Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANIGA 32 YIL TO‘LDI'

O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANIGA 32 YIL TO‘LDI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1743
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lug'at / krill / lotin / imlo / qo'shma so'z / yozuv.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ixtibor Asqarovna Umarova

Ushbu "O’zbek tili va uning davlat tili sifatidagi ahamiyat" nomli maqolada men o'zbek tili haqida va uning davlat tili sifatidagi ahamiyatini yoritib berdim. Shu jumladan, o’zbek tili va madaniyati jahon sivilizatsiyasida yanada ravnaq topib , uning purma’noligi , jozibadorligi , talaffuzi ohangli musiqaday jarangdorligi bilan jahon ahlini o’ziga rom qila oladigan xalqaro til darajasida ko’tariladi va dunyo xalqlari bu tilni sevib o’rganib , samimiy hurmat qiladilar .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANIGA 32 YIL TO‘LDI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANIGA 32 YIL TO'LDI

Ixtibor Asqarovna Umarova

Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 7-maktab Davlat tili fani o'qituvchi

Ushbu "O'zbek tili va uning davlat tili sifatidagi ahamiyat" nomli maqolada men o'zbek tili haqida va uning davlat tili sifatidagi ahamiyatini yoritib berdim. Shu jumladan, o'zbek tili va madaniyati jahon sivilizatsiyasida yanada ravnaq topib , uning purma'noligi , jozibadorligi , talaffuzi ohangli musiqaday jarangdorligi bilan jahon ahlini o'ziga rom qila oladigan xalqaro til darajasida ko'tariladi va dunyo xalqlari bu tilni sevib o'rganib , samimiy hurmat qiladilar .

Kalit so'zlar: lug'at, krill, lotin, imlo, qo'shma so'z, yozuv.

Ikki yoki undan ortiq mustaqil ma'no bildiruvchi asos, morfemalardan iborat so'zlar qo'shma so'zlar deyiladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o'zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalari ga alohida e'tibor qaratilmoqda . Buning natijasida o'zbek tili davlat tili , davlat ramzi , milliy madaniyat va ma'naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlod ga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko'tarildi . O'zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib , faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda . Turli dar ajadagi rasmiy uchrashuvlar , muzokaralarda tilimiz keng qo'llanilayotgani , xorijdagi ko'plab universitetlar , ilmiy muassasalarda o'zbek tili

markazlari tashkil etilib , ularda ona tilimizni o'rganishga qiziquvchilar safi tobora orti b bormoqda

O'zbekistonda nafaqat o'zbek tili , balki boshqa millat va elatlarning tillari , urf -odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan . Uning amaliy isbotini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4 -

moddasidagi quyidagi norma misolida ko'rish mumkin : " O'zbekiston Respublikasini ng davlat tili o'zbek tilidir . O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari , urf -

odatlari va an'analari hurmat qilinishi ta'minlayd, ularning rivojlanishi uchun sharoit ya ratadi " .

O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va uning tizimidagi aksiyadorlik komp aniyalari , jamiyatlar , korxona , tashkilot va muassasalar ta'sischiligida tashkil etilgan " Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi " faoliyatida ham yuq orida ko'rsatilgan qonunlarning ijrosini ta'minlash yuzasidan qator ijobiy ishlar amalg

ANNOTATSIYA

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

a oshirilmoqda . Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan tub islohatlarnin g markazidaiqtisodiy islohatlar bilan bir qatorda ma'naviy - ma'rifiy , ijtimoiy -siyosiy va huquqiy islohotlar turganligi o'z samarisini bermoqda . Ayniqsa ,mamlakat imizning ijtimoiy -

iqtisodiy rivojlanishida , bozor iqtisodiyoti munosabatlarining tobora shakllanishida , i nson tafakkurining o'zgarishida fan , ta'lim , madaniyat , ma'naviyat va ma'rifat , shuni ngdek , o'zbek tili va til madaniyatining rivojlanishi xalqimizning avloddan -

avlodga o'tib kelayotgan tarixiy urf - odatlari , udumlari, an'analari , tartib -

qoidalar , turmush tarzi va azaliy qadriyatlarning asosiy mezoni sifatida namoyon bo'li b kelmoqda .Ishonchimiz komilki , o'zbek tili va madaniyati jahon sivilizatsiyasida yan ada ravnaq topib , uning purma'noligi , jozibadorligi , talaffuzi ohangli musiqaday jara ngdorligi bilan jahon ahlini o'ziga rom qila oladigan xalqaro til darajasida ko'tariladi v a dunyo xalqlari bu tilni sevib o'rganib , samimiy hurmt qiladilar .

Ma'lumki, o'tmishda o'zbek tilining maqomi turlicha bo'lgan. Ish yuritishda Husayn Boyqaro davrida (XV asrning ikkinchi yarmi - XVI asrning boshi) kamroq, amirliklar davrida ko'proq qo'llangan. Sobiq ittifoq davrida, aniqrog'i, 1918 yilda go'yo tillar tengligi ta'minlangan - Turkiston ASSRning davlat tili deb turkiy (o'zbek) til e'lon qilingan. 1922 yilda imzolangan ittifoq shartnomasida til masalalari alohida modda sifatida qayd etilmagan. Uning 17-moddasida yuridik aktlar ittifoqdosh respublikalarning ko'pchilik aholisi tillarida e'lon qilinishi ko'rsatilgan, xolos. Bu SSSRning 1924 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasining davlat gerbiga bag'ishlangan moddasida ham ifodasini topgan.

1936 yilda qabul qilingan Konstitutsiyada ilk marta «ittifoqdosh respublika yoki avtonom oblastt tili» atamasi qo'llangan. SSSRning 1977 yilda e'lon qilingan Konstitutsiyasida esa mazkur atama bilan birga «avtonom okrug tili», «mazkur hudud ko'pchilik aholisi tili» atamalari ham ishlatilgan. Mazkur Konstitutsiya 1924 yilda e'lon qilingan SSSR Konstitutsiyasining yuridik aktlar ittifoqdosh respublikalar tilida yozilishi mumkinligi haqidagi moddani qayta tikladi va bu 1978 yilda qabul qilingan ittifoqdosh respublikalar konstitutsiyalarida ham o'z ifodasini topganKuzatishlar o'sha davr til siyosati ikki ob'ektiv sababga ko'ra yetarli samara bermaganini ko'rsatadi. Birinchisi ko'plab milliy respublikalarda savodxonlikning pastligi bo'lsa, keyingisi millatlararo muomala vazifasini bajara oladigan umumdavlat tiliga bo'lgan ehtiyojdir.

Shu bois ham dastlabki paytlarda milliy til bilan birga rus tilini qo'llash talab qilingan bo'lsa, keyinchalik «millatlararo muomala tili» degan qiyofasiz atama o'ylab topildi va bu konstitutsiyada ham rasmiylashtirildi. Bu holat boshqird olimi R. Kuzeevning kitobida xolis ifodalangan. Unga ko'ra, bu davr akkultturatsiya, ya'ni xalqlar milliy qiyofasining sezilarli yo'qolishi, hayot tarzini hozirgi rus madaniyati

110

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

qoliplariga solish davri bo'ldi.Davlat tili bilan bog'liq muammolardan biri yozuv shakli (alifbo)ni tanlashdir. Tadqiqotchilar bu muammoning 4 jihatini qayd etadilar: lisoniy, iqtisodiy, ruhiy, siyosiy-madaniy jihatlar.Lisoniy jihat u yoki bu yozuvning qulayligiga asoslanadi. Masalan, 1920-yillarda olimlar kirill, lotin yozuvlaridan qaysi birini tanlash ustida bahslashgan bo'lsalar, 1930-yillarda kirill alifbosining afzalligini asoslashga harakat qilganlar. Bularning barchasi g'ayrilingvistik manfaatlarni niqoblash uchun qilingan harakatlardir. Rossiyaning ko'plab turkiy xalqlari hayotida ming yildan ko'proq vaqt mobaynida asosiy yozuv vazifasini o'tab kelgan, muqaddas Qur'on bitilgan arab alifbosi turkiy tillar uchun noqulay degan bahonada dastlab lotin, keyin kirill alifbosi bilan almashtirildi.Iqtisodiy jihat ham yozuv shaklini o'zgartirish uchun o'ylab topilgan niqob edi. Harflarning bir alifboda kamligi, ikkinchisida ko'pligi real iqtisodiy talofatga olib kelmasligini ularning o'zlari ham yaxshi bilganlar.

Siyosiy-madaniy jihat 20-30-yillarda ustuvor sanalgan. Ko'plab xalqlar uchun yangi ijtimoiy tuzumga o'tish ayni paytda milliy-madaniy qadriyatlarning almashinishi degan ma'noni ham anglatar edi. Sodir etilishi mumkin bo'lgan ag'dar-to'ntarlarning oldini olish uchun rus tilini lotin alifbosiga o'tkazish masalasi ko'rildi. Bugina emas: yagona sovet millatini barpo etish istiqboldagi maqsad ekan, uning yozuvi ham bir xil bo'lishi kerak degan shior o'rtaga tashlangan. XX asrning 30-yillarida SSSRda qarorlar qabul qilish «markaz» qo'liga butunlay o'tgandan keyin til siyosati zo'ravonlik asosida yuritiladigan bo'ldi.Biroq o'sha davr siyosatidagi muhim narsa yozuvning o'zgartirilgani emas, balki rus tilining davlat, jamiyat va aholi turmushining barcha jabhalariga faol tatbiq etilgani edi. Bunda VKP(b) MK va Xalq komissarlari sovetining 1938 yil 13 martdagi «Rus tilini milliy respublika va viloyatlar maktablarida majburiy o'qitish haqida»gi qarori ayanchli rolt o'ynadi. Oradan bir oy o'tar-o'tmas, shunday qarorlar ittifoqdosh respublikalarda ham qabul qilindi. Ma'lumotlarga qaraganda, bu davrda o'zbek maktablarida rus tili 3296 soat, o'zbek tili esa atigi 560 soat hajmidagina o'qitilgan.SSSRning til siyosatidagi bunday burilish ayrim olimlar tomonidan ma'naviy-madaniy-lisoniy genotsid sifatida baholanganini ham ta'kidlash o'rinlidir.Nikita Xrushev ittifoq xalqlarining milliy tafovutlarini kommunizm qurish yo'lidagi g'ov deb bilgan va ularga barham berishga intilgan, eng ashaddiy rusifikator sifatida tarixda qolgan bo'lsa, Leonid Brejnev davrida rus tilini butun aholining «ikkinchi ona tili»ga aylantirish kampaniyasi avj olgan. Biroq o'sha davrda ham sobiq ittifoq xalqlarini va ularning tillarini ruslashtirish kampaniyasiga qarshi e'tirozlar bo'lgan. Oktyabrt inqilobining birinchi kunlaridan baland pardalarda kuylangan tenglik «milliy tillar teng huquqliligi», «muloqot tilini tanlash erkinligi» kabi shiorlar bilan xaspo'shlandi. Buning ustiga, rus tilini bilish mansab pillapoyalariga keng imkoniyat ochib bergan.Xullas, sobiq ittifoq davrida, garchi SSSR konstitutsiyalarida rus tili

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

hamon davlat tili deb qayd etilgan bo'lmasa-da, milliy tillar na amalda, na qonunchilikda teng huquqqa ega bo'ldi. SSSRning 1977 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasida ona tillarda ta'lim olish huquqi emas, balki faqat imkoniyati kafolatlangani ushbu fikrimizning yaqqol dalilidir.«Markaz»da o'tkaziladigan ko'plab tadbirlar ruslashtirish jarayonini tezlashtirgani shubhasiz. Ammo bu jarayon quyidan -milliy respublikalarning o'zidan boshlangani ham ayni haqiqatdir. Albatta, rus tili tufayli erishilgan yutuqlardan ham ko'z yumib bo'lmaydi. Lekin bunga qanday yo'qotish va qirg'inbarotlar tufayli erishganimizni ham unutmasligimiz kerak. Bularning barchasi rus va milliy tillardan foydalanish sohasida kuchli ziddiyatlarga olib keldi.Bu holatlar pirovardida SSSRning milliy respublika va viloyatlarida til bilan bog'liq nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmasdan qolmadi. 1985 yili Mixail Gorbachyov boshchiligida avj olgan qayta qurish davrida til siyosatiga xos muhim xususiyatlardan biri ikkitillilikni saqlab qolish va rivojlantirish bo'ldi. Shuning uchun XX asrning 80-yillari oxiriga kelib, ittifoqdosh respublikalarda tillar haqida qonunlar qabul qilish jarayoni boshlanib ketdi.

1987 yilga kelib SSSRda til siyosati faqat «markaz» qarorlari bilan belgilanadigan siyosat sifatida barham topdi: 1987 yilning may oyida Moldova, 1989 yilning 18 yanvarida Estoniya, 25 yanvarida Litva, 5 mayida Latviya til haqida qonunlar qabul qilgan bo'lsa, O'zbekistonda 1989 yilning 21 oktyabrida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi.Bu jarayonni 1990 yilning 6 mayida qabul qilingan «SSSR xalqlari tillari to'g'risida» Qonun ham to'xtatib qololmadi. Chunki sobiq ittifoqdosh respublikalarda tillar haqida qonunlarning qabul qilinishi va ularda davlat tili maqomining qayd etilganligi nafaqat milliy tillar taraqqiyotida, shuningdek, milliy davlatchilikni qayta tiklash, mustaqillikni qo'lga kiritishda yangi davr boshlanganini ko'rsatdi.

Xulosa, davlat tili maqomini tarixiy-huquqiy jihatdan o'rganish uning shakllanishi, amal qilishi va takomillashishi haqida xolis xulosa chiqarish, u bilan bog'liq jarayonlarni tizimli bayon qilish imkonini beradi.

Bugun «O'zbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risida»gi qonun qabul qilinganiga 26 yil to'ldi. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo'yildi va 1989 yil 21 oktabr kuni «O'zbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risida»gi alohida qonuni qabul qilindi.

Har yili 21 oktabr yurtimizda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o'tkazilmoqda.Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo'ldi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Bu qonun bilan o'zbek millatining ma'naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko'rsatadigan muhim omil, ya'ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e'tibori, ehtiromi namoyon etildi.Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o'zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo'lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug'vor ahamiyat kasb etadi. Til - har bir millat o'zligining ajralmas belgisidir.O'zbek tili - O'zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko'pchiligi bo'lmish o'zbek xalqining ona tilidir. U O'zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O'zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o'ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o'zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to'liq ro'yobga chiqarish muhim vazifadir.Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o'zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o'zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma'naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko'tarildi. O'zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo'llanilayotgani, xorijdagi ko'plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o'zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o'rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda.O'zbekistonda nafaqat o'zbek tili, balki boshqa millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan. Uning amaliy isbotini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi norma misolida ko'rish mumkin: «O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».

«O'zbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risida»gi qonunning 7-moddasida qayd etilishicha, davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o'zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan, unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi. Bu orqali davlat o'zbek tilini asrash, boyitish va rivojlantirishda mas'ullikni o'z zimmasiga olgan. Shu asosda yurtimizda o'zbek tilining boyitish va takomillashtirishga doir ko'plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug'atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot matbaa-ijodiy uylari tomonidan ona tilimizning jozibasini bor bo'y-basti bilan namoyon

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

etishga doir nashrlar chop etilib, kitobxonlar e'tiboriga havola etilayotganini alohida qayd etish lozim.Shuningdek, yuqoridagi Qonunning 8-moddasida O'zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e'lon qilinishi belgilangan. Mazkur norma «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risida»gi Qonun 26-moddasining to'rtinchi qismida yanada aniqlashtirilgan. Unga asosan, «qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi». Ushbu normalarning ijrosi amalda ta'minlanayotganini hozirgi kunda Qonunchilik palatasiga kirtitilayotgan qonun loyihalari misolida yoki Oliy Majlisda qabul qilinayotgan qonunlar o'zbek tilida qizg'in muhokama etilayotganligida ko'rish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. T.Tog'ayev, G. Tavaldiyeva, M.Akromova ,, O'zbek tilining krill va lotin alifbolaridagi imlo lug'ati'

2. ,,Ravshan'' dostoni.

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi.

4. Abdulla Qahhor. ,, Qo'shchinor chiroqlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.