APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
/
■ i.
yr\rT
0 v
ê
l ê .JUfll
ryi«!«!"11"
LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES
ARTICLE INFO
ISSUES OF CIVIL-LEGAL LIABILITY OF MEDICAL
PERSONNEL Juraboyeva Mahbuba Asqarbek qizi
Student of Tashkent State Law University https://doi.org/10.5281/zenodo.11183701
ABSTRACT
Received: 05th May 2024 Accepted: 12th May 2024 Online: 13th May 2024 KEYWORDS Medical workers, Hippocrates, postulate, medical malpractice, treatment error, public health, professional inexperience.
This article is devoted to the study of the terms, limitations and personal rights of civil-legal liability of employees in the medical field based on modern scientific research. Based on scientific research, the article discusses the issues of taking into account all personal rights of employees in the medical field and strengthening their civil-legal responsibility. At the same time, it examines the limitations of employees, the possibilities of learning and teaching what tools they use to address work and people and solve legal problems. brings important decisions studied in the protection of personal rights. Based on new scientific information, successful practices, and legal research, more understanding of the civil-legal responsibility of medical personnel is brought out and requires changes.
TIBBIY XODIMLARINING FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK
MASALALARI
Juraboyeva Mahbuba Asqarbek qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11183701
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 05th May 2024 Accepted: 12th May 2024 Online: 13th May 2024 KEYWORDS Tibbiyot xodimlari, Gippokrat, postulat, tibbiy nosozlik, davolashda xatolik, fuqarolar sog'ligi, kasbiy tajribasizlik.
Bu maqola tibbiyot sohasidagi xodimlarning fuqarolik-huquqiy javobgarligi muddatlarini, cheklovlarini va shaxsiy huquqlarini ilmiy zamonaviy tadqiqotlar asosida o'rganib chiqishga bag'ishlangan. Ilmiy tadqiqotlar asosida, maqola tibbiyot sohasidagi xodimlarning barcha shaxsiy huquqlarini hisobga olishi va ularning fuqarolik-huquqiy javobgarligini kuchaytirish masalalarini muhokama qiladi. Shu bilan birga, xodimlarning cheklovlarini, ish va odamlar bilan murojaat qilish va huquqiy muamolar yechish uchun qanday vositalardan foydalanishlarini o'rganish va ta'lim berish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi.Maqola tibbiyot sohasidagi
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
xodimlarning fuqarolik-huquqiy javobgarligi masalasini chuqur o'rganib, ularning shaxsiy huquqlarini himoya qilishda o'rganilgan muhim qarorlarni keltiradi. Yangi ilmiy ma'lumotlar, muvaffaqiyatli amaliyotlar va huquqiy tadqiqotlar asosida, tibbiyot sohasidagi xodimlarning fuqarolik-huquqiy javobgarligi haqida ko'proq tushunchalar olib chiqiladi va o'zgarishlarni taqozo etadi.
Kirish
Milliy qonunchilik tizimimizda har bir ijtimoiy sohani tartibga solish izchil ravishda yo'lga qo'yilgan bo'lib, ayniqsa, bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyo miqyosida demokratik davlatlarning xalqaro imidjida belgi vazifasini bajaruvchi tibbiyot sohasi va uning vakillari e'tibor markazida.Chunki tibbiyot sohasi bevosita insonlarning taqdiri bilan bog'liq. 1 Tibbiyot xodimlarining huquqiy maqomi esa, xalqaro huquq normalarini ratsifikatsiya qilish va ulardagi standart mezonlar asosida amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish natijasida mukammal tarzda bayon etilmoqda.
2Zamonaviy tibbiyot fani tomonidan ilgari surilgan birinchi axloqiy postulatlar qadimgi yunon shifokori Gippokratga borib taqaladi, biz uni tibbiy etikaning asoschisi, deb bilamiz. Bu postulatlar hanuzgacha zamonaviy tibbiyotning axloqiy kodeksining asosini tashkil etadi, ular orasida eng muhim "postulat primum nil nocere" ya'ni, bemorga o'z harakatlaringiz bilan zarar yetkazmang. Tibbiyot xodimlari nomidan harakat qilish majburiyati axloqiy me'yorlarda mavjud sog'liqni saqlash kasbining majburiyatlari.
Tibbiy nosozlik tushunchasi XVIII-XIX asrlar bo'sag'asidagi zamonaviy tibbiyot fanining boshlanishiga to'g'ri keladi. Uning yaratuvchisi nemis patologi Rudolf Karl Virxov (18211902) edi. Tibbiy noto'g'ri ishlashning asl ta'rifi yoki kasbiy xatoning umumiy e'tirof etilgan qoidalarini buzish sifatida lozim darajada e'tibor yoki ehtiyotsizlik tufayli muomala san'ati hozirgi kungacha ma'lum o'zgarishlarga uchradi.
Ushbu ta'rif tibbiyot qoidalarining o'zgaruvchanligini va hozirgi ilmiy yutuqlarga va yangi natijalarga bog'liqligini hisobga olish uchun juda qattiq edi. tadqiqot. Davolashda xatolik - bu tibbiy noto'g'ri ishlashni belgilaydigan zamonaviy atama. Ba'zi mualliflar tibbiy noto'g'ri ishlashni tibbiy standartga, ya'ni tibbiyot fanining standartiga e'tibor bermaslik yoki chetga chiqish deb ta'riflaydilar va boshqalar tibbiy fan standartiga ko'ra, har qanday tibbiy chora sifatida va tajriba, tegishli e'tiborsiz amalga oshirildi. Tibbiy standart tushunchasi ikkala ta'rifda ham mavjud. U zamonaviy huquqni taqqoslaydi, aniq shifokorning xatti-harakati bilan shifokorning o'zidan kutilgan xatti-harakati professional doira.
Har doim tajribali va ehtiyotkor amaliyotchi yoki mutaxassis ma'lum bir vaziyatda o'zini qanday tutishi haqida so'rash kerak Biroq, faqat tibbiy kasbning belgilangan tan olingan qoidalarini hisobga olish yetarli emas. U o'zidan kutilgan tegishli parvarish qoidalarini buzgan
1 https://cvberleninka.rU/article/n/tibbivot-xodimlarining-huquqiv-javobgarligi/viewer
2 https://doi.Org/10.18690/mls.16.2.319-352.2023
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
yoki buzganligini to'g'ri baholash uchun shifokorning xatti-harakati ham ushbu shartlar doirasida baholanishi kerak.
Aytishimiz mumkinki, inson salomatligini jinoyat va fuqarolik qonuni bilan himoya qilish asosiy huquqdir. Kelajakda yangi talab qilish bilan bog'liq ayblovlar bo'lishi mumkin, chunki hozirgi vaqtda tibbiyot juda tez rivojlanmoqda.
Muhokama va tahlillar
O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik tizimida har bir elementaristik sferalarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar ishlab chiqib, takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, tibbiyot sohasining sog'liqni saqlash, aholi salomatligini mustahkamlash, bolalar va ayollar o'rtasida profilaktika ishlarining samarali yo'lga qo'yilganligi e'tirofga sazovor. Shuningdek, Respublika miqyosida biotibbiyot tadqiqotlarini o'tkazish, biomeditsina va genetikada innovatsion texnologiyalarni qo'llash va joriy etishda xalqaro huquq normalarini ratsifikatsiya qilinganligi va ulardagi standart mezonlar asosida amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilganligi "Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to'g"risida"gi Qonunda o'z aksini topdi.
O'zbekiston Respublikasida sog'liqni saqlashni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, ular tibbiy-klinik tadbirlar va biotibbiyot tadqiqotlarini amalga oshirilishi ustidan axloqiy-huquqiy nazoratni amalga oshirishning aniq chora-tadbirlari va resurslarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar, umumdavlat dasturlarini qabul qilish uchun asos bo'ladi. Aynan, ushbu konsepsiyada mamlakatimizda ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko'rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta'minlanganligi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishilganligi muayyan ma'noda pozitivlik kasb etadi.
"Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasida keltirilishicha "Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat'i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi.3 Ushbu qoidani buzishda aybdor bo'lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar". Demak, yuqoridagi normaga muvofiq, davlat va u vakolat bergan tibbiyot subyektlarining fuqarolar tomonidan kamsitishi ham javobgarlikni keltirib chiqarishi belgilanganligi bu normaning Jinoyat Kodeksida qo'riqlanadigan fuqarolarning huquqlari poymol etilishi, tibbiyot xodimlarining harakat oqibatida jinoyat sodir etishi haqida ma'lumot beradi. Ushbu qonunning 30-moddasida esa "Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishdan bo'yin tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sog'lig'iga yetkazilgan zarar uchun qonunga muvofiq javobgar bo'ladilar" deb belgilangan va albatta, ushbu qilmish protsessual qonunchilikda sanksiya qo'llashga sabab bo'ladi.
Fuqarolik huquqiy shartnomalar ichida "Haq evaziga xizmat ko'rsatish" shartnomasining xos jihatini sifatli va malakali xizmat ko'rsatish tashkil etadi. Haq evaziga xizmat ko'rsatuvchi klinikalar mijozlarga malakali xizmatni taklif (jarrohlik xizmatiga ham ruxsat berilayapti) etar ekan, xizmat sifatiga e'tibor berishlari kerak.Shu bilan birga ushbu
3 https://huquqburch.uz/tibbiv-xizmatda-fuqarolik-huquqiv-javobgarlik/
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
shartnomaviy munosabatdan bevosita zarar yetkazilishi natijasida tibbiyot markazlari yoki ularning xodimlarini fuqarolik-huquqiy javobgarlik masalalari yuzaga chiqadi.
Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 989-moddasiga ko'ra, ish beruvchi o'z xodimi tomonidan mehnat majburiyatlarini bajarishda yetkazgan zararni to'laydi. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga nisbatan xodimlar deyilganda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi fuqarolar shuningdek, fuqarolik huquqiy shartnoma asosida ishlayotgan fuqarolar shartnoma shakli va muddatidan qat'iy nazar, agarda ushbu xodimlar:
• ish beruvchining topshirig'i asosida (ushbu topshiriq mehnat shartnomasi yoki fuqarolik shartnomasi shartlari bilan qamrab olinadi yoki alohida tartibda kelishib olingan bo'ladi) harakat qilgan yoki harakat qilinishi lozim bo'lsa;
• xodimlar tegishli ish beruvchilar (fuqaro yoki yuridik shaxs) nazorati ostida harakat qilgan bo'lsalar. Nazorat ishlarni ish beruvchi yoki buyurtmachi kuzatuvi ostida bajarilishinigina emas, balki ularning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo'yicha normativlarga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarini xam anglatadi. Ish beruvchi yoki buyurtmachi amalga oshiriladigan nazorat qonuniy asosga ega bo'lishi, ya'ni ularni huquqiy maqomi bilan bog'liq bo'lishi lozim, ayni paytda nazoratni amalga oshirishni real imkoni ham mavjud bo'lishi shart.
Ushbu toifadagi ish bo'yicha javobgar har doim ish beruvchi bo'ladi, bevosita zarar yetkazgan xodim esa uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etiladi. Bevosita zarar yetkazgan xodimning mulkiy holati ahamiyat kasb etmaydi, chunki uning harakatlari uchun ish beruvchi mas'ul hisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki, zarar yetkazish xodim tomonidan ish beruvchiga o'zining kasbi, malakasi, mahorati va shu kabilar to'g'risida noto'g'ri yoki qasddan yolg'on ma'lumot taqdim etish sababli yoki u bilan bog'liq ravishda vujudga kelgan hollarda ham, javobgarlik subyekti ish beruvchi bo'lib qolaveradi. Shu bilan birga, ish beruvchi esa keyinchalik zarar to'la qoplangandan so'ng xodimdan unga yetkazilgan zararni regress tartibida undirish huquqiga ega bo'ladi.
Bundan tashqari yuqorida keltirib o'tganimizdek, shartnoma natijasida nuqsonli bajarilgan ish yoki xizmat natijasida yuzaga keladigan zarar uchun ham aynan javobgarlik yuklanadi. 4O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 1017-moddasiga asosan, tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari keltirilgan. Unga ko'ra, fuqaroning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga tovarning, ishning, xizmatning:
- konstruktiv nuqsonlari;
- retsepturaviy nuqsonlari;
- tovar, ish, xizmat to'g'risidagi ma'lumot noto'g'ri ekanligi;
- tovar, ish, xizmat to'g'risida ma'lumot yetarli emasligi oqibatida yetkazilgan zarar tovarni tayyorlovchi yoki sotuvchi, ishning yoki xizmatning ijrochisi tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnomaviy munosabatlarida bo'lgani yoki bo'lmaganidan qat'iy nazar qoplanishi lozim.
4 https://www.osce.org/uz/uzbekistan/106233
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Tovarning konstruktiv nuqsonlari uning tashqi shakli bilan bog'liq bo'lsa, tovarning retsepturaviy nuqsonlari uning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari ya'ni bunda eng avvalo kimyoviy, fizik tarkibi, shuningdek tovar, ish, xizmatdan foydalanish qoidalaridagi kamchiliklar bilan bog'liq.tovarning konstruktiv nuqsonlari uning tashqi shakli bilan bog'liq bo'lsa, tovarning retsepturaviy nuqsonlari uning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari (eng avvalo kimyoviy, fizik tarkibi va sh.k.) shuningdek tovar (ish, xizmat)dan foydalanish qoidalaridagi kamchiliklar bilan bog'liq. 5O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuniga muvofiq tayyorlovchi, ijrochi sotuvchi iste'molchiga o'zi haqida va o'z faoliyatining qoidalari to'g'risida ma'lumot yetkazishi shart. Tayyorlovchi, ijrochi, sotuvchi o'zi realizatsiya qilayotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar to'g'risida zaruriy, ishonchli va tushunarli ma'lumotlarni o'z vaqtida taqdim etishi shart.
Yuqoridagi ikki qonunchilik hujjatidan shu xulosa qilishimiz mumkinki, farmatsevtika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish bilan bog'liq bo'lgan tibbiy xodimlarning fuqarolik-huquqiy javobgarlik masalasi takidlangan. Keltirilgan tovar, ishlar yoki xizmatlarning nuqsonli bo'lishi aynan shartnomaga muvofiq agarda bunday shartnoma mavjud bo'masa ham zarar yetkazilganligi mavjud bo'lsa ushbu harakatni sodir qilgan ijrochi, sotuvchi yoki bajaruvchini to'laqonli javobgarligini belgilaydi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqorida nazarda tutilgan qoidalar tovarni, ishning bajarilishi, xizmatning ko'rsatilishi tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki iste'mol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qo'llaniladi.
Xorijiy davlatlarning qonunchilik tajribalari
6Xorvatiyaning majburiy munosabatlar to'g'risidagi qonunining 10-moddasi 2-bandi shifokordan yaxshi mutaxassisning ehtiyotkorlik bilan harakat qilishini talab qiladi. Sog'liqni saqlashni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunning 155-moddasi 3-bandida tibbiy nosozliklar to'g'risidagi qoidalar belgilangan. Ushbu modda tibbiyot xodimlarini sog'liqni saqlash kasbining qoidalariga muvofiq harakat qilishga majbur qiladi ularning harakatlari odamlarning hayoti va sog'lig'iga xavf tug'dirmasligi uchun tibbiy yordam ko'rsatishda. "Tibbiyot kasbi to'g'risida"gi qonunning 2-moddasi 5-bandida shifokor o'z kasbining qoidalari, qoidalari, tibbiy etika va deontologiya kodeksiga rioya qilmasa, tibbiy xatoga yo'l qo'yadi.
Fuqarolik protsessual huquqi tibbiy xizmatlar ko'rsatishning zararni qoplash yoki zararli oqibatlarini bartaraf etish huquqini amalga oshirishning asosiy sud tartibini tashkil etadi. Xorvatiya qonunchilik tizimida tibbiy davolanish natijasida yetkazilgan zararni to'g'ridan-to'g'ri tartibga soluvchi ,,lex specialis" mavjud emasligi sababli, majburiyatning 1045-moddasida keltirilgan zarar uchun javobgarlikning umumiy tamoyillari ,,Aloqalar to'g'risida"gi qonun qo'llaniladi, bu odatda fuqarolikdagi zararli harakatlarni tartibga soladi:
- kim birovga zarar yetkazsa, uni qoplashi shart, zarar uning aybisiz sodir bo'lganligini isbotlamasa,
- oddiy beparvolik taxmin qilinadi.
Umumiy Fuqarolik kodeksining huquqiy qoidalariga asoslangan sud amaliyotida, nomoddiy zararni qoplash uchun kompensatsiya faqat pul hisoblanadi. Bu uchun tibbiy xatoni
5 https://lex.uz/docs/-4704
6 https://journals.um.si/index.php/medicine/article/view/3266
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
zararli hodisa deb hisoblash uchun zarar uchun javobgarlikning qonuniy shartlari jamlangan holda bajarilishi kerak, ya'ni quyidagilar ma'lum bo'lishi lozim:
a) yetkazilgan zarar uchun majburiy javobgarlik munosabatlarining subyekti - zarar yetkazuvchi tomon, shifokor yoki sog'liqni saqlash muassasasi;
b) kompensatsiya talab qiluvchi shaxs - jabrlanuvchi, bemor, oila a'zolari;
v) jinoyatchi tomonidan sodir etilgan zararli xatti-harakatlar (sog'liqni saqlash kasbi qoidalarini buzish - tibbiy xato);
d) jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar (shaxs huquqlarining buzilishi yoki nomulkiy zarar);
e) zararli o'rtasidagi sababiy bog'lanish yoki (,,causal nexus") bevosita bog'liqlik harakat (shifokorning beparvoligi) va natijada bo'lmagan zarar ko'zda tutilgan;
f) obyektiv va subyektivdan iborat zararli harakatning noqonuniyligi elementlar;
7Ruminiyada amaldagi "Tibbiy huquqbuzarlik sohasida sog'liqni saqlashni isloh qilish to'g'risida"gi qonunda tibbiyot xodimlari quyidagi shakllarda javobgarlikka tortilishi mumkinligi ko'rsatilgan: intizomiy javobgarlik, ma'muriy javobgarlik, fuqarolik va jinoiy javobgarlik.
Muhim jihatlari huquqbuzarlik uchun javobgarlik tamoyillariga asoslangan fuqarolik javobgarligi shakli keyingi majburiy elementlar: aybdorlik, shikastlanish va ayb va shikastlanish o'rtasidagi sabab-oqibat bog'liqligi haqida dalillarni talab qiladi. Agar bitta element yetishmayotgan bo'lsa, unda farmon chiqarish imkoniyati yo'q. To'rt elementning mavjudligini isbotlash yo'lida sud tibbiy nosozlik bo'yicha ish bo'lsa yoki mavjud bo'lmasa, berish uchun dalillarni (hujjatlar, guvohlar, so'roq va ekspertiza) tahlil qilishi kerak.
Noqonuniy huquqbuzarlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solingan qoidalarga asoslanadi. Fuqarolik kodeksi 1357-moddaga ko'ra, aybdorlik bilan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakat bilan birovga zarar yetkazgan shaxs, eng kichik zararni bartaraf etgan holda muallifni tuzatishi shart.
Aybga kelsak, u aybdorlikni baholashda zarar yetkazilgan holatlar hisobga olinishi, zarur hollarda esa, kasbiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi shaxs tomonidan faqat o'zining qasddan sodir etgan qilmishlari uchun javobgar bo'lganligi ko'rsatilgan. Noqonuniy harakat yoki aybga nisbatan huquqiy normalar bunday qilmishni jamoat tartibini, axloqni yoki qonunlarni buzadigan holat va boshqa birovning huquq yoki manfaatlariga ta'sir qilganda etkazilgan zararni ko'rib chiqadi. Ushbu turdagi fuqarolik ishlari bo'yicha sud qaror chiqaradi. Sud qarori ustidan yuqori sudga shikoyat qilinishi mumkin va sud zararni to'lash va Ruminiyadagi Shifokorlar kolleji a'zoligidan chiqish kabi qo'shimcha jazo choralarini ko'rishi mumkin.
8Yakka tartibda tibbiy xizmat ko'rsatadigan shifokor, tadbirkor sifatida 2004 yil 2 iyuldagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligi to'g'risida"gi qonun va bemorlarni o'z shaxsiy amaliyotida davolaydi, uning beparvoligi natijasida kelib chiqqan har qanday moddiy va ma'naviy zarar uchun javobgar bo'lishi mumkin. Bu FKning 471-moddasiga asosan, shifokor va bemor o'rtasida tuzilgan tibbiy xizmat shartnomasi bo'lib, ushbu javobgarlikka sabab bo'ladi.Shu bilan birga, bemor ushbu shartnomani buzganlik uchun asoslarni qoplashni talab
7 https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC5712936/
8https://www.researchgate.net/publication/297726241 Civil Liability for Medical Malpractice Damage Resulting f rom Doctor's Negligence Breach of Professional Duties
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
qilmasligi kerak, shifokor bemorga nisbatan umumiy kasbiy burchini beparvolik bilan buzsa va unga zarar yetkazsa, unga yetgan zararni o'zining mulkidan to'laydi, degan qoida mavjud.
Xodim bo'lgan shifokor, agar davolanish jarayonida va shifokorning aybi bilan yetkazilgan bo'lsa, bemorga etkazilgan zarar uchun uni shaxsiy javobgarlikdan ozod qiladigan Mehnat kodeksining qoidalariga muvofiq himoyalanishga loyiqdir. Natijada, jabrlanuvchi faqat moddiy va ma'naviy zararni o'z ichiga olgan zararni to'liq to'lashi shart bo'lgan sog'liqni saqlash muassasasiga tovon to'lashni talab qilishi mumkin. Shikastlangan shifokor da'vo tarafi emas, balki faqat guvoh bo'lib, ishning holatlarini sudga taqdim etadi. Fuqarolik Kodeksining 430-moddasiga muvofiq, shifoxonaning o'ziga bo'ysunuvchi xodimlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi obyektiv hisoblanadi.
Xulosa
Yuqorida keltirilgan mamlakatlarning tibbiy sohadagi xodimlarning yetkazgan zarari fuqarolik-huquqiy javobgarligi har xil, misol uchun Ruminiya qonunchiligi bo'yicha tibbiyot xodimi tomonidan yetkazilgan zarar uning o'zi tomonidan qoplanilishi shuningdek, unga nisbatan bir vaqtning o'zida bir nechta jazo choralari qo'llanilishi mumkinligi belgilangan. Xorvatiya qonunchiligi bo'yicha bu muammoli yechim hisoblanadi va umumiy tartib asosida ,,kim zarar yetkazsa u javobgar bo'ladi" qabilida ish olib borilishi ko'rsatilgan, sababi ushbu davlatda bunday munosabatni tartibga soluvchi aniq qonun ishlab chiqilmagan.
Polsha qonunchiligi bo'yicha esa zarar yetkazgan shifokor u aybdor bo'lishiga qaramay, javobgarlikdan ozod bo'lishi va sudga u sudlanuvchi yoki ayblanuvchi emas balki uchinchi shaxs yoki guvoh sifatida chaqirilishi ko'rsatilgan. Ushbu davlat qonunchiligi bo'yicha zarar yetkazgan shifokor emas, balki o'sha tashkilot tomonidan jabrlanuvchiga zarar qoplanilishi belgilangan, hatto keyinchalik bu zarar shifokordan undirilmasligi ham ushbu davlat mehnat kodeksida belgilangan ekan.
Milliy qonunchiligimizda esa ikki xil yo'nalish mavjud bo'lib, yuqorida keltirilgan, ya'ni biri yetkazilgan zarar ushbu tashkilot tomonidan to'la qoplanilib, keyinchalik xodimdan regress tartibida undirish bo'lsa, ikkinchisi xizmat ko'rsatish shartnomasi natijasida zarar aynan ijrochi taraf tomonidan qoplanilishi hisoblanadi. Ushbu norma Polsha qonunchiligi bilan o'xshashlik tomonidir, aynan unda ham shartnoma natijasida yetkazilgan bo'lsa, o'sha taraf tomonidan qoplanilishi belgilangan.
Umumiy xulosa qilinadigan bo'lsa, tibbiyot xodimlarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi keltirilgan chet el davlatlari qonunchiligida ham asosan, jinoyat qonunchiligidan kamroq ahamiyatga va qo'llanilish doirasi kam hisoblanadi. Bundan tashqari ba'zi o'zgarishlarni hisobga olmasak, deyarli qoida umumiydir. Shunday ekan, ushbu javobgarlikning ko'lamini uning mulkiy huquq va mol-mulki bilan bog'lash bir tarafdan maqul bo'lishi mumkin. Misol uchun MCHJ da jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar jamiyat ulushdorlariga qo'shgan ulushlariga mutanosib taqsimlanadi. Tibbiyot markazlarida esa avval yuridik shaxs to'lab keyinchalik undirib olishi ko'zda tutilgan, ammo ushbu norma ko'p hollarda mas'uliyatni yuzaga chiqarmaydi va natijada javobgarlikni tashkilot o'z zimmasiga oladi. Ya'niki javobgarlik zimmasi har bir shaxsning mol-mulki va mulkiy huquqlari bilan bog'liq bo'lsa, ularning fuqarolik-huquqiy javobgarligi ham o'zgaradi va tabiiyki yangi qonunchilik shakllanishiga olib keladi.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
References:
1. https://cyberleninka.ru
2. https://doi.org/10.18690/mls.16.2.319-352.2023
3. https://huquqburch.uz
4. https://www.osce.org/uz/uzbekistan/106233
5. https://lex.uz/;
6. https://journals.um.si/index.
7. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC5712936/
8. https://www.researchgate.net.