Научная статья на тему 'TIL -MILLATNING O‘ZAGI'

TIL -MILLATNING O‘ZAGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy / o‘zbek tili / Prezident tashabbuslari / Bolta Yoriyev / Saodat Muhamedova / Abdulla Qodiriy / til / millat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Islomova Go‘Zal

Maqolada buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” –degan so‘zlariga to‘xtalib o‘tiladi. Yangi O‘zbekistonda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish, ona tilimizning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganligi ham aytiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz xalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida o‘ylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, go‘zal urf-odatlarimiz, betakror san’atimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz zarur.Aytish mumkinki, ma’naviyati yuksak, milliy qadriyatlariga sodiq shaxsni kamol toptirishning muhim vositasi sifatida lug‘atlar ham tan olinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL -MILLATNING O‘ZAGI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

TIL - MILLATNING O'ZAGI

Islomova Go'zal

Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13383565 Annotatsiya: Maqolada buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy "Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur" - degan so'zlariga to'xtalib o'tiladi. Yangi O'zbekistonda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan o'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish, ona tilimizning qadr-qimmatini joyiga qo'yish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganligi ham aytiladi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, biz xalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida o 'ylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, go'zal urf-odatlarimiz, betakror san'atimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni ko'z qorachig'iday saqlashimiz zarur.Aytish mumkinki, ma'naviyati yuksak, milliy qadriyatlariga sodiq shaxsni kamol toptirishning muhim vositasi sifatida lug'atlar ham tan olinadi.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, o'zbek tili, Prezident tashabbuslari, Bolta Yoriyev, Saodat Muhamedova, Abdulla Qodiriy, til, millat.

1 KIRISH

Til millat taraqqiyotining hayotiy omili bo'lib, u mamlakatning nomoddiy merosi hisoblanadi, chunki u har bir xalqning etnik-madaniy, mifologik va psixologik kechinmalari va g'oyalarini ifodalaydi. Pul birligi, bayrog'i, nomi yoki geografik chegarasidan tashqari davlatning milliy tili, bu mamlakatni noyob, betakror va shukuhli qiladi, bu bir tomondan, mamlakatning o'ziga xos milliyligi bo'lsa, ikkinchi tomondan, xalqning shaxsiy merosini ko'rsatadi. Tillar aloqa vositasi bo'lishdan tashqari, madaniy ahamiyatga ega va ularning yo'qolishi, o'zlarining noyob ajdodlar an'analari, ogohligi, merosi va xotiralarini yo'qotishga to'g'ri keladi. Ona tilingizni saqlab qolishning eng yaxshi usullaridan biri bu tildan yozma va og'zaki shaklda foydalanishni davom ettirishdir. Aslida, bu turli sohalarda til bilish darajasini oshirishga yordam beradi. Til sivilizatsiyalar asosi bo'lib, jamiyat a'zolarini bir-biriga bog'lovchi vosita hisoblanadi. Boshqa tillarni o'rganish qiziqarli bo'lishi mumkin, lekin iloji bo'lsa, ona tilingizdan mukammal bilish va undan foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. O'zimizga, o'z aql-idrokimizga bir tasavvur qilib ko'raylik: agar bepoyon ko'k yuzida quyosh porlab tursa-yu birdan yer yuzidagi barcha katta-kichik xalqlarning tillari banogoh yo'qolib qolsa, o'sha ondayoq jamiki puchmoqlarda qiyomat qoim boshlanar - oxirzamon kirardi. Odamzodning rangorang tillari xuddi tiriklik uchun o't, havo, suv kabi. Til tiriklik, jon va ruh mavjudligining sharti. Inson uchun eng zarur aloqa, muomala, muloqotlar, ichki ruhning baravji kamoloti uchun, ijodkorlik, ilmlar jamuljamining vositayi ijrosidir. Milliy tilning tarixi, taraqqiyot yo'llari, bosqichlari haqida eng ko'p va doimiy, hatto muttasil muhokama diskurs yaratadigan odam qavmlari bular - shoirlar va hakimlar. Hakimlar tilni hikmat deydilar. Shoirlar tilni bir og'izdan yurakka qiyos qiladilar. Til mislsiz rang-barang tuyg'ularni yuzaga keltiradi. Insonni ulug' zot ekanligini ko'rsatadigan ilhom, e'joz ham til orqali tajassum topadi. Va bepoyon so'z shakllariga aylanadi. Tilga mo'jiza, mislsiz tarzda inson va millat ehtiyojlarini qondiradi, deb qaraydilar. Axir, inson ehtiyojlarni

qondirish mo'jiza emasmi? Bu atrofda eng maftunkor so'zlarni Navoiy aytgan, bu boralarda har bir so'zini dur-zabarjadga teng qo'ygan:

Ul kishi so'z bahrida g'avvos erur - Kim guvhari ma'ni anga xos erur.

Navoiy so'zni bahrga, odamni g'avvosga mengzamoqda. So'z durlarini ummonlarda g'avvos shoirlar, hakimlar teradi va insoniyatga tortiq qiladi.

Bolta Yoriyev "Tilda xalq o'zligi, zakovati, irodasi mujassam"- deganlar.

"Til yuragi, yurak tili - o'zbek tili". Saodat Muhamedova bu ta'riflarni tobora quyuqlashtirib, obrazli tafakkurga zo'r berishadi. Agar odam, agar shoir, agar ijodkor milliy til bilan birga barobar o'sib borayotgan va bu tasavvur she'r tiliga kirgan ekan, bu insonlikning sharafidir. Navoiy shunday sharaf haqida ko'p va xo'b muhokamalar yuritgan. XX - XXI asr shoirlarimiz Navoiyning bu millatni millat qilgan muhokamalaridan benihoya bahrador ekanliklari javlon solib turadi. Dunyo tillari ichida eng go'zal va jozibador tillardan biri - bu o'zbek tilidir. Biroq tarixga nazar tashlarkanmiz, bu tilga boshqalarning doimo past nazar bilan qarashi, uni mensimaslik kayfiyati ustuvor bo'lgan. XV asrga qadar turkiy tilga bepisandlik bilan qarab, "Bu til avom tili, undan foydalanib ijod qilib bo'lmaydi", degan da'volarni ilgari surgan. Ammo g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari turkiy tilda "Xamsa", ya'ni besh dostonni va boshqa yirik, badiiy jihatdan o'ta mukammal asarlarni yaratdi. Til mavhum bir narsa emas. O'z holicha bor bo'lmaydi. Til asosan odamlarning og'zida va so'ngra yozuvlarda yashaydi, og'iz va yozuvlarda hayotini davom ettiradi. Agar millat turli sabablar bilan ayrim so'zlarini unutayotgan bo'lsa, asta-sekin tilidan tushib qolaversa, o'rnini "zamonaviy"mi, "madaniy"mi niqoblari ostida begana so'zlar egallayversa, bu til oldiniga qashshoqlashishga yuz tutadi, keyin, tarixda kuzatilganidek, o'lishga qarab ketadi. Tillarning o'lish hodisasi bor narsa. Ayrim tillarning nomi bor, ayrim so'zlari atama o'laroq yo boshqa biron ko'rinishda o'zga millatlar tilida saqlanib qolgan, lekin hozir u tilda gapiruvchilar yo'q. Bir paytlar u tilda gapirgan xalq (mas., lotin) yo'qolib, boshqa millatlarga singib-

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

yedirilib ketgan. Bunaqangi natijadan Olloh qo'risin. Boshqa tillar zug'umi ostidagi kuchsiz, kichik tillarning taqdirida ana shunday xavf doim turadi. Shu bois bunday xavf ostidagi tilning yashab qolish uchun harakati ayniqsa kuchliroq bo'lishi kerak. Ozgina parvosiz bo'linsa, til o'z holiga tashlab qo'yilsa, natija ayanchli bo'lish ehtimoli bor.

Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy "Tilga e'tiborsiz - elga e'tiborsiz", deb ona tilimizni ulug'ladi. Hazrat Navoiy zamonida adabiyot tili sifatida fors tilining mavqei baland edi. Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy "Xamsa"ni forsiyda yaratgan, adabiyot ahli o'rtasida turkiy tilda bunday ulkan badiiy asar yaratib bo'lmaydi, turkiy tilning ifoda imkoniyati bunga yetmaydi, degan qarashlar hukmron edi. Ulug' mutafakkir "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida turkiy tilning forsiydan kam emasligini, aksincha, balandroq ekanini aniq dalillar bilan isbotlab beradi. Abdulla Qodiriy ona tilimiz borasida kuyunib shunday degan edi:

"O'zbek tili kambag'al til emas, balki o'zbek tilini kambag'al deguvchilarning o'zi kambag'al. Ular o'z nodonliklarini o'zbek tiliga to'nkamasinlar".

Turk dunyosining buyuk ma'rifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali o'z bitiklarida "Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug'urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur", deya yozib qoldirgan edi. 1989-yilning 21-oktyabr kuni "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonuni e'lon qilindi va bir yarim asrlik qaramlikdan so'ng o'zbek tili yana davlat tili maqomini oldi. 1992-yilning 8-dekabrida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlandi. 1995-yil 21-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida qabul qilingan yangi tahrirdagi "Davlat tili haqida"gi qonun o'zbek tilining jahon miqyosidagi rasmiy Davlat tili sifatida e'tirof etilishi va nufuzining yuksalishini ta'minlashi kerak edi.

2019-yilning oktyabr oyida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ona tilimiz taqdiri bilan bog'lik ikki buyuk tarixiy hujjatni imzoladi: 4-oktyabr kuni "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni qabul qilinganining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi qaror hamda 21-oktyabr kuni "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon e'lon qilindi. Bu ikki hujjat o'zbek tili hayoti va rivojida yangi bir davrni boshlab berdi.

Quvonchli mujdalar davom etib, ko'p o'tmay joriy yilning 10-aprelida butun mamlakat bo'ylab Prezidentimiz "O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunini imzoladi.

Biz ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go'zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o'z hissamizni qo'shishimiz kerak.

Birinchi Prezidentimizning ta'bri bilan aytganda "O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-milliy bog'liqlik til orqali vujudga keladi". Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi. Hammamizga ma'lumki, mashhur bo'lgan A. Navoiy bobomizga tegishli "Ko'ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so'z bil". Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so'zdir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o'z ifodasini topadi. Til - millat ko'zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko'hna va serqirra madaniyati o'zbek tili ta'sirida shakllangan. Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g'alabalari sharafiga o'zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir. Biz o'z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go'zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o'z hissamizni qo'shishimiz kerak. "Til yashasa, millat yashaydi". Agar biz o'z tilimizning ko'rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog'on bo'ladi va birligimiz mustahkam bo'ladi.

Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo'lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo'ladi. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, "Bugungi kunda biz yangi O'zbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz".

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

[1] Annual Conf. Magnetics Japan, p. 301, 1982].

[2] Aziz Said,Faxriddin Hayit. "Ona tilim-mangu makonim". "Yangi asr avlodi". 2022-yil.

[3] M. Egamberdiyev. "Xoja Orif ar Revgariy" to'plam. 2021-yil.

[4] Nurulloh Muhammad Raufxon. "Til millatning o'zagi".2022-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.