Научная статья на тему 'TIL TА’LIMIDА O‘QUV LUG‘АTLАRIDАN FOYDАLАNISH MASALASI'

TIL TА’LIMIDА O‘QUV LUG‘АTLАRIDАN FOYDАLАNISH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lug‘atchilik / lingvodidaktika / adabiy me’yor / o‘quv lug‘at / elektron lug‘at.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boysariyeva Saodat Baxtiyor Qizi

Maqolada sohalararo integrallashuvning samaradorligini hisobga olgan holda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan o‘quv lug‘atchiligi yangilash masalasiga doir fikrlar bayon etilgan. Zero, an’anaviy o‘quv lug‘аtchiligining nаzаriy аsoslаrigа tаyаnib, bosma lug‘atlarning elektron bаzаsini shаkllаntirish hozirgi lug‘atchilik oldida turgan muhim mаsаlаlаrdаn biri sаnаlаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL TА’LIMIDА O‘QUV LUG‘АTLАRIDАN FOYDАLАNISH MASALASI»

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

TIL TA'LIMIDA O'QUV LUG'ATLARIDAN FOYDALANISH

MASALASI

Boysariyeva Saodat Baxtiyor qizi

o'qituvchi, TerDU https://doi.org/10.5281/zenodo.13960721

Annotatsiya. Maqolada sohalararo integrallashuvning samaradorligini hisobga olgan holda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan o 'quv lug'atchiligi yangilash masalasiga doir fikrlar bayon etilgan. Zero, an'anaviy o'quv lug'atchiligining nazariy asoslariga tayanib, bosma lug'atlarning elektron bazasini shakllantirish hozirgi lug'atchilik oldida turgan muhim masalalardan biri sanaladi.

Kalit so'zlar: lug'atchilik, lingvodidaktika, adabiy me 'yor, o 'quv lug'at, elektron lug'at.

Barcha davrlarda jamiyat iqtisodiy, siyosiy, ilm-fan jihatdan yetakchilik qilgan davlatlar tilini o'rganishga ehtiyoj sezgan. Shu sababli asrlar davomida ikki tilli tarjima-o'quv lug'atlari muomalada bo'lgan. XX asr oxirlarida o'quv lug'atlari lingvodidaktika bilan hamkorlikda qilgan bo'lsa, XXI asrga kelib bir qancha sohalar bilan integrallashganini kuzatishimiz mumkin. Shu jumladan, bugungi kundagi tadqiqotlar o'quv lug'atchiligining pedagogika, lingvodidaktika, kompyuter texnologiyalari, leksikografiya, tilshunoslik nuqtayi nazardan tadqiq etishni talab qilmoqda. Yillar davomida ikkinchi tilni o'zlashtirish uchun vosita sifatida qaralgan o'quv lug'atlari endilikda ona tili ta'limiga yo'nalganlik tabiati orqali o'z foydalanuvchilari e'tiborini tortmoqda. Jamiyatda har bir shaxs o'z o'rniga ega bo'lgan mutaxassis sifatida shakllanishi uchun undan ona tilidagi savodxonlik talab etilmoqda. O'z adabiy tilining normalarini targ'ib etishni maqsad qilgan tillarda ona tilida so'zlashuvchilar uchun yaratilgan o'quv lug'atlarining maqsad va vazifalari shakllanib ulgurgan.

Amaliy leksikografiyaning muhim tarmog'i hisoblangan o'quv lug'atchiligi o'zida lug'atshunoslik va ta'lim sohalarini birlashtirgani bilan ajratilib turadi. "O'quv lug'ati" atamasining birinchi marta rus leksikografi E.D.Polivanov "Kpa™™ русско-узбекский onoBapb" asarida qo'llagan. Muallif lug'atga ta'rif berar ekan, "o'z hajmi bo'yicha u ma'lumotnoma lug'atining vazifasini bajarmaydi va o'quv lug'atlari toifasiga kiradi", - deb izohlagan1. Ijtimoiy tarmoqdagi o'zbek tilidagi onlayn ensiklopediya (qomus.info)da A.Madvaliyevning "Leksikografiya" haqida yozgan mulohazalarida bir qancha lug'atlar tipologiyasini izohlar ekan, o'quv leksikografiyasiga til o'rganishga ixtisoslashgan lug'atlarni o'rganuvchi soha deb ta'rif beriladi2 Yuqoridagi mulohazalar bevosita an'anaviy o'quv lug'atlari haqida edi.

B.Bahriddinova o'zbek tilidagi o'quv lug'ati dastlabkisi sifatida 1909-yil tuzilgan S.Toshkandiyning "Lug'ati salos" asari keltiradi3. Bu o'sha davr kommunikativ vaziyatiga muvofiq uch tillik arabcha-forscha-turkcha lug'at til ta'limi uchun zarur edi. Shuningdek, 1953-yilda nashr etilgan "O'zbek klassik adabiyoti asarlarini o'qitish uchun qisqacha lug'at"i esa dastlabki sohalashtirilgan o'quv lug'ati sifatida baholashimiz mumkin.

1 Поливанов Е. Д. Краткий русско-узбекский словарь - [Ташкент; Москва] : Б. и. ; 1926 (Туркпечать). - XII, 218 с.

2 Мадвалиев A. Онлайн энциклопедия. Лексикография. https ://qomus.info/encyclopedia/cat-l/leksiko grafiya-uz/

3 Бахриддинова Б. Б. Узбекистонда укув лугатчилиги: лингвистик асослари, тарихи ва истикболлари. (DSc) диссертатциси . - Самарканд, 2020. - Б. 270

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

A.Yusupova4 XIX asr tatar tili leksikografik manbalarining tadqiqiga bag'ishlangan ishida tatar, qirg'iz, qozoq tillari qatorida o'zbek tilida yaratilgan lug'atlarni sanab o'tadi. Uning fikricha, XIX asrda o'zbek tilida lug'at va grammatik qo'llanmalar yaratish an'anasi shakllangan edi. Misol tariqasida V.P.Nalivkinning 1884-yilda tuzilgan ruscha-sartcha, sartcha-ruscha lug'ati hamda 1895-yilda S.Lapin tomonidan tuzilgan ruscha-o'zbekcha lug'atlarini keltirib o'tgan.

1975-yil fors tilini o'rganuvchilar uchun A.Rustamov, Q.Karimov, Z.Umarovlarning "Forscha-o'zbekcha o'quv lug'ati" birinchi tajriba hisoblanadi. Unda fors adabiy tilidagi matbuot va radioda qo'llaniluvchi 9200 dan ortiq so'zlarning o'zbek tildagi eng ko'p qo'llanuvchi ma'nolari berilgan.

O'zbek lug'atchiligida XIX asrning so'nggi choragida turkiy (o'zbekcha)- arab, turkiy(o'zbek)-fors, o'zbek-turk juftligida yoki aksincha tartibdagi lug'atlar, ta'limiy xarakterdagi o'quv lug'atlari mavjud bo'lgan bo'lsa, XIX asr oxiri - XX asrda bular qatoriga rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan, hind va boshqa tillardagi lug'atlar ham qo'shildi. Ayniqsa, davr talabi bo'lgan ruscha-o'zbekcha, o'zbekcha-ruscha lug'atlar bular orasida eng faoli edi. 1950-1990-yillar oralig'ida katta hajmli o'quv-ta'limiy xarakterdagi o'nlab kichik hajmli ruscha-o'zbekcha lug'atlar yaratildi.

1930-yili K.D.Gormatovichning "Asosiy o'zbek tili" darsligining 2-nashriga qo'shimcha sifatida "Ruscha-o'zbekcha lug'at" (2090 ta so'z va 710 ta so'z birikmasi) va "o'zbekcha-ruscha lug'at" (2475 ta so'z va 170 ta so'z birikmasi) ilova qilingan. Maktablar hamda oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim sifatini oshirishga, rusiyzabon o'quvchilarning o'zbek tilini, o'zbek o'quvchilarining rus tilini puxta egallashlariga ma'lum darajada yordam bergan.

Dastlabki sartcha-ruscha, turkiycha-ruscha lug'atlar muallifi A.Starchevskiy o'z kitobida aytib o'tganidek5, bunday lug'atlar mustamlaka hududlarga yuborilayotgan amaldorlarga shu hududda yashovchi aholining tilini o'rganishga ko'maklashishni ko'zda tutgan edi.

B.Bahriddinova o'zbek o'quv lug'atchiligining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etib, o'quv lug'atlari hamda o'quv lug'atchiligi xarakter-xususiyatlarini quyidagicha izohlaydi:

1. Ta'lim, ma'lumot berish, tilni tasvirlash, me'yorlashtirish, til o'rganish vazifalarini ochib beruvchi;

2. Muayyan tilga xos o'quv lug'atlarining tarixini o'rganib, o'quv lug'atlari turlarini aniqlash va ularni takomillashtirishni yo'lga qo'yuvchi;

3. O'quv lug'atchiligining taraqqiyotini amaliy fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi ta'minlovchi;

4. Yevropa va turkiy tillar doirasida yaratilgan o'quv lug'atchiligi tadrijiy rivojlanishi, yutuq va muammolarini tahlilga tortuvchi;

5. O'zbek o'quv lug'atchiligining davriy bosqichlari, hozirgi holati hamda istiqbolli vazifalarini belgilab beruvchi6.

Globallashuv hamda ilm-fanga kompyuter texnologiyalarining jalb etilishi turli sohalarda o'zgarishlar bo'lgani kabi o'zbek o'quv lug'atchiligining keyingi bosqichida elektron lug'atshunoslik yetakchilikni o'z qo'liga oldi. Insoniyat bilimlariga tayanib ish ko'ruvchi sun'iy intellekt texnologiyalari uchun leksikografik bilimlar zaruriyati paydo bo'ldi.

Hozirgi o'zbek o'quv lug'atchiligini 2 ajratishimiz mumkin:

1. An'anaviy (bosma) o'quv lug'atlari;

4 Юсупова А.Ш. Лексикографическое наследие татарского языка. - Казань: Алма-лит, 2010. - 133 с.

5 Старчевский А. Спутник русского человека в Средней Азии... С. 1-2.

6 Бахриддинова Б. Б. Узбекистонда укув лугатчилиги: лингвистик асослари, тарихи ва истикболлари. (DSc) диссертатциси . - Самарканд, 2020. 270 б.

YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

2. Zamonaviy (elektron) o'quv lug'atlari.

Kompyuter dasturlari yordamida o'zbek tilining imkoniyatlarini namoyon etib, o'quvchiga qulaylikni yarata oladigan elektron o'quv lug'atlarining yaratilishi lug'atshunosligimiz oldida turgan vazifalardan biriga aylandi. Ayniqsa, mobil qurilmalar insoniyatning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurgan davrda lug'atshunoslar o'z mahsulotlarini shaxsiy kompyuter va mobil qurilmalarga xoslangan ko'rinishlarini taqdim etishi zarur. Bu borada leksikografik yondashuvga ega bo'lmagan, dasturchilar tomonidan taqdim etilgan bir qancha mobil lug'atlar iste'molda mavjud. Ammo lug'at tuzish alohida soha hisoblanadi. Bunga leksikografik nuqtayi nazardan yondashuvchi mutaxassis, albatta, zarur.

Mobil telefonlarning qulayligi tilni o'rganayotgan o'quvchiga matn va unga tegishli kichik hajmdagi lug'at (vocabulary) bilan ishlashga imkoniyat beradi. Mobil qurilmaning ishlash tezligi, qulayligi, qo'shimcha funksional imkoniyatlarga egaligi o'quvchining dars mashg'ulotidan tashqari mustaqil ishlash va bilimini mustahkamlashga ko'maklashadi.

Til ta'limida o'quv lug'atlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurgan. So'nggi yillarda o'quv lug'atchiligiga doir o'zbek tili o'quv lug'atchiligi, til ta'limida lug'atlarning o'rni, yangi avlod o'quv lug'atlari yaratish zaruriyati, kompyuter hamda mobil lug'atlar yaratishning leksikografik jihatlarini ochib berishga qaratilgan bir qator tadqiqotlarni ko'rishimiz mumkin.

Elektron lug'atlarni yaratishda quyidagi funksional jihatlar inobatga olinishi lozim:

1. Sodda va intuitiv interfeys;

2. Lingvistik ta'minotda so'zlarni boyitib borish imkoniyati;

3. Tezkor qidiruv;

4. Ovozli qidiruv;

5. Qidiruvda imlo xatolarini tuzatish;

6. Ro'yxatni tezkor ko'rib chiqish imkoniyatini yaratish;

7. Ro'yxatda shrift o'lchamini sozlash;

8. O'zbek tili uchun lotin va kirill alifbolarini hisobga olish.

Bundan tashqari, lug'atning so'zlar bazasini boyitish va uning to'liq imkoniyatlaridan foydalanishi uchun qo'shimcha kontentlarni sotib olishni taklif etish zarur. Shuningdek, o'quv lug'atlarining asosiy maqsadi hisoblangan o'quvchining so'z boyligini oshirishga qaratilganligini hisobga olgan holda mazkur lug'atda so'zlarning faol va nofaolligini (aktiv va passiv lug'at) aniqlashda muhim bosqich sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Boysariyeva, S. (2024). Electronic dictionaries as a new stage of lexicography. Science and innovation, 3(C2), 32-34.

2. Абдурaхмоновa, Н., & Бойсaриевa, С. (2023). Tabiiy tilni qayta ishlashda (nlp) okkazionalizmlarning morfem tahlili. Международный журнал искусство слова, 6(3).

3. Бaхриддиновa Б. Б. Узбекиcтoндa укув луFaтчилиги: лингвистик acoonap^ тaрихи Ba иcтик;бoллapи. (DSc) диccеpтaтциcи . - Оaмapк;aнд, 2020. - Б. 270

4. Мaдвaлиев A. Онлaйн энциклопедия. Лекcикoгpaфия. https://qomus.info/encyclopedia/cat-l/leksikografiya-uz/

5. nonrnaHOB Е. Д. Kpa™™ русско-узбекский cnoBapb - [Тaшкент; MocKBa] : Б. и. ; 1926 (Туpкпечaть). - XII, 218 с.

6. Огарчевский А. Спутник русского человек в Средней Азии... С. 1-2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.