Научная статья на тему 'BAHO MAZMUNINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING TUZILISHI'

BAHO MAZMUNINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
110
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baho / leksik-semantik / fe’l mayllari / hissiy munosabat / bosh bo‘laklar / til qurilmalari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Усманова Замира Ураловна, Семёнова Марина Албертовна

Maqolada o‘zbek tilidagi baho munosabatini ifodalovchi birliklarning leksik–semantik hamda grammatik xususiyatlarini o‘zbek so‘zlashuv nutqi hamda badiiy– adabiy tili materiallari asosida tahlili berilgan. Baho munosabatini ifodalovchi birliklarning gap tarkibida ifodalanishi ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BAHO MAZMUNINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING TUZILISHI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BAHO MAZMUNINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING TUZILISHI

Усманова Замира Ураловна

Рус тили ва адабиёти кафедраси катта уцитувчиси

Семёнова Марина Албертовна Рус тили ва адабиёти кафедраси катта уцитувчиси

Annotatsiya:Maqolada o'zbek tilidagi baho munosabatini ifodalovchi birliklarning leksik-semantikhamdagrammatikxususiyatlarini o'zbekso'zlashuv nutqi hamda badiiy-adabiy tili materiallari asosida tahlili berilgan. Baho munosabatini ifodalovchi birliklarning gap tarkibida ifodalanishi ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: baho, leksik-semantik, fe'l mayllari, hissiy munosabat, bosh bo'laklar, til qurilmalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7608040

Xalqimiz o'tmishi madaniy merosimizni o'rganish orqali o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy madaniyatimizning ijodkoriga aylandi. Tilshunos olimlarining samarali mehnatlari tufayli o'zbek tilshunosligining turli bo'lim va tarmoqlari bo'yicha muhim tadqiqotlar yuzaga kelmoqda. O'zbek xalqi muamola madaniyatida ko'p qo'llanadigan jumlalar ichida shundaylari borki, ularda o'zaro muomalaga kirishgan shaxslar bir-birlariga yaxshi tilaklar, yaxshi baholar bildiradilar. Bunday jumlalar duo qilish, biror munosabat bilan muborakbod etish, xayrlashish, salomlashish, ta'ziya bildirish, xarakter-xususiyatlarni ochish kabi vaqtlarda aytiladi. Ularga xos bo'lgan umumiy xususiyat shundan iboratki, bunday jumlalar semantik va shakliy jihatdan o'zbek tilida barqarorlashib, aksariyati nutqiy etiketga aylanib qolgan va ularning barchasidan ijobiy istak mazmuni anglashiladi. Baho mazmunini ifodalovchi birliklar barqaror so'z brikmasi, shuningdek, sodda yoki qo'shma gap shaklida reallashadi. Masalan: Barakalla, dono bolam (so'zlashuvdan), Derlar, shirin so 'zning gadolari ko'p, Yonib turgan ko'zning adolari ko'p (Hosiyat Bobomurodova), Yaxshi topib gapirar, Yomon qopib gapirar (Maqoldan), Yaxshiga yondash, Yomondan qoch (Maqoldan) Baho birliklarini, tilak, suhbat, biror insonning xususiyat, xarakterini ochishda yoki xohish, iltijo, tashviq kabi maznunni bildirib kelganligi bilan xarakterlanadi. Bu hil qurilmalar shaklan buyruq gapga o'xshasa ham, mazmuman buyruqni emas, istak-xohishini ifodalaydi. Kesimi buyruq maylidagi fe'llardan ifodalangan gaplar buyruq gap hiooblanadi. Suhbat aylaylik, kelnnglar, jo'ralar, o'rtoqlar. (Mukumiy). Demak, buyruq gaplarning til sathida darak, so'rok gaplardan farq qiladigan o'ziga xos modeli bor. Buyruq gapning modeli nutqda turli variantlarda namoyon bo'ladi: shaxs-son bo'yicha variantlari, tuzilishiga ko'ra variantlari (yig'iq, yoyiq) va boshqalar. Ba'zan buyruq gapning markaziy qismi - kesim bevospta ifodalanmasligi mumkin. U vaqtda bevosita ifodalanmagan buyruq maylidagi fe'ldan ifodalanishi lozim bo'lgan kesim nutq vaziyatidan anglashilib turadi. Masalan: Hamma

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

dalaga! Buyruq gaplar ham shakl va mazmun qarama-qarshiligi va birligidan iborat butunlikdir.

Buyruq gaplar kesimining buyruq maylidagi fe'ldan ifodalanpshiga ko'ra umumiilikni hosil qilsa ham, lekin bunday gaplar shaxs va son belgisiga ko'ra turli variantlarda namoyon bo'ladi. Shaxs paradigmasi birlikda:

I shaxs. Arz etaylik endi yozib nomalar. (Muqimiy)

II shaxs Keling, chaqchaqlashaylik. (So'lashuvdan)

III shaxs. Omon bo'lsin do'stlarning bari. (H.O.)

Shuningdek, kerak, lozim, darkor so'zlarining harakat nomi bilan birgalikda qo'llanilishidan iborat bo'lgan gaplar ham butsruq gap paradigmasiga kiradi. Buyruq gaplar umumny buyruq arxisemasi bilan bir butunlikni hosil qilsa ham, lekin buyruq arxisyomasi bir qator semalar orqali namoyon bo'ladi:

Maslahat: Ortiqcha gapirma. Bilim cho'qqilariga egallash kerak. Ibrat olgil yon qo'shshshiz Sharif boydan. Iltimos: Alisher, eski ginalarni unuting, yana o'z joyingizni egallang. Tashviq: Bolangni o'ldirgan, xotiningni xazon qilgan boyning boylarning jazosini ber. Har uch semada takrorlanayottan va ularning hammasini birlashtiruvchi sema buyruq semasidir. Shuning uchun ham bu sema arxisema hisoblanadi. Buyruq gaplarda shakl va mazmun munosabati Buyruq gaplar shakl va mazmun qarama-qarshiligi va birligidan tashkil topgan butunlikdir.

Kesimi shart-istak maylidagi fe'llardan ifodalangan gaplar istak gaplar sanaladi. Masalan, Bir go'shai bog' bo'lsa-yu, sen bo'lsangu men. (Bobur) Istak gaplar so'zlovchining istak-xoxishini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday gaplar so'zlovchining axborot berishi belgisiga ko'ra darak gaplar bilan umumiylikni hosil qiladi. Lekin til sathida o'zining alohida modeli mavjudligi va nutqda konnotativ ma'no ma'lum axborot berish bilan birga, so'zlovchining istagi, xohishining ifodalanishiga ega bo'ladi. Istak gaplar so'zlovchining istagini ifodalaganligi uchun ham u kelgusida bo'lishi orzu qilinayotgan voqea-hodisa, belgi-xususiyat haqida axborot beradi. Masalan: Oliy o'quv yurtini bitirsam, ajoyib muhandis bo'lsam. Shaharlarga, qishloqlarning bog'-rog'larga burkanishiga o'z hissamni qo'shsam. Ijobiy istak birliklarini asosiy qismini his-hayajon ifodalovchi gaplar tashkil qiladi. Til sathidagi yuqorida ko'rsatilgan gapning ifoda maksadiga ko'ra gap modellari nutq jarayonida turli variantlarda namoyon bo'ladi. Nutq sathida esa bu variantlar yana qo'shimcha belgilarga ham ega bo'ladn. Bu belgilardan biri so'zlovchining his -hayajonidir. Demak, darak, so'roq, buyruq, istak gaplarning nutq jarayonida so'zlovchining his-hayajonini ham ifodalashi ularni his-hayajonli gapga anlantiradi. His-hayajonli gap undov gap deb yuritiladi.

Undov gaplar shakliy tuzilish jihatdan ham farqlovchi belgilarga ega bo'ladi: 1) undov ohangi, kuchli hayajon bilan talaffuz qilinadi; 2) tarkibida hayajon bildiruvchi so'zlar ishtirok etadi. Masalan, Oh, Nasibang to'liq bo'lsin! Niyatlar ulug' bo'lsin! Tashriflar qutlug ' bo'lsin! Dorilul zamon keldi, Mohi ramazon keldi! (N.Narzullaev) Hasanali suyunchini topshirgandan so'ng duoga qo'l ochdi: - Hayriyat, Olloh taolo umri bilan bergan bo'lsin! (A.Qodirov)

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Gap mazmuniga so'zlovchining hissiy munosabati va boshqa bir qator ma'nolar birlashtiriladi1. O'zbek tilida bir sostavli gaplarning shaxsi aniq gap turidan tashqari so'z-gap shaklidagi turi ham mavjud, bu xil shakllangan gaplar his- hayajon ifodalab, undov gap sanaladi. Undov gaplar salomlashish, xayrlashish, rag'batlantirish, mamnunlik, taskin, ajablanish kabi mazmunlarni ifodalaydi. Masalan: Salomat bo'ling! Ajoyib insonsiz! Ijobiy baho mazmunini ifodalovchi birliklarning ko'p qismini undov gaplar tashkil qiladi: Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! (Gazetadan) Yo xudo, do'st - dushman oldida yuzimni yorug' qil! (O'.Hoshimov).

Qiyosiy baho logikasining asosiy prinsipi assimetrlik xususiyatidir. Qiyosiy baho logikasida davriylik va individuallik yetakchi faktorlaridan sanaladi. Shunga ko'ra qiyosiy baho o'zgaruvchan xususiyat kasb etadi2. Ma'lumki, tilda bahonig ifodalanishida ega va kesimning funksiyasi o'ziga xos xususiyatga ega. Bu xil birliklarda ega turli so'z turkumlari bilan ifodalanishi bilan birga, ayrim o'ziga xos tomonlari ham mavjud. Bular quyidagilardan iborat:

a) ijobiy baho mazmunini ifodalovchi birliklarda ko'pincha barakalla, ofarin, ajoyib, zur, a'lo darajada: barakalla bolam, ishlarin tahsinga loyiq, ofarin bugun senga a'lo baho

b) ba'zan tilak shaklidagi bo'laklar bilan, ya'ni Olloh, Yaratgan egam kabi so'zlardan foydalanib: Olloh sizni va siz kabilarni shaytanat olamidan o'zi asrasin (T.Malik); Yomon ko'z, yomon hasadlar, ziyon-zahmatlardan O'zi asrasin;

Umuman olganda, mantiqiy jihatning lisoniy ko'rinishi lug'aviy birliklarning turli vositalari yordamida ko'chma ma'no etishi, semantik strukturasidagi o'zgarshilar kontekst, pauza, talaffuz asosida amalga oshiriladi. Tilda baho munosabatini tadqiq etishning, tinglovchilarga sodda va tushunarli tarzda bayon etishning yangi metod va tavsiyalar asosida joriy etilishi ishda o'z ifodasini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Нурмонов А. ва бошк;алар, Узбек тилининг мазмуний синтактикаси. Тошкент,

1992.

2. ^амбаров F. Бах,о лисоний ва мантилий категория сифатида. Узбек

тилшунослигининг долзарб масалалари. Андижон, 1995.

3. Qo'ng'urov R. Sub'ektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari.

Toshkent, 1980.

1 Нурмонов А. ва бош^алар, Узбек тилининг мазмуний синтактикаси. Тошкент, 1992 й., 83-бет.

2 ^амбаров F. Ба^о лисоний ва мантилий категория сифатида. Узбек тилшунослигининг долзарб

масалалари. Андижон, 1995, 89-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.