Научная статья на тему 'AYOLLAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI SAQLASH'

AYOLLAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI SAQLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
677
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Reproduktiv salomatlik / inklyuziv ta’lim / “Ona va bola skrining” / “Ayollar maslahatxona”lari / “Qizlar salomatlik markazlari” / tibbiyot brigadalari / Perinatal markaz

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ismailova Feruza

Maqolada onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog’lom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi bayon etilgan. Bu borada sog’liqni saqlash tizimida onalar va bolalar salomatligini yanada muhofaza qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AYOLLAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI SAQLASH»

AYOLLAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI SAQLASH

Ismailova Feruza

Sog'liqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligini saqlash https://doi.org/10.5281/zenodo.8372337

Annotatsiya. Maqolada onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi bayon etilgan. Bu borada sog'liqni saqlash tizimida onalar va bolalar salomatligini yanada muhofaza qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: Reproduktiv salomatlik, inklyuziv ta'lim, "Ona va bola shrining", "Ayollar maslahatxona"lari, "Qizlar salomatlik markazlari", tibbiyot brigadalari, Perinatalmarkaz.

Insonning eng katta boyligi bu albatta, uning sog'ligidir. Shu bois, keyingi yillarda yurtimizda aholining salomatligini yaxshilash va mustahkamlash borasida katta ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar sog'ligiga qayg'urish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda bu borada qator vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib, yildan-yilga ayollarga tibbiy xizmat ko'rsatish sifati yaxshilanmoqda, ajratiladigan mablag'lar ham sezilarli oshirilmoqda.

Ayollar salomatligi jamiyat boyligi hisoblanar ekan, demak tug'ilgan kunidan boshlab qizlarning sog'ligini saqlash va mustahkamlash yo'lida global va mahalliy miqyosda doimiy ko'mak va imkoniyatlar berilishi tabiiydir. So'nggi yillarda mamlakatimizda fertil yoshidagi ayollarning sog'ligini tiklash maqsadida bepul dori va vitaminlar bilan ta'minlanishi yo'lga qo'yildi. 2021 yilda ushbu vazifalarni bajarish uchun 30 milliard so'm ishlatilganligi, 2022 yil davomida tug'ish yoshidagi, homilador va bola parvarishidagi ayollarni dori va vitaminlar bilan ta'minlash uchun 100 milliard so'm ajratilishi ayollar salomatligiga yana bir muhim qadamdir.

Kasallikni davolagandan ko'ra, uning oldini olish ma'qulligi hech kimga sir emas. Shuning uchun, davlatimiz rahbarining ko'rsatmasiga asosan, 9-12 yoshdagi o'smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi emlash va boshqa turdagi vaktsinalari uchun 2022 yilda 200 milliard so'm ajratilganligi to'g'risida xushxabar xalqimiz tomonidan olqishlandi desak mubolag'a bo'lmaydi. Undan tashqari, 3 million nafar xotin-qizlarni onkologik skriningdan o'tkazishni tashkil etish va bu tadbirlar uchun davlat byudjetidan 40 milliard so'm ajratish belgilandi. Hech shubhasiz, davlatimizning ayollar o'rtasida kasalliklar profilaktikasi bo'yicha tizimli va davomli tadbirlari o'z natijasini beradi.

Onalar va bolalar muhofazasi - onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. O'zbekiston Respublikasida bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish qonunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini ko'rsatadigan maxsus davolash-profilaktika muassasalari tarmoqlarini yaratishga asoslangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan so'ng onalar va bolalarga qaratilgan keng qamrovli choratadbirlar ko'zda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. 1998-yildan Toshkentda "Oila" ilmiy-amaliy markazi faoliyat ko'rsata boshladi. Bu markazda O'zbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish soatlari cheklanadi, ularga to'liqsiz ish kuni, to'liqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib chiqib o'zlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola

1870

sog'lig'ini kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish ham davlat zimmasida. Sog'lom avlodni tarbiyalash maqsadida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan maktabgacha ta'lim, maktab, internat maktab, bolalarni sog'lomlashtirish komplekslari kabi xilma-xil tarmoqlar rivojlantirilmoqda.

Onalar va bolalarni sog'ligini saqlashga qaratilgan choralar 2 asosiy bo'limni: akusherlik-ginekologiya (tug'ishga yordam berish) va bolalarga davolash-profilaktika yordami ko'rsatishni tashkil qilishni o'z ichiga oladi. Akusherlik-ginekologiya yordamini maxsus muassasalar, xususan, shaharda tug'ruqxonalar, shuningdek, tarkibida ayollar maslahatxonasi bo'lgan tug'ruqxona komplekslari, kasalxonalarning akusherlik-ginekologiya bo'limlari, akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti, tibbiyot institutlari akusherlik-ginekologiya kafedrasi tarkibidagi shu soha bo'limlari, ayollar maslahatxonasi, poliklinika va ishlab chiqarish korxonalari tibbiy-sanitariya qismi qoshidagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari amalga oshiradi. Qishloq joylarda ayollarga akusherlik-ginekologiya yordamini viloyat, tuman kasalxonalarining tug'ruqxona bo'limlari, ambulatoriyasi, feldsherakusherlik punktlari va poliklinikadagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari ko'rsatadi. Ayollar maslahatxonasi o'z hududidagi poliklinika, homiladorlarni sog'lomlashtirish muassasalari, "Ona va bola skrining" markazi va perinatal markazlar, tibbiy-genetik, shuningdek, "Nikoh va oila" maslahatxonalari, oilaviy va bolalar poliklinikalari, ko'p tarmokli kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan bo'limlari bilan uzviy bog'liq holda faoliyat ko'rsatadi.

Onalar va bolalarni sog'ligini saqlash tizimida davolash-profilaktika yordamining bir nechta bosqichlari mavjud: 1-bosqich - yoshlarni jinsiy masalalarga tayyorlash, sog'lom oila qurish, jinsiy hayot genetikasi va jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklardan boxabar etish bo'yicha yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatishni "Oila va nikoh" ilmiy maslahatxonalari amalga oshiradi. 2-bosqich - homilani antinatal muhofazalash kompleks choratadbirlarini amalga oshirish ayollar maslahatxonasi, tug'ruqxona komplekslari va boshqa faoliyatiga kiradi. 3-bosqich - tug'ishni bekamu-ko'st olib borish uchun homilani institutranatal muxofazalash - bu tug'ruqxonalar zimmasiga yuklatilgan. 4-bosqich - yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lig'ini himoya etish, uni emizish, umumiy holati, fiziologik rivojlanishini nazorat qilish va boshqa tug'ruqxonalarning chaqaloqlar bo'limida ko'zdan kechirib boriladi. 5-bosqich - maktabgacha yoshdagi bolalar sog'lig'ini muhofaza qilish. 6-bosqich - maktab yoshidagi bolalar sog'lig'igi himoya qilish. Bularning hammasi O'zbekiston Respublikasi da yo'lga qo'yilgan yagona ona va bolalarning sog'ligini saqlash tizimida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan Akusherlik va ginekologiya instituti, Pediatriya ilmiy tadqiqot instituti, "Ona va bola" kasalxonasi va markazlari, shuningdek, shu sohaga oid qator davolash-profilaktika muassasalarida ona va bolalarning sog'ligini saqlash bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.

Reproduktiv salomatlikka inson salomatligini asrash va mustahkamlashning asosiy tarkibiy qismi sifatida e'tibor qaratiladi. Respublikamizda reproduktiv salomatlikni asrash bo'yicha qator me'yoriy hujjatlar qabul qilingan. Reproduktiv (lot. re - tiklanish, takrorlanish ma'nosida, produco - yarataman). Reproduktiv salomatlik deganda insonning o'zidagi mavjud irsiy axborotni keyingi avlodga yaxlit, genlarni mutatsiyalarga uchratmagan holda o'tkazish natijasida o'zidan sog'lom nasl qoldirib, avlodlarning bardavomligini ta'minlash tushuniladi. Reproduktiv salomatlik - bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog'liq barcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo'qligi bo'libgina qolmay, balki to'liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaffaqiyatlar holati hamdir.

1871

Reproduktiv huquq - bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning farzandlar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug'ilish vaqti haqida erkin hamda to'liq mas'uliyat hissi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart bo'lgan ma'lumot va vositalarga ega bo'lishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olish sanaladi. Reproduktiv salomatlikka erishish uchun quyidagi tamoyillar: jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash (OITSning oldini olish), bepushtlikning oldini olish, o'sma kasalliklari va o'sma oldi kasalliklarining oldini olish, farzandlarni ona suti bilan boqish, onalik va bolalikning muhofazasi, o'smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiy tarbiyasiga amal qilinishi lozim. Mamlakatimizda bolalar va o'smirlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish - bu davlat siyosati darajasida eng ko'p e'tibor qaratilayotgan masalalardan biridir. Respublikamizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimi rivojlanib, har bir viloyat va yirik shaharlarda perinatal va skrining markazlari tashkil etilgan. Umuman olganda, sog'lom farzandni voyaga yetkazish, aholi, xususan, bolalar va o'smirlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo'yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Qarindoshurug'lar o'rtasida nikoh, erta homiladorlik, alkogol, narkotik moddalarni iste'mol qilish, chekish va uning homilaga ta'siri, ekologiya va ijtimoiy holat reproduktiv salomatlikka salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar sirasiga kiradi.

Reproduktiv salomatlik nafaqat ayolning, balki erkakning ham o'zidan sog'lom zurriyot qoldira olish davridagi salomatligidir. Ayniqsa, bu borada o'smir yigit-qizlarning salomatligiga jiddiy e'tibor qaratish zarur. Bunda asosiy e'tibor oila farovonligini ta'minlash, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, onalar va bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom ma'noda ta'sirini ko'rsatadi. Ko'rsatib o'tilgan xavf omillari keyinchalik ularning oilalarida irsiy kasalliklarga chalingan farzandlarning dunyoga kelishi, homilada fiziologik jarayonlarning normal kechishining buzilishida kuzatiladi.

Reproduktiv salomatlikka kuchli tahdid soladigan omillardan biri irsiy kasalliklar sanaladi. Naslda irsiy kasalliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida nikohlanadigan yoshlar tibbiy-genetik konsultatsiyadan o'tishi qonun bilan belgilangan. Tug'ma kasalliklarni irsiy kasalliklardan farq etish zarur. Tug'ma kasalliklar homilaning rivojlanishidagi buzilishlar, masalan, onaning homiladorlik davrida og'ir infeksiya kasalliklariga chalinishi, chekish va alkogol ichimliklarini qabul qilinishi, oiladagi notinchlik, asab buzilishi, ichki va tashqi muhitning zararli omillari ta'sirida vujudga keladi, aksari hollarda nasldan naslga o'tmaydi.

Vazirlar Mahkamasining "Respublikada onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Loyiha bilan 2020 — 2025 yillarda 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul tarqatish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi hamda respublikada ayollar va bolalar salomatligini mustahkamlash uchun xarid qilinadigan, 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga polivitamin maxsus komplekslarini va bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi to'g'risida nizom tasdiqlanadi.

Shuningdek, respublikada onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash borasida quyidagi tartib o'rnatildi:

a) 2021 yil 1 iyundan boshlab: 6 - 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;6 oylikdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar «A» vitamini bilan; 2 - 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo'yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta'minlandi;

1872

b) 2022 yil 1 iyuldan boshlab: Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 - 15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan; 35 yoshgacha tug'ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta'minlandi;

c) 2021 yil 1 apreldan boshlab birinchi nav bug'doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug'doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilindi. Loyiha qabul qilinishi bilan 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul tarqatladi. Bu jarayon bilan 2021 yilda 11 million nafar, 2022 yilda 17 million nafar aholi qamrab olindi hamda ayollar va bolalarni yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta'minlash orqali aholi o'rtasida kamqonlik 25 foizga kamaytirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni bilan reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash, ularni malakali kadrlar bilan ta'minlash vazifasi belgilandi. So'nggi besh yil davomida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi, natijada onalar va go'daklar o'limining kamayishiga erishildi.Shu bilan birga, olis hududlarda tibbiy yordamni maqsadli yo'naltirish tizimini yuqori darajada tashkil etish, onalar va bolalarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatning samaradorligini oshirish, ambulator yordamni yanada yaxshilash, shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiy genetika hamda zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish talab etilmoqda. Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog'lom bola tug'ilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, 2022 yil 18-mart kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sog'liqni saqlash sohasi vakillari bilan "Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun" mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida:

1. Quyidagilar 2022-2026 yillarda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi:

a) sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inida onalar va bolalar o'rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog'lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish, shu jumladan: sog'lom farzand tug'ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo'yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, to'g'ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ'ib etish, sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish, bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni vitamin va minerallar bilan bepul ta'minlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish;

b) 2022-2026 yillarda onalar va bolalar uchun tibbiy xizmat ko'rsatiladigan ob'ektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

c) diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali hamda innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish hamda soha xodimlarining ilmiy salohiyatini muntazam. Bunda, tuguruq komplekslarini tamirlash, zarur uskunalar bilan jihozlash va tug'ruq o'rinlari sonini mavjud 11 mingtadan 15 mingtaga yoki 35 foizga ko'paytirish ko'zda tutildi. 46 ta tumanlararo perinatal markazini jihozlashga 5,2 million dollar yo'naltirildi. Kelgusi yilda bolalarning ham aqliy, ham jismoniy, ratsional va soglom rivojlanishi, ayollarda kamqonlik va tug'ma nuqsonlarning oldini olish maqsadida bolalarni hamda o'smir qiz va homilador ayollarni vitamin va dori vositalari bilan bepul taminlashga 145 milliard so'm yo'naltiriladi. Eshitish qobiliyati past bolgan 250 nafar

1873

bolalarga koxlear implant o'rnatiladi. Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolalarni davolash uchun 120 milliard so'mlik dori vositalari etkazib beriladi. Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog'lom bola tug'ilishi, jismoniy va ma'naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish sog'liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylandi.

So'ngi kunlarda Respublikamizda istiqomat qilayotgan nogironligi mavjud bo'gan bolalar uchun alohida Inklyuziv ta'lim joriy etilmoqda. UNICEF inklyuziv ta'limni O'zbekiston ta'lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug'ullanadi Inklyuziv ta'lim vazofasi bolalarning qobilyatlari va holatidan qat'iy nazar ularning bariga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'lim tizimi nogironlar aravachasidagibola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalayotgan bo'lsa , o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordamga ega bo'lishi, darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi. Axborotda qayd etilganidek, so'nggi yillarda onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularga ixtisoslashgan va yuqori texnologik tibbiy yordam ko'rsatish, reproduktiv salomatlikni saqlash, go'daklar va bolalar o'limining oldini olishga qaratilgan qator qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur yo'nalishda bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida perinatal, skrining, reproduktiv salomatlik va diagnostika markazlari, tug'ruq bo'limlari, ko'p tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlari tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko'rsatib kelinmoqda. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar deputatlar tomonidan e'tirof etildi. Xususan, ayollar va o'smir qizlarni sog'lomlashtirish va bo'lajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, homiladorlarga tibbiy yordam ko'rsatish sifatini oshirish, onalar salomatligini mustahkamlash maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida "Ayollar maslahatxona"lari, qizlar salomatligi bo'limlari tashkil etilgan. Aholini profilaktik ko'rik, tizimli patronaj bilan qamrab olish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash yuzasidan ko'rilgan choralar o'z natijasini bermoqda.Shuningdek, ginekologik kasalliklarni zamonaviy xalqaro talablarga mos tashxislash, davolash va reabilitatsiya usullari amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Onalik va bolalikni muhofaza qilishga yo'naltirilgan markazlardagi malakali mutaxassislarining joylarga chiqib homiladorlar, reproduktiv yoshdagi ayollarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishi, mahorat darslari va o'quv-seminarlari tashkil etishi yo'lga qo'yilgan.Joriy yilning o'tgan davri davomida hududlardagi tug'ruq muassasalari mutaxassislarining 15 nafari xorijiy mamlakatlarda (13 nafari Rossiyada, 1 nafardan Polsha va Turkiyada malaka oshirdi.Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasiga chalingan homilador ayollar uchun respublikadagi 15 ta muassasa qoshida ixtisoslashtirilgan 820 shifo o'rni tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, yig'ilish ishtirokchilari sohada kuzatilayotgan ayrim muammolar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar borasida o'z fikr va mulohazalarini, shuningdek ularning yechimlari hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni bildirishdi. Shuningdek, deputatlar onalar va go'daklar o'limi jumladan, erta neonatal o'lim, voyaga yetmaganlar orasidagi tug'ruqlarni kamaytirish borasida kadrlar salohiyatini kuchaytirish, tizimga yangicha yondashish borasida bir qator takliflar berdilar. Xalq vakillari tomonidan hududlarda 18 yoshgacha bo'lgan qizlar va fertil yoshdagi ayollar sonidan kelib chiqqan holda "Ayollar maslahatxonasi" va "Qizlar

1874

salomatlik markazlari" uchun shtatlar ajratish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shtat me'yorlarini qayta ko'rib chiqish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati umumiy amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta ko'rib chiqib, ularning sonini optimallashtirish hisobiga oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida akusher-ginekolog hamda pediatr, qizlar uchun bolalar ginekologi shtat birliklarini joriy etish taklifi bildirildi.

Prezidentning 25.04.2022 yildagi "2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to'g'risidagi qarori qabul qilindi hujjat O'zAda e'lon qilindi. Qaror bilan 2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.Hujjatga ko'ra, quyidagilar tashkil etildi:

- Bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali Nukus shahrida "Bolalar tibbiyot klasteri";

- Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo'limi;

- 2022 yil 1- maydan boshlab tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar bo'limi;

- Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo'limlari hamda kecha-yu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatuvchi pediatriya postlari;

- Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, shu jumladan, orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qo'yish bo'yicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalari. Shuningdek, Respublika perinatal markazi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023 yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yo'lga qo'yildi. 2022 yil 1 maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish joriy qilindi.

Keyingi yetti yillikda mamlakatimizda sog'liqni saqlash sohasida ulkan islohotlar olib borilyapti. Shu yilning 8 sentyabrda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Qarorga ko'ra, 2023 yil 1 oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning 14 hududiy filiali tashkil etiladi. Birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida "tibbiyot brigadalari" o'zlariga biriktirilgan hududlarda homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy ko'rikdan o'tishini tashkil etadi, homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi, tug'uruqdan keyingi davrda ona va bolaning davriy patronajini olib boradi.

Shuningdek, Markazning hududiy filiallari xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan o'tkazadi, ularni davolaydi, irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaydi. Respublika perinatal markazi esa erta tug'uruq xavfi bo'lgan homiladorlarga, shuningdek, muddati yetmasdan (22-28 haftalik) tug'ilgan chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko'rsatadi. Homilador ayollar va yangi tug'ilgan bolalar skriningi bo'yicha ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash

1875

amaliyotlarini joriy etadi. Akusherlik-ginekologiya, tibbiy-genetik maslahat, sog'lom oilani rejalashtirish, molekulyar-genetik tekshiruv, plastik va estetik ginekologiya, yordamchi reproduktiv texnologiyalar xizmatlarini tashkil etadi. 2023 yil 1 oktyabrdan birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida mutaxassislarni joriy etilayotgan yangi tizim bo'yicha o'qitish yo'lga qo'yiladi. 2024 yil 1 oktyabrdan har yili 100 tagacha imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullari muvaffaqiyatli qo'llanganda ushbu amaliyotni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlar qoplab beriladi.

Qaror bilan shuningdek, Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturga ko'ra, homilador ayollar uy varaqasini raqamlashtirish va amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan. Insonning eng katta boyligi bu albatta, uning sog'ligidir. Shu bois, keyingi yillarda yurtimizda aholining salomatligini yaxshilash va mustahkamlash borasida katta ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar sog'ligiga qayg'urish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda bu borada qator vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib, yildan-yilga ayollarga tibbiy xizmat ko'rsatish sifati yaxshilanmoqda, ajratiladigan mablag'lar ham sezilarli oshirilmoqda.

Yurtimizda onalar va bolalar salomatligiga davlat siyosati darajasida katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Zero, mustahkam sog'liqqa ega avlod istiqbolimizning metin poydevori, davlat va jamiyat ravnaqining tayanchi sanaladi. Respublika «Ona va bola skrining» markazi faoliyatining asosiy vazifasi «Sog'lom ona - sog'lom bola» tamoyilini amalga oshirishga xizmat qilishdir. Bola tug'ilishidan avval uning sog'lig'i haqida bilish mumkin. Bularning barchasi skrining (inglizcha screening - tanlab olish, saralash), ya'ni sog'liqni saqlashni tashkil etishda klinik belgilarsiz kechadigan kasalliklarni aniqlashga qaratilgan strategiyani amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu strategiyaning maqsadi kasalliklarni imkoni boricha erta aniqlashdan iborat bo'lib, bu nogironlikning oldini olish uchun davolashni o'z vaqtida boshlashda muhim ahamiyatga ega. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda chaqaloqlarning 5 foizi tug'ma va irsiy xastaliklar bilan tug'ilmoqda. Homiladorlik davrida turli o'tkir yuqumli kasalliklarni boshdan kechirish, endokrin va surunkali xastaliklar, bo'lajak onalarning noto'g'ri ovqatlanishi, ayollar organizmida yod, foliy kislotasi, tuz tanqisligi, ekologik omillar, jumladan, ayrim dori preparatlarini qabul qilish buning asosiy sabablaridir. Bugungi kunda skrining tizimi barcha viloyatlardagi hududiy, Qoralpog'iston Respublikasi va Toshkent shahridagi Respublika skrining markazidan iborat bo'lib, ular homilador ayollar va chaqaloqlar skrining tekshiruvlaridan o'tkazmoqda. Ushbu bo'limlar faoliyati oilada bolalarning tug'ma va irsiy xastaliklar bilan tug'ilishining oldini olishga qaratilgan. Genetik, nevropatolog, endokrinolog, ginekolog shifokorlarning maslahatlari, shuningdek, bemorni maxsus usullar yordamida tekshirish irsiy kasallikka tashxis qo'yish va kasallik alomatlariga qarab davolash, oilada irsiy kasallik bilan bola dunyoga kelishining oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, Respublika «Ona va bola skrining» markazida faoliyat ko'rsatayotgan genetika laboratoriyasida yangi tug'ilgan chaqaloqlar tug'ma gipotireoz va fenilketonuriya kasalligi bo'yicha hamda boshqa xromosoma sindromlarini aniqlash uchun tekshiruvlar o'tkazilib tashxis qo'yiladi. Ayollar salomatligi jamiyat boyligi hisoblanar ekan, demak tug'ilgan kunidan boshlab qizlarning sog'ligini saqlash va mustahkamlash yo'lida global va mahalliy miqyosda doimiy ko'mak va imkoniyatlar berilishi tabiiydir. So'nggi yillarda mamlakatimizda fertil yoshidagi ayollarning sog'ligini tiklash maqsadida bepul dori va vitaminlar bilan ta'minlanishi yo'lga qo'yildi. 2021 yilda ushbu vazifalarni bajarish uchun 30

1876

milliard so'm ishlatilganligi, 2022 yil davomida tug'ish yoshidagi, homilador va bola parvarishidagi ayollarni dori va vitaminlar bilan ta'minlash uchun 100 milliard so'm ajratilishi ayollar salomatligiga yana bir muhim qadamdir.

Kasallikni davolagandan ko'ra, uning oldini olish ma'qulligi hech kimga sir emas. Shuning uchun, davlatimiz rahbarining ko'rsatmasiga asosan, 9-12 yoshdagi o'smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi emlash va boshqa turdagi vaktsinalari uchun 2022 yilda 200 milliard so'm ajratilganligi to'g'risida xushxabar xalqimiz tomonidan olqishlandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Undan tashqari, 3 million nafar xotin-qizlarni onkologik skriningdan o'tkazishni tashkil etish va bu tadbirlar uchun davlat byudjetidan 40 milliard so'm ajratish belgilandi. Hech shubhasiz, davlatimizning ayollar o'rtasida kasalliklar profilaktikasi bo'yicha tizimli va davomli tadbirlari o'z natijasini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi "2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish" to'g'risidagi Qarori

3. Vazirlar Mahkamasining "Respublikada onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi Qarori

4. A.G'afurov, A.Abdukaimov, J.Tolipova, O.Ishankulov, M.Umaraliyeva, I.Abduraxmovaning Biologiya kitobi

5. M.Vaxidova Reproduktiv salomatlik-bu nima manba: https://xadicha.uz

6. UNICEF-har bir bola uchun. Inklyuziv ta'lim manba: https://www.unicef.org

7. O'zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

8. Ota- onaning majburiyatlari manba: https://advice.uz

9. Ona va bola skriningi 195-son 23.04.2004 manba :https://lex.uz

1877

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.