Научная статья на тему 'IJODIY TAFAKKURDA TIL, SO‘Z VA NUTQ BIRLIGI'

IJODIY TAFAKKURDA TIL, SO‘Z VA NUTQ BIRLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
617
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / so‘z / til / ijodiy tafakkur / tarbiya / nutq madaniyati / notiqlik san’ati

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamaraximova Nafisa Ibroximovna

Nutq madaniyati milliy qadriyat sifatida o‘zbek xalqining tili, urf-odatlari va anʼanalariga chuqur hurmat, o‘zlikni anglash, madaniy-maʼnaviy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarishning asosiy xususiyatlaridandir. Mazkur maqolada ijodiy tafakkurni shakllantirishda til, so‘z va nutqning o‘rni haqida mulohaza yuritiladi. Shuningdek, ijodiy tafakkurni shakllantirishda til, so‘z va nutq eng muhim omillar haqida so‘z yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODIY TAFAKKURDA TIL, SO‘Z VA NUTQ BIRLIGI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

IJODIY TAFAKKURDA TIL, SO'Z VA NUTQ BIRLIGI Mamaraximova Nafisa Ibroximovna

Jizzax davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi (+998933053187) karakulova.2009@mavl.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7368753

Annotatsiya. Nutq madaniyati milliy qadriyat sifatida o 'zbek xalqining tili, urf-odatlari va an'analariga chuqur hurmat, o 'zlikni anglash, madaniy-ma'naviy ehtiyojlarini ro 'yobga chiqarishning asosiy xususiyatlaridandir. Mazkur maqolada ijodiy tafakkurni shakllantirishda til, so 'z va nutqning o 'rni haqida mulohaza yuritiladi. Shuningdek, ijodiy tafakkurni shakllantirishda til, so 'z va nutq eng muhim omillar haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: nutq, so 'z, til, ijodiy tafakkur, tarbiya, nutq madaniyati, notiqlik san'ati

Аннотация. В данной статье рассматривается роль языка, слова и речи в формировании творческого мышления. Также язык, слова и речь являются важнейшими факторами формирования творческого мышления.

Ключевая слово: речь, слово, язык, творческое мышление, образование, культура речи, ораторское искусство.

Abstract. This article discusses the role of language, words and speech in the formation of creative thinking. Also, language, words and speech are the most important factors in the formation of creative thinking.

Key words: speech, words, language, creative thinking, education, speech culture, oratory art.

Ma'lumki, kishilararo muloqot, nutq uzoq asrlar davomida ajdod-avlodlarning axloqiy, ma'rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o'rin egallab kelgan. Nutq madaniyatining kishi taqdiridagi ahamiyati shundaki, inson doimo o'zining muloqoti, ta'sirchanligi bilan ajralib turgan. Nutq madaniyati doimo hayot va inson muammolarini moddiy va ma'naviy jihatdan hal etishda o'z ta'sirini ko'rsatadi. Tarbiyaning dolzarb masalalarini yechishda asos bo'lib xizmat qiladi. Nutq madaniyatining takomillashuvi, avlodlar tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etib kelgan.

Nutq madaniyati milliy qadriyat sifatida o'zbek xalqining tili, urf-odatlari va an'analariga chuqur hurmat, o'zlikni anglash, madaniy-ma'naviy ehtiyojlarini ro'yobga chiqarishning asosiy xususiyatlaridandir. Nutq madaniyati insonni kamol toptirishda, ma'naviyatini boyitishda muhim o'rin egallaydi. Nutq madaniyati xalqimizning ma'naviy qadriyatlarini o'zida mujassam etish bilan birga, kishilarda muloqot odobini shakllantirishda, millatlararo munosabatlarni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Nutq madaniyati axloqiy madaniyatning negizi sifatida demokratik tamoyillarning qaror topishida, haqiqatning ro'yobga chiqishida, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishini ta'minlashida, odamlarda mustaqillik, fikr erkinligi, tafakkurni rivojlantirishda, ichki kechinmalar, his-tuyg'ular asosida mehr va muruvvatni ifodalashda namoyon bo'ladi.

Nutq madaniyatining asl mohiyati bu o'zbekona tafakkur, dunyoqarash, milliy g'oya bilan yashash demakdir. Har bir so'zida, gapida, nutqida ota-ona, mahalla-umuman jamoatga yuksak hurmat-e'tiborli bo'lish, kattaga-hurmat, kichikka-izzatda bo'lish, sabr-bardosh, mehnatsevarlik, halollik, mehr-oqibat, adolatparvarlik kabi xususiyatlarga ega bo'lish demakdir.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Nutq madaniyatining ta'sirchanligi jamiyat a'zolarining ma'naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Insonni ma'rifatga chorlaydi. Jamiyatni ma'rifat bilan boshqaradi. Ijtimoiy ongni o'zgartiradi. Har bir fuqaroning ma'naviy, siyosiy, ijtimoiy ongini shakllantiradi. Ularda mustaqil fikrlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, uni rivojlantirishga xizmat qilish munosabatlarini shakllantiradi.

Nutq madaniyati inson va jamiyat faoliyatining barcha sohalari taraqqiyotida, ijtimoiy birdamlikni ta'minlashda, xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishida, davlatlar va jamiyat rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy jihatlarni tezlashtirishda, o'zaro manfaatni teng huquqli hamkorlik asosida amalga oshirishda ma'naviy qurol vazifasini bajarmoqda.

Nutq madaniyati milliy qadriyatlarga sodiqlik, ularni asrab-avaylash bilan birga yangi zamon talablariga mos ravishda takomillashib bormoqda.

Nutq madaniyati orqali insonlarning insonlarga nisbatan mehr-oqibatliligi, saxovatliligi, muruvvatliligi, boshiga og'ir kun tushganda hamdardligi namoyon etiladi. Insonning ezgu fikri, ezgu amalini yuzaga chiqaradi. Millatidan, dinidan, ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar ona zaminda yashayotgan barcha insonlarga nisbatan mehr-muruvvatli bo'ladi.

T.Qudratovning nutq madaniyati borasidagi ilmiy asarlarida ta'kidlashicha, nutq madaniyati kishilarning xulq-atvorida, ijtimoiy vazifasini bajarishida, axloqiy tarbiyalanganligini ko'rsatadi. Nutq madaniyati insonlarning jamiyatda, oilada, mehnatda, bir-birlariga bo'lgan munosabatlarida, xatti-harakatida o'z ifodasini topadi.

Nutq madaniyati kishining axloqiy me'yorlarini chuqur anglashida (bilishi) va ularga so'zsiz amal qilishida, insonning shaxsiy qarashlarida, e'tiqodlarida va xulq-atvorida ifodalanadi.[1-78]

Nutq madaniyatini shakllantirish barkamol avlodni tarbiyalash bilan bevosita bog'liqdir.

Nutq madaniyatini shakllantirish - bu o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, uning kelajagi, ravnaqi uchun tegishli yo'nalishlarni amalga oshirishdir.

Nutq madaniyatini shakllantirishning asosiy xususiyatlaridan biri bu tildir. Til inson hayotida oddiy bir tus olgan bo'lishiga qaramay, uning qanchalik muhim ekanligi hammaga ma'lum. Insonni inson qilgan, ilmu fan va madaniyatni rivojlantirgan hamda dunyoni obod qilgan ham tildir. Aql hamda til tufayli inson eng yetuk, oqil va donolikka erishadi. Til vositasida bilim va hunar o'rganiladi. Insonning so'zlash qobiliyati til orqali amalga oshadi.

«Er yuzida qancha millat, xalq, elat, qabila bo'lsa, shuncha til bor. Tilsiz xalq yo'q. Xalqsiz esa til ham bo'lmaydi. Bular egizak tushunchalardir, biridan birini ayirib bo'lmaydi, ularni ayirib qo'yilsa, ikkisi ham o'zligini yo'qotadi. Bir xalq boshqa bir xalqqa qo'shilib ketadi, uning tili esa o'lik tilga aylanadi. Kezi kelganda shuni aytib o'tishni lozim ko'ramizki, birgina til so'zi misolida ham tilimizning naqadar boy va serjilo ekanini yaqqol ko'rish mumkin»[2;16]

Til insonga o'z manfaatlarini qondirish uchungina in'om etilgan ne'mat emas, balki o'z fikr-o'ylarini, his-tuyg'ularini boshqalarga yetkazish, o'zidagi haqiqat va ilhom uchqunlarini o'zgalarda ham alangalatish uchun hadya etilgan. Til irodaviy harakatlar bilan bog'liqdir. Til orqali ayrim nojo'ya xatti-harakatlarni to'xtatish, qiladigan ishlarni rejalashtirish, barcha harakatlarni aniq maqsadga bo'ysundirish mumkin.

Til his-tuyg'ular bilan ham bog'liqdir. Til orqali ma'lum hissiy holatni boshqalarga ifodalab berish va bunda maxsus irodali xarakterga ega bo'lish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, ifodali so'zlash odamlarga jiddiy ta'sir etadi. O'qituvchi ifodali so'zlash orqali

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

bolalarning fikri va harakatlarigagina emas, balki ularning his-tuyg'ulariga ham bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.

A.Ibrohimov va X. Sultonovlarning fikricha «Er yuzidagi barcha xalqlarning tillari, ularda millionlab odam gaplashadimi yoki atigi bir-ikki ming kishi so'zlashadimi, bundan qat'i nazar, o'zlari uchun aziz va keraklidir. Tilni kam sonli elat gaplashar ekan deb kamsitib yoki ko'p sonli millatning tili ekan, deb ulug'lab bo'lmaydi. Bunda son jihatini mezon qilish noto'g'ri hisoblanadi. Lekin dunyoda taraqqiy etgan tillar ham, endi rivojlanayotgan tillar ham yoq emas. Bu tillarning sohibi bo'lmish millat yoki elatlarning tadrijiy ravnaqi, bosib o'tgan tarixiy yo'li, insoniy jamiyatning qaysi bir taraqqiyot bosqichida ekani, iqtisodi, madaniyati, fani va ma'naviyati kabi omillarga bog'liqdir, albatta. Bizningcha, loaqal birgina Ona allasi mavjud bo'lgan til ham yashashga xaqlidir. Biz o'zbeklar uchun esa o'z ona tilimiz bo'lmish o'zbek (turkiy) tili azizu mo'tabardir»[3;16]

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi Respublikamizda davlat ishlarining, o'qish-o'qitish, ta'lim-tarbiya, targ'ibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Ayniqsa, mustaqillik qo'lga kiritilganidan keyin o'zbek tiliga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi. Uning barcha imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yo'llar ochildi.

Hech shubhasiz aytish mumkinki, o'zbek tili jahondagi eng boy, eng taraqqiy etgan tillardan biri bo'lib, o'z shakllanish tarixiga ega.

O'zbek adabiy tili olimlar, ziyolilar, adiblar, og'zaki va yozma adabiyotning asosiy ijodkorlari bo'lgan xalqimizning asrlar osha mashaqqatli mehnati, tilga sayqal berish, uni chuqur o'rganish borasidagi xizmatlari evaziga turkiy tillar oilasida o'ziga xos bir mavqega ega bo'ldi. Bu tilda behisob o'lmas badiiy asarlar, ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Bu narsa o'zbek tilining ham madaniy tillar qatoridan munosib o'rin olishini ta'minladi.

Umummadaniyatni belgilovchi asosiy omil hisoblangan nutq madaniyati muammolarini o'rganish O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'zbek tili mustaqil mamlakatning davlat tili maqomini olgan paytdan boshlab alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki, o'zbek tilini hurmat qilish, uning boyliklaridan bahramand bo'lish, unga mehr qo'yish har bir kishining farzi va qarzidir.

Nutq madaniyatini shakllantirishning asosiy vositalaridan yana biri so'zdir. Tildagi har bir so' z bir xazinadir.

So'z insonning buyuk quroli. U o'z-o'rnida qo'llansa, qudratli kuchga aylanadi. Aytilayotgan har bir so'z zamirida so'zlovchining ruhiyati zohir bo'lib turadi. Zero, tilning go'zalligi nutq ravonligi, uning aniqligi va mazmundorligi bilan belgilanadi. Shu bois nutq madaniyatining takomillashuvi va uning ravnaqi yo'lida, avvalo, har bir kishi o'rnak bo'lishi zarur. Chunki uning aql-saxovati, fikr-tuyg'ulari, bilimi va madaniyati, saviyasi, tafakkuri ma'lum darajada so'zda ifoda etiladi. Yaxshi so'z bilan kishilarning ishonchi, qalbini egallash mumkin. Yaxshi so'z hayotning quroli bo'lib, unda olam-olam ma'no yotadi. So'z tilning tayanchi hamda go'zalligidir. So'z yuz va ko'z, tilning ko'rki hisoblanadi.

So'zning kuchi, ahamiyati, qiymatini tinglovchilarni so'zlovchi qanchalik rom etishi va ularning kayfiyatini qanchalik o'zgartirishiga qarabgina baholash mumkin.

So'z tanlash va o'z o'rnida ishlatish ham nutq madaniyatidan yaxshi xabardorlikning ifodasidir. Nutqda har bir so'zning o'ziga xos muayyan o'rni, anglatadigan aniq ma'nosi bor.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

So'zlashda hayotiy iboralarni, jumladan, qiyoslashlarni, purhikmat gaplarni topib, o'rniga qo'yib gapirish, teran fikrni qisqa, lo'nda qilib ifodalash mahoratini egallash lozim. [3;310]

Odamning odobi dastavval uning tilida, keyin tili orqali bilimida ko'rinadi. Odob doirasidagi muomala madaniyatini o'zlashtirgan kishilarga farosatli, fahmli, odobli, aqlli, es-hushli, madaniyatli deb baho beramiz.

So'z mulkining sohibqironi Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» asarida shunday deb yozadilar: «So'z gavharning sharofati shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo'la olmaydi... So'z jon bo'lib, ruh uning qolipidir. Tanda ruhi bor odam zoti unga ehtiyoj sezadi». Alisher Navoiy yana shunday deydilar: «Aqlli odam yolg'on gapirmas, ammo barcha rost gapni aytaverish ham to'g'ri emas. Birovning ko'zi g'ilay, nogirondir, ammo u aybdor emasdir»... «Birovni nohak xijolatga solmoq - o'z nodonligini isbot qilmoq va bir ko'ngilni og'ritmoqdir». Buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg'ariy ham so'z qudratini yuksak baholab, inson til orqali o'zining yaxshi va yomon fazilatlarini namoyon etadi, o'zaro munosabatlar jarayonida shaxs sifatida shakllanadi, - deb ta'kidlagan edilar.

Ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan yaxshi so'zlar kishilarni bir-birlariga yaqinlashtiradi. Yomon so'zlar esa do'stni dushmanga aylantiradi. Insonlar o'rtasida fitna, nizo uyg'otadi. Siz suhbatdoshingizning qanday odam ekanligini so'zidan bilib olasiz. So'z eng johil kishilarni yumshata olish, odamlarni xayrli ishlarga chorlash kuchiga ega.

Nutq madaniyatini shakllantirishning asosiy vositalaridan biri gapdir. Gap o'ta murakkab bo'lib, uning turli jihatlari bor. Gapning bir jihati tovushdir. Ikkinchi jihati nutqiy qobiliyatdir. Gap jamiyat mahsuli bo'lib, ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Gap har bir narsaning mohiyatini aniqlashga, aniqlangan narsa haqida ma'lumot berish xizmat qiladi. Kishilar gap orqali fikr, istak, so'roq yoki hayajonlarini ifodalaydilar. Demak, til orqali ifodalanadigan gap aloqa vositasi hisoblanadi.

Har bir inson birov bilan gaplashayotganda nihoyatda o'ylab gapirishi, imkoniyatiga qarab va'da berishi muhim ahamiyatga ega. Shu o'rinda Alisher Navoiyning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: «Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz. Ko'p so'zlovchi valdiroq tunda tong otguncha huriydigan itga o'xshaydi. Tili yomon odam xalq ko'ngliga jarohat yetkazgani kabi, o'z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshatga soluvchi aljirashga tomoq qirmog'i-eshakning o'rinsiz hangramog'i. Shirinsuxan so'zni yumshoqlik va kelishuv bilan aytadi. Imkoni bor har bir yaxshilik so'z orqalidir».

Shirin muomala har bir kishiga quvonch, bemorga malham va najot bag'ishlaydi, sovuq so'z esa odamni hasta qilishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, muomala madaniyatini egallagan kishi el-yurt oldida obro'li bo'ladi.

Ulug' mutafakkir Firdavsiy ta'kidlaganidek, so'zimizni odamlarga yodgorlik, yaxshilik qilib qoldiraylik. Shirinso'zlik har birimiz uchun ham qarz, ham farz bo'lib qolsin. Xalqimizning «Aytilgan so'z-otilgan o'q», «Og'izdan chiqqan so'zni ot bilan quvib yetolmaysan» kabi naqllariga amal qilib, o'ylab muomalada bo'laylik.

Nutq madaniyatini shakllantirishning yana bir vositasi tafakkurdir. Tafakkur fikr ifodalash, fikr yuritish, o'ylash bilan bog'liqdir. Tafakkur kishi ishining unumli bo'lishida va yaxshi natija berishida, aqliy salohiyatida namoyon bo'ladi. Kishining tafakkuri o'z tajribasi va o'zgalardan o'rganish natijasida to'planib borgan bilim hisobiga rivojlanadi. Tafakkurning rivojlanishi kishilarning fikrini bilish, o'zlashtirish uni ifodalash bilan bevosita bog'liqdir. Tafakkur ongning o'sishiga yordam beradi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Tafakkurning rivojlanishini kishi psixikasining sog'lomligida, uning bilish faolligida ko'rish mumkin. U fikr vositasi bilan kamol topadi. Demak, fikr tafakkurning negizi sifatida o'zgalarga bildiriladi. Fikr aytilmasa yoki yozilmasa, ifodasiz va noma'lum bo'lib qoladi. Demak, fikr tufayli voqealar bayon etiladi.

Tafakkur bilan nutq uzviy bog'langan bo'lib, fikrning ifodalanishida namoyon bo'ladi. Tafakkur va nutq o'ylash bilan so'zlashni, ongimizda hosil bo'lgan bilimni amalga oshiradi. Ruhshunos olim A.V.Petrovskiy «Tafakkur so'zdan o'zining zaruriy moddiy qobig'iga ega bo'ladi, tafakkur faqat so'z orqali boshqalar uchun va o'zimiz uchun ham bevosita reallikka aylanadi. Inson tafakkurini, u qanday shaklda amalga oshirilmasin, tilsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Har qanday fikr nutq bilan chambarchas bog'liq holda bog'liq bo'ladi va rivojlanadi» - deb fikr bildirgan[4;356].

Nutq faqat kishilar o'rtasidagi aloqa vositasi bo'libgina qolmay, balki tafakkur qilishning zaruriy vositasi, quroli hamdir. Biz ovoz chiqarib yoki ovoz chiqarmasdan (ichimizda) aytiladigan so'zlar orqali fikr yuritamiz. Til vositasi bilan har xil mulohazalar bayon qilinadi. Bunda, albatta, kishining mulohazalari muhim o'rin tutadi.

Nutq madaniyatining asosini nutq faoliyati tashkil etadi. Chunki, nutq faoliyati - u insonning dunyoga bo'lgan munosabati, o'ziga xos xususiyatlari, bir maqsadga qaratilgan hayot mazmunidagi o'zgarishlar, kuzatishlar kabilarni tashkil etadi. Nutq faoliyatning asosiy ish turi nutq bo'lib, u insonning ma'naviy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Nutq insonning muloqot, o'qish faoliyatlari bilan chambarchas bog'liqdir. Nutq asosida shaxsning rivojlanishi, aqliy kamoloti ro'yobga chiqadi.

Nutq faoliyati mazmunidagi turli harakat va sabablar, biron-bir maqsadga qaratilgan yo'nalishlar hamda buning natijasida erishilgan yutuqlar inson nutq madaniyatini shakllantirishda katta rol o'ynaydi.

Nutq faoliyatning mazmuni, shart-sharoitlari, vositalari o'zgarib borishi natijasida har bir insonning axloqiy ongi, nutq madaniyati takomillashib boradi. Demak, nutq faoliyatini to'g'ri tashkil etish natijasida o'quvchining faolligiga, ish rejalarining aniq bo'lishiga, ko'zlagan maqsadi, xatti-harakatlarining namunali bo'lishiga erishish mumkin. Albatta, bunda uning muomalasi, yurish-turishi, turmush tarzi, mustaqilligi namoyon bo'ladi. Nutq madaniyatini shakllantirishda har bir o'quvchining o'ziga xos faoliyati, mustaqilligi, mas'uliyati, intizomi kabi sifatlari rivojlanadi. O'z jamoasiga bo'lgan hurmat oshadi. O'quvchilarda o'z so'zini, fikrini boshqara olish, qat'iyatli bo'lish, ko'zlagan maqsadga erishish kabi axloqiy-irodaviy xislatlar shakllanadi. Bu esa o'qish, nutq faoliyatlarida, kattalar, tengdoshlari bilan bo'lgan o'zaro munosabatlarida o'quvchining mustaqilligini oshiradi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning nutq faoliyatini rivojlantirish o'qituvchidan ijodiy yondashishni talab etadi. Chunki o'qituvchi o'z o'quvchilarining nutq faoliyatida ularni kuzatadi, savol-javoblar o'tkazadi, ijobiy tajribalarini ommalashtiradi.

Nutq faoliyati davomida kishining shaxsi, xulq-atvori shakllanadi, rivojlanadi. Shunday ekan, o'qituvchining vazifasi nutq faoliyati jarayonida o'quvchilarga bajarilishi lozim bo'lgan ishni ko'rsatish va tushuntirishdan, vazifalar va talablar qo'yishdan, tekshirish va tuzatishdan, ularni rag'batlantirishdan iborat bo'ladi. O'qituvchi ushbu ta'sirlar yordamida o'quvchilarga nutq madaniyati haqidagi bilimlarni egallashga va faoliyat ko'rsatishga istak tug'dirish bilan birga uning yo'nalishlarini ko'rsatadi. Nazorat qilib, nutq faoliyatini boshqarib turadi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr j scientists.uz

REFERENCES

1. Shodiyeva Q. Nutq o'stirish uslubiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun.-T.:O'qituvchi,2002.-78 b.

2. Mahkamov U., Tilabova N., Tilabova Sh. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. -Т.: ТоshДТU, 2003. -16 b.

3. O'zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon. -Т.: Fan, 1989. -310 b.

4. Murodov M., Hakimov N., Ergasheva A. Qadriyatnoma. I kitob. -Т.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at, 2001. -356 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.