Научная статья на тему 'ONA TILIM – MILLATIM FAXRI'

ONA TILIM – MILLATIM FAXRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
731
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’zbek tili / nutq / qonun / bayram / tadqiqot / lotin yozuvi / tarix. / Uzbek language / speech / law / holiday / research / Latin script / history.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Vasila Shonazarovna Mamadayupova

Ushbu maqolada o’zbek tilinning rivojlanish tarixi, uning rasmiy tilga aylanishi va dunyoga yuz tutishi, o’zbek tiliga berilayotgan e’tibor va bu rivoji yo’lida qilinadigan ishlar xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MY MOTHER TONGUE IS THE HONOR OF MY NATION

This article discusses the history of the development of the Uzbek language, its official language and its appearance in the world, the attention paid to the Uzbek language and the work to be done for its development.

Текст научной работы на тему «ONA TILIM – MILLATIM FAXRI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2021 _ISSN: 2181-1601

ONA TILIM - MILLATIM FAXRI

Vasila Shonazarovna Mamadayupova

Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi

v.mamadayupova@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek tilinning rivojlanish tarixi, uning rasmiy tilga aylanishi va dunyoga yuz tutishi, o'zbek tiliga berilayotgan e'tibor va bu rivoji yo'lida qilinadigan ishlar xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, nutq, qonun, bayram, tadqiqot, lotin yozuvi, tarix.

MY MOTHER TONGUE IS THE HONOR OF MY NATION

ABSTRACT

This article discusses the history of the development of the Uzbek language, its official language and its appearance in the world, the attention paid to the Uzbek language and the work to be done for its development.

Keywords: Uzbek language, speech, law, holiday, research, Latin script, history.

Barchamizga ma'lumki, 1989-yil 21-oktabrda O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni, 1993-yil 2-sentabrda "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. Bu yil "Davlat tili haqida"gi qonunning 31yilligi keng nishonlandi. O'tgan shu davrda ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy ijod, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganligi xalqimizni quvontiradi.

Bugungi kunda jahondagi ko'plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari — O'zbekiston Respublikasi bayrog'i, gerbi, davlat madhiyasi qatorida o'zbek tiliga ham hurmat bilan qarab, unga nafis va boy til sifatida yuksak baho berib kelmoqdalar. Har yili 21-oktabr kunini yurtimizda "O'zbek tili" bayrami sifatida keng nishonlanishi an'anaga aylanib qolgan. Chunki, mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish, madaniyat va san'atni yuksak pog'onalarga ko'tarish, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish sohasida qabul qilingan Davlat dasturi ijrosini ta'minlashdek ustuvor yo'nalishdagi vazifalarni bajarish tom ma'noda kundalik hayotimizga tobora singib bormoqda.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning: «...o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga til orqali, ona allasi, ona tilining betakror

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2021 ISSN: 2181-1601

jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir» — degan purma'no so'zlari ona tilimizning naqadar yuksakligi, ahamiyatliligini anglatadi.

Ona tilimizga bo'lgan e'tibor nafaqat mamlakatimizda, balki uni xorijiy mamlakatlarnig adabiyotshunos olimlari tomonidan o'rganilib, o'zbek tilining jahon tillari orasida eng go'zal va nafis til ekanligi, boy tarixga egaligi e'tirof etiladi. Turli anjumanlarda ona tilimizning boy til ekanligi haqida bildirilgan odilona-xolisona fikrlar buni isbotidir.

Mirzo Ulug'bekning «Tarixi arba' ulus» (To'rt ulus tarixi») kitobida quyidagilar bayon etiladi, ya'ni: Sulton Muhammad O'zbekxon o'zining el ulusi bilan ilohiy saodat va fazilatga yetishgach, hazrati Sayid Otaning g'ayb ishorati va Ollohning inoyati bilan ularning barchasini Movarounnahr diyori sari olib keldi. Hazrati Sayd Otaga quloq solishdan bo'yin tovlaganlar bu saodatdan bebahra holda u yerda (Dashti Qipchoqda) qoldilar va «qalmoq» degan nomga mansub bo'ldilarki, buning ma'nosi «qolgan» demakdir. Hazrati Sayd hamda Sulton Muhammad O'zbekxon bilan hamrohlikda Movarounnahrga kelgan kishilardan: «Bu kelgan kishilar kim?» deb so'rardilar. Ularning sardori va podshohi O'zbekxon bo'lgani uchun ularni «o'zbek» deb atadilar. Shu sababli o'sha zamondan boshlab Movarounnahrga kelgan kishilar «o'zbek» deb atala boshlandi.

XVI asr boshlarida Shayboniyxon boshchiligidagi qavmlarning Movarounnahrga kirib kelishi bilan mahalliy aholi tarkibida «o'zbek»larning nufuzi yanada ortgan va asta-sekin bu nom turkiy aholining umumiy nomiga aylangan. Bu esa turkiy tilning tobora kengayishi va nufuzi oshib borishiga keng imkoniyat yaratib bergan. Tilshunos olimlarning fikriga ko'ra, turkiy tillar eramizning IV asrida uch guruhga bo'lingan hamda qarluq, qipchoq, o'g'uz guruhlari vujudga kelgan. Bular orasida eng qadimgi yozuv tili qarluq guruhi zaminida shakllangan azaliy o'zbek tilidir. Tarixda eng ko'p adabiy va ilmiy asarlar ham shu tilda ijod qilingan. Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur singari so'z ustalari ijodi bilan bu til yanada sayqallangan va rivojlangan.

Taniqli rus tarixchisi A.P.Grigoryev shunday deb yozgan: «O'sha paytda (XIII-XIV asrlar) Oltin O'rdada so'zlashuv va yozuv tili sifatida qipchoq lahjasi qo'llanilgan bo'lsada, rasmiy yozishmalar va adabiy matnlarda Chig'atoy lahjasi, ya'ni eski o'zbek tili qo'llanilgan».

Xulosa qilib aytganda, Oltin O'rdaning rasmiy va adabiy tili turk tilining Chig'atoy lahjasi o'zbek mumtoz adabiy tili bo'lgan. Ajdod va avlodlarimizning asrlar osha say'-harakati bilan ona tili — o'zbek tilida samarali ijod qilingan, til qadrlanib rivojlantirilgan, boshqa el-ulus, millat va elatlar o'rtasida keng mushohada qilish hamda o'zaro muloqot o'rnatilib, til madaniyatining ta'sirchanligi va nufuzi oshirib kelingan.

Ma'rifatparvar va zabardast adibimiz Abdulla Avloniy: «Har bir millatning dunyoda borligini ko'rsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur», - degan aniq va teran fikrlarni bayon etganda naqadar haq edi. Uning ona tili va adabiyotni buzish, boshqa tillar bilan aralashtirib, mazmun-

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2021 _ISSN: 2181-1601

mohiyatini o'zgartirish, natijada bir tilning boshqa tildan ustun turishiga, tilning ruhiyatini buzishga qaratilgan har qanday urinish va zid harakatlarga qarshi chiqqanligi quyidagi purma'no so'zlarida yaqqol isbotlanadi. «Zig'ir yog'i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadir. Bobolarimizga etishg'on va yaragan muqaddas til, adabiyot bizga hech kamlik qilmas. Dunyoning lazzati sodiq do'stlar ila suhbat qilmoqdan iborat».

Ushbu dalillar shundan dalolat beradiki, ajdod va avlodlarimiz tomonidan yaratilgan o'zbek tili asrlar osha rivojlanib, turkiy xalqlar orasida keng tarqalib, taraqqiy qilib, yuksak madaniy tilga aylanganligi va o'zining tarixiyligi bilan ham ahamiyatlidir.

Dunyo hamjamiyatida BMT tashkilotining 75-sessiyasida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tarixda birinchi marotaba o'zbek tilida ma'ruza qilishi o'zbek tilini rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

2020-yil 1-oktabr prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o'tkazilgan bayram dasturi davomida til madaniyati, adabiy til va shevalar munosabati, adabiy talaffuz va stilistik mezonlar haqida nazariy hamda amaliy tadqiqotlar olib borish, o'zbek adabiy talaffuzi lug'atini tuzish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek o'zbek tilida har xil matnlar tuzish tartib-qoidalari chuqur izohlangan ilmiy asarlar, nasr va nazm tiliga doir tadqiqotlar olib borish, turli hajmdagi izohli, sinonim, antonim, paronim, omonimlar va imlo lug'atlari hamda qo'llanmalar tuzish til madaniyatini yuksaltirishda o'zining munosib natijasini beradi.

REFERENCES

1. I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" Toshkent 2008-yil

2. Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 1-oktabrdagi ma'ruza

3. Lex.uz

4. Uz.onfomcom.uz

5. Ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.