Научная статья на тему '“SARF” VA “NAHF” ‒ BIRINCHI O‘ZBEK TILI GRAMMATIKASI'

“SARF” VA “NAHF” ‒ BIRINCHI O‘ZBEK TILI GRAMMATIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
642
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek tili / sarf / nahf / “Chig‘atoy gurungi”. / Uzbek language / sarf / nahf / "Chigatoy Gurungi".

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tog‘ayev, To‘lqin Mamanazarovich

Ushbu maqolada eng atoqli o‘zbek ma'rifatparvari, davlat va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat va uning “Sarf” hamda “Nahf” kitoblariga oid fikrlar bayon qilinadi. Ushbu asarlar ona tili yaratilgan birinchi o‘zbek tili grammatikasi ekanligi ko‘rsatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“SARF” AND “NAHF” ‒ THE FIRST GRAMMAR OF THE UZBEK LANGUAGE

In this article, the most famous Uzbek enlightener, state and public figure Abdurauf Fitrat and his books "Sarf" and "Nahf" are presented. It was shown that these works are the first Uzbek language grammar created by the native language.

Текст научной работы на тему «“SARF” VA “NAHF” ‒ BIRINCHI O‘ZBEK TILI GRAMMATIKASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"SARF" VA "NAHF" - BIRINCHI O'ZBEK TILI GRAMMATIKASI

Tog'ayev To'lqin Mamanazarovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi togay-tm@mail .ru

Ushbu maqolada eng atoqli o'zbek ma'rifatparvari, davlat va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat va uning "Sarf' hamda "Nahf' kitoblariga oid fikrlar bayon qilinadi. Ushbu asarlar ona tili yaratilgan birinchi o'zbek tili grammatikasi ekanligi ko'rsatildi.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, sarf, nahf, "Chig 'atoy gurungi".

"SARF" AND "NAHF" - THE FIRST GRAMMAR OF THE UZBEK

LANGUAGE

ABSTRACT

In this article, the most famous Uzbek enlightener, state and public figure Abdurauf Fitrat and his books "Sarf and "Nahf are presented. It was shown that these works are the first Uzbek language grammar created by the native language.

Key words: Uzbek language, sarf, nahf, "Chigatoy Gurungi".

Fitrat milliy uyg'onishimizning boshida turgan, el-yurtiga istiqlol, haq va erk, ma'rifatli va taraqqiy turmush istagan asil farzandlardan edi. Umrini mana shu muqaddas ishga, katta kurashga fido qildi. Bu kurash maydonida u shoir ham noshir, nosir ham nozir, olim ham muallim, navkar ham sardor edi... Faoliyat qamrovi shunchalar keng, ilmiy-ijodiy merosi shunchalar salmoqliki, Fitrat dahosi haqli ravishda xalqimiz madaniyati, istiqlol kurashi tarixida katta o'rin tutadi.

Fitrat qomusiy olim sifatida ilm-fanning, xususan, o'zbek filologiyasining turli sohalari bo'yicha teran ilmiy tadqiqotlar yaratdi. U milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining asoschilaridan biri bo'lishi bilan birga, o'zbek tilshunoslik ilmi rivojiga ulkan hissa qo'shgan alloma hamdir. Bunga uning tilshunoslik sohasiga oid qoldirgan ilmiy merosi dalil.

Fitratning o'zbek tilshunosligi tarixida ulkan xizmatlaridan biri o'zbek tilining grammatikasini yaratishga birinchi bo'lib qo'l urganligi bo'ldi. «O'zbekiston jumhuriyatining Maorif komissarligi huzuridagi Bilim o'zagi tomonidan maktablarda o'qumoq uchun muvofiq ko'rilgan» «Sarf» (morfologiya) darsligi ilk marta 1924-yilda chop etildi [1]. «Nahv» (sintaksis) kitobi esa 1925-yili bosmadan chiqdi [2].

ANNOTATSIYA

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Fitratning o'zi bu kitoblarini kamtarlik bilan «O'zbek tili qoidalari to'g'risida bir tajriba» deb nomladi. «Bu bir saboq bitigi emas, mutoalag'a kitobdir. Tilimiz to'g'risida tugal bir narsa emas, boshlang'ichdir. Ta'lif emas, tajribadir. Buni saralamoq, tuzatmak, kengaytmak yumushlari yigit kuchlarimizning jonli tebranishlarini kutadir» deb yozdi. Bu haqiqiy ilm sohibi, kamtarin insonning to'g'ri va teran mushohadalari edi. Holbuki, bu darsliklar 1924-1930-yillar davomida dastlab arab, so'ng lotin alifbolarida vaqtning, sharoitning tahriridan «bebahra» qolmay qayta-qayta nashr qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'quvchilar e'tiboriga taqdim etilayotgan «Bir-ikki so'z» va «Tilimizning tarixiy oqimi» maqolalari Fitrat qalamiga mansub bo'lib, uning 1927-yilda arab yozuvida chop etilgan «Sarf» kitobidan olindi. Ularni shu paytgacha to'liq holda matbuotda e'lon qilinmaganligini nazarda tutib nashrga tayyorladik.

«Bir-ikki so'z» maqolasida endi oyoqqa turib kelayotgan o'zbek tilshunoslik ilmining shakllanish kechimi: bu davrda alifbo-imlo, o'zbek tili qoidalari, adabiy tili va yangi o'zbek adabiyotining ilmiy asosini yaratish masalalarining hal qilinishi jarayoni bevosita Fitrat va unga hamfikr ilmiy kuchlar faoliyati talqinida aks ettirilgan.

Ma'lumki, Ismoil Gaspirinskiy nomi bilan bog'liq turkiy xalqlarning milliy va madaniy birligi masalasi, turkiy xalqlar uchun yagona adabiy til yaratish g'oyasi asrimizning boshlarida Turkiston tuprog'ida ham qizg'in kuch olgan, bu borada maktab-maorif, matbuot sohasida amaliy ishlar olib borilgan edi [3]. 1917-yilgi fevral o'zgarishlari, ayniqsa, oktyabr to'ntarishidan keyin milliy tillar masalasi o'lkada o'ziga xos ko'rinishga ega bo'ldi. Ta'kidlash kerakki, bu jarayon muayyan tarixiy sharoit natijasi edi. Umumturk tili va adabiyoti g'oyasi aslida mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashda turkiy xalqlar birdamligi maqsadini ifodalardi. XX asrning birinchi choragida adabiy til sohasida vujudga kelgan bu harakatni va unga prinsipial qo'shila olmagan Fitrat boshliq mahalliy ziyolilarning milliy o'zbek tili va adabiyotini yaratish borasidagi ishlarini baholashda hozirda turlicha qarashlar mavjud bo'lib, bu alohida tadqiqot mavzusidir.

Fitrat bu jarayon haqda shunday yozadi: «Butun turk dunyosi uchun «bir yalpi til» qabul etmak xayollari bilan ovora bo'ldiq. Tilimizni shunga to'g'ri yurgizmoq uchun unumsiz tirishdik. Bu xayollarning ishg'a oshmag'onin bilgandan keyin o'z tilimizni, o'z imlomizni tushuna boshladik. Bu yo'lda birinchi odimni qo'qonliq Ashurali Zohiriy otdi. «Imlo» bitikchasini yozib chiqardi. Undan so'ngra Toshkentda «Chig'atoy gurungi» ochildi [4]. «Gurung» til, imlo masalalari bilan teranrak mashg'ul bo'ldi». Chindan ham tez fursatda «Chig'atoy gurungi»ning imlo to'dasi»,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

aniqrog'i Fitrat, Qayum Ramazon va Shokirjon Rahimiylar tomonidan yaratilgan «Bitim yo'llari» (1919-y.) nomli kitobcha shu vaqtdagi Maorif nozirligi ruxsati bilan chop etildi [5]. Bu risolada «Chig'atoy gurungi» ishlab chiqqan yangi alifbo va imlo asoslari bayon qilingan bo'lib, u to'g'ri yozuv yo'llari bo'yicha o'qituvchilarga qo'llanma vazifasini o'tadi.

Jamiyat tashabbusi bilan 1921-yilning boshida Toshkentda Maorif nozirligi tashkilotchiligida Til-imlo qurultoyi bo'lib o'tdi. Jiddiy tortishuv va qarshiliklarga qaramay, qurultoyda «Chig'atoy gurungi»ning isloh etilgan alifbo va yangi imlo asoslari qabul qilindi. Yangi imlo maktab-maorif, matbuot va nashr ishlarida keng suratda qo'llana boshladi. Aytish joizki, arab alifbosi bu davrda bir necha bor isloh etilganiga qaramay, to 1929-yilgacha, ya'ni xalqimiz lotin alifbosiga o'tgunga qadar bizda yozuv bir xilligiga erishib bo'lmadi.

O'zbek xalqining lotin alifbosiga o'tishi ishida ham Fitratning xizmatlari kattadir. Uning aytishicha, «Chig'atoy gurungi» hatto o'sha paytdayoq «...o'lkada lotin harflarini qabul etmakni yoqlovchilar tayyorladi». Buning ilk ko'rinishi sifatida, 1921-yilgi Til-imlo qurultoyi va 1922-yilda bo'lgan O'zbek maorif va madaniyat xodimlarining o'lka qurultoyida Botu (Mahmud Xodiyev) va Said Alixo'jalar arab alifbosini tashlab, lotin alifbosiga o'tishni taklif qilgan edilar. 1926-yilning mart-fevral oylarida Boku shahrida bo'lib o'tgan Turkiyot qurultoyida Rahim In'omov, Ashurali Zohiriy, Shokirjon Rahimiy, Elbek, B.Rahmoniy, Abdujabborov va Vyatkinlar O'zbekistondan vakil bo'lib qatnashdilar. Fitratning bu anjumanga «alohida chaqiruv bilan» taklif etilishi uning sobiq ittifoq, balki dunyo ilmiy jamoatchiligi orasida turkologiya sohasining eng ko'zga ko'ringan olimlaridan bo'lganligini ko'rsatadi. Qurultoy dasturiga Fitratning «Turk tilini (turkiy tilni - T.T) o'qitish usullari» mavzusidagi ma'ruzasi ham kiritilgan. Qurultoyda turkiy xalqlarning arab alifbosidan lotin alifbosiga o'tishi masalasi ijobiy hal qilindi.

Fitrat respublikamizda lotin alifbosini joriy etishga bag'ishlangan Til va imlo anjumanlarida, barcha tadbirlarda faol ishtirok etdi.

Agar «Bir-ikki so'z»da madaniy hayotimizning yaqin o'tmishi manzarasi gavdalantirilsa, «Tilimizning tarixiy oqimi» maqolasida XI asrdan to XX asrning birinchi choragigacha necha turli «unvonlar» bilan yashab kelgan til va adabiyotmizning «yo'li uzoq, yili ko'p» tarixiy kechmishi ipga tizilganday ko'z o'ngimizda namoyon etiladi. «Turk», «chig'atoy», «sart», «o'zbek» atamalarining qo'llana boshlagan davrlari haqida qiziqarli ma'lumotlar olamiz. Unda tarixiy, ilmiy-adabiy hodisalarning teran va asosli tahlili Fitratning qadimgi turkiy yozma yodgorliklar, mumtoz va xalq adabiyotimizni naqadar chuqur bilganligini, bu ma'naviy merosning chin vorisi bo'lgan yangi davr o'zbek tili va adabiyotining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

taraqqiyot yo'llari haqidagi nazariy qarashlari mustahkam zaminga asoslanganligini yana bir bor isbotlaydi.

Ushbu maqolalarni nashrga tayyorlar ekanmiz, bu ish Fitrat ijodiy merosini to'plash, o'rganish, chop etish kabi xayrli va burchli yumushga oz bo'lsa-da hissa bo'lib qo'shiladi deb umid qildik.

Bir - ikki so'z

Bizning til, adabiyotimizning eng so'ng kunlari farg'onali Umarxon zamonida edi. Til-adabiyotimiz Umarxon paytida birdan yashnab ko'tarildi-da, undan keyin sekin-sekin pasaya boshladi. Bora-bora yiqilishning, yo'qolishning eng og'ir, eng qora daqiqalarini o'tkardi. Ozg'ina paytdan so'ng Turkistonda yetishgan yarim shoirlar, yarim yozg'uchilarni esa eski adabiyotimizning so'ng so'lushlari deb ko'rsatmak yonglish bir ish bo'lmaydir. Bularning qalamlari uchidan to'kulgan jumlalar buzuq, so'zlar siniq, fe'llar qorongliq bo'lub chiqa boshladi.

Milodiy 19 inchi mo'lcharning (asrning) so'nglarida bizda yangilashmak (tajaddud) fikri uyg'ondi. Yangi maktablar ochmoq, yangi kitoblar yozmoq, gazitlar chiqarmoq istadik: ochdiq, yozdiq, biroq hanuz til, imlo masalalariga ochiq belgili bir yo'l bera olmag'on edik. Butun turk dunyosi uchun "bir yalpi til" qabul etmak xayolllari bilan ovora bo'ldiq. Tilimizni shunga to'g'ri yurg'uzmoq uchun unumsiz tirishdik. Bu xayollarning ishg'a oshmag'onin bilgandan keyin o'z tilimizni, o'z imlomizni tushuna boshladiq. Bu yo'lda birinchi odimni qo'qonliq Ashurali Zohiriy otdi. "Imlo" bitikchasini yozib chiqardi. Undan so'ngra Toshkantda "Chig'atoy gurungi" ochildi. "Gurung" til, imlo masalalari bilan teranrak mashg'ul bo'ldi. Turkiyalik Shoyix Vasfiy tomonidan arabcha, forsiychag'a ergashib yozilg'on eski usmonli sarf, nahv kitobini maktablarimizdan surib chiqardi-da, o'z tilimizning qoidalarini kirgizdi. Turkiston o'qutg'uchilarining ikkinchi, uchinchi qurultoylarida eski imlog'a qarshi keng suratda kurash ochib o'z fikirlarini o'tkazdi. Eski imlo o'rnig'a yangi imloni o'tkazmak bilangina bog'lanib qolmadi. Bir yoqdan o'lkada lotin o'arflarini qabul etmakni yoqlovchilar tayyorladi. Til, imlo fikirlarining tegrasiga yig'ilishqonlar mana shunday qilib birinchi galdagi ishlarini bitirdilar. Butun turk tillarini birlashtirmak xayoli xayolg'ina bo'lib qoldi. Eski imloning kullari ko'kka uchirildi.

Biroq yuqorida aytganim kabi bu ishlar birinchi galdagi ishlardir. O'ali ko'rilgusi bir ko'b ishlarimiz bordir. Bizni kutib turadir. Eski imloni yengdik, ko'b yaxshi. Yangi imlomizning-da vaqtlig'ina bir narsa ekanini bilaylik. Bugun har tomonda lotinchiliq oqimi kuchlanib boradir. Yaqin, juda yaqin bir zamonda arab harflarini (eski, yangi imlolari bilan birga) tomiridan uzib tashlasa kerak. Bu ko'zga ko'rinib turadir, aniqdir. Lotin harflarini qabul etmak, qabul etdirmak uchun

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

bugundan boshlab tayyorliq ko'rishimiz lozim. Tilimizdagi tovushlarning sonlarini, cho'zg'i (unli - T.T.) o'runlarini ilmiy suratda yaxshig'ina bilib aniqlab qo'yayliq. Tilimizning iste'dodli, boy bir til bo'lg'onini qichqirib so'yladik: "Bu til do'qqidir (qo'poldir), buning o'rniga turkchaning adabiy bir shevasini olayliq" degan til bilmaslar bilan kurashdik, unlarni yengdik. Biroq hanuz tilimizning belgili qoidalarini maydong'a qo'ya olmadiq. Yozg'ularimizning shakliga "birlik", yangi yozg'uchilarimizg'a qulayliq bermak uchun tilimizning qat'i qoidalarini bildirish kerak. O'ammadan burun bu qoidalarni o'zimizning-da bilishimiz lozimdir. Ilmiy axtarishlar bo'lmag'uncha, bunlarning birtasi ham bo'lg'usi emasdir. Bilamiz: bizning sha^arlarimiz yuzlab yillardan beri arab, forsiy adabiyotning ^ukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar tili buzilg'ondir.

Tilimizning sof shaklini daladag'i el-o'ymoqlarimizda ko'ra olamiz. Dalada yashag'on el-o'ymoqlarimiz orasida unlarning jon ozug'i bo'lib turg'on dostonlar, ertaklar, matallar, laparlar, ashulalar, qo'shuqlar bor. Shunlarning hammasini buyuk bir diqqat bilan, xalq og'zidan chiqqani kabi yozib olish kerak, el -ulus orasida yozu doyirasig'a kirgan "Zufunun", "Sayqaliy", "Yusufbek" kabi dostonlar bor. Ahmat Yassaviy, Qul Sulaymon hikmatlari, Rabg'uziy "Qissasul anbiyosi", Mashrab, Huvaydo g'azallari, Durbek, Navoyi, Bobir, Boyqaro, Lutfiy, Mirhaydar, Munis, Umarxon, Fazliy, Gulxaniy kabi aristukrat shoirlarimizning asarlari bor. "Qutadg'u bilik", "Habatul haqoyiq", "Devonu lug'atit turk", "Muqaddimatul adab" kabi eski vosiqalar bor. Shunlarning hammasini qilni qirq yorib tekshiraylik, bir-biriga solishtirib, kelishtirib tekli, tubli natijalar olayliq. Mana shu yo'lda, shu shaklda yaroqlanib maydong'a chiqqanimizda ko'rilgan ishlar, oling'on natijalar ilmiy bo'lib chiqadir. Kimsaning-da lom-mim deyishiga yo'l qolmaydir.

Bu ishlarning qulay bo'lmag'oni belgili. Bunlar bir kishining qo'lidan kelmaydir. Bu yo'lda tirishmak yangi chiqqan yigit yozg'uchilarimizning hammalariga tushadir. Yangi o'zbek adabiyotiga ilmiy bir asos bermak, unga zamoni madaniy bir borliq bag'ishlamoq uchun mana shu yo'llarg'a bot kirishmak ^ammamizga lozimdir. Bu ishlarning tugal natijasini kutib turish ham yaramaydir. Bu ulug' binoning, bu adabiyot madrasasining birinchi toshini tezlik bilan qo'ymoq lozim. Mana shu fikrlarga berildim-da, men til qoidalari to'g'risida qo'lda bo'lg'on narsalarni tuzib, terib shu bitikchani chiqardim. Bu bir saboq bitigi emas, mutolag'a kitobdir. Tilimiz to'g'risida tugal bir narsa emas, boshlang'ichdir. Ta'lif emas, tajribadir. Buni saralamoq, tuzatmak, kengaytmak yumushlari yigit kuchlarimizning jonli tebranishlarini kutadir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

Tilimizning tarixiy oqimi

O'rislar Turkistonga kelmasdan bir-ikki mo'lchar (asr) burunroqdan olib so'ng kunlargacha bizning yalpi (umumiy) bir otimiz yo'q edi. O'zbeklar Turkistonga kelib chig'atoy hukumati sanalg'on temuriylarni quvQondan so'ng usiz ham xalq orasig'a tuzukgina singmag'on "chig'atoyliq" unvoni oradan chiqarila boshladi. Buning joyig'a qabila unvonlari, xonliq, beklik unvonlari yerlashdi. O'ruslar kelgandan so'ng "sart" unvoni umumiylasha boshladi. Biroq "sart" so'zi (arablarning ajam so'ziga o'xshab) turk bo'lmag'onlarg'a taqala kelgan edi. Milliy uyg'onishimizning boshida turg'onlar bu unvonni qabul etmadilar. "Sart so'zi yo'qdir" deb qichqira boshladilar. Turk, musulmon, turkistonlik kabi unvonlarni saqlamoqchi bo'ldilar.

Buyuk inqilobdan keyin bu unvonsizliqdan qutulmoq ehtiyoji butun kuchi bilan o'zini ko'rsatdi. Har kim "Biz kim bo'lamiz?" deb o'z-o'zidan so'ray boshladi, "o'zbek" unvoni yararliq ko'rildi, qabul etildi, turli e'tirozlarga qaramasdan bu kun bu unvon hayotqa aralashib qoldi.

Biz mana shunday unvondan unvong'a og'dirila turg'onda burung'i unvonimiz bo'lg'on "chig'atoy" so'zi adabiyotimizdagina o'z kuchini saqlab keldi. O'zimiz turkistonlik, movarounnahrlik, musulmon, sart bo'la turg'on paytlarda tilimiz "chig'atoy tili", adabiyotimiz "chig'atoy adabiyoti" bo'libg'ina qoldi. Bu "chig'atoy tili" qanday tildir? Turkchaning qaysi shu'basiga kiradir? Tarixi nechukdir? Shuni ko'rib o'tishimiz kerak.

O'ijriy 466 da (milodiy 1073-yil -T.T) qashqarlik Mahmud ibn Husayn tomonidan yozilg'on "Devonu lug'atit turk"ning ko'rsatishiga qarag'anda hijriy beshinchi mo'lcharda (asrda) turk tili ikki buyuk tarmoqqa oyrilg'on. Oralarida sarfchada, lug'atchada anchagina ayirma bo'lg'on. Bu ikki tarmoqning biri, "Devoni lug'at"ning aytganiga ko'ra, "o'g'uz turkchasi", biri esa "xoqoniy turkchasi" yo soddacha "turkcha"dir. Umumiy turk tilini sharq turkchasi, g'arb turkchasi deb ayirmoqning-da asosi "Devoni lug'at"ning shu so'zlariga borib tirkaladi. Bugun sharq turkchasi deganimiz turkcha o'g'uz turkchasiga muqobil, unga yondosh bo'lg'on shu xoqoniy turkchasidir.

"Devoni lug'at"ning so'zlariga ko'ra bu xoqoniy turkchasi turklarning rasmiy, adabiy tillari emish, turk tillarining eng "fasih"i ham shu emish. Xoqoniy turkchasi "jikil-chigil", "taxsi-to'xsi" (ya'ni qarluq) turklarining shevasi emish. Balasag'un, Taroz, Madinatul bayzada yashag'uchilar sug'dcha gapirsalar ham, xoqoniy turkchasini bilar emishlar.

Balasag'ung'acha yoyilib Org'u o'lkasi sanalg'on joylarda ham xoqoniy turkchasining bir oz buzilg'on shakli ishlatilar emish. Qashqarning shahar tili ham

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

shu xoqoniy turkchasi emish. Uyg'urlar ham xoqoniy turkchasi bilan so'ylashar ekanlar, biroq unlarning o'zlariga maxsus shevalari ham bor emish.

O'ijriy 462 da (milodiy 1069-1070-yilda - T.T), ya'ni "Devoni lug'at"dan to'rt yilgina burun Qashqarda yozilg'on "Qutadg'u bilik" bilan, qashqar tilida yozilg'oni ma'lum bo'lg'on "Habatul haqoyiq"ning shu xoqoniy turkchasi bilan yozlg'oni "Devoni lug'at"ning yuqorida yozilg'on so'zlaridan ochiq onglashiladir.

"Devoni lug'at"da Arg'u o'lkasidan sanalg'on Sayramdan chiqqan Ahmat Yassaviy hikmatlarini ham shu doyiraning bir oz buzuq shevasiga kirgizishga to'g'ri keladir.

Sharq turkchasining butun qabila shevalari ustida umumiy adabiy, rasmiy bir shevaning borlig'i ham bu shevada anchagina narsalar yozilg'oni yuqoridagi izohatdan ma'lum bo'ladir. Bu shevani xoqoniy turkchasi deb atamoqqa eng eski bir zamonda Qashqardan chiqqan til olimi Mahmudning so'zlariga tayanib o'zimizni haqli topamiz.

Yolg'iz turk dunyosinig'ina emas, Osiyoni qo'rqinch bir suratda qaynatib, titratib yuborg'on Chingiz istilosidan so'ng O'rta Osiyoda xon bo'lg'on Chig'atoyg'a nisbat berilib O'rta Osiyo adabiy tiliga chig'atoy tili va u shevada yozilg'on narsalarga umuman chig'atoy adabiyoti deyiladir. Chig'atoy adabiyoti bilan xoqoniy adabiyotini bir biriga chaqishtirib qarasaq, xoqoniy turkchasining Chingiz chiqishi bilan boshqa shevalarga aralashib, islom-eron ta'siroti ostig'a ham anchagina kira qolib chig'atoycha unvonini olg'onin ko'rmak mumkindir.

Xoqoniy turkchasida qabila shevalarining ustida turgan adabiylik holi bor. "Devoni lug'at"ni yozg'on qashqarlik Mahmud bu shevaga xoqoniy turkchasi degani kabi ora-sira yolg'iz "turkcha" deb ham qo'yadir. Bu hollarni biz chig'atoy turkchasida ham ko'ramiz. Chig'atoycha O'rta Osiyoda yashag'on turkiy qabila shevalarining hammasidan yuqori turg'on adabiy, rasmiy, baynal qabilaviy bir tildir. Navoyi kabi chig'atoy shoirlari o'zlarining bu adabiy shevalariga soddacha "turkcha" otini berganlar. Chig'atoy adabiyotining eng birinchi asari sanalg'on Rabg'uziy "Qissasul anbiyo"sining shevasi "Qutadg'u bilik", "Habatul haqoyiq" kabi xoqoniy turkchasida yozilg'on kitoblarning shevasini eslatadir. Zotan chig'atoy turkchasi o'zidan yuzlab yil burun hukm surgan bir adabiy shevani oz vaqtda tubdan yo'qotib uning joyini o'zi ololmas edi.

Mana shu dalillarga tayanib ayta olamizkim: chig'atoy turkchasi, chig'atoy adabiyoti xoqoniy adabiyotining (Qashqardan Hirotgacha bo'lg'on) yo'li uzun, yili ko'b bir safar natijasida o'zgarib, islom-eron ta'siri ostida qolg'on ikkinchi bir shaklidir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Mana shunday bo'lib maydong'a chiqqan chig'atoy tili kun sayin eron, arab ta'sirlariga berilib musulmonlasha bordi. Navoyi zamonlarida esa emdi arab, fors so'zlarig'a to'lib qolg'on edi. Shunday bo'lsa ham eski nufuzini, eski kuchini yo'qotmadi. Arab, fors adabiyotidan qolishmoq istamay yura berdi. Yolg'iz O'rta Osiyoda emas, butun turk dunyosig'a yoyildi. Tatar tiliga bir ko'b yillar jon ozig'.

Usmonli va Ozarboyjon turklari ham bu adabiyot bilan mashg'ul bo'ldilar, bu shevada she'rlar yozdilar, chig'atoy lug'atlari yasadilar.

Chig'atoy adabiyotining "oltun davri" sanalg'on Navoyilar paytining so'ng kunlarida o'zbek xoni Shayboniy Turkistonga yurish etdi. Chig'atoy xonlarini, shunlar qatorida mashhur Bobir Mirzoni yengib, Turkistondan quvdi. Turkistonda o'zbek idorasi qurdi. O'zbek xonliqlari zamonida ham O'rta Osiyo adabiyoti chig'atoy adabiyoti bo'lib qoldi. Shayboniyxonning urush dostoni atoqliq chig'atoy shoiri Muhammad Solih tomonidan yozildi. Qo'qon xoni Umarxon tegrasiga yig'ilg'on shoirlarning hammalari Navoyining sodiq shogirdlari bo'lib qoldilar. Bu hol zamonimizg'acha davom etdi.

So'ng kunlarda har tomondan o'zbek adabiyoti atalg'on, ish qilib o'zini borliq dunyosig'a chiqarmoq istagan bizning yosh, yangi adabiyotimizga kelganda, bu ham o'zining asoslarini, kerakli moddalarini yana chig'atoy adabiyotidan oldi hamda oladir. Shuning uchun biz bu kungi o'zbek adabiyotini chig'atoychaning madaniylashib bu kunning so'rog'larig'a javob bermak istagan, arab, fors so'zlaridan uzoqlashib elga yaqinlashmoq istagan boshqa bir shaklidir, desak haqiqatdan ayrilg'on bo'lmaymiz.

REFERENCES

1. Ompar. Cap$ (öhphhhh khto6, 5 hhhh 6ocMa). -Tom.-CaM.: Y3ÖeKHCTOH gaBnar HampneTH, 1927. -62 6.

2. Ompar. Hax$ -Tom.-CaM.: Y36eKHCTOH gaBnar HampneTH, 1930.

3. E.^ocHMOB. MnnnHH yfiroHnm. -T.: MatHaBntfr, 2002. -E. 162-202.

4. ^nFaroH rypyHrn. Ehthm fiynnapn. Maopn^ ^M^cap^n^ pyxcarn 6nnaH 6ochhfoh. -T.:1919.

5. «HmrapoKn^H» raseracn. 1919 hhh 4 ^eBpant.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.