Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDAGI VARIANTLILIK VA DUBLET HODISALARINING LINGVISTIK AHAMIYATI'

O‘ZBEK TILIDAGI VARIANTLILIK VA DUBLET HODISALARINING LINGVISTIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
251
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Variantlar / dubletlar / absolyut sinonimlar / o‘z qatlam / o‘zlashma qatlam / ijtimoiy maqbullik / donor til / vositachi til / qabul qiluvchi til / parallellik. / Variants / doublets / absolute synonyms / own layer / acquired layer / social acceptability / donor language / intermediate language / recipient language / parallelism.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rajabov, Nizomiddin Namoz o‘g‘li

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi variant va dubletlar bilan bog‘liq muammolar yoritilgan bo‘lib, ularning paydo bo‘lish o‘rni, lingvistik hamda ijtimoiy ahamiyati xususida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LINGUISTIC SIGNIFICANCE OF VARIATION AND DOUBLET PHENOMENA IN THE UZBEKI LANGUAGE

This article covers the problems related to variants and doublets in linguistics. The place of their appearance, linguistic and social significance is discussed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDAGI VARIANTLILIK VA DUBLET HODISALARINING LINGVISTIK AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

O'ZBEK TILIDAGI VARIANTLILIK VA DUBLET HODISALARINING

LINGVISTIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi variant va dubletlar bilan bog'liq muammolar yoritilgan bo 'lib, ularning paydo bo 'lish o 'rni, lingvistik hamda ijtimoiy ahamiyati xususida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Variantlar, dubletlar, absolyut sinonimlar, o 'z qatlam, o 'zlashma qatlam, ijtimoiy maqbullik, donor til, vositachi til, qabul qiluvchi til, parallellik.

This article covers the problems related to variants and doublets in linguistics. The place of their appearance, linguistic and social significance is discussed.

Key words: Variants, doublets, absolute synonyms, own layer, acquired layer, social acceptability, donor language, intermediate language, recipient language, parallelism.

O'zbek tilida shakli bir-biriga yaqin, ma'nolari esa teng bo'lgan til birliklari variant deyiladi. Aslida, variantlar xususida bundan boshqa yana ko'plab tariflar mavjud, biroq hech bir keltirilgan tarif to'laligicha izohlanmagan. Variantlar, xuddi sinonimlar kabi deyarli barcha til sathlarida mavjuddir. Ma'lumki, tilda semantik jihatdan bir xil, ammo fonetik va morfologik jihatdan ikki va undan ortiq ko'rinishga ega bo'lgan so'zlar ko'p uchraydi. Bunday so'zlarni tilshunoslikda leksik variantlar deb ataymiz. Masalan, "O'zbek tilining imlo lug'ati"da asta-ohista, kabutar-kaptar...kabi yuzlab leksik variantlarni uchratish mumkin. Bizning fikrimizcha, variantlarni sinonimlardan va, ayniqsa, dubletlardan xususiy chegaralarini qat'iy belgilab olish lozim. Shu kungacha ba'zi ishlarda sinonimlar qatoriga ba'zi ishlarda esa, variant yoki dubletlar qatoriga kiritib kelingan adab-odob, baravar-barobar kabi so'zlar aslida leksik variantlardir. Ushbu bo'limda mana shu yuqoridagi masalalar xususida so'z yuritamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tilshunos olim R.Shukurov O'zbek tili variantdosh so'zlarining qisqacha lug'atida izoh sifatida quyidagi fikrlarni keltiradi: "Varinatdosh so'zlar ikki yoki bir necha xil yozilishga ega. Hammasi ham imlo qoidalariga binoan to'g'ri yozilgan

Rajabov Nizomiddin Namoz o'g'li

Buxoro Davlat Universiteti Lingvistika o'zbek tili ta'lim yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

hisoblanadi. Bu so'zlarni paronim va sinonimlardan farqlash kerak. Paronimlarda yozilishi va aytilishi bir-biriga yaqin bo'lgan ikki so'zning ma'nolari butunlay boshqa-boshqa bo'ladi. Sinonimlarda esa shakli butunlay o'zgacha, ma'no qirralarida ham farq sezilib turadi. Variantdosh so'zlar ma'noda zarracha farq qilmaydi. U bir so'z. Faqat yozilishida farq bor, xolos. Buning sababi bir varianti fonetik yozuv asosida bo'lsa, ikkinchi varianti morfologik yoki boshqa yozuv qoidasi asosida yozilganidir. Demak, bir so'z turli yozuv (tamoyili) qoidasi asosida ham yozilishi mumkin". Keltirilgan ta'riflarni maqullagan holda, shuni aytish joizki, ushbu manbada ham, variantlarni paronim va sinonimlardan qisqacha farqlagan holda, birinchi navbatda, farqlanishi lozim bo'lgan dubletlar to'g'risida so'z yuritilmaydi. Etibor berib qaraganda, tilda aynan bir til sathida birliklarning aynan bir ma'noni ifodalovchi har xil ko'rinishlarining uchrashi hodisasi hisoblangan variantlilik bir jihatdan tilning keng ifoda imkoniyatlariga ega ekanligini ko'rsatsa, ikkinchi jihatdan tilning ma'lum bir o'rinlarda mavjud variantlarga bo'lgan ehtiyojidan paydo bo'ladigan hodisa hisoblanadi. Vaholanki, shuni ham takidlash joizki, variantlilik hodisasi tilshunoslikda polisemiya(ko'p ma'nolilik), sinonimiya (ma'nodoshlik) va dubletlar qatorida sanalib terminologiya sohasining azaliy muammolaridan bo'lib keladi va bir guruh olimlar tomonidan salbiy holat sifatida baholalanib kelinadi. Biroq, shu qarashlar bilan yonma- yon holatda boshqa bir guruh olimlarning fikrlari o'zgacha munosabat kasb etadi. Ularning fikrlaricha, tildagi variantlilik til birliklari, qolaversa, butun til sistemasining mavjudligi, faoliyat yuritishi hamda evolutsiyasi, ya'ni tarixiy rivojlanishi mohiyatini yoritib beruvchi eng muqobil tushuncha va termindir. Yana ushbu guruh tilshunoslari: Til fonetikasi va morfologiyasidan boshlab semantik va stilistik qatlamlargacha bo'lgan barcha sathlarda uchraydigan variantlashuv hodisasi, haqiqatdan ham, tilning boyishi va rivojlanishini ta'minlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Aynan bir til birligining turli o'rinlarda uning eng munosib variantlari vositasida ifodalanishi darajasi, shubhasiz, tilning boy ifoda imkoniyatlari ko'rsatkichi bo'lib ham xizmat qila oladi degan fikrdalar.

Ko'rinib turibdiki, tilshunoslikning ko'pgina masalalarida uchragani singari leksik variantlar xususida ham har xil, ba'zan esa, hatto bir-biriga qarama-qarshi fikrlar mavjuddir. Aksariyat olimlar leksik variantlarni xuddi sinonimlar kabi ma'nosi o'xshash bo'lgan boshqa-boshqa til birliklari deb bilsalar, boshqalari leksik variantlarni bir leksemaning turli hodisalarga ko'ra, ya'ni grammatik-morfologik, yoki sintaktik-stilistik, yo bo'lmasa fonetik tovush o'zgarishlariga uchragan shakli deb hisoblaydilar. Bunday munozarali vaziyatda, leksik variantlarni til sathlarida qolib ketgan keraksiz, salbiy ma'nodagi unsurlarmi, yo bo'lmasa til korpusining faoliyatida, uni yangilab turishda muhim hisoblanadigan mexanizmlardan birimi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

degan shu kabi va yana bir nechta unga bog'liq savollarga faqatgina variantlilik hodisasini unga yondosh hodisa bo'lgan dubletlilik hodisasi bilan qiyosan va mohiyatan o'rgangandagina javob topa olishimiz mumkin deb o'ylaymiz.

Birinchi navbatda, variantlilik tushunchasiga izoh berib o'tishimiz kerak bo'ladi. Tilshunos olim A.Hojiyev "Tilshunoslik terminlarining izohli lug'atida" variant terminini izohlar ekan: Variant (lotincha so'zdan olingan bo'lib varians-variants-o'zgaruvchi) degan ma'nolarni anglatadi. Shuningdek, til birliklarining turli-tuman o'zgarishlar natijasida hosil bo'lgan shaklidir. Masalan, fonema varianti, affiksning varianti, so'zning varianti, iboraning varianti va boshqalar shaklida deyiladi. Ayni shu masala yuzasidan prof. E.Qilichev va O.Beganchevalarning "So'zlarning shakliy va ma'noviy monosabatlari xususida" maqolasida ham bir qator fikrlar bayon qilingan. Hodisa mohiyatini chuqurruq anglash uchun variant tushunchasi va atamasining lingvistik tabiatini aniqlash, uning dublet tushunchasi va atamasi bilan aloqasi va farqli tomonlarini izohlash zarur.

Variant so'zi ko'p ma'noli bo'lib, lingvistik atama sifatida til birligining turli-tuman o'zgarishlar natijasida hosil bo'lgan shakli, ko'rinishidir. Masalan, fonema varianti, morfema varianti, so'z varianti, ibora varianti kabi variantlar mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, tilshunoslikda birmuncha yakdil fikrlar mavjud. Variantlarni yuqoridagi tasnifini bergan olimlar ular o'z ichida yana mayda guruhlarga yoxud bo'laklarga bo'linishini ham ta'kidlaydilar. Rus tilshunosi V.V. Morkovkin so'zni asl shaklida va morfologik shakllanishida bo'linmaslik bilan ajralib turadigan asosiy lingvistik birlik sifatida belgilaydi. Olimning fikricha, obyektlar belgilar va munosabatlarni belgilash uchun xizmat qiladi (yoki holatlarning ifodalari uchun) va nutqda lingvistik ahamiyatga ega variantlar shaklida namoyon bo'ladi. Yana, olim, shuni ham ta'kidlaydiki, lingvistik ahamiyatga ega o'zgaruvchanlikka, ya'ni mavjudlikka tasodifiy emas, balki juda tushunarli va muntazam davom etadigan hamda harakatlanuvchi variantlar shaklida qarash lozimdir. Shuningdek, so'zning o'zgaruvchanlik qobiliyati hammavaqt uning mavjudligida namoyon bo'ladi.

Bizning fikrimizcha, V.V. Morkovkin fikrlari lingvistik haqiqatlarga yaqinroq ko'rinadi. Chunki haqiqatdan ham, tilning mavjud sathlardagi o'zgaruvchanlik qobiliyati olimning ta'biri bilan aytganda, tasodifiy bo'lmagan, aksincha, j uda tushunarli bo'lgan va muntazam davom etadigan harakatlanuvchi variantlar ko'rinishida oydinroq namoyon bo'ladi deb o'ylaymiz. Yuqoriga eslatib o'tganimiz R.Shukurovning "O'zbek tili variantdosh so'zlarining qisqacha lug'ati"da olim variantdosh so'zlarni bir nechta kichik guruhlarga bo'lib ko'rsatadi. Masalan, birinchi guruhga asosan bir qismdan iborat so'zlarni: abr va avr, adab va odob, ajdarho, ajdahor, ajdar va ajdaho, alifbo va alfavit, anovi va anavi, aroba va arava, aroq va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

araq, aso va hassa, asokash va hassakash, bironta va birorta, bolgar va bulg'or, bugun va bukun, dumaloq va yumaloq, dumbaloq va umbaloq, gado va gadoy, gavhar va guhar, igna va nina, isirg'a va sirg'a, iymon va imon, jinday va jindak, kabutar va kaptar, karta va qarta, sabo va saboh, san-man va sen-men, podshoh va podsho, qabariq va qavariq, qabat va qavat, to'yana va to'yona, to'yg'azmoq va to 'yg 'izmoq, shohsupa va shosupa, shohtut va shotut, shabada va shabboda kabilarni variant juftliklar sirasiga kiritadi. Yana bir guruhga, ba- bo- old qo'shimchalari orqali yasalgan so'zlar ham variantdoshlikni vujudga keltirishi nazarda tutiladi. Masalan: baadab va boadab, bama'ni va bama'no, baobro' va boobro', baxabar va boxabar, bomaslahat va bamaslahat, botartib va batartib, boxabar va baxabar kabilar inobatga olingan. Yana, shu o'rinda ta'kidlash kerakki, olimning manodosh qo'shimchalar orasidan faqat, ba- bo- old qo'shimcharini olganligi uning variantlilik hodisasi mohiyatiga anchagina teran nazar bilan qaraganligini bildiradi. Bizning fikrimizcha ham, olim hodisaga shu o'rinda juda to'g'ri yondashadi va tildagi variantlilik shakliy munosabatlar asosida qurilishiga ishora beradi. Ma'nodosh qo'shimchalar: -li, -ser, -dor, ba-, bo shaxs, narsa-buyum, belgi-xususiyatlarning mavjudliligini bildirib kelib yangi so'z hosil qiladi va ular ma'no bo'yog'ining ortib borishiga ko'ra farqlanib, bir sinonimik qatorni hosil qiladi. Masalan: shirali va shirador, farzandli va serfarzand, maslahatli va bamaslahat. Bulardan ba- bo- old qo'shimchalari faqat shakliy jihatdan bir-biridan farqlanishi ularning sinonimik qatorning boshqa a'zolariga nisbatan ma'nodosh, o'zaro esa, variantdosh qo'shimchalar ekanligi ayonlashadi. Mazkur lug'atlar bazi bir xatoliklardan xoli emasligi ayon, biroq bu jihat ham, yana yuqorida sanab o'tilgan muammoli vaziyatlar ham bizning oldimizda ushbu hodisalar borasida hali qilinadigan talay ishlar borligini ko'rsatadi.

Bir so'z turli shakllarda har xil davrlarda turli tillar orqali kirib kelishi mumkin. Ba'zi so'zlar shakl va ma'no uyg'unligini saqlab qolishi va ba'zilari esa yo'qotishi mumkin. Bunday so'zlar esa tilshunoslikda leksik dubletlar deb ataladi. Leksik dubletlar eng qadimiy va keng qamrovli leksiko-semantik kategoriyalardan biri hisoblanadi. Leksik dubletlar deb, bir tilda ikki yoki undan ortiq umumiy kelib chiqish tarixiga ega bo'lgan, ayrim paytlarda qayta o'zlashtirish natijasida paydo bo'lgan yoki boshqa tillardan o'zlashtirish orqali tilimizdagi muqobili bilan dublikatlik hosil qilib til lug'at boyligi tarkibiga kirgan, semantik jihatdan bir xil yoki turli davrlarda ma'no jihatdan farqlanishlarga uchragan va talaffuzi bir-biridan farq qiladigan so'z juftliklariga aytiladi. Shunga o'xshash ta'riflarni ko'plab tadqiqotlarda goh u , goh bu qirralarini uchratish mumkin. Mavjud manbalarda dubletlar va variantlarga berilgan ta'riflar hamda keltirilgan misollar shu qadar bir- biri bilan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

chalkashib ketganki, hattoki, bir tilshunos variant sifatida keltirgan misollarni boshqa bir tilshunos dublet sifatida baholagan holatlarni ko'rishimiz mumkin. Qolaversa, bu ikki hodisaning bir vaqtning o'zida sinonim so'zlar bilan ham bog'liq vaziyatlarda chalkashliklar kuzatilyotganligi bor gap. Shunday ekan mazkur vaziyatda ushbu til birliklarining o'zaro chegaralarini qatiy belgilab olish ehtiyoji mavjud. Birinchi navbatda O'zbek tilidagi leksik dubletlar masalasi Sh.Raxmatullayev (2006), A.Hojiyev (1981), R.Qo'ng'urov (1980), E.Begmatov (1985), M.Mirtojiyev (2010), I.Qo'chqortoyev (1977), B.Daniyarov (2020) va boshqalarning asarlarida u yoki bu darajadagi tafsilotlari yoritilgan. O.Yusupov (2020) esa ingliz va o'zbek tillaridagi dubletlarning funksional-semantik va lingvokultrologik tadqiqini olib borgan. Tilshunos olim Azim Hojiyev "Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati" da dubletlar fransuz tilidagi "Doublet - double" -"ikkilik" so'zidan olingan bo'lib, bir xil teng semantik tarkibga ega bo'lgan til birliklari ekanligini ta'kidlaydi. Sh.Raxmatullaevning fikricha: "Agar ikki leksema (leksosemema) har jihatdan teng bo'lsa, o'zaro farqlovchi belgiga ega bo'lmasa, leksik dubletlar deyiladi" Olim bu hodisani absolyut sinonimiya deb nomlash ham mavjud ekanligini ko'rsatib o'tadi.

O'zbek tilining izohli lug'atida dubletlarga quyidagicha izoh berilgan. "Dublet (fr. Doublet < double- qo'shaloq, ikkilangan, ikki hissa) 1. Biror narsaning ikkinchi nusxasi; ikkita bir xil, teng qimmatli narsaning biri. 2. Qimmatbaho, nodir toshlar (buyumlar)ning yasama, soxta nusxasi. 3. Tilda ma'nosiga ko'ra aynan teng keluvchi va biri ikkinchisi o'rniga almashinib qo'llanilishi mumkin bo'lgan so'z va boshqa xil lisoniy birlik. Biroq, ilmiy matnda dubletlarning uch-to'rttasini birdaniga berishni me'yoriy holat deb qarash kerak emas. Tilda sinonim, dublet va variantlarning qavatlanishi yoki takrorlanishi ortiqcha informatsiyani vujudga keltiradi." Tilshunos I. Qo'chqortoyevning fikricha, sinonimik vositalarning yadro qatlamiga dubletlar ham kiradi. Bu kategoriya o'zbek tilshunosligida adabiy norma nuqtayi nazaridan ma'lum qiziqish uyg'otadi. Ba'zi manbalarda dubletlar xuddi sinonimlar kabi "aytilishi har xil, ma'nosi bir xil so'zlar" sifatida ta'riflanadi.

U. Tursunov va boshqalar hammuallifligida yozilgan "Hozitgi o'zbek adabiy tili" darsligida esa quyidagicha firk bildiradi: Agar leksik birliklar har jihatdan teng kelsa, ular o'zaro farq qilmasa, leksik dubletlar yuzaga keladi. Bu hodisa absolyut sinonim deb ham yuritiladi. Masalan: agitatsiya-tashviqot, propaganda-targ'ibot, tema-mavzu kabilar. Ko'pchilik tilshunoslar leksik dubletlar juda oz (shunda ham, asosan, terminologiyada) degan fikrdalar. Buning sababi shuki dubletlar biri ikkinchisining aynan nusxasi bo'lgani sababli, bunday leksik dubletlardan biri ortiqcha hisoblanadi, shuning natijasida bulardan biri tilda uzoq yashamaydi deb

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

ta'kidlaydilar. Shuningdek ular leksik dubletlarni o'tkinchi hodisa sifatida baholaydilar. Yana bir boshqa manbada Tilda leksik ma'nolari o'zaro teng bo'lib, farqlovchi semalari bo'lmagan leksemalar ham uchraydi. Masalan: so'roq va savol, xabar va darak, tema va mavzu, nom va ot kabi. Tilshunoslikda bu tipdagi leksemalar absolut sinonimlar yoki leksik dubletlar deb ikki xil nomlanmoqda deyiladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining lug'at sostavidagi o'z va o'zlashma qatlam materiallari ko'p hollarda arabcha, tojikcha va o'zbekcha so'zlarning tilda parallel holda yashab qolganligini ham ko'rsatadi. Parallel yashovchi dublet ma'lum stilistik vazifa o'taydi, narsa va hodisalar haqidagi tushuncha va tasavvurlarning ma'lum qirralarini konkretlashtirish, ya'ni so'z ma'nolarining differentsiatsiyasi uchun xizmat qiladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilidagi sinonimik uyalarning ko'pini o'zbekcha so'zlarning o'zlashma dubletlari va variantlari tashkil qiladi. Ruscha-internatsional so'zlarning hammasi ham o'zbek tiliga to'ppa-to'g'ri va birdan kirib kelavergan emas. Dastlab ruscha internatsional so'zni tarjima qilishga intilish kuchli bo'ldi yoki o'zbek tilidan so'zning muvofiq ekvivalenti axtarildi. Masalan: poezd so'zi dastlab o'zbek tiliga o't araba, otash araba tarzida tarjima qilingan. Shuningdek paroxod so'zi dastlab otash kema, o't kema, vopur yoki yuzguch shahar kabi so'z va iboralar bilan berilgan. Keyinchalik poezd va paroxod so'zlarining o'zi g'olib chiqqan. Leksik dubletlar paydo bo'lishi jarayonida ishtirokchi tillarning maqomi uch xil bo'ladi: manba til (donor til); vositachi til (medium til); qabul qiluvchi til (retsepient til). Tilshunos Sh. Raxmatullaevning fikricha: "Agar ikki leksema (leksosemema) har jihatdan teng bo'lsa, o'zaro farqlovchi belgiga ega bo'lmasa, leksik dubletlar deyiladi. Olim "bu hodisani absolyut sinonimiya deb nomlash ham mavjud" deb ham ta'kidlaydi.Agar tub so'z bilan o'zlashtirma so'z ma'nolari o'rtasida absolyut sinonomiya mavjud bo'lsa, biz bu kabi holatlarni dubletlar deb ataymiz: O'zbek -fors-tojik: oz -kam; barcha -hamma; toza -pok; yolg'on -soxta; yilnoma -solnoma. O'zbekcha-arabcha: ayirma -farq, tafovut; bo'lak -qism; kishi -inson, odam; uyushma -ittifoq. Yunoncha -arabcha: analiz -tahlil. Arabcha -tojikcha: maktub -noma. Arabcha -arabcha: rasm -odat. O'zbek tilidagi leksik dubletlar nutqni stilistik jihatdan kategoriyallashtirganimizda yaqqol ko'zga tashlanadi. Jumladan, so'zlashuv nutqiga oid so'zlar oddiy, erkin muomalada qo'llanadi va ularning ancha qismi emotsional-ekspressiv bo'yoqdorligi bilan xarakterlanadi. Bu bo'yoqdorlik salbiy va ijobiy munosabat ifodalash bilan bog'liq bo'ladi. So'zlashuv leksikasining stilistik bo'yoqdorligi neytral yoki kitobiy leksikaga oid so'zlar fonida, ya'ni shu leksikaga oid so'zlar ishtirok etgan dubletlar qatorida ko'proq nomoyon bo'ladi.

O'zbek tilida sinonim, dublet, variant tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir, o'z navbatida turli jihatlariga ko'ra farqlanadi. Shu jihatdan, til lug'at

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

boyligining asosini tashkil etuvchi sinonim, dublet, variant hodisalarini bir-biridan farqlash lozim. Zero, ular ma'noviy munosabati jihatidan deyarli bir o'rinda tursa-da, uslubiy xususiyati, shakily tomonlariga ko'ra o'zaro tafovutga ega. Buni tilshunos olimlar o'z asarlarida har doim qayd etganlar.

Dubletlar ichki manbadan, yoki tashqi manbadan adabiy tilga o'zlashib me'yorlashgan so'zlardir. Albatta, adabiy tilda o'z muqobili bo'lgani holda. Variantlar esa bir so'zning bir necha xil ko'rinishidir. Ularning ham adabiy tilda o'z o'rni bor. Shuningdek, ular sinonimlarning yadro qatlamini tashkil etuvchi omillardan hisoblanadi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, dubletlar variantlardan farqli o'laroq o'tkinchi hodisa deb baholansa-da, "ijtimoiy maqbullik" tushunchasi dubletlar uchun ham xosdir. Adabiyotning badiy tasvir vositasi sifatida tilda dubletlar va variantlar yashashda davom etadi. Bizningcha, dubletlar absolyut yoki to'liq sinonim ham, variant ham emas. Ular faqat tildagi yangilanishlar, o'zgarishlar natijasida iste'molda bor so'zning boshqa muqobillari paydo bo'lishi bilan yuzaga kelgan hodisadir. Muqobili mavjud bo'lgan dubletlar sekin - asta o'z muqobiliga o'rin bo'shatadi. Tilda (o'z qatlamda) muqobili bo'lmagan dubletlar istiqbolli dubletlar hisoblanib o'sha til lug'at tarkibidan o'rin oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Азим Х,ожиев. "Тилшунослик терминларининг изохли лугати" Тошкент. «Узбекистан миллий енсиклопедияси» Давлат илмий нашриёти.

2. Хрзирги узбек адабий тили Узбекистон ССР "ФАН" нашриёти Тошкент -1996. Абдурахмонов F. умумий тахрири остида.

3. Лебедева С.В. Близостъ значения слов в индивидуальном сознании: Автореф. Дис. Докт. Филол.наук. -Тверь, 2002. -23с.

4. ^иличев Е."Узбек тилининг пратик стилистикаси" Тошкент «Укитувчи» 1985.

5. Qo'chqortoyev I. Lug'aviy sinonimik vositalar va ularning asosiy turlari. O'TA, 1984. 40son.

6. Rahmatullayev Sh. "Hozirgi o'zbek adabiy tili" darslik. Toshkent. "Universitet".2006.

7. Юсупов Отабек Якубович "Узбек тилига араб ва форс тилларидан узлашган лексик дублетлар тахлили" Хорижий филология. No2, 2020.

8. "O'zbek tilining izohli lug'ati" A. Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent.

9. Shukurov R. "O'zbek tili variantdosh so'zlarining qisqacha lug'ati".

10. Hakim, R. (2021). Political and Legal Culture-the Factors of Stability of the Political and Legal System. Бюллетень науки и практики, 7(3), 281-286.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

11. Расулов, X. М. (2022). МАЪНАВИЙ ТАРГИБОТДА ИЛГОР ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 818-826.

12. Расулов, Х. М. (2020). Шарк ва гарб: сиёсий ва хукукий маданият компонентлари уйгунлиги. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, (SI-1№ 3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.