Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA FARGʻONA VILOYATIDAGI SOGʻLIQNI SAQLASH MUASSASALARI FAOLIYATI TARIXI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA FARGʻONA VILOYATIDAGI SOGʻLIQNI SAQLASH MUASSASALARI FAOLIYATI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
105
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
feldsherlik-akusherlik / “Sog’lom avlod dasturi” / “KIS-2” / “EKS15-4” / “EKS-PD” / TMEK / fizioterapiya / Arsif / Qalacha / EKG / EXOKG

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rashidaxon Muqimovna Ahmedova

Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqilligi yillarida sog‘liqni saqlash tizimida sog’liqni saqlash muassasalari faoliyati, Farg‘ona viloyatida ushbu tizimda amalga oshirilgan ishlar hamda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish darajasi tahlil etilgan. Shuningdek, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar sohaga oid qarorlar va davriy matbuot materiallari orqali tahlil qiliningan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA FARGʻONA VILOYATIDAGI SOGʻLIQNI SAQLASH MUASSASALARI FAOLIYATI TARIXI»

MUSTAQILLIK YILLARIDA FARG'ONA VILOYATIDAGI SOG'LIQNI SAQLASH MUASSASALARI FAOLIYATI TARIXI

Rashidaxon Muqimovna Ahmedova Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston mustaqilligi yillarida sog'liqni saqlash tizimida sog'liqni saqlash muassasalari faoliyati, Farg'ona viloyatida ushbu tizimda amalga oshirilgan ishlar hamda aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish darajasi tahlil etilgan. Shuningdek, Farg'ona viloyati sog'liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar sohaga oid qarorlar va davriy matbuot materiallari orqali tahlil qiliningan.

Kalit so'zlar: feldsherlik-akusherlik, "Sog'lom avlod dasturi", "KIS-2", "EKS-15-4", "EKS-PD", TMEK, fizioterapiya, Arsif, Qalacha, EKG, EXOKG

HISTORY OF ACTIVITY OF HEALTHCARE INSTITUTIONS IN FERGANA REGION IN THE YEARS OF INDEPENDENCE

Rashidakhan Muqimovna Akhmedova Kokan State Pedagogical Institute

Abstract: This article analyzes the activities of healthcare institutions in the healthcare system during the years of independence of Uzbekistan, the work carried out in this system in the Fergana region, and the level of provision of medical services to the population. Also, based on industry decisions and periodical press materials, the reforms carried out in the healthcare system of the Fergana region are analyzed.

Keywords: paramedic-midwife, "Healthy Generation" Program, "CIS-2", "EX-15-4", "EX-PD", TMEC, physiotherapy, Arsif, Kalacha, ECG, ECG

1. Dolzarbligi:

O'zbekiston mustaqillikka erishgan yildan boshlab mamlakatimizda aholi salomatligini tiklash maqsadida sog'liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish siyosati amalga oshirilmoqda. Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishda asosiy e'tibor soha vakillarini shifokor sifatida tayyorlashga qaratildi. Farg'ona viloyatida sog'liqni saqlash tizimida sog'liqni saqlash muassasalari faoliyati va ularning aholiga tibbiy xizmat ko'satish darajasini yaxyilash borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2. Metodlar:

Maqolada Farg'ona viloyatida sog'liqni saqlash tizimida sog'liqni saqlash muassasalari faoliyati va ularning aholiga tibbiy xizmat ko'satish darajasi tarixiy

qiyoslash, tizimlashtirish va tahliliy xulosalar kabi umume'tirof etilgan usullar asosida taqdim etilgan. hududi o'rganildi.

2. Tadqiqot natijalari:

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish va aholiga sifatli tibbiy yordam ko'rsatish masalalariga alohida katta e'tibor qaratila boshlandi. Ushbu jarayonlar respublikaning barcha viloyatlarida, jumladan Farg'ona viloyatida ham o'z ifodasini topdi.

Farg'ona viloyatida aholdiga tibbiy xizmat ko'rsatish samaradorligini oishirish maqsadida pullik xizmatlar tashkil etilgan bo'lib, 1991 yilda 100 dan ortiq pullik tibbiy xizmatlar ko'rsatish turlari shakillandi [4. B. №25]. Birgina o'tgan yili aholiga 5 million 779 ming so'mlik pullik tibbiy xizmat ko'rsatilgan bo'lsa, bu 1990 yilga nisbatan 1,7 marta ko'p ekanligin ko'rsatdi.

1991 yilda 2 ta qishloq vrachlik tabobatxonalari, 1 ta feldsherlik-akusherlik punktlari qurib bitkazildi. Tumanda vrachlar bilan ta'minlanishi har 10.000 aholiga 2,8 ni tashkil etdi. 1992 yilda 17 ta oliy ma'lumotli pediator-shifokorlar bor. "Sog'lom avlod dasturi"ga asosan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar salomatligini tiklashda nodavlat tashkilotlar, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda faoliyat olib borish samarali yo'lga qo'yilgan.

1992 yilda Farg'ona viloyat markazida reanimatsiya bo'limi faoliyat ko'rsata boshladi. Mazkur bo'lim 6 o'rinli bo'lib, u turli tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan. U yerda Polshada ishlab chiqarilgan davolash shilari jarayonini kuzatib boruvchi "Kordiorepiromonitor-RMN-201" apparati o'rnatilgan bo'lib, u birdaniga olti nafar bemorni sog'lig'ini kuzatish imkonini beradi. O'zbekistonda ishlangan " Defibrilyator" bemorga kislorod berish uchun mo'ljallangan "KIS-2", ma'lum vaqt mobaynida to'htab qolgan yurakni tok uzatish orqali ish faoliyatini tiklashga xizmat qiladigan "EKS-15-4", "EKS-PD" singari tibbiy jihozlar bo'lim faoliyatini tez rivojlanishiga imkon yaratdi. Ushbu bo'limda o'tkir yurak faoliyatining kskin buzilishi, yurak faoliyatida yuz bergan yetishmovchiliklar-gipertoniya krizi, yurak paroklarining og'ir turi bilan og'rigan bemorlarni davolash ishlari olib borilgan.

1996 yilgacha viloyatda 12 ta nodavlat tashkilot bo'lib, ularning yillik daromadi bir necha yuz ming so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2000 yil oxiriga kelib, ularning soni 170 taga yetdi va 443 million so'm daromad qilindi. "Salomatlik" loyixasi asosida jihozlangan Quvasoy shahri hamda 15 ta tumanda Jahon banki mutahassislarining taklifi bilan 15 ta laboratoriya, 16 ta UZD, 15 ta elektrokardiografiya xonasi tashkil qilindi. Boshqa zarur jaxozlar qatori laboratoriya va xonalar bittadan muzlatgich, mikroskop, sterilizator bilan ta'minlandi. Atlantadan xayriya yordami sifatida 140 tonna har xil tibbiy ashyolar keltirildi.

Farg'ona viloyatida 1998-2005 yillarga mo'ljallangan dastur ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu dastur bo'yicha viloyat shahar va tumanlarida shoshilinch tibbiy yordam

ko'rsatishni qamrab olgan tezkor yordam ko'rsatish ilmiy markazining viloyat bo'limi faoliyat olib bordi. Shahar va tumanlardagi markaziy shifoxonalar bazasida ham tez tibbiy yordam ko'rsatish xizmatining 18 ta bo'limi faoliyat olib bordi. Shahar va qishloqlarda aholiga qonun doirasida tibbiy xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan 8 ta silga qarshi dispanser xizmati, 16 ta yuuqumli kasalliklar shifohonasi, 3 ta ruhiy kasalliklar shifohonasi, 8 ta qishloq uchastka shifoxonalari faoliyati rivojlantirildi. Qishloq vrachlik amblatoriyalari, poliklinnika muassasalari, qishloq vrachlik punktlari soni 501 taga yetkazildi. Poliklinikalarda 1-2 o'ringa ega bo'lgan joylar tashkil etilgan. 1999 yilda Tibbiy xizmat ko'rsatish shifoxonalari soni 57 taga yetgan bo'lsa 2000-2001 yillarga kelib bularning soni 87 taga ko'paydi [5. B. №11].

1999 yilda viloyatda nodavlat sektordagi shifo masknlari soni 11 tani tashkil etgan bo'lsa, 2005 yilga kelib ular 78 tani tashkil etgan. 1999 yilda Beshariq tumanida shifobaxsh madanli suvdan foydalanishga mo'ljallangan 120 o'rinli sanatoriya qurildi va foydalanishga topshirildi. Bu sihatgohda asosan buyrak xastaliklariga chalingan onalar va bolalar bepul davolanishgan.

O'zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi "Tibbiy mehnat ekspert komissiyalari to'g'risida" gi 317-qarori asosida Farg'ona viloyatida maxsus ko'z kasalliklari TMEK (Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi) tashkil etildi. "Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi" xaftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari Farg'onadagi asosiy ish joyida, seshanba, payshanba kunlari esa Qo'qon shahar, Rishton, Quva, O'zbekiston, Beshariq tumanlarida bemon va nogironlar qabul qilgan. Ushbu tizimda hujjatlar soat 12.00 gacha, nogiron va bemorlar esa 15.00 gacha qabul qilindi. TMEKga kelishlaridan avval bemorlar joylardagi ijtimoiy ta'minot bo'limlaridan yo'llanmalar olishlari kerak bo'lgan. TMEKga birinchi marotaba murojat qilganlar esa 88-forma, mehnat daftarchasidan ko'chirma va kasalxonada (iloyatda 3 ta ko'z kasalliklarini davolovchi shifoxonalar bo'lib; Farg'ona, Qo'qon, Yaypan shaharlarida) yotib, u yerda 27-forma olishlari hamda TMEKga kelishlari zarur bo'lgan.

Komissiyaga qayta kelayotgan nogironlarda esa 88-forma, nogironlik ma'lumotnomasi va ambulatoriya dfatari yoki kasalxonadan 27-forma olishlari hamda pasportlari bo'lishi kerak bo'lgan. O'zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 433-qarorida nogironlikning oldini olish va uning reabilitatsiyasi belgilab berilgan [6. B. №8]. Ana shu qarorga asosan ko'z kasalliklari TMEKni viloyat mehnat birjalari, ko'zi ojizlar jasmiyati, ko'z kasalliklari shifoxonalari bilan birgalikda tuzilgan rejalar asosida ish olib borilgan.

2002 yilga kelib viloyatdagi qishloq aholisiga yangi maqomdagi qishloq vrachlik amblatoriyalari, "Salomatlik" markazlari, qishloq uchastka shifoxonalari, 450 ta feltdsher-akusherlik punktlari hamda 20 dan ko'proq zararsizlantrish shahobchalari faoliyati yo'lga qo'yildi. "Salomatlik" loyihasi asosida Beshariq, Quva, Yozyovon

tumanlarida ishlar samarali tashkil etildi. 1998 yilda tajriba tumanlarida aholini shifoxonalarga yotqizib davolash 11053 kishini tashkil etgan bo'lsa, 2000 yil oxirida bu ko'rsatkich 8524 kishini tashkil etgan yoki 23 % ga kamaygan [7. B. №2].

Ushbu yillarda Farg'ona viloyatlari shahar va qishloqlarida kasalliklarining turlari bo'yicha qon va qon yaratish, nafas olish a'zolari, ovqat hazm qilish a'zolari, endokrin va siydik tanosil tizimi kasalliklari bilan ro'yxatga olinganlar sonining nisbatan yuqori ko'rsatkichlari namoyon bo'lganligi sababli, ushbu kasalliklarning oldini olishning umumiy choralarini kuchaytirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yilga PQ-1213-son qarori [1. B. 1]ga muvofiq Farg'ona shahrida mintaqaviy qon markazini qurish ishlari olib borildi. Unga ko'ra Osiyo taraqqiyot banki viloyatda 6 ta mintaqaviy qon markazini qurish va ularni zaruriy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida 7,166 million AQSH dollori miqdorida mablag' ajratildi [8. B. №1]. Quvasoy shahridagi Pakana qishlog'idagi zamonaviy ko'rinishdagi qishloq vrachlik punkti barpo etildi. Ushbu qurilishga 70 million so'mlik mablag' sarflandi. Shunnigdek Jahon banki tomonidan ajratilgan 60 ming AQSH dollorilik [9. B. №8] tibbiy asbob-uskunalar o'rnatildi.

Mamlakat prezidentining 2009-yil 21-mayda qabul qilgan "Tez tibbiy yordam ko'rsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi qarori asosida Farg'ona viloyatida bir qator ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi, shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasi, tizimning transport parki mustahkamlandi. Tez tibbiy yordam mutaxassislarini malakasini oshirishga doir chora tadbirlar amalga oshirildi, bu esa koplab insonlar hayotini saqlab qolish imkonini berdi. Markaz eng so'nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanganini, davolash-tashxis bo'limlari misolida ham ko'rish mumkin. Hozirgi kungacha filialda reanimatsiya, jarrohlik, terapiya, pediatriya va boshqa yo'nalishlar bo'yicha bemorlar zamonaviy uslublarda davolanamoqdalar. Undan tashqari Quvasoy shahrining Arsif mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli hududda 2010-yilda barpo etilgan qishloq vrachlik punkti Salomatlik-1, Salomatlik-2 loyihalari asosida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan to'liq jihozlandi va bu yerda tashxis qo'yish, davolash uchun sharoitlar yaratildi. Muolaja xonasi, tahlilxona, kunduzgi shifoxona, UZI tekshiruvlari, fizioterapiya, dorixona, fitobar xizmatlari yo'lga qo'yildi. Qishloq vrachlik punkti Arsif, Qalacha va Yangiobod qishloqlaridagi 8 ming 166 nafar aholiga malakali tibbiy xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan [2. B. 14]. Muassasada ikkita umumiy amaliyot shifokori, 21 tibbiyot hamshirasi xizmat qilmoqda. Asosiy e'tibor kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratildi. Shuningdek 2011 -yil 28-noyabrdagi Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi prezident Qarorida belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, tibbiyotning zamonaviy yutuqlari va davolashning ilg'or usullari amaliyotda joriy etildi.

2012 yilga kelib Farg'ona viloyatida 19 ta tug'ruq uylari hamda viloyat Perinatal markazi. 2013-yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg'ona viloyati filiali rekonstruksiya qilinib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Filial 155 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taminlandi. 355 o'ringa mo'ljallangan muassasada bemorlarga tez tibbiy yordam ko'rsatish, tashxis qo'yish, davolash va jarrohlik amaliyotlari yuqori malakali shifokarlar tomonida amalga oshirilmoqda. Farg'onada tibbiyot sohasini modernizatsiyalashga qaratilgan doimiy e'tibor tufayli davolash va diagnostika ishlari jahon andozalari darajasiga ko'tarilishiga imkoniyatlar yaratdi. Bu davrlarda dunyoning ko'plab mamlakarlaridagi yetakchi tibbiyot kompaniya va firmalar bilan shartnomalar tuzildi. Masalan, 2015-yilda Farg'ona shahrida tibbiy xizmat ko'rsatuvchi O'zbekiston - Janubiy Koreyaning "Husn chiroyi" va Xitoy bilan hamkorlikda "Farg'ona premium médical" xorijiy kompaniyalari tashkil etildi. "Farg'ona premium medical" xorijiy korxonasi rahbari Ravshanbek Yuldashevning ta'kidlashicha qo'shma tibbiy klinikamizga xorijning yetuk korxonalaridan ilg'or va zamonaviy tibbiy texnologiyalar keltirilib, o'rnatildi. Bu yerda ultratovush diagnostika, kolposkopiya, EKG, EXOKG, EEG kabi tibbiy jihozlar yordamida kardiolog, ginekolog, gastroenterolog, endokrinolog, nevropatolog, terapevt, urolog, stomatolog kabi mutaxasislar aholi salomatligi yo'lida mehnat qilmoqdalar.

Sog'liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning natijasini, Farg'ona viloyatining Furqat tumanida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan ko'p tarmoqli markaziy poliklinika 90 mingdan ziyod aholiga sifatli xizmat faoliyati misolida ko'rishimiz mumkin. Ushbu poliklinika salomatlik loyihalari doirasida FEK, EKG, avtoklav, srntrifuga va boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Zamonaviy tibbiy jihoz hamda uskunalar birinchi yordam, tashxis, davolash ishlarini o'z vaqtida va sifatli amalga oshirishda hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda [3. B. 22].

2016 yil mobaynida 1 ming 200 tez tibbiy yordam stansiyasi va kichik stansiyasi tashkil etilib, bugungi kunda ularning soni 2 ming 100 dan oshdi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasida izchil tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yana bir e'tiborli jihat. Bu yil yuqumli kasalliklarga qarshi dasturiy emlashga mablag'lar to'laligicha davlat byudjeti hisobidan qoplandi. Bu maqsadga 2017 yil uchun 42,3 milliard so'm mablag' ajratildi va o'zlashtirildi. Emlash darajasi 99,5 foizni tashkil etdi. Pirovardida, mamlakatimizda o'ta xavfli kasalliklar kuzatilmadi, onalar o'limi sezilarli kamaydi.

Xulosa sifatida shuni aytish kerakki dastlab tumandagi 13 ta tibbiyot muassasalari joriy va mukammal ta'mirdan chiqarilib buning uchun 9 mlrd 500 mln so'm mahalliy byudjet mablag'lari yo'naltirildi. Bundan tashqari, tibbiyot muassasalari moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 26 turdagi zamonaviy tibbiy apparatlar bilan jihozlanib, buning uchun 2 mlrd 600 mln so'm mahalliy byudjet mablag'lari sarf

etildi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini to'liq axborot kommunikatsion vositalar bilan ta'minlash uchun 3 mlrd 94 mln so'm mablag' yo'naltirilib, bunga 151 ta komptyuter jamlanmalari va uning yordamchi qurilmalari, tibbiy brigadalar uchun 264 ta planshetlar xarid qilinib, tizim to'liq internet tarmog'i bilan ta'minlandi. Tumanda mavjud 72 ta mahallalarga tarkibida 1 nafar oila shifokori hamda 3 ta patronaj xamshiralari bo'lgan tibbiy brigadalar biriktirildi. Tumandagi 38164 ta xonadonlarning barchasi (100%) to'liq xatlovdan o'tkazilib, 214916 nafar fuqarolarning 210766 nafari (98,2%) antropometrik tekshiruvlardan o'tkazildi. Ularning tibbiy ma'lumotlari elektron bazaga kiritildi.

Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga dori vositalari uchun ajratiladigan mablag' 3 barobarga oshirilib, aholi jon boshiga 15 ming so'mga yetkazildi. Shu o'rinda birgina iyul oyida viloyat bo'yicha 2,5 mlrd so'mdan ziyod mablag' ajratilib, ushbu mablag'lar hisobidan 66 turdagi dori vositalari va sarflov materiallari sotib olinib, oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalarga yetkazib berildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28. 10. 2009 yilga O'zbekiston respublikasining 2010 yilgi investitsiya dasturi to'g'risida PQ-1213-son qarori

2. Malakali va tezkor xizmat // Farg'ona shifokori. 2014 yil, 14 iyul, № 14

3. Tibbiy xizmat sifati ortmoqda // Farg'ona shifokori. 2015 yil, 28 noyabr, №2 22.

4. Farg'ona shifokori. 1991 yil, 14 may, № 5

5. Farg'ona shifokori. 1999 hhh, 14-iyul, № 11

6. Farg'ona shifokori. 1999 hhh, 28-aprel, № 8

7. Farg'ona shifokori. 2002 yil, 30- yanvar, № 2

8. Farg'ona shifokori 2010 yil 14 yanvar, № 1

9. Farg'ona shifokori 2002 yil , 25-aprel, № 8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.