Научная статья на тему 'AZIM HOJIYEV LUG‘ATSHUNOS OLIM'

AZIM HOJIYEV LUG‘ATSHUNOS OLIM Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
102
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tub so‘z / termin / atama / arxaik / leksika / root word / term / term / archaic / vocabulary.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamatqulov, Azizbek

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida Eski o‘zbek adabiy tili davridan to XX asrning yarmigacha yaratilgan lug‘atlar, shuningdek, akademik Azim Hojiyevning o‘zbek tili leksikografiyasining rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z boradi. Maqolada olimning XX asr o‘rtalarida yaratgan sinonimik lug‘atlari va sinonimik qatordagi so‘zlarning uslubiy ma’no aks ettirishi, shuningdek, lingvistik atamalarning to‘g‘ri qo‘llanishiga doir ilmiy qarashlari va lug‘atlari bilan birgalikda istiqlol davrida yaratilgan o‘zbek lotin alifbosidagi imlo lug‘atlarining tuzilishi va ushbu lug‘atlarda olimning lug‘atshunoslikka doir ilmiy qarashlarini aks ettiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AZIM HOJIYEV, SCIENTIST

This article describes the dictionaries created in Uzbek linguistics from the period of the Old Uzbek literary language to the middle of the 20th century, as well as the contribution of academician Azim Hajiyev to the development of lexicography of the Uzbek language. The article discusses dictionaries of synonyms created by a scientist in the middle of the 20th century, and the reflection of the stylistic meaning of words in the synonymous series, as well as scientific views and dictionaries on the correct use of linguistic terms created during the period of independence. These dictionaries reflect the structure of spelling dictionaries in the Uzbek Latin alphabet and the scientific views of scientists on lexicology.

Текст научной работы на тему «AZIM HOJIYEV LUG‘ATSHUNOS OLIM»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

AZIM HOJIYEV LUG'ATSHUNOS OLIM

Mamatqulov Azizbek

Guliston davlat universiteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'zbek tilshunosligida Eski o 'zbek adabiy tili davridan to XX asrning yarmigacha yaratilgan lug 'atlar, shuningdek, akademik Azim Hojiyevning o 'zbek tili leksikografiyasining rivojiga qo 'shgan hissasi haqida so 'z boradi. Maqolada olimning XX asr o 'rtalarida yaratgan sinonimik lug 'atlari va sinonimik qatordagi so'zlarning uslubiy ma'no aks ettirishi, shuningdek, lingvistik atamalarning to'g'ri qo'llanishiga doir ilmiy qarashlari va lug'atlari bilan birgalikda istiqlol davrida yaratilgan o 'zbek lotin alifbosidagi imlo lug 'atlarining tuzilishi va ushbu lug'atlarda olimning lug'atshunoslikka doir ilmiy qarashlarini aks ettiriladi.

Kalit so 'zlar: tub so 'z, termin, atama, arxaik, leksika

В данной статье рассказывается о словарях, созданных в узбекском языкознании с периода староузбекского литературного языка до середины XX века, а также о вкладе академика Азима Гаджиева в развитие лексикографии узбекского языка. В статье рассматриваются словари синонимов, созданные ученым в середине XX века, и отражение стилистического значения слов в синонимическом ряду, а также научные взгляды и словари по правильному употреблению лингвистических терминов, созданные в период независимость. В этих словарях отражены структура орфографических словарей на узбекской латинице и научные взгляды учёных на лексикологию.

Ключевые слова: корень слова, термин, термин, архаика, лексика.

Ma'lumki, o'zbek tilini ilmiy asosda o'rganishga oid ilk ma'lumotlar leksikografiya sohasidagi qadimgi lug'atlarda kuzatiladi. Lug'atchilik o'zbek tilining shakllanish bosqichlarining har birida tilshunos olimlar va ziyolilar tarafidan rivojlantirilib borilgan. Mahmud Koshg'ariy XI asrda turkiy so'zlarning boyligini arab tilida izohlagan bo'lsa, bu an'ana keyingi davrlarda Mahmud Zamaxshariyning "Asos ul-balog'a", "Muqddimatul adab" (XII asr), Tole Imon Xiraviyning "Badoye' ul-lug'at" (XV asr), Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" (XVII asr), Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lug'ot" (XVIII asr), Mirzo Mehdixonning "Sangloh" (XVIII asr), Sulaymon Buxoriyning "Lug'ati chig'atoyi va turki usmoniy" (XIX asr) hamda muallifi noma'lum bo'lgan "At-tuhfat uz-zakiyati f-

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

il-lug'at it-turkiya" (XIII asr), "Abushqa" (XVI asr) kabi turkiy lug'atchilikning ko'plab noyob durdonalari yaratilishi bilan davom etib keldi va bu lug'atlar tilshunos olimlar tomonidan yetarlicha tadqiq etildi.

O'zbek tilshunosligida lug'atchilik XX asrda ham olimlarimiz tarafidan rivojlantirildi. Akademik Azim Hojiyev ana shunday tilshunos olimlar sirasiga kiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tilshunoslik terminlarining ilmiy faoliyatda o'rni muhim sanaladi. Ulardan to'g'ri foydalanish jiddiy masala hisoblanadi. Azim Hojiyevning leksikografiyaga oid ilmiy ishlari, asosan, o'zbek tilidagi sinonimlar, faol so'zlar, imlo, tilshunoslik terminlari kabi ishlarini o'z ichiga qamrab oladi. Azim Hojiyevning 1963-yilda o'zbek tilshunosligida birinchilardan bo'lib sinonimlar lug'atini tuzdi. O'zbek tilshunosligida hali shu yo'nalishlarda izohli lug'atlar tuzilmagan bir paytda bu juda muhim tadqiqot ishi bo'lib xizmat qildi. "O'zbek tili sinonimlarining qisqacha lug'ati" kitobi o'zbek tilshunosligida, nafaqat, sinonimlarning lug'ati bo'lib xizmat qildi, balki sinonimlarning uslubiy bo'yoqdorligi haqida ham muhim manba bo'lib xizmat qildi.

Azim Hojiyev ushbu kitobida, asosan, o'zbek tilidagi faol so'zlarni kiritadi. Kitobda olim sinonimik qatorga kiruvchi so'zlarning barchasi uchun umumiy bo'lgan ottenka mavjud bo'lishi kerakligini ta'kidlaydi. Misol uchun, qaramoq, boqmoq, tikilmoq, termilmoq ushbu so'zlar sinonimik qatordan joy olgan va ularni birlashtiruvchi ma'no mavjud, ammo ulardan faqat qaramoq va boqmoq so'zlari to'laligicha sinonim bo'lishi mumkin, tikilmoq va termulmoq so'zlari esa o'zidagi ma'noni bo'rttirishga xizmat qiladi[4] deb ta'rif beradi.

Olimning o'zbek tili sinonimlariga bag'ishlangan keyingi davrdagi lug'atlari ham diqqatga sazovor. 1974-yilda Azim Hojiyevning "O'zbek tili sinonimilarining izohli lug'ati" kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu kitobda olim sinonimik qatordagi so'zlarning uslubiga ko'ra qo'llanishi, kam yoki ko'p ishlatiladigan so'zlar, sinonimik qatordagi bosh so'z haqida ham fikr bildirib o'tilgan[8]. Lug'at leksik sinonim so'zlardan tashlik topgan bo'lib, bir asosdan tashkil topgan yasama so'zlar kiritilmagan. Masalan, rahimsiz, berahim kabi. Azim Hojiyevning sinonimlarga bag'ishlangan lug'ati oliy o'quv yurtlarida tadqiqotchilar, talabalar uchun hali hamon xizmat qilmoqda.

Azim Hojiyev tilshunoslikdagi terminlarning to'g'ri qo'llanishi yoki noo'rin qo'llanishi borasida qator maqolalar nashr ettirgan. Umuman olganda, terminologiyaga oid barcha ishlarning muvaffaqiyatli hal etilishida har bir sohaga oid terminlarni to'la qamrab olgan terminologik lug'atlarni, ayniqsa, izohli terminologik

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

lug'atlami tuzish va nashr etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda olimning tilshunoslik terminlarining notog'ri qo'llanishiga e'tirozlar bildirgan [5].

Olimning 1985-yilda o'zbek tilshunosligida ancha mukammal bo'lgan "Lingvistik terminlarning izohli lug'ati" kitobi nashr etildi va u tilshunoslik terminologiyasi yo'nalishida muhim manbaa bo'ldi.

Azim Hojiyevning 1993-yilda nashr etilgan "Tilshunoslik atamalarining ruscha-o'zbekcha qisqacha lug'ati", 2002-yilda qayta nashr etilgan "Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati" kitoblari o'zbek tilshunosligi leksikografiyasi sohasida yangilik bo'ldi.

"Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati" quyidagi tartibda tuzilgan: I. So'zboshi; II. Lug'atning hajmi va tuzilishi; III. Lug'at maqolasi (har bir lug'at maqolasi bosh so'z sifatida lingvistik terminini keltirish bilan boshlangan). Agar termin boshqa tildan o'zlashgan bo'lsa, qavs ichida qaysi tildan, qanday so'z yoki til unsurlari asosida o'zlashganligi ko'rsatilgan. Ushbu lug'atda ruscha terminlarning o'rniga muqobil o'zbekcha variantdagi terminlardan foydalanilgan. Avvalgilaridan farqli ravishda to'ldirilgan va qayta ishlangan.

Azim Hojiyev 1981-yilda o'zbek tilida tuzilishi dolzarb bo'lgan "O'zbek tilining izohli lug'ati" da tuzuvchilar safida lug'atning I, K, N qismlarini tuzishda qatnashadi. Tilshunosligimizda izohli lug'atni takomillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borib, o'zbek tilida lug'at tuzuvchilar uchun yo'riqnoma ishlab chiqdi. "O'zbek tilining izohli lug'ati"ni tuzishda ham jonbozlik ko'rsatgan.

2006-2008-yillarda yaratilgan besh tomlik "O'zbek tilininh izohli lug'ati" o'z ichiga 80000 so'zni qamrab olgan bo'lib, lug'atda shevaga oid so'zlarni, tarixiy va arxaik leksikani ham ko'rishimiz mumkin. Lug'at tuzilishi va undan foydalanish qismini Azim Hojiyev yozgan. Lug'atda berilyotgan atamalar esa XX asrda o'zbek adabiyotida qo'llanganligi bilan asoslangan.

Azim Hojiyev "O'zbek tilining izohli lug'ati"ni tuzish prinsiplarini ishlab chiqar ekan, so'zlarni izohlashning olti qatlamini ochib beradi. Bular: bosh so'z; lug'at maqolasining bosh so'zdan keying komponenti, bosh so'zning etimologiyasi haqidagi ma'lumot; lug'at maqolasining etimologik ma'lumotdan keyingi bosh so'zga uning ma'nosi oldidan beriladigan grammatik, uslubiy va havola etuvchi qaydlar; izohlanuvchi birliklar (bosh so'z va turg'un iboralar) ma'nosini belgilash va qayd etish; lug'at maqolasining eng asosiy qismi izohlanuvchi birliklar ma'nolariga beriladigan izoh; lug'at maqolasining so'nggi komponenti izohlanuvchi birlik ma'nosi izohidan keyin beriladigan illyustrativ misollar [1].

Azim Hojiyev o'zbek tilida imlo masalalari bo'yicha ham leksikografik asarlar yaratdi. Bunday lug'at so'zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan to'g'ri yozilis h

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

shaklini qayd etadi. 1929-yildan to hozirgi kungacha kirill va lotin alifbolariga asoslangan o'zbek yozuvida o'zbek tilining turli hajmdagi 20 dan ortiq imlo lug'ati yaratilgan [1]. 1995-yilda "O'zbek tilining imlo lug'ati" kitobi nashrga chiqdi. 2003-yilda esa Shavkat Rahmatullayev va Azim Hojiyev birgalikda "O'zbek tilining imlo lug'atini yaratishdi. Ushbu lug'atda o'zbek tilida lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy qilingandan so'ng tovush va harf munosabatiga bag'ishlangan qismi qayta yozildi. Lug'at hozirgi o'zbek tilining imlo qoidalariga mos ravishda ishlab chiqilgan va asosan eng xato qilinishi mumkin bo'lgan tub so'zlar kiritilgan.

Til doim harakatda bo'lgani uchun so'zlarning umumiste'moldagi holati ham o'zgarib boradi. Bir so'zning anglatgan ma'nosi saqlanib shakli o'zgarishi mumkin yoki ma'nosi bilan birga eskirishi va iste'moldan umuman chiqishi mumkin. Ayniqsa istiqlol yillaridan so'ng o'zbek tiliga kirib kelgan so'zlar va shu davrda faol iste'molda bo'lgan so'zlarning lug'atini shakllantirish, ya'ni muyyan bir tilning ma'lum davrida faol qo'llaniladigan so'zlarning izohli lug'atini tuzish tilshunoslikdagi muhim masalaga aylandi. Shu ababdan A.Hojiyev, A.Nurmonov, S.Zaynobiddinov, R.Kokren, M.Saidxonov, A.Sobirov, D.Quronovlar tarafidan 2001-yilda "Hozirgi o'zbek tilining faol so'zlarining izohli lug'ati" yaratildi. Azim Hojiyev bu izohli lug'atning tuzilishi va foydalanish tartibini shakllantirgan. Unga ko'ra lug'atning har bir maqolasi uch qismga bo'lib ko'rsatilgan: 1) ma'nolari belgilanib iohlanuvchi birlik; 2) lug'aviy birlikning qayd etiluvchi ma'nosi; 3) shu ma'noga beriluvchi izoh [3], Ushbu lug'at faqat hozirgi o'zbek tilida faol qo'llanilayotgan yoki faollashishi kutilayotgan so'zlarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham unda o'zbek tili tarixining muayyan bir davrida qo'llanilgan, hozirgi kunda esa iste'moldan chiqqan so'zlar aks etmagan. Shu bilan birga o'zbek tilida hozirgi paytda biroz kam qo'llanuvchi yangi kirib kelgan iqtisodga, texnikaga oid so'zlar ham kiritilgan. Bunday so'zlarni kiritishda ularning kelajakdagi qo'llanilishi nazarda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, Akademik Azim Hojiyev faqatgina morfologiya va unga doir tushunchalar, xususan so'z va shakl yasalishi borasidagi ilmiy ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki o'zbek ilmiy tilshunosligi rivojlanish taraqqiyotida leksikografiyaganing shakllanishi uchun xizmat qiladigan ilmiy ishlar yaratgan. Olimning o'zbek tili sinonimlari, o'zbek tilining imlosi, lingvistik terminlarga doir lug'atlari ona tilimiz uchun, yosh tadqiqotchilar uchun, talabalar uchun xizmat qilib kelmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Normamatov S. Leksikografiya asoslari. O'quv qo'llanma. - T.: O'qituvchi, 2020. - B. 126.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2. Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. O'zbek tilining imlo lug'ati. - Toshkent: O'qituvchi, 1995. - 288-b.

3. Hojiyev А., Nurmonov A., Zaynobiddinov S. va boshq. Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarinrng izohli lug'ati. - Т.: Sharq, 2001. - 336 b.

4. Хожиев А. Узбек тили синонимларининг кискдча лугати. - Т.: Фан, 1963. -Б. 228

5. Хржиев А. Узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари (3-maqola) // Узбек тили ва адабиёти, 2006, 6- сон, 26-28 б.

6. Хожиев А. Лингвистик терминларнинг изошли лугати. -Т.: Укитувчи, 1985. - 144 б.

7. Хожиев А. Тилшунослик терминларнинг изошли лугати. -Т.: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2002. - 168 б.

8. Хожиев А. Узбек тили синонимларининг изошли лугати. - T.: Фан, 1974. -Б. 327

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.