Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILINING AHAMIYATI'

O‘ZBEK TILINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4006
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” / davlat tili / muloqot / “Til-millat ko’zgusi” / “Til-ma’naviyat ko’zgusi” / “Til-millatning bebaho boyligi” / ensiklopediya va lug‘atlar / darslik va o‘quv qo‘llanmalari. / "From national revival to national rise" / state language / communication / "Mirror of language-nation" / "Mirror of language-spirituality" / "Priceless wealth of languagenation" / encyclopedias and textbooks on language / textbooks and teaching aids.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Mahmudova, S. Kamolova

Ushbu maqolada o‘zbek tili va uning ahamiyati, shuningdek, ona tilimizning dunyo tillar oilasida tutgan o‘rni borasida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF THE UZBEK LANGUAGE

This article provides information about the Uzbek language and its meaning, as well as the place of our native language in the world language family.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK TILINING AHAMIYATI Madina Mahmudova Shuxrat qizi

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti talabasi Sevara Kamolova Valijon qizi

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo. 7027041

Annotatsiya. Ushbu maqolada o 'zbek tili va uning ahamiyati, shuningdek, ona tilimizning dunyo tillar oilasida tutgan o'rni borasida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari", davlat tili, muloqot, "Til-millat ko'zgusi", "Til-ma'naviyat ko'zgusi", "Til-millatning bebaho boyligi", ensiklopediya va lug'atlar, darslik va o'quv qo'llanmalari.

ВАЖНОСТЬ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА

Аннотация. В данной статье представлена информация об узбекском языке и его значении, а также о месте нашего родного языка в мировой языковой семье.

Ключевые слова: «От национального возрождения к национальному подъему», государственный язык, общение, «Зеркало языка-нации», «Зеркало языка-духовности», «Бесценное богатство языка-нации», энциклопедии и учебники по языку, учебники и учебные пособия.

IMPORTANCE OF THE UZBEK LANGUAGE

Abstract. This article provides information about the Uzbek language and its meaning, as well as the place of our native language in the world language family.

Keywords: "From national revival to national rise", state language, communication, "Mirror of language-nation", "Mirror of language-spirituality", "Priceless wealth of language-nation", encyclopedias and textbooks on language, textbooks and teaching aids.

KIRISH

Bugun O'zbekistonimiz "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko'tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o'rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. O'zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifly jabhalarda faol qo'llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e'tibor va uni o'rganishga qiziqish kuchaymoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o'z milliy manfaatlarini ta'minlash, bu borada avvalo o'z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni millat tarixida tarixiy hodisa bo'ldi desak, yanglishmaymiz. Chunki mazkur farmon asosida uzoq yillar yig'ilib qolgan muammolar yechimini topyapti, har yili oktabr oyida mutaxassislar tomonidan kuyinchaklik bilan aytilib, so'ngra qog'ozlarda qolib ketgan takliflar, tavsiyalarning hukumat doirasida e'tiborga olinishi o'chib borayotgan umid uchqunlarini yana yondirdi. Prezidentimiz tomonidan o'zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish bo'yicha qator vazifalarning qo'yilishi tilimizga bo'lgan hurmatning yuksak namunasidir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Farmonga muvofiq, 2020-2030 yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo'nalishlari tasdiqlandi.

Asosiy yo'nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:

• 2025 yilga qadar davlat maktabgacha ta'lim tizimida o'zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030 yilgacha esa 80 foizga yetkazish;

• 2030 yilga qadar umumta'lim maktablarida o'quv yillari uchun tayanch o'quv rejalarida ona tili fanini o'qitish ko'lamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;

• oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tili kafedralari sonini 2025 yilga qadar 120 taga, 2030 yilgacha esa 140 taga yetkazish;

• lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida «O'zbekiston milliy qomusi» jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko'paytirib borish;

• 2020 yilda o'zbek tilining lug'at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug'atlar yaratish;

• teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o'zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o'qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030 yilgacha 100 foizga yetkazish;

• 2025 yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030 yilgacha esa ushbu ko'rsatkichni 25 taga yetkazish;

• dasturiy mahsulotlarning o'zbekcha ilovalari va elektron lug'at dasturlarini yaratish;

• xorijliklar uchun o'zbek tilini o'rgatuvchi dasturlar yaratish;

• 2030 yilga qadar xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tilini o'rgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko'paytirish;

• 2025 yilga qadar «O'zbek tilining do'stlari» klublari sonini 30 taga, 2030 yilgacha esa 40 taga yetkazish.

TADQIQOT NATIJALARI

Tilimizga davlat miqyosida maxsus farmon asosida e'tibor qaratilayotgan ekan, uning jamiyatdagi nufuzi, o'rni, obro'sini oshirish, huquqiy maqomini belgilash, tom ma'nodagi davlat tili darajasiga olib chiqish uchun nima qilish kerak? Ya'ni davlat tili muhofazasi qanday bo'lishi lozim, degan masala ko'pchilikni o'ylantirishi, tabiiy. Buning uchun esa, birinchi navbatda, tilimizni har tomonlama mukammal ishlangan qonun vositasida himoyalab qo'yishimiz kerak bo'ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o'z ifodasini topadi. Til - millat ko'zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko'hna va serqirra madaniyati o'zbek tili ta'sirida shakllangan. Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g'alabalari sharafiga o'zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir.

MUHOKAMA

Biz o'z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go'zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o'z hissamizni qo'shishimiz kerak. "Til yashasa, millat yashaydi". Agar biz o'z tilimizning ko'rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog'on bo'ladi va birligimiz musyahkam bo'ladi. Zero rus

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tarixchisi Shobelev aytganidek "Millatni yo'q qilish uchun u yerga qurol ko'tarib borish shart emas, uning tilini, ma'naviyatini, adabiyotini yo'q qilish kerak, shunda millatning o'zi yo'q bo'lib ketadi" degan fikri naqadar to'g'ri ekanligini ko'rishimiz mumkin.

XULOSA

Darhaqiqat, til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Boisi milliy tilda xalqning ma'naviy-madaniy hayoti, ajdodlarning dunyoqarash va tafakkuri, boy ilmiy va ijodiy merosi mujassam bo'ladi. Dunyodagi barcha ezguliklar ona allasi orqali farzand ong-u shuuriga ona tilida singadi. Istiqlol, milliy g'urur kabi tushunchalar ham ona tili bilan chambarchas bog'langan. Shu sababdan o'zligini saqlab qolishga intilgan har bir xalq, millat ona tilini asrab-avaylashni va avlodlarga uni rivojlantirgan holda yetkazishni o'zining muqaddas burchi deb biladi.

REFERENCES

1. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 06/19/5850/3939-son

2. Abduraxmonov G, Shukurov Sh. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. T., 2008.

3. Turdieva K, Axmedova D. O'zbek tili. T., 2007.

4. https://lex.uz/docs/-57013

5. Гадаев Р. Р., Джонизоков У. А., Ахадова К. С. К. ОПРЕДЕЛИТЕЛЬ ФРЕДГОЛЬМА ДВУМЕРНОЙ ОБОБЩЕННОЙ МОДЕЛИ ФРИДРИХСА //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 12 (59). - С. 6-8.

6. Ахадова К. С. О ГРУППЕ ИЗОМЕТРИЙ СЛОЕНОГО МНОГООБРАЗИЯ //Естественные и технические науки. - 2014. - №. 1. - С. 14-17.

7. Qizi A. K. S. TEXNIK OLIY TA'LIMDA MATEMATIKANING MUTAXASSISLIK FANLARI BILAN INTEGRATSIYASINI TA'MINLASH VOSITALARI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 446-459.

8. Akhadova K. S. PROBLEMS OF DEVELOPING MATHEMATICAL COMPETENCIES OF FUTURE ENGINEERS //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. -№. 3. - С. 316-323.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.