Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI FUQAROLIK HUQUQIY TARTIBGA SOLISH'

O‘ZBEKISTONDA SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI FUQAROLIK HUQUQIY TARTIBGA SOLISH Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
288
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nomulkiy huquqlar / shaxsiy hayot daxlsizligi / tasvirga bo’lgan huquq / nomga bo’lgan huquq / ovozga bo’lgan huquq. / property rights / privacy / right to image / right to name / right to vote.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Koryog‘diyev, B. U.

Ushbu maqola o’z o’quvchisi uchun Markaziy Osiyoning asosiy davlatlaridan biri bo’lgan O’zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishga oid qonunchiligi haqida umumiy tasavvur beradi. O’zbekistondagi bu boradagi Xalqaro tashkilotlar, jumladan Privacy International kabi nodavlat tashkilotlar tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlarning sabablari tahlil qilinganda, shaxsiy hayot daxlsizligi himoyasiga berilgan pastroq baho ushbu davlatning faqat qonunchiligi bilan bog’liq emasligini ko’rish mumkin. Mamlakatda shaxs daxlsizligi, shaxsni individuallshtiruvchi huquqlarini (tasvirga, nomga bo’lgan huquqlar) amalga oshirish, uy-joy hamda shaxsiy sir daxlsizligi kabi privacy huquqlari birinchi navbatda Konstitutsiya bilan, undan keyin esa Fuqarolik hamda Jinoyat kodekslari bilan tartibga solingan. Bunday huquqlarning buzilishiga asosan, amaliyotda qonunlarning yaxshi ishlamasligi va huquqiy negilism ko’proq sabab bo’lsa ham, biroq qonunchilikdagi muammolar ham ko’zga tashlanadi. Bunday muammolarning birinchisi shaxsiy hayot daxlsizligiga oid huquqlarni himoya qilish asoslari va choralari fuqarolik huquq doirasida juda ko’p kamchiliklarga ega bo’lib, huquqi buzilgan jabrlanuvchilar ko’pincha jinoyat sudlari orqali o’z huquqlarini tiklashga harakat qilishidir. Biroq, jinoyat huquqiy javobgarlik garchi muqarrar jazo choralariga ega bo’lsa ham, u fuqarolik huquqi singar buzilgan huquqlarni to’liq tiklash xususiyatiga ega emas. Sababi, jinoiy jazolarning funksiyasi javobgarni jamiyat oldida tarbiyalash, jabrlanuvchining huquqlarini tiklash emas.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REGULATION OF PRIVACY RIGHTS IN UZBEKISTAN IN CIVIL LEGAL ORDER

This article gives its reader an overview of the legislation on the implementation and protection of privacy rights in Uzbekistan, one of the main countries of Central Asia. When analyzing the reasons for critical opinions expressed by international organizations in Uzbekistan, including non-governmental organizations such as Privacy International, it can be seen that the lower rating given to the protection of privacy is not only related to the legislation of this country. In the country, the rights of privacy, such as the inviolability of the person, the realization of individualizing rights (rights to the image and name), the privacy of housing and privacy are regulated first by the Constitution, and then by the Civil and Criminal Codes. Although the violation of such rights is mainly caused by the ineffectiveness of laws and legal nihilism in practice, problems in legislation are also noticeable. The first of these problems is that the foundations and measures for the protection of privacy rights in the framework of civil law have many shortcomings, and victims of violated rights often try to restore their rights through criminal courts. However, although criminal legal responsibility has inevitable punishment, it does not have the feature of full restoration of violated rights, such as civil rights. The reason is that the function of criminal punishments is not to educate the defendant before the society and restore the rights of the victim.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI FUQAROLIK HUQUQIY TARTIBGA SOLISH»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

O'ZBEKISTONDA SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGIGA BO'LGAN HUQUQLARNI FUQAROLIK HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

B.U.Koryog'diyev

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi Email: boburkoryo gdiev@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola o'z o 'quvchisi uchun Markaziy Osiyoning asosiy davlatlaridan biri bo 'lgan O 'zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishga oid qonunchiligi haqida umumiy tasavvur beradi. O 'zbekistondagi bu boradagi Xalqaro tashkilotlar, jumladan Privacy International kabi nodavlat tashkilotlar tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlarning sabablari tahlil qilinganda, shaxsiy hayot daxlsizligi himoyasiga berilgan pastroq baho ushbu davlatning faqat qonunchiligi bilan bog'liq emasligini ko 'rish mumkin. Mamlakatda shaxs daxlsizligi, shaxsni individuallshtiruvchi huquqlarini (tasvirga, nomga bo 'lgan huquqlar) amalga oshirish, uy-joy hamda shaxsiy sir daxlsizligi kabi privacy huquqlari birinchi navbatda Konstitutsiya bilan, undan keyin esa Fuqarolik hamda Jinoyat kodekslari bilan tartibga solingan. Bunday huquqlarning buzilishiga asosan, amaliyotda qonunlarning yaxshi ishlamasligi va huquqiy negilism ko 'proq sabab bo 'lsa ham, biroq qonunchilikdagi muammolar ham ko 'zga tashlanadi. Bunday muammolarning birinchisi shaxsiy hayot daxlsizligiga oid huquqlarni himoya qilish asoslari va choralari fuqarolik huquq doirasida juda ko 'p kamchiliklarga ega bo 'lib, huquqi buzilgan jabrlanuvchilar ko 'pincha jinoyat sudlari orqali o 'z huquqlarini tiklashga harakat qilishidir. Biroq, jinoyat huquqiy javobgarlik garchi muqarrar jazo choralariga ega bo 'lsa ham, u fuqarolik huquqi singar buzilgan huquqlarni to 'liq tiklash xususiyatiga ega emas. Sababi, jinoiy jazolarning funksiyasi javobgarni jamiyat oldida tarbiyalash, jabrlanuvchining huquqlarini tiklash emas.

Kalit so'zlar: nomulkiy huquqlar, shaxsiy hayot daxlsizligi, tasvirga bo'lgan huquq, nomga bo 'lgan huquq, ovozga bo 'lgan huquq.

Ushbu maqolada demakratik jamiyatda shaxslarning asosiy fundamental huquqi bo'lgan shxsiy hayot daxlsizligi ko'pchilik mamlakatlar uchun yopiq deb hisoblanuvchi O'zbekistonda amalga oshirilishi va muhofaza qilinishi borasidagi qonunchilik tahlil qilindi. Maqola davomida ushbu huquqni tartiblashning nazariy-

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

doktrinal jihatidan amaliy-qonunchilik masalalarigacha ko'rib chiqildi. Xususan, O'zbekiston shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga shaxsiy nomulkiy munosabat sifatida qarash konsepsiyasini tanlagan bo'lsa, ayrim davlatlarda, masalan Qo'shma Shtatlar bunday huquqlar manfaatdor shaxslarning mulkiy huquqlaridir degan qarashni afzal ko'rishgan.

Shaxsiy hayot daxlsizligi bu huquqlar tarmog'i bo'lib, tarmog'dan shaxs hayoti daxlsizligidan tortib, uning qiyofasiga bo'lgan shaxsni individuallashtiruvchi huquqlar joy olgan. Maqola ushbu tarmog' huquqlarining asosiylarini ketma-ketligda, alohida paragraflarda nazariy va huquqiy tahlil qiladi.

2. O'zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligiga oid qonunchilik

2.1. O'zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizlik qonunchiligiga umumiy nuqtai nazar

O'zbekiston Respublikasida shaxsiy hayot daxlsizligiga bo'lgan huquq dastlab O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan bo'lib, unga ko'ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi1.

Konstitutsiyaning 25-moddasiga ko'ra, esa har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.

Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining to'g'ridan to'g'ri ifodalanishi Konstitutsiyaning 27-moddasida nazarda tutilgan. Mazkur normagan ko'ra, har kim o'z sha'ni va obro'siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o'tkazishi yoki uni ko'zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so'zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.

Konstitutsiyaning 27-moddasi 2-qismida belgilangan qoidalar xabeas korpus instituti bilan chambarchas bog'liq. Zero, qonuniy asoslarsiz tintuv o'tkazish har doim taqiqlanadi. Ma'lumki, xabeas korpus instituti shaxsiy daxlsizlikni ta'minlashda alohida o'rin tutadi.

Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi belgilangan qonun hujjatlari turkumiga O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksini ham kiritish mumkin. FKning 99-moddasida bir qator shaxsiy nomulkiy huquqlar jumlasiga shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi ham kiritilgan. Nomoddiy ne'matlar jumlasiga kiritilgan hayot, salomatlik, shaxsiy daxlsizlik, insonning jismoniy holati bilan bog'liq bo'lib, tug'ilgan paytidan

1 O'zbekiston Respublkasining Konstitutsiyasi 13-moddasi. https://lex.uz/docs/-20596

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

unga tegishlidir. Hayot eng asosiy nomoddiy nemat sifatida qolgan barcha huquqlarni keltirib chiqaradi. Shaxsiy hayot daxlsizligi O'zbekistonda fuqarolik huquqiy himoya qilinishi jihatidan yetarlicha kamchiliklarga ega hamda tanqidlarga sabab bo 'lgan. Sababi, Fuqarolik kodeksi shaxsiy hayot daxlsizligini alohida huquqbuzarlik (delict) sifatida himoya qilmaydi. Shu sababdan ham javobgarlik choralari o'ta yumshoq hamda sud amaliyotida bunday ishlarni fuqarolik huquqi bilan tartibga solishda muammolarni keltirib chiqaradi. Bu haqida to'liqroq ma'lumotlarni alohida paragraflarda berib o'tamiz.

Qolaversa, shaxsiy hayot daxlsizligi Jinoyat kodeksi bilan ham qo'riqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko'ra fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma'lumotlarni oshkor etish jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi2. Shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksning bir qator moddalari (17-19, 88-moddasi)da shaxsiy hayot daxlsiziligiga oid normalar mustahkamlangan. Masalan, JPKning 17-moddasi 3-qismiga ko'ra, inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sog'lig'ini xavf ostiga qo'yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va ma'naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi.

Shaxsiy hayot daxlsizligiga va u bilan bog'liq munosabatlarga oid normalar amaldagi bir qator maxsus qonun hujjatlarida ham nazarda tutilgan bo'lib, ular jumlasiga O'zbekiston Respublikasining "Axborot olish kafolatlari va erkinliklari to'g'risida"gi, "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi, "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonunlar va boshqa qonun hamda qonun osti hujjatlari kiradi.

Ta'kidlash lozimki, shaxsiy hayot daxlsizligiga bo'lgan huquqni tartibga soluvchi mavjud normativ massiv juda keng, biroq ko'plab normalar bir-birini takrorlaydi, ayrimlarini esa bugungi kunda o'zgartirishni talab qiladi.

Mazkur munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda "shaxsiy hayot", "shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi", shuningdek "davlat (jamoat) manfaatlari" kabi muhim tushunchalarning ifodalanmaganligi qonunchilikdagi o'ziga xos bo'shliq hisoblanadi va bu holat shaxsiy hayotga turli asossiz aralashuvlarni ro'y berishiga imkon beradi. Bu esa o'z navbatida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini to'liq ta'minlashga to'sqinlik qiladi va ayrim o'rinlarda suiiste'molliklar va huquqbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Shu bois shaxsiy hayot daxlsizligiga oida milliy qonunchilikni huquqni qo'llash amaliyotidagi muammolar hamda xalqaro-huquqiy standartlardan kelib chiqib takomillashtirish dolzarb masaladir.

2 O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 1411-moddasi. https://lex.uz/acts/-111453

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

2.2. Shaxsiy hayot daxlsizligini fuqarolik huquqiy tartibga solinishi

O'zbekistonda Shaxsiy hayot daxlsizligini fuqarolik huquqiy tartibga solishda alohida yondashuv mavjud. Shaxsiy hayot daxlsizligi alohida modda sifatida tartiblanmagan. Qolaversa, shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun ham deliktning alohida turi mavjud emas. Shu tomonida aksar mamlakatlardan bu borada farq qiladi. Misol uchun Kanada, Buyuk Britaniya va Qo'shma Shtatlar bu borada alohida normalarni legallashtirgan. Shaxsiy hayot daxlsizligi Fuqarolik kodeksining 99-moddasida shaxsiy nomulkiy huquqlar qatorida himoya qilinadi. Natijada Qo'shma Shtatlarda shakllangan yondashuvdan biroz farq qiladi. Sababi, Qo 'shma Shtatlarda shaxsiy daxlsizligni ta'minlashga qaratilgan huquqlarga nisbatan mulkiy huquq sifatida qarash shakllangan bo'lsa, O'zbekiston bunday huquqlarni 2 guruhga, mulk bilan bog'liq bo'lmagan sof shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda mulk bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy huquqlarga bo'lish doktrinasini tanlagan. Birinchi guruhga, ya'ni sof shaxsiy nomulkiy huquqlarga shan va qadr qimmatni muhofaza qilish, hayot va sog'likni muhofaza qilish kabi huquqlar kirsa, ikkinchi guruhga, ya'ni mulk bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlarga nomga, tasvirga hamda ovozga bo'lgan huquqlar kiritiladi. Sababi, ikkinchi guruh huquqlarning vujudga kelish asosi nomoddiy ne'mat bo'lsada, keyinchalik tijoratlashtirish nuqtai nazaridan ular mulkiy xarakter kasb etib qoladi. Shaxsning hayoti va sog'lig'i, sha'ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro'si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oila siri, nomga bo'lgan huquqi, tasvirga bo'lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug'ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo'lgan boshqa nomoddiy ne'matlar tortib olinmaydi va o'zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne'matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan, huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksining 99-moddasidan shu narsa anglashiladiki, nomoddiy ne'matlar va shaxsiy nomulkiy huquqlarni fuqarolik-huquqiy himoya qilish ikki holatda, xususan: birinchidan, buzilgan huquqning (ne'matning) mohiyati va shu huquqbuzarlik oqibatlarining xususiyati fuqarolik-huquqiy himoya etishning umumiy usullaridan foydalanishga imkon berganda, ikkinchidan, ana shu huquqlarni himoya qilish uchun Fuqarolik kodeksida yoki boshqa qonunlarda maxsus usullar nazarda tutilganda amalga oshirilishi mumkin. Ana shunday maxsus usullar, jumladan, fuqarolarning hamda yuridik shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish uchun, nomga bo'lgan huquqni yoki intellektual mulkni himoya qilish uchun belgilab qo'yilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligida shaxsiy hayot daxlsizligini himoya etishda bir vaqtning o'zida himoya qilishning ham maxsus, ham umumiy usullaridan foydalanilishi mumkin. Odatda, umumiy usullar orasida yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash va ma'naviy ziyonni to'lash (kompensatsiyalash) usullaridan ko'proq foydalaniladi. Masalan, fuqaroning hayoti va sog'lig'ini, shaxsiy erkinligi va daxlsizligini himoya qilish bilan bog'liq masalalarni hal etish Fuqarolik kodeksining 57-bobi normalari asosida amalga oshiriladi. Unda xususan, yetkazilgan zararlarning o'rnini, shu jumladan fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash, ma'naviy zararni kompensatsiya qilish nazarda tutilgan. Zararning o'rnini qoplash miqdori va ularni hisoblab chiqish tartibi qonun bilan belgilab qo'yiladi. Huquqi buzilgan shaxs shaxsiy daxlsizlik huquqining aynan qaysi turi buzilishiga qarab huquqiy chorani tanlaydi. Huquqiy himoya usullari ham huquqlarning turiga qarab farqlanadi. Umumiy fuqarolik huquqiy choralar bilan birga (manaviy zararni qoplash kabi), maxsus huquqiy javobgarlik choralari ham huquq turiga qarab qo'llanadi. Shu sababdan ham O'zbekiston fuqarolik qonunchiligi shaxsiy daxlsizlik huquqini alohida bir huquqbuzarlik sifatida tartiblab, yagona javobgarlik mexanizmini ishlab chiqmasdan, bunday huquqlar turkumini alohida-alohida normalar bilan himoyalaydi. Masalan, nomga bo'lgan huquqni himoya qilishda umumiy javobgarlik chorasi manaviy ziyonni qoplash bilan birga, maxsus huquqiy chora raddiya berish qo'llaniladi. Shuningdek, nomga bo'lgan huquq alohida modda bilan Fuqarolik kodeksida muhofaza qilinadi. Keyingi paragraflarda shaxsiy daxlsizlik huquqi tarkibiga kiruvchi sub-huquqlarni fuqarolik huquqiy himoya qilishning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritamiz.

2.2.1. Nomga bo'lgan huquq

Nomga bo'lgan huquq - fuqaro shaxsini individuallashtirishga qaratilgan uning eng muhim nomulkiy huquqlaridan biridir3. Nomga bo'lgan huquq amaldagi Fuqarolik kodeksining 19-moddasi bilan tartibga solingan. Umuman olganda nomga bo'lgan huquq huquqning turli tarmoqlari normalari bilan tartibga solishni talab qiluvchi ancha murakkab yuridik kategoriyadir. Masalan, nom berish va uni o'zgartirish tartibi ma'muriy huquq hamda oila huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Fuqaro o'z nomi saylovchilar ro'yxatida, fuqarolik holati hujjatlarida noto'g'ri ko'rsatilganligi ustidan shikoyat qilishga haqli. Nomga bo'lgan huquq -subyektiv mualliflik huquqining eng muhim unsurlaridan biridir. Qolaversa, O'zbekiston Respublikasi FK 19-moddasining 2 va -3-bandlarida fuqaro qonunda belgilangan tartibda o'z nomini o'zgartirishga haqli ekanligi ko'rsatilgan. Fuqaro

3 Nasriyev.I. Shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish va muxofaza qilishning fuqarolik huquqiy muammolari. Diss...yu.f.d. - T.: 2006., 88-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

tug'ilganda unga qo'yilgan ism, shuningdek nomni o'zgartirish fuqarolik holati aktlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda qayd etilishi lozim. Qonunda nazarda tutilgan tartibda va hollarda fuqaro taxallusdan foydalanilishi mumkin. Shunday hollar ham bo'lishi mumkinki, unda nomga bo'lgan huquq fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar bilan bir vaqtning o'zida tartibga solinishi mumkin. Basharti, nomga bo'lgan huquq fuqaroning sha'ni va qadr-qimmati buzilishi bilan bog'liq holda buzilsa, uni himoya qilish sha'n va qadr-qimmatni himoya qilish vositasida amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan FKning 19-moddasi 5-bandida ta'kidlanadiki, fuqaroning sha'niga, qadr-qimmati va obro'-e'tiboriga daxl qiladigan tarzda va shaklda uning nomi buzilganda yoki undan foydalanilganda FKning 100-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi. Shu bilan birga nomga bo'lgan huquq yuqorida ta'kidlangan hollardangina iborat bo'lgan muhim jihatlar bilan cheklanib qolmaydi. Gap shundaki, qat'iy ravishda shaxsiy tusdagi nomga bo'lgan huquq nom egasining o'zi undan fuqarolik muomalasida foydalanilishi qoidalari nuqtai nazaridan ham (negaki, bu otning barqarorligi va muayyanligi uchun o'ta muhimdir), undan uchinchi shaxslar qonuniy asoslarsiz foydalanishidan himoya qilish nuqtai nazaridan ham fuqarolik-huquqiy tartibga solishga muhtojdir4. Basharti, qonun yoki milliy urf-odatlardan boshqa hol kelib chiqmasa, FK 19-moddasining 1-bandiga muvofiq, fuqaro familiyasi, o'z ismi, shuningdek otasining ismini o'z ichiga oluvchi o'z nomi ostida huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi hamda ularni amalga oshiradi. Bunda fuqaro o'z nomini o'zgartirganligi avvalgi nomi ostida ega bo'lgan huquq va majburiyatlarning tugatilishi yoki o'zgartirilishi uchun asos bo'lmaydi. Shu bilan birga nomini o'zgartirgan fuqaro avvalgi nomiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o'z hisobidan tegishli o'zgartishlar kiritilishini talab qilishga haqlidir. Fuqaro o'z nomining o'zgarganligi to'g'risida o'zining debitorlari va kreditorlarini xabar qilish yuzasidan barcha zarur choralarni ko'rishi shart va bu shaxslar uning nomi o'zgarganligidan bexabarligi tufayli kelib chiqadigan oqibatlar tavakkalchiligini o'z zimmasiga oladi. Qonun boshqa shaxsning nomi ostida huquqlar va majburiyatlarga ega bo'lishni to'g'ridan-to'g'ri taqiqlaydi. Hozirgi vaqtda mashhur shaxslarning nomlaridan reklama va boshqa tijorat maqsadlarida borgan sari ko'proq foydalanilmoqda, mohiyatan olganda ularning nomlari litsenziya bitimlarining o'ziga xos obyektiga aylanmog'i lozim. Shu munosabat bilan ravshanki, mulkiy yoki boshqa manfaat ko'rish maqsadida odamning nomidan uning roziligisiz foydalanish g'ayriqonuniydir. Ba'zida uchinchi shaxslar foydalanishidan hech qanday manfaat ko'rmayotgan bo'lsa

4 I.LNasriyev. Shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish va muhofaza qilishning fuqarolik huquqiy muammolari: Avtoref. Dis...yu.f.d. T:.2006, 89-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

ham odamning nomini muhofaza qilishga zarurat tug'ilishi mumkin. Hozirgi vaqtda bunday cheklov, masalan, Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonunda belgilangan, unga muvofiq ommaviy axborot vositasi tahririyati va jurnalist, sud talab qilgan hollarni istisno etganda, o'z nomini oshkor qilmaslik sharti bilan ma'lumotlar taqdim etgan shaxsning nomini atashga haqli emas. Shunday qilib, fuqarolik huquqida nomga bo'lgan huquq fuqaroning mulkiy huquq bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy nomulkiy huquqi sifatida fuqaroning o'z nomi ostida huquq va majburiyatlarga ega bo'lish hamda ularni amalga oshirish, shuningdek uning nomidan, basharti, foydalanish natijasida mulkiy manfaat ko'rilayotgan bo'lsa yoki ko'rilishi mumkin bo'lsa, uchinchi shaxslar uning nomidan faqat uning roziligi bilan foydalanishlarini talab qilish imkoniyatini anglatadi. Manfaat ko'rilmayotgan hollarda fuqaroning nomidan uning roziligisiz faqatgina qonunda belgilangan doirada foydalanilishi mumkin. Ushbu o'ta muhim shaxsiy huquqning himoyasi kodeksga muvofiq zararni qoplash to'g'risidagi normalar yordamida amalga oshiriladi. Fuqaroga uning nomidan noqonuniy ravishda foydalanish natijasida yetkazilgan ziyon FK ga muvofiq qoplanishi lozim.

2.2.1.1. Nomga bo'lgan huquqni himoya qilishning yangi bosqichi

Amalda mavjud bo'lgan fuqarolik qonunchiligi shaxs ismini himoya qilish borasida bir qator kamchiliklarga ega. Misol uchun, ismdan foydalanish uchun shaxsning roziligini so'rash borasida hech qanday qoida mavjud emas. Bu mavjud qoidalarning umumiy konteksidangina anglashiladi. Qolaversa, ismdan foydalanishda qaysi hollarda egasining roziligi talab etilmasligi mumkinligi ham ochiq qolgan. Muayyan vaziyatlarda ismdan fuqaroning roziligisiz foydalanish zarurati yuzaga keladi. Masalan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumonlanuvchi to'g'risidagi, jinoyatchi to'g'risidagi ma'lumotlarni ularning nomini ko'rsatib OAVga berishi mumkin. Shu sababli ham hozirda amaldagi Fuqarolik kodeksi yangi tahriri ustida olib borilayotgan ishlarda ismdan foydalanishda umumiy qoida bo 'yicha albatta shaxsning roziligi so'ralishi lozimligi to'g'risidagi qoida kiritilishi taklif qilinyapti. Shuningdek, ismdan huquqbuzarlikka qarshi kurashish maqsadida, davlat va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi voqea-hodisalar haqida xabar berishda, ism egasining jinoyat sodir etganligi yoki bedarak yo'qolganligi sababli qidiruv e'lon qilish kabi davlat va jamiyat uchun foydalanilganda ism egasining roziligisiz foydalanishga ruxsat berilmoqda. Shu bilan birga ismdan jamoat arboblari haqidagi jamiyat uchun kata qiziqish uyg'otadigan axborot olishda ham roziliksiz foydalanishga ruxsat berilmoqda. Ushbu taklif xarakteridagi qoidalarni ishlab chiqishda Xitoy Xalq Respublikasining 1017-moddasi normalari asos qilib olingan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

2.2.2. Tasvirga bo'lgan huquq

Tashqi qiyofa daxlsizligi huquqi fuqaroning shaxsiy nomulkiy huquqi bo'lib, nomga bo'lgan huquqdan farqli o'laroq, fuqaro shaxsini individuallashtirishga emas, balki insonning shaxsiy daxlsizligini ta'minlashga qaratilgandir. Amaldagi fuqarolik qonun hujjatlarida tashqi qiyofa daxlsizligi huquqiga ta'rif berilmagan. Adabiyotda ham uning yagona tushunchasi mavjud emas. Tashqi qiyofa daxlsizligi deyilganda, tashqi qiyofani noqonuniy ravishda olib, keyinchalik tasviriy axborotning moddiy eltuvchilari orqali tarqatish tushuniladi, ayrim hollarda esa, davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqaroning tashqi qiyofasiga qo'yiladigan noqonuniy talablar belgilanishidan himoya tushuniladi. Keyingi nuqtai nazar haqiqatga ancha yaqin, negaki, ushbu tushuncha mazkur huquq chegaralarini ancha keng belgilab beradi va tasvir huquqiga nisbatan fuqaroning mustaqil shaxsiy nomulkiy huquqi sifatida yondashish imkoniyatini beradi. Tashqi qiyofaga bo'lgan talablar ayrim toifadagi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bilan belgilanishi mumkin. Bular, qoida tariqasida, idoraviy-lokal hujjatlar bo'lib, ularda faoliyatning muayyan sohalarida (masalan, savdo va umumiy ovqatlanish, gigiyena xizmatlari ko'rsatish sohasi, nonvoyxona, go'sht-sut sanoati va boshqa shu kabilar) kiyim-bosh, tashqi ko'rinish va boshqa shu kabilarga talablar belgilanadi. Ayrim hollarda, ya'ni insonning tashqi qiyofasi jamiyat axloqiga nisbatan haqorat bo'lsa va xatti-harakatlari bilan bir qatrda jamiyatga nisbatan ochiqchasiga hurmatsizlikdan dalolat bersa, bunday subyektni ma'muriy va hatto jinoiy javobgarlikka tortish mumkin. Binobarin, tashqi qiyofa daxlsizligi huquqi fuqarolik huquqida huquqdor shaxsning o'z tashqi qiyofasining daxlsizligiga zarar yetkazadigan har qanday holatlarga (shu jumladan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining, shuningdek fuqarolarning noqonuniy qarorlariga), basharti, qonun hujjatlarida fuqaroning tashqi qiyofasiga nisbatan maxsus talablar nazarda tutilmagan bo'lsa yoki uning tashqi qiyofasi qonun va axloq normalariga zid bo'lsa, barham berilishini talab qilish imkonini anglatadi. Tasvirga bo'lgan huquq mualliflik huquqlaridan biri sifatida, u islohotlarga qadar kodifikatsiyalangan fuqarolik qonun hujjatlarida mustahkamlab qo'yilgan edi. Gap mazkur huquq O'zbekiston SSRning 1963-yildagi Grajdanlik Kodeksining talqiniga muvofiq shundan iborat ediki, qandaydir shaxs tasvirlangan tasviriy san'at asarini e'lon qilish, qayta tiklash va tarqatishga tasvirlangan shaxsning roziligi bilangina, u vafot etgandan keyin esa bolalari va eri (xotini)ning roziligi bilangina yo'l qo'yiladi, bu ishlar davlat yoki jamiyatning manfaatlarida qilingan yoxud shaxs haq evazi suratga tushgan hollar istisno etilgan edi.

Mazkur huquq o'sha davrdagi Kodeksning "Mualliflik huquqi" deb nomlangan VI bo'limida bayon etilganligini shunday izohlash mumkinki, o'z davrida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

fuqarolarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini yaxlit tarzda tartibga solish imkoniyati topilmagan. Aslini olganda, bunday huquq mualliflik huquqi bilan hech qanday umumiylikka ega emas. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining hozirgi tahririda tasvir daxlsizliligi huquqi to'liq hajmda ochib berilmagan. Amaldagi Fuqarolik kodeksining 99-moddasida tasvirga bo'lgan huquq har bir fuqaroning shaxsiy-nomulkiy huquqlaridan biri sifatida qayd etilgan. Ushbu huquq shaxsning qadr-qimmati bilan bog'liq huquqlar (dignity rights) bo'lib, bunday huquqlarni buzganlik fuqarolik huquqiy javobgarlik doirasida manaviy zararni talab qilish huquqini vujudga keltiradi. Jumladan, Fuqarolik kodeksi 1021-moddasi ikkinchi qismida zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro'-e'tiborini haqoratlovchi ma'lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo'lsa ma'naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat'i nazar, qoplanishi belgilangan.

Bunda ma'naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma'naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to'lashga asos bo'lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi.

2.2.2.1. Tasvirga bo'lgan huquqni himoya qilishning yangi bosqichi

Tasvirga bo'lgan huquq amaldagi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida to'liq hajmda ochib berilmagan. Tasvirga bo'lgan huquq tushunchasiga ta'rif ham mavjud emas. Qolaversa, qachon shaxs tasviridan egasining roziligisiz foydalanish mumkinligi haqidagi normalar ham mavjud. Shu sababdan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning tasvirga bo'lgan huquqini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi regulation.gov.uz portaliga joylanib, Fuqarolik kodeksining yangi loyihasiga kiritilishi kutilmoqda.

Fuqarolik kodeksi yangi loyihasining kutilayotgan 178-moddasi fuqaro tasvirining himoyasiga bag'ishlanib, unga ko'ra fuqaroning tasviri - bu video, haykaltaroshlik, rasm yoki boshqa bir tashuvchi vositalar orqali aks ettirilgan ma'lum bir jismoniy shaxsning taniluvchi tashqi qiyofasi ekanligi belgilangan.

Ushbu normaning ikkinchi qismiga ko'ra fuqaroni tasvirga (shu jumladan, foto tasvirini, uning tasviri aks etgan video tasvir yoki tasviriy san'at asarini yaratish) tushirish, shuningdek uning tasviridan foydalanish uchun ushbu fuqaroning roziligi, agar fuqaro voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa, uning qonuniy vakillari roziligi talab etiladi.

Istisno holatlar sifatida esa quyidagilar sanaladi:

a) tasvirdan quyidagi davlat yoki jamiyat manfaatlari uchun foydalanilganda:

tasvirdan huquqbuzarlikka qarshi kurashish maqsadida, davlat va (yoki) jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi voqea-hodisalar haqida xabar berishda;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

tasvirdagi shaxsning jinoyat sodir etganligi yoki bedarak yo'qolganligi sababli qidiruv e'lon qilishda;

davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini bajarishi jarayonidagi tasviridan foydalanishda;

b) fuqaro ommaviy tadbirlarda (konsert, bayram sayillari va boshqa) va jamoat joylarida (umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko'rsatish ob'ektlari, ta'lim muassasalari, hayvonot bog'i, istirohat bog'lari, ko'chalar va boshqa) tasvirlangan hamda tasvirdan foydalanishdan maqsad faqat ushbu joylardagi umumiy jarayonlarni namoyish etish bo'lsa;

v) davlat va jamoat arboblari hamda ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalar taniqli vakillarining tasviridan jamiyat uchun katta qiziqish uyg'otadigan axborotni tarqatish maqsadlarida foydalanilganda;

g) fuqaroni tasvirga tushirish va (yoki) uning tasviridan foydalanishdan maqsad ushbu fuqaroning huquqlarini himoya qilish bo'lsa;

d) fuqaroning haq evaziga tushirilgan tasviridan ushbu tasvirni tushirishdan ko'zlangan maqsadlarda foydalanilganda.

Mazkur normada, shuningdek Fuqaroning tasviridan foydalanish deganda uni tarqatish, qayta ishlash va namoyish etish tushunilishi kerakligi, agar vafot etgan fuqaroning farzandlari, eri (xotini) yoki ota-onasi bo'lsa, ularning roziligisiz ushbu fuqaroning tasviridan foydalanilishiga yo'l qo'yilmasligi ham ta'kidlangan.

Fuqaroni tasvirga tushirish va (yoki) uning tasviridan foydalanishga rozilik yozma yoki og'zaki shaklda yohud boshqa rozilikni yaqqol ko'rsatuvchi harakatlar orqali bildiriladi.

Fuqaroni tasvirga tushirishga va (yoki) uning tasviridan foydalanishga berilgan rozilik ushbu rozilikni olgan shaxsdan boshqa shaxslarga ushbu tasvirdan foydalanish huquqini bermaydi.

Fuqaroning ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya qilinmasdan tushirilgan va (yoki) foydalanilgan tasviri saqlanayotgan manbadan (fotoapparat, kamera, mobil telefon va boshqa uskunalar xotirasidan) o'chirib tashlanishi, fuqaroning tasviri aks ettirilgan moddiy ne'matlarning yo'q qilinishi va muomaladan chiqarilishi, shuningdek, har qanday bosma va elektron ommaviy axborot vositalaridan, Internet tarmog'idan hamda tashqi reklama va reklama xususiyatiga ega bo'lgan tarqatma materiallardan olib tashlanishi lozim.

Agar fuqaroni tasvirga tushirgan va (yoki) uning tasviridan foydalangan shaxs(lar) tomonidan ushbu moddaning oltinchi qismi talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganda fuqaro (vafot etgan bo'lsa - uning farzandlari, eri (xotini) yoki ota-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

onasi, voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa - qonuniy vakillari) bunday talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Ushbu modda talablariga rioya etilmasligi oqibatida fuqaroga va ushbu fuqaroni tasvirga tushirgan va (yoki) uning tasviridan foydalanuvchi shaxsga yetkazilgan zararlar va ma'naviy ziyonni undirish sud tartibida hal qilinadi.

Mazkur moddaning qoidalarini shakllantirishda Xitoy Fuqarolik kodeksi 1018-moddasi asos qilib olingan hamda norma qoidalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi F-5464-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasining IV bo'limi 5-bandida nazarda tutilgan vazifani bajarish, ya'ni shaxslar tasviri, ularning shaxsiy nomulkiy huquqlari va boshqa nomoddiy manfaatlarining ishonchli fuqarolik-huquqiy himoya qilinishini ta'minlash maqsadida taklif etilgan.

Rivojlangan xorijiy davlatlarning deyarli barchasida bunga o'xshash normalar allaqachon mavjud. Bunday tajribadan misol keltiradigan bo'lsak, Qozog'iston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 145-moddasi, Fransiya Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-moddasi, AQSH Adliya departamentining Maxfiylik va fuqarolik erkinliklari boshqarmasi (OPCL) tomonidan tayyorlangan "1974 yildagi Maxfiylik to'g'risida"gi qonuni va bir qator sud ishlarida, Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksi 152.1-moddasida tasvirga bo'lgan huquq fuqarolik huquqining nomoddiy obyekti sifatida himoyalangan.

2.2.3. Turar-joy daxlsizligi huquqi

Turar-joy daxlsizligi huquqi - fuqaroning shaxsiy nomulkiy huquqlaridan biri bo'lib, u fuqaro shaxsiy hayotining eng muhim elementidir. Shaxsiy hayotning ushbu elementi yuridik chegaralari fuqaro qonuniy asosda turar-joyga ega bo'lish bilan belgilanadi. Ushbu holat orqali turar-joy daxlsizligi huquqi bilan turar-joyga ega bo'lish huquqi o'rtasidagi jips aloqa aniqlanadi. Biroq, tashqi ko'rinishdan o'xshash bo'lsa-da, bu huquqlar tartibga solishning turli vositalarini talab qiluvchi alohida-alohida huquqlardir. Turar-joy daxlsizligi huquqi hozircha fuqarolik qonun hujjatlarida o'z ifodasini topmagan, biroq bu hol uning ahamiyatini aslo kamaytirmaydi.

Turar-joy daxlsizligi huquqi ham boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi absolyut tusga ega bo'lib, u huquq egasining o'ziga qonuniy asosda tegishli bo'lgan turar-joyga kirish shartlarini belgilashida, shuningdek o'z turar-joyi daxlsizligiga rahna soluvchi har qanday vaziyatlarga barham berilishini talab qilish imkoniyatida o'z ifodasini topadi. Ayni bir vaqtda agar ushbu huquqni buzish natijasida fuqaroga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

zarar yetkazilgan bo'lsa, u zarar qoplanishini talab qilishga haqli. Qonunda fuqaroning uy-joyiga kirish uchun uning roziligi talab qilinmaydigan hollar nazarda tutilishi mumkin. Masalan, jinoyat-protsessual qonun hujjatida tintuv munosabati bilan fuqarolarning uy-joyiga kirish tartibi belgilanadi, ma'muriy qonun hujjatida avariya vaziyatlarida (yong'in, elektr, issiqlik va gaz tarmoqlaridagi avariya yuz berganda) uy-joyga kirish tartibga solinadi. Biroq, bunday hollarda tegishli organlar va tashkilotlarning vakillari fuqarolarning uy-joylariga kirish bo'yicha qonun hujjatlarida belgilangan asoslar, shartlar va tartibot talablariga qat'iy va to'liq rioya etishlari shart.

2.2.4. Shaxsiy hujjatlar daxlsizligi va shaxsiy sirning muhofazalanishi

Shaxsiy hujjatlarning daxlsizligi huquqi ham-shaxsiy nomulkiy huquqlardan biri bo'lib, u fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta'minlashga qaratilgandir. Bu huquq sho'ro tuzumi davridagi fuqarolik qonun hujjatlarida o'z ifodasini topgan edi (Qozog'iston FKning 491-moddasi, O'zbekiston FKning 540-moddasi), biroq ayrim sobiq respublikalar, masalan, Rossiya Federatsiyasining fuqarolik qonun hujjatlarida shu vaqtga qadar o'z ifodasini topgan emas. Ushbu huquq huquq egasining shaxsiy hujjatlari orasidagi (xatlar, kundaliklar, yozishmalar va shu kabilar) ma'lumotlarni o'z xohishiga ko'ra e'lon qilish, qayta tiklash yoki tarqatish huquqini berish imkoniyatini nazarda tutadi. Shaxsiy hujjatlar daxlsizligi huquqi o'z xarakteriga ko'ra absolyutdir, shuning uchun majburiyatli shaxslarning nomuayyan doirasi ko'rib chiqilayotgan huquqni buzishi mumkin bo'lgan xatti-harakatlardan o'zini tiyishi kerak. Hujjatlar tegishli bo'lgan fuqaro vafot etganidan keyin ushbu huquq uning yaqin qarindoshlariga (bolalari, ota-onalari, hayot bo'lsa, eri (xotiniga) o'tadi. Tasvirga bo'lgan huquq kabi shaxsiy hujjatlar daxlsizligi huquqi sho'ro tuzumi davrida Qozog'iston va O'zbekiston FKlarida "Mualliflik huquqi" bo'limiga kiritilganligi fuqarolik kodeksida fuqarolarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini yaxlit tartibga solish usuli shakllanmaganligi sababli yuz bergan, bundan tashqari ularning tashqi elementlari va atamalarning o'xshashligi bunday huquqlarni kodeksga shu tarzda joylashtirilishiga olib kelgan. Aslida esa, mualliflik huquqi shaxsiy hujjatlar fuqaroning roziligi bilan biron-bir usulda oshkor etilganligi yoki tarqatilganidan keyin amal qila boshlaydi.

Basharti, davlat fuqaroga uning shaxsiy hayotining bir qator jihatlarini sir saqlash kafolatini bermas ekan, shaxsning davlatdan, jamiyat yoki qandaydir ijtimoiy guruhdan alohidalash imkoniyati mavjud bo'lmaydi. Shu sabab, qonun shaxsiy hayot sirlarini saqlashning eng muhim kafolatlarini mustahkamlashga va bu sirdan boshqalarning voqif bo'lish chegaralarini belgilashga xizmat qiladi. Qonun

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

hujjatlarida sirga nisbatan oshkor etilishi (boshqalarga ma'lum qilish) sirga ega bo'lmish shaxs manfaatlariga ziyon yetkazadigan muayyan ma'lumotlar sifatida ta'rif berilgan. Shaxsiy hayot sirini oshkor etilishi (boshqalara ma'lum qilish) fuqaroga ziyon keltiradigan, inson individual hayot faoliyatining turli tomonlari to'g'risidagi ma'lumotlar sifatida ta'riflash mumkin. Shaxsiy hayot sirlari inson individual hayot faoliyatining turli tomonlarini (intim tomonlar, odat va moyillik, sog'lig'iga, jismoniy va fiziologik holatiga doir xos xususiyatlari), muomala vositasi, inson sodir etadigan yuridik tusdagi xatti-harakatlar, moliyaviy ishlar va shu kabilarni) qamrab oladi. Shunga bog'liq ravishda shaxsiy hayot siriga bo'lgan huquq quyidagilarni o'z ichiga oladi: shaxsga doir axborot siri, farzandlikka olish, xat-xabarlar va telefon-telegraf xabarlari, tergov, notarial harakatlar va boshqa yurisdiksiya organlarining siri, tibbiyot, bank va advokatlik siri. Fuqarolar shaxsiy hayotining ko'rinishlari qanchalik xilma-xil bo'lmasin, shaxsiy hayot sirini saqlashga tatbiqan umumiylik mavjud. Bu o'rinda gap konfidensial tusdagi axborot haqida bormoqdaki, begona kishilar bunday axborot bilan faqatgina fuqaroning roziligi bilan yoki qonunda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilganligi uchun uning roziligisiz, biroq axborot olish va undan foydalanishning asoslari, shartlari va tartibiga qat'iy va to'la rioya etgan holda tanishishlari mumkin. Afsuski, shaxsiy hayot siri huquqi amaldagi qonun hujjatlarida o'z ifodasini topmagan. Nazariy nuqtai-nazardan olganda shaxsiy hayot siri absolyut huquq bo'lib, unga muvofiq huquq egasi o'z roziligi bilan bergan yoki qonunga muvofiq olingan axborot sir saqlanishini, shuningdek uni tarqatishning to'xtatilishini talab qilishga haqli. Huquq egasi tomonidan qo'yilishi mumkin bo'lgan bunday talab shaxsiy hayot siriga bo'lgan huquq buzilishi natijasida yuzaga kelgan zararni talab qilishga hech qanday monelik qilmasligi lozim. Boshqa shaxslar (davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar) shaxsiy hayotga doir axborotdan foydalanishi chegaralarini belgilash nihoyatda muhim muammodir. Ayni bir vaqtda bunday chegaralar qanday bo'lishidan qat'i nazar, insonning shaxsiy hayotiga doir axborotdan foydalanishning asoslari, shartlari va tartibini nazarda tutuvchi qonunni har qanday tarzda buzish fuqarolar o'z huquqlari himoya qilinishini talab qilishlari uchun asos bo'lishi kerak. Qonunga muvofiq fuqaroning roziligisiz olingan axborot, shuningdek fuqaroning roziligi bilan, ammo professional sirini (masalan, advokatlik sirini) buzib olingan axborot tarqatilganda qonun himoyaning alohida choralarini nazarda tutishi lozim.

Fuqaroning shaxsiy hayot sirlari daxlsizligi uning individual hayot faoliyatidagi yurish-turishlariga boshqalar tomonidan har qanday aralashishlardan ko'riqlovchi shaxsiy nomulkiy huquqlarni unga berilishi bilan ta'minlanadi. Bunday huquqlar qatoriga turar-joy daxlsizligi, shaxsiy hujjatlar daxlsizligi, shaxsiy hayot siriga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

bo'lgan huquq, jamg'armalarni sir saqlanishi huquqi, telefonda suzlashuvni sir saqlanishi, advokat, shifokor tomonidan ma'lumotlarni sir saqlanishi huquqi kabilar kiradi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Fuqarolarning individual erkinliklarini va shaxsiy hayot sirlari daxlsizliklarini ta'minlash bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar myshtarakligiga qaramasdan ular muhofaza qilishning alohida-alohida obyektlari bo'lib hisoblanadi, ammo ularning xususiyatlari yaqinligi sababli bir tarzda muhofaza ostiga olingan.

2.2.5. Fuqaro shaxsiy hayotini muxofaza qilish borasidagi fuqarolik qonunchiligiga kiritilayotgan o'zgarishlar

Zamonaviy dunyoda shaxsiy hayot fuqarolik-huquqiy muhofaza obyektiga aylanib ulgurgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida ham har kim shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga egaligi belgilangan. Biroq Konstitutsiyada belgilangan mazkur qoida fuqarolik qonunchiligida rivojlantirilmagan va fuqaroning shaxsiy hayotini muhofaza qilish masalalarida bo'shliq yuzaga kelgan.

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga oid ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonunida shaxsiy hayotning bir qismi hisoblangan shaxsning o'zi va hayotiga hamda boshqa shaxsiy nomulkiy huquq va manfaatlariga oid ma'lumotlarni muhofaza qilish masalalari belgilangan. Shu sababli fuqaroning shaxsiy hayotini muhofaza qilishga oid asosiy qoidalar, bu boradagi muayyan mezon va muhofaza qilish chegaralari, shaxsiy hayotni muhoaza qilishda belgilanayotgan huquqlar va kafolatlar Fuqarolik kodeksida ifodalanishi maqsadga muvofiqdir. Shu sababdan ham kutilayotgan yangi tahrir Fuqarolik kodeksiga alohida fuqaroning shaxsiy hayotini muhofaza qilishga oid qoida taklif qilindi. Ushbu normaning mazmuniga ko'ra fuqaroning shaxsiy hayoti, uning kelib chiqishi, yashash joyi, shaxsiy va oilaviy hayoti to'g'risidagi har qanday axborotni yig'ish, tarqatish va foydalanishga uning roziligisiz yo'l qo'yilmaydi. Bunday huquqbuzarlik sodir etganga nisbatan huquqi buzilgan shaxs axborotni yo 'q qilish talabi, shu bilan birga fuqarolik muomalasiga kiritish maqsadida tayyorlangan tegishli axborot mavjud bo'lgan axborot saqlovchi boshqa moddiy jismlarni haq to'lamasdan olib qo'yish va yo'q qilish orqali uni tarqatilishini oldini olish yoki taqiqlashni so'rab sudga da'vo qilishi mumkin. Ushbu usullarga qo'shimcha huquqbuzarlik natijasida shaxsga zarar yetadigan bo'lsa moddiy zararni va manaviy zararni ham talab qilishi mumkin. Qoidaning davomida fuqaroning shaxsiy hayoti haqidagi axborotni uning roziligisiz yig'ish, saqlash, foydalanish va tarqatish mumkin bo'lgan holatlar berilgan bo'lib, bunday istisnolar jumlasiga davlat va jamiyat manfaatlari uchun, shuningdek bunday axborotlar ilgari umumfoydalanishda bo'ladigan holatlar kiritilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Nasriyev.I. Shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish va muxofaza qilishning fuqarolik huquqiy muammolari. Diss.. .yu.f.d. - T.: 2006.

2. Umarov T, 'Problems of protection of personal property rights in Uzbekistan' [2000] Science 21.

3. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi /O'zbekiston Respublikasi kodekslari. To'plam. 1-qism. -Toshkent: "Adolat", 2018.

4. Трофимова Т.В. Нематериальные блага как объект гражданско-правового регулирования: Автореф. дис. ...канд.юрид.наук. -Волгоград: 2004.

5. Umarov T. O'zbekistonda shaxsiy nomulkiy huquqlarni fuqarolik-huquqiy vositalarida himoya qilish masalalari. -Toshkent: Fan, 2000.

6. Nasriyev I. Shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish va muhofaza qilishning fuqarolik-huquqiy muammolari. -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.

7. Корёгдиев, Б. У. У. (2022). ФУЦАРОЛИК-ХУЦУКИЙ ШАРТНОМАЛАРНИНГ ЮРИДИК ФАКТ СИФАТИДАГИ ТАЛ^ИНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 271-278.

8. Koryogdiev, B. U. U., & Nechaeva, E. V. (2022). DEFENSE MECHANISMS AGAINST HOSTILE TAKEOVERS (COMPARATIVE ANALYZE). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 124-135.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.