Научная статья на тему 'ROSSIYADA ILK O‘QUV LUG‘ATLARI NA’MUNALARI YARATILISHI'

ROSSIYADA ILK O‘QUV LUG‘ATLARI NA’MUNALARI YARATILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahmedova Matluba Abdisalom Qizi

Bizga ma’lumki Rossiyada o‘quv lug‘atchiligi tilshunoslikning eng rivojlangan va bugungi kunda ham jadal rivojlanayotgan sohasidir. Bu natijalarga osonlikcha erishilmagan albatta. Rossiyada lug‘atchilik sohasining yuqori darajada rivojlanishiga,bizga tarixan ma’lum bo‘lgan mustamlakachilik siyosati o‘zining kuchli tasirini ko‘rsatgan. Fanning bunday taraqqiy etishi zamirida rus hukumronligi ostida bo‘lgan bechora xalqlar ongiga rus tilini singdirish, ona tilisini unuttirish maqsadi yotgani bugun barchaga a’yon haqiqatdir. Shunday bo‘lsada insoniyat o‘tmishidagi har bir jarayonning bugungi kun uchun yaxshi va foydali jihatlari mavjud. Rossiya tilshunosligida ham shunday jarayonlar sodir bo‘ldi va bu ilm fanning,shu jumladan lug‘atchilikning rivojiga ijobiy tasir ko‘rsatti. Natijada rus lug‘atchiligi jadal sur’atda rivojlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ROSSIYADA ILK O‘QUV LUG‘ATLARI NA’MUNALARI YARATILISHI»

ROSSIYADA ILK O'QUV LUG'ATLARI NA'MUNALARI

YARATILISHI

Ahmedova Matluba Abdisalom qizi

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti Ona tili va

adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11213807

Bizga ma'lumki Rossiyada o'quv lug'atchiligi tilshunoslikning eng rivojlangan va bugungi kunda ham jadal rivojlanayotgan sohasidir. Bu natijalarga osonlikcha erishilmagan albatta. Rossiyada lug'atchilik sohasining yuqori darajada rivojlanishiga,bizga tarixan ma'lum bo'lgan mustamlakachilik siyosati o'zining kuchli tasirini ko'rsatgan. Fanning bunday taraqqiy etishi zamirida rus hukumronligi ostida bo'lgan bechora xalqlar ongiga rus tilini singdirish, ona tilisini unuttirish maqsadi yotgani bugun barchaga a'yon haqiqatdir. Shunday bo'lsada insoniyat o'tmishidagi har bir jarayonning bugungi kun uchun yaxshi va foydali jihatlari mavjud. Rossiya tilshunosligida ham shunday jarayonlar sodir bo'ldi va bu ilm fanning,shu jumladan lug'atchilikning rivojiga ijobiy tasir ko'rsatti. Natijada rus lug'atchiligi jadal sur'atda rivojlandi. V.V.Dubichinskiy XXI asrni Rossiyada leksikografiyaning Oltin asri deb atadi. U leksikografiyaning bu darajaga yetishini axborot texnologiyalari yutug'i bilan bog'ladi va leksikografiyaning kelajagi aynan lug'at ishini kompyuterlashtirish bilan bog'liq bo'lishini ta'kidladifl .3751. Rossiyada ham leksikografiya tarixi Yevropa mamlakatlari bilan diyarli bir davrni ko'rsatadi. Biroq jahonning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi bu yerda ham leksikografiya taraqqiyotining V.G.Gak ajratgan uchta bosqichi - lug'atgacha bo'lgan davr, ilk lug'atchilik davri va leksikografiya taraqqiyoti davri[2.11-27] kuzatiladi. U 350 ga yaqin ilmiy nashrlar,shu jumladan 20 ta kitob va lug'atlar muallifi. Shuning uchun ham Gakning yevropa tillari va rus tilini qiyoslab yozilgan ilmiy nashrlari biz uchun muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Rus leksikografiyasi tarixan rivojlanishi va ilmiy metodik tamoyillarini uning asarlaridan toppish mumkin bo'ladi. V.G.Gakning malumot berishicha antik davrlarga borib taqalmasa-da, birinchi bosqich Rossiya va Ukrainada XI-XIII asrlarda o'quv, axloqiy, ensiklopedik xarakterdagi "alifbo tartibli darsliklar" ("azbukovnik") yaratilgan. So'zlikni tanlash, izohlashda muayyan tartibga amal qilinmagan bo'lsa ham, mazkur lug'atlar alifbo tartibiga asoslanganligi uchun (odatda, faqat birinchi harf hisobga olingan) fanda "azbukovnik" (lug'at-alifbo) nomi bilan tanilgan. Azbukovnik lug'at, darslik, pandnoma, spravochnik xarakteridagi XIII-XVin asrlarga oid muallifi noma'lum qadimgi rus qo'lyozmalari, Rossiyada ensiklopedik va filologik lug'atning ilk ko'rishi sifatida qaraladi. Ushbu lug'atlarning paydo bo'lishi Qadimgi Rusda xristianlikning yoyilishi bilan bog'liq. Ular ma'nosi tushunarsiz xorijiy so'z, ilmiy terminga qisqacha izoh berishi, o'rni bilan manbadan asos keltirilishi bilan glossariy, G'arbiy Yevropada yaratilgan ilk tezauruslarni ham eslatadi[3.e.r]

Alifbo-darslikni tuzuvchi va undan foydalanuvchilar, asosan, quyi tabaqa vakillari bo'lgan. Ularning tarkibi quyidagi bo'limlarni qamrab olgan:

1) o'zlashma so'z va turli sohaga oid ilmiy terminlar izohi;

2) arifmetika, grammatika, din, qisman tarix va tabiiy fanlar to'g'risidagi asosiy bilimni jamlagan alifbo tartibidagi o'quv qo'llanma;

3) o'quv-tarbiyaviy, didaktik qo'llanma;

4) har xil masala;

Bundan ko'rinadiki ilk lug'at qo'llanmalar ham asosan manosi oddiy xalq uchun anglanishi qiyin bo'lgan so'zlarni izohilashga qaratilgan.

XVII asr va XVIII asr boshlariga kelib "tarbiya nazariyasi" tushunchasining paydo bo'lishi bilan bog'liq ravishda lug'at-alifbo axloqiy meyorlarga moslasha borganlik holati kuzatiladi. Ularga o'quv maqsadini amalga oshirishga ko'mak beruvchi tarbiyaviy-didaktik xarakterdagi matn, she'r ilova qilinishi an'anaga aylanib borgan.

Rossiya Qadimiy asarlar davlat arxivi, Rossiya tarixiy muzeyining qo'lyozmalar va qadimgi bosma kitoblar bo'limi, M.YE.Saltikov-Shedrin nomidagi kutubxona qo'lyozmalar bo'limi va Milliy kutubxonada, asosan, XVII asrga tegishli bo'lgan 200 ga yaqin lug'at-alifbo saqlanib kelinmoqda. Ushbu "xalq ensiklopediyalari" o'z davrida mingdan ortiq bo'lgani haqida ma'lumot keltiriladi. Aksariyat tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, nafaqat poytaxtda, balki Moskvadan uzoqda bo'lgan shaharlarda ham ko'plab yaratilgan shu tipdagi darslik-lug'atlar jamiyat ijtimoiy-pedagogik tafakkuri tarixida muhim rol o'ynaydi.

Bugungi kunda mazkur azbukovniklar virtual ensiklopedik ma'lumotnoma deb yuritilmoqda, ya'ni bu tushuncha XXI asrgacha saqlanib kelmoqda[4.E.R]. Lug'atchilik ishining bunday taraqqiy etishi natijasida fanda izohli lug'atlar, o'quv lug'atlari yaratilishiga poydevor yaratib berdi.

XVIII asrning 30-yillariga kelib Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhit adabiy tilning izohli lug'atiga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Peterburg Fanlar akademiyasi zudlik bilan izohli lug'at yaratish uchun tayyorgarlikni boshlab yuboradi. M.V.Lomonosov boshchiligida Rossiyaning eng yaxshi yozuvchi va olimlari bu ishga jalb qilinadi. A.I.Bogdanov va K.A.Kondratovichlarning fundamental qo'lyozma lug'atlari rus tilining birinchi akademik lug'atining asosini tashkil etadi. P.A.Alekseyevning to'rt marta qayta nashr etilgan, nafaqat ilohiy tushuncha, balki yozuvchilar va olimlarning asarlarida ishlatilgan ko'plab kitobiy so'zlarni ham izohlagan "Cherkov lug'ati"dan (1773) ham akademik lug'at yaratishda keng foydalaniladi. 1783 yilda ona tilining izohli lug'atini tuzishni boshlash uchun Rossiya akademiyasi tashkil etiladi. 1789-94 yillarda "Rossiya akademiyasi lug'ati"ning 1-6-tomining nashr etilishi rus leksikografiyasi tarixida yangi davrni boshlab beradi[4.e.r]. XIX asr boshida fundamental izohli lug'atning bir necha tipi yaratildi; tarixiy, etimologik lug'at, sinonimlar lug'ati, jargonlar lug'ati, kasb-hunar so'zlari, o'zlashma so'zlar lug'ati, har xil turdagi ko'p tilli lug'atlar nashr etildi.

Ayniqsa, bu davr lug'atchiligi taraqqiyotida taniqli rus filologi va tarixchisi, tilshunos, rus orfografiyasining islohotchilaridan biri A.A.Shaxmatovning faoliyati katta ta'sir ko'rsatdi. U 1891 yilda Y.K.Grot nashrga tayyorlay boshlagan mashhur "Rus tilining lug'ati" ("C^oBap pycKoro A3HKa") ustida ishni davom ettirib, tezaurus tipidagi mazkur lug'at nashrlariga muharrirlik qildi. Rus tilshunos olimlarining bunday hatti harakatlari, ilmiy izlanishlari va o'z davrida yaratilgan lug'atlar keyinchalik rus tilshunosligida o'quv leksikografiyasining gullab yashnashiga poydevor bo'lib xizmat qildi. Rus tilida yaratilgan lug'atlarning eng katta qismi ikki tilli tarjima lug'atlaridir. Undan keying o'rinda esa izohli va izoh tipidagi lug'atlar turadi. Bundan tashqari etimologik va ensiklopedik lug'atlar yaratishga ham katta ahamyat berilgan. XVIII asrdan Rossiyada etimologik va ensiklopedik lug'at yaratish ommalasha boshlaydi[3.e.r].

O'quv azbukovnikning aksariyati savodxonlikka o'rgatish, nutqiy ko'nikmani o'stirish uchun xizmat qilib, odatda, ikki: leksikografik (harf imlosi, bo'g'in, imlo, grammatikaga doir ma'lumot, mashq va topshiriq to'plami) va kognitiv (tafakkur, nutqiy qobiliyatni o'stirish) maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qilgan. Ushbu darslik-lug'atlarning ikkinchi - kognitiv vazifasi lug'atga misol sifatida ilova qilingan taniqli faylasuflar, tarixiy shaxslar, vatan tarixi,

adabiyotiga doir ma'lumot orqali amalga oshirilgan. XIX asrning 30-yillaridan rus leksikografiyasi taraqqiyotida yangi davr boshlandi. D.N.Ushakov tahriri ostida 1935-40 yillarda nashr etilgan "Rus tilining izohli lug'ati" ("Толковы словар русского язика") sobiq sho'ro tasarrufidagi barcha milliy tilda lug'atchilikning nazariy va amaliy taraqqiyotida katta rol о'ynagani barchamizga ma'lum haqiqat. Xususan o'zbek tilining izohli lug'atini yaratishda ham "Rus tilining izohli lug'ati"ga ko'p marta murojaat qilingan, hatto undan olib tarjima qilib o'zlashtirilgan o'rinlar ham ko'plab uchraydi. Bu jihat faqat bizning tilimzda emas rus hukumati ta'sirida bo'lgan barcha davlatlarda ham kuzatilgan.

XIX asrning boshidan Rossiyada lug'atni ta'lim vositasi - maktab quroliga aylantirish harakati boshlandi. Aniqrog'i, lug'at о^т^ dastlabki funksiyasi, о'quv maqsadini amalga oshirish vazifasini zimmasiga oldi. Zamonaviy leksikografiyaning yangi tarmog'i - о'quv lug'atchiligi shakllana boshladi[5.46].

Bu davrda yaratilgan о'quv lug'atini ikki guruhga: boshqa til egalari uchun yaratilgan о'quv lug'ati va til egalari, ya'ni rus tili ona tilisi Ьо'^п maktab о'quvchisi uchun yaratilgan lug'atga bо'lish mumkin. Har ikki guruhga mansub lug'atning umumiy maqsadi til о'rganishga qaratilgan, birinchi guruhga mansub lug'at boshqa til egasi uchun, ikkinchi guruh ona tili meyori, lug'at qatlami va boshqalarni maktabgacha yoshdan to yuqori sinf о'quvchilarigacha о'rgatishga xizmat qiluvchi о'quv vositalari maqomiga ega edi. Bunday lug'atlarni yaratishda o'quvchilarning yosh xususiyatlari, psixologiyasi va jismoniy imkoniyatlari ham hisobga olingan.

Rossiyada rus millatiga mansub maktab о'quvchisi uchun yaratilgan dastlabki lug'at Angliya (S.Jonson lug'ati) va AQShda (N.Vebster lug'ati) yaratilgan ilk maktab lug'ati singari yozma nutq meyorini о'zlashtirishga mо'ljallangan edi[5.51]. Rus о'quv leksikografiyasining taraqqiy etishi sobiq shо'ro davlatining gullab-yashnagan davri - XX asrning 60-70-yillariga tо'g'ri keladi. Bu davrda mamlakat oldida nihoyatda katta ijtimoiy-siyosiy vazifa - shо'ro davlati tasarrufida Ьо'^п millatlar bilan har tomonlama muloqot qilish, mafkura tili Ьо'^п rus tilining qо'llanish doirasini kengaytirish, rasmiy maqomini oshirish va bu orqali yagona umummilliy til g'oyasini amalga oshirish vazifasi yotardi. Ana shunday vaziyatda о'quv lug'atini yaratish ehtiyoji yuzaga keldi va hukumat tilshunoslik oldiga zudlik bilan rus tilini mustamlaka davlatlari aholisi hamda xorijliklarga о'rgatishda muhim strategik vosita rolini bajaruvchi maktab lug'atini yaratish ijtimoiy buyurtmasini qо'ydi[5.53].

Avval ham aytilganidek, о'quv leksikografiyasining paydo Ьо'^Ып^ asosiy mezonidan biri til sohasida hukmronlikni о'rnatish, aniqrog'i, hukmron mafkura tilining mustamlaka davlati aholisi va boshqa chet elliklarga о'rgatish. Ma'lumki, XX asr о'rtalarida sobiq shо'ro davlati о'ziga qarashli mustamlaka davlatlari ustidan to'la hukmronlikni о'rnatgan va dunyodagi eng qudratli imperiyadan biriga aylanib ulgurgan edi. Har qanday mamlakatda tarixiy taraqqiyotining bunday davrida muhim ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy vosita, davlat ramzidan biri Ьо'^п tilga e'tibor kuchayadi. Jumladan, ayni paytda Rossiyada ham "ulug' millat tili", "umummafkura tili" bо'lgan rus tili nufuzini oshirish, qо'llanish doirasini kengaytirish, mavqeini te'tarish - davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy-siyosiy masalaga aylangan edi. O'quv lug'ati tipida yaratilgan dastlabki lug'atning aksariyati ikki tilli lug'at, uning asosida rus tilini milliy maktabda tezkor о'qitish maqsadi yotardi. A.I.Olxovskayaning A.S.Pushkin nomidagi Rus tili instituti O'quv lug'atchiligi sektori tashkil etilganligining 50 yillik faoliyatiga bag'ishlangan "Uchebnaya leksikografiya v stenax instituta Pushkina" deb nomlangan tahliliy maqolasida Rossiyada о'quv lug'atchiligining paydo bо'lishidan to hozirgi taraqqiyotigacha Ьо'^п davr izchil yoritib beriladi. Maqolada keltirilishicha, о^ davrida Rossiyada о'quv lug'atchiligi tarmog'ini takomillashtirish

davlat ahamiyatidagi ijtimoiy-siyosiy masala darajasiga ko'tarilgan. 1966 yil Moskva davlat universitetining rus tilini o'rgatish bilan shug'ullanadigan ilmiy-metodik markazida O'quv lug'atchiligi sektori tashkil etilgan. Keyinchalik A.S.Pushkin nomidagi rus tili instituti tashkil etilgach bu sektor ham institutga ko'chirilgan. Institut faoliyatining dastlabki kunlaridayoq lug'atchilikka asosiy e'tibor qaratilib, bu leksikografiyaning eng "qaynoq" sohasi - o'quv lug'atchiligi sektorining yuqori cho'qqiga ko'tarilishiga sabab bo'lgan. O'sha davrda ikki yosh olim - V.G.Kostomarov va L.A.Novikov bu ishning tashabbuskori bo'lishadi. Mazkur sektorda L.A.Novikov (sektorning birinchi rahbari), P.N.Denisov (ikkinchi rahbari)lar bosh qosh bo'lishgan. A.I.Olxovskaya maqolada yuqorida nomi qayd etilgan olimlarning rus o'quv leksikografiyasi nazariyasini yaratish bilan birga keyingi davr uchun sifatli antropotsentrik lug'atni nashrga tayyorlash ishida ham salmoqli hissa qo'shganini ta'kidlaydi va ayni paytda o'quv leksikografiyasi istiqbolidagi vazifalarni ham birma-bir sanab o'tadi[6.69-72]. Sektor a'zolarining ilmiy-nazariy tadqiqot natijasi Xalqaro rus tili va adabiyot o'qituvchilari assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan anjumanda bosqichma-bosqich muhokama qilib borilgan. Jumladan, 1969 yil avgustda Moskvada bo'lib o'tgan rus tili va adabiyoti o'qituvchilarining Birinchi Xalqaro kongressida o'quv lug'atchiligining umumiy masalalari[7.163]. 1973 yil 3-8 sentabrda Varna shahrida o'tkazilgan Ikkinchi Xalqaro kongressda rus tilining o'quv izohli hamda o'quv ideografik lug'atini tuzish, shuningdek, barcha maktab predmeti bo'yicha o'quv terminologik lug'at-minimum yaratish muammolari[8.4-22]. 1976 yilning 23-28 sentabr kunlari bo'lib o'tgan Uchinchi Xalqaro kongressda o'quv lug'atini moliyalashtirish, nashr ishini amalga oshirish masalasi hal qilib olinadi. Sektor a'zolari tomonidan Leningrad, Samarqand, Minsk, Toshkent, Odessa, Olomouse (Chexiya), Kembridj (AQSH), Amerst (AQSH) shaharlarida o'tgan simpozium va an'anaviy anjumanda o'quv lug'atchiligining turli muammolari yuzasidan ma'ruza qilinadi. 1976 yilning 2330 yanvar kunlari Moskvada o'quv lug'atchiligi va leksikani o'qitish metodikasi masalalariga bag'ishlangan Birinchi umumittifoq anjumani bo'lib o'tadi.

P.N.Denisov o'quv lug'atini yaratish muammolari o'z davrida nafaqat A.S.Pushkin nomidagi Rus tili instituti O'quv lug'atchiligi sektorida, balki Milliy maktablarda rus tilini o'qitish ilmiy tadqiqot instituti, Leningraddagi rus tili instituti lug'atchilik sektori, Moskva davlat universiteti, Estoniya FA ilmiy tekshirish instituti, Varna shahridagi "O'quv lug'atlari" seksiyasi, umuman, sobiq ittifoq tarkibidagi deyarli barcha ilmiy tadqiqot instituti, pedagogika institutlarida tilshunoslik va pedagogika yo'nalishlari oldidagi dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo'yilganligini ta'kidlaydi[9.4-22]. Ana shu xatti-harakatlar samarasi o'laroq o'tgan asr oxiriga kelib rus o'quv lug'atchiligi yuqori pog'onaga ko'tariladi va ulkan yutuqlarni qo'lga kiritadi. Rossiyada leksikografiyaning ilk davri XI-XII asrga oid azbukovnikdan boshlanib, hozirga qadar o'ziga xos tarixiy taraqqiyot davrini bosib o'tdi. Ayni paytda rus o'quv lug'atchiligi yangi bosqichga ko'tarilgan, maktabgacha yoshdagi boladan tortib, o'rta maktabning quyi, yuqori sinf o'quvchisi uchun yangi avlod o'quv lug'atini yaratish va yaratilgan turli seriyadagi lug'atni elektronlashtirish borasida katta yutuqlarni qo'lga kiritmoqda. Ilm fandagi bunday rivojlanish strategiyasi albatta o'z samarasini beadi. Biz ham rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganib o'zbekka xos va mos o'quv lug'atlarini yaratish ishiga bel bog'lamoqdamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Дубичинский В.В. Лексишграфия руссшго языка: учеб. noco6^ / Дубичинский В.В. -М.: Наука: Флинта, 2008. - 432 с. -Б 375.

2. Гак В.Г. О некоторых закономерностях развития лексикографии (учебная и общая лексикография в историческом аспекте) / В.Г. Гак // Актуальные проблемы учебной лексикографии. - М., 1977. - С. 11-27.

3. Азбуковники. Энциклопедия русского языка. [Электрон ресурс]. URL:http://russkiyyazik.ru/19/

4. Л.Пушкарев, Н.Пушкарева. Азбуковники. [Электрон ресурс]. URL: https://www.krugosvet.ru/enc/kultura

5. Bahriddinova B.M.O'zbekistonda o'quv lug'atchiligi: lingvestik asoslari,tarixi va istiqbollari: F.f.d(DSc)diss.-Samarqand.2020.,

6. Ольховская А.И. Учебная лексикография в стенах института Пушкина / Русский язык за рубежом. № 4, М.: 2016. С.66-72

7. Вопросы учебной лексикографии. // Под ред. Денисова П.Н., Новикова Л.А. - М.,Изд-во МГУ, 1969.163 с.;

8. Учебные словары русского языка. Доклады советской делегации Второй Международный конгресс преподпвателей русского языка и литературы. Изд-во МГУ, 1973.;

9. Денисов П.Н. Учебная лексикография: итоги и перспективы. //Проблемы учебной лексикографии. Денисова П.Н., Новикова Л.А. - М., Изд-во МГУ, 1977., 189 с. С. 4-22.;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.