Научная статья на тему 'TIL MILLATNING JON BULOG‘I'

TIL MILLATNING JON BULOG‘I Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
31
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / o‘zbek tili rivoji / millat tili / imloni xalqchillashtirish

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Javharova Nilufar

Ushbu maqolada milliy tilimiz, uning rivojiga hissa qo‘shgan allomalarimiz, Ashurali Zohiriyning o‘zbek adabiy tilini yaratishdagi xizmatlari va uning “Sadoyi Farg‘ona” gazetasining 1914-yildagi 3-sonida nashr etilgan “Ona tili” nomli maqolasining tabdili berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL MILLATNING JON BULOG‘I»

TIL - MILLATNING JON BULOG'I

Javharova Nilufar

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy tilimiz, uning rivojiga hissa qo'shgan allomalarimiz, Ashurali Zohiriyning o'zbek adabiy tilini yaratishdagi xizmatlari va uning "Sadoyi Farg'ona" gazetasining 1914-yildagi 3-sonida nashr etilgan "Ona tili" nomli maqolasining tabdili berilgan.

Kalit so'zlar: ona tili, o'zbek tili rivoji, millat tili, imloni xalqchillashtirish.

LANGUAGE IS THE SOUL OF THE NATION

Javharova Nilufar

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article describes our national language, the scholars who contributed to its development, the contribution of Ashurali Zahiri in the creation of the Uzbek literary language and his article "Mother tongue", published in the 3rd issue of the newspaper "Sadoyi Fergana" in 1914.

Keywords: native language, development of Uzbek language, national language, popularization of spelling.

Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo'lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo'ladi. Hattoki, go'dak ham o'z vatanini, ota-onasini, dunyoni o'z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o'rni beqiyos bo'lganidek, insonning hayotda o'z o'rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o'rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab, "ona tili" deb ataydilar.

Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. So'z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o'zi yashagan murakkab davr -XV asrda turkiy til o'z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlab berdi. O'zining "Hamsa" nomli shoh asarini turkiy tilda yaratdi.

O'zining ilmiy-ma'rifiy, pedagogik, adabiy-publitsistik faoliyati bilan o'zbek xalqi madaniyati tarixida munosib o'rin tutgan insonlardan biri Ashurali Zohiriydir. O'zbek adabiy tilini yaratishda ham Ashurali Zohiriyning xizmatlarini alohida e'tirof etish lozim. U o'zbek tilida birinchi bo'lib, boshlang'ich sinflar uchun "Imlo" darsligini yaratgan. 1916-yil Qozonda nashr etilgan. Navoiyning "Muhokamat ul-lug'atayn" va

I icclT^^^^H http://wpjournal.dsmi-qf.uz

"Vaqfiya" asarlari ustida matnshunoslik tadqiqotlari olib borgan. "Muhokamat ul-lug'atayn"ni husnixatda ko'chirib, Qo'qonda Vayner kutubxonasida chop ettirgan. Abdurahmon Sa'diy o'zbek adabiy tilining maydonga kelishi, avvalo, ma'rifatparvar avlodning o'z ona tillarida kitoblar bostirishi va matbuotni yo'lga qo'yishi orqali bo'lganligini ko'rsatib shunday yozgan edi: "Uyg'onish davrida nashrda shuni (adabiy tilni) Behbudiy turg'uzib, Xoji Muinlar, Ashuralilar uni ishlaguchi bo'ldilar" Ma'rifatparvar olim o'z maqola va risolalari, qo'llanma va lug'atlari bilan o'zbek tili ilmiy terminologiyasining tarkib topishi va rivojlanishiga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Xususan, Ashurali Zohiriyning "Til va imlo masalasi" maqolasida adabiy til haqida ilgari surgan qarashlari ko'p jihatdan hozirgi o'zbek adabiy tili misolida o'z ifodasini topgan [1].

Ashurali Zohiriy "Til va imlo masalasi" maqolasida adabiy til, imlo, atama, singarmonizm va o'zbek tilining boshqa masalalari to'g'risida bahs yuritilgan. Mazkur maqolada olim unlilar masalasiga ham alohida to'xtalib o'tadi. Bu haqda tilshunos olim A. Nurmonov shunday yozadi: "Ashurali Zohiriy o'zbek adabiy tilida oltitamas, to'qqizta unli mavjudligini, lotin alifbosida ham ana shu to'qqizta unli uchun harf olish kerakligini aytadi. Garchi muallif bu fikrini dalillar asosida isbotlamasa ham, Farg'ona (Andijon,

Marg'ilon, Qo'qon kabi) shevalarida ma'no farqlash uchun xizmat qiladigan to'qqizta fonema borligini his qiladi. Darhaqiqat, unlilarning palatal belgisi Farg'onaning bir qator shevalarida bugungi kunda ham farqlovchi belgi bo'lib xizmat qiladi va fonologik qimmatga ega. Shu bilan birga, Ashurali Zohiriy ayrim mualliflarning to'qqiztadan ortiq unli fonemalarga egaligi haqidagi fikrlarining yetarli isbotlanmaganini tanqid qiladi" [2].

Imloni xalqchillashtirish - milliy til tabiatiga muvofiqlashtirish Ashurali Zohiriyning asosiy g'oyasi bo'lgan. Ashurali Zohiriy tilshunoslik merosi orasida eng salmoqli o'rin tutadigani, shubhasiz, uning 1927-1928 yillarda nashr etilgan "Ruscha-o'zbekcha mukammal lug'at"idir. Lug'at ikki jilddan iborat bo'lib, 34 ming so'zni o'z ichiga olgan. Bu lug'at milliy tilning leksik me'yorlarini belgilashda katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbek grammatikasining ayrim nazariy masalalari uning 1920-yillardagi maqolalarida tahlil qilingan. Lug'atda esa so'zlarning tayyor shakllari ularning aniq mazmuni va qo'llanishi bilan berilgan. Shu o'rinda Ashurali Zohiriyning ilmiy terminologiyani amaliy ishlab chiqishdagi xizmatlarini qayd etish lozim. Lug'atda grammatik kategoriyaga oid ko'plab misollarni topamizki, ularga tayanib, A. Zohiriyning grammatik kategoriyalar haqidagi qarashlarini kuzatish mumkin. Albatta, ushbu lug'atning talay kamchiliklari bor. Unda so'zlarning ko'pma'noliligi ajratilmagan. Tarjimalarda ham ba'zi noaniqlik va xatolar mavjud. Shunday bo'lsa-da, Ashurali Zohiriyning ushbu ishi o'zbek tilida birinchi mukammal tarjima lug'at sifatida o'z davrining amaliy hamda ilmiy talablariga javob bera olgan.

I icclT^^^^H 62 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

Quyida Ashurali Zohiriyning Qo'qon adabiyot muzeyi fondida saqlanayotgan "Sadoyi Farg'ona" gazetasining 1914-yil 3-sonida nashr etilgan "Ona tili" maqolasining tabdilini keltirdik:

ONA TILI

Bir millatning o'z tilidagi kitob, risola, g'azeta, jurnal va boshqalarig'a bir so'z bilan uning adabiyot (literatur) deyilur. Shuning uchun arabcha kitob va risolalarg'a "adabiyoti arabiya", turk, tatarcha, bo'lg'onlarig'a "turk adabiyoti", "tatar adabiyoti" deyishadur.

Dunyoda yashab turg'uvchi har bir millatning ilmda, fikrda (?) va boshqa to'g'rilarda qanday darajada ekanligi adabiyoti bilan o'lchanib, adabiyoti boy bo'lg'on har vajhdan oldinda va yuqorida e'tibor qilinur. Bil'aks, adabiyoti bo'lmag'on bo'lsa ham borlik yo'qlik (yog'i sop bo'lg'on chirog'dek) o'char-o'chmas bo'lsa, ul qavmning boshqalar oldida hurmat va e'tibori bo'lmas va har nav' hayoti ijtimoiya va madaniyatdan bahra olomas.

Bas, endi bizda ham ul "adabiyot" degan narsa bormu? Yo yo'q?! - yo'q desa xato bo'lmaydurg'onlar darajada erurki, ul misol nima qilishni bilmaydurg'on kishining qo'lig'a tushgan xom tilladek borgan sari ani qorayturilur, chiritilur. Oxiri... boshqa narsaga olishtirilur.

Mana shul ... ham xoh ulamo va mudarrislarimiz va hox o'smurlarimiz bo'lsunlar, bul muqaddas ona tilimizni tirilturmoqlari anda tursun, yoki yo'qotmoqlikka sabab bo'lurlar va ham bo'lubdurlar.

Nechunki, ulamolarimizdan biri biror yerg'a xat yozsa, yoki birovg'a bergan narsasini xotira daftarig'a yozsa, o'z ona tilini qo'yub, porsiy tilda yozadurlar. Hammasidan ham zaraligi buldurki: yangi dars o'qumoqqa boshlag'on, o'z ona tilini ham durustlab bilmaydurg'on bir shogirdg'a dars berishlarida porsiycha tarjima bilan o'rgatadurlar. (Aqalli turkiy sarf, turkiy nahv anda qo'ying) hech bo'lmaganda, o'shal arabcha sarf, nahvni turkiy tilig'a tatbiq qilib, ya'ni aning kerakli o'runlarig'a tildan misollar ko'rsatib aytib bersalar, arabchaga ham zehni kirishub, buning barobarinda o'z ona tilini ham bir narsag'a yaraydurg'on til ekanligini bilib, ona tilig'a muhabbati bir darajada ortib, tartibga solib qolur edi. Holo ul qayda?

Yosh o'smirlarimiz bo'lsalar, birliklaridan birini ziyofatg'a chaqirub chiqa bersalar ham usmonlicha yoki tatarcha yozadurlar. Vallohki, ona tilig'a muhabbat va islohi alardan qutulur erdi.

Bularning sababi ham ravshandurki, barchalari o'zlarining eroniy adabiyoti ta'siri bilan turlangan bo'lsalar, ikkinchilar: tatar va usmonli adabiyoti vositasi bilan fikrlarini ochgandurlar. Shuning uchun har ikki sinf ham o'zlari nur olg'on taraflarig'a qarab tortadurlar va o'z ona tillarig'a haqorat nazari bilan boqub, kundan-kun andan chiqarmoqqa boshlaydurlar.

Durust, porsiycha, arabcha, o'ruscha va boshqalarni ham bilaylik, bilaylikgina emas, juda yaxshi bilaylik lekin o'z ona tilimizni hammasidan ortiq va ziyodaroq bilaylik, sarf, nahvlari bilan bilaylik. Va ham shundog' bo'lg'onda arabcha, porsiycha va boshqalarig'a tushursiz. Qachonki o'z tilimizni yaxshilab bilmasmiz, boshqa tilni albatta durust bilmaymiz.

Shuning birla na ani bilurmiz va buni: hijriy 900 nchi va bu yilda va bu yildan ilgariroq ham mavlono Lutfiy va amir Navoiydek zotlar vujudg'a kelub, qirqg'a yaqin asarlari birlan ona tilimizning boshqa tillarg'a nazaran boy ekanligini she'rda berilg'on tartibini musiqa (muzika)da bo'lg'on latofatli "Mezon ul-avzon", "Muhokamat ul-lug'atayn"lari bilan bildurg'on edilar.

Turkiyani do'st tutqon kishi jug'rofiyani o'qub ko'rub, Turkiyaning shuncha yerlari qo'lidan chiqub ketganig'a yuragi yonib, joni siqilganidek, ona tilig'a muhabbati bir kishi ham amir Navoiy asarlarini o'qub ko'rganda, tilimiz avvalda shuncha boy va mukammal ekan, nima qildikki, ul latofat, ul nazokatlarini yo'qotub, kishi tanimaydurg'on bir holga kelturub qo'ydik, deb "oh"lar tortur.

Nechukki, har bir insonning jondan aziz narsasi dil va millatdur. Ul din va millatni saqlamoqi ham har afrod insong'a vojibdur.

Ani muhofazali ona tili muhofazati bilan bo'lur. Qachonki bir millat tilini yo'qotsa, ul vaqt dinini va millatini ham yo'qotur.

Tatar qarindoshlarimizning hozirdag'i til va adabiyotlarini bundan o'n-o'n besh yil ilgari chiqqani qabul qilinsa, qiyos qabul qilmaslik darajada tafovutlar bordurkim, bul darajada alarning tillarini kengaymog'i milliy va ona tilidagi g'azetalari bilan bo'ldi, demoq g'azeta va jurnallarning dunyo ahvolidan va boshqa to'g'rilaridan xalqg'a xabar berib turmog'idan boshqa ulug' va ko'zga ko'runmaydurg'on foydasi bo'lurki, ul ona tilining kengaymog'i va mukammallashmog'idur.

Buning birlan millat o'zini dunyoda borlig'ini bildurub, ona tilida o'qumoq va ta'lim bermoq masalalari chiqqanda o'zig'a oyrum tili borlar qatoridan joylanub, tili yo'qlar qatorig'a kirib qolmas.

Turkistonda chiqqan g'azeta va jurnallar til to'g'risida hech bir iltifot qilmadilar va avval ham e'tibor etmaslar.

Takror aytaman, g'azeta ona tilig'a xizmat etsun! Va tili kengaytmakda millatni tili yo'qlar qatorida qoldurmasun! [3]

Ushbu maqolani o'qir ekansiz, Zohiriyning haqiqiy millatparvar shaxs ekanligiga, ona tilimizning rivoji uchun zahmat chekkanligiga guvoh bo'lasiz.

Xulosa qilib aytganda, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. "Til yashasa, millat yashaydi" Agar biz o'z tilimizning ko'rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog'on bo'ladi va birligimiz mustahkam bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Qizil O'zbekiston" gazetasining 1929-yil 29, 3-mart sonlari.

2. HypMOHOB 2012, 350-351.

3. "Sadoyi Farg'ona" gazetasi, 1914-yil 3-soni. Qo'qon adabiyot muzeyi fondi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.