Научная статья на тему 'ADABIY TILNING BOYISHIDA DIALEKTIZMLARNING O’RNI'

ADABIY TILNING BOYISHIDA DIALEKTIZMLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

2504
205
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dialekt / adabiy / Fitrat / fors / turk / sheva / og’zaki / topilma

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — A. M. Shofqorov, Sh T. Mòminova

Ushbu maqola, o’zbek adabiy tilining paydo bo’lishi, adabiy til me’yorlari hamda uning boyishida dialektizmlarning ahamiyati haqida yozildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIY TILNING BOYISHIDA DIALEKTIZMLARNING O’RNI»

ADABIY TILNING BOYISHIDA DIALEKTIZMLARNING O'RNI

A. M. Shofqorov

Chirchiq davlat pedagogikq instituti dotsenti

Sh. T. Mominova

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola, o'zbek adabiy tilining paydo bo'lishi, adabiy til me'yorlari hamda uning boyishida dialektizmlarning ahamiyati haqida yozildi.

Kalit so'zlar: dialekt, adabiy, Fitrat, fors, turk, sheva, og'zaki, topilma

Adabiy til - muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me'yorlash-tirilgan, mazkur tilda so'zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda adabiy til o'zgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham adabiy til turli davrda turlicha bo'lgan (masalan qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi o'zbek adabiy tili). Ba'zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini o'tagan. Masalan fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba'zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqalar adabiy til bo'lgan.Adabiy tilning ikki -og'zaki hamda yozma ko'rinishi mavjud.

METODOLOGIYA

Har qanday Adabiy til xalq og'zaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy tilsiz boy madaniyatga ega xalq bo'lishi mumkin emas. Shu ma'noda Adabiy til jamiyatning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba'zan uni turli ko'rinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va og'zaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy tilni ayni bir deb bo'lmaydi.Adabiy til o'z mezonlarini egallagan shu tilda so'zlashuvchilar barchasi uchun birdek. U ham yozma, ham og'zaki shakllarda amalda qo'llanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me'yorlariga bo'ysunsada,ko'plab xususiylik hamda umume'tirof etmagan

KIRISH

jihatlarni o'zida mujassamlashtiradi. Turli xalqlarda hamma

May, 2022

davrlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda bo'lmagan. Adabiy til bilan milliy til o'rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo'lgan xalq millat bo'lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasini o'taydi,lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi.Adabiy til bilan shevalar o'rtasidagi munosabat alohida muammoni tashkil etadi.

Shevalar tarixan qanchalik barqaror bo'lsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazardan umumlashtirish shunchalik murakkab-lashadi. Hozirgi kunda ko'pgina mamlakatlar (masalan Italiya, Indoneziya va boshqalar)da shevalar Adabiy til bilan teng suratda qo'llanmoqda.Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchasi bilan bog'lanadi. Ammo bu bog' lanish bir tomonlama.Chunki til uslubiyatlarining o'zi Adabiy til ko'rinishlari hisoblanadi.Ular tarixan shakllangan,muayyan belgilar majmuidan iborat bo'ladi.Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mumkin.Lekin, bu takroriy belgilarning ma'lum shaklda birikishi va vazifasining o'ziga xosligi bir uslubning ikkinchi uslubdan farqini belgilaydi.O'zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) o'zbek Adabiy til rivojini ta'minlovchi muhim voqea bo'ldi. O'zbek Adabiy tili turli xalqlar Adabiy tili rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda.O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to'ldi. O'tgan davr ichida o'zbek adabiy tilini shakllantirish,uning maqomini yanada oshirish yo'lida xayrli va e'tiborga molik ishlar qilindi. Davlatimizning rasmiy hujjatlari ona tilida rasmiylashtiriladigan bo'ldi. O'zbek tili ilmiy til sifatida ilm-fanning deyarli barcha tarmoqlarida foydalaniladigan, ilmiy tadqiqotlar shu tilda bajariladigan va himoya qilinadigan darajaga ko'tarildi. O'zbek tili shakllanishi haqida gap ketganda XX asr boshlarida tilimiz taraqqiyotida o'ziga xos o'rin tutgan professor Abdurauf Fitratning ilmiy faoliyati haqida to'xtalib o'tish o'rinli.

TADQIQOT VA MUHOKAMALAR

Abdurauf Fitratning o'zbek tilshunosligida muhim o'rin tutgan xizmatlaridan biri uning til taraqqiyoti haqidagi qarashlaridir. Olim "Adabiyot qoidalari" nomli adabiyotshunoslikka bag'ishlangan asarida o'zbek tili lug'at boyligining taraqqiyoti masalasiga to'xtalib o'tib, shunday yozadi: "Uch yo'l bilan tilimizga yangi so'zlar kirgizishni talab etmasak, tilimizni boyishdan to'xtatgan bo'lamiz. Bular, yangidan yasaymiz (uchg'ich), yotlardan olarmiz (elektrik), unutilib ketgan eski so'zlarni yangidan kirgizarmiz (qurultoy)". Olimning nazarida, milliy tilni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri har bir tilning o'z ichki

imkoniyatlaridan kelib chiqib so'z yasashdir. Fitratning bu

May, 2022

sohadagi qarashlari bugungi tilshunoslik qarashlari bilan aynan mos keladi. Hozirgi o'zbek tilida ham lug'at boyligini oshirishning samarali yo'llaridan biri o'zbek tilining o'z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib so'z yasash hisoblanadi. Fitratning o'zi misol qilib keltirgan uchg'ich so'zi ana shu asosda hosil qilingandir: uch (o'zak, o'zbekcha so'z) + -g'ich (qo'shimcha, o'zbekcha qo'shimcha), ularning birikishidan hosil bo'lgan hosila - uchg'ich. Tilning ichki imkoniyatidan kelib chiqib yasalgan bunday so'zlar tilni boyitadi, shu bilan birga, uning sofligini, tozaligini ta'minlaydi.

Fitrat tildagi yangi bir hodisani tilning o'z ichki imkoniyati orqali ifodalash imkoni bo'lmasa, u holda boshqa til atamalarini qabul qilish kerakligini ham uqtiradi. Bunday olinma so'zlar o'zbek tili qonuniyatlariga to'g'ri kelishi kerak. Shuning uchun ham olim "Tilimiz" sarlavhali maqolas ida jonkuyarlik bilan shunday yozgan edi: "Hozirgi so'zlarimizdagi arabcha, forsiychalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydur, desangiz to'g'ridir. Biz ham unlarni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz, lekin o'zimizniki qilurmiz. Turkchalashtirurmiz".

Bu bilan olim olinma so'zlarni o'zbek tilining fonetik, morfologik, sintaktik qonuniyatlariga moslashtirishni ilgari suradi. Olinma so'zlarning ayrimlarini til qonun-qoidalariga moslashtirish imkoni mavjudligi uchun ham Fitrat shunday xulosaga kelgan edi. U "qavoidi sarfiya" birikmasini aynan shu tarzda olgan edi. Bu birikmaning birinchi so'zi "qavoid" - qoida so'zining ko'pligi bo'lsa, "sarfiya" esa morfologiyaga to'g'ri keladi, so'z birikmasi tarkibidagi birliklar arab tilining ichki qonuniyatlari asosida birikkan. Olim bu birikmani sarf qoidalari tarzida oladi va tilimizning milliy xususiyatlarini saqlashga, uning ichki qonuniyatlariga amal qilishga harakat qiladi.

Tillarni taraqqiy qildirishning uchinchi yo'li eski so'zlarni "qayta tiriltirish", ya'ni iste'molga kirgizishdir. Fitrat bu o'rinda arxaik tarixda ishlatilgan so'zlarni iste'molga kiritishni nazarda tutadi. Bu omil taraqqiyot ta'sirida unutilib ketgan so'zlar bilan tilning boyishini ta'minlasa, ikkinchi tomondan nutqni osonlashtiradi va yot so'z qabul qilishga ehtiyoj qoldirmaydi. Istiqlolga erishganimizdan so'ng qozi, hokim, tuman, viloyat singari qanchadan-qancha eskirgan kalom sifatida sobiq sho'rolar davrida iste'moldan chiqarilgan so'zlarga qayta hayot bag'ishlandi va bugungi kunda ular tilimizning keng iste'mol qatlamiga kirib ulgurdi.

Hozirgi o'zbek adabiy tilida shevadan so'z olish ham tilning ichki imkoniyati deb qaraladi. Abdurauf Fitratning bu masalaga munosabati qanday edi? Olim "O'zbek tili qoidalari to'g'risida bir tajriba: Sarf, Nahv" nomli o'zbek tili darsligining so'z boshisida bu haqda to'xtalgan va

o'zbek shevalariga o'z munosabatini quyidagicha bildirgan edi:

May, 2022

"Bilamizki, bizning shaharlarimiz yuzlab yillardan beri arab, forsiy adabiyotning hukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar tili buzulg'ondir. Tilimizning sof shaklini daladag'i el-aymoqlarimizda ko'ra olamiz" Olima Muhabbat Qurbonova Abdurauf Fitratning o'zbek tili sofligi uchun kurashchi sifatidagi faoliyatiga yuqori baho berib, quyidagilarni yozadi: "...Bu borada u (Fitrat) o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Alisher Navoiydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Fitratning tilimiz haqidagi orzu-armonlari hazrat Navoiyning fikrlari bilan hamohang..."

Fitrat tilshunos olim sifatida o'zbek tilining so'z boyligi, ichki imkoniyatlari, grammatik qoidalarining tugalligi jihatidan boshqa tillardan qolishmasligini o'z asarlarida ko'p bora ta'kidlaydi. XX asrning 20-yillari boshida respublikamizda bo'lib o'tgan Til va imlo qurultoyida nutq so'zlagan olim masalaga quyidagicha yondashgan edi: "Tilimizdagi so'z boyligi, ishtiqoq kengligi, qoida tugalligi, sarf-nahv ingichlari boshqa sharq tillaridan qolishmas. Bu to'g'rida fors tillarini butunlay keyinga qoldiradir" Abdurauf Fitrat boshqa tillarni kamsitmagan holda o'z tilining sofligi va boyligi uchun kurashgan olim edi. Darhaqiqat, uning bu boradagi xizmatlari, sa'y-harakati Alisher Navoiyning ilmiy faoliyati bilan to'la ma'noda hamohangdir.

REFERENCES

1. A.Muxtorov,U.Sanaqulov "O'zbek adabiy tili tarixi".Toshkent-1995

2. U.Tursunov,B.O'rinboyev "O'zbek adabiy tili tarixi".Toshkent-1982

3. A.Aliyev,Q.Sadiqov"O'zbrk adabiy til tarixidan".Toshkent-1994

4. A.Yu.Aliyev "O'zbek dialektologiyasidan materiallar".Toshkent-1974

5. N.Rajabov"O'zbek shevashunosligi'Toshkent-1996

6. G'.O.Yunusov"O'zbek lahjalarining tasnifida bir tajriba"Toshkent-1936

7. www.google.uz

XULOSA

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.