Научная статья на тему 'ONA TILI FANINI O‘QUCHILARGA O‘RGATISHNING AHAMIYATI VA XUSUSIYATI'

ONA TILI FANINI O‘QUCHILARGA O‘RGATISHNING AHAMIYATI VA XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1401
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ona tili / ta’lim / bilish / metodika / o‘quvchilar / ko‘nikma / fonetika / poydevor / salohiyat / ahamiyat / bilim.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tangirova Nigora Butayor Qizi

Ushbu maqolada ona tili fanini o‘quchilarga o‘rgatishning ahamiyati va xususiyati haqida ayrim fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, maqolada Ona tili ta’limini bugungi kun yoshlariga o‘qitishda muhim bo‘lgan jabhalar, sohadagi muhim bo‘lgan jabhalarga ham bizning taqinimiz bo‘yicha baho berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI FANINI O‘QUCHILARGA O‘RGATISHNING AHAMIYATI VA XUSUSIYATI»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy JumaH

niVA TTT T FA1VT1VT П'ПТТГТТТТ АИПА П'ЙПА TTSTHTOTlVn AIIAMIVATI VA

ONA TILI FANINI O'QUCHILARGA O'RGATISHNING AHAMIYATI VA

#

>

XUSUSIYATI

j § i>j*

Tangirova Nigora Butayor qizi Muzrabot tumani 54-umumta'lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7249330

> ' ЖЩ

Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili fanini o'quchilarga o'rgatishning ahamiyati va xususiyati haqida ayrim fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, maqolada Ona tili ta'limini bugungi kun yoshlariga o'qitishda muhim bo'lgan jabhalar, sohadagi muhim bo'lgan jabhalarga ham bizning taqinimiz bo'yicha baho berilgan.

Kalit so'zlar: Ona tili, ta'lim, bilish, metodika, o'quvchilar, ko'nikma, fonetika, poydevor, salohiyat, ahamiyat, bilim.

i ]><> :й >

ВАЖНОСТЬ И ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ

РОДНОМУ ЯЗЫКУ

Аннотация: В этой статье дается некоторое представление о важности и характере обучения учащихся родному языку. В статье также оцениваются аспекты, которые важны в обучении родному языку современной молодежи, а также важные аспекты области в нашей области

Ключевые слова: Родной язык, образование, познание, методика,

л.

учащиеся, навык, фонетика, основа, потенциал, значимость, знание.

IMPORTANCE AND CHARACTERISTICS OF TEACHING MOTHER

IMPORTANCE AND CHARACTERISTICS OF TEACHING MOTHER

TONGUE SCIENCE TO STUDENTS

Annotation: This article provides some insights into the importance and nature of teaching mother tongue to students. The article also assesses the aspects that are

1 n rr m n 1 i i/^n +1 n r'n xr/Mi+n nn Ti r 1 1 n n

important in teaching mother tongue education to today's youth, as well as the

ш

important aspects of the field in our context.

Keywords: Native language, education, cognition, methodology, students, skill,

J "1 > ' ^^ \ "1 >

phonetics, foundation, potential, importance, knowledge. Sw^ P s J^Sw-

Bugungi kunda xalq ta'lim tizimiga qaratilayotgan e'tibor va g'amxo'rliklar har bir pedagog uchun ulkan mas'uliyat yuklamoqda. Har bir o'quvchini aqlan yetuk, jismonan barkamol va manan salohiyatli etib tarbiyalash, shu bilan birgalikda

Ы> 3 ]>£>

g

u>,* ^ t<ns

JffiTALQINVA *<il]

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r «-W"

miiif-iwuuif juiiian

uchinchi ronessansga mustaahkam poydevor qo'yish bugungi kun pedagoglariga

#

ulkan sharaf taqdim etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son Farmoni sohadagi ishlarning kamolotini belgilab berdi desak adashmagan bo'lamiz. Jumladan Ona tili fani o'qituvchilari oldiga ham ulkan va shu bilan birgalikda sharafli mas'uliyat yukladi

! \m-

Ona tili — har bir elatning, xalqning, millatning o'z tilidir. Ona tili lug'at tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an'analarini ifodalaydigan so'z va tushunchalardan iborat bo'ladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq[1,13].

Ona tili - millatning ruhidir. Til davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish □ millatning yuksalishi demak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan. Shu tariqa o'zbek tili

i*

mustaqil davlatimizning Bayrog'i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li

bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi[2,25].

Ona tili fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda

»

m?

ifodalashga, o'zbek tili qonun-qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya:

Tadqiq etilayotgan mavzuni ochib berishda biz Q.Husanboevaning "Adabiyot -ma'naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili", V.Qodirovning "Adabiyot o'qitish metodikasi" Karima Qosimova va boshqalarning "Ona tili o'qitish metodikasi", Boqijon To'xliyevning "Ifodali o'qish" U. Normatovning "Ona tili o'qitishning dolzrb muammolari" kabi qo'llanmalarda foydalandik. Ushbu adabiyotlarda mavzu yuzasidan muhim bo'lgan ma'lumotlar mavjud bo'lib, tadqiq etilayotgan mavzuni ochib berishda muhim omil bo'lib hizmat qildi. Shuningdek, internet nashrlaridan https: //uz.wikipedia.org/wiki/ Ona_til, https://kun.

uz

/uz/35715601 ham samarali foydalanildi.

Tahlil va natijalar:

Maktabda amaliy ishlarning ahamiyati o'quvchilar tomonidan to'g'ri baholansa-da, o'quvchilarning nazariy bilimlaridan amalda foydalanishga qiynaladilar. Yozma

! !>»

ishlarni bajarishda grammatika qoidalaridan kam foydalanadilar. Aslida esa imlo savodxonlikni oshirish uchun ko'chirib yozish va amaliy mashqlar muhim o'rin

tutadi. tutadi.

>q ] - )> >

U>,* ^ «KQs

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

»

Miiiif-iwuuif juiiian

1 liML 'm 's

Psixologik tadqiqodlardan ma'lum bo'lishicha, imlo savodxonlik asta-sekinlik

bilan shakllanadi. Amaliy ishlardan qoidaga o'tishda ham o'zlashtirish jarayoni sekinlik bilan kechadi. Dastlab o'qituvchi rahbarligida og'zaki muhokama qilinadi. Asta-sekin o'quvchilar o'ylab, mulohaza qilib anglay boshlaydilar. Barcha yozuv darslarida o'quvchilarga to'g'ri yozish qoidalarini ta'kidlab turish va amaliy ishlarni bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin.

Barcha ona tili darslarida o'quvchilar bilishini va malaka qobiliyatlarini takomillashtirish maqsadida oldin o'tilgan darslarni takrorlashga vaqt ajratiladi. Takrorlash bilimlarni aniqlashga, hisobga olish va shu bilan bir vaqtda mustahkamlashga yordam beradi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida oldin o'tilganlarni takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib boriladi. Takrorlash orqali o'quvchilar o'z bilimlarini tartibga soladilar, mustahkamlaydilar.[3,42]

Ilg'or tajribali o'qituvchilar darslarni tashkil etishda oldin o'tilganlarni mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish bilan bir vaqtda keyingi darsda

m 1

*

o'rganiladigan mavzu uchun zamin tayyorlaydilar.

Xozirgi zamon darsi shundan iboratki, o'quvchi, tinglovchi, o'qituvchi esa ma'ruzachi bo'lib qolmasligi kerak. Balki o'qituvchi darsni kuzatib tartibga soluvchi

rejissyorga aylanmog'i lozim. O'qituvchi darsni shunday tashkil etishi kerakki hamma o'quvchi shu mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritsin, o'z fikrini ayta olsin, kamchiligi bo'lsa o'rtoqlari va o'qituvchi javobidan kelib chiqib to'g'rilay olsin. Darsning xarakter xususiyatiga qarab dars interfaol usulda bo'lishiga erishishi lozim. Darslarda testlardan va tarqatmali materiallardan foydalanish ham yahshi natija beradi.

Ona tilidan bilim berishda o'quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O'qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo'lgan daliliy materiallarni yig'ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o'rganish natijasida o'quvchilar nutq faoliyatining sifati o'zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o'rganishni hayot bilan bog'lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri

J-jt

1л г» ' I m 1 r-i 1"ч /л ' /чпт г/л1л1 I nvri г> +/Л ' rt'fi т m s~\ ' г-ж -i-i1 т—n 14 n 1 г» rr ' г-ж т /г> т rr»r7tv>r> о rir>

bo'lmish o'quvchilarda to'g'ri kuzatish va o'z fikrlarini og'zaki va yozma shaklda

ш

aniq bayon etish ko'nikmasini o'stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o'qituvchidan o'quvchilarda dialektik fikrlash ko'nikmasini shakllantirishga alohida e'tibor berish talab etiladi.

Dialektik tafakkur keng ma'noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog'liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig'indisi bilan rivojlanishda ko'rish ko'nikmasini ta'riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o'quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o'z navbatida, ular kuzatish jarayonida

Ы> 3 ]> <}>

u>,* ^ t<ns

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmiy-uslubiy jumali

Miiiif-iwuuif juinan

dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o'rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari

#

o'zaro bog'liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko'nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o'quvchilarning o'quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo'lmoqda. Tilni o'rganishda o'quvchilar uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o'quvchilarning o'ztari,,topgan" yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi. O'rganiladigan grammatik va

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

! Ш-

so'z yasalishiga oid, leksik tushunchalarning mavjud belgilarini aniqlash jarayonida faol qatnashish, bilib olingan dalillarni o'xshash va farqli tomondan qiyoslash, shuningdek, o'rganilgan nazariy bilimlarni har xil nutqiy faoliyatga ijodiy tatbiq etish - bularning barchasi o'quvchilarda dialektik fikrlash ko'nikmasini o'stirish uchun zamin va shartsharoit yaratadi. Bunda muhim omijlardan biri o'quvchilarning aqliy faoliyatini o'qituvchi tomonidan maqsadga muvofiq boshqarish, ularda orfografik, grammatik yoki leksik uslubiy vazifalarni hal qilishning umumiy metodlarini shakllantirish hisoblanadi.

Ona tilini o'rganish jarayonida o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o'rgatishga asos bo'ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning g'oyaviy yo'nalishi va badiiy ifodaliligi

»

o'quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o'quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o'stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o'qituvchilar uchun nashr qilingan qo'llanmalar materiali mazmuniga qo'yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog'lanishi, matnlarning

g'oyaviy-mavzuviy yo'naltirilganligi, maktab yoshidagi o'quvchilarga mosligidir. [431]

Shunday qilib, tilni o'rganish jarayonida maktab yoshidagi o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o'qituvchining metodologik yondashuvi, o'quvchilar o'zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi

J-jt

ImI i*v»1 л*» mnitv>iinni л'лпт taUiI ni* ' -v rr n n 11л r»1 r>rii 1л 111 n 1-х îinnli +11 n 1 r» ' -*-• rr n 1'

bilimlar majmuasi, o'quvchilar o'rganib oladigan bilish usuli, tilni o'rganishga asos

ш

bo'ladigan materialning bilim berishdagi, g'oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal

qiluvchi ta'sir ko'rsatar ekan.

j 1 > ' ^^ 1 >

O'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko'p qirrali jarayon

bo'lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy

m

ishlarning barcha tizimida hal qilinadi. i»

:>q> q> >

I >■;> >

■H* ^ #,?Î

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r

M3

Miiiif-iwuuif juiiian

4 V -'M ]M , >

Maktabda o'quv predmeti sifatida tilni o'rganish tizimi tilning barcha

tomonlarini, ya'ni fonetikasi, leksikasi, so'z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o'zaro ichki bog'lanishlariga asoslanadi.

Tilning barcha tomonlari o'zaro bog'lanishining ko'p qirraliligi va

№1

murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo'ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o'zaro bog'lanishda bajaradi. Har bir

! Ш-

so'zga xos bo'lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo

J S "s^T ч J ^

so'zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to'g'ri kelmaganidek, o'zicha

yashamaydi. Istalgan tovushlar yig'indisi emas, balki ma'lum ma'no bildiradigan

tovushlar yig'indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.

Ma'lumki, ma'no bildiradigan tovushlar yig'indisi so'zdir. Tilning lug'at

boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o'ziga xos qurilish

materialidir.

Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o'ziga xosligida

namoyon bo'ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma'nosi va qo'llanishi nuqtai nazardan so'z; grammatika uchun so'z shakllari, shuningdek, so'z birikmasi va gap; so'z yasalishi uchun morfema,

tuzilishi va yasalishi jihatdan so'z hisoblanadi.[5,41]

So'z, so'z birikmasi va gap grammatik tomondan ko'pgina xususiyatlarga ega. So'zning o'z morfemik qurilishi, o'zining so'z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma'lum sintaktik vazifasi bor. So'z birikmasi ham so'z kabi so'z o'zgarishi (ko'proq ergash so'z o'zgaradi) shakllariga ega. Gap o'z qurilishiga ko'ra so'zdan sifat jihatdan farqlanadi: so'z o'zi alohida kelganda mustaqil ma'no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma 'no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma'nosi yana oydinlashadi. Gap va so'z birikmasi "qurilish materiali" sifatida xilma-xil tuzilgan so'zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik

m.

xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.

Shunday qilib, tilning har bir jihatining o'ziga xos xususiyatini ko'rib chiqishning o'zi ularning o'zaro munosabatini, bir-biriga o'tishining murakkabligini J-jt ta'kidlaydi. Tilshunoslik fani bo'limlari o'rtasidagi munosabatlar ham shunga o'xshash murakkabdir.

Takif va tavsiyalar:

Tadqiq etilayotgan mavzuni o'rganish davomida bir qancha taklif va tavsiyalarni keltirishni lozim deb topdik.

Ona tili fanini o'quvchilarga o'rgatishda bevosita boshqa fanlar bilan bog'lanish jarayonini takomillashtirish lozim. Dars jarayonida fanlararo aloqadorlik ta 'lim

samaradorligini oshirishga hizmat qiladi.

Ы> 3 ]> <}>

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡Imly-uHuOiy jumali i»--r

M3

Miiiif-iwuuif juiiian

Ona tii ta'limini olib borishda o'quvchilarning psixologik hamda yosh

#

>

hususiyatarini pedagog tomonidan inobatga olinishi lozim.

Zamonaviy multimedia vositalaridan kengroq foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O'quvchilarning imkoniyatlari va yosh hususiyalarini inobatga olgan holda pedagogik texnologiyalardan kengroq foydalanish.

Tilshunos olimlar, yozuvchilar va shoirlar bilan keng ko'lamli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. Bunga tilga, madaniyatga nisbatan o'quvchilarda havas, hurmat va albatta qiziqish ortadi.

Oynaijahon, Ommaviy ahborot vositalaridagi manna sayoz materiallarni ommaga taqdim etmasli, imkoni boricha ona tilida va adabiy tilde materiallar tayyorlash kabi masalalar muhim deb hisoblandi.

Xulosa

Xulosa qilib aytsak, keltirilgan fikrlar maktab o'quvchilariga predmetlararo ichki bog'lanishni hisobga olgan holda ona tilini o'rgatish metodikasini belgilaydi.

1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so'z yasash, grammatik) tomonlari o'zaro bog'liqligini va ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o'quvchilar tilni ongli o'zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va

»

ular o'rtasidagi bog'lanishni o'zlashtirishlari zarur.

Yosh hususiyatini inobatga olgan holda ona tilini o'rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so'z yasalishi va grammatikaning o'zaro bog'lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o'rganish tartibini

belgilashda ham, ta'lim mazmunini (dastur bo'limlari o'rtasidagi uzviy bog'lanishni)

........

aniqlashda ham hisobga olinadi.

2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta'siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo'ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so'zni to'g'ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so'zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo'lishi, gapda grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi kerak.

Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o'quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so'z yasalishi va grammatik tomonlarining o'zaro bog'lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o'rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi J-jt ekani nazarda tutiladi, ya'ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o'rganishda so'zning ma'no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so'z

4 > <j >

ma'nosini farqlashdagi o'rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi.

"So'z" mavzusi o'tilayotganda o'quvchilar tomonidan so'zning talaffuzi, leksik ma'nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o'qituvchi so'zning

H u

>q ] i )> >

a j

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubry jurnali

№4 2022

nom bo'lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma'nosining bir-biriga ta'sirini ham o'quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Husanboeva Q. Adabiyot - ma'naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. T.: 2009.

2. Qodirov V. Adabiyot o'qitish metodikasi. Ma'ruzalar matni. Andijon.: 2010.

3. Karima Qosimova va boshqalar "Ona tili o'qitish metodikasi Toshkent.: 2009

4. Boqijon To'xliyev "Ifodali o'qish" Toshkent.: 2015

5. Normatov U. "Ona tili o'qitishning dolzrb muammolari", -T.: 2008 y

6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ona tili

7. https://kun.uz/uz/35715601

ой* >*

-^¡fV-TiT f.--^SfV-^ï f.—

170

jW^ У

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

q ж**

ЩУ>

Ш

!> О

>

Щ>

I >

Щ Я*

^Н >

Ы:>

и*-

Ц >;*

Ш >

ы >

% j>4:>;

Щ >

S

ЗИ >

щ>

и*-

]>Ж

Ц >р

1*Й >

Ц Н>

Ы >

q

Щ >

q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.