'lish, faqat til materiali orqali amalga oshadigan real, jonli nutq jarayonida sodir bo'ladi til aloqa quroli, insonlar orasidagi munosabat vositasi deb baholanganida til materialiga asoslaigan nutq ko'zda tutiladi?

Ichki - ideal jarayon, tashqi-material voqelikka o'tar ekan, aylanar ekan, bu utish-jarayon faqat nutq asosida, ya'ni doim til materialiga suyanadigan nutq, orqali amalga oshadi. Nutq uchun esa asos (baza) vazifasini til boyligi, til materiali o'taydi.

Til materialini S.Usmonov ikkiga bo'ladi:

March, 2022

1. Psixik material. Bu-so'z, morfema va fonemalarning xotiradagi obrazi (qiyofasi).

2. Moddiy material. Bu-nutq yaratish chog'ida belgili tovush qobig'iga ega bo'lgan, aniq talaffuz qilinayotgan so'zlar, morfemalar va tovushlar.

Demak, real jonli nutqning real til birliklaridan tashkil topishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Masalan. Bizning davrimiz bozor itisodiyotiga o'tish davridir, gapi real nutq bo'lib, u tovush materiyasiga ega bo'lgan real til birliklaridan tashkil topadi. Ya'ni, ushbu gap: biz, ning, davr, i, miz, bozor,

Iqtisod, i, yot, i, ga, o't, ish, davr, i, dir kabi aniq til birliklaridan-so'z (leksema) va affiksal morfemalardan tarkib topgan. Demak, ayni gapni qayd etilgan til birliklariga-so'z (leksema) va affiksal morfemalarga ajratish, aslida, uni real til birliklariga ajratish demakdir. "Ammo ajratishdan hosil bo'lgan har bir element o'sha nutq o'tib ketganidan keyin o'z material qobig'ini yo'qotib, ma'lum obrazlar sifatida doimiy ravishda xotirada saqlanadi. Xotiradagi bu elementlar endi moddiy hodisa bo'lmay, psixik hodisadir. Psixik hodisadan esa lozim bo'lganida nutq a'zolarining faoliyati tufayli yana moddiy hodisa hosil qilish mumkin".

Psixik hodisa bilan real nutq orasidagi oraliq hodisa xotiradagi real til elementlarining, til birliklarining nutq tuzish vaqtida talaffuz orqali ro'yobga chiqariladigan real ekvivalentlaridir.

Demak, xotiradagi til elementlarining obrazlari nutq, faoliyati vaqtida real til elementlariga aylanadi. Zotan real elementlar aslida birlamchi bo'lib, ularning ongdagi (xotiradagi) obrazlari ikkilamchidir va ular real elementlar tufayli hosil bo'ladi.

Til "tashqi" jihatdan ham moddiy ham psixik hodisa. Uning moddiyligi-tovush materiyasi bo'lsa, psixik hodisaligi xotirada saqlanish xususiyatidir. Tilning ijtimoiy vazifasi moddiylikda ko'rinadi. Tildagi moddiylik so'z, so'z birikmasi va morfemalarning tovush materiyasiga o'ralganligida namoyon bo'ladi. Xuddi shu xususiyat tildan ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi.

Ma'lum bo'ldiki, tildan fikr almashuv-kommunikatsiya maqsadida foydalanish jarayoni nutqdir. Hozirgi vaqtda nutqning til materiali orqali aloqa qilish jarayoni ekanligi tajriba yo'li bilan ham isbotlangan. Masalan, psixolog Z.A.Ne'matov "Eksperimental — fonetik va eksperimental — psixologik tadqiqotlar nutqning til orqali aloqa qilish jarayoni ekanligiga bizni ishontirmoqda. Hozirda ko'pchilik psixologlar, usulist va tilshunoslar ushbu fikrga kelishgan". Demak, til nutq orqali, nutq esa til materiali orqali amalga oshadi.

March, 2022

985

Akademik I.P. Pavlov tomonidan ikkilamchi signallar sistemasi deb nom olgan tilning nutq bilan chambarchas bog'liqligini yana shundan ham bilish mumkinki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida, odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog'lash jarayonida vujudga keladi.

Til va nutq o'rtasidagi bog'liqlik, o'zaro aloqadorlik yana quyidagilardan ham ma'lum bo'ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir vaqtning o'zida ham asos ham nutq maxsuli. Til aloqa uchun material bo'lsa, nutq shu materialdan fikr shakllantirishdir. F. De Sossyur aytganidek, til bizga nutq tushunarli bo'lishi uchun zarur bo'lsa, nutq esa tilning taraqqiyoti, yashashi, shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan nutq, faktlari tildan oldin keladi.

Shu o'rinda proffessor. B.A.Serebrennikovning fikrini ham keltirish maqsadga to'la muvofiqdir. U ta'kidlaganidek "...til nutq, jarayonida foydalaniladi. Har bir nutq, faoliyatida til elementlari ishtirok etadi. Agar til sistem xarakterga ega bo'lsa, nutq ham til elementlari asosida namoyon bo'lgandan keyin sistem xarakterga ega bo'ladi.

Bizningcha ham nutq, sistemadir, sistem xarakterga egadir. Ammo u tilga nisbatan ikkinchi darajali sistema bo'lib, til sistemasiga asoslanadi, undan imkoniyat sifatida foydalanadi. Til sistemasi asosida nutqiy sistema, nutq faoliyati, fikrni ifodalash sistemasi yuzaga keladi. Shuningdek, nutq, (nutqiy faoliyat) fikrni ifodalash jarayoni ekan, ayni jarayonda ishtirok etuvchi birliklar o'zaro mantiqiy, zaruriy munosabatga kirishib, bir butunlikni-sistemani, masalan, nutqni, gapni hosil qiladi. Qolaversa, nutqdagi — fikr ifodalash jarayonidagi so'z ham, so'z birikmasi ham, gap ham, matn ham uziga xos mikro va makrosistemalardir.

Tilning yashashi, mavjudligi, taraqqiyoti nutq orqali bo'ladi. Masalan, men o'z nutqimda o'zbek tilidan foydalanib gapiryapman, demak, bu o'zbek tilining mavjudligi, uning yashayotganligidir. Yoki men o'z nutqimda ingliz tilidan foydalanib gapirsam bu ham ushbu tilning mavjudligi va uning yashayotganligini bildiradi.Demak, tilning har bir aniq, ko'rinishi real nutqdir, nutq faoliyatidir.

Jonli nutq, yoki real nutq, bu tilning mavjudligi, uning faol harakatidir. Til inson xotirasida mavjud lisoniy (lingvistik) birliklardan va qoidalardan iborat xazinadir. Nutq esa ushbu birliklarning muayyan qoidalar asosidagi faol harakati, muayyan ijtimoiy vazifa bajarishi, ya'ni nutq jarayondir, amaliyotdir. Til ham, nutq ham ijtimoiy xodisadir. Ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan til va nutq biri ikkinchisi orqali amalga oshadi, ya'ni til nutq orqali, nutq esa til orqali voqelashadi, namoyon bo'ladi.

March, 2022

Til va nutq o'zaro aloqador, bir-biri bilan bog'lik, biri ikkinchisisiz mavjud bo'lmaydigan, ammo bir- biridan farqdi bo'lgan ijtimoiy hodisalardir. Demak, til va nutq o'zaro bog'liq bo'lgani bilan aynan bir xil narsa emas. Psixolog P.I.Ivanov: "Biz biror kishiga: Siz qaysi tilda (yoki tillarda) gaplashasiz deb savol berganimizda, biz shu kishining nutqi, gapi bilan uning o'z nutqida qanday til (yoki tillar) dan foydalanishini aniq bilamiz", deydi.

Xar bir kishining o'z nutqi bor va nutqida bir yoki bir necha tildan foydalanib gapiradi. Shu bilan birgalikda xar bir kishining nutqi uning yoshiga, bilimiga, umumiy ma'naviy-madaniy saviyasiga qarab, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Bundan esa nutqning individual-hodisa ekanligi kelib chiqadi. Lekin biz yuqorida til ham, nutq ham ijtimoiy hodisa degan edik. Gap shundaki, nutq haqiqatan ham individual. Nutq, individual o'zining bajarilishiga, sodir bo'lishiga ko'ra, ya'ni u individ, alohida kishi tomonidan amalga oshadi. Ammo o'zining vazifasiga ko'ra esa nutq ijtimoiydir.

Demak, nutq — individual deganda, uning individ alohida shaxs tomonidan amalga oshirilishi, bajarilishi ko'zda tutilsa, nutq - ijtimoiy deganda, uning ahamiyati, vazifasi, ommaviyligi tushuniladi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tilni ham ma'lum ma'noda individual deyish mumkin. Chunki til materiali (elementlari, birliklari) psixikada, xotiramizda mavjud. Shuning uchun ham S.Usmonov: "Til elementlari jamiyat a'zolarining xotirasida... mavjud", deydi.

Demak, til individual nutq, shaklida faoliyat ko'rsatadi. Til va nutq ham ijtimoiy ham individual. tildagi ijtimoiylik nutq, orqali namoyon bo'ladi. "Tildagi ijtimoiylik yashirin, ichki hodisa bo'lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir"

Til mavhumdir, nutq esa aniqdir, ya'ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz va ko'ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo'lib, muayyan o'rinda (joyda) va muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq, so'zlovchining, tinglovchining va predmetning — fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo'lishini talab qiladi.

Nutq akti - har doim ijodiy akt. Chunki har bir kishi o'z fikrini muayyan shakl — so'z, nutq, orqali ifodalayotganida o'zining bilimiga, lugat xazinasiga, hayot tajribasi va madaniy saviyasiga suyanadi.

Nutq - harakatchan, dinamik, jonli bo'lsa, til —statik, stabildir.

Nutq - alohida shaxsga, individga bog'liq. Til esa alohida shaxsga, individga bog'liq emas.

March, 2022

Tilning ijodkori, yaratuvchisi xalq. A.A.Potebnya aytganidek, til xalqning mahsulidir. Nutqning esa ijodkori individdir, insondir.

Nutq baland va past, tez yoki sekin, uzun yoki qisqa, mimikali yoki mimikasiz, qo'l harakati bilan yoki qo'l harakatisiz, aniq, yoki noaniq, bo'lishi mumkin, Til uchun esa bunday ta'rif to'g'ri kelmaydi.

Nutq ham monologik, ham dialogik bo'la oladi. Til esa monologik ham, dialogik ham bo'la olmaydi.

Til — aloqa quroli, nutq, — aloqa usuli.

Til - imkoniyat, nutq, - voqelik, ta'sirchanlik.

Til - umumiylik, nutq - xususiylik, alohidalik.

Nutq kelib chiqishiga ko'ra birlamchi, ya'ni oldin nutq — n u t q tovushlari paydo bo'lgan, til esa ikkilamchi, nutq asosida shakllangan, tashkil topgan.

Til tahlil qilish yo'li orqali, nutq, esa qabul qilish va tushunish orqali bilinadi.

Tilning hayoti uzoq, xalqning hayoti bilan bog'liq, nutqning hayoti esa qisqa, ya'ni aytilgan vaqtdagina mavjud.

Tilning alohida vazifasi bo'lgan nutq, psixologiya, tilshunoslik (uslubshunoslik, nutq, madaniyati va boshq.), Fiziologiya (nutq, apparatining tuzilishini o'rganadi), informasiya nazariyasi va boshqa fanlar tomonidan tekshiriladi.

Til — tilshunoslik, falsafa, mantiq, tarix, semiotika va boshqa fanlar tomonidan o'rganiladi.

Demak, jonli nutq, nutq faoliyati tilning mavjudlik va taraqqiy qilish shaklidir. Tilni nutq, faoliyatida-nutqda kuzatganimizdagina uning ijtimoiy-amaliy vazifa bajarish mexanizmini ochib berish mumkin. Nutq, faoliyatidagina til va nutqning o'zaro ta'siri, bog'likdigi, aloqasi amalga oshadi.

XULOSA

Til va nutq, orasidagi dialektik munosabat shundaki, nutq, faoliyati natijasida nutq shakllanadi.

Nutq, esa til birliklaridan tuziladi va til birliklariga ajralib ketadi. Til birliklari yana nutq, faoliyati — faolligi uchun xizmat qiladi.

So'zlash qobiliyati tushunchasi ostida ma'lum bir jamiyatga mansub shaxsning, shu jamiyatga mansub tildan ogohligi, uning imkoniyatlaridan foydalana olish ko'nikmasi va darajasi anglashiladi.

Nutq esa yuqorida ta'riflangan tilning til qobiliyati asosida ayrim shaxs tomonidan so'zlash qobiliyati ko'magida ma'lum bir kommunikatsiya maqsadi uchun ishga solinish yoki qo'llanish

March, 2022

988

natijasidir. Shu nuqtayi nazardan til va nutqning bir-biriga xos bo'lgan mavhum-konkret tarzdagi korrelyat nisbiy mustaqil birliklariga e'tibor qaratamiz.

Til birliklari

Fonema

Morfema

Leksema

Konstruksiya

(model)

Nutq birliklari

Fon

Morf

Leks

So'z shakli; so'z birikmasi; gap;

mikrotekst, makrotekst

Bu birliklar o'z navbatida ma'lum vazifa va funksiyaga ega, bir-biridan amaliy jihatdan farqlanadi. Ba'zan esa bir-birini to'ldiradi.

Til va nutq orasidagi dialektik aloqa va munosabat haqida aytilgan fikrlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin.

Til

Umumiylik Imkoniyat Tayyorlik Majburiylik Birliklari chegaralangan

Nutq

Xususiylik

Voqelik

Hosilalik

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ixtiyorilik

Birliklari

chegaralanmagan

REFERENCES

1. Брендаль B. Cтpyктyрaльнaя лингвисти^. — B кн.: B.A.3Berarn,eB. История языкoзнaния XIX и XX вeкoв в o4epax и извлeчeнияx. H.II. -- M., 1960.

2. Холодович A.A. Kypc o6шeй лингвистики ФД Coc^pa. — Ф.Дe Coccюpa. Tpyди no языкoзнaнию. — M., 1977.

3. Normatov A.Struktur tilshunoslik:ildizlari va yo'nalishlari.Toshkent: Ta'lim,2009.-260b.

4.Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. Toshkent:Fan va Texnologiya,2007.-256b. 5.Sayfullayeva R,Mengliyev B,Boqiyeva G, Qurbonova M, Yunusova Z, Abuzalova M.Hozirgi o'zbek adabiy tili.Toshkent: Fan va Texnologiya,2009.-416b.

March, 2022

989

6. Mirtojiyev M.O'zbek tili semasiologiyasi. . - Т.: МИМТ02 80'2, 2010. - 288 b

7. Спирина Т.С. Фразеологические единицы английского, русского и немецкого языков, характеризующие власть, с компонентами -соматизмами Лингвистика и перевод. №3 (41), 2013. С. 133-139.

8. 1. Hojiyev А. O'zbek tili so'z yasalishi. - ^s^kent, 1989 - 111 b.; O'zbek Tili so'z yasalishi tuzilishi. - Тоshkent: O'qituvchi, 2007. - 168 b.

9. Mirtojiyev М. O'zbek tili leksikologiyasi vа leksikografiyasi. -^shkent: O'zMU, 2000.

10. Nurmanov А., Mаhmudov N. O'zbek tili so'z yasalishiga bir nazar // O'zbek tili vа аdabiyoti. ^shkent, 1987. -№3. - B.36-38.

11. Шанский Н.М. Лексикология современного русского языка. - M.: Просвещение, 1964.

12. Mаmatov А. O'zbek tili frazeologiyasi (o'quv qo'llanma). Тоshkent, «Navro'z» nashriyoti, 2019.

13. Mаmatov А. O'zbek va ingliz tili оnomastikasining lingvomadaniy xususiyatlari (uslubiy qo'llanma) Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo'yicha). 2019 yil.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.