Научная статья на тему 'TIL MADANIYAT KO‘ZGUSI'

TIL MADANIYAT KO‘ZGUSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / madaniyat / tarbiya / ona tili / tafakkur / xalq / ijod / taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rasulova Rayxon, Farida Ibadova Maxmarajabovna

Ushbu maqolada har bir xalqning tili va madaniyati uning tafakkuri bilan bilan chambarchas bog‘liqligi haqida fikr bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL MADANIYAT KO‘ZGUSI»

"YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

TIL MADANIYAT KO'ZGUSI

*Rasulova Rayxon, 2Farida Ibadova Maxmarajabovna

1p.f.f.d. (Phd) CHDPU "O'zbek adabiyotshunosligi" kafedrasi dotsenti 2ALFRAGANUS universiteti "Xorijiy tillar filologiyasi" kafedrasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13948755

Annotatsiya. Ushbu maqolada har bir xalqning tili va madaniyati uning tafakkuri bilan bilan chambarchas bog'liqligi haqida fikr bildiriladi.

Kalit so'zlar: til, madaniyat, tarbiya, ona tili, tafakkur, xalq, ijod, taraqqiyot.

Аннотация. В данной статье высказывается мнение, что язык и культура каждого народа тесно связаны с его мышлением.

Ключевые слова: язык, культура, образование, родной язык, мышление, человек, творчество, развитие.

Abstract. This article expresses the opinion that the language and culture of each people are closely related to its thinking.

Keywords: language, culture, education, native language, thinking, person, creativity, development.

Til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog'liq, chunki "til va madaniyat" antik davrdanoq o'rganila boshlangan va jahon falsafiy hamda lingvistik tafakkurida taraqqiy topdi. Til madaniyatni ifodalaydi, taraqqiyotning asosi va ma'lum bir davrda va ma'lum bir joyda yashagan xalq madaniyatining negizidir. Bir tilda gaplashayotgan xalq o'zlarining o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan insoniyatning alohida guruhiga tegishli bo'ladi.

Ma'lumki, insonlar o'zaro muloqot jarayonida ishlatadigan belgilar til vositalaridir. Madaniyat, qadriyatlar tarixan avloddan-avlodga beriladigan tushunchalar modeli bo'lib, ular tilda namoyon bo'ladi. Til madaniyatning real hayotda mavjudligining aniq isbotidir. Bejizga xalqimizda: "Tilga e'tibor-elga e'tibor", "Til-dil kaliti", "Tili birning, dili bir", "Til aqlning tarjimoni", "Til — dil jarchisi", "Til — aql bezagi", "Til — aql tarozisi", "Tilning go'zalligi — iymonning go'zalligi", "Til - millat ko'zgusi" kabi maqollarni asrlar osha saqlab kelishmoqda. Bunday purhikmat jumlalarni yana va yana davom ettirish mumkin, albatta. Insonning kim ekanligini uning nutqi, tili, ya'ni qanday so'zlashi ko'rsatib turadi. Tilni ardoqlash va saqlash — bu faqat kommunikatsiya vositasini emas, balki insoniyatning madaniy merosini qadrlash va rivojlantirish demakdir. Til orqali biz o'tmishni o'rganamiz, hozirgi zamon bilan aloqada bo'lamiz va kelajakka meros qoldiramiz. Tilning boyligi insoniyatning tafakkur qobiliyatini va ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi. Til — bu insoniyatning rivojlanishi va madaniyatni saqlashda ajralmas qismdir. Ona tili — har bir insonning kimligini, madaniyatini va ruhiyatini belgilovchi muhim omil. U xalqning tarixi, an'analari va qadriyatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Ona tili orqali fikrlar, hissiyotlar ifoda etiladi, bilim va tajribalar avloddan-avlodga o'tkaziladi. Ona tilining boyligi va go'zalligi uni o'rganishga va saqlab qolishga undaydi.

Jumladan, nemis tilshunosi Y. Vaysgerber "til o'z egasiga boshqa tillardagi farqli bo'lgan dunyoni umumiy ko'rish tarzini ato etishini" qayd etayotib, "tilshunoslik tillarni xalqlar madaniyatining ko'zgusi sifatida o'rganmog'i lozim" [3.173] ekanligini uqtirgan edi. Uning vatandoshi mashhur tilshunos-faylasuf V. Fon Xumboldt "Til - madaniyat ko'zgusi" degan g'oyaning asoschisi hisoblanadi. Ushbu g'oyaning davomchilaridan bo'lgan rus olimasi S.G.

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Ter-Minasovaning qaydicha "til, tafakkur va madaniyat bir-biri bilan shu qadar zich bog'langanki, amalda ayni uch unsurdan tarkib topgan yaxlit butunlikni tashkil qiladi, ularning birontasi boshqa ikkitasisiz yashay olmaydi"[5.40]. Yurtdoshimiz N. Mahmudov ta'kidlaganidek, "Til va xalq, til va jamiyat o'rtasidagi aloqadorlik masalasi juda qadim zamonlardan anglangan, bu aloqadorlikning qonuniyatlarini inkishof qilishga harakat qilishgan.... Tilning jamiyatga, jamiyatning esa tilga ta'siri bugungi antropotsentrik tilshunoslikdagi uzoq qoidalardandir..." [4.55]. Til va madaniyat uyg'unligi hamda lisoniy va madaniy hodisalar majmuidan iborat konseptlar butunligiga lingvomadaniyatshunoslikning tadqiq obyekti sifatida talqin qilinadi. Yangidan shakllanib, tabora rivojlanib borayotgan lingvokulturologiya fani madaniy va til hodisalarini borlig'icha o'z tasaruffiga oladi. Uning sirasiga milliy madaniyat, milliy ma'naviyat milliy til ko'zgusida tasvirlanadi. Tadqiqotchilar e'tirof etganlaridek, lingvokulturologiya olamning etnolisoniy manzarasi bilan bog'liq muammolar, olamning milliy-madaniy tasviri, tilning madaniy ifoda imkoniyatlari kabilar tadqiqi bilan shug'ullanadi. Bundan ma'lum bo'ladiki, lingvokulturologiya til tizimida mavjud bo'lgan madaniy hodisalar, omillarni tavsiflash mo'ljaliga ega fan yo'nalishidir. Ma'lumki, til tizimida aks topadigan milliy-madaniy qadriyatlar, ifoda etilish usullariga ko'ra, umuminsoniy, ijtimoiy -sinfiy, guruhli, oilaviy, shaxsiy-individual xarakterga ega bo'lishi mumkin [4.55].

Shu o'rinda filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo'ldoshevning fikrlarini keltirib o'tishni lazim topdik: "Tilimizning bugunga qadar omon-eson kelishining asosiy boisi xalqimizning o'z ona tilini jonidan sevishi, ardoqlashidadir. Zero, bu haqda bundan ming yil avval buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg'ariy aytgan edi: "Xudo davlat quyoshini turklar burjida yaratdi. Falakni ham shular mulkiga moslab aylantirdi. Ularni turk deb atadi, mulkka ega qildi, ularni zamonamizning hoqonlari qilib ko'tardi. Zamon ahlining ixtiyor jilovini shular qo'liga topshirdi, xalqqa bosh qildi, bularni to'g'ri yo'lda yurishga qodir qildi. Bularga qarashli kishilarni g'olib qildi. Ularga qarashli kishilar maqsadlariga etib, beboshlar halokatidan qutuldi. Ularning o'qlaridan saqlanmoq uchun ularning xatti-harakatlarini mahkam tutmoq har aqlli kishiga loyiq va munosibdir. Bularga yaqin bo'lish uchun eng asosiy yo'l — ularning tillarida so'zlashishdir, chunki ular bu tilda so'zlashuvchilarga yaxshi quloq soladilar, o'zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. Hatto ular til tufayli o'z panohida turgan boshqalarning gunohini ham kechib yuboradilar". Ushbu fikrlardan ko'rinib turibdiki, xalqimiz azaldan o'z tilini muqaddas bilib, ardoqlab kelgan. Xalqimizning ana shu xususiyatlari tufayli tilimiz tarixning barcha sinovlaridan omon-eson o'tib, bugungi yorug' kunlarga etib keldi. Millatimiz tabiatidagi ko'p ming yillik til sevgisini bugun ham to'liq kuzatishimiz mumkin. Masalan, Siz biron-bir xorijiy tilda ular mamlakatida, ular tilida chiroyli ma'ruza o'qisangiz, ular taajjubga tushishmaydi. Go'yoki, siz ularning tilini bilishingiz shartdek. Magarki, bir xorijlik mehmon bizning yurtimizdagi har qanday tadbirda tilimizda qo'pol qilib bo'lsa ham ikki og'iz so'z bilan "Assalomu alaykum, aziz do'stlar" desa bo'ldi, biz o'rnimizdan turib uni olqishlaymiz. Ma'ruzadan keyin u bilan yuz yillik do'stdek iliq munosabatda bo'lamiz. Chunki bu xislat bizga ming yillar avvaldan nasib etgan. Ikkinchi bir holat: XX asr o'zbek xalqi madaniy hayotida Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi qanchalik muhim bo'lgan bo'lsa, 2016 yilning 13 mayida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan imzolangan "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida"gi farmon ham o'zbek xalqi hayotida olamshumul ahamiyatga ega bo'ldi. Demakki, biz tarixan tilimiz shaydosimiz. Shunday bo'lishi ham kerak. Asrlar davomida xalqimiz tomonidan ko'z qorachug'idek asrab kelingan tilimizni butun borlig'i bilan kelajak avlodga etkazishimiz shart. Chunki til — millatning ruhi, til yashasa, millat ham yashaydi. Demak, bugun ham ona tilimiz

YANGI O ZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

oldidagi mas'uliyatimiz ortsa ortganki, kamaymagan. Har qanday til uning so'zlari bilan go'zal. Bu holatni buyuk shoirimiz Erkin Vohidov quyidagicha ta'riflaydi: "Dunyoning eng ajib, eng sirli va sehrli sayohatlaridan biri so'z olamiga sayohatdir. Negaki, so'z yaratilishdan mo'jiza. Avval so'z bo'lgan, deyiladi muqaddas kitoblarda. ... So'zning ildiziga etgan kishi dunyoning tagiga etgandek bahra topadi. Insoniyat tarixi so'zlar qismatida yashirinib yotar ekan". Zero, tilda qaysi so'zni qo'llashda asosiy hakam - xalqdir. Xalq qabul qilsagina, u so'z abadiydir. Ko'rinib turibdiki, so'z va uning ma'no-mohiyati shunchaki e'tiborsiz qoldiradigan hodisa emas. Demak, til masalasi, unga e'tibor va e'zoz ko'rsatish millat madaniyati va millat ma'naviyati uchun befarq bo'lmagan har bir yurtdoshimizning muqaddas va beminnat burchi ekanligini unutmasligimiz lozim". Filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo'ldoshev ushbu flkrlarni bejizga keltirmagan, darhaqiqat xalqimiz ona tilini muqaddas sanagan, so'zni ilohiy kuchga ega deb bilgan.

Bugungi globallashuv jarayonida o'quvchilarga ona tilimizga mehr - muhabbatni singdirib borishni har bir pedagog o'z burchim deb qaramog'i va bunga sidqidildan amal qilmog'i joizdir. Umumta'lim maktablarining asosiy vazifasi o'quvchilarning fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o'stirish; ularni o'z-o'zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda o'z fikri va his-tuyg'ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olish, ma'lum fanlar yuzasidan turli bilim va malakalarni hosil qilish, to'la savodxonlikni ta'minlash, ularda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda o'qituvchi hal qiluvchi rol o'ynaydi. Biroq o'quvchilarni ongli, yuksak saviyali, g'oyaviy siyosiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda o'qituvchining bilimi yoki undagi to'plangan tajribaning o'zi yetarli emas. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, avvalo, bu sifatlarni o'zimizda mujjasamlashtirishni talab qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston NMIU, 2016.

2. Умумий урта таълимнинг давлат таълим стандарти ва укув дастури // УзР Халк таълими вазирлигининг ахборотномаси. №1. - Тошкент. 47-бет.

3. Вайсгербер Й.Л. Родной язык и формирование духа - М. Едиториал URSS, 2004-C.173

4. Mahmudov N. Til tilsimi tadqiqi.-T.:Mumtoz so'z, 2017.-176 b

5. Тер-Минасова С.Г. Язык и межкултурная коммуникация. -М.: Слава, 2000

6. Гумболт. В. Избранные труды по языкознанию - М. : Прогресс, 1784.стр 324

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.