Научная статья на тему 'LUG ‘АTCHILIK VА UNING TАDRIJIY TАRАQQIYОTI'

LUG ‘АTCHILIK VА UNING TАDRIJIY TАRАQQIYОTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Оnа tili / tilshunоslik / tа’lim / innоvаtsiyа / leksikоgrаfiyа / аn’аnа / lug‘аt / til / nutq / о‘quv lug‘аti / izоhli / kоngnitiv / leksik / grаmmаtik / lisоniy / qо‘llаnmа / lingvistik / хоrijiy

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jаmilа Xоlmurаdоvа

Mаqоlаdа lug‘аtchilik, lug‘аtchilik tаriхi, tаkоmillаshuvi vа lug‘аtlаrning til о‘rgаtish vа о‘rgаnish jаrаyоnidа yuqоri sаmаrа berishi, nаtijаlаrning kutilgаnidаn оrtiq bо‘lishi –о‘quv lug‘аtchiligi qаmrоvining yаnаdа kengаyishihаmdаоnа tilidаrslаriniо‘qitish vа о‘rgаtishdа о‘quv lug’аtlаridаn fоydаlаnishning о‘rni vа rоli, bu bо‘yichаyаrаtilаyоtgаn innоvаtsiyаlаr vа ilg’оr хоrijiy tаjribаlаr hаqidаgi fikr-mulоhаzаlаr bаyоn qilinаdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LUG ‘АTCHILIK VА UNING TАDRIJIY TАRАQQIYОTI»

maqsadlar yotganligi ma'lum bo'ladi. Ularning ba'zilari matndagi ma'nosi notanish so'zlar izohiga bag'ishlangan (glossariy) bo'lsa, ayrimlari nutq madaniyatini o'stirish, ba'zilari muayyan davlat so'zlashuv tilining o'ziga xos xususiyatlarini o'rgatish uchun xizmat qilgan. Dastlabki tuzilganlug'atlar tahlili shuni ko'rsatdiki, hatto ularning nomlanishi ham o'quv jarayoniga moslangan, ta'limga yo'naltirilgan: 1500-yilda yaratilgan birinchi lotincha-inglizcha lug'atning «Bolalar uchun xazina» («Promptulorium parvulorum»), 1487-1507-yillarda yaratilgan fransuz va lotin tillaridagi birinchi tarjima lug'atlarining «Yoshlar uchun izohnoma» («Seminarium et planetarium fructiferarum»), «Bolalar uchun ixcham lug'at»

(«Diktionariolum puerorum») deb nomlanishi buni isbotlaydi.

Lug'atlar tillararo munosabatda muhim o'rin tutib, o'rta asrlarda Yevropada lotin, yunon, qadimgi slavyan tillari bo'yicha tarjima lug'atlarini yaratish leksikografiyaning asosiy vazifasiga aylandi. Lug'atlarning bu vazifasi begona tillarni o'qitish jarayonida aniqlashdi.

Yevropada XIV-XV asrlarda yaratilgan tarjima lug'atlarining ko'pi lotin tili bilan bog'liq bo'lgan:

til Lug'at turi va nashr vaqti

Passiv lug'at Faol lug'at

ingliz 1500 - lotin- 1499 - ingliz-

ispan ingliz lotin

fransu 1490 - lotin- 1495 - ispan-

z ispan lotin

nemis 1487 - lotin- 1507 - fransuz-

chex fransuz lotin

polya 1467 - lotin- 1482 - nemis-

k nemis lotin

rus 1511 - lotin- 1560 - chex-

chex lotin

1564 -lotin- 1621 - polyak-

polyak lotin

1596 - lotin-rus 1704 - rus-lotin

Yevropa o'quv maskanlaridalotin tilibir necha asrlar mobaynida Y. A. Komenskiyning «Мир чувственниx вешей в кaртинкax» (8 ming so'z, birinchi nashri 1658-yilda chiqarilgan) nomli lug'at qo'llanmasi asosida o'qitib kelingan. O'z davrida bu kitob slovar-minimum (kichik lug'at) deb yuritilib, zamonaviy ta'limotda yuksak baholangan. Y. A. Komenskiyning tinimsiz mehnatlari samarasi o'laroq mavzuviy rasmli o'quv lug'atlari seriyasini yaratishga yo'l ochildi. Shu sababli Yevropada o'quv lug'atchiligi tarixi qadimgi yunon va lotin milliy o'quv lug'atlari bilan bog'lanadi. Maktab leksikografiyasi tarmog'i ingliz, fransuz, ispan, nemis tilshunosligida ХХ asr boshlarida, rus tilshunosligida esa ХХ asr o'rtalarida shakllanib, umumiy leksikografiyadan ajratilgan holda o'rganila boshlandi.

Yevropada dastlabki o'quv lug'atlari ingliz, fransuz, nemis tillarini o'rganish uchun tarjima lug'ati shaklida yaratilgan bo'lsa, keyinchalik shu tillarning ichki qonun-qoidalarini o'rganishga qaratilgan bir tilli ta'limiy lug'atlar paydo bo'la boshladi [4. B. 197-199].

Xitoy lingvistik an'analarini e'tiborga olmaganda, Yevropada katta hajmli izohli lug'atlarning yaratilishi milliy tillarning shakllanish jarayoniga to'g'ri keladi: "Kursk akademiyasining italyancha lug'ati" (1612), "Rossiya akademiyasi lug'ati" (1789-94) shular jumlasidandir. O'quv lug'atlarining tarixiy ildizlari

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz

izohli lug'atlar yaratilishidan bir necha asr oldinga borib taqaladi.

Ko'rinib turibdiki, lug'atlar tabiiy tarzda begona tillarni o'qitishga aralashib ketgan. Ularning o'quv matni, grammatika va turli mashqlar bilan tarixiy bog'liqligi qariyb 50 asr davomida kuzatiladi. Yuqoridagilar o'quv lug'atlari umumiy lug'atlardan ancha oldin paydo bo'lgan, o'quv lug'atchiligi umumiy lug'atchilik asosidaemas, umumiy lug'atchilik o'quv lug'atlari negizida kurtak otgan va takomillashgan degan xulosaga olib keladi.

Pedagogika boshqa fanlarga qaraganda qadimiy bo'lgani kabi, oldingi bo'limlarda qo'rib o'tilganidek, o'quv lug'atlari ham lug'atchilik tarixida barcha turdagi lug'atlardan avval paydo bo'lgan.

Rus tilshunosligida lug'atchilik tarixi ukrain olimi Pamba Berindaning 1627-yilda yaratilgan XIII asr oxirlariga mansub qadimgi rus yozma yodgorliklari tilidagi ma'nosi tushunarsiz so'zlarning izohiga bag'ishlangan «Лексикон слoвенoрoсский, имен TOrnoBaHHe» lug'ati bilan boshlanadi. Keyinchalik «Rossiya Akademiyasining lug'ati» (1790-94-yy, 43 257 so'z), «Rossiya Akademiyasining alfavit tartibli lug'ati» (1806-22-yy, 51 388 so'z), V.I.Dalning 4 tomli tezaurus tipidagi «Толковый слoвaрь живoгo великoгo pyccKoro языкa» (1863-66-yy) kabi yirik izohli lug'atlar yaratildi.

O'quv lug'atlarini ilmiy asosda o'rganish XVII asrda birinchi ingliz leksikografi S. Jonson, XIX asr boshlarida fransuz tilshunoslari J. Dyubua, K. Dyubua, G. Matore, K. Bak, ispan tilshunosligida Y. Malkil ishlaridan boshlanadi. Keyinchalik rus tilshunosligida leksikografiyaning bu tarmog'ini takomillashtirish davlat ahamiyatidagi masala sifatida kun tartibiga qo'yiladi. 1966-yilda Moskva davlat universiteti rus tili ilmiy-uslubiy markazida O'quv lug'atchiligi sektori (keyinchalik bu sektor A.S.Pushkin nomidagi rus tili institutiga ko'chirilgan) tashkil etilgan. 1969-yilda rus tili va adabiyoti o'qituvchilarining Birinchi xalqaro anjumani o'tkazilib, unda yaratilayotgan o'quv lug'atlarini moliyalashtirish, nashr ishlarini amalga oshirish masalalari ko'rib chiqiladi. A. S. Pushkin nomidagi rus tili instituti «O'quv lug'atchiligi» sektori vakillarining Leningrad, Samarqand, Minsk, Toshkent, Odessa, Kembridj (AQSH), Amerst (AQSH) shaharlarida simpozium va an'anaviy anjumanlari o'tkazilib, qator muammolar hal etiladi; mavzu doirasida 50 dan ortiq ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, 30 dan ortiq maktab lug'atlari yaratiladi. 1996-yil 23-30-yanvar kunlari Moskvada o'quv lug'atchiligi va leksikani o'qitish metodikasi masalalariga bag'ishlangan Birinchi umumittifoq anjumani bo'lib o'tadi. Varshavada alohida «O'quv lug'atlari» markazi

faoliyat olib borib, 1996-yilning 23-28-avgust kunlari bo'lib o'tgan rus tili va adabiyoti o'qituvchilarining xalqaro Uchinchi kongressi (MAPRYAL) ham o'quv lug'atchiligining dolzarb masalalariga bag'ishlanadi. Ana shu xatti-harakatlar samarasi o'laroq rus o'quv lug'atchiligi yuqori pog'onaga ko'tariladi va ulkan yutuqlarni qo'lga kiritadi.[5. B. 110-121]. Bunda P. N. Denisov, L. A. Novikov, S. G. Barxudarov, V. V. Morkovkin, Y. N. Karaulov, M. A. Skopina, V. N. Sergeyev, V. A. Redkin, A. V. Tekuchev, Z. A. Potixa, D. E. Rozental kabilarning xizmatlari katta bo'ladi. O'tgan asrning 70-80 yillarida yaratilgan P. N. Denisov, L. A. Novikovlarning "Вопросы yчебнoй лeкcикoгpaфии" (1999), S. G. Barxudarov, L. A. Novikovlarning "Karae дoлжен быт учебный MoBapb?" (2001), P. N. Denisovning "Oчeрки no рyсскoй лeксикoлoгии и yчeбнoй лeксикoгрaфии" (2004), M. A. Skopinaning "Прoблeмы oT6opa лексического мaтeриaлa в yчeбнoй лeксикoгрaфии" (1975), V. A. Redkinning "Aктyaльныe прoблeмы yчeбнoй лeксикoгрaфии" (1977), V. G. Gakning "Oбщиe вoпрoсы yчeбнoй лeксикoгрaфии"(1977), V. V. Morkovkinning "Учeбнaя лeксикoгрaфия KaK oсoбaя лингвoмeтoдoлoгичeскaя дисциплинa" (1977), N. M. Shanskiy, Y. A. Bistrovalarning "Лeксикo-фрaзeoлoгичeскaя систeмa и yчeбныe слoвaри pyccKoro языкa для нaциoнaльнoй шкoлы"(1977), P. N. Denisov, V. V. Morkovkinlarning "Пpoблeмы yчeбнoй лeкcикoгpaфии" (1977) V. N. Sergeyevning "Слoвapи нaши друзя и пoмoшники"(1984), Z. A. Potixa, D. E. Rozentalning "Лингвистические cлoвapи и pa6oTa с ними в шкoлe"(1987), R. A. Budagovning "Тoлкoвыe cлoвapи в нaциoнaльнoй кyльтype нapoдoв" (1989) asarlari rus o'quv leksikografiyasining ilmiy taraqqiyotiga asos bo'ldi va yuzga yaqin mavzuviy maktab lug'atlarining yuzaga kelishiga nazariy zamin yaratdi. A. V. Tekuchev va B. T. Panovlarning 'Tpaммaтикo-opфoгpaфичecкий cлoвapь pyccкoгo языкa" (1977), A. Jukovning "Шкoльный фpaзeoлoгичecкий cлoвapь русского языкa"(1965), Z. A. Potixaning "Школьный cлoвooбpaзoвaтeльный cлoвapь" (1964), M. R. Lvovning "Шкoльный cлoвapь aнтoнимoв русского языкa"(1967), M. S. Lapatuxin va boshqalarning "Школьный толковый cлoвapь русского языи" (1965), N. A. Tixonovning "Школьный cлoвooбpaзoвaтeльный cлoвapь русского языкa"(1967), N. V. Odinnovlarning "Школьный cлoвapь инocтpaнныx слов" (1969) kabi lug'atlar rus tilini puxta o'rgatish uchun xizmat qilgan ilk maktab lug'atlari hisoblanadi.

Ko'rinib turibdiki, Yevropada o'quv lug'atchiligi o'tgan asrning ikkinchi yarmidayoq to'la shakllangan

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

bo'lib, endilikda o'quv lug'atlarining zamonaviy, takomillashgan ko'rinishlarini yaratish, ularni elektronlashtirish masalalari bilan shug'ullanmoqda. Bu borada K. Petrova, I. V. Azarova, О. A. Mitrofanova, A.

A. Sinopalnikova, I. G. Gelfenbeyn, A.V. Goncharuk, V. P. Lexelt, A. A. Lipatov, V. V. Shilo, Y. N. Karaulov, Y.A. Sorokin, Y. F. Tarasov, N. V. Ufimseva, G. A. Cherkasova va boshqalarning xizmatlarini alohida ta'kidlash lozim. So'nggi yillarda yaratilgan K. Petrovaning "Aссoциaтивные слoвaри и WordNet", I.

B. Azarova, O.A.Mitrofanovava A.A.Sinopalnikovalarning "Компьютерный Te3aypyc pyccKoro языки тиш WordNet", I. G. Gelfenbeyn, A. V. Goncharuk, V. P. Lexelt, A. A. Lipatov, V. V. Shilolarning "Aвтoмaтический перевoд семaнтическoй сети WORDNET Ha русский язык", Y. N. Karaulov, Y. A. Sorokin, Y. F. Tarasov, N. V. Ufimseva, G. A. Cherkasovalarning "Русский aссoциaтивный словирь" kabi to'rt kitobdan iborat zamonaviy lug'atlari bugungi rus leksikografiyasining taraqqiyotidan dalolat beradi. Ayniqsa, 2005-2010-yillar oralig'ida Vvedenskaya Lyudmila Alekseyevnamuallifligida "Слoвaри рyсскoгo языкa для шкoльникoв" seriyasi ostida yigirmadan ortiq zamonaviy rangli, bezakli, sifatli, mavzuviy o'quv lug'atlarining yaratilishi va qayta-qayta nashr qilinishi, ularning elektron variantlarining taqdim qilinishi (Vvedenskaya L.A. "Учебный слoвaрь oмoнимoв

рyсскoгo_языЕй" 2005-2010.;"Школьный

oрфoэпический слoвaрь рyсскoгo языки" 2006-2010.; «Учебный слoвaрь синoнимoв рyсскoгo языки» 2005-2010.; "Учебный словирь пaрoнимoв рyсскoгo языки" 2006-2010.; Учебный слoвaрь aнтoнимoв руссерго языки" 2005-2010) rus tilshunosligida nafaqat tilshunoslikning, balki davlatning o'quv lug'atchiligiga naqadar katta e'tibor qaratayotganligini isbotlaydi.

Nafaqat o'zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida lug'atlar ta'lim samaradorligini oshirishning muhim vositasi sifatida e'tirof etildi. Rivojlangan davlatlarda o'quv lug'atchiligio'tgan asrning 40-50-yillaridayoq keskin rivojlandi, ta'limning har bir bo'g'ini uchun (maktabgacha tarbiya muassasasidan oliy maktabgacha) yuzlab lug'atlarning maxsus turlari yaratilib, ular maktab darsliklarining bir qismiga aylantirildi. Bugungi kunda rus o'rta ta'lim bo'g'ini uchun ellikdan ortiq ensiklopediyaning yaratilganligi diqqatga sazovor. Maktab darsliklari uchun ilova sifatida "Bolalar uchun qomus" seriyasida "Avanta" nashriyot birlashmasida 73, 92 bosma toboq hajmida chop etilgan "Языкoзнaние. Русский язык" qomusi, «Энциклопедия юного филолога», «Энциклопедия юного истрономи», «Энциклопедия юного биолога», «Энциклопедия юного земледелвд»

(shu seriyagi qator lug'atlar), «Больший шеольния энциклопедия» va o'quvchilar uchun maxsus yaratilgan 50 dan ortiq maktab lug'atlari fikrimizni tasdiqlaydi. Albatta, o'quv vositalarini chop etish ularning ilmiy va pedagogik asoslarini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Masalan, sobiq tuzum davridayoq rus tili bo'yicha bu masala dolzarb vazifa sifatidaqo'yilib, o'quv lug'atchiligi nazariyasi va amaliyotida katta yutuqlarga erishildi, o'quv lug'atlarining ilmiy va pedagogik asoslari, ta'lim jarayonidagi ahamiyati bo'yicha jiddiy tadqiqotlar bajarildi va natijalari leksikografik amaliyotga tatbiq etildi.

Biroq o'zbek fanida o'quv lug'atchiligining na nazariy, na amaliy tomoniga e'tibor qaratildi. O'rta umumiy ta'lim uchun birorta ham o'quv lug'ati yaratilmagani holda, uning nazariy masalalari muammo sifatida hatto kun tartibiga ham qo'yilmadi. Rus maktablari uchun 50 dan ortiq o'quv lug'atlari mavjud bo'lgani holda o'zbek maktablari uchun yaqingacha bitta «Imlo lug'ati» yaratilgan edi, xolos. Ko'rib o'tilganidek, o'quvchilar uchun zarur lug'atlar yaratilmas ekan, ijodiy tafakkurni rivojlantirish, og'zaki va yozma nutqni o'stirish vositasi bo'lgan joriy darsliklar o'z vazifasini to'la bajara olmaydi. Bu o'zbek milliy o'quv lug'atchiligi oldiga o'rta ta'lim bo'g'ini uchun mavzuviy o'quv lug'atlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish va tuzish masalasini qo'ydi.

Lug'atlar o'quvchining mustaqil fikrlash, ong mahsulini erkin bayon qilish ko'nikmasini o'stiradi, to'g'ri talaffuz qilish, to'g'ri yozishga o'rgatadi - nutq madaniyatini shakllantiradi. U nafaqat ona tili ta'limida, balki matematika, fizika, kimyo, biologiya, adabiyot, tarixni o'qitishda betimsol yordamchi bo'la oladi.

Yevropada dastlabki yaratilgan lug'atlarning aksariyati ta'lim jarayoni yoki biror matn bilan bog'liq bo'lib, o'sha davr leksikografiyasiningasosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'lgan:

1. Ma'lumot uzatish (tarjima lug'atlari, matn asosida yaratilgan lug'atlar)

2. Ta'lim jarayonida yetakchilik qilish (maktab uchun maxsus yaratilgan lug'atlar)

3. Mavjud mavzular haqidagi bilimlarni tizimlashtirish (mavzuviy lug'atlar)

Ushbu vazifalarning har uchalasi bitta maqsad -ta'lim samaradorligini oshirish uchun xizmat qilgan.

Birinchi ingliz lug'atshunosi S. Jonson o'z lug'atining qisqacha bayonida «sof fan ijtimoiy hayotning barcha masalalarini hal qilishga ojizlik qiladi, bu o'rinda lug'atlar kengroq imkoniyatga egaligi bilan qimmatlidir», [6. B. 4-5.] - degan edi. U o'z ishlarida lug'atlarning ta'limiy ahamiyatini ochib berishga e'tibor qaratgan bo'lsa, fransuz tilshunosi J. Dyubua

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

barcha lug'atlarni o'quv lug'atlari deb ataydi va shuga tayanib ularning qadimiy vazifasini uchga ajratadi:

1. Ta'limiy;

2. Axborot, ma'lumot berish;

3. Tizimlashtirish, tartibga solish.

Aslida bugungi kunda ham har qanday lug'at yuqoridagi uch vazifani o'zida mujassamlashtirgan bo'ladi. J. Dyubahar qanday lug'atni to'g'ridan to'g'ri o'quv lug'ati deb hisoblab, istalgan lug'atda nimanidir o'rgatish maqsadi yotadi deb qat'iy ta'kidlaydi. [7. B. 41-42] Bu fikrlarning qanchalik haqiqat ekanligini ko'proq sxolastik tortishuvlar emas, tarixiy hayotiy tajribalar isbotlaydi.

Ushbu vazifa lug'atlarning hamisha barhayot janr ekanligidan dalolat berish bilan birga ularning ta'limiy-didaktik xarakterini ham ochib beradi.

So'nggi yillarda zamonaviy maktab amaliyotida har bir o'zbek millatiga mansub maktab bitiruvchisining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang-barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o'zbek tilidan bemalol, erkin, samarali, to'g'ri foydalana olishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan bahramand bo'lishi, zaruriy ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi lozimligi talab etilib, maktab ona tili ta'limida o'quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo'naltirish, milliy o'zligini tanitish, ongida ma'naviy-ma'rifiy inqilob hosil qilishga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Bu vazifa ona tili ta'limida «grammatika - grammatika uchun» qolipidan voz kechib, «grammatika - fikrning aniq va lo'nda ifodasi uchun» shiorini asos qilib olish lozimligini ko'rsatdi.

Til ta'limi lisoniy mohiyat va nutqiy voqelanishlar bilan farqlanuvchi nihoyat marakkab qurilma bo'lib, u shu fan chuqurlashtirilgan, kasbiy ma'lumot olishga yo'naltirilgan ta'lim bo'g'inlari - oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida ichki qonun qonuniyatlari bilan, til va nutq aspektida olingan holda chuqur o'qitilishi lozim. Ona tili ta'limining o'ta ilmiylashtirib yuborilishi ta'lim samaradorligini belgilashda ham salbiy ko'rsatkichlarga olib kelmoqda.

Lug'atlarning, xususan, adabiyot darslarida badiiy asar ustida ishlashdagi xizmatini A.Qahhor asarlarini o'qitish misolida ko'rib chiqamiz.

A. Qahhor ijodi shunchalik sermazmun, serqirra, serjiloki, bu xazinadan to'la bahramand bo'lish uchun nafaqat maktab o'quvchisidan, balki katta yoshdagi kitobxonlardan ham nozik did va mahorat talab etiladi. Adibning bir, bir yarim, ikki varaq hajmdagi kichik bir hikoyasi nozik didli kitobxon uchun olam jahon xazina, zukko adabiyotshunos yohud zakiy tilshunos uchun yirik bir ilmiy asar uchun tadqiq manbai bo'lib xizmat qila oladi.

Maktab darsliklarida adibning qator hikoyalari, qissa, dramalari o'qish uchun kiritilgan. Yozuvchi tarixiy mavzudagi asariga tarixiy, zamonaviy mavzudagi asariga zamonaviy ruh bera oladi. Adabiy personaj nutqidan, uning xarakterini ochib beruvchi vosita sifatida unumli foydalanadi.

A. Qahhor hikoyalari o'qitilar ekan, unda ishlatilgan tarixiy so'zlar, ma'nosi tushunarsiz jumlalar, iboralar izohlanishni talab etadi. «O'g'ri» hikoyasidagi «otning o'limi, itning bayrami», «qozonni suvga tashlab qo'yish», «o'ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilans», «quruq qoshiq og'iz yirtar», «dehqonning uyi kuysa kuysin, ho'kizi yo'qolmasin», «yo'qolmasdan burun bormidi», «berganga bitta ham ko'p, olganga o'nta ham oz», «tepa sochi tikka bo'lmoq», «begim deguncha kishining beli sinishi», «ho'kizni bo'ynidan bog'lab beradigan chiqim», «pulning yuziga qarash», «naqd qilib qo'ymoq», «suyunchidan chashna olib kelmoq», «bitta xo'kiz odamning xunimi» iboralarining, yelpishtovoq, kalava ip, kulangir tovuq, farangi tovuq, ko'nchilik, kurk tovuq, tilmoch, chiqim, pang tovush, taftish, oq poshsho, ellikboshi, amin, pristav, qulf ochadigan azayimxon, mingboshi, paxtafurush, kichkinagina shart jumlalari, «Bemor» hikoyasidagi «Osmon yiroq, yer qattiq», «hey, do'st, shaydullo, ba nomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo», «yo'g'on cho'ziladi, ingichka uziladi» iboralari, chilyosin, oqposhsho, devonai Bahovuddin, baxshi, izvosh, chigit po'choq, kunjara, Sim so'zlarining ma'nosini izohlashda o'quv lug'atlarining xizmati beqiyos. Buning uchun o'quvchi partasidan darslik bilan bir qatorda hech bo'lmaganda «Adabiyotshunoslik terminlari o'quv lug'ati», «O'zbek tilining o'quv izohli lug'ati», «O'zbek tilining ma'nodosh so'zlar o'quv lug'ati», «O'zbek tilining zid ma'noli so'zlar o'quv lug'ati», «O'zbek tilining uyadosh so'zlar o'quv lug'ati», «O'zbek tilining shakldosh so'zlar o'quv lug'ati»kabi kitoblar ham o'rin olishi lozim. 4 XULOSA

Yashayotgan asrimiz taraqqiyot sur'atlarining behad tezlashgani, intellektual salohiyat, tafakkur dunyoda yashab qolishning asosiy sharti ekanligi, texnikaning misli ko'rilmagan darajada yuksalishi, ma'naviyatning tamaddun garoviga aylangani bilan insoniyat hozirgacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladi. Bunday vaziyatda ta'limga qo'yilayotgan talab har doimgidan ham jiddiy va og'ir bo'lishi ko'pchilikka ayon. Negaki, globallashuv davri, texnika asrida o'quvchining diqqatini jalb qilish, uning aqlu idrokini to'g'ri va maqsadli yo'naltirish oson kechmaydi. Axborot manbalari bugungi kunda shu qadar ko'p, rang-barang va takomillashganki, ta'lim jarayonida o'quvchiga eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli,

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

eng oson usul bilan ma'lumot yetkazilmas ekan, ko'zlangan natijaga erishish qiyin.

Lug'atlar tilga doir manbalar orasida tillararo munosabatlarni ta'minlash, tilning grammatik qurilishini tadqiq qilish, til meyorlarini belgilash, jamiyat a'zolarining milliy tafakkuri, nutq boyligini o'stirish, ijtimoiy-siyosiy ongini shakllantirishdagi bebaho xizmati bilan alohida ajralib turadi. XX asr boshlariga kelib, lug'atlar ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi e'tirof etila boshlandi; tilshunoslikda leksikografiyaning yangi lingvodidaktik yo'nalishdagi o'quv lug'atchiligi tarmog'i paydo bo'ldi. Natijada, jahonning ilg'or davlatlarida maktab uchun maxsus lug'atlar yaratilib, ular ta'lim kompleksining to'laqonli a'zosiga aylantirildi.

Bugungi kunda "Umumiy ta'limning davlat ta'lim standartlari"da ona tili o'qitishning zaruriy vositalariga darsliklar bilan birga lug'atlarning ham kiritilishi, "o'quv lug'ati" terminining tilshunoslar va ona tili ta'limi fidoyilari lug'atida tez-tez ishlatilayotgani yuqoridagi talabning bajarilishi tomon tashlanayotgan dastlabki qadamlardir. Ushbu maqolada o'quv lug'atlari so'zligini tuzish, ular uchun so'z tanlash mezonlarini ishlab chiqishda nimalarga e'tibor qaratish zarurligi haqida o'z qarashlarimizni ilgari surar ekanmiz, o'quv lug'atlarini yanada takomillashtirish yuzasidan quyidagicha xulosa qilish mumkin:

LGloballashuv davrida yosh avlodni ma'naviy barkamol, umummilliy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash talabi o'quv lug'atlariga bo'lgan ehtiyojni oshirmoqda;

2. Yalpi axborotlashuv, texnika asrida bolalarni kitobga jalb qilish oson kechmaydi. O'quvchi kerakli ma'lumotni tez va qulay topish yo'llarini izlaydi, o'quv lug'atlari uning yoshi, qiziqishlari, dunyoqarashiga mos tuzilib, e'tiborini torta oladi.

3.O'zga tilli guruhlarda o'zbek tilini o'qitishda o'quv lug'atlaridan foydalanishning samarali yo'llarini aniqlashtirishdan iborat.

Respublika ona tili doimiy ilmiy-nazariy anjumani materiallari.Termiz, 2007 - b.71-72.

[5] Денисов P.N. O6 yнивepcaльнoй структуре cлoвapнoй cтaтьи. С-205-225 - В кн.: A^rya^^E проблемы учебной лeкcикoгpaфии. Сост. ВА.Редкин. М., «Русский язык», 1997., 320 с.

[6] Dubois J. Dictionnaire et discourse didactique. -"Langages", P., 1970, p. 41-42

[7] Johnson S. Theplan of a dictionarv.L., 1747, p.4-5.

[8] Mengliyev B. Xudoyberdiyeva M. "O'zbek tili iboralari o'quv lug'ati" T.:"Yangi asr avlodi" 2007-2009.

[9] Hornby A.S. Oxford Adranced Learner's Dictionary of Current English. 2-nd ed. L., 1994;G.Gougenheim.Dictionnaire fondamentalde la langue francai se. P., 2004;

[10] «O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» // O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-mayida qabul qilingan 203-qarori. «Ma'rifat» gazetasi 1998, 16-may.

[11] http://www.labirint.ru/authors

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] Aвдиев В.И. Иcтoрия древнзго Bocтoкa. M., 1993, c.130.

[2] [2]Aмирoвa T.A. и др. Oчерки no иcтoрии лингвиcтики. M., 2015, c. 24.

[3] Быcтрoвa E.A., Шaнcкий N.M.. Лекcикoфрaзеoлoгичеcкaя cиcтемa и yчебные cлoвaри рyccкoгo языга для нaциoнaльнoй шкoлы. M.: Рyccкий язык. 2007, C-110-121

[4] Bahriddinova B.M. So'z tarkibi o'quv lug'atlarini yaratish va ona tili darslarida ular bilan ishlashga doir /

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.