Научная статья на тему 'BADIIY USLUBNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI'

BADIIY USLUBNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

2001
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Badiiy uslub / lingvistik xususiyatlari / fonetik xususiyatlari / poetik nutq / orfoepik me’yor / orfografik me’yor / ko’chma ma’no / neologizm / frazeologizm / eskirgan so’zlar.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — D. Jumanova

Ushbu maqolada badiiy uslubning lingvistik xususiyatlari, fonetik, leksikfrazeologik, grammatik xususiyatlari va maxsus ifoda tasvir vositalari, so’zlarning qo’llanishi, badiiy asarlar misolida yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY USLUBNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

BADIIY USLUBNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

D. Jumanova

JDPU Maktabgacha va boshlang'ich yo'nalishlarida masofaviy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada badiiy uslubning lingvistik xususiyatlari, fonetik, leksik-frazeologik, grammatik xususiyatlari va maxsus ifoda tasvir vositalari, so'zlarning qo'llanishi, badiiy asarlar misolida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Badiiy uslub, lingvistik xususiyatlari, fonetik xususiyatlari, poetik nutq, orfoepik me'yor, orfografik me'yor, ko'chma ma'no, neologizm, frazeologizm, eskirgan so'zlar.

Badiiy nutq doirasida til vositalarini qo'llashning ma'lum qoida-qonunlari ham amal qiladiki, ular bir tomondan mazkur uslubni boshqa FUlarga yaqinlashtirsa, ikkinchi tomondan, ulardan chegaralashga, farqlashga imkon beradi. Bu BUning fonetik, leksik-frazeologik, grammatik xususiyatlari va maxsus ifoda tasvir vositalarida ko'zga tashlanadi.

Badiiy uslubning fonetik xususiyatlari. Hozirgi o'zbek adabiy tilidagi assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, proteza singari ko'plab fonetik hodisalar, ya'ni tilning orfoepik me'yorlari nuqtayi nazaridan bo'ladigan nutqiy o'zgarishlar BU uchun ahamiyatli emas.

Poetik hamda tarixiy mavzularda yozilgan prozaik asarlar tilida uchraydigan ayrim fonetik o'zgarishlargina BU me'yorlariga muvofiq keladi. Masalan: poetik asarlarda ba'zan so'z o'rtasidagi unli tovush tushirib qoldiriladi: so'ramoq - so'rmoq: Pishiqlabdi o'g'lini... Hay, hay... Sovchi bormay, rizolik so'rmay... (M.Ali). Bunday qo'llanish she'riy talablar, emotsionallik, tarixiylik kabilar bilan bog'liq. IU yoki SUda rizolik so'rma deyilmaganidek, yuqoridagi parcha Sovchi bormay, rizolik so'ramay tarzida shakllantirilsa, she'rning poetik ruhiga putur yetadi. Ammo bu o'zgarishni tilimizdagi sinkopa hodisasi bilan tenglashtirib bo'lmaydi. So'rmoq so'zida a unlisining aniq bir maqsadni ko'zlab tushirib qoldirilgani esa ko'rinib turibdi;

So'zlarning birinchi shakli uslubiy jihatdan betaraf bo'lsa, ikkinchisida - q ning g' ga o'tishida BUga xoslanish yuz bergan. Uni mumkin qadar muloyim, yumshoq talaffuz qilinadigan,

229

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

jarangdor tovush bilan almashtirish ehtiyoji tug'iladi. Bu ehtiyojni talaffuzda unga yaqin bo'lgan, chuqur til orqa, sirg'aluvchi va jarangli undosh tovush g' qondira oladi. Hech qanday qo'shimchalar olmasdan q ning g' tarzda talaffuz qilinishi ham badiiy asarlarda uchraydi: yumshog', ushshog', toychog', chirog'/charog', qo'zichog' kabi. Ushbu ko'rib chiqqanimiz ba'zi fonetik o'zgarishlar vaqt o'tishi bilan poeziyada me'yorlashgan.

Dialektal fonetik hodisalar badiiy adabiyot tilida ham mahalliy koloritni berishga, ham erkalash, hurmat singari qator ottenkalarni ifodalashga va boshqa turli badiiy-estetik vazifalarni bajarishga xizmat qilishi mumkin. Dialektal kolorit: Yashin akamlar ham sho'ttalar (O.Yoqubov); hurmat, erkalash: Halima ona meni ko'rib: «Opangizning yubileyiga keldingizmi, voy, aynanib ketay sizdan! - deb yelkamga qoqib qo'ydilar (O.Yoqubov); badiiy-estetik vazifa:...uka kechirasiz, siz bilan gap sotib o'tirishga «pussatim yo'» desalar nima qilaman? (O.Yoqubov).

SUga xos talaffuzning personajlar nutqida berilishi BUda ahamiyat kasb etadi. Tovushlarning alohida talaffuzi tufayli so'zlar, so'z birikmalari, gaplar o'zgacha ma'no qimmatiga ega bo'lishi mumkin: - Jim yot, tuxuming qurigurr! Tinka madorim qolmadi-ku! Boshimga yetib tinchiysizlar! (O'.Usmonov). Birinchi gapdagi r tovushining orttirilishi so'zlovchi kayfiyatining yomon ekanligini ifodalashga xizmat qiladi.

Shuningdek, poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me'yor talablariga muvofiq kelmaydigan oshno, talosh, yamon, yaro, qaro kabi so'zlar ishlatiladi: Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldim sanga; Agarchi yo'qturur durluq taloshi; Boshi yarosig'a bog'ladi rust; Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin? (Navoiy). Dilrabolardin yamonliq keldi mahzun ko'ngluma (Bobur).

Adabiy asarlar matnigagina xos bo'lib, hozirgi o'zbek adabiy tilidagi fonetik hodisalarga o'xshamaydigan ayrim fonetik o'zgarishlar poetik nutq talabi bilan vujudga kelgan deb aytishga yetarli asoslar bor, deb o'ylaymiz.

Adabiy asarlar tilida uchraydigan fonetik o'zgarishlar tarixiy xarakterga ega bo'lib, ularning ro'y berishi Sharq mumtoz adabiyotining, jumladan, o'zbek adabiyotining shakllanishidagi ekstralingvistik omillar - vazn, qofiya hamda ohangdorlik, jarangdorlik va tantanavorlik kabilarning talablari asosida bo'ladi. Agar ular dialektal xarakterda bo'lsa, mahalliy koloritni berishga, erkalash, hurmat kabi ottenkalarni ifodalashga xizmat qiladi.

Emotsional-ekspressiv ma'no ottenkasini ifoda etish asosiy o'lchov sanaladigan BUga xos chegaralanganlik ana shu tarzda namoyon bo'ladi. Bir narsa yoki voqea-hodisani anglatuvchi

230

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan ^^^^^^^^^^araqqiyotidagi^o'rn^

tushunchaning tilda bir necha xil ifodasi mavjud bo'lishi bunday chegaralanish, boshqacha aytganda, qamrov va tanlash doirasini yana ham kengaytiradi. Shuning natijasi o'laroq, tilimizda yuzaga kelgan poetik leksika, hamda kitobiy leksika deb ataluvchi guruhdagi so'zlarning aksariyat qismi BUning FUlar orasida o'z qiyofasiga ega bo'lishida asosiy poydevor bo'ladi.

Tilimizdagi so'zlar semantik strukturasi, shakl va ma'no munosabati, tarixiyligi hamda iste'mol darajasining qamroviga ko'ra ma'lum lingvistik hodisalarni keltirib chiqaradi. Polisemantizm, sinonim, paronim, omonim, antonim, neologizm, istorizm, arxaizm, jargonlar singari bir qator guruhlar paydo bo'ladiki, ularning BUdagi o'rni to'g'risida so'z yuritmaslik mazkur uslubda leksik birliklarning ishtiroki to'g'risidagi tasavvurimizni kambag'allashtiradi.

Polisemantik so'zlar nutq jarayonida keng imkoniyatlarini namoyish qila oluvchi lingvistik vosita sanaladi. Biz uchun ham ularning ko'pchiligidagi ma'nolarning keng va turli-tuman ekanligi e'tiborga molikdir.Tilimizdagi bir, bosh so'zlari anglatgan ma'nolar ko'lamini eslashning o'zi kifoya. Ana shu ma'nolarning deyarlik hammasiga badiiy adabiyot tilida duch kelishimiz mumkin: Hukmingizga bo'ysundiramiz... O'z boshlaring qayda? - Boshimiz sizning qo'lingizdadir davlatpanoh... (O.Yoqubov).

So'zlarni ko'chma ma'nolarda qo'llash BUning muhim xususiyatlaridan biridir. Matnda so'z semantikasining o'zgarishi, kengayishi, ko'p aspektli bo'lishi va, hatto, lug'atlarda qayd etilmagan ma'nolar kasb etishi mazkur uslub uchun qonuniyat sanaladi.

Dublet so'zlar. Tilimizda baravar-barobar, nabira-nevara, ustoz-ustod singari dublet so'zlar bor. Ularning mavjudligi normativ leksika nuqtayi nazaridan ijobiy hodisa sanalmasa-da, BUda ularga befarq qaralmaydi.

Sinonimlar tilimizning ijtimoiy va badiiy-estetik jilolarini namoyish qila olishi bilan eng oliy o'rinni egallaydi. Shuning uchun ham A.M.Peshkovskiy va A.I.Yefimov singari olimlar nutqiy vositalar sinonimiyasini o'rganishni stilistikaning markaziy muammosi, deb hisoblaganlar.

Yozuvchining til ustida qilgan mehnati - sinonimik birliklar ustida ishlash mashaqqatidir. U badiiy adabiyotda zarur lingvistik vosita sanaladi. «Sinonimlarning mavjudligi va umuman variantlilik muomalaning u yoki bu vaziyatga mos keladigan til vositalarini tanlashga sharoit yaratadi, shu sababdan tanlash tushunchasi stilistik kategoriyalar qatoriga kiradi».

Sinonimik qatordagi emotsional-ekspressiv ottenkaga ega bo'lgan elementlarni saralash funksional jihatdan chegaralashda

231

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

o'lchov vazifasini bajaradi. Ularning emotsional-ekspressiv darajasini aniqlash bu elementlarning iste'moldagi faolligiga asoslanishi lozim. Darig' tutma mehringni mendan, So'zsiz qoldim, Tangrim, so'z yubor (U.Azim). Afrika, Hindiston, Iroq-u Ajam Tevaning to'shiday bo'ldi tap-taqir (G'.G'ulom). Ha, shunday, xoqonim, hisoblab chiqdik (A.Suyun) misollaridagi tangri, hoqon, teva so'zlari hozirgi tilimizda deyarlik ishlatilmay kelayotgani uchun ham xudo, podshoh va tuya birliklariga nisbatan birmuncha emotsionallik kasb etgan.

Shunday holatlar borki, bir tushunchaning atamasi bo'lgan o'nlab so'zlar BUga tegishli. Masalan, go'zal ayolga, ma'shuqaga nisbatan ishlatiladigan so'zlarni ko'z oldimizga keltiraylik: malak, nozanin, parivash, sanam, sarvqomat, qalamqosh kabi. Ularning har biri matnda alohida stilistik qimmatga ega bo'lib, poetik aniqlovchi sifatida kelganida ularning salmog'i yana ham oshib ketadi.

Har bir milliy tilda sinonimlarning mavjud bo'lishi va sinonimik qatordagi birliklar soni bu tilning boyligini ko'rsatuvchi sifat belgilari sanaladi.

Neologizmlar. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarining tildagi yangi ifodasi sifatida vujudga keladigan neologizmlar BUda salmoqli o'ringa ega. Ular tilda avvaldan bor bo'lgan birliklarning hozirgi til leksik-grammatik me'yoriga g'ayri odatiy bo'lgan tartibda qo'llanishidir.

Badiiy ijod bilan bog'liq bo'lgan neologizmlarni okkazionalizmlar (E.Begmatov), individual-stilistik neologizmlar (X.Abdurahmonov, N. Mahmudov) tarzida atashlar uchraydi.

Badiiy ijodda doimo yangi so'z yasashga intilib kelinadi. Bu yaratilgan so'zlar o'sha matnning o'zida qolib ketishi, tildan mustahkam o'rin olmasligi mumkin. Bu narsa ma'lum sharoit va vaqt bilan bog'liq. Ammo uning, hech bo'lmaganda shu matnda, ta'siri bo'lishi shubhasiz: Qaldirg'ochlar uchdi larzakor (A. Oripov);

Lekin faqirga eng ulug' tuyulgan fazilatlari - Hazrat Mirning iste'dodshunosliklari-yu, zakovatparvarliklari edi (P. Qodirov) kabi. Bu kabi so'zlar yangi semantik ottenkalarning paydo bo'lishiga asos yaratishi mumkin.

Frazeologizmlar. O'zbek tili FBlari borasida o'zbek tilshunosligida sezilarli ishlar qilingan. Ularning funksional-stilistik xususiyatlariga doir tadqiqotlar olib borilgan. Badiiy matnlar frazeologizmlari tahlili ularda funksional xoslanishning mavjudligini ko'rsatadi.

FBlar tabiatan obrazli ifoda bo'lganligi tufayli dastlab yo SNda yoki badiiy adabiyotda paydo bo'ladi va ular orqali ommalashadi. Vaqt o'tishi bilan boshqa uslublarga xos chegaralanish birmuncha aniq reallashishi, turg'un-me'yoriy holatga kelishi mumkin.

2З2

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqivotidagi o'rni

'qqtyotida^

Frazeologizmlarning BUga xos alomatlari ularning ijodkorlar tomonidan erkin, umumxalq tilida mavjud bo'lgan shakllarini umumiy mazmunga putur yetmagan birmuncha obrazli tarzda o'zgartirib qo'llashda ko'rinadi: yelkasiga oftob tegmoq: Hech quyosh ko'rmagan bizning orqamiz (H. Olimjon). Ijodkorlar tomonidan umumxalq tilida mavjud bo'lgan frazeologizmlarning, maqollarning yangi variantlari yaratiladi: Tabiiy, bu kichik kolxozlarning har bittasining o'z kazo-kazolari, o'z ombori-yu, o'z kalamushlari bo'lgan (O. Yoqubov).

Demak, leksik birliklardan tashqari frazeologizmlarning, maqol va matallarning, xalq iboralari va hikmatli so'zlarning erkin va keng planda ishlatilishi ham BUning asosiy belgilaridan sanaladi.

Ma'lum guruh so'zlarning qo'llanlishi faqat she'riyat doirasi bilan chegaralanganligi ularning adabiy til me'yori nuqtayi nazaridan passivlashganidan dalolatdir: aylamoq-etmoq; banogoh-kutilmaganda, tasodifan; mubham-noaniqlik; mujda-xabar; tilamoq-istamoq, xohlamoq, so'ramoq; g'addor-sotqin kabi. Demak, eskirgan so'zlar badiiy adabiyot tilida ikki vazifani: nominativ hamda emotsional-ekspressiv vazifani bajarishga xizmat qiladi.

Eskirgan so'zlarni qancha saqlansa bahosi shuncha oshib boraveradigan qimmatli javohirlarga qiyos qilish mumkin. Shuning uchun ularni BU ning muhim lingvistik alomatlaridan deb aytishga asoslar bor.

Dialektizmlar. Umumxalq tilining muhim qismi bo'lgan dialektizmlar, garchi asosan SUga xos birliklar sanalsa-da, ulardan badiiy adabiyotda foydalanishga yo'l qo'yiladi.

Ilmiy adabiyotlarda adabiy til me'yorlariga mos kelmasligi tufayli nutqda, xususan, adabiy nutqda chegaralangan dialektizmlar alohida holatlarda qo'llanilishi, ya'ni personajlar nutqini individuallashtirish, mahalliy koloritni, ruhni berish uchun qo'llanilishi qayd qilinadi. Shu bilan birga, ularni qo'llashda chegara bo'lishi, nutqda suiiste'mol qilishga yo'l qo'yib bo'lmasligi haqida so'z yuritiladi.

Keyingi yillar o'zbek prozasida dialektizmlarni qo'llashda birmuncha erkinlik sezilmoqda. Bunday holni biz badiiy adabiyotni real hayotga yaqinlashtirish, tasvirda tabiiylikni ta'minlash deb baholash tarafdorimiz. Dialektizmlar tilning boshqa elementlari kabi BUda estetik vazifani bajarishga xizmat qiladi va badiiy asarlar ularning adabiy tilga o'tib turishida ko'prik vazifasini o'taydi.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.