Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA NUTQ MADANIYATINING O‘ZIGA XOSLIGI'

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA NUTQ MADANIYATINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’zbek tilshunosligi / ma’naviy –ma’rifiy / madaniyat / o‘zbek adabiy tili / tilshunoslik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shodiyev Rahimjon Safarovich, Ergashova Feruza Yuldashevna

Mazkur maqoladao’zbek tilshunosligiuchun dolzarb masalardan biri atrofidafikr yuritiladiNutq madaniyati o‘zbek tilshunosligini o‘ziga xos amaliy sohasi ekanligi, o‘zbek tiliga davlat tili maqominingberilishi Respublikamizda davlat ishlarining, o‘qish-o‘qitish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarining o‘zbek tilida olib borilishi, nuqt madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san’at, radio, televideniya va davriy matbuotning ahamiyatihamda O‘zbek tili qadim tarixiga va o‘zining betakror yozma an'analariga ega bo‘lgan nufuzli tillardan birihaqida ma’lumot berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA NUTQ MADANIYATINING O‘ZIGA XOSLIGI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA NUTQ MADANIYATINING O'ZIGA

XOSLIGI

Shodiyev Rahimjon Safarovich1, Ergashova Feruza Yuldashevna2

"Chet tillar"kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti,

Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston1 "Chet tiUar"kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston2 shodiyevrahimjon73@gmail.com1, ergashovaferuza252@gmail.com2 https://doi.org/10.5281/zenodo.13148572 Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek tilshunosligi uchun dolzarb masalardan biri atrofida fikr yuritiladi Nutq madaniyati o'zbek tilshunosligini o'ziga xos amaliy sohasi ekanligi, o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Respublikamizda davlat ishlarining, o'qish- o'qitish, ta'lim- tarbiya, targ'ibot- tashviqot ishlarining o'zbek tilida olib borilishi, nuqt madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san'at, radio, televideniya va davriy matbuotning ahamiyati hamda O'zbek tili qadim tarixiga va o'zining betakror yozma an'analariga ega bo'lgan nufuzli tillardan biri haqida ma'lumot berilgan Kalit so'zlar: O'zbek tilshunosligi, ma'naviy - ma'rifiy, madaniyat, o'zbek adabiy tili, tilshunoslik.

1 KIRISH

Til ham, fe'latvor ham odamga qon bilan kirib, uning butun jismijoniga taralib ketuvchi ananalar ekan, bularga e'tibor bermaslik, hamisha katta - kichik fojialarni keltirib chiqaradi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining to'liq shakllanganligi va o'lkan ijtimoiy vazifani bajarayotganligi hech birimizga sir emas. Bu til diyorimiz vakillari uchun umumiy til sifatida shakllandi.

O'zbekiston Prezident Sh Mirziyoyevning Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini taomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi farmonida ma'naviy - ma'rifiy tarbiyaga, til masalalariga alohida e'tibor berilgan. Til bor ekan,

millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o'z onasini ko'rmasdan, uning sof muhabbatini,

mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas[1].

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so'zlagan nutqida "Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin". Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o'z so'zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar[2]. 2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Har bir bo'lajak mutaxassis, eng avvalo, o'z ona tilining chinakam sohibi bo'lmog'i kerak. Shuni ham aytish joizki Respublikamizda davlat ishlarining, o'qish-o'qitish, ta'lim- tarbiya, targ'ibot- tashviqot ishlarining o'zbek tilida olib borilmoqda. Tilga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o'rganishishlari keng ko'lamda olib borilmoqda. Ayni

vaqtda, tilning ijtimoiy vazifasining bajarilish darajasini belgilovchi omillardan biri bo'lmish nutq madaniyati sohasini chuqurroq o'rganish oldimizga qo'yilgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Dunyoda tillar ko'p, ammo har bir xalqning, har bir jamiyatning o'zi uchun qadrli bo'lgan qadim-qadimdan shakllanib, sayqallanib kelayotgan tili mavjud. Til aynan jamiyatga, millatga tegishli bo'lganligi uchun ham uning xususiyatlarini jamiyat a'zolari ochib beradilar va bu tilning xalq orasida, jamiyatda qanday o'rin tutishini ham belgilab beradilar. O'z ona tilini anglab, qadrlab, uning yuksalishi uchun, boshqa xalqlar tillari orasida ham o'z o'rniga ega bo'lishi uchun oz bo'lsa ham o'z hissasini qo'shgan insonni adashmay xalqparvar, chinakam ma'naviyatli insonlar qatoriga qo'sha olamiz. Aksincha, tilimiz boyliklariga putur yetkazib, o'zining tiliga, oilasiga, jamiyatiga, xalqiga, qolaversa, o'ziga, o'zligiga hurmatsizlik qilayotgan inson esa faqat jaholat botqog'iga botadi, bu ham yetmaganidek yon-atrofidagilarni ham qo'shib shu botqoq tomon olib ketadi. Biz ota-bobolarimizdan qolgan ushbu muqaddas merosni asrab-avaylamog'imiz lozim. Zero, til jamiyatning ma'naviyati va madaniyati ko'zgusidir.

O'zbek tili qadim tarixiga va o'zining betakror yozma an'analariga ega bo'lgan nufuzli tillardan biridir. O'zbek tili O'zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu Respublika hududidagi boshqa millat va elat tillarining qo'llanishi, rivojlanishi, O'zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o'z ona tillarida erkin muloqot qilishi uchun aslo monelik qilmaydi. "Davlat tili haqida"gi Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoyalanishi belgilab qo'yilgan. Bu esa xalqimizning boshqa millat va xalqlarning tarixiga, madaniyatiga, tiliga bo'lgan cheksiz hurmatini

PPSUTLSC-2024

. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

ifodalaydi. Zero, o'z Ona tilini qadrlagan millatgina o'zgalarning ham ona tiliga hurmat bilan qaraydi. Shveysariyalik tilshunos olim Ferdinand de Sosyur talqinida shunday degan: "Til hamma uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy, ruhiy hodisadir. Nutq esa ma'lum bir muayyan shaxs tomonidan o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib fikrini bayon etishdir"[9. 256 b]

Til-ijtimoiy hodisa ekan, u insonlarning o'zaro muloqotga kirishuviga va munosabatda bo'lishiga xizmat qiladi. Hamma tildan birdek foydalana oladi. Hamma uchun til barobardir. Shuning uchun ham til jamiyatga tegishli. U jamiyatda paydo bo'ladi, shakllanadi, vaholanki, uning umrboqiyligi ham, qadrsizlanib izsiz yo'q bo'lishi ham shu jamiyatga bog'liq.

Tilimiz benihoya boy, uning zaxirasi bir necha yuz ming yilliklarlar bilan o'lchanadi. Tilimizning bu boyligidan foydalana olish esa o'zimizga bog'liqdir. Vaziyatga ko'ra ish tutib, so'z ishlata olish yesa bizning qanchalik ma'naviyatga ega ekanligimizni ko'rsatadi. Shu xususida, Alisher Navoiyning "Ko'ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so'z bil", degan hikmatli so'zi fikrimizning yaqqol dalilidir. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, tilimiz benihoya boydir va bu boyliklardan o'rinli foydalanish esa faqat nutqimizni bezaydi.

O'tmishda o'lkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni, avvalo, o'z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, din-u diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urundilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi ma'lum. Taqdir bizni shunday murakkab sinovli kunlarda xalqimiz ma'naviyati va Ona tilimizning himoya qalqoniga aylangan ne-ne alisherlar, boburlar, abdullolar, fitrat-u, cho'lponlar bilan siyladi

Jasur va matonatli xalqimiz har qanday og'ir sinovlarda ham o'z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashib o'tdi. Bu yo'lda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo'ravonliklarga qaramasdan, o'z ona tilini, milliy g'ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi. Shunday ekan, bobomeros, momomeros o'z ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go'zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tarannum etishimiz lozim. Uning tarovatini boricha saqlab qolsak, unga sayqal bersak, zamonaviy yondashuv bilan raqamli tizimlarga joylasak, milliy tilimizdagi ma'rifiy dasturlarni yaratsak, tilimiz kelajagi yanada charog'on bo'ladi.

Tilni sevish, uni ardoqlash millatni sevish va uni qardlash bilan tengdir. Xalqimizning necha asrlik boy

www.in-academy.uz

tarixi, ko'hna va serqirra madaniyati o'zbek tili ta'sirida shakllangan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida yoshlarimizning yutuqlari, sportchilarimizning g'alabalari sharafiga o'zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir. Men o'zbek tilining nafis tarovatini ona tilimda bitilgan, o'zim o'qigan badiiy asarlarda ko'rdim, "O'tkan kunlar"da Kumush momomning bitgan maktublarida his etdim. Tilimizga nisbatan "ONA" so'zi ishlatilar ekan, biz ham o'zbek millatining sadoqatli qizlari sifatida tilimiz sofligini onalarimiz allasi bilan qalbimizga joylaymiz va kelajak avlodga eltamiz. Kelgusida ona tilimiz rivoji uchun o'z hissamizni qo'sha olish baxti biz o'zbek qizlarining ham qalbida ulkan iftixor uyg'otadi.

Nutq madaniyati o'zbek tilshunosligini o'ziga xos amaliy sohasidir. Nutq madaniyati hozirda tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etish umum madaniyatimiz taraqqiyotida, shuningdek, oliy maktablarda, o'rta maxsus o'quv yurtlarida, o'rta maktablarda dars o'tish jarayonini yanada yaxshilash bilan ham bog'liq. 3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda nutq madaniyati faninig barcha o'quv yurtlarida o'qitilishi quvonarlidir. Chunki notiqlik san'ati sirlarini bilish, o'rganish barcha soha vakillari, mutaxassis uchun, umuman, har qanday madaniyatli inson uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. O'zbek adabiy tili va uning me'yorlarini ilmiy jihatdan o'rganish ham o'zbek nutq madaaniyati sohasi uchun nihoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, adabiy til me'yorlarining umumiy holatini, undagi turg'un va noturg'un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib, nutq madaniyati haqida gapirish mumkin emas[6].

Chunki nutqimizdagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug'ullanishishiga faqat tilshunoslargina emas, respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha soha vakillari e'tibor berishlari maqsadga to'la muvofiq bo'lar edi. Chunki, nutq madaniyati umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, kishilarni yuksak madaniyat sohibi bo'lishlarini belgilaydi. Shuning uchun ham mafkuraviy kurashning asosiy quroli bo'lgan tilning har qachongidan ham o'tkir va keskin bo'lishini taqozo etadi.

O'rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati o'ziga xos mavqeyga egadir. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda notiqlik, voizlik, ya'ni va'zxonlik "Qur'on" ni targ'ib qilish bilan mushtarak holda so'zning ahamiyati, ma'nosi va undan o'rinli foydalanish borasida ko'p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana

PPSUTLSC-2024

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

shu nuqtai nazardan qaralsa, "Nutq odobi", "Muomala madaniyati" nomlari bilan yuritilib kelingan" nutq madaniyati" tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortgan: Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Mahmud Qoshg'ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf XosHojib, Ahmad Yugnakiy, So'fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug' siymolar nutq odobi masalalariga umuman, nutqqa jiddiy e'tibor berish bilan birga tilga, lug'atga grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozganlar.

Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o'zining "Geodeziya" asarida har bir fanning paydo bo'lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi[3.38b]

O'tgan asrning 20-yillaridan so'ng o'zbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til me'yorlariga asoslanadi. Bu me'yorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adib-u shoirlar (Qodiriy, Cho'lpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qo' shdilar. 4 TAHLIL VA NATIJALAR Nutqiy mahorat nafaqat adabiy me'yorlarga amal qilish, balki o'zaro mavjud bo'lgan variantlardan mazmunan eng to'g'ri, eng maqbuli va ifodasini tanlab olish mahoratdir. Yuksak nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini ,fikrlash madaniyatini, tilga nisbatan ongli mehr muhabbatini nomoyon qiladi. Badiiy adabiyot tili o'zining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyati sohasidagi yutuqlari va an'analarini mustahkamlaydi va boyitadi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa bo'lib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bog'liq holda taraqqiy etadi. Jamiyat a'zolarining ma'daniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va me'yorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda nuqt madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san'at, radio, televideniya va davriy matbuotning alohida o'rni bor. Ayniqsa, adabiy tilni me'yorlashtirish va nutq madaniyatining shakllanishi va nutq madaniyati nazaryasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli imlo, talaffuz, o'quv va boshqa maxsus lug'latlar muhim ahamiyatda ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

www.in-academy.uz

[1] Prezident Sh Mirziyoyevning Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini taomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi farmoni 20.10. 2020 yildagi PF-6084 son.

[2] O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.

[3] A'zamov E. Yuksak pog'ona. Ma'naviyatning oydin yo'li. T.:Ma'naviyat, 1996.

[4] Jumaxo'jayev N. Yuksak ma'naviyat belgisi. Xalq so'zi 1997 y 5 noyabr

[5] Imomnazarov M. Milliy ma'naviyatimizning takomil bosqichlari. Т.: "Ma'naviyat" 1996

[6] Yo'ldoshev Q. Milliy g'oya va adabiy ta'lim. O'zbekiston ovozi. 2000 yil 21 dekabr.

[7] Mahmudov H. Milliy mafkura va ona tili . Xalq so'zi. 2000 yil 13 iyun.

[8] Соссюр Фердинанд де. Курс общей лингвистики. M.: Едиториал УРСС, 2004.— 256 с

[9] Rafiev A., Mahmudov N., Yuldashev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. - Toshkent, 2013.

[10] O'rinboyev B. O'zbek tilshunosligi tarixi. -Samarqand: SamDU, 1999. -80 b.

[11] O'zbek tilshunosligining hozirgi taraqqiyot bosqichida paydo bo'lgan ayrim munozarali masalalar haqida // O'zMU xabarlari, 2003, 1.

[12] А.Иброхимов, Х.Султонов, Н.Жураев. Ватан туйгуси.Т. Узбекистон, 16-бет.

[13] O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 2000-2005 yillar

[14] L.Raupova. Nutq madaniyati Toshkent:."Innovatsiya ziyo" 2019 yil

[15] S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O'zbek tili. Toshkent,

2004.

[16] Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy O'zbek tili. Toshkent, 2007.

[17] H.Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent,

2005.

[18] U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. 1992.

[19] G.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O'zbek tili va adabiyoti. To shkent, 1995.

[20] R.Sayfullaeva va b.Hozirgi O'zbek tili. Toshkent, 2009

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.