Научная статья на тему 'TIBBIY XIZMAT OBYEKTLARINI HUDUDIY JIHATLARINI TAHLIL QILISHDA KARTOGRAFIK METODDAN FOYDALANAISH (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)'

TIBBIY XIZMAT OBYEKTLARINI HUDUDIY JIHATLARINI TAHLIL QILISHDA KARTOGRAFIK METODDAN FOYDALANAISH (XORAZM VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
13
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tibbiy xizmat / Qishloq vrachlik punktlari / ambulator poliklinikalar / aholi salomatligi / shifoxonalar / kartografik metod / koyklar soni / tibbiy xizmat geoportali / medical service / rural medical centers / outpatient polyclinics / public health / hospitals / cartographic method / number of boats / medical service geoportal

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Gulimmatov I., Gulimmatova I.B.

Ushbu kichik ilmiy tadqiqotda Xorazm viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko’rsatuvchi muassasalar va ularning hududiy jihatlarini tahlil qilishda kartografik yondashuvning amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tibbiy xizmat muassasalari joylashuvi va mavjud ma’lumotlari aosida geomal’lumotlar bazasini tashkil qilish va ulardan samarali foydalanish bo’yicha fikr mulohazarl hamda takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF CARTOGRAPHIC METHOD IN ANALYSIS OF TERRITORIAL ASPECTS OF MEDICAL SERVICE FACILITIES (EXAMPLE OF KHORAZM REGION)

In this small scientific study, the practical importance of the cartographic approach in the analysis of the institutions providing medical services to the residents of Khorezm region and their territorial aspects was analyzed. Regarding the location and available information of medical service institutions, opinions and suggestions were given on the organization of a geodatabase and their effective use.

Текст научной работы на тему «TIBBIY XIZMAT OBYEKTLARINI HUDUDIY JIHATLARINI TAHLIL QILISHDA KARTOGRAFIK METODDAN FOYDALANAISH (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)»

Gulimmatov I.

"Geodeziya, kartografiya, geografiya" kafedrasi o'qituvchisi

Gulimmatova I.B.

Geografiya mutaxasisligi magistranti Urganch davlat universiteti

TIBBIY XIZMAT OBYEKTLARINI HUDUDIY JIHATLARINI TAHLIL

QILISHDA KARTOGRAFIK METODDAN FOYDALANAISH (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)

Annotatsiya. Ushbu kichik ilmiy tadqiqotda Xorazm viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatuvchi muassasalar va ularning hududiy jihatlarini tahlil qilishda kartografik yondashuvning amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tibbiy xizmat muassasalari joylashuvi va mavjud ma 'lumotlari aosida geomal 'lumotlar bazasini tashkil qilish va ulardan samarali foydalanish bo 'yicha fikr mulohazarl hamda takliflar berilgan.

Kalit so 'zlar: tibbiy xizmat, Qishloq vrachlik punktlari, ambulator poliklinikalar, aholi salomatligi, shifoxonalar, kartografik metod, koyklar soni, tibbiy xizmat geoportali.

Gulimatov I. teacher

"Geodesy, cartography, geography" department

Gulimatova I.B. master's degree in geography Urganch State University

USE OF CARTOGRAPHIC METHOD IN ANALYSIS OF TERRITORIAL ASPECTS OF MEDICAL SERVICE FACILITIES (EXAMPLE OF KHORAZM REGION)

Abstract. In this small scientific study, the practical importance of the cartographic approach in the analysis of the institutions providing medical services to the residents of Khorezm region and their territorial aspects was analyzed. Regarding the location and available information of medical service institutions, opinions and suggestions were given on the organization of a geodatabase and their effective use.

Key words: medical service, rural medical centers, outpatient polyclinics, public health, hospitals, cartographic method, number of boats, medical service geoportal.

Kirish: Bugungi kunda Gegrafik axborot tizimlar va kartografik raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining deyarli barcha sohalariga keng kirib bormoqda.

Xususan aholiga xizmat ko'rsatish sohalrining raqamlashtirilishi, xizmat sifati va tezligining yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Xizmat ko'rsatish sohasi tarkibida tibbiy xizmat ko'rsatish tarmoqlari muhim amaliy ahamiyat kasb qiladi. Global miqyosda ham aholi salomatligi eng muhim omillardan biridir. Jumladan "Barqaror rivojlanish" konsepsiyasining ustuvor 3-maqsadi - Aholi salomatligini yaxshilash va tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgandir. Rivojlangan davlatlar tajribasidan ma'lumki, aholining sifatli tibbiy xizmat bilan ta'minlanishi mamlakat barqaror rivojlanishining eng muhim tamoillaridan biridir. Tibbiy xizmat bilan ta'minlanish ko'p bosqichli tizimlardan iborat bo'lib, moddiy texnik baza, malakali tibbiyot mutaxassislar hamda turli ixtisosliklar bo'yicha farqlanadi.

Respublikamizda ham rivojlanishning "Harakatlar strategiyasi" 4-yo'nalish Ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan bo'lib, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta'minlash maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumalada Vazirlar mahkamsi tomonidan "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarorida 3-ustuvor maqsad "Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko'maklashish" sifatida bilgilangan. Ushbu maqsad doirasida o'zaro bog'langan 3 ta vazifa belgilangan bo'lib, aholini har tomonlama tibbiy xizmat bilan ta'minlash sifatini yaxshilash bo'yicha chora tadbir ishlab chiqishni nazarda tutadi.

"Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan, ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022—2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta'minlash bo'yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini "bir qadam" tamoyili asosida yo'lga qo'yib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil qilinishi, xususiy tibbiyot tashkilotlarida davlat byudjeti hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolashga yo'llashning elektron axborot tizimi orqali ularga bepul tibbiy xizmatlarni ko'rsatish mexanizmi joriy qilinishini ta'minlanishi belgilangan.

Ishning maqsadi va vazifalari: Xorazm viloyati misolida aholiga tibbiy xizmat ko'rsatishining tarmoqlar tarkibi va obyektlarining ma'lumotlari asosida geoma'lumotlar bazasini tashkil qilish hamda GIS dasturlari asosida kartografik metodda tahlil qilish. Viloyat tibbiy xizmat sohalarini kartaga olish va tahlil qilish asosida sohaning hududiy tashkil qilishni takomillashtirish va xizmat sifatini yaxshilash bo'yicha taklif hamda taviyalar ishlab chiqish.

Asosiy qism: Respublikamizda sog'liqni saqlash sohalarini isloh qilish natijasida keyingi yillarda bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. Jumladan, Ambulator poliklinikalar soni 1990-yilda 2021-yilgacha bo'lgan davrda 2,2 barobarga ko'paygan. Shifoxona muassasalari aksariyati takomillashtirilgan va

kompleks ixtisoslashgan markazlar sifatida qayta tashkil etilgan. Bundan tashqari tibbiyot muassalarining xizmat ko'rsatish imkoniyatlaгi oshiHñib, poliklinikalarda lsmena doirasida hozirda har 10000 aholiga nisbatan 130 kishin tashkil qiladi.

Aholi salomatligini mustahkamlashda Tibbiy sug'urta tizimining ham muhim amaliy ahamiyati mavjud. Aholini tibbiy sug'uгtalash orqali sog'liqni saqlash tizimiga sarflanayotgan mablag'larni tejash hamda xizmat sifatini oshirish imkoniyatlari mavjud. Shu maqsadda respublikamizda tajriba sinov sifatida 2020-yilda prezidentimizning PQ4890 sonli qaroriga binonan, Sirdaryo viloyatida tibbiy sug'urta tizimi joriy qilindi.

Respublikamizda tibbiy xizmat ko'rsatishning hududiy jihatlariga nazar soladigan bo'lsak asosiy markaz sifatida Toshkent va Samarqand shaharlarini ko'rishimiz mumkin. Viloyatlar kesimida ambulator poliklinikalar soni Samarqand-3636 ta, Farg'ona-600 ta, Buxoro-549 ta, Sirdaryo-180 ta, Xorazm-419 tani tashkil qiladi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, ambulatory poliklinikalar soni aholi soni va mavjud ehtiyojga proporsianal tashkil qilingan.

Aholini tibbiy xizmat bilan ta'minlash holati Xorazm viloyatida ham o'ziga xos xussiyatlarga ega. Viloyatda asosiy tibbiy xizmat ko'rsatish muassasa markazlashgan holda tashkil qilingan bo'lib, Urganch shahrida asosiy obyektlar joylashgan (1-rasm).

140

120

100

I 80

.3

! 60

о еь

40 20 0

7000.0 6000.0 5000.0 4000.0 3000.0 2000.0 1000.0 0.0

et

S

и ев

h

>

ев >

h

ев

О

И

у & + *уV * * у у

Poliklinikalar soni

Vrachlar soni

Xodimlar

1-rasm Statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan

tayyorlandi

Viloyat aholisi joylashuvi va hududlarning tibbiy monitoring ko'rsatkichlarda kelib chiqqan holda tibbiy xizmat infratrukturasini takomillashtirish bugungi kunda amalga oshirilishi muhim bo'lgan masalalardan biridir. Hududlarda tibbiyot muassasalari moddiy texnik bazasi, malakalri vrachlar, hamshiralar va koykalar sonini hamda ularning sifatini aholi soni hamda

ularning tibbiy ehtiyojidan kelib chiqqan holda tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Viloyatda tibbiy xizmat ko'rsatish obyektlari asosan Urganch shahrida konsentratsiyalashganligini ko'rish mumkin(3-rasm). Bu esa shahardan olisda istiqomat qiluvchi aholiga tibbiy xizmatdan vaqtida sifatli foydalanishda noqulaylik tug'diradi, aniqrog'i, imkonini bermaydi. Shu sababdan bizning fikrimizga ko'ra viloyatda tibbiy xizmat ko'rsatish muassasalarini 3 ta markaz sifatida tashkil qilish samarali bo'ladi. Markazlar orasidagi masofa o'rtacha 20 -25 km bo'lsa bu tibbiy xizmat ko'rsatish uchun juda qulaydir. Shuni inobatga olgan holda viloyat shimolida Gurlan tumani, markazda Urganch shahri, janubida esa Hazorasp tumanlarida markazlashgan tibbiyot xizmatlari hududiy tashkil qilinsa aholiga xizmat ko'rsatishda yuqori samaradorlikka erishishish mumkin.

Albatta bu masalaning bir tomoni ikkinchi tomondan tibbiyot xodimlarining malakasi va sifatida ham muhim amaliy ahamiyat kasb qilishini alohida e'tirof qilish joiz. Bundan tashqari aholining tibbiy savodxonligini rivojlantirish va tibbiy sug'urta tizimini joriy qilish aholi salomatligini mustahkamlashda yuqori natijalarga erishishni

kafolatlaydi deb hisoblaymiz.

Sohani kartaga olishda dastlabki bosqichi loyiha obyekti va predmetidan kelib chiqqan holda ma'lumotlar yig'ishdan boshlanadi. Asosiy ma'lumotlar bazasi

shakllantiligandan keyin tahlil bosqichi amalga oshiriladi. Loyiha maqsadidan kelib chiqqan holda kartada tasvirlash rejalashtirilgan ma'lumotlar saralab olinadi. Dala va kameral shaoritda olingan ma'lumotlar raqamlashtiriladi va soha mutaxassislari ishtrokida turli mavzuli kartlarni tuzish orqali tibbiy xizmatning hududiy jihatlari tahlil qilinadi.

Kelajakda tibbiy xizmat sohalarining sifatini hamda tezligini oshirish maqsadida interaktiv kartalashtirish yoki geoprtallar yaratish kabi raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng tadbiq qilish sohani rivojllanishida muhim amaliy ahamiyat kasb qiladi.

Tibbiyot muassalarini hududiy tashkil qilishda zamonaviy kartografik metodlardan foydalanish imkoniyatlari mavjud. Kartografik yondashuv asosida aholi zich bo'lgan hududlarni aniqlash, transport yo'llari va ularning imkoniyatlarini baholash, hududning turli sektorlarini monitoring qilish asosida

2-rasm Tibbiy xizmat sohalarini kartografik tahlil qilish bosqichlari

o'zaro aloqadorligini tahlil qilish hamda tibbiy xizmat ko'rsatish obyektlarini optimall joylashtirish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari tibbiyot infrastrukturasini geoma'lumotlar bazasini yaratish orqali ularning faoliyati barqarorligini ta'minlash va xizmat sifatini yanada yaxshilash mumkin.

Aholini tibbiy xizmat sifatini yaxshilashda tibbiy sug'urta tizimini rivojlantirish va butun respublika miqyosida tadbiq qilish yuqori saradorlikka egadir. Tibbiy sug'urta xizmatini ham raqamlashtirish va kartografik modellashtirish orqali hududiy tashkil qilinishini takomillashtirisli mumkin.

3-rasm Xorazm viloyati tibbiyot muassasalari karta sxemasi. Karta sxema Xorazm viloayti statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida mualliflar

tomonidan tayyorlandi.

Xulosa: Viloyat tibbiy xizmat muassalari hududiy jihatlari kartografik tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

1. Viloyatda tibbiyot infrastrukturasi yuqori darajada konsentratsiyalashgan bo'lib, bu tarmoqning boshqa hududlarda sust rivojlanishiga olib kelgan.

2. Aholi soni va uning tibbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatda hududlarni monitoring qilgan holda ixtisoslashgan markazlar tashkil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

3. Viloyat misolida Tibbiy xizmat obyektlari va ulaming geoma'lumotlar bazasini shakllantirish aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim dasturiy vosita vazifasini bajarishi mumkin deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Komilova N., Jumaxonov Z.Sh., Rajabov F.T. Inson geografiyasi. -Toshkent; 2018.

2. Komilova N.Q .Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari. Monografiya. -Toshkent. 2016.

3. Курбанниёзов p. Хоразм географияси. - Урганч.: 1999.

4. Солиев А., Назаров М. Узбекистан кишлоклари (кишлок жойлар географияси). Т.: "Фан ва технология", 2009.

5. Узбекистон энциклопедияси. Т.: 2006

6. www.desktop.arcgis.com

7. www.lex.uz

8. www.xorazstat.uz

9. https://sdgs.un.org/topics/sustainable-cities-and-human-settlements

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.