Научная статья на тему 'ONA TILI MASHG‘ULOTLARI O‘QUV TOPSHIRIQLARINING BERILISHI VA ULARNING MAZMUNI'

ONA TILI MASHG‘ULOTLARI O‘QUV TOPSHIRIQLARINING BERILISHI VA ULARNING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1977
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta‟lim mazmuni / dastur va darsliklar / o„quv materiali / mashq va o„quv topshiriqlari / o„quv dasturlari.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xosiyat Abdurasul Qizi Abduqahhorova

Ushbu maqolada 5-sinf ona tili mashg„ulotlari o„quv topshiriqlarining nazariy masalalari xususida to„xtalib o„tilgan. Bundan tashqari ona tili ta‟limida mashq va topshiriq tushunchalarining mazmun va mohiyati va o„quv topshiriqlarini takomillashtirish va amaliyotga tadbiq etish kabi masalalar yuzasidan fikrmulohazalar bildirilgan. Olib borilgan tadqiqot natijasida mashqning topshiriqdan farqi aniqlanib, ularning bajaradigan vazifalarida chegara belgilangan, har biri o„z mazmun-mohiyatidan kelib chiqib qo„llanilgan va zarur nutqiy ko„nikmalar tezroq shakllanishining ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI MASHG‘ULOTLARI O‘QUV TOPSHIRIQLARINING BERILISHI VA ULARNING MAZMUNI»

ONA TILI MASHG'ULOTLARI O'QUV TOPSHIRIQLARINING BERILISHI

VA ULARNING MAZMUNI

Ushbu maqolada 5-sinf ona tili mashg'ulotlari o'quv topshiriqlarining nazariy masalalari xususida to'xtalib o'tilgan. Bundan tashqari ona tili ta'limida mashq va topshiriq tushunchalarining mazmun va mohiyati va o'quv topshiriqlarini takomillashtirish va amaliyotga tadbiq etish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan. Olib borilgan tadqiqot natijasida mashqning topshiriqdan farqi aniqlanib, ularning bajaradigan vazifalarida chegara belgilangan, har biri o'z mazmun-mohiyatidan kelib chiqib qo'llanilgan va zarur nutqiy ko'nikmalar tezroq shakllanishining ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim mazmuni, dastur va darsliklar, o'quv materiali, mashq va o'quv topshiriqlari, o'quv dasturlari.

Jamiyat rivoji fan va texnika, ta'lim-tarbiya taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq. Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta'lim berishga yo'naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini o„ta qat'iy hamda murakkab talablar asosida yo'lga qo'yish zarurati kun tartibiga qo'yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayoni mohiyatini to'laqonli anglay olgan, favqulotda ro„y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta olish salohiyatiga ega bo'lgan malakali mutaxassisni tayyorlash zaruriyati ta'lim jarayonini ham texnologik yondashuv asosida tashkil etish lozimligini taqozo etmoqda. Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan ta'lim tizimining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi namoyon bo'lmoqda.

Xosiyat Abdurasul qizi Abduqahhorova

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

KIRISH

May, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ona tilini o'qitish sohasiga salmoqli hissa qo'shgan A.G'ulomov, Y.Abdullaev, A.Sayfullaev, T.G'aniyev, M.Sobirova, Sh.Yusupova, T.Yusupova, T.Ziyodova, M.Saidov, O.Oxunjonova kabi metodist olimlarning yaratgan tadqiqot ishlari, metodik qo'llanmalari, ilmiy maqolalarida uzluksiz ta'lim tizimi bosqichlarida ona tilini o'qitish yuzasidan yo'l-yo'riqlar bayon qilingan. Ulardagi tavsiyalardan bugungi kunda ham maktab ta'limida ona tili darslarini tashkil etishda zaruriy dasturulamal sifatida unumli qo'llanilmoqda.

Hozirgi kunga qadar juda ko'p manbalarda ta'lim mazmuni tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Jumladan, rus pedagog-olimlari I.Ya.Lerner va M.N.Skatkinlar ta'lim mazmuniga o'rganish uchun tanlangan va o'quvchilarning o'zlashtirishlariga mo'ljallangan, metodik jihatdan ishlangan boy ijtimoiy tajribaning bir qismi sifatida qaraydilar.

MUHOKAMA

Adabiyotlarda "ta'lim mazmuni" tushunchasi bilan birga "o'quv materiali" atamasi ham qo'llaniladi. Didaktikada o'quv materiali tushunchasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda u "ta'lim mazmuni" tushunchasiga teng bo'lsa, tor ma'noda ma'lum darajada o'rganilishi kerak bo'lgan, o'quvchilarning o'zlashtirishlariga moslashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar tizimi tushuniladi.

Ta'lim mazmuni deganda 1) o'quv rejalari, 2) o'quv dasturlari, 3) darsliklar hamda 4) o'quv-metodik qo'llanmalar nazarda tutiladi. Ona tilidan dastur hamda darsliklar o'quvchilarning o'rganishlari uchun tanlangan va ularning o'zlashtirishlariga muvofiqlashtirilgan til materiallarini o'z ichiga oladi .

Shu nuqtai nazardan qaraganda, ta'lim mazmunining yoyilmasi o'qitishning didaktik vositalari, jumladan, maktab darsliklari hisoblanadi.

Ona tili ta'limi tarixiga nazar tashlasak, bunday mashqlar o'zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki yillarda (1930-1940) chop etilgan darsliklarda ham uchramasligiga guvoh bo'lamiz.

Shu o'rinda "mashq" va "topshiriq" atamalarini bir-biridan farqlash, ularning lingvodidaktikadagi o'rni hamda ahamiyati haqida to'xtalish lozimdir. Metodist M.Saidov ona tili darslarida o'quv topshiriqlarini uch turga bo'lib, ularni o'zaro farqlaydi va ko'pincha, o'qituvchilar o'z ish faoliyatlari davomida "mashq", "topshiriq" va "masala" tushunchalarini bir-biriga qorishtirib yuborish holatlari ko'p uchrashini ta'kidlaydi. Shu o'rinda

tilshunos A.G'ulomovning "mashq ham o'quv topshirig'inmg bir

May, 2022

shakli, ham o'qitishning muayyan bir usuli," - degan fikriga qo'shiladi va topshiriq mashqning bir bo'lagi, u, asosan, mashqning shartida o'z ifodasini topshini, topshiriq mashqqa qaraganda torroq tushunchani ifodalashini e'tirof etadi.

Bizningcha, topshiriq mashqni o'z ichiga oladi, topshiriqlar o'quvchini yo'naltiradi, fikrlashga undaydi; takrorga asoslangan mashqlar ko'nikma va malaka hosil qilish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun maktablarda ona tili darslarida o'quv topshiriqlari ko'proq berilsa, o'quvchilarda ijodiy fikrlash ko'nikmalari shakllanadi.

Tilshunoslikning "Fonetika", "Leksikologiya", "Orfografiya" va "Orfoepiya" va boshqa bo'limlari bo'lib, ularni o'qitish vositalari ham bir-biriga chambarchas bog'liq. Shu nuqtai nazardan mazkur ishda mashq va topshiriq atamalariga o'zgacha yondashildi. Darslik va qo'llanmalarda ko'p uchraydigan "mashq", "topshiriq" atamalari o'zaro uyadoshlik hosil qilsa-da, ular orasida sinonimik munosabat yo'q. Biroq kuzatishlarimiz asosida ayta olamizki, uzoq yillardan beri amalda bo'lgan qator darslik va qo'llanmalarda mazkur ikki tushunchaning berilishida chalkashlik, birining o'rnida boshqasining qo'llanilishi kabi holatlarni ko'rish mu mkin.

"O'zbek tilining izohli lug'ati"da mashq atamasiga shunday ta'rif berilgan: "Mashq 1. [arabcha. - husnixat, rasm chizish uchun namunalar] biror faoliyatni puxta o'rganish, malaka hosil qilish uchun bajariladigan ish, tayyorgarlik mashg'uloti. Harbiy mashq. Mashq qilmoq. Siddiqjon ko'kragini sandalga berib, xat mashq qilar, Kanizak uning ro'parasida kitob o'qib o'tirar edi. (A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari). - Ish yomon, - dedi kelgan militsionerlar, - ko'p mashq ko'rmagan, hali miltiq otishni bilmaydigan militsionerlar, qo'lidan nima kelar edi. (S. Ayniy, Qullar). 2. Ma'lum maqsadda bajariladigan, qilinadigan muayyan ish, harakat. Imloga doir mashqlar. Jismoniy mashqlar. Bolalar bir-birlarining qo'llarini ushlab, gimnastika mashqlarini yengil va chiroyli bajaradilar (Gazetadan).

"Pedagogika ensiklopediyasi"da mashqqa berilgan ta'rifning ancha takomillashgan va ta'lim sohasiga moslashtirilgan shaklini ko'rish mumkin:

Mashq (arabcha - husnixat, rasm chizish uchun namunalar) - biror faoliyatni puxta o'zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida ko'p marta takrorlash. Mas., o'qish, yozish. Mashq ta'limda ko'nikma va malakalar hosil qilishda muhim o'rin tutadi.

Topshiriq atamasiga "O'zbek tilining izohli lug'ati"da quyidagicha ta'rif berilgan: "Topshiriq 1. Kimsaning zimmasiga yuklatiladigan ish, vazifa. Hukumat topshirig'i. Topshiriq bermoq. Tergovchi ham xit bo'ldi. Axir, u bu yerga o'ynagani kelmagan-ku. Maxsus topshiriq bilan oqni

oqqa, qorani qoraga ajratgani kelgan.

May, 2022

Yuqorida aytilgan fikrlarga yondashadigan bo'lsak, har bir atama o'z mazmun-mohiyatiga ega. Ya'ni, mashq muayyan harakatni, bir necha bor aynan takrorlash orqali shu mashg'ulotdan ko'zlangan ko'nikma va malakaga ega bo'lishni nazarda tutsa, o'quv topshiriqlari esa o'quvchining zimmasiga biror mazvuni mustahkamlash maqsadida bir marta bajarish uchun beriladigan ish, vazifani anglatadi.

Demak, mashq - ko'nikma yoki malaka hosil qilish vositasi. Topshiriq esa ma'lumotlarni kishi xotirasiga kirituvchi maxsus qurilmaga o'xshaydi. U yo'naltiruvchi xususiyatga ega. Topshiriq orqali o'quvchini fikrlashga, mustaqil ishlashga, ong va tafakkurini yuksaltirish vazifasini bajaradi. Zero, bugungi kunda mashqlar ham, topshiriqlar ham "Ona tili" darsliklarining muhim ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy ma'lumotlar, ya'ni grammatik qoidalar o'quvchida belgilangan mavzu doirasida bilim, tushuncha hosil qiladi. Ta'lim mazmunida o'quvchi egallashi ko'zda tutilgan ko'nikma va malakani, asosan, mashqlar shakllantiradi. Topshiriqlar bu o'rinda ko'proq o'quvchi bilimini boyitishga xizmat qiladi.

Maktabda, odatda, muayyan o'quv predmetiga tegishli darslik dars jarayonida ham, hatto darsdan so'ng ham o'quvchi va o'qituvchining shu o'quv predmeti bo'yicha bilim berish hamda ma'lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir. Shunday ekan, asosiy diqqatni darslikdagi o'quv materiallarining tarkibi, tuzilishi va, albatta, mazmuniga qaratish kerak. Maktab darsliklarida millat tafakkuri va mafkurasining eng ilg'or namunalari aks etishi kerak, degan ta'kid, fikrimizcha, "Ona tili" darsliklariga ko'proq tegishlidir. Ajdodlardan, umuman, insoniyat daholaridan bugungi kungacha yetib kelgan tafakkurning eng ilg'or mahsuli bo'lgan maqol, matal, hikmatli so'zlar, tasviriy ifodalar, iboralar ona tili ta'limining mazmuni ni tashkil etishi kerak, ulardan onda-sonda emas, balki har darsda, har o'quv topshiriq tarkibida unumli foydalanish maqsadga muvofiq. O'z o'rnida va o'z vaqtida o'quvchilar tafakkuriga singdirilgan bu kabi xalqona, milliy durdonalar ularning fikrlarini teranlashtirishga, dunyoqarashlarini kengaytirishga va o'zlarida hosil bo'lgan ijodiy tafakkur mahsulini ravon, aniq hamda tushunarli tarzda bayon eta olishlariga zamin yaratadi.

Amaldagi dastur va darsliklar o'quvchini ona tili ta'limi maqsadiga muvofiq mustaqil izlanishga undashi lozim. Bunday sharoitda darslikning eng muhim qismini nazariy ma'lumotlar bazasi emas, balki o'quvchiga ona tilimizning son-sanoqsiz imkoniyatlaridan unumli va o'rinli foydalanishni o'rgatadigan o'quv topshiriqlari tashkil etmog'i lozim. (Chunki maktabda ona

tili ta'limi tilshunos tayyorlash maqsadini emas, til

May, 2022

imkoniyatlaridan keng foydalana oladigan ijodiy fikr yurita oladigan yuksak tafakkur sohibini jamiyatga yetkazib berishni taqozo etadi). Demak, o'quv topshiriqlari o'quvchini mustaqil izlanishga unday olsagina, ularni talab darajasida deb hisoblash mumkin bo'ladi. Hozirda respublika miqyosida amalda bo'lgan maktab darsliklaridagi o'quv topshiriqlarining ayrimlari belgilangan talablarni qondira olmaydi. Chunonchi, ona tili darslarida tez-tez uchraydigan "Matndan ochiq bo'g'inlarni topib tavsiflang" kabilarni o'quv topshiriqlari darajasida baholab bo'lmaydi, sabab shuki, ular o'quvchida hech qanday ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qila oladigan yetarli ko'nikma, malakalarni qilmaydi. Shuning uchun darsliklarning topshiriqlar qismi mukammal, tizimli, puxta ishlab chiqilishi lozim.

Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'tilayotgan 5-sinf ona tili darsligi oldingi chiqqn darsliklarga nisbatan ancha mukammalroq tuzilgan desak mubolag'a bo'lmaymiz.

"Ona tili" darsliklarida to'g'ri talaffuz va imlo me'yorlarini ko'nikma sifatida shakllantirish borasida ko'plab mashqlar, turli tushuntirishlar beriladi. Ammo nutqiy faoliyat davomida ayrim nutq tovushlarining adabiy talaffuzi va imlosini o'quvchiga o'rgatish qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaraveradi.

Ma'lumki, psixologik nuqtai nazardan inson xotirasi, jumladan, o'quvchi xotirasi ham muayyan turlarga bo'linadi. Ma'lumotlarni bir marta o'qish oddiy xotirada vaqtincha saqlanadi va qisqa muddatda unutiladi. Agar uzluksiz takrorlansa, u doimiy xotiraga o'tadi. E.G'oziyev ta'kidlagan G.Ebbingauzning o'quvchi eslab qolishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar tarkibi, miqdori va sifati haqida olgan xulosalarini shu o'rinda keltirish o'rinli. U hech qanday ma'no anglatmaydigan 38 ta bo'g'inni o'quvchi 55 marta takrorlaganda eslab qolganini; 38 - 40 ta so'zdan iborat materialni eslab qolish uchun esa, 6-7 marta takrorlash kifoya qilganni aniqlagan. O'quvchining ijtimoiy hayotda aloqa-aralashuvni to'g'ri amalga oshirishida xizmat qila oladigan zaruriy ma'lumotlarni uning uzoq muddatli xotirasiga o'tkazish uchun o'sha ma'lumotlarni ko'p marta takrorlatish va xotirasida qayta tiklab turish lozim. Shu o'rinda aytish mumkinki, fonetika sathini o'qitishda mashq va topshiriqlarning o'quv materialini tashkil etuvchi sermazmun, purhikmat matnlardan o'rinli foydalanilsa, o'quvchi ularni bir-ikki takrorlash bilan uzoq muddatli xotirasiga "yozib qo'yadi". Biror jismoniy harakat avtomatlashish darajasiga yetishi uchun qancha uzluksiz mashq zarur bo'lsa, muayyan nutqiy malakaning shakllanishiga ham shuncha mashq, harakat kerak bo'ladi.

O'quvchining og'zaki nutqi tug'ilib o'sgan yeri, oilasi,

May, 2022

yaqinlari ta'sirida shakllangan holda maktabga keladi. Ba'zan ularni o'zlari o'rganib qolgan holatdan adabiy talaffuz me'yorlari doirasiga o'tkazish ancha qiyinchilik tug'diradi. Bunday sharoitda o'qituvchi, albatta, fonetika o'qitish jarayonidagi dastlabki faoliyatni hududiy muammolardan kelib chiqqan holda talaffuzi qiyin nutq tovushlari ustida ishlashga qaratishdan boshlashi zarur. Aks holda, ayrim o'quvchilar balog'atga yetganda ham ba'zi nutq tovushlari talaffuzini eplay olmaydigan bo'lib qolishadi. Bu kabi "nutqiy kemtiklik" madaniy davralarda o'quvchiga bir umr xalaqit berishi mumkin. O'qituvchi o'z vaqtida og'zaki nutqida muammolari bor o'quvchilarga alohida e'tibor berib, maxsus talaffuz mashqlari ustida muntazam ishlasa, muammoga o'rin qolmasligi aniq. Biroq bu borada maktabning amaldagi didaktik ta'lim vositalari (darslik, qo'llanmalar)da fonetik mashqlarga maxsus o'rin ajratilmagan.

O'tkazilgan tajriba-sinov ishlarimiz natijasida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinf ona tili mashg'ulotlarida qo'llangan qiziqarli, noan'anaviy, ijodiy izlanishga asoslangan tilning "Fonetika", "Leksikologiya", "Orfoepiya", "Orfografiya" va "Frazeologiya" bo'limlariga doir mashq va topshiriqlar orqali, avvalo, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutq savodxonligini oshirishga, nasriy va she'riy matnlarni ifodali o'qiy olishiga, muammoli vaziyatlarda o'zlarining mustaqil fikrlarini bayon etishlari mumkinligi aniqlandi, bu esa bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.

Ona tili darslarida o'quvchilarga adabiy tilning talaffuz me'yorlari o'rgatilmas ekan, savodxonlikka, nutq madaniyatiga erishib bo'lmasligi, o'quvchining so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rganishi uning to'g'ri yoza olishi, shuningdek, ona tili ta'limida fonetika o'qitishni takomillashtirmasdan nutqiy kompetensiyaga erishib bo'lmasligi asoslandi.

Ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilarga so'z boyligini oshirishga mo'ljallangan, xalq og'zaki ijodi namunalaridan maqol, hikmatli so'z va aforizmlar mavjud bo'lgan o'quv topshiriqlari berib borilsa, ko'proq natijalarga erishish mumkinligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини биргаликда барпо этамиз. - Т.:

XULOSA

Узбекистон, 2016. - 56 б.

May, 2022

2. Узбекистан Республикасининг "Таълим тyFрисида"ги К,онуни.// Баркамол авлод - Узбекистан тараккиётининг пойдевори. - Т.: Шарк, 1997. - 64 б. - 20-29-бетлар.

3. Йулдошева Д. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури талаблари асосида таълим максадини белгилашнинг дидактик асослари.-Т.: Фан, 2006. - 84 б.

4. Yo'ldosheva D.N. Ona tili ta'limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. - Toshkent: Ozbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2013. - 168 b.

5. Лернер И. Я. Дидактические основы методов обучения Текст. / И. Я. Лернер.-М.: Педагогика, 1981. -186 с.

6. Тухлиев Б., Шамсиева М., Зиёдова Т. Узбек тили укитиш методикаси. -Т., 2010. - 184 б.

7. Mahmudov N., Sobirov А., Sattorov Sh., Toshmirzayeva Sh., Mannopova D. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim ma^ab^rming 5-sinfi uchun darslik. - Т.: G'.G'ulom, 2020.

8. Хдмроев F.X,. Умумий урта таълим тизимида фонетикага доир укув материалларининг методик таъминотини такомиллаштириш. Фалсафа фанлари доктори (PhD) дисс. - СамДУ, 2019.

9. Саидов М. Узбек мактабларининг 5-синфларида она тили таълими жараёнида тафаккурни ривожлантирувчи укув топшириклари ва улардан фойдаланиш методикаси. Пед. фан. ном. дисс. авреф. -Тошкент: ТДПИ, 2000. -25 б.

10. Узбек тилининг изошли луFати. 4-том.-Т.: УзМЭ, 2004. - 445-б.

• О

May, 2022|

©

ф'

243

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.