Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATI AHOLI PUNKTLARIDA, AHOLI SALOMATLIGI VA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI'

XORAZM VILOYATI AHOLI PUNKTLARIDA, AHOLI SALOMATLIGI VA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
123
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AHOLI SALOMATLIGI / TIBBIY XIZMAT / TABIIY-EKOLOGIK SHAROIT / KASALLIKLAR / XORAZM VILOYATI / EKOLOGIK INQIROZ

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Hamroyev M.O., Gulimmatov I.B., Gulimmatova I.B.

Ushbu maqolada Xorazm viloyati aholisi salomatligini yaxshilash va tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash borasida amaliy takliflar muhokama qilingan. Aholi salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish asosida muammoni yechimi bo’yicha konstuktiv yondashuvlar taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF IMPROVING THE HEALTH OF THE POPULATION AND THE SYSTEM OF MEDICAL CARE FOR SETTLEMENTS IN THE KHOREZM REGION

This article discusses practical proposals for improving the quality of health and medical care for residents of the Khorezm region. Based on the analysis of factors affecting the health of the population, constructive approaches to solving the problem are proposed.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATI AHOLI PUNKTLARIDA, AHOLI SALOMATLIGI VA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI»

Hamroyev M. O. Urganch davlat universiteti dotsenti

Gulimmatov I.B. Urganch davlat universiteti o'qituvchisi

Gulimmatova I.B. Urganch davlat universiteti "Geografiya" mutaxassisligi magistratura bosqichi talabasi O'zbekiston

XORAZM VILOYATI AHOLI PUNKTLARIDA, AHOLI SALOMATLIGI VA TIBBIY XIZMAT KO'RSATISH TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyati aholisi salomatligini yaxshilash va tibbiy xizmat ko 'rsatish sifatini yaxshilash borasida amaliy takliflar muhokamaqilingan. Aholisalomatligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni tahlilqilish asosida muammoni yechimi bo'yicha konstuktiv yondashuvlar taklif qilingan.

Kalit so'zlar: aholi salomatligi, tibbiy xizmat, tabiiy-ekologik sharoit, kasalliklar, Xorazm viloyati, ekologik inqiroz.

Hamroyev M.O. associate professor Urganch State University Gulimatov I.B. teacher

Urganch State University Gulimatova I.B. graduate student "Geography" specialty Urganch State University Uzbekistan

ISSUES OF IMPROVING THE HEALTH OF THE POPULATION AND THE SYSTEM OF MEDICAL CARE FOR SETTLEMENTS IN THE

KHOREZM REGION

Annotation. This article discusses practical proposals for improving the quality of health and medical care for residents of the Khorezm region. Based on the analysis of factors affecting the health of the population, constructive approaches to solving the problem are proposed.

Key words: public health, medical care, natural and environmental conditions, diseases, Khorezm region, ecological crisis.

Kirish. Xorazm vohasi ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi bevosta Amudaryo va uning suv rejimiga bog'liq bo'lib kelgan. Shu sabadan ham aholi qadimdan asosan, sug'orma dehqonchilik uchun qulay hududlarda joylashgan. Amudaryo aholining nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga balki uning salomatligiga ham o'z ta'sirini o'tkazgan.Daryoning yuqori va o'rta oqimida suvning qishloq xo'jalik va maishiy tashlanmalar bilan ifloslanishi uning kimyoviy va bakteriologik tarkibini buzilishiga olib kelgan. Viloyatda markaziy suv ta'minotining bevosita Amudaryodan boshlanishi hamda tizimda suvni tozalashning eski texnologiyasidan foydalanilishi aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash sifatidagi asosiy muammolardan biri bo'lib kelmoqda.

Keyingi yillarda mintaqa iqlimida ham qisman o'zgarishlar kuzatilmoqda. Ma'lumki, Orol dengizi quriy boshlashidan oldin o'ziga xos iqlimni yumshatuvchi vazifani o'tagan, dengiz qish oylari mintaqa ob-havosini sovub ketishidan, yoz oylari uni isib ketishidan asrab turgan va, ayni vaqtda, mintaqa miqyosdagi kichik suv aylanmasini ta'minlagan. Hozirda esa Orol dengizi oldingi «yumshatuvchilik» funksiyasini yo'qotib, chang-tuz bo'ronlarini tarqatuvchi manbaga aylangan.

Ushbu ilmiy ishda tadqiqot obyekti sifatida Xorazm viloyati olingan bo'lib, ishning predmeti esa turli statistik manabalar va adabiyotlar tahlili asosida viloyat aholi salomatligi hamda tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash borasida takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.

Asosiy qism. Viloyatda aholi salomatligiga ta'sir etuvchi omillardan yana biri bu hudud ijtimoiy-iqtisodiy muhitidir. Xorazm viloyati xo'jalik tarmoqlari rivojlanganlik darajasi bo'yicha raspublikada o'rta pog'onalarni egallaydi. Viloyat ishlab chiqarish sohalarining texnologik hamda texnik holati mamlakatning aksar hududlarinikidan unchalik farq etmaydi. Bu esa, o'z navbatida, ehtiyojlar qondirilishini ta'minlash borasidagi «zo'riqish» va hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati uchun ortiqcha bo'lgan «demografik yuk» ning ortishiga sabab bo'lmoqda.

Viloyatda aholi salomatligining geografik jihatlarini o'rgangan olim M.Xamroev viloyat aholisi salomatligiga ta'sir etuvchi omillarni ichki va tashqi guruhlarga ajrtagan. Masalan Orolbo'yidagi ekologik inqirozning viloyat aholisi salomatligiga ta'siri bu -tashqi omil bo'lsa, yer osti suvlarining sho'rligi va yer yuzasiga yaqinligi ichiki omil sifatida qaralgan.

Viloyatda aholi salomatligi va ekologik vaziyatni yaxshilash, eng avvalo, ichki imkoniyatlarni ishga solish bilan bog'liqligi ta'kidlangan. Viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma hududiy tarkibini takomillashtirish va rivojlantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Jumladan, ekologik infratuzilma tarmoqlanishni yanada taraqqiy ettirish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ko'rib o'tganimizdek, viloyat tibbiy xizmat ko'rsatish geografiyasida ayrim o'zgarishlar ro'y bergan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, M.Xamroev viloyatda geoekologik vaziyat va aholi salomatligini yaxshilash masalalari uchta bosqich va yo'nalishda amalga oshirishni taklif etgan Ular:

❖ viloyat ijtimoiy-iqtisodiy tizimi hududiy va tarmoq tarkibini takomilashtirish;

❖ mintaqa sanitar-epidemiologik va tibbiy - ekologik monitoringini yaxshilash;

❖ viloyat tibbiy xizmat ko'rsatish sohalarini hududiy tashkil etilishini takomilashtirishni nazarda tutadi.

Mintaqa sanitar-epidemiologik holatini yaxshilash maishiy chiqindilarni tashlash, saqlash hamda ularni qayta ishlash, ya'ni ekologik infratuzilma mexanizmini yangicha tashkil etish bilan bog'liqdir. Ayniqsa, grunt suvlarining er betiga yaqinligi qattiq va kanalizatsiya chiqindilari tashlanadigan tizimni maxsus jihozlash, ayniqsa yopiq tizimli inshootlar holatiga o'tkazish tavsiya etiladi.

Ushu amaliyot qishloq xo'jaligida meliorativ tizimni yangicha tashkil etishni ham talab qiladi. Viloyatda grunt suvlarining er betiga yaqinligi, ayrim joylarda yuzaga chiqishi sanitar-epidemiologik zararlanish o'choqlarini shakllantiradi. Grunt suvlari sathini pasaytirish, eng avvalo, sug'orish hamda kollektor-drenaj tizimi faoliyatini yaxshilash bilan bog'liqdir.

Viloyat aholisini chuchuk suv bilan ta'minlash asosiy masalalardan biridir. Hozirda viloyat aholisining 87 foizdan sal ortiqrog'i sifatli ichimlik suvi bilan ma'lum darajada taminlangan. Ushbu ko'rsatkich Qo'shko'pir, Hazorasp, Yangiariq kabi tumanlarida ancha past darajadadir. Masalan, viloyatning G'arbiy chekkasida joylashgan Qo'shko'pir tumanida aholining atigi 1/3 qismi ichimlik suvidan doimiy foydalanadi.

Ekologik sharoitni yaxshilash, yuqorida ko'rib o'tilgan muammolarni hal etishdan tashqari Orol ekologik muammosini bartaraf etish hududga Qoraqumning ta'sirini kamaytirish va yana ko'kalamzorlashtirish bilan bog'liqdir. SHularni e'tiborga olgan holda hukumatimiz Orol ekologik muammosini bartaraf etish, ya'ni uning janubiy, g'arbiy qismida polder zonani tashkil etish, Amudaryo deltasini qayta tiklash bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Viloyatda nafas olish a'zolari kasalliklarining oldini olish cho'l zonasi bilan chegaradosh hududlarda «polder» zonasini tashkil etish, viloyatda ko'kalamzorlashtirish, bunda nafaqat mevali madaniy ekinlar, balki an'anaviy hozirda yo'qolib borayotgan daraxtzorlar maydonini ko'paytirish bilan bog'liq.

Tibbiy xizmat ko'rsatish tizimi hududiy va tarmoq tarkibini takomillashtirish masalalari tumanlarda aholining kasallanish xususiyatidan kelib chiqqan holda olib borilishi lozim. Eng avvalo viloyat markazi bilan yondosh YAngibozor, YAngiariq, Xonqa tumanlari esa tibbiy xizmat ko'rsatishning yagona hududiy majmuasini tashkil etish tavsiya etiladi.

Tibbiy xizmat ko'rsatish tizimi faoliyatini yaxshilashning keyingi yo'nalishi viloyat tumanlarida maxsus tor yo'nalishdagi kasalxona va klinikalarni tashkil etishdan iborat. Masalan, 2006 yilda Urganch shahrida urologiya markazining tashkil etilishi ushbu masala echimida olg'a bir qadam bo'ldi. SHu bilan birga tumanlarda ichimlik suvi ta'sirida yuzaga kelgan kasalliklarni davolovchi markazlarni barpo etilish tavsiya etiladi. Ushbu davolash maskanlari ayrim hollarda poliklinik yo'nalishga ega bo'lishi lozim. CHunki, iste'mol suvi bilan bog'liq kasalliklar majmuaviy yo'nalishga ega bo'lib, ushbu markazlarda aholi salomatligini tahlil va tashhis qilish, uni qayta tiklash va nazorat qilish tizimini yo'lga qo'yish talab etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, viloyatning ayirish va endokrin tizimi kasalliklari boshqalariga nisbatan keng tarqalgan tumanlarida urologiya, endokrinologiya, terapiya markazlari faoliyatini yaxshilash va yaqin kelajakda ularni maxsus, ixtisoslashgan markazlarga aylantirish taklif etiladi. Ayni vaqtda janubiy va shimoliy tumanlarida nafas olish a'zolari xastaliklarini davolovchi markazlarni tashkil etish lozim. Xususan, Janubiy rayondada joylashgan Xiva shahridagi Ma'mun akademiyasi qoshida ushbu guruh kasalliklarni tekshiruvchi ilmiy tadqiqot instituti barpo etilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Tibbiy xizmat ko'rsatish tizimi hamda atrof-muhit va sanitariya-epidemiologik holatni nazorat qiluvchi muassasalarni zamonaviy texnologiya, jihoz-uskunalar bilan qurollantirish dolzarb masalalardan sanaladi.

Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida viloyat aholisi salomatligiga tashqi ta'sir ham ortib bormoqda. Ba'zi yuqumli kasalliklarning turli yo'llar bilan kirib kelishi tashvishlanarli holatni yuzaga keltirdi. Ayniqsa bir yoshgacha bo'lgan go'daklarni xastalanishiga, ko'p hollarda o'limga sababchi bo'layotgan kasalliklarning yangi ko'rinishlari yildan-yilga ortib bormoqda. SHu sababli chegara hududlarda sanitar-karantin tibbiy xizmat tizimi faoliyatini yanada yaxshilash va uni yanada takomillashtirish lozim.

Sog'liqni saqlash tizimi doirasida qabul qilingan bir yillik dasturlar hamda 2017-2021 yillar oralig'ida sohani isloh qilish borasidagi "Harakatlar strategiyasi" yo'nalishlari doirasida, joylarda tibbiy xizmatni yangicha tashkil etish ishlari yo'lga qo'yildi. Unga ko'ra tibbiy xizmat shahobchalarini bevosita aholi yashaydigan manzilgohlarga yaqinlashtirish, ayniqsa markazlashtirish tizimidan voz kechgan holda qishloq joylarda tibbiy infratuzilmani kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Hududlarda qator kasalxona va klinikalar tugatilib chekka joylarda yangi vrachlik punktlari, ambulatoriya va kasalxonalar tashkil etildi. SHu bilan birga soha ob'ektlarini zamonaviy tibbiy jihozlari bilan qurollantirish va kadrlar tayyorlashni kuchaytirish yuzasidan katta ishlar qilindi, tibbiyot kollejlari, tibbiyot instituti qoshida yangi ixtisoslik yo'nalishlari ochildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022—2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta'minlash, Xorazm viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi

istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning "o'sish nuqtalari"ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 19 sentyabrdagi "Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari to'g'risida"gi PF-3923-sonli farmoni e'lon qilindi.

Xorazm viloyatida hozirda 400 dan ortiq stansionarlar aholiga tibbiy xizmat ko'rsatmoqda. SHundan 33 tasi umumiy yo'nalishdagi kasalxonalar, 215 tasi poliklinika ambulatoriyalari, 23 tasi feldsher-akusherlik punktlari, 170 tasi esa qishloq vrachlik punktlaridir. Ayni chog'da bozor iqtisodiyoti sharoitida kasalxonalarning soni qisqartirildi. Bunga monand ravishda ulardagi bemorlar o'rinlari ham kamaydi. Ushbu holat nafaqat viloyatda, balki butun respublika miqyosida yuz bergan jarayon bo'lib, bu, eng avvalo, tibbiy xizmatni qayta tashkil etish doirasida amalga oshirilgan chora-tadbir bo'lsa, ikkinchidan, ijtimoiy -iqtisodiy omillar bilan ham bog'liq. Keng miqyosdagi ayrim ijtimoiy ta'minot, shu jumladan sog'liqni saqlash tizimidagi ayrim bepul xizmat turlarining iqtisodiy muammolar tufayli yo'qotilishi, kasalxonalar va ulardagi o'rinlar sonining birmuncha kamaytirishga olib keldi. Kasalxonalarda o'rinlar va ovqat bilan ta'minlashni pullik tizimiga o'tkazishi engil shakldagi bemorlarni uyda davolanishga o'tishiga sabab bo'ldi.

Kasalxonalarning asosiy qismi Urganch shahrida joylashgan. SHaharda 2612 o'rinli 17 ta turli kasalxona mavjud bo'lib, har 1000 0 aholi hisobiga 261,1 o'rindan to'g'ri keladi. SHahar sog'liqni saqlash tizimi nafaqat shahar, balki butun viloyat aholisiga, Qoraqalpog'iston Respublikasining yondosh tumanlari aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatadi. Bu yerda ko'p tarmoqli viloyat, shahar, markaziy klinik kasalxonalari, asab, urologik, infeksion, pediatriya shifo markazlari joylashgan. Ularning aksariyati zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan qurollantirilgan. Ushbu shifoxonalarda yuqori malakali 1500 dan ortiq vrach hamda o'rta maxsus malakali 4000 dan ortiq xodimlar mehnat qilishmoqda. Tibbiyot xodimlari bilan aholining ta'minlanganlik darajasi ham eng yuqori ko'rsatkichga ega. Masalan, yuqori malakali tibbiyot kadrlari bilan ta'minlanganlik har 10000 aholiga 102,9 ni, o'rta maxsus tibbiyot xod imlari esa 260,7 ni tashkil etadi. Mazkur ko'rsatkichlar, mos ravishda, viloyat o'rtachasidan 3,8 va 2,7 marta yuqoridir.

Xulosa Aholi salomatligiga ta'sir etuvchi omillar hududiy xususiyatlarga ega. CHunki, Yer yuzasi hududlari relefi, tabiiy sharoiti, iqlimi, iktisodiy va demografik sig'imi, ekologik tizimi bilan bir - biridan farqlanadi. Uning o'zaro butunlay o'xshash joyi umuman yo'q. SHu sababli aholi salomatligiga ta'sir etuvchi omillar ham turlanadi.

So'nggi yillarda mintaqada demografik rivojlanish sur'atining pasayish jarayoni davom etmoqda. Tabiiy ko'payish darajasi 2000 yilda 20,6, 2004 yilda 20,5 va 2022 yilda 18,7 promilleni tashkil etdi. Viloyat aholisi tibbiy xizmat

ko'rsatishning ijobiy tomoni shundaki, mustaqillik yillarda qator iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay uni ijtimoiy muhofaza qilish, ayniqsa aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish va sog'lig'ini nazorat qilish ishlari yaxshilandi. Natijada, aholi o'rtasida o'lim darajasi ancha pasaydi, o'rtacha umr ko'rish biroz oshdi.

Xorazmda ham ayrim kasalliklar zamirida yuzaga keladigan o'lim holati ortib bormoqda. Ayni paytda aholining turli xil kasalliklar bilan xastalanish holati ham ko'paymoqda. Xususan, aholining birlamchi va umumiy kasallanishi hajmida ovqat hazm qilish hamda nafas olish a'zolari xastaliklari ko'pchilikni tashkil etadi. Masalan, 2020 yilda dastlabki marotaba kasallangan bemorlarning taxminan 20 foizi ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklariga to'g'ri keladi.

Kasalxonalarga murojaat qilgan bemorlar bo'yicha keyingi asosiy tarkibni nafas olish a'zolari (18%) tashkil etadi. Qon va qon hosil qilish, asab sezgi a'zolari, qon aylanishi tizimi (5%) kasalliklari, shikastlanish hamda zaharlanish ko'rsatkichlari (8,0%) ham ancha yuqoridir.

Viloyat aholisi salomatligi ko'rsatkichlaring respublikanikiga taqqoslaganda ancha salbiy holatlar yaqqol ko'zga tashlanadi. Xususan, so'ngi 10 yillikda, viloyatda umumiy kasallanish darajasi respublika o'rtachasidan 1,3 marta yuqori bo'ldi.

Xorazm viloyatida hozirda 400 dan ortiq stansionarlar aholiga tibbiy xizmat ko'rsatmoqda. Kasalxonalarning asosiy qismi Urganch shahrida joylashgan.. SHahar sog'liqni saqlash tizimi nafaqat shahar, balki butun viloyat aholisiga, Qoraqalpog'iston Respublikasining yondosh tumanlari aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatadi.

Viloyatning boshqa ma'muriy birliklari orasida kasalxona xizmati bilan ta'minlanishi darajasi bo'yicha Xiva, SHovot, Gurlan va Bog'ot tumanlari biroz ajralib turadiViloyatda aholining salomatligi bilan bog'liq muammolar murakkabligi, tabiiy sharoit, ichimlik suvining yomonligi bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ham ahamiyatli ekanligi, tibbiy xizmat ko'rsatish tizimida sobiq tizim illatlarining saqlanib qolganligi joylarda aholi salomatligi monitoringini yo'lga qo'yish hamda zamonaviy tibbiy xizmatni tashkil etish dolzarb masalalardan sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Асанов Г.Р. Ах,оли географияси. Укув кулланма. -Т.: Укитувчи, 1978.-220 б.

2. Атаджанов И.Ш. Формирование трудовых ресурсов Хорезмского вилаята и проблемы их использования. Автореф. дисс. канд. геогр. наук. -Т., 2002.23 с.

3. Баратов П. Узбекистон табиий географияси. -Т.: Укитувчи, 1996.-262 б.

4. Буриева М.Р. Узбекистонда оила демографияси. -Т.: Университет, 1997.181 б.

5. Гиренюк Ф.И. Экология цивилизации, ноосфера.-М.: Наука, 1987.-182 с.

6. Досчанов Э. Д., Кутлимуродов Р. С. Хоразм вилояти ах,олисининг тоза ичимлик сувидан фойдаланиш шароитини яхшилаш чора-тадбирларини

санитария гигеник нукгаи назардан асослаш // Экологическое образование и устойчивое развитие. - Нукус, 2004.- с. 80-82.

7. Комилова Н.К,.,Солиев А.С. Тиббиёт географияси. -Т.: Исти^лол, 2005.162 с.

8. Матниёзов М. Хоразм тарихи.-Урганч: Хоразм, II том, 1997.-298 б.

9. Назаров М.И. Территориальная организация медицинского обслуживания населения в сельской местности (по примере Наманганской области. Афтореф. дисс. канд. геогр. наук.)-Т., 1996.-24 с.

10. Нигматов А.Н. Экология.-Т.: Чулпон, 2006.-126 ц.

11. Прохоров Б.Б. Социальная экология.-М.: Академия, 2005.-413 с.

12. Расулов А.Р., Х,икматов ФХ,. Айтбоев Д.П. Гидрология асослари.-Т.: Университет, 2003.-327 б.

13. Рахимбеков Р.У., Донцова З.Н. Урта Осиё табиатини географик урганиш тарихи.-Тошкент. "Укитувчи", 1982.-200 б.

14. Салиев А. Хамраев М., Казбеков Б. Проблемы социально -экономического и демографического развития Нижнеамударьинского района // Вестник Казгу.-Алматы, 1998.-№ 12.-С. 63-65.

15. Саушкин Ю.Г. Географические очерки.-М.: Географгиз, 1947.-421 с.

16. Солиев А.С. Икгисодий ва ижтимоий географиянинг долзарб масалалари. Т.: Университет,-1995.-56 б.

17. Солиев А., Комилова Н. Ах,оли саломатлигининг географик хусусиятлари ва нозогеографик вазият // УзМУ хабарлари, №1, 2000. -Б. 1217.

18. Солиев А., Комилова Н. Медицинская география аридных территорий // Проблемы освоения пустынь.-Ашхабад., 2000. №4.,-С. 54-60.

19. Солиев А.С., Хамроев М.О., Комилова Н.К,. Тиббиёт географиясининг баъзи бир масалалари // Узбекистон География жамияти ахбороти, XVIII том.-Т., 1997.-Б. 77-79.

20. Турдымамбетов И.Р. Медико-географический анализ дельты Амударьи и улучшение ее санитарно-гигиенической ситуации. Автореф. дисс. канд. геогр. наук.-Т., 2005.-22 с.

21. Хамроев М.О. Хоразм вилояти ижтимоий экологияси ва ах,оли саломатлигининг географик хусусиятлари // геог.ф.ном. ол. уч. тай. диссертация-Т.: Университет, 2009

22. Кддиров А.А. Тиббиёт тарихи.-Т.: Ибн Сино, 1993.-271 б.

23. Курбонниёзов Р. Хоразм географияси.-Урганч: Хоразм, 1996.б 115.

24. https: //lex.uz/en/docs/-5939831

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.