Научная статья на тему 'ONA TILI KELAJAGIGA BARCHAMIZ MAS’ULMIZ'

ONA TILI KELAJAGIGA BARCHAMIZ MAS’ULMIZ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
73
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / turkiy tillar oilasi / jamiyat / demokratiya / Vatan / millat kelajagi va h.k. / native language / Turkic language family / society / democracy / Motherland / future of the nation / etc.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G.Xudayqulova

Til bu millat ko’zgusidir. Uni asrab-avaylash va keying avlodlarga yetkazish esa bugungi zamon kishisining birlamchi vazifasidir. Ushbu maqolada Ona tilimiz kelajagi haqida bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WE ALL ARE RESPONSIBLE FOR THE FUTURE OF THE NATIVE LANGUAGE

Language is the mirror of the nation. Preserving it and passing it on to the next generations is the primary task of modern man. This article talks about the future of our native language.

Текст научной работы на тему «ONA TILI KELAJAGIGA BARCHAMIZ MAS’ULMIZ»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ONA TILI KELAJAGIGA BARCHAMIZ MAS'ULMIZ Xudayqulova Gulasal Qilichovna

Chirchiq shahar 3-umumtalim maktabi https://doi.org/10.5281/zenodo.7406663 Annotatsiya. Til bu millat ko'zgusidir. Uni asrab-avaylash va keying avlodlarga yetkazish esa bugungi zamon kishisining birlamchi vazifasidir. Ushbu maqolada Ona tilimiz kelajagi haqida bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: ona tili, turkiy tillar oilasi, jamiyat, demokratiya, Vatan, millat kelajagi va

h.k.

МЫ ВСЕ ОТВЕТСТВЕННЫ ЗА БУДУЩЕЕ РОДНОГО ЯЗЫКА Аннотация. Язык - зеркало нации. Сохранить его и передать следующим поколениям - первостепенная задача современного человека. В этой статье говорится о будущем нашего родного языка.

Ключевые слова: родной язык, тюркская языковая семья, общество, демократия, Родина, будущее нации и др.

WE ALL ARE RESPONSIBLE FOR THE FUTURE OF THE NATIVE LANGUAGE Abstract. Language is the mirror of the nation. Preserving it and passing it on to the next generations is the primary task of modern man. This article talks about the future of our native language.

Keywords: native language, Turkic language family, society, democracy, Motherland, future of the nation, etc.

Bugun jahon bo'ylab o'zbek tilining obro'-e'tiborini oshirishga jiddiy e'tibor qaratilayotganiga hammamiz guvoh bo'lib turibmiz. Sir emaski, 21-oktyabr sanasining "O'zbek tili bayrami kuni" deb e'lon qilinishining o'zi bu borada hech bir izohga o'rin qoldirmasa kerak. Tilimiz mavqeini tubdan oshirishga qaratilgan Farmon doirasida boshlangan ishlar esa tom ma'noda davlat boshqaruvining barcha bo'g'inlarida aks-sado bera boshladi. Ammo, afsuski, tilimiz taraqqiyotiga xizmat qilish yo'lida hamon mas'uliyatni his etmaslik, milliylik, boringki, davlat siyosatiga panja ortidan qarash holatlari uchrab turibdi. O'zingizga yaxshi ma'lum, poytaxt mamlakatning yuzi. Unda millatning ming yillik an'analari zamonaviy turmush bilan uyg'unlashadi. Turkiy tillar orasida o'zbek tilining o'rni beqiyosdir. Dunyoda jamiyki 5000 ta til orasida bizning Ona tilimiz alohida tarovotga egadir. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, bugungi kunda bir yil ichida yuzdan ortiq tillar yo'qolib bormoqda. Buning asosiysi sababi, ushbu tillarda gaplashadigan aholining tubdan kamayib ketishidir. Texnologiyalar ixtirosi bilan dunyo populyatsiyasi umumiy tilga ega bo'lsihni nisbatan osonroq deb xulosa qilishdi. Ammo siz-u bizga sir bo'lmaganidek, dunyoda shunday fikrlar va tushunchalar mavjudki, ular faqat o'zi ifoda etilgan tildagina tushunarli, agar barchamiz bir til va bitta madaniyat bo'yicha jon saqlab qolsak, qanday oltinga teng ma'naviy merosimizdan ayirilishimizni tasavvur qilishning o'zi ayanchli. Olimlarning fikricha, eng kam sonli tilning bugungi kundagi foydalanuvchisi atigi 100 kishini tashkil qiladi. Biz, o'zbek xalqi, shukr qilishimiz kerak bo'lgan narsa, ona tilimizda qariyib 30 milliondan ortiq aholi gaplashib kelmoqda. Eng hayratlanarlisi, dunyoning boshqa davlatlarida ham bu tilda gaplashuvchilar, ilmiy izlanish qilayotgalar va umrini ushbu til kelajagiga bag'ishlayotganlar bordir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ona tili - millatning ruhi, uning or-nomusi, ma'naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o'z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta'min etadi. Har bir millatning o'z Vatani, oilasi bo'lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo'ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo'lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo'ladi. Hattoki, go'dak ham o'z vatanini, ota-onasini, dunyoni o'z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o'rni beqiyos bo'lganidek, insonning hayotda o'z o'rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o'rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg'u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek : "Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug'urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur".

Suvsiz daryo bo'lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub bo'lgan til, o'sha millat bilan yashaydi va bardavom bo'ladi. Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O'zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo'shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo'lgan o'zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So'z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o'zi yashagan murakkab davr - XV asrda tilimiz ximoyasiga otlanib, turkiy til o'z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jigatdan isbotlab berdi. O'zining "Hamsa" kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o'zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo'lgan xalqning buyuk tili ham bo'ladi. Insonnig qanday ma'naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo'ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma'naviy merosi, urf-odatlari va an'alari unda mujassam bo'ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to'liqligicha yetkazishimiz kerak. Birinchi Prezidentimizning ta'bri bilan aytganda "O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-milliy bog'liqlik til orqali vujudga keladi". Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi. 1989-yil 21-oktabrda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi. O'zbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so'ng barcha davlat hujjatlari o'zbek tilida yuritiladi, gazeta va jurnallar o'zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda "Lotin tiliga asoslangan o'zbek alifbosini tuzish tog'risida"gi qonun qabul qilingandan so'ng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o'rin egallash muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shu sababli chet ellerda ham o'zbek tiliga qiziquvchilar, uni o'rganuvchilar soni ortib bordi. Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo'lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida o'zbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma'no va jozibadorligidan darak beradi. Rossiyalik tilshunos olima, professor A. M. Kozlyanina "O'zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador" deb bejiz ta'kidlamagan. Shunday ekan ona tilimizning shundayin go'zalligini, sofligini keying avlodlarga yetkazish bizning vazifamizdir. Negaki, ona tilni ulug'lash, asrab-avaylash o'sha tilda so'zlashadigan har bir insonning burchidir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi. Hammamizga ma'lumki, mashhur bo'lgan A. Navoiy bobomizga tegishli "Ko'ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so'z bil". Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so'zdir. O'zbek tilining so'zlari shu qadar ma'noli, ko'pki bitta ma'noga ega bo'lgan tushunchasi bir nechta so'zlar orqali ifodalash bo'ladi. Masalan, birgina ko'z so'zining bir necha ma'nolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli so'z, bir necha so'zlar bilan ifodalansa, ya'ni sinonim so'zlari qanchalik ko'p bo'lsa, ayni shu til boy til hisoblanadi. Ko'plab adiblarimiz til haqida ko'plab hikmatli so'zlarni aytganlar va tilni turlicha ta'riflaganlar. Masalan, "Til-millat ko'zgusi", "Til-ma'naviyat ko'zgusi", "Til-millatning bebaho boyligi" va shu kabilardir. Shuni ta'kidlash kerakki, o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo'lidagi muhim qadamlaridan biri bo'lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo'lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o'zgarishlar yuz berdi. O'zbek tilining xalqaro miqyosda obro'si oshdi. "Davlat tili haqida"gi qonun ona tilimizning bor go'zalligi va jozibasini to'la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug'atlar, darslik va o'quv qo'llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so'z va so'z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo'llaniladigan so'zlarni o'z ichiga olgan besh jildlik "O'zbek tilining izohli lug'ati" bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.

REFERENCES

1. Shayxislamov N. Ona tili darslarida o'quvchilar nutqini o'stirishning asosiy yo'nalishlari //Science and Education. - 2020. - T. 1. - №. 4.

2. Xakimova I. M., Sadirov A. A. Zamonaviy tilning yoritilishi //Science and Education. -2020. - T. 1. -№. 4.

3. Adelya I. N., Islombek S. K., Axmedova M. M. Rol literaturbi v formirovanii grajdanskogo prava //Science and Education. - 2020. - T. 1. - №. 4.

4. Ravshanova G. R. Kreativlik-shaxsning yaxlit tarzda rivojlanishi omili //Science and Education. - 2020. - T. 1. - №. 3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.