Научная статья на тему 'TIL XALQ TARIXINING SOLNOMASI'

TIL XALQ TARIXINING SOLNOMASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

853
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / ona tili / til tarixi / oʻzbek adabiyoti tili tarixi / tilni davrlashtirish bosqichlari / til va jamiyat / tilning funksiyalari / language / mother tongue / language history / stages of language chronology / language and society / functions of language

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shuhratbek Qaxxarov

Til tarixiga oid mazkur maqolada til, tilning tarixi, uning yaratilish bosqichlari, inson va jamiyat hayotidagi oʻrni haqida ma'lumotlar berilgan. Unda dastlabki tilning paydo bo'lishi, davrlashtirish bosqichlari, milliy til, shu bilan birgalikda Abdulla Avloniyning til tarixiga doir nazariy qarashlari keng yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article on the history of language provides information about language, the history of language, its stages of creation, and its role in human and social life. It covers the emergence of the first language, the stages of chronology, the national language, as well as Abdullah Avloni's theoretical views on the history of language.

Текст научной работы на тему «TIL XALQ TARIXINING SOLNOMASI»

TIL - XALQ TARIXINING SOLNOMASI

Shuhratbek Qaxxarov

Andijon davlat universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Til tarixiga oid mazkur maqolada til, tilning tarixi, uning yaratilish bosqichlari, inson va jamiyat hayotidagi o'rni haqida ma'lumotlar berilgan. Unda dastlabki tilning paydo bo'lishi, davrlashtirish bosqichlari, milliy til, shu bilan birgalikda Abdulla Avloniyning til tarixiga doir nazariy qarashlari keng yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: til,ona tili, til tarixi, o'zbek adabiyoti tili tarixi,tilni davrlashtirish bosqichlari, til va jamiyat, tilning funksiyalari.

This article on the history of language provides information about language, the history of language, its stages of creation, and its role in human and social life. It covers the emergence of the first language, the stages of chronology, the national language, as well as Abdullah Avloni's theoretical views on the history of language.

Keywords: language, mother tongue, language history, stages of language chronology, language and society, functions of language.

Tildagi har qanday so'zlar, iboralar yo'q joydan paydo bo'lishi mumkin emas. Har bir so'z odamlar hayotining muhim bir qismidir. Tilning har bir inson va butun jamiyat hayotidagi ahamiyati inkor etib bo'lmas darajada yuqori. Til odamlar orasidagi asosiy aloqa vositasi sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, til ko'plab funksiyalarni bajaradi, ularning asosiylari: ma'lumot uzatish usuli va o'z fikrlarini rasmiylashtirish usuli. Ya'ni shuni ta'kidlash kerakki, tilning ma'lum sakkiz ma'nosidan biri xalqdir. Til, eng avvalo, jamoaviy mehnat mahsuli bo'lib,u kishilarni birlashtirish maqsadida yaratilganligi diqqatga sazovordir. Bu uning jamiyat bilan asosiy aloqasini ko'rsatadi. Til o'z xalqining tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Avvalo, til qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy o'zgarishlar, ona yurtimiz boshidan kechirgan taraqqiyoti haqida hikoya qiladi. Aynan mana shu muloqot vositasi ma'lum bir xalqning taraqqiyotini aks ettiradi, unda sodir bo'lgan o'zgarishlarni o'rganib, uning mamlakatining tarixiy merosiga

ABSTRACT

KIRISH

qo'shiladi.

March, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tilning, dastlabki tilning paydo bo'lish masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida ko'plab nazariyalar, ta'limotlar paydo bo'ldi. Lekin bu nazariya va ta'limotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yo'q. Til davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda o'zgarib boradi, ba'zan turli ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Masalan, o'tmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qo'shgan feklar va rimliklar so'zlashgan qadimgi grek va lotin tillari davrlar o'tishi bilan muomaladan chiqib o'lik tilga aylanib qolgan.

Xl asrdan boshlab o'zbek tili til sifatida shakllana boshladi. Turli taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tdi va XIII asrda eski o'zbek adabiy tili ma'lum darajada shakllandi.Eski o'zbek tilining til sifatida shakllanishida buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyos. Navoiy o'zbek tilining rivojiga o'z asarlari bilan katta hissa qo'shgan. Til kishilar o'rtasidagi aloqa vositasi. Olimlarning fikricha, til besh yuz ming yil avval paydo bo'lgan. Barcha narsalar singari til ham o'zgaruvchandir. Shunday ekan, mana shu o'tgan yillar mobaynida qanchalik darajada o'zgarganligini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtayi nazardan o'rganish mushkul. Lekin ba'zi olimlar bu masalaga o'z munosabatlarini bildirib o'tganlar. Demokrit, Platon singari yirik faylasuflar tilning qay tarzda kelib chiqqani to'g'risida bahs-munozaralar olib borganlar va o'z fikrlarini bildirib o'tganlar. Qadim zamonlardan beri tilning kelib chiqishi to'g'risida turli nazariyalar yaratilgan. Ba'zi olimlar til tabiiy yo'l bilan paydo bo'lgan deb hisoblaydilar. Ya'ni narsa va so'z o'rtasida tabiiy bo'g'lanish bo'lganligi sababli insonlar uni o'zlari bilib olishgan degan fikrni ilgari surishadi. Ba'zi olimlar esa til kishilarning bir-biri bilan kelishishlari natijasida vujudga kelgan deb hisoblaydilar. Diniy qarashlarga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, til ilohiy kuch tomonidan yaratilgan va hozirgi holicha insonlarga berilgan.

Hech bir inson o'z ona tilisiga bo'lgan hurmatini hech qachon yo'qotmasligi kerak. Zero tilga hurmat bu- xalqqa bo'lgan hurmatdir. Millat va elatlarni ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Har bir inson o'z tilini bilishi, ulug'lashi, shuningdek, boshqa millatlarning ona tilisiga ham hurmatda bo'lishi lozim. Shuningdek, jadidlar o'zlarining rang-barang janrdagi asarlarida jamiyat taraqqiyotining turli muammolarini aks ettirish bilan birga,

milliy tilning shakllanishi va ravnaqiga ham befarq bo'lmadilar.

March, 2022

Ular qatorida Abdulla Avloniyning ham o'ziga xos o'rni va mavqei bor. Abdulla Avloniy o'zining deyarli barcha asarlarida ona tilini ulug'lash, uni e'zozlash, unga g'amxo'rlik qilish, tilni egallash, nutq madaniyati va nutq axloqi haqidagi fikrlarini ifoda etagan. U tilning xalq tarixi va taqdiridagi o'rni va rolini yuksak bah olaydi: "Har bir millatning dunyoda borligini ko'rsatadurg'on oynai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur". Tilni boyitish va me'yorlash haqida gapirilganda hozirda tilshunoslikda, birinchi navbatda uning o'z ichki imkoniyatlaridan foydalanish tamoyili oldinga suriladi. Mana shu nazariy tamoyilni Abdulla Avloniy o'ta sodda qilib, quyidagicha talqin qiladi:"Yoxud! Bizga na bo'ldi? Bobolarimiz yo'lidan chiqib ketdik." Yaxshi qo'shningdan olg'uncha yomon uyingni qidir", - demishlar. Bobolarimizga etushg'an va yarag'an muqaddas til va adiyot bizga hech kamlik qilmas. O'z uyimizni qidirsak va axtarsak yo'qotganlarimizni ham toparmiz." Yo'qolsa yo'qolsun,o'zi boshimg'a tor edi",-deb Ovrupo qalpog'ini kiyub, kulgi bo'lmak zo'r ayb va uyatdir. Payg'ambarimiz:" Erlarda jamol,lison va tildir",-demishlar". Abdulla Avloniy har bir millat o'z tiliga e'tibor bilan qaramog'i, uning iqboli uchun qayg'urmog'i lozimligini bayon qiladi. O'zbek tilining arabiy, forsiy unsurlar bilan to'lib-toshib ketgani, shuning uchun bu tilni o'z ichki imkoniyatlari asosida rivojlantirish, xalq tiliga yaqinlashtirish zarurligi to'g'risida qayg'uradi va yoshlarni o'z tiliga hurmat va muhabbat qo'yish va uni chuqur o'rganish bilan birga boshqa tillarni bilishga chorlagan. Muallif ijtimoiy-ruhiy til va xususiy bevosita voqelangan nutqni juda chiroyli ifodalar bilan farqlaydi: " Umumiy milliy tilni saqlamoq ila barobar xususiy , og'iz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur". Bu bilan Abdulla Avloniy til va nutq o'rtasida mavjud bo'lgan umumiylik-xususiylik dialektikasini ochib berishga intilgan. Bundan tashqari, o'zbek tilining haqiqiy fan sifatida shakllanishida juda ko'p olimlar tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, A. Kanonov , Y Polivanov, K.Yudaxin,D. Klason, A. Borovkov, N.Bashokov, K.Menges, Y. Ekman, S. Mutallibov, A. Rustamov,V. Reshetov, M.Asqarova, O. Usmonov, Shu.Shukurov, A. Muxtorov, B. Bafoyev, H. Ne'matov kabi qator olimlarining hissalari beqiyos. Bir qator olimlar o'zbek adabiy tili tarixin i 4 davrga bo'lib o'rganadilar: Jumladan, tilshunos olimlardan biri hisoblangan O.Usmonov o'zbek tili tarixini 5 davrga bo'lgan:

1. Qadimgi turkiy tili davri(VI- IX)

2. Qadimgi o'zbek tili davri(IX-XII)

3. Eski o'zbek tilining ilk davri(XIII- XIV asrlar)

4. Eski o'zbek tili(XIV-XIX asr)

5. Hozirgi zamon o'zbek adabiy tili.

March, 2022

Shuningdek, Turkiya tilshunoslik jamiyati faxriy a'zosi, xalqaro finugar jamiyatining muxbir a'zosi, filologiya fanlari doktori hisoblangan turkiyshunos olim A.M. Shcherbak ham til tarixini, xususan o'zbek tilining tarixini o'rganishda ko'plab tadqiqot ishlari olib borgan. Olim o'zbek adabiyoti tili tarixini 4 davrga bo'lib o'rganadi.

1. O'zbek adabiyoti tilining eng qadimgi davri (X-XIII asrlar)

2. O'zbek adabiyoti tilining o'rta "Chig'atoy tili" davri (XIV-XVII asrlar)

3. O'zbek adabiyoti tilining yangi davri (XVII-XVIII asrlar)

4. O'zbek adabiyoti tilining eng yangi davri (XIX-XX asrlar)

Darhaqiqat, til-hayotning boshlanishi. Inson o'z ona tili yordamida yangi tushunchalar va munosabatlarni anglay boshlaydi. Mashoyixlaridan biri: "Ko'p tilni bilish bitta qulfga tushadigan bir nechta kalitga ega bo'lish kishidagi ma'rifat va ma'naviyatning muhim belgisidir. Shuning uchun ham bundan ko'p yillar oldin ma'rifatparvar olim Avaz O'tar tilni bilish to'g'risida:

Lozim siza har tilni bilib ona tilidan,

Bilmakka oni g'ayrat eting foidai kondur deb ta'kidlaydi.

She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomiz ham o'z asarlarida til o'tkirqurol ekanligini, so'zning kuch qudratini ko'rsatib berganidek asrlar osha sayqal topib kelgan boy, serjilo va go'zal tilimizni qadrlash, uni yanada rivojlantirish lozim ekanligini aytib o'tgan.

Xulosa qilib aytganda, tilni sevish ham vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzidir. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev aytib o'tganlaridek: "Ona tilimiz-milliy ma'naviyatimizning tuganmas bulog'idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko'rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.

REFERENCES

1. Ne'matova D. O'zbek ilmiy tilshunosligi. - Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2020.-

XULOSA

160 b

2. Nurmonov A. Tanlangan asarlar.- Toshkent: Akademnashr, 2012. Jild II.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.