Научная статья на тему 'ONA TILINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI'

ONA TILINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

10
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / davlat tili maqomi / o„zbek tili nufuzi / ona tili ta‟limi / ona tiliga e‟tibor / kommunikativ savodxonlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxbuba Yusupdjanovna Sobirova

Ona tili xalqning millat sifatida mavjudligini belgilovchi asoslardan biriligi, o„zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi shu millat hayotidagi buyuk voqea ekanligi, o„zbek tilining nufuzi tiklangani, uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochilgani, ona tili ta'limi oldiga qo'yilayotgan ijtimoiy buyurtma masalalari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI»

ONA TILINING TA'LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Maxbuba Yusupdjanovna Sobirova

Namangan davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc)

ANNOTATSIYA

Ona tili xalqning millat sifatida mavjudligini belgilovchi asoslardan biriligi, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi shu millat hayotidagi buyuk voqea ekanligi, o'zbek tilining nufuzi tiklangani, uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochilgani, ona tili ta'limi oldiga qo'yilayotgan ijtimoiy buyurtma masalalari yoritiladi.

Kalit so'zlar: ona tili, davlat tili maqomi, o'zbek tili nufuzi, ona tili ta'limi, ona tiliga e'tibor, kommunikativ savodxonlik.

Insoniyat o'z milliy tilini "ona tili" deb sharaflashi bejiz emas. Chunki bunday ulug' e'tirof bizga har lahzada o'z tilimizni onamizdek e'zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug'ilajak Vatani va tilini tanlamaydi - bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne'matlardir. Tilning insoniyat hayotidagi o'rnini hech qanday mezon bilan o'lchab bo'lmaydi. Dunyoda xalqlar, millatlar ko'p. Lekin har bir xalq, avvalo, o'z tili, milliy urf-odatlari va an'analari, o'ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Har bir xalq uchun o'z tili, o'z odatlari, o'z udumlari muqaddas hisoblanadi. Shu ma'noda olganda O'zbek tili biz o'zbeklar uchun balandlikda eng baland tog'dir.

Til kishilar o'rtasidagi eng muhim aloqa vositasi bo'lishi bilan birga bilimlarni saqlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi, shuningdek, kishilarda estetik zavq uyg'otuvchi qudratli vositadir. Hazrat Navoiy til insonni hayvondan farqlab turadigan ne'mat ekanini ta'riflab shunday deganlar:

Tengriki, insonni qilib ganji rost, So'z bila hayvondin anga imtiyoz.

Ya'ni: Xudo insonga haqiqiy boylik bergan, bu uni hayvondan ajratib, ustun qilib turadigan tilidir.

Ona tili - xalqning ko'hna tarixi, diniy e'tiqodi, dunyoqarashi va his-tuyg'ularini avloddan-avlodga yetkazib turadigan ko'zgudir. Til har bir xalqning, millatning buyuk qadriyati hisoblanadi. Shuning uchun tarixda har bir davrning milliy

104

April 23-24, 2024

rahnamolari o'z tillarining nufuzini oshirishga alohida ahamiyat berishgan. Zero, o'z tilini yo'qotgan xalq, millat o'zligidan mahrum bo'lib, ma'naviy zavolga yuz tutadi.

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi - mamlakatimiz, millatimiz hayotidagi buyuk voqea. Bu voqea ota-bobolarimizning azaliy orzulari edi, jumladan, mustaqilikdan oldin tug'ilgan va o'qituvchilik kasbini egallagan o'zbek tili o'qituvchisi sifatida mening ham orzuyim bo'lgan. Fikrimni asoslash uchun hayotimda bir necha bor uchragan bir-ikkita misol keltirmoqchiman.

1985-yillar edi. Pedagogika instituti talabalari turar joyi joylashgan hudud avvallari "Prospekt Lenina" deb nomlanib, 3 kmdan ortiq hududda bor-yo'g'i 1-2 ta oziq-ovqat do'konlari bo'lardi. Kunlardan bir kun oziq-ovqat do'koniga kirsam, 16 yoshlar atrofidagi yoshgina sotuvchi qiz yig'lab turibdi va unga bir kishi "Sen sovet savdo xodimisan, menga o'z tilimda javob ber" deb do'q qilib turibdi. Men shu vaziyatda "Axir u O'zbekistonda-ku, o'z yurtida o'z ona tilida o'zbek tilida gapirsa nima bo'pti" deya olmaganim va deya olmasligimdan ezilib, chiqib ketgandim. Bunday vaziyatlar va shunga o'xshagan holatlar nafaqat oddiy so'zlashuvlarda, rasmiy yig'ilishlarda to mustaqil bo'lgunimizga qadar ham ko'p bor takror-takror uchradi.

"Davlat tili haqida"gi Qonun va istiqlol tufayli o'zbek tilining nufuzi tiklandi, uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochildi. Ona tilimiz respublikamizda nafaqat muomala, aloqa vositasi, shu bilan birga, ilmiy, badiiy, rasmiy til sifatida ham keng miqyosda qo'llana boshlandi. O'zbek tilini o'rganish, o'qish-o'qitish, ilmiy, badiiy asarlarni, o'quv adabiyotlarni o'zbek tilida chop etish keng yo'lga qo'yildi.

Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir, deyildi O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqidagi qonun»ida. "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon e'lon qilindi. "Davlat tilini rivojlantirish departamenti", "Atamalar komissiyasi" tashkil etildi.

Davlat tili maqomi berilgach, boshqa millat vakillari ham bu tilga hurmat bilan qaray boshlashdi, shu tilni o'rganishga qiziqish bildirishdi. Fikrim dalili sifatida yana bir hayotiy misol aytmoqchiman.

1994-yilda Turkiya yoshlari o'zbek tilini o'rganish xohishini bildirishdi va ularga shu til grammatikasini endi faxrlanib o'rgatdim. Va yodimga mustaqillikdan oldingi "Sen sovet savdo xodimi bo'la turib, nimaga o'zbekcha gapirding?" degan xitob kelganda, mustaqillikdan keyingi hayotga yetib kela olganimga shukrona keltirdim. Yoki 2008 va 2012-yillarda Koreya fuqarolari bo'lgan 2 qiz - Son Xi va Son Dular O'zbekistonga kelishganda, ularga o'zbek tilini o'rgatyapganimda ham ko'nglimda ona tilimdan iftixor tuyg'ulari jo'sh urdi. Mashg'ulotlarimda "Son Xi,

April 23-24, 2024

105

sen nimaga bunchalik o'zbek tilini katta qiziqish bilan o'rganyapsan?" degan savolimga "Mening yurtimda ham ko'pchilik o'zbek tilini o'rganishni xohlaydi. Koreyada o'zbek tili fakulteti ochib, ularga bu tilni o'rgatmoqchiman. Birgina mana shu kaftimday joy, ya'ni mana shu joyni yuz, bet, aft, bashara, turq, tarofat, oraz, jamol ham deyisharkan. O'zbek tili boy til ekan" degan fikrlarini eshitganimda yana quvondim.

O'zbekiston tarixida ilk bor o'zbekcha kalom Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarida ham yangradi. Bu O'zbekiston mustaqilligi naqadar mustahkam ekanining ulkan ifodasidir.

Katta davlatlarning elchilari ham hududimizda ona xalqimiz hurmatiga o'zbek tilida gapirishyapganiga ham guvoh bo'lyapmiz. Davlatimiz rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkilotida o'zbek tilida ma'ruza qilishlari, ikki yuzga yaqin nufuzli davlatlarning vakillari ishtirokidagi millatlar yig'inida o'zbek tilida fikr aytishlari hammamizning ko'nglimizda iftixor tuyg'ularini jo'sh urdirdi.

2023-yilning 22-dekabr kuni O'zbekiston Prezidenti rahbarliklarida o'tkazilgan Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida bir qator vazifalarning belgilanishi, ayniqsa, o'zbek tilining nufuzini yanada oshirish haqidagi fikrlari, imtiyozlarning berilishi o'zbek tili mutaxassislari zimmasiga juda katta mas'uliyat yuklaydi.

- milliy sertifikatga ega bo'lgan o'zbek tili va adabiyoti fani o'qituvchilariga 2024- yil sentyabridan 50 foiz ustama to'lanishi, buning uchun 2024-yilda 10 milliard, 2025-yilda 30 milliard so'm ajratilishi;

- boshqa tilda ta'lim olgan hamyurtlarimizni davlat tilini o'rganishga rag'batlantirish bo'yicha ham alohida mexanizm joriy etilishi; agar ular ham maxsus sertifikatga ega bo'lsa, o'qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi;

- o'zbek tilidan boshqa tillarga ixtisoslashgan maktablarda davlat tilini o'qitish soatlari ko'paytirilishi;

- o'zbek tili bo'yicha ham xalqaro fan olimpiadalari tashkil qilinishi, olimpiada g'oliblari davlat granti asosida o'qishga qabul qilinishi va b.

Mana shunday qilinayotgan e'tibor va imkoniyatlar hozirgi tez o'zgarayotgan globallashuv davrida o'zbek tili va adabiyotining o'ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bog'liq masalalarni yanada chuqurroq o'rganishni; bu borada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini kuchaytirishni; ta'lim-tarbiya tizimining barcha bo'g'inlarida o'zbek tili va adabiyoti fanini o'qitishning hamda ushbu soha bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini yanada oshirishni taqozo etadi.

106

April 23-24, 2024

Ma'lumki, ta'lim bo'g'inlarida Davlat tili sanalgan ona tilining alohida o'rni bor. Ona tili hayotni bilish, yosh avlodda axloqiy tushunchalarni shakllantirish, ularning shaxsiy sifatlarini tarbiyalash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ona tili o'quv fanlarining asosidir. Ona tiliga faqat o'quv predmeti sifatida emas, balki boshqa o'quv fanlarini o'rganish va o'rgatish vositasi sifatida qarash zarur. Ona tilini o'rganish juda katta ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyatga ega. Shaxsning tarbiyalanganlik darajasi ham, rivojlanganlik darajasi ham tilni bilish bilan belgilanadi.

Ayni paytda ona tili ta'limi oldiga qo'yiladigan ijtimoiy buyurtma o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og'zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya'ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o'rgatishdan iboratdir.

Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang-barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o'zbek tilidan erkin, samarali va to'g'ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to'laqonli bahramand bo'lish, zaruriy ko'nikma va imkoniyatlariga ega bo'lishlari kerak. Mutaxassis yetishtirib chiqaradigan oliy ta'lim tizimlarida ham

• o'zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta'limotlari asosida buyuk ajdodlarimiz badiiy tafakkurining bebaho yodgorliklarini chuqur tadqiq etish asnosida talaba yoshlarni Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, mustaqil fikrlaydigan va keng dunyoqarashga ega bo'lgan ma'naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashga asos bo'ladigan ilmiy tadqiqotlar yaratish;

• o'zbek tilining XX va XXI asrdagi rivojlanish xususiyatlari, tilshunoslik tarixi, turli lingvistik maktablarning ilmiy-nazariy qarashlari, o'zbek tili fonologiyasi, leksikologiya, grammatika, onomastika, sotsiolingvistika, lingvopoetika, etnolingvistika, psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, pragmatik tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik kabi tilshunoslik sohalarini rivojlantirish;

• mumtoz adiblar ijodiyotining o'zbek tili va adabiyoti tarixida tutgan o'rni, buyuk bobokalonlarimiz adabiy merosining umumbashariy ahamiyati, jadid bobolarimiz, boshqa mumtoz adib va shoirlarimizning so'z qo'llash mahoratini o'rganish;

• o'zbek tilini ta'limning barcha bosqichlarida o'qitishning eng samarali metodlarini ishlab chiqish, xorij tajribalarini hisobga olgan holda zamonaviy va milliy filologik ta'limning ilg'or metodikalarini yaratish;

• o'zbek tilimizning Internet jahon axborot tarmog'ida munosib o'rin

107

April 23-24, 2024

egallashini ta'minlash, til haqidagi bilimlarni elektron tizimlashtirish va lingvistik tahlil algoritmlarini tuzish, lingvistik tadqiqotlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng tarzda joriy etish, o'zbek tili va dunyodagi yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lug'atlar, elektron darsliklar yaratish bilan bog'liq ilmiy-metodik ishlanmalar yaratish.

Bugun Ona tilimiz mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi. Ona tilini e'zozlash, qadrlash, uning serqirra imkoniyatlarini, so„z boyligini borligicha saqlash, takomillashtirish, davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir. Davlat tili tengsiz boyligimizdir. Milliy til xalqimizni hamjihatlikda taraqqiyot sari boshlaydi. Xalqimizni yanada jipslashishga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga undaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. 20.09.2017; 75-sessiyasida o'zbek tilidagi nutqi. http://www.gazeta.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni qabul qilinganining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi PQ-4479-sonli qarori. 2019-yil 4-oktyabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6084-son Farmoni. 2020- yil 20-oktyabr.

4. Sobirova, M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423

5. Sobirova, M. (2023). Обучение языковым явлениям на основе анализа текста. "Этнокультурный и социолингвистический аспекты в теории и практике преподавания языков в негуманитарных вузах" mavzusidagi Ill xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Минск, 30 март 2023 й., - B. 299-302. https://rep.bntu.by/handle/data/130394

6. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) OI:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.

April 23-24, 2024

108

7. Azimova I. Ona tili ta'limida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi. Respublika ilmiy-amaliy konf. materiallari. - Toshkent, 2019. 221 b.

8. Sobirova, M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-111.html -P. 36-39.

9. Sobirova, M. (2022). In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip- linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 - 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. - P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

10. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. https://www.int-jecse.net /abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756 /INTJECSE/V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages.

11. Ashirboyev S. O'zbek tili ta'limi metodikasining ayrim dolzarb masalari. //Til va adabiyot ta'limi. 2020, № 2. - B.3.

12. Sobirova, M. & Shermatova, D. (2021). Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) СКОПУС 52885295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.

13. Sobirova, M. (2021). The use of integrated technology in the teaching of humanism in language education. POLISH SCIENCE JOURNAL (ISSUE 1(34) -Warsaw: Sp. z o. o. "iScience", 2021. Part 3 - 234 p. https://sciencecentrum.pl/wp-content/ uploads/2021/01/PQLISH%20 SCIENCE%20JQURNAL%20 %E2% 84%9634%20-%203%20%28web%29.pdf стр. 98-105

14. Sobirova, M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( DOI:10.15863/TAS Published: 18.12.2020.

15. Jo'rayev M. O'zbek tilini davlat tili sifatida o'rganish metodikasining shakllanishi. Ped.fan.nom...diss.avtoref. - Toshkent, 2005. - 23 b.

16. Sobirova, M.Y. (2019). About the history of speech culture and art of oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42657439

17. Mahmudov N. Jamiyatda til sezgisi va so'z sevgisi barqarorlashmog'i zarur. // Til va adabiyot ta'limi. 2017, № 10. - B. 4-9.

April 23-24, 2024

109

18. Sobirova, M.Y. (2023). The role of educational tools in anthropocentric relationship education. European Journal of Education and Applied Psychology 2023, No 4. https://doi. org/10.29013/EJEAP-23-4-52-58.

19. Muhiddinova X. Ta'lim bosqichlarida o'zbek tili o'qitilishi uzluksizligini ta'minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish. Ped.fan.d-ri ...diss.avtoref. - Toshkent, 2011. - 40 b.

110

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.