Научная статья на тему 'O’ZBEK TILI O’ZLIGIMIZ TIMSOLI'

O’ZBEK TILI O’ZLIGIMIZ TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
180
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / xalq / davlat / jamiyat / imlo / yozuv / turkiy tillar / fikr / milliy madaniyat / davlat tili

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Allamova Charos Amatbayevna, Nazarova Saida Bekdurdiyevna

Mazkur maqolada tilning inson hayotida tutgan beqiyos o’rni, o’zbek tilining taraqqiyoti, shuningdek, o’zbek tilining bugungi kundagi rivoji haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILI O’ZLIGIMIZ TIMSOLI»

JffiTALQINVA *<il]

\-#TADOIQOTLAR No, 2022

moi

ilmiy-uslubiy jumaU

O'ZRFI^ TTT T - n'7T TCTMIZ TTTVTSnT T

O'ZBEK TILI - O'ZLIGIMIZ TIMSOLI

#

>

! >V * ;>

Allamova Charos Amatbayevna

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili o'qituvchisi Nazarova Saida Bekdurdiyevna Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7240862

I >j>!

Annotatsiya: Mazkur maqolada tilning inson hayotida tutgan beqiyos o'rni, o'zbek tilining taraqqiyoti, shuningdek, o'zbek tilining bugungi kundagi rivoji haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: til, xalq, davlat, jamiyat, imlo, yozuv, turkiy tillar, fikr, milliy madaniyat, davlat tili.

j i> ;>| 'H >

Har bir xalq o'zi yaratayotgan moddiy ne'matlar bilan faxrlanishga haqli. Ammo tabiatda shunday boylik borki, unga ega bo'lmasdan, avaylab-asramasdan,

»

m?

rivojlantirmasdan turib kamolotga erishib bo'lmaydi. U ham bo'lsa, millatga berilgan ulug' ne'mat - tildir. Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: "Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur".

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida g'oyat muhim o'rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

Barchamizga yaxshi ma'lumki, tilimizga davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi. Uning shonli rivojlanish tarixiga bir nazar tashlaylik. Ma'lumki, o'tmishda Vatanimiz hududida mavjud bo'lgan davlatlarda musulmon dini hukmron din hisoblangan. Bu davlatlar hududida davlat tili arab tili va qisman fors-tojik yoki turkiy (eski o'zbek) tillari bo'lganligi uchun ish yuritish hujjatlari, ko'pincha, fors-

J-jt

7" -fi M l-\ n ^ r-7 n n rtnn nvnl^ 1 -i s~\ Tnifi + i I rrrrn T +1 n -4-11 1 /"»t n haIaiim n 11 nx 7 1

tojik tili, ba'zan esa arab tilida yuritilgan. Lotin tili Yevropa uchun qanday rol

o'ynagan bo'lsa, o'tmishda arab va fors-tojik tillari ham O'rta Osiyo hududidagi

davlatlar uchun xuddi shunday nufuzga ega bo'lgan. Lekin bundan O'rta Osiyo i 1 > J "i>

hududidagi davlatlarda eski o'zbek tilida umuman ish yuritilmagan edi, degan xulosa

! K*

kelib chiqmaydi. Ma'lumki, Ko'hi Mug'dan topilgan So'g'd hujjatlari orasida VIII asrda turkiy tilida yozilgan hujjat ham topilgan. Shuningdek, Xorazm shohi Muhammad, mo'g'ullar hukmronligi, Qutlug' Temur davri, undan keyingi Amir

lV-4 N J ^

i >■;> >

JffiTALQINVA *<il]

\-#TADOIQOTLAR No, 2022

№3 2022

ilmlyuslublyjumali l"-,J

miiif-iwuuif juiiian

1 ]JML J s

Temur davri, o'zbek xonliklarida ko'pgina hujjatlar eski o'zbek tilida ham

tuzilganligi haqida manbalarda qator dalillar mavjud.

Bu borada temuriy Husayn Boyqaro (1438-1506)ning xizmati alohida diqqatga

sazovordir. U maxsus farmon chiqarib, o'zi hukmronlik qilgan davlatda eski o'zbek

№1

tili (turk-chig'atoy)da ish yuritilishini joriy etgan edi. Ammo o'sha davrdagi ayrim siyosiy-ijtimoiy, huquqiy sabablarga ko'ra, hatto aholisining mutlaq ko'pchiligini o'zbeklar tashkil qilgan Buxoro amirligi, Qo'qon xonliklari devonlari hamda

! \m-

davlatning boshqa tashkilotlarida, o'sha davr an'anasiga ko'ra, hujjatlarning asosiy qismi fors-tojik tilida tuzilgan.

Haqiqatan ham, til inson uchun berilgan buyuk ne'mat, u milliy madaniyatning ham muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat aloqa quroli, balki inson shaxsini fazl-u kamolga yetkazuvchi, uning xulqi-odobi, insoniy xislat va fazilatlari uyg'unligini ta'minlovchi ibrat va tarbiya manbai hamdir. Zero, u xalqqa kuch-quvvat, ruhiy barkamollik bag'ishlaydi. Bundan tashqari u inson faoliyatida borliqni bilish, fikr

almnfinifin inmrr'nnl rrnti Ki 11 m 1 o m 1 o T rl Arlnon OTM Anrrn T raf 1/ O>71 o n irAfninrinir I 11 r\ o

almashish, jamg'arilgan bilimlarni avloddan-avlodga yetkazish vositasidir. Tilda

millatning bor-yo'g'i, o'y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg'ulari aks etadi. Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi.

Darvoqe, jamiyat hayoti, inson kechinmalari naqadar rang-barang bo'lsa, til ham

iw -

shu qadar serjilodir. Til qanchalik serqirra bo'lsa, boyisa, millat ma'naviyati ham shu qadar yuksaladi. Ona tiliga hurmat, avvalo, uning sofligini ta'minlashga intilish orqali yuzaga chiqadi. Til sofligi dolzarb masala sanaladi. Ayni kunda til mavzusi barchaning diqqat markazida. Tilimiz taqdiri va tarixi bilan qiziqqan har bir

vatandoshimiz bu mavzuga qo'l urmoqda. Chunki bunga majbur bo'lyapmiz. Misli

. . ...... . ....... ...

tilloga teng ona tilimiz qadrini bilmayapmiz. Ko'cha-kuyda g'aliz va o'rinsiz

AA nnim rA^rrnn PA T T m 1 |-\At*n I n r AA n rr fn Kl n n 1 \7irn A1 AA1

qo'llanilayotgan so'z va iboralar odamning ta'birini xira qiladi.

1989-yili o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi amalda tilimiz ravnaqi uchun butunlay yangi davrni boshlab berdi. Mana qariyb 30 yildan oshdi. Uzoq o'tmish uchun bu dengizdan tomchidek gap. Lekin o'tmishga nazar soladigan bo'lsak, ne -ne ulamolar, ilmiy xodimlar, fan arboblari o'z ona tili bo'la turib, ilmiy ishlarini rus tilida himoya qilganliklari, darsliklarda ham o'sha vaqtlarda deyarli ko'pchilik atamalarning boshqa tillarda ifodalanishi juda achinarli holat, albatta. Vaholanki, biz J-jt haligacha ona tilimizning ichki imkoniyatlaridan, adabiy tilimizning tuganmas bebaho boyligidan to'liq foydalanayotganimiz yo'q.

Darhaqiqat, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi o'zbek xalqining siyosiy va madaniy hayotida eng yirik voqealardan biri bo'ldi. Endilikda biz qanchadan-qancha ulug' bobolarimiz ilmiy meroslarini, ma'naviy meros hisoblanmish hikmat durdonalarini, badiiy asarlarini, tarixiy memuar asarlarini o'z ona tilimizda sevib mutolaa qilayapmiz. Ayni damda davlatimizning muhim hujjatlari ham shu tilda yozilmoqda. Ona tilimiz davlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli

U>,* ^ «KQs

Шг

И»-

I

J

>>

Ы J> 1

b>4r> Ы *

ЩУ

Ы*

* >

Я*

Ы >

1 >> j У

. vjTALOIN VA • ^TADOIOOTLAR

ilmiy-uslubiy jumaH

№3 2022

] >4>

Ы >

\ Й:> Щ

Ш>

i >p

Ы j>

Ы >

i >j>

Ы >

minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qo'llanmoqda. Hatto Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida davlat tilida nutq so'zlashi tilimizning yanada yuksakligi, ona tilimizga bo'lgan e'tibori va hurmati ramzidir. Tilimizning millatimiz ruhi ekanligini yana bir karra dunyo miqyosiga isbotladi.

Xulosa qilib aytganda, ona tilini sevish ham vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzidir. O'z tilini hurmat qilgan xalq o'zligini, o'z g'ururini asrab-avaylagan bo'ladi. Ona tiliga muhabbat har bir so'zning ma'nosini chuqur anglagan holda ishlatish, uni yaxshi bilish, asrab-avaylash kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi. Shunday ekan, biz, ayniqsa, o'zbek tili o'qituvchilari tilimizning beqiyosligini, rang-barangligini, kelgusi avlodga teran yetkazishimiz muqaddas burchimiz ekanligini aslo unutmasligimiz kerak. Zero, davlat tili birligimiz, borligimiz ramzidir. Shuningdek, ayni damda yoshlarimiz ongiga milliy g'urur va nafosatni yuksaklarga ko'tarishni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy jihatdan taraqqiy etishi, xalqaro obro'-e'tiborining yuksalishi uchun ona tilimizni yanada boyitish, uni puxta egallashimizga ham ko'p jihatdan bog'liq ekanligini takror va takror uqtirishimiz zarur. Ana shunda yosh avlod qalbida tilimizga yanada mehr oshadi, kelajakda ular o'z ma'naviy barkamolligini ko'rsata olishi, shubhasizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh. Shoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili, 1 -qism., Toshkent, 1980.

2. R. Sayfullayeva va boshqalar. Hozirgi o'zbek tili. Toshkent, 2007.

3. Sanaqulov Usmon. O'zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari. T.,2004.

4. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. T., 1972;

5. www.ziyo.uz.

Qj^f^S).

* -4v ,--

161

q >3*

!>3*:

Ш

»

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ыщ

* I |>

s1 >i#;

Щ >

*ф>

ИИ>

Jj

ш

Щ >

S ]>>>

ЗИ >

ы >

*ф>

]>Ж

q >р q >fi

|:Н>

q > >

Ы >

q

q <;>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.