Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARIDA O‘QUV LUG‘ATCHIDAN FOYDALANISH ZARURIYATI'

ONA TILI DARSLARIDA O‘QUV LUG‘ATCHIDAN FOYDALANISH ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1444
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lug`at / o`quv lug`atlari / elektron lug`atlar / darslik / tamoyil / словарь / учебные словари / электронные словари / учебник / принцип.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Faxritdinovna Tursunova

Ushbu maqolada umumiy o`rta ta’lim maktablarida ona tili darslarida o`quv luga`tlaridan foydalanishning umumiy qonuniyatlari, kamchiliklari va ularni bartaraf etish yo`llari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются общие закономерности использования учебной лексики на уроках родного языка в общеобразовательных школах, недостатки и пути их преодоления.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA O‘QUV LUG‘ATCHIDAN FOYDALANISH ZARURIYATI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

ONA TILI DARSLARIDA O'QUV LUG'ATCHIDAN FOYDALANISH

ZARURIYATI

Ozoda Faxritdinovna Tursunova

Buxoro davlat tibbiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika,

psixologiya kafedrasi o'qituvchisi ozodafaxriddinovna456@gmail.com

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili darslarida o'quv lugatlaridan foydalanishning umumiy qonuniyatlari, kamchiliklari va ularni bartaraf etish yo'llari yoritilgan.

Kalit so'zlar: lug'at, o'quv lug'atlari, elektron lug'atlar, darslik, tamoyil.

В данной статье рассматриваются общие закономерности использования учебной лексики на уроках родного языка в общеобразовательных школах, недостатки и пути их преодоления.

Ключевые слова: словарь, учебные словари, электронные словари, учебник, принцип.

This article discusses the general patterns of the use of educational vocabulary in the lessons of the native language in secondary schools, disadvantages and ways to overcome them.

Keywords: dictionary, educational dictionaries, electronic dictionaries, textbook, principle.

Umumiy o'rta ta'limda o'quvchilami mustaqil va ijodiy fikrlashga yo'naltirish, ularga milliy o'zligini tanitish, ongida ma'naviy-ma'rifiy inqilob hosil qilish, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang-barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o'zbek tilidan bemalol, erkin, samarali, to'g'ri foydalana olishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan bahramand bo'lishi, nutq odobi va nutqiy taktika sirlarini egallash bilan bog'liq zaru ' ko'nikmalarni shakllantirishda ona tili ta'limining roli muh

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Shu bois istiqlolning dastlabki yillaridayoq maktab ona tili ta'limi maqsadi, mazmuni va o'qitish uslubi tubdan yangilandi. Shundan kelib chiqib umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartida ona tili o'qitishning zaruriy vositalariga darsliklar bilan birga lug'atlar ham kiritildi.

Bu esa O'zbekistonda o'quv lug'atchiligining nazariy va amaliy masalalarini hal etish uchun zudlik bilan o'quv lug'atchiligi tarmog'ini tashkil etish, o'quv lug'atlari yaratishning lingvistik, pedagogik va psixologik asoslarini aniqlash, o'quv lug'atlarini tuzish tamoyillarini ishlab chiqish, o'quv lug'ati tiplarini aniqlash, o'quv lug'atlarining yangi avlodlari, kompleks lug'atlar, elektron lug'atlarni yaratish, yaratilajak lug'atlarni moliyalashtirish bilan bog'liq muammolarni hal etish vazifalarini kun tartibiga qo'ydi.

Ma'lumki, sho'ro davri o'zbek o'quv lug'atchiligining asosini milliy maktablarda rus tilini o'qitish uchun xizmat qilgan ruscha-o'zbekcha va o'zbekcha-ruscha ikki tilli lug'atlar tashkil qilgan, umuman, O'zbekistonda o'quv lug'atlarining tarjima tipini yaratish bo'yicha tajribalar to'plangan, ikki tilli o'quv lug'atlari yaratish an'anasi shakllangan edi. Ushbu an'ana asosida mustaqillik yillarida ham ta'lim bo'g'inlarida xorijiy tillar, jumladan, rus, nemis, ingliz va boshqa tillarni o'qitishga xizmat qiluvchi o'quv lug'atlari yaratildi. Bu davrda yaratilgan lug'atlar sho'ro davri maktab lug'atchiligi namunalaridan biror mafkura manfaatlariga xizmat qilishga bo'ysundirilmaganligi bilan farqlanadi.

Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida bolalarning ilk yoshlaridan chet tillarni o'rgatish an'anasi mavjud, XX asrning oxirlaridan O'zbekistonda ham dunyoning yetakchi tillari, jumladan, ingliz, rus, fransuz, ispan, arab, xitoy kabi xalqaro tillar, MDH mamlakatlari tillarini o'rganishga katta e'tibor qilina boshlandi. Bu esa, o'z navbatida, mavjud o'quv lug'atlarini zamon talablari darajasida qayta nashr etish zaruratini yuzaga keltirdi.

Istiqlol yillarida ilm-fan, texnika taraqqiyoti bilan bog'liq holda dunyoning yetakchi tillari, xususan, ingliz tilini o'rganishga ham qiziqish ortdi. Bu esa ingliz tilini tez va oson o'rgatish uchun xizmat qiladigan o'zbekcha-inglizcha, inglizcha-o'zbekcha dasturlar, darsliklar va lug'atlarga bo'lgan talabni oshirdi. Ushbu talablarni qondirish maqsadida o'zbek tilida har qanday ko'rinishdagi turli-tuman kichik, o'rta hajmdagi lug'at va so'zlashgichlar, ularning elektron shakllari, mobil ilovalar, onlayn-lug'atlar, interaktiv lug'atlar yuzaga keldi. Biroq shuni aytib o'tish kerakki, yaratilgan lug'atlarning aksariyati bozorbop lug'atlar, so'zli1 ' tanlashda ham, izohlarning berilishida ham, lug'at struktura

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

echimlar

muammo va

ye

shakllantirishda ham o'quv lug'atchiligining, umuman, leksikografiyaning muayyan mezonlari, talablariga amal qilinmaganligi kuzatiladi. Shuningdek, mazkur lug'at va so'zlashgichlar, cho'ntak lug'atlarining ko'pchiligi inglizcha-ruscha, ruscha-inglizcha yoki boshqa tillarda yaratilgan lug'atlar negizida yaratilgan, ularni tarjima qilish yo'li bilan yuzaga kelgan. Mazkur lug'atlarda milliy ruhning sezilmasligi, so'zlikni tanlash, izohlarni berishda milliy g'oyamiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz aks etmaganligi yuqoridagi xulosalarimizni tasdiqlaydi.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, so'nggi yillarda mamlakatimizda chet tillarning o'qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Chet tili darslarini o'qitishga ko'mak beruvchi axborot banklari, professional lug'atlarni yaratish kun tartibiga qo'yildi. Shu munosabat bilan uzluksiz ta'limning turli bo'g'inlari uchun birmunch a talab darajasida yaratilgan lug'atlar ham paydo bo'ldi.

S.Rizayevning mustaqillik yillarida boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun nashr etilgan "Imlo va talaffuz lug'ati"ni me'yoriy o'quv lug'atlarining zamonaviy ko'rinishi sifatida baholash mumkin. Lug'at lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida yozilgan bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqida faol ishlatiladigan 2000dan ortiq so'zlikni qamrab olgan. Har bir so'zning avval lotin, keyin kirillcha yozilishi (transliteratsiyasi), uchinchi ustunda adabiy talaffuzi berilgan. Lug'atning muhim xususiyati to'g'ri yozuv va to'g'ri talaffuzni ham qamrab olgan tom ma'nodagi me'yoriy o'quv lug'ati ekanligi.

Lotincha yozilishi

adab

adabiyotchi ajablanmoq baliq laylak

Kirillcha yozilishi

adab

adabiyotchi ajablanmoq baliq laylak

Talaffuzi

adap

adabi:yochchi

ajaplammog'

balig'

laylag/laylay

Shuni ham aytib o'tish kerakki, bu davrda yaratilgan ko'pgina lug'atlardan farqlanib ushbu lug'atda o'quv lug'atchiligi mezonlariga amal qilingan. O'quv-metodik qurilmaga egaligi, lug'at so'ngida ilovalar (O'zbekistonning viloyat markazlari, daryolar), hajm (80 bet) va so'zlik qamrovi (2000 so'z)ning maktab dasturi va adresatning yoshiga moslashtirib chegaralanishi va boshqalar lug'at muallifining o'quv lug'atchiligi mezonlaridan xabardor ekanligidan dalolat beradi.

Ayniqsa, professor N.Mahmudovning boshlang'ich sinf o'quvchilariga mo'ljallangan "So'z sandiqchasi" nomli izohli

May 6

321

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

lug'atchasini kichik yoshli bolalar uchun tayyorlangan yuqori saviyadagi lug'at sifatida baholash mumkin. Lug'at muallifi ta'kidlaganidek, "o'zbek tili ta'limini yanada takomillashtirish, bu jarayonlarda zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan to'liq foydalanish kabi bir qancha muammolar borki, bular ustida tegishli mutaxassislar izlanishlar olib bormoqda. Masalan, maktablar uchun turli hajm va mazmundagi o'quv qo'llanmalarini ko'paytirish ham muhim. Aytaylik, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun bola tasavvurini zo'riqtirmaydigan izohli lug'atlar tuzish tajribasi dunyo lug'atchiligida anchayin keng tarqalgan. Bizda bu ish endi-endi boshlanmoqda. Yaqinda "So'z sandiqchasi" degan ana shunday lug'at nashr qildirdik".

Istiqlol davri o'quv lug'atchiligining yana bir yutug'i uzluksiz ta'limning oliy ta'lim bosqichi talabalari uchun mo'ljallagan o'quv terminologik lug'atlarning ham yaratilishi bilan bog'liq. To'g'ri, ularning aksariyati bevosita o'quv lug'ati deb nomlanmagan bo'lsa-da, muqovasida oliy o'quv yurtlarining muayyan yo'nalishi talabalari uchun deb ko'rsatilgani va o'quv leksikografiyasi mezonlari asosida yaratilgani mazkur lug'atlarni o'quv lug'ati toifasiga kiritishimizga asos bo'la oladi. G'.Ahmedov va H.Bektemirovning "Ruscha-o'zbekcha yuridik atamalar lug'ati" (2002), H.Dadaboyevning "Tarixiy harbiy terminlar lug'ati" (2007), N.Ochilov va T.Kenjayevlarning "Folklorshunoslik atamalarining o'quv izohli lug'ati" (2011), A.Hojievnnig "Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati" (2012), M.Ismoilov va A.Sharopovnig "Tarix atamalari lug'ati" (2013), N.Mahkamov va I. Ermatovlarning "Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati" (2013), I.Habibjonovning "Adabiyot darsliklaridagi tushunilishi qiyin so'zlar lug'ati" (2014), D.Xudayberganovaning "Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug'ati" (2015), G.Toirovaning "Pragmalingvistika" (2016) o'quv lug'ati va boshqalarni ushbu davrga mansub o'quv terminologik lug'atlarning mukammal namunasi desa bo'ladi.

Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, oliy ta'lim tizimi uchun yaratilgan o'quv terminologik lug'atlarning aksariyati rus, ingliz va boshqa tillarda yaratilgan shu nomli lug'atlardan nusxa olish yoki shu turdagi katta lug'atlarni qisqartirish yo'li bilan yuzaga kelgan. Masalan, A.Usmonxo'jayev, E.Bositxonova, V.Avakovlarning 2011 yilda tibbiyot oliy o'quv yurti talabalari uchun yaratilgan "Katta tibbiyot o'quv lug'ati"ni ushbu davrga mansub o'quv terminologik lug'atlaring mukammal namunasi desa bo'ladi. Lug'at hozirgi zamon tibbiyotida qo'llaniladigan 10 000 atrofidagi klinik terminlar va tibbiy tushunchalarni o'z ich ' " qamrab olgan. Lug'atda asosiy klinik terminlar va tib

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

tushunchalar bilan bir qatorda anatomiya, fiziologiya, xirurgiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, stomatologiya, biokimyo, farmakologiya, psixiatriya, hamshiralik ishi hamda sog'liqni saqlash muassasalari va boshqa jabhalarda keng qo'llaniladigan yangi atamalar ham o'rin olgan. Lug'atdagi ruscha-baynalmilal klinik terminlarning izohi ruscha, o'zbekcha-kirill va lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosida berilgan, foydalanuvchilar uchun qulaylik tug'diradi. Biroq u mualliflarning o'zlari ta'kidlaganidek, 2010 yilda nashr etilgan 2 jildli 20 000 so'zlikka ega "Tibbiy terminlar ensiklopedik lug'ati" asosida yaratilgan. Ularning ko'zga ko'rinib turadigan farqi shundaki, o'quv lug'atida terminlar 2 ustunda emas, 3 ustunda berilgan: 1-ustunda ruscha-baynalmilal tibbiy termin, uning lotin tilidagi shakli va rus tilidagi izohi, 2- va 3-ustunlarda shu terminning o'zbekcha muqobili va izohi o'zbek kirill va o'zbek lotin yozuvlarida keltirilgan.

Umuman olganda, istiqlol yillari o'quv lug'atchiligining yutug'i sifatida o'quv lug'atlarining qamrovi kengayganligi, ya'ni jahon o'quv leksikografiyasida bo'lgani kabi ta'limning eng quyi bo'g'inidan eng yuqori bo'g'inida tahsil oluvchilarga mo'ljallangan lug'atlar va ularning elektron variantlarini yaratilganligi, o'quv lug'atining seriyalari yuzaga kelganligi va boshqalarni ko'rsatib o'tish mumkin.

REFERENCES

1. Умумий урта таълимнинг давлат таълим стандарти ва укув дастури. Она тили. Адабиёт... Таълим тараккиёти. 1-махсус сон. Т.: 1999. 59-б. -Б.303

2. Rizayev S. Imlo va talaffuz lug'ati. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun. - T.: O'qituvchi, 1998. - 80 b.

3. Mahmudov N. So'z sandiqchasi. - Toshkent: G'afur G'ulom, 2016. - 216 b

4. Usmonxo'jayev A., Bositxonova E.I., Nazirov P.N., To'raxonova M.S. Tibbiy terminlar ensiklopedik lug'ati. 2 jildli. - Toshkent: Sug'diyona, 2010 (1-jild - 948 bet; 2-jild - 1134 bet) 20000 dan ortiq so'z.

5. Usmonxo'jayev A., Bositxonova E.I., Avakov V.E., To'raxonova M.S. Katta tibbiyot o'quv lug'ati. (ruscha-o'zbekcha). - Toshkent: Noshir, 2011. 584 bet. - Б.3

6. Бекмиров, Т. Р. (2019). Professional pedagogy of higher education as an important factor. Интернаука, (44-2), 61-62.

7. Нурматов, А., & Бекмиров, Т. (2021). Развитие креативности будущего учител в процессе (Doctoral dissertation, Тошкент).

8. Axmedova, M. E., Melibayeva, R. N., Bekmirov, T. R. ° Nurmatov, A. N. (2022). KASBIY PEDAGOGIKA DARSLIK

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.