Научная статья на тему 'ZAMONAVIY ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINING YANGILANISHI, MAZMUNI VA AHAMIYATI'

ZAMONAVIY ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINING YANGILANISHI, MAZMUNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

987
165
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mashq / konsepsiya / oʻquv materiali / darslik / innovatsion yondashuv / nutq / tinglash / mashgʻulot / упражнение / концепция / учебный материал / учебник / инновационный подход / речь / аудирование / обучение.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Javohir Gʻaybullo Oʻgʻli Zokirov

Maqolada ona tili ta’limi mazmunini yangilash, zamonaviy ona tili darsliklarining tuzilishi, oʻquv topshiriqlari orqali ona tilini oʻqitishga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga doir ishlarni faollashtirish; ona tili oʻqitish uchun ilmiy, metodik, psixologik va pedagogik yordam tizimini rivojlantirish ishlarni takomillashtirish; etnolingivistikaning soʻnggi yutuqlarini ta’lim jarayoniga jalb qilish bugungi kunning muhim vazifasi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье обновление содержания образования на родном языке, структуры современных учебников по родному языку, активизация работы по внедрению инновационных подходов к обучению родному языку через учебные задания; совершенствование системы научно-методического и психологопедагогического обеспечения обучения родному языку; Думается о важной задаче современности вовлечь в образовательный процесс новейшие достижения этнолингвистики.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINING YANGILANISHI, MAZMUNI VA AHAMIYATI»

ZAMONAVIY ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI FANINING YANGILANISHI, MAZMUNI VA AHAMIYATI

Javohir G'aybullo o'g'li Zokirov

Termiz davlat universiteti "Boshlang'ich ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada ona tili ta'limi mazmunini yangilash, zamonaviy ona tili darsliklarining tuzilishi, o'quv topshiriqlari orqali ona tilini o'qitishga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga doir ishlarni faollashtirish; ona tili o'qitish uchun ilmiy, metodik, psixologik va pedagogik yordam tizimini rivojlantirish ishlarni takomillashtirish; etnolingivistikaning so'nggi yutuqlarini ta'lim jarayoniga jalb qilish bugungi kunning muhim vazifasi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: mashq, konsepsiya, o'quv materiali, darslik, innovatsion yondashuv, nutq, tinglash, mashg'ulot.

АННОТАЦИЯ

В статье обновление содержания образования на родном языке, структуры современных учебников по родному языку, активизация работы по внедрению инновационных подходов к обучению родному языку через учебные задания; совершенствование системы научно-методического и психолого-педагогического обеспечения обучения родному языку; Думается о важной задаче современности вовлечь в образовательный процесс новейшие достижения этнолингвистики.

Ключевые слова: упражнение, концепция, учебный материал, учебник, инновационный подход, речь, аудирование, обучение.

ABSTRACT

In the article, updating the content of mother tongue education, the structure of modern mother tongue textbooks, and the activation of work on the introduction of innovative approaches to teaching the mother tongue through educational tasks; improvement of scientific, methodical, psychological and pedagogical support system development for mother tongue teaching; It is thought about the important task of today to involve the latest achievements of ethnolinguistics in the educational process.

May 6, 2023

90

Keywords: exercise, concept, educational material, textbook, innovative approach, speech, listening, training.

Kirish. Bugungi kunda o'zbek tilining ona tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish, zamonaviy o'qitish metodikasini joriy etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda shakllangan yangi til siyosati uning ta'limiga ham zarur talablarni qo'ymoqda. Ona tilidan bilimlarni tanlashning bosh mezoni uning foydalilik va amalda qo'llanila olish darajasidir. Biz ona tilidan foydali bilimlar deb bolalarning savodli yozish, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, uni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta'minlaydigan bilimlarni tushunamiz.

Modomiki shunday ekan, ona tili darsliklariga kiritilgan mashqlar va o'quv topshiriqlari o'quvchilarda ona tili bo'yicha bir qator lingvistik bilimlarni rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. O'quv topshiriqlarini tuzishga asos bo'luvchi o'quv materiallarini tanlash, ona tili ta'limi maqsadini, mazmunini belgilash borasida mustaqillikning dastlabki yillarida tizimli tadqiqotlar olib borildi.

Darhaqiqat, ona tili, milliy so'zlar aqliy rivojlanish hamda dunyoni anglashning asosidir. O'quvchi nutqining o'z vaqtida rivojlanishiga g'amxo'rlik qilish, savodxonligiga e'tibor berish juda muhimdir. O'quvchining nutqi qanchalik boy va mantiqli bo'lsa, uning o'z fikrlarini ifodalashi shunchalik oson kechadi, olamni, borliqni anglash qobiliyati qanchalik keng bo'lsa, o'quvchilar turli nutq vaziyatlarida tengdoshlar yoki kattalar bilan mazmunli va to'laqonli muloqotga kirisha oladi, tafakkuri ham shunchalik faol rivojlanishda bo'ladi. Bularning barchasi dars mashg'ulotlarida o'quvchini o'quv topshiriqlari orqali to'g'ri yo'naltirish, to'g'ri savol berish, mazmunli va mantiqli javob berishiga bog'liqdir. O'quvchi uyda, sinfda va ko'chada foydalanadigan ona tili orqali atrofidagi olam va inson faoliyati haqida dastlabki ma'lumotlarni oladi. Shuning uchun ham maktabning birinchi vazifasi bolalarni o'z ona tilida ravon, mantiqan izchil gapirishga o'rgatishdir. O'quvchilar o'z ona tilida qanchalik yaxshi nutq so'zlay olsalar, o'z fikrlarini og'zaki va yozma shaklda shunchalik yorqinroq, chiroyli va sermazmun ifodalay oladilar. Demak, bugungi kunning eng muhim masalasi - ona tili ta'limini hayotga yaqinlashtirish, amaliy ahamiyatini kuchaytirishdir. Ona tili orqali o'quvchi tafakkurida olamning lisoniy manzarasi, milliy madaniyatlar shakllanadi.

Ona tili orqali o'quvchilar milliy mentalitetni, hayotni, xalqning madaniy merosini o'rganishlari kerak. Albatta, bu

May 6, 2023

91

pragmatik xarakterdagi o'quv topshiriqlari ishlab chiqish orqali amalga oshadi. Ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilar savol va topshiriqlar asosida tilning amal qilish qoidalarini o'rganadilar. Mashq tarkibida berilgan gaplar, matnlar o'quvchining lug'at boyligini oshirishga xizmat qiladi, biroq ular ustida qanday ish olib borish hali muammoligicha qolmoqda. Ona tili darslarida anglash, fahmlash, nutq so'zlashni o'rgatibgina qolmay, balki topshiriqlar orqali o'quv adabiyotlariga yo'naltirilsa, ona tilining jonli va tabiiy til ekanligiga ham ishonch hosil qilishadi.

Tahlil va natijalar. Agar ona tili mashg'ulotlarida o'quv topshiriqlari o'z o'rnida to'g'ri qo'llanilsa, o'quvchilar ma'lumotlar bilan ishlay olishga topshiriqlar orqali to'g'ri yo'naltirilsa, axborot texnologiyalari asrida manba muammo bo'lmaydi. Endi bilimdon o'quvchilar tayyorlash vaqti o'tdi. Bugungi davrning talabi biluvchi, bilib oluvchi o'quvchilarni tarbiyalashdir. Agar o'quvchiga to'g'ri va maqsadli savol berilsa, hayot uchun foydali topshiriqlarni bajarishga o'rgatilsa, zarur nutqiy malakalar mashq orqali hosil qildirilsa, ijodiy tafakkur sohiblari yetishib chiqishiga sharoit yaratilgan bo'ladi.

X.Muxitdinova o'quv topshiriqlari, jumladan, mashqlarning ahamiyati haqida shunday deydi: "Hozirgi kunda o'zbek tilini o'qitish tamoyillari, ularda beriladigan o'quv materiallarining tartibi va taqsimoti bilan bir qatorda, dars jarayonida o'zbek tilini o'rgatishga yo'naltirilgan mashqlar tarkibi va turlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy ta'lim mashg'ulotlariga moslashtirib qo'llash yo'llarini topish o'zbek tili ta'limi mutaxassislari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir"[1].

O'quv topshiriqlari faqat maktabda emas, maktabdan tashqari oilada, ko'cha-ko'yda ham ahamiyatlidir. Ota-onalar ham mahalladoshlar ham o'quvchiga savol berganda uning yoshi, intellektual imkoniyati va psixofiziologiyasini inobatga olishlari lozim. Bolani kichik yoshdan atrofni kuzatishga, tushunmagan, ilk marta ko'rgan narsa-hodisalar haqida ma'lumot olishga qaratilgan savollarni berishga o'rgatish, avvalo, ota-onaning vazifasi. O'quvchi maktabga qadam qo'yganida o'z ona tilida gaplasha oladigan, atrofidagilarning so'zlarini tushuna oladigan darajada rivojlangan bo'ladi. SHu bois, ona tili ta'limining vazifasi o'quvchini gapirish va tinglab tushunishga o'rgatishdan iborat bo'lmaydi. Til ko'nikmalarining bu ikki turi bolaga tili chiqqan paytdan boshlab singib bo'lgani inobatga olinsa, maktabda ona tili ta'limida dastlabki shakllantiriladigan ko'nikmalar - o'qish va yozishni o'rgatish ekanligi ayon bo'ladi, biroq bu til ta'limining to'rt muhim unsuri bo'lgan - gapirish, tinglab tushunish, o'qish va yozish

ko'nikmalari ustida ishlashni to'xtatish kerak degani emas.

May 6, 2023

Ona tili ta'limidan farqli ravishda boshqa tilni o'rganish jarayonida bajariladigan mashqlarning asosiy qismi muloqot ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lib, keyingi paytlarda bunday mashqlarni ayrim metodistlar nutq mashqlari va til mashqlariga ajratishni tavsiya etmoqdalar [1], degan mulohazasi nihoyatda to'g'ri bo'lib, mashqlar nutqiy ko'nikmalarni rivojlantiruvchi vosita sifatida qaraladi.

Nutqiy ko'nikmalar nutq faoliyatining 4 asosiy turi: o'qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuvni egallash orqali yuzaga keladi va o'quvchilarning ikkinchi tilni o'rganish davrida olgan bilimlarini amaliy nutqiy faoliyatda sobitqadamlik bilan mustaqil ravishda qo'llay olish qobiliyati - nutqiy malakani hosil qilishga yordam beradi.

I.A.Zimnyaya ta'rificha, "malaka mashqlar natijasida harakatlarning yuqori mukammallikka erishuvi va nutqiy jarayonlarning avtomatlashuvidir"[2].

X.Muxitdinova so'zlashish, muloqot yuritish jarayoni fikrni leksik, grammatik va fonetik jihatdan rasmiylashtirishning eng samarali darajasini - yuqori darajada avtomatlashgan nutqiy ko'nikmalarni, ya'ni nutqiy malaka hosil qilinishini talab etadi

Ta'limning sifatini belgilab beruvchi eng muhim indikator, ham shakllantiruvchi ham sinash jarayonida qatnashuvchi vositalar - mashqlar tizimi, shuningdek savol va topshiriqlardir. Bular - ona tili ta'limi mazmunini, o'qitish metodikaning asosini tashkil etadi.

Ilmiy, ilmiy-metodik manbalarda ta'lim mazmuni tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Jumladan, rus pedagog-olimlari I.Ya.Lerner [6] va M.N.Skatkinlar ta'lim mazmuniga o'rganish uchun tanlangan va o'quvchilarning o'zlashtirishlariga mo'ljallangan, metodik jihatdan ishlangan boy ijtimoiy tajribaning bir qismi sifatida qaraydilar.

Ilmiy manbalarda "ta'lim mazmuni" tushunchasi bilan birga "o 'quv materiali" atamasi ham qo'llaniladi. Didaktikada o'quv materiali tushunchasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda u "ta'lim mazmuni" tushunchasiga teng bo'lsa, tor ma'noda ma'lum darajada o'rganilishi kerak bo'lgan, o'quvchilarning o'zlashtirishlariga moslashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar tizimi tushuniladi.

Ta'lim mazmuni esa 1) o'quv rejalari, 2) o'quv dasturlari, 3) darsliklar hamda 4) o'quv-metodik qo'llanmalar nazarda tutiladi. Ona tilidan dastur hamda darsliklar o'quvchilarning o'rganishlari uchun tanlangan va ularning o'zlashtirishlariga muvofiqlashtirilgan til materiallarini o'z ichiga

[1].

oladi [5]. Maktab darsliklarida millat tafakkuri va mafkurasining

May 6, 2023

eng ilg'or namunalari aks etishi kerak, degan ta'kid, fikrimizcha, "Ona tili" darsliklariga ko'proq tegishlidir.

Ajdodlardan, umuman, insoniyat daholaridan bugungi kungacha etib kelgan tafakkurning eng ilg'or mahsuli bo'lgan maqol, matal, hikmatli so'zlar, tasviriy ifodalar, iboralar ona tili ta'limining mazmunini tashkil etishi kerak, ulardan onda-sonda emas, balki har darsda, har o'quv topshiriq tarkibida unumli foydalanish maqsadga muvofiq. O'z o'rnida va o'z vaqtida o'quvchilar tafakkuriga singdirilgan bu kabi xalqona, milliy durdonalar ularning fikrlarini teranlashtirishga, dunyoqarashlarini kengaytirishga va o'zlarida hosil bo'lgan ijodiy tafakkur mahsulini ravon, aniq hamda tushunarli tarzda bayon eta olishlariga zamin yaratadi.

Amaldagi dastur va darsliklar o'quvchini ona tili ta'limi maqsadiga muvofiq mustaqil izlanishga undashi zarur. Bunday sharoitda darslikning eng muhim qismini nazariy ma'lumotlar bazasi emas, balki o'quvchiga ona tilimizning son-sanoqsiz imkoniyatlaridan unumli va o'rinli foydalanishni o'rgatadigan o'quv topshiriqlari tashkil etmog'i lozim. Chunki maktabda ona tili ta'limi tilshunos tayyorlash maqsadini emas, til imkoniyatlaridan keng foydalana oladigan ijodiy tafakkur sohibini jamiyatga yetkazib berishni talab etadi. Demak, o'quv topshiriqlari o'quvchini izlanishga unday olsagina, ularni talab darajasida deb hisoblash mumkin bo'ladi. Shuningdek, topshiriqlar - o'quvchilarni mavzu ustida maqsadli, samarali ishlashlarini ta'minlaydi, shu bilan birga mashg'ulotda egallagan ko'nikma va malakalarni baholash, sinab ko'rish uchun ham ishlatiladi.

Maktabda muayyan o'quv predmetiga tegishli darslik dars jarayonida ham, hatto darsdan so'ng ham o'quvchi va o'qituvchining shu o'quv predmeti bo'yicha bilim berish hamda ma'lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir. Shunday ekan, asosiy diqqatni darslikdagi o'quv materiallarining tarkibi, tuzilishi va, albatta, mazmuniga qaratish kerak. Maktab darsliklarida millat tafakkuri va mafkurasining eng ilg'or namunalari aks etishi kerak degan ta'kid, fikrimizcha, "Ona tili" darsliklariga ko'proq tegishlidir. Ajdodlardan, umuman, insoniyat daholaridan bugungi kungacha etib kelgan tafakkurning eng ilg'or mahsuli bo'lgan maqol, matal, hikmatli so'zlar, tasviriy ifodalar, iboralar ona tili ta'limining mazmunini tashkil etishi kerak, ulardan onda-sonda emas, balki har darsda, har o'quv topshiriq tarkibida unumli foydalanish maqsadga muvofiq. O'z o'rnida va o'z vaqtida o'quvchilar tafakkuriga singdirilgan bu kabi xalqona, milliy durdonalar ularning fikrlarini teranlashtirishga, dunyoqarashlarini kengaytirishga va o'zlarida hosil bo'lgan ijodiy tafakkur mahsulini ravon, aniq hamda tushunarli tarzda bayon eta olishlariga zamin yaratadi.

May 6, 2023

94

p

Amaldagi dastur va darsliklar o'quvchini ona tili ta'limi maqsadiga muvofiq mustaqil izlanishga undashi lozim. Bunday sharoitda darslikning eng muhim qismini nazariy ma'lumotlar bazasi emas, balki o'quvchiga ona tilimizning son-sanoqsiz imkoniyatlaridan unumli va o'rinli foydalanishni o'rgatadigan o'quv topshiriqlari tashkil etmog'i lozim.

Hozirda respublika miqyosida amalda bo'lgan maktab darsliklaridagi o'quv topshiriqlarining ayrimlari belgilangan talablarni qondira olmaydi. Chunonchi, ona tili darslarida tez-tez uchraydigan "Matndan unlilarni topib tavsiflang" kabilarni o'quv topshiriqlari darajasida baholab bo'lmaydi, sababki, ular o'quvchida ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qila oladigan yetarli ko'nikma, malakalarni hosil qilishi qiyin.

Darslikni parovozga qiyos qilib, uning vagonlari sifatida har bir mavzuga taalluqli lug'atlar, jumladan, orfografiya uchun imlo lug'ati, orfoepiya uchun talaffuz mashqlari to'plami, leksika uchun izohli lug'at, morfologiya uchun morfem lug'at va boshqalardan samarali foydalanilsa, ko'zlangan natijaga erishish mumkin [3]. Axborot texnologiyalari asrida ma'lumotlar bazasi muammo emas. Shuning uchun darsliklarning topshiriqlar qismi mukammal, tizimli, puxta ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Bugungi kun ona tili ta'limi maktabda o'rgatilishi belgilangan til sathlaridan qat'i nazar, hatto fonetika o'qitishda ham o'quvchining so'z boyligini oshirish, shu orqali o'z fikrini og'zaki va yozma shakllarda mustaqil, ravon, lo'nda va jozibali ifodalay olishiga erishishni talab etadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish, albatta, o'zbek tilining tengsiz xazinasi hisoblangan maxsus leksik boyliklarsiz samarali bo'lishi qiyin.

Nafaqat fonetika o'qitishda, balki tilning barcha sathlarini o'qitishda matal, topishmoq, tez aytish, latifa, lof, terma va doston namunalaridan tahlil materiali sifatida foydalanish ona tili ta'limida samaradorlikka erishishda, barkamol avlodni tarbiyalashda muhim vosita bo'lib xizmat qila oladi.

Xulosa. O'zbek tilini ona tili sifatida o'qitish bo'yicha yangi yondashuvlar joriy etilmoqda, uning dastlabki nishonalari boshlang'ich sinf ona tili darsliklari mazmunida aks etgan. Integratsiyalashgan yangi "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi o'quvchilarni turli nutq vaziyatlariga tayyorlash, nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishga mo'ljallangan, biroq mazkur darsliklarning o'quv topshiriqlari qismi oldinga qo'yilgan katta marrani bosib o'tishga moslanmagan. Darsni, ona tili ta'limi mazmuni o'quv topshiriqlari yuzaga

chiqarishini inobatga olsak, yangi yaratilgan metodikani harakatga

May 6, 2023

p

keltiruvchi ta'lim mazmunida muhim ahamiyatga ega ekani ma'lum bo'ladi. O'quv topshiriqlari metodikaning asosini tashkil etadi. Ona tili o'qitish metodikasini isloh qilishning asosi - bu mashq va topshiriqlarni qanday qo'yish, qanday savol berishga bog'liq. Bu esa, bugungi kunda ona tili ta'limida o'quv topshiriqlarini takomillashtirish zaruriyatini o'rtaga qo'ymoqda. Demak, o'quvchilarga hayoti davomida har qanday vaziyatda, har onda asqotadigan bilim va ko'nikmalar berilishi kerak. Yangicha yondashuvlarning o'z vaqtida amaliyotga joriy etilayotgani, muammoning manbasi kech bo'lsa-da aniqlangani bu jarayonni sog'lomlashtirishga imkon beradi.

REFERENCES:

1. Абдуллаева, Ш. А. (2019). Педагогик диагностика. Тошкент: Университет,

2. Abdullayeva G.A. QUALITY OF EDUCATIONAL WORK IN THE GENERAL SECONDARY EDUCATION SYSTEM AS A PROBLEM // Экономика и социум. 2021. №11-1 (90). URL: https://cyberlenmka.ru/article/n/quality-of-educational-work-in-the-general-secondary-education-system-as-a-problem (дата обращения: 10.05.2023).

3. Зимняя И.А. Личностно-деятельностный подход в обучении как фактор гуманизации образования // Русский язык за рубежом. 1991. -№ 3. - С. 91-95.

4. Лернер И. Я. Дидактические основы методов обучения Текст. / И. Я. Лернер. - М.: Педагогика, 1981. -186 с.

5. Мухдддинова X,. Таълим боскичларида узбек тили укитилиши узлуксизлигини таъминлашнинг илмий-методик асосларини такомиллаштириш. Пед. ф. номз. - дисс . - Тошкент: ТДПИ, 2011. - 270 б.

6. Мирзаев И.К. Таълим дарсликдан бошланади. Республика илмийамалий конференцияси материаллари. - Тошкент: ТДПУ, 2008. - 244-248 б.

7. Неъматова Г. Ижодий тафаккурни ривожлантириш технологияси ва укитувчининг мустакил фаолияти. Она тили укитувчилари учун методик тавсиялар. - Тошкент, 2001. - 96 б.

8. Сафарова Р., Нуржанова Р., Неъматов Ш., Кучкарова Ф. Замонавий дарсликларда концентризм принципи асосида такдим этиладиган укув материалларини танлаш ва блокларга ажратиш. -Т.: Фан ва технология, 2013.

9. Shomurotova, N. (2020). КАСБИЙ ТАЪЛИМ МЕТОДИКАСИ. Архив научных исследований, (22).

310.

May 6, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.