Научная статья на тему '“NAVOIY ASARLARI LUGʻATI”NING YANGI NASHRI HAQIDA'

“NAVOIY ASARLARI LUGʻATI”NING YANGI NASHRI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1705
236
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ug„at / matn / matnshunoslik / manbashunoslik / qo„lyozma / toshbosma / nashr / birlamchi manba / devon / словарь / текст / текстология / источниковедение / рукопись / литография / публикация / первоисточник / диван

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayfiddin Rafiddinov

Maqolada Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan lug„atlarga batafsil to„xtalingan. Taniqli matnshunos olimlar: Porso Shamsiyev va Sobirjon Ibrohimovlar tomonidan 1972 yilda tayyorlangan “Navoiy asarlari lug„ati”ning afzalliklari sanab o„tilgan. Shuningdek, so„zlikda yo„l qo„yilgan xatolar ko„rsatib o„tilgan. Maqola muallifi tomonidan ushbu lug„atning qayta nashrga tayyorlash jarayonlarida bajarilgan ishlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье подробно рассматриваются словари произведений Алишера Навои. Перечислены достоинства «Словаря произведений Навои», составленного в 1972 году известными текстологами: Порсо Шамсиевым и Собиржоном Иброхимовым. Также указываются ошибки, допущенные в лексике. Освещена работа, проведенная автором статьи в процессе подготовки к переизданию этого словаря.

Текст научной работы на тему «“NAVOIY ASARLARI LUGʻATI”NING YANGI NASHRI HAQIDA»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-334-340

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

"NAVOIY ASARLARI LUG'ATP'NING YANGI NASHRI HAQIDA

Sayfiddin Rafiddinov

O'zRFA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya

fanlari nomzodi

ANNOTATSIYA

Maqolada Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan lug'atlarga batafsil to'xtalingan. Taniqli matnshunos olimlar: Porso Shamsiyev va Sobirjon Ibrohimovlar tomonidan 1972 yilda tayyorlangan "Navoiy asarlari lug'ati"ning afzalliklari sanab o'tilgan. Shuningdek, so'zlikda yo'l qo'yilgan xatolar ko'rsatib o'tilgan. Maqola muallifi tomonidan ushbu lug'atning qayta nashrga tayyorlash jarayonlarida bajarilgan ishlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: lug'at, matn, matnshunoslik, manbashunoslik, qo'lyozma, toshbosma, nashr, birlamchi manba, devon.

АННОТАЦИЯ

В данной статье подробно рассматриваются словари произведений Алишера Навои. Перечислены достоинства «Словаря произведений Навои», составленного в 1972 году известными текстологами: Порсо Шамсиевым и Собиржоном Иброхимовым. Также указываются ошибки, допущенные в лексике. Освещена работа, проведенная автором статьи в процессе подготовки к переизданию этого словаря.

Ключевые слова: словарь, текст, текстология, источниковедение, рукопись, литография, публикация, первоисточник, диван.

ABSTRACT

This article discusses in detail the dictionaries of the works of Alisher Navoi. The advantages of the "Dictionary of Navoi's Works", compiled in 1972 by famous textual critics: Porso Shamsiev and Sobirjon Ibrokhimov, are listed. It also points out the mistakes made in the vocabulary. The work carried out by the author of the article in the process of preparing for the reprint of this dictionary is highlighted.

Keywords: dictionary, text, textual criticism, source study, manuscript, lithography, publication, primary source, divan.

8-fevral

334

Olimlarning ta'kidlashicha, Navoiy asarlari tili XVI asrdayoq o'rganila boshlangan va turli yo'nalishdagi lug'at kitoblari tuzilgan. Jumladan, Toli Imoniyning forscha «Badoye' al-lug'at»i, muallifi noma'lum, XVI asrda Turkiyada yaratilgan «Abushqa», Navoiyning "Chordevon"i asosidagi «Lug'ati Navoiy», «Lug'ati Amir Navoiy», «Xamsa bo halli lug'at», «Dar bayoni lug'ati Navoiy», «Halli lug'ati Xamsayi Navoiy», XVIII asrda Mirza Mahdixonning «Sanglox» asari, eng so'nggi lug'atlardan biri shayx Sulaymon Buxoriyning "Lug'ati chig'atoyi va turki usmoniy" kitoblarini misol qilib keltirish mumkin[4:3; 5:7.]. Shuningdek, Xivada yashab ijod etgan Muhammad Rizobek Xoksorning 2 qismdan iborat "Muntaxab ul-lug'ot" hamda "Zubd ul-lug'ot" asarini so'zboshi va izohlari bilan Mas'udxon Ismoilov va Humoyunxon Ismoilovlar nashrga tayyorlab, 2017-yil "Akademnashr"da chop ettirishdi.

Mazkur so'zliklardan ba'zilari XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko'plab olimlarining ilmiy tekshirishlariga asos bo'la boshladi. Buning natijasida H.Vamberi («Abushqa», Budapesht, 1862), V.V. Vilyaminov-Zernov («Abushqa», Sankt-Peterburg, 1868), Fazlullaxon («Chig'atoycha-forscha lug'at», Kalkutta, 1825), Shayx Sulaymon Buxoriy («Chig'atoycha-turkiy usmoniy lug'at» Istambul, 1882), Ignas Kunash («Chig'atoycha-nemischa lug'at», Budapesht, 1942), Dj.Kloson («Sanglox», London, 1960), Karl Menges («Mirza Mexdixon», Mayns, 1956), A.K. Borovkov («Badaye' al-lugat», M.-L.,1961) kabilar mazkur yodgorliklarni nashrga hozirlab, chop ettirishgan[4:3.].

Ta'kidlash kerakki, G'.Abdurahmonov, A.Rustamov, A.Hojiyev, Sh.Shukurov, N.Mahmudov, M.Rahmatullayeva, X.Doniyorov, B.Bafoyev, I.Nosirov, Z.Hamidov, N.Husanov kabi qator tilshunoslar Navoiy asarlarining til xususiyatlarini turli yo'nalishlarda o'rganib, so'zlarning lug'aviy, nutqiy, lisoniy hatto badiiy xususiyatlarini imkon darajada ochib berishgan. Bu ishlar muayyan jihatdan shoir asarlari tilining izohli lug'atlarini tuzishda yordam bergan, desak xato qilmaymiz. Zotan, tilshunoslik va lug'atshunoslik bir-birini taqozo etuvchi ilm sohalaridir.

Hozirgacha yaratilgan bir jildlik "Navoiy asarlari lug'ati"[5.], to'rt jildlik Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati"[1.] va besh jildga mo'ljallangan hozircha 2 jildi nashr bo'lgan "Alisher Navoiy asarlarining izohli lug'ati"[2.], E.Fozilovning uch jildlik "Navoiy asarlari lug'ati"ning birinchi jildi[4] mutaxassislar va shoir ijodining muxlislari uchun asosiy manbalardan bo'lib xizmat qilmoqda.

Taniqli olimlar Porso Shamsiyev va Sobirjon Ibrohimovlar tomonidan tayyorlangan va biz bahs yuritadigan "Navoiy asarlari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-334-340

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

lug'ati"ga Sobirjon Ibrohimov salmoqli so'zboshi yozib, Navoiy

8-fevral

asarlari va tilining jahonshumul ahamiyati, lug'atning yozilish davri, yuzaga chiqish sabablari hamda o'ziga xos xususiyatlari haqida obdon to'xtalgan[5:5-19.]. Darhaqiqat mazkur manbani ular katta mehnat va mashaqqat bilan 1972 yilda nashr qilishdi. So'zlikning o'ziga xos yutuq jihatlari borligi va qulayligi uchun ham hozirga qadar olimlar va mumtoz adabiyot muxlislari undan foydalanib kelishadi. Shu sababli ham lug'atni qayta nashr qilishga qaror qildik. Nashrga tayralsha jarayonida ma'lum bo'ldiki, kitobda sho'rolar davrining mafkurasi, dahriyona siyosatning ta'sir izlari yaqqol ko'zga tashlandi. Xususan, ba'zi diniy-tasavvufiy mazmundagi so'z va jumlalar tashlab ketilgan yoki atayin xato tarjima qilingan va yoxud ayrim so'zlarga yanglish va g'aliz izoh berilgan. Ba'zi keltirilgan misollarda esa jiddiy kamchiliklar ko'zga tashlandi.

Ushbu lug'aviy manbaning o'tgan asrning 80-yillarida yaratilgani va texnik yozuv vositalarning ham bugungi kun darajasidagidek imkoniyatlarga ega emasligi inobatga olib ish tutildi va uni imkon darajasida mukammal chop etish ham davr talabi ekanini, qolaversa, kitobxonlarda paydo bo'ladigan e'tirozlarni nazardan qochirmaslikka urindik. Ayni sabablarga ko'ra lug'atni qayta nashrga tayyorlash jarayonida bir qator lug'at kitoblardan foydalangan holda [1., 6., 7., 3.], bugungi kun kitobxonining saviyasi va e'tiqodini hisobga olib, undagi ayrim o'rinlarga juz'iy o'zgartirishlar kiritdik. Jumladan:

1. Mualliflar so'zlikda Qur'onda kelgan payg'ambarlarni yoki diniy atamalarni afsonaviy, mifga ko'ra degan sifatlashlar bilan tilga olishgan. Biz diniy e'tiqodimiz nuqtai nazaridan bunday sifatlashlar bilan kelgan izohlarni qayta ko'rib chiqdik. Masalan, lug'atning 122-betida chohi Bobil va Horut va Morut farishtalari haqida afsonaviy va afsonaga ko'ra deb izoh berilgan. Vaholanki, Qur'oni karimda ularning zikri kelgan. Shu tafayli bu kabi qaydlarni kitobdan olib tashladik. Shuningdek, Iso alayhissalom, Namrud, Somiriy, Nuh alayhissalom kabi payg'ambarlar va tarixiy shaxslar haqida Qur'onda yozilganini hisobga olib, ularga berilgan ta'rif va izohlarni qaytadan ko'rib chiqdik va tahrir qildik. Qolgan o'rinlarda afsonaviy sifatlashi bilan kelgan lafzlar o'z o'rnida qoldirildi.

2. «Mozog'» va shu singari oyatlardan olingan ayrim iqtibos, hadislarda kelgan diniy atamalarga berilgan g'alizroq ta'riflarni juz'iy tahrir qildik. Masalan: mo arafnok^&j£ ^ so'zi quyidagicha izoqlangan: a. Seni keragicha bilmaganmiz (ibora). Biz bu o'rinda shunday tahrir qildik: Mo arafnok^-^jF ^ a. Bu ibora hadisdan olingan iqtibos bo'lib, «Seni keragicha bilolmadik, taniyolmadik...» deganidir. Hadisning to'liq shakli shunday:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-334-340

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

"Allohim, seni ma'rifating haqqi darajasida taniyolmadik, bilolmadik".

3. Qur'ondan olingan va lug'aviy manbada kelgan "irji'iy", "laazidannakum", "lo tusrifu" kabi so'zlarning Kalomi sharifdagi asl manbasini ko'rsatib, havolada oyatning to'liq ma'nosini berdik.

4. Ayrim diniy jumlalar atayin buzib yoki xato tarjima qilingan. Masalan, «Konallohu lam-yakun ma'ahu shay'» iborasini mualliflar «Ollo bor-u, ammo yo'qday degan ma'noda» deb o'girishgan. Vaholanki, jumlaning so'zma-so'z tarjimasi «Alloh bor edi, U bilan birga boshqa narsa yo'q edi», deganidir. Biz uni: «Yolg'iz Alloh bor edi, U bilan birga boshqa narsa yo'q edi» tarzida o'girdik.

5. Lug'at kitobida Navoiy asarlaridan keltirilgan va noto'g'ri o'qilgan ayrim jumlalarni to'g'rilab o'qidik. Masalan, «Nasoyim ul -muhabbat»dan keltirilgan «...ul Shayxi Raziddin alolo otasi bilan abnoyi amm ekandur», jumlasidagi alolo, aslida, kishi ismi sifatida bosh harflar bilan ajratilib, Raziyuddin Ali Lolo deb o'qilishi kerak.

6. Ba'zi izohlardagi zapas, normal poroshok, shtraf, piyanista, xristian, moment, remont, plan, proyekt kabi ruscha kalimalarni o'zbekcha muqobiliga almashtirdik.

7. Lug'aviy manbada davr taqozosi, siyosiy mafkura ta'sirida bo'lsa kerak, qator so'zlarning o'zbekcha ma'nosidan so'ng ruscha izohlari ham berilgan. Masalan, qoralamaga berilgan izohda (rus. chernovik), Usturlob, suturlobga berilgan izohda (ruscha: astrolyabiya), za'faronga berilgan izohda (r. shafran) kabi so'zlar ilova qilingan. Ularni olib tashladik.

8. Ta'na-tuvvaga, muvoxaza, mahri mojal, yegilik, choqin, o„rgamchi va boshqa lahjada yoki xato yozilgan so'zlarni: ta'na-tavbaga, muoxaza, mahri mo (ajjal, yegulik, chaqin, o „rgimchak deb imlo qoidalariga moslab yozdik.

9. Imlo xatosi ko'rinib turgan mutammakin, mustahik, muzzahab, mullama', mullaxas, mutasavvuf, allachi va boshqa ko'plab so'zlar: mutamakkin, mustahiq, muzahhab, mulamma', mulaxxas, muttavalli, yallachi tarzida sahih variantini qo'ydik.

10. Kichik harflarda yozilgan tangri, xudo va olloh lafzlarini bosh harflarga almashtirdik.

11. Lug'atda bir qancha so'zlarning diniy-tasavvufiy mazmuni inobatga olinib, qisqaroq izohlangan. Biz ana shunday o'rinlarni zarur tafsilotlar bilan to'ldirdik. Masalan silsilaga shunday ta'rif berilgan SILSILA I^W. [ko 'pl.

salosil J^^] 1. Zanjir; tizma; tartib. Navoiyning "Nasoyim ul-

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-334-340

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

muhabbat"da mazkur so'z 28 o'rinda shayxlarning silsilasi

8-fevral

sifatida tilga olinganini hisobga olib, knga "Tariqat shayxlarining ketma-ket keltirilgan nomlari", degan 2-izohni kiritdik.

12. Lug'aviy manbada Iso, istixora, karomat, laduniy singari diniy kalimalarga berilgan qoniqarsiz izohlarni tahrir qildik. Masalan: KAROMAT ^b* a. [ko'pl. Karomot ^-^j*] Go'yo avliyo (Xudoga yaqin kishilar) tomonidan sodir bo'ladi, deb hisoblangan xoriqul-odda ish-harakat (mo'jiza), deb ta'riflangan. Jumladagi g'alizlik yaqqol ko'zga tashlanadi hamda avliyolarga xos bo'lgan karomat tushunchasi payg'ambarlarga xos bo'lgan mo'jiza bilan aralashtirilib yuborilgan. Vaholanki, karomot avliyolarga, mo'jiza esa faqat payg'ambarlarga xos narsa. Biz yuqoridagi chalkashliklarni bartaraf etish uchun shunday tahrir qildik: Karomat

a. [ko'pl. Karomot Avliyo (Xudoga yaqin kishilar) tomonidan sodir

bo'ladigan favqulodda, g'ayritabiiy voqealar, holatlar, hodisalar.

Yoki laduniy ulumga: "Xudo tomonidan berilgan ilohiy ilmlar", shaklida umumiylik mazmun kasb etadigan ta'rif berilgan. Bu to'g'ridek tuyulsa-da, ammo kengroq izohni talab qiladi. Shundan kelib chiqib, biz uni o'quvchilarga shunday taqdim etdik: Ustozga o'qimasdan, mashaqqat chekmasdan, Xudo tomonidan beriladigan ilohiy ilmlar. Payg'ambarlarga keladigan vahiy, avliyolarga beriladigan ilhom va mo 'minlarga beriladigan farosat laduniy ulum deyiladi[3:209.].

13. Ushbu manbada ayrim so'zlarga aniqlik kiritish uchun zarur kalimani qavs ichida ilova qildik. Masalan, Ko'fa Arabiston (Iroq)dagi bir shaharning nomi.

14. Shuningdek, ma'no-mohiyatga aniqlik kiritish uchun muayyan so'zning manbasi va unga muvofiq Navoiy ijodidan biror matnni misol qilib keltirdik. Kitobda: ALASTU kalimasining "Men emasmi?" ko'rinishida yolg'iz tarjimasi keltirilgan bo'lib, shu holda mavhumlik bor. Mazkur lafzning Navoiy asarlarida ko'ch uchrashi va Qur'ondan olinganligini hisobga olib, izohga tubandagilarni ilova qildik: Alastu birabbikum - Ushbu iqtibos Qur'oni karimning "A'rof" surasi, 172-oyatidan olingan bo'lib, "Men sizlarning Parvardigoringiz emasmanmi?", degan ma'noni bildiradi. Navoiyda: Shayx Sadriddin Kunyaviy aning suhbatig'a yetar ekandur. Debdurki, ul dediki, mavosiq yettidur. Alastu birabbikum miysoqig'a munhasir emas. Va muni o „z piridinki, Hazrat Shayx Muhyiddin quddisa sirruhu bo'lg'ay, so'rubdur. Shayx debdurki, ul kulliyotni debdur, juz'iyot mundin dog „i ko'prakdur. (N. M.)

15. Tole', misra', ta'yin, vido' kabi birliklarni joriy imloga moslab ayirish belgisiz yozdik. Bir bo'g'inli nav', naf,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-334-340

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

jam', man'ga o'xshash so'zlarni esa Navoiy asarlari to'plamida ayirish belgisi bilan berilgani uchun o'z holida qoldirdik.

16. Lug'aviy manbaning ayrim o'rinlarida muayyan so'zning ikkinchi shaklini ham keltirib o'tishga to'g'ri keldi. Masalan taammul so'zi arabcha "alif" bilan yozilganda fikr, mulohaza va andisha kabi ma'nolarni bildiradi. Ushbu kalima halqum o'rtasidan chiqadigan "ayn" harfi bilan yozilganda, sa'yu harakat, g'ayrat, intilish mazmunini anglatadi. Navoiy ijodida uning ushbu shakli ham uchragani bois lug'atda aks ettirdik.

17. Lug'aviy manbada mulohaza qiladigan jihatlar ham bor. Masalan, arabcha deb berilgan xotin va xoqonlarning ko'plik shakli xavotin, xavoqin kabi so'zlar asli turkiy so'zlar. Ular arabiylashgandan keyin arabcha yoki arabiylashgan so'z deb beriladimi? Yoki shu holicha yoziladimi, buni o'ylab ko'rish kerak.

18. Ganji bodovar va ganji baqoga kabi iboralarga berilgan izohlar takror bo'lgani uchun birini olib tashladik.

19. Lug'at kitobida keltirilgan ayrim baytlarni Navoiyning 20 jildlik "Mukammal asarlar to'plami" hamda 10 jildlik "To'la asarlar to'plami"ga solishtirib, to'g'rilab yozdik. Xossatan, 47-betdagi:

Navoiy o'lmadi roviy hadisidin xushhol-Ki, bu habibu anis aytur, ul habibu Anas. (F. K.) -baytini quyidagicha isloh qildik: Navoiy o'lmadi roviy hadisidin xushhol-Ki, bu Habibu Anis aytur, ul Hubaybu Anas. (F. K.) Yoki lug'aviy manbada kelgan 319-betdagi: Muhammad «kof»u «nun»g'a nurrat ul-ayn, Tufayli «kavn» o'lub, yo 'q-yo 'qki, «Kavnayn». (F. Sh.) baytidagi "nurrat" so'zini "qurrat" tarzida to'g'rilab kiritdik. Shuningdek:

Changining hay'atin sog 'ingan dam Egri qaddinfig'oni aylab kam. (S. S.) -baytidagi "kam" so'zini "xam" deb to'g'riladik.

20. Janoq, mushkil, jon kabi so'zlarning lug'at kitobidan izohi tushib qolgani uchun ularni izoh bilan to'ldirdik.

21. Lug'aviy manbadan ayrim baytlarning bir satri tushib qolgani ma'lum bo'ldi. Masalan, egri so'ziga misol qilib keltirilgan: "Bu ishdur

turfakim, egriyu gar rost", baytining ikkinchi satrini hamda emgak so'ziga misol qilib keltirilgan Nye ajab, sarg„arsa yuz,

8-fevral

339

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-334-340

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

yetkan soyi emgak manga, misrasining avvalgi satrlarini o'z o'rnida tiklab, baytlarning to'liq shaklini berdik. Shuningdek, lug'at kitobida keltirilgan, Emgaklarga chidasang oting be idrok satri, aslida, Navoiy asarida Emgaklarig'a ko'p chidasang, oting beidrok, ko'rinishda berilgan. Bunday misollarning ham to'g'ri shakli tanlandi.

22. Ushbu manbaga ozchilikni tashkil etsa-da, zarur deb bilganimiz e'dom, e'joz, e'rob, e'roz, ehson, ehsos, ehtimom, ehtiroz, ehtisob, ehtishom kabi so'zlarni ilova qildik.

Shubhasiz, ushbu lug'at kitobidan qadimgi qo'lyozma kitoblarni o'qiydigan mutaxassislar, Alisher Navoiy ijodi bilan qiziquvchilar va turli soha egalari istifoda etib kelishmoqda. Shularni e'tiborga olib, mazkur lug'atning yutuqlarini e'tirof etgan holda unga jiddiy yondoshib, ayrim o'zgartirishlar kiritgan bo'lsak, bugungi kun talabi va savodxonligini nazarda tutdik, xolos. Beayb Parvardigor! Qayta nashrga tayyorlashda o'zimizdan o'tib ketgan xatolar uchun ham kitobxonlarimizdan oldindan uzr so'raymiz.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4 jildlik. T.: "Fan", 1983-1985.;

2. B.Yusuf. Alisher Navoiy asarlarining izohli lug'ati. 5 jildlik. 1-2-jildlar. T., 20192022.;

3. Muhammad G'iyosuddin. G'iyos ul-lug'ot. 3 jildlik. 2-j. Dushanbe, 1988.

4. E. Fozilov. Alisher Navoiy asarlari lug'ati. - T.: «Niso Poligraf», 2013.;

5. P. Shamsiyev, S. Ibrohimov. Navoiy asarlari lug'ati. T.: "G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti", 1972. 7-b.;

6. "Alisher Navoiy asarlari lug'ati" (Muntaxab ul-lug'ot. Zubd ul-lug'ot) Toshkent. "Akademnashr" 2017.;

7. "Farhangi zaboni tojiki". Ikki jildlik. Moskva. "Sovetskaya ensiklopediya", 1969.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.