Научная статья на тему 'MAKTABDA ONA TILI O‘QITISHNING UMUMIY ASOSLARI'

MAKTABDA ONA TILI O‘QITISHNING UMUMIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
200
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aristotel / fiziologik zamin / nutq qobiliyati / grammatik qurilish / dialektik / ona tili didaktikasi / til va tafakkur.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Normuratovna Niyazova

Tilning jamiyatda tutgan o‘rni, til va tafakkur hamda til va nutqning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi g‘oyalar maktabda ona tili ta’limining nazariy asoslari sanaladi. Binobarin, ona tili didaktikasi davlatimizning til to‘g‘risidagi siyosatini amalga oshirish yo‘llari, vositalari, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish, ularni maktab o'qituvchilari faoliyatiga tatbiq etishda til va jamiyat, til va tafakkur, til va nutqning o‘zaro daxldorligi, aloqadorligi xususidagi qarashlar hamda tamoyillarga asoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABDA ONA TILI O‘QITISHNING UMUMIY ASOSLARI»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

MAKTABDA ONA TILI O'QITISHNING UMUMIY ASOSLARI

] >1* *V' >

Ozoda Normuratovna Niyazova

Navoiy viloyati Navbahor tumani

27-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6954521

]>i> > : : : !> Annotatsiya: Tilning jamiyatda tutgan o'rni, til va tafakkur hamda til va

nutqning o'zaro bog'liqligi to'g'risidagi g'oyalar maktabda ona tili ta'limining

nazariy asoslari sanaladi. Binobarin, ona tili didaktikasi davlatimizning til

to'g'risidagi siyosatini amalga oshirish yo'llari, vositalari, tashkiliy shakllarini ishlab

chiqish, ularni maktab o'qituvchilari faoliyatiga tatbiq etishda til va jamiyat, til va

>>

tafakkur, til va nutqning o'zaro daxldorligi, aloqadorligi xususidagi qarashlar hamda tamoyillarga asoslanadi.

Kalit so'zlar: Aristotel, fiziologik zamin, nutq qobiliyati, grammatik qurilish,

dialektik, ona tili didaktikasi, til va tafakkur.

' ]># >

Til va jamiyat. Til — ijtimoiy hodisa. U kishilarning eng m uhim aloqalashuv va fikrlashuv qurolidir. Til jamiyat a'zolarining tabiiy-biologik tuzilishlari, ijtimoiy kelib chiqishlaridan qat'i nazar, ularning barchasi uchun teppa-teng xizmat qiladi. Jamiyat rivojlangan sari, til ham rivojlanib, takomillashib boradi. Til kishilik jamiyati bilan bir paytda paydo bo'lgan. Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo'lmaydi. Til bo'lmaganda, jamiyat a'zolari o'rtasida o'zaro aloqa bo'lmas edi. Kishilar o'rtasida o'zaro aloqa b 'lmaganda, jamiyat a'zolari uchun yetarli miqdorda moddiy ne'matlar ishlab chiqara olmasdi. Til inson faoliyatini jamiyatning moddiy negizini yaratish vositasi — ishlab chiqarish qurollari bilan uyg'unlashtiradi. Inson — ijtimoiy mavjudot. Jamiyat til vositasida boshqariladi. Inson o'z maqsad va orzularini tabiatdagi narsa-hodisalarga nisbatan belgilaydi. Shu maqsadni amalga oshirishda, ishlab chiqarish qurollaridan foydalanadi. Ishlab chiqarishni boshqarishga oid tajriba bir avloddan ikkinchi avlodga til vositasida meros bo'lib qoladi. Bilim, tajriba til

mo*

*

tufayli keyingi avlodning mulkiga aylanadi. Til jamiyatni rivojlantirish qurolidir. Til insonning har qanday faoliyati bilan bevosita bog'langan. U shunday zaruriy aloqa qurolidirki, bu qurolni puxta egallamasdan turib, ijtimiy hayot va jamiyat to'g'risida to'la tasavvur hosil qilib bo'lmaydi. Shunday ekan, til yoshlarni ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi, jamiyatning ongli fuqarosi qilib tarbiyalash vositasidir. Maktabda ona tilini o'quv predmeti sifatida o'rgatish — uning tarbiyaviy rolini oshirish, uni

tarbiya quroliga aylantirish demakdir. Tilning ijtimoiy vazifalari va tarbiyaviy ahamiyatini faqat o'qituvchigina emas, balki o'quvchi ham sezsin, his qilsin. Kishining o'zi uchun gapirib, o'zi uchun yozmasligini, aksincha, kishilar uchun l )><#'

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

gapirib, kishilar uchun yozishni o'quvchilar ijtimoiy zaruriyat deb anglamoqlari shart.

Maktabda til o'qitilar ekan, til va jamiyatning o'zaro bog'liqligi to'g'risidagi quyidagi xulosalarga tayaniladi. 1. Til — kishilarning eng muhim aloqalashuv vositasi. Tilning aloqalashuv va fikr almashuv vazifasi uni puxta o'zlashtirish zaminida yanada o 'tkirlashadi. 2. Kishilik jamiyati va til o'zaro dialektik bog'liqdir. Tilni mukammal egallash orqali o'quvchilar jamiyatdagi o'zgarishlarni qiynalmasdan tushunib oladilar. 3. Til — jamiyatni boshqarish va rivojlantirish quroli. Tilni atroflicha bilish tufayli o'quvchilar jamiyat a'zolarining ishlab chiqarish qurollarini

./ 1 J J O 11

boshqarishga oid tajribalarini, moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish usullarini atroflicha bilib oladilar. 4. Til insonning faoliyati bilan uzviy bog'langan. Tilni o'rganish vositasida o'quvchilar moddiy va ma'naviy hayotning faol ishtirokchilari bo'lib yetishadilar. 5. Til — jamiyat a'zolarini tarbiyalash vositasi. Uning qonuniyatlari va grammatik qurilishini anglash bolalarda nutq qobiliyati va nutq madaniyatini shakllantirishda, estetik did va fahm-farosatni takomillashtirishga xizmat qiladi. Til va tafakkur. Til va tafakkurning o'zaro munosabati masalasi fanda

uzoq tarixga ega. Bu muammo yuzasidan o'tkazilgan munozaralarda doimo quyidagi savollar o'rtaga tashlangan: — til va tafakkur bir narsami yoki ular o'zaro bog'langan, boshqa-boshqa narsalarmi? — til va tafakkur doimo o'zaro bog'langanmi yoki

tafakkur tilsiz, til tafakkursiz zuhur etadimi? — agar til va tafakkur alohida-alohida hodisalar boiib, ular o'zaro bogiangan bo'lsa, fikrlash jarayonida tilning, so'zlash jarayonida tafakkurning roli qanday? Qadim zamonlardan toki hozirgi kunlarga qadar olimlar shu savollar ustida bosh qotiradilar. Antik faylasuflar o'zlarining logos-koinot

to 'g'risidagi ta'limotlarida «so'z va fikr borliqni birgalikda ifodalaydi» degan

..... _ „ „ „ . . „,,

xulosani chiqarishgan edi. Yunon faylasufi Aristotel «til va tafakkur o'zaro aloqador ikki narsa» deb talqin qiladi. So'z narsalarni tasavvur etish ramzi, yozuvni so'zlarning ramzi shaklida qayd etadi. Ammo u tafakkur qonda paydo bo'ladi deb, tafakkurning fiziologik zaminini noto'g'ri tushuntiradi. G ippokrat tafakkurni bosh miya bilan bog'laydi, o'zaro so'zlashuv jarayonida nafas olishni e'tiborga olib, «fikr kishi ongiga havo orqali kiradi», deb yozadi. Rus olimi A.A.Potebnya so'z va tafakkurning o'zaro munosabatini tahlil qilib, shunday xulosa chiqaradi: til tayyor fikrlarni ifodalash vositasigina emas, balki u fikrni tug'diruvchi hamdir.

J-jt

A.A.Potebnya fikrlash jarayonida so'zning rolini juda to 'g'ri ko'rsatadi. Inson so'z vositasida fikrlaydi. Fikr so'z vositasida olg'a siljiydi. Til tafakkur bilan bevosita bog'langan. Tilni tafakkursiz, tafakkurni tilsiz rivojlantirib bo'lmaydi. Binobarin, ona

j "1 > ^^ <n>

tili mashg'ulotlarida o'quvchilarning nutqini o'stirish uchun. qilingan har bir ish bolalarning tafakkurini o'stirish omili ham sanaladi. Shu tufayli, ona tili ta'limida o'quvchilarning nutqini o'stirish ona tili didaktikasining dolzarb muammosi

hisoblanadi. Fikrlash jarayonida abstraksiyalash va umumlashtirishning roli katta.

• „ ......-U : ____ _ :________

Abstraksiyalash va umumlashtirish bilan uzviy bog'liq bo'lgan nutq insonning

I n>»=

r-fl Ji

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

haqiqatni eng yuksak darajada in'ikos etishini ta'minlaydi. Abstraksiyalash va umumlashtirish bilan uzviy bog'liq bo'lgan ikkinchi signallar tizimi moddiy borliqni in'ikos etishning eng yuksak darajasi bo'lishi bilan birga, insonning nerv faoliyatini, uning butun xatti-harakatini boshqarishning ham eng yuksak regulyatoridir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o 'stirishdan tarqatma materiallar. — T.: « O'qituvchi», 1993.

2. Roziqov O.R. O'zbek tilidan dars tiplari. — T.: 1976

3. www.ziyouz.com

W4 > >*

-^fV-liT f«--^SfV-^Y f.—

207

>

j>> >

>

>

im*

M >

fr 4 >

j

>

q >3*

slH >

q

^ >

3 >1* i-H >

2*1 >

q>3*

UM >

q

q > >

q

2*3 >

q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.