Научная статья на тему 'XX ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI O‘ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI RIVOJI (ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha ruscha lug‘atlar misolida)'

XX ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI O‘ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI RIVOJI (ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha ruscha lug‘atlar misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
193
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksikografiya / ruscha-o‘zbekcha lug‘at / o‘zbekcha ruscha lug‘at / so‘z / atama. / lexicography / russian-uzbek dictionary / uzbek-russian dictionary / word / term.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tog‘Ayev, To‘Lqin Mamanazarovich

Ushbu maqolada o‘zbek lug‘atchiligining o‘tgan asr birinchi yarmidagi holatini yoritishga, xususan, bu davrda nashr etilgan turli hajmdagi ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha tarjima lug‘atlarga bag‘ishlangan. Ayrim lug‘atlarning yaratilish tarixi, tuzilish tamoyillari, mazmun-mundarijasi to‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF UZBEK LEXICOGRAPHY IN THE FIRST HALF OF THE 20TH CENTURY (in the example of Russian-Uzbek, Uzbek-Russian dictionaries)

This article deals with the state of Uzbek lexicography in the first half of the last century, in particular with Russian-Uzbek and Uzbek-Russian translation dictionaries of various volumes published during this period. The history of creation, principles of structure, and content of some dictionaries are discussed.

Текст научной работы на тему «XX ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI O‘ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI RIVOJI (ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha ruscha lug‘atlar misolida)»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(9), September, 2023

XX ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI O'ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI

RIVOJI

(ruscha-o'zbekcha, o'zbekcha ruscha lug'atlar misolida)

Tog'ayev To'lqin Mamanazarovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

togay-tm@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'zbek lug'atchiligining o 'tgan asr birinchi yarmidagi holatini yoritishga, xususan, bu davrda nashr etilgan turli hajmdagi ruscha-o'zbekcha va o'zbekcha-ruscha tarjima lug'atlarga bag'ishlangan. Ayrim lug'atlarning yaratilish tarixi, tuzilish tamoyillari, mazmun-mundarijasi to'g'risidafikryuritilgan.

Kalit so'zlar: leksikografiya, ruscha-o'zbekcha lug'at, o'zbekcha ruscha lug'at, so 'z, atama.

DEVELOPMENT OF UZBEK LEXICOGRAPHY IN THE FIRST HALF OF

THE 20TH CENTURY (in the example of Russian-Uzbek, Uzbek-Russian dictionaries)

ABSTRACT

This article deals with the state of Uzbek lexicography in the first half of the last century, in particular with Russian-Uzbek and Uzbek-Russian translation dictionaries of various volumes published during this period. The history of creation, principles of structure, and content of some dictionaries are discussed.

Key words: lexicography, russian-uzbek dictionary, uzbek-russian dictionary, word, term.

KIRISH

Har qanday adabiy tilning leksik tizimining shakllanish va rivojlanish jarayoni juda uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tadi. Birinchi rus inqilobi yillari, so'ngra sotsialistik davlatning paydo bo'lishi va mustahkamlanishi, bu voqyea, jarayonlarning Turkiston xalqlari taqdiriga aloqadorligi tabiiy ravishda o'zbek tili leksikasining yangilanishi va to'ldirilishiga olib keldi. Ayniqsa, sho'ro tuzimi o'rnatilgan davrdan boshlab o'zbek xalqining moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayotining yangi sharoitida o'zbek tilining lug'at boyligi oshib bordi, chunki hayotning turli sohalarida: ijtimoiy-siyosiy tizimda, iqtisodiyotda, texnologiyada, fanda, mafkurada, kundalik hayotda paydo bo'lgan juda ko'p yangi hodisalar nomga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

ehtiyoj tug'dtfdi. Bu davráa o'zbek adabiy tili lug'atining rivojlanishini belgilab be^an asosiy tendensiya^ bilan bog'liq гavishda tilda paydo bo'lgan, unga o'zlashgan so'z-atamalar ruscha-o'zbekcha taqima lug'atlaгda eng to'liq va yo^in aksini topdi.

Qayd etish joizki, o'tgan asming 20-yillariga qadar qimmati yuqori ruscha-o'zbekcha yoki o'zbekcha-mscha lug'at^ deyaгli bo'lmagan. Choгizm zamonida mahalliy tilni o'гganish va o'гgatishga qaratilgan tuгli xaгakteгdagi kitoblaгda tillaming lug'at qismiga ham muayyan o'rin ajratilgan. V.Nalivkin va M.Nalivkinalarning qayta-qayta nasfo etilgan "Ruscha-sartcha va sartcha-ruscha lug'at" ("Русско-сартовский и сартовско-русский словарь", 1884-1912), S.Lapinning "O'zbek tilining qisqacha grammatikasi ilova qilingan ra'scha-o'zbekcha cho'ntak lug'ati" ("Карманный русско-узбекский словарь с приложением краткой грамматики узбекского языка", 1895-1915) bir qadar arzirli leksikografik ishlardan hisoblanadi. Shuningdek, bu davrda Toshkentda nashr etilgan N. Smolenskiyning "Ruscha-sartcha to'la yon lug'ati" ("Полный карманинй русско-сартовский словарь", 1912), MPreobrejenskiyning "Ruscha-sartcha yon lug'ati" ("Карманннй русско-сартовский словарь", 1917 ) kabilarni ham ko'гsatish mumkin [1].

Sho'ro hokimiyatining dastlabki davгlaгida Y.Polivanovning "Qisqacha rnscha-o'zbekcha lug'at"i (Toshkent-Moskva, 1926), Ashurali Zohiriyning ikki jildli "Ruscha-o'zbekcha mukammal lug'at"i (Toshkent, 1927-1928), K.Yudaxinning "Qisqacha o'zbekcha-гuscha lug'at"i (Toshkent, 1927) kabi mscha-o'zbekcha, o'zbekcha-ruscha ikki tilli lug'at^ yaгatildi va nasfo qilindi.

Yangi zamonda birinchi ruscha-o'zbekcha lug'at muallifi Y.D.Polivanovdiг. 1926-yilda nashT etilgan "Qisqacha гuscha-o'zbekcha lug'at" ("Краткий русско-узбекский словарь")ш^ so'zligi 4500 ming mscha so'zdan iboгat.

O'zbek adabiy tiliga asoslangan so'zlikka ega birinchi o'zbekcha-mscha lug'at K. K. Yudaxinning 1927-yil Toshkentda bosilib chiqqan "O'zbekcha-ruscha qisqacha lug'at" ("Узбекско-русский краткий словарь") nomli lug'atidiг. Uning so'zligi 9 ming so'zdan iborat edi.

Yudaxinning lug'at kirish qismidae'tiгof etishicha, ushbu lug'at 1926-yilda asosan tayyor bo'lib, uning tomonidan tuzilgan va nasfo etilishi mo'ljallangan o'zbek gazeta xrestomatiyasiga ilova taгzida nashг etilishi ko'zda tutilgan. Ushbu xrestomatiya nasfo etilmasligi ma'lum bo'lgach, lug'atni busiz chiqarishni maqsad qilgan. Uni yangi o'zbek adabiyoti materiali bilan boyitgan. 1924-1925-yillarda O'zbekistonda nashг qilingan o'zbekcha gazeta^ matnlaгidagi so'zlaгdan tashqaгi lug'atga 1924-1926-yillaTda Toshkent va Moskvada chop etilgan o'zbek ramanlari,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

tarixiy dramalari, maishiy hikoyalar, adabiy majmualar va she'riy to'plamlardagi leksika ham kiritilgan. Qisman unga "sof xalqona" ("chisto narodnbie") so'zlar ham kirgan. Ularni yig'ishda olimning dealektologik tadqiqotlari qo'l kelgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Lug'atda o'zbek so'zlarining turli ma'nolari, ular ishtirok etgan ayrim iboralarning ruscha tarjimalari ham ko'rsatilgan. Masalan:

Og'ir (agir) 1) тяжелый; трудный; 2) уважаемый, дорогой; огир оёц беременная

Og 'irsinmoq (agiirsinmaq) - считать что лыбо для себя трудным

Agronumiya - агрономия

ag'raymoq = angraymoq (so'zning ruscha tarjimasi qolib ketgan - T.T.).

Og 'iz (agiz) ) рот, отверстие; бир озиз суз одно слово; куш озиз милтиц двухствольное ружье

Og'zi kottalar большеротые, крикуные, горлохваты; озиз бойланди (букв. рот завязался) помолква.

Muallif lug'at mundarijasidan ko'ngli to'lgani holda, uning tuzilish jihati va texnik tomoni bir qadar hali ishlovga muhtoj qolganini ham qayd etgan. Shunday bo'lsa-da, keyin vujudga kelgan o'zbekcha-ruscha lug'atlarning tamal toshi hisoblangan bu lug'at o'z davrining ehtiyojlariga javob beradi. Akademik V.V.Reshetovning baho berishicha, bu lug'at o'zining mukammalligi (to'laligi) va ilmiy qiymati tufayli XX asrning birinchi yarmiga qadar nashr qilingan barcha o'zbekcha-ruscha lug'atlarning asosini tashkil qildi [2].

Ashurali Zohiriy tomonidan o'zbekchalashtirilib, 1927-1928-yillarda nashr etilgan «Ruscha-o'zbekcha mukammal lug'at» ikki jilddan iborat bo'lib, 34 ming so'zni o'z ichiga oladi. Bu o'rinda 1920-yil Qozonning «Asr» bosmaxonasida ikkinchi qayta nashr etilgan Sulton Rahmonquli va Abdurahmon Karamning «Ruscha-tatarcha mukammal lug'at» (bundan keyingi o'rinlarda RTML shaklida ishlatiladi) so'zligidan ijodiy foydalanilgan. Aniqrog'i, lug'atning o'ng tarafidagi tatarcha so'zlar o'zbek tiliga o'girilgan. Shuning uchun Zohiriy o'zining xizmatini lug'at sarvarag'ida kamtarlik bilan shunday ko'rsatadi: «Tuzatib, to'latib bosilg'on ikkinchi nashrdan o'zbakchalashdirguchi Ashurali Zohiriy». Bu lug'at rus tilini o'rganishga yordamlashish bilan birga milliy tilning leksik me'yorlarini belgilashda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Lug'atda so'zlarning tayyor shakllari ularning aniq mazmuni va qo'llanishi bilan berilgan. Shuningdek, o'zbek ilmiy terminologiyaning ishlab chiqilishida ham lug'atni amaliy ish sifatida baholash mumkin.

Lug'atning titul varag'idagi ma'lumotlar A.Zohiriy ushbu lug'atni nashrga tayyorlash jarayonida ruscha so'zlikka quyidagi o'zgartirish kiritganligini ko'rsatadi:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

1) ruscha so'zlar rus adabiy tilining yangi alifbo va imlosida berilgan;

2) iste'moldan chiqqan, eskirgan ko'plab ruscha so'z va birikmalar tushirib qoldirilgan.

3) lug'atda ruscha so'zlarning urg'usi deyarli qo'yilmagan, yumshatish belgisi bilan tugagan so'zlarning jins ko'rsatkichi ko'rsatilmagan.

Ruscha-tatarcha va ruscha o'zbekcha bu lug'atlardagi lug'at maqolalarni qiyoslash shuni ko'rsatadiki, A.Zohiriy lug'atni nashrga tayyorlash jarayonida quyidagi ishlarni amalga oshirgan:

1) ruscha so'z va birikmalarni asosan so'zma-so'z tarjima qilgan;

2) lug'at maqolalariga yangi so'zlar qo'shib, so'z ma'nosini yaxshiroq ochib berishgan harakat qilgan;

3) lug'at maqola tarkibidagi notanish so'zlar o'rnida tushunarli so'zlar ishlatgan;

4) ruscha-tatarcha lug'atda xato o'girilgan so'z va birikmalarini tuzatib tarjima qilgan;

5) iboralar tarjimasi asosan o'zbekcha ifoda etilgan.

A.Zohiriy lug'atga xalq jonli so'zlashuv tilidan juda ko'p so'z va birikmalarni olib kirgan. Bu lug'atning ahamiyatini yanada oshirgan, uni xalqqa yaqinlashtirgan.

Lug'at kamchiliklardan xoli emas. Masalan, ruscha so'zlarning urg'usi deyarli qo'yilmagan; yumshatish belgisi bilan tugagan so'zlarning jins ko'rsatkichi ko'rsatilmagan; ba'zi so'z va iboralar noto'g'ri tarjima qilingan; ayrim so'z ma'nolari ajratib ko'rsatilmagan. Shunga bo'lsa-da, Ashurali Zohiriy o'zbekchalashtirgan ushbu ishi o'zbek tilida birinchi mukammal tarjima lug'at sifatida o'z davrining amaliy hamda ilmiy talablariga javob bera olgan. Zaki Validiy o'z vaqtida «Ruscha-o'zbekcha mukammal lug'at» o'zbeklar ilmiy faoliyatining so'ngi ikki yil davomidagi eng muhim ishlaridan biri bo'lganligini qayd etgan edi [3].

Bu davrda kichik hajmli, ixcham lug'at kitobchalari ham mavjud. Bogdanova Medina Iskanderovnaning "Карманный узбекско-русский словарь" (Ташкент: Пролетстуд, 1931. - 268 с.) kitobchasi Elbek Berdiyev muharrirligi ostida nashr qilingan. Bogdanovaning bu lug'ati haqida ilmiy adabiyotlarda ma'lumot deyarli uchramaydi. Hatto O'zbekiston FAning Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlanib, 1981-yilda chop etilgan "O'zbek tili leksikologiyasi"da ham qayd etilmagan. U sobiq ittifoqda 1918-1962-yillarda nashr etilgan lug'atlarning bibliografik ko'rsatkichiga kiritilgan.

O'zbek jadid ziyolilarining lug'atchilik faoliyatini maxsus tadqiq etgan S.Normamatovning qayd etishicha, "Abdulla Qodiriy hamda S.Rahmatiylar tomonidan yaratilgan "Ruscha-o'zbekcha to'la so'zlik" (2-jild, 34 ming so'z,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Toshkent-Qozon, 1934) lug'atining tarkibi, undagi so'z tanlash prinsiplari, so'zlarning ma'noviy, uslubiy, grammatik tavsiflari, lug'at maqolalarining to'laligi jihatdan o'sha davrda yaratilgan boshqa lug'atlardan ancha mukammalligi bilan ajralib turadi" [4].

V. V. Reshetovning vaqtli matbuot materiallari asosida tuzilgan 7 ming so'zli «Qisqacha o'zbekcha-ruscha lug'at»i (Toshkent, 1935) kichik hajmli o'zbekcha-ruscha lug'atlar bo'lgan ehtiyojni qondirish maqsadida yuzaga kelgan [1].

O'tgan asrning 40-yillari boshida 17 sing so'zli "O'zbekcha-ruscha lug'at" (Toshkent, 1941) va 10 ming so'zli "Ruscha-o'zbekcha lug'at" (Toshkent, 1942) yaratildi va nashr etildi. T.N.Qori-Niyoziy va A.K.Borovkovlar tahriri ostida tayyorlangan ushbu lug'atlar so'zlikning tarkibi, lug'at maqolalarining to'laligi, bu xil lug'atlarning tuzilishi jihatidan ham avval nashr etilgan lug'atlardan ancha mukammal hisoblanadi. Ushbu lug'atlar to'g'risida biroz to'xtalishni lozim topdik.

"O'zbekcha-ruscha lug'at" (1941)ning rus tilidagi so'zboshisida lug'at asosan o'zbek tili grammatikasidan boshlang'ich bilimni o'zlashtirgan, maktabda yoki boshqa o'quv yurtida tilni o'rganish davrida yoki amaliy jihatdan o'rganib, ma'lum lug'at zaxirasiga ega bo'lgan o'rtoqlar uchun mo'ljallangani, lug'atda hozirgi o'zbek adabiy va so'zlashuv tilining 17 mingga yaqin so'z hamda eng ko'p uchraydigan ibora va iboralar o'rin olgani qayd etilgan. Qisqa muddatda tayyorlangan bu lug'at bundan 15-20 yil ichida yaratilgan lug'atlar asosida tuzilgan bo'lib, bu davr o'zbek matbuoti, siyosiy arboblar nutqlari, maktab darsliklari, zamonaviy shoir va yozuvchidar asarlari leksikasi (1500-2000 so'z) hisobiga boyitilgan.

Bir yil o'tib Til, adabiyot va tarix instituti xodimlari I.A.Kissen, K.S. Koblov, R.S Badalovlarning "Qisqacha o'zbekcha-ruscha lug'at" ("Краткий узбекско-русский словарь". T.: УзФАН, 1942. - 471 с.) ham chop etigan. A.Borovkov tahriri ostida nashr qilingan bu lug'atda 10000 ta o'zbek so'zlari va ularning ruscha ma'nolari o'z ifodasi topgan.

"Qisqacha ruscha-o'zbekcha lug'at" ("Kratkiy russko-uzbekskiy slovar" 1942. -441-b.) zamonaviy rus adabiy tilida eng qo'llanadigan 10000 dan ortiq so'zni o'z ichiga oladi. Shuningdek, lug'at urush davridagi keng iste'molda bo'lgan ayrim harbiy so'zlar hisobiga ham boyitilgan. O'zbekcha tarjimada so'zlarning imkon qadar qisqacha, asosiy, eng keng tarqalgan ma'nolari berilgan. So'zning turli ma'nolari 1), 2) va sh.k. qavsli raqamlar bilan ajratilgan. So'zning ma'no ottenkalari vergul bilan ajratilgan. Kamdan-kam hollarda so'zlarning tarjima qilish qiyin bo'lgan ma'nolarini ko'rsatish yoki ba'zi murakkab atamalarga aniqlik kiritish uchun misollar keltiriladi. O'zbek tiliga kirgan umumiste'moldagi terminlarga ham qisqacha tushuntirishlar berilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Lug'atdagi ruscha so'zlarning o'z urg'u belgisiga ega. Bir bo'g'inli so'zlarga, shuningdek, yo harfi ustiga urg'u belgisi qo'yilmagan. Shartli qisqartmalar quyidagi hollarda kiritilgan: 1) tarjima bilan birga misol keltirilgan bo'lsa, misoldagi asosiy so'zlar bosh harf bilan ko'rsatilgan; 2) sifatlar mujskoy rodda berilgan; ammo, agar misolda jenskoy yoki srednoy roddagi sifatlar keltirilgan bo'lsa, unda bunday sifatlarning jins qo'shimchalari ko'rsatilgan; 3) fe'llarining nesovershennuy viddagi tarjimasi berilgan; fe'l sovershennuy vidda bo'lsa nesovershennuy vidga ishora q (qarang) berilgan, lekin alifbo bo'yicha har ikkala tur ham yonma-yon kelsa, ular uchun tarjima umumiy berilgan.

Lug'at V. Nalivkin ishtirokida Fanlar akademiyasining o'zbek filiali Til, adabiyot va tarix instituti ilmiy xodimlari B.Ilyazov va A.Mutalibovlar tomonidan tuzilgan. Mazkur ish lug'atning so'zligi va umumiy rejasini tuzgan prof. A.K.Borovkov rahbarligi ostida amalga oshirilgan. Lug'atning barcha texnik tayyorgarlik ishlari institut laborantlari F.Yuldoshev, A.Muradova va X.Masudovalar tomonidan bajarilgan.

O'zbek leksikografiyasi tarixida XX asr birinchi yarmi o'ziga xos o'rin tutadi. Bu davrda turli maqsadlarni ko'zda tutgan ko'plab xarakterdagi lug'atlar yaratildi. Ayniqsa, ruscha-o'zbekcha va o'zbekcha-ruscha lug'atlar o'zbek lug'atchiligining tadrijiy taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Bu lug'atlarda o'sha davr o'zbek tili leksik fondining asosiy qismi tavsiflandi, XX asrda birinchi yarmidagi zamonaviy o'zbek tilining leksik-semantik tizimi va shakllangan me'yorlari keng tavsiya etildi, shu tariqa o'zbek leksikografiyasining keyingi taraqqiyoti uchun zamin hozirlandi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbek tili leksikologiyasi. -T.: Fan, 1981. -B.297.

2. https://krsu.edu.kg/images/2020-06/virt vistavka Yudahin.pdf

3. Zeki Velidi Togan. Bugünkü Türkili (Türkistan ve yakin tarihi). Istanbul: Enderun kitabevi, 1929. -575 b.

4. Normamatov S. O'zbek lug'atchiligining shakllanishi va rivojlanishida jadid ma'rifatparvarlarining o'rni: Filol. f.d. (DSC) diss. avtoreferati. -T., 2019. -B.19-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.