Научная статья на тему 'SOG'LOM FARZAND OILA QUVONCHI'

SOG'LOM FARZAND OILA QUVONCHI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
442
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Farzand / yaqin qarindosh / oila / skrining markazlari / gemofiliya / tibbiy-genetik maslahat. / child / close relative / family / screening centers / hemophilia / medical and genetic counseling.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — F. I. Nazarova

Ushbu maqolada nogiron bolalar tug’ilmasligi uchun ota-onalarimizni iloji boricha o’z qarindoshlari bilan quda bo’lishdan bunday ofat girdobiga tushib qolishdan cheklanishlari zarurligi yoritib berilgan. Chunki farzandlarimiz bizning ishongan tog’imiz, tayanchimiz, orzu-umidimiz, baxtimiz, hayotimiz davomchisidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A HEALTHY CHILD IS THE JOY OF A FAMILY

This article highlights the need for our parents to limit themselves as much as possible in communicating with their relatives so that disabled children are not born in such a plight. Because our children are a mountain in which we believe, support, hope, happiness, continuation of our life.

Текст научной работы на тему «SOG'LOM FARZAND OILA QUVONCHI»

SOG'LOM FARZAND OILA QUVONCHI F. I. Nazarova ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada nogiron bolalar tug'ilmasligi uchun ota-onalarimizni iloji boricha o'z qarindoshlari bilan quda bo'lishdan bunday ofat girdobiga tushib qolishdan cheklanishlari zarurligi yoritib berilgan. Chunki farzandlarimiz bizning ishongan tog'imiz, tayanchimiz, orzu-umidimiz, baxtimiz, hayotimiz davomchisidir.

Kalit so'zlari: Farzand, yaqin qarindosh, oila, skrining markazlari, gemofiliya, tibbiy-genetik maslahat.

A HEALTHY CHILD IS THE JOY OF A FAMILY

ABSTRACT

This article highlights the need for our parents to limit themselves as much as possible in communicating with their relatives so that disabled children are not born in such a plight. Because our children are a mountain in which we believe, support, hope, happiness, continuation of our life.

Keywords: child, close relative, family, screening centers, hemophilia, medical and genetic counseling.

Bu yorug' jahonda neki jonzot bo'lsa, barchasi bolasi uchun qayg'uradi, hatto og'zida don tashib boqadi, himoyalab voyaga etkazadi.

Butun mavjudot orasida eng ulug', eng mukarram etib yaratilgan inson farzandi, uning baxti, kelajagi uchun butun borlig'ini, kerak bo'lsa butun umrini bag'ishlaydi.

Bu borada bizning millatimizga - o'zbek xalqiga etadigani kam topilsa kerak. Farzand ko'rish, uni sog'-salomat katta qilish, baxtu iqbolini ko'rish xalqimiz uchun eng ezgu orzu, oliy baxt hisoblanadi.

Oilani go'zal bog'u bo'ston dеsak, farzandlarni uning qirmizi mеvalariga qiyos qilishadi. So'lim bog'ni, yеtilib pishgan ^'ma^ami ko'rganda ko'z quvonadi. Baxri dilingiz ochiladi. Sog'lom oila jamiyatning mustahkam poydеvori. Ma'naviyat, salomatlik nuqtai nazaridan aytsak, oila insoniyat naslini pok saqlovchi, sha'ni va odamiyligini ta'minlovchi asosiy vositadir. Oila rishtasining asosida mеhr- muhabbat turadi. Biz oilani bir ulkan daraxtga o'xshatsak, uning baquvvat tanasi va ildizi ota va onadir. Shunday daraxtning shoxlari ham sog'lom va ko'rkam bo'ladi. Ildiz va tana ota-ona ekan, bunday sog'lom tana va ildizdan albatta sog'lom novdalar, ya'ni sog'lom farzandlar dunyoga keladi. Biroq atrofdagi, abiotik omillar, har-xil ofatlar bor ekan, daraxtga ham ozmuncha ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi. Ko'pgina tashqi salbiy omillar,

bu oiladagi kattalarning qarorlari ya'ni aka-uka, opa-singillarning o'zaro quda-anda bo'lishi natijasida bunday holatlar butun bir ildizni quritib yuboradi.

Buyuk mutafakir bobomiz Amir Tеmur kеlin tanlash vazifasini davlat ishlari bilan tеng qo'yganligini ta'kidlab o'tganlar. Kelajakda baxtni qo'ldan boy bеrmaslik, atrofdagilarga va o'ziga zahmat etkazmaslik uchun oilain to'g'ri o'zanga qo'yish muhimdir. Zеro, oila mustahkam bo'lar ekan jamiyat mustahkam, oila tinch ekan jamiyat tinch bo'ladi.

Buyuk rus yozuvchisi L.N.Tolstoy o'zining "Anna Karenina' romanini shunday boshlagan: "Hamma baxtli oilalar bir-biriga o'xshaydi, ammo har bir baxtsiz oila o'zicha baxtsiz". Bu fikirni sog' yoki kasal bolalar bo'lgan oilalarga taluqli desa ham bo'ladi. Chunki irsiy kasal bo'lgan har bir oila o'zgacha baxtsizdir. Har qanday odam o'zidan sog'lom zurriyot qoldirgisi keladi.

Hozirgi kunda ba'zilarni yaqin qarindoshlar bilan quda-anda bo'lishga intilishi kuzatilmoqda. Buning sababi qarindosh-urug'chilikni yanada mustahkamlash va mol-mulkni begonalar qo'liga o'tib ketishidan muhofazalash deb ko'rsatilmoqda. Lekin, tibbiyot olami olimlari yaqin qarindoshlar bilan oila qurishning salbiy oqibatlari ko'pligini ta'kidlashadi. Uning asosiy sababi turli irsiy kasalliklarning kuchayib ketishidir. Uning oldini olish katta ahamiyatga ega. Eng asosiysi qon yangilanadi.

Zero, olimlarning ta'kidlashicha, yaqin qarindoshlar nikohi tufayli saksonga yaqin kasalliklar kelib chiqishi mumkin ekan. Jumladan, yo'ldosh gematomasi, temir moddasining oshib ketishi, vaznning keskin kamayib ketishi aqliy o'sishda yoki jismoniy rivojlanishida salbiy holatlar yuzaga kelishi kuzatiladi. Amerika genetiklari yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohda irsiy kasalliklar va tug'ma nuqsonlar son bir bo'lganligi uchun oila qurganda keskin darajada oshib ketishini ta'kidlashadi. Begonalar oila qurganida esa kuchli gen kuchsiz genni yengadi. Ya'ni immuniteti kuchli boladigan bo'lsa, boshqa tomonni o'sha kasalligiga qarshi tura oladi.

Yaqin qarindoshlar nikohidan tug'ulgan chaqaloqlarning o'lik yoki chala tug'ulish kabi holatlari ko'p bo'ladi. Qarindosh nikoh natijasida tug'lgan bolalarning turli kasalliklar bilan o'lishi normal nikohlarga qaraganda 3% dan ortqni tashkil qiladi. Og'ir kasalliklar bilan og'rishi 1,6 % dan ortiq bo'ladi. So'nggi yillarda akseliratsiya tufayli tug'ilgan farzandlarimiz jismoniy o'sishi durkun va baquvvat, bo'yi ota-onalariga qaraganda balandroq bo'layotganligi qayd qilinmoqda. Lekin ba'zan aksincha, bolalarning o'rta bo'yidan 0,6 sm pastroq, og'irliklari o'rta vazndan 0,3 kg kamroq bo'lganligi ham qayd qilinmoqda. Bunday bolalarda aqliy zaiflik ham ko'proq uchraydi. Misol, kuzatilayitgan bir oilada opaning sog'lom singlisining sog'lom o'g'liga nikohlandi. Bu oilada 3 qiz, 2 o'g'il tug'iladi. Besh boladan 2 tasi mikrosefaliya (bosh miyasi juda kichik) bo'lib tug'iladi. Ularda tutqanoq kasalligi paydo bo'ladi. Bu bolalarning biri 1 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda ayrim sabablarga ko'ra vafot etdi. Har ikki bir xil kasallik irsiy ekanligidan dalolat beradi.

Gapirish qanchalik noxush bo'lmasin, nosog'lom, nuqsonli farzand dunyoga kelishi natijasida yuzaga kelgan muammo va tashvishlar tufayli oila tinchligi, xotirjamligi buzilib, vaziyat hattoki ajrimlarga borib taqalayotgani bor gap. Jamiyatimizda ana shunday holatlarni oldini olish - oilada sog'lom farzandlar tug'ilishini nazorat qilish maqsadida skrining markazlari faoliyat yuritilmoqda.

Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunda shaharlarda qarindoshlar o'rtasida oila qurish hollari o'n foyizga, qishloq joylarida yigirma-yigirma besh foyizga yetayotgan ekan.

Shunday ko'ngilsiz voqealarning oldini olish, yosh avlodlarimizni sog'lom va baxtli bo'lib o'sishlari uchun hozirgi vaqtda katta shifoxonalarda tibbiy-genetik maslahat markazlari skrining markazlari ishlab turibdi. Biroq mamlakatimizda reproduktiv salomatlik bo'yicha keng targ'ibot ishlari olib borilayotganiga qaramay, qarindoshlarning quda-anda bo'lishi hamon uchrab turibdi.

Oilada irsiy kasallik bor yo'qligidan qat'iy nazar, turmush qurishdan oldin albatta genetik shifokordan maslahat olish lozim, biroq afsuski, yosh ota-onalar oilada kasal bola paydo bo'lgandan keyingina shifokorga murojat qiladilar. Ba'zi hollarda esa irsiy kasalliklarda bola mutlaqo normal tug'ilishi mumkin. Lekin haftalar oylar, yillar yoki hatto o'n yillar o'tgandan keyin genning zararli ta'siri namoyon bo'la boshlaydi. Tug'iladigan bolaning organlari yoki to'qimalari qancha vaqtdan keyin shu kasallikka uchrashini ota-ona albatta bilishi kerak. Shuuning uchun qarindoshlar o'rtasidagi nikohlar etiborda bo'lishi lozim. Nasldan-nasilga o'tuvchi resessiv kasalliklarga sababchi genlar yashirin o'tishi ham mumkin. Ba'zida (erkaklarda) qonning yetarlicha ivimasligi (gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasalliklarga xromosoma geni sababchi bo'ladi. Ammo gemofiliya kasalligi nasildan-nasilga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya geni bo'lgan xromosomani tashuvchi ayoldan tug'ulgan o'g'il bolalarning 50 foizida qon ivimaslik kasalligi kuzatiladi. Bunday kasal qizlarda bo'lmaydi. Gemofiliya erkak bilan gemofiliya geni bo'lgan ayol o'rtasidagi (qarindoshlar o'rtasidagi) nikohdan tug'uladigan homilalar yashashga layoqatsiz bo'ladi. Ba'zida qizil va yashil ranglarni farqlay olmaydigan (daltonizm) bola tug'uladi. Daltonizm nasldan-naslga o'tishi mumkin. Bulardan tashqari, tug'ma kar, soqov va ruhiy kasal bolalar ham tug'uladi.

Qarindoshlar nikohidan 100 foiz nogiron bola tug'iladi, deb bo'lmaydi, albatta. Ikki qarindosh nikohidan sog'lom bolalar tug'ilishi mumkin, lekin bunda genlar hali kasallik belgilarini takrorlashga ulgurmagan bo'ladi. Ikkinchi avlod bolalarida qarindosh bo'lib turmush qurgan bobo va buvisining geniga xos bo'lgan kasallik albatta yuzaga keladi. Yoki ulardan keyingi avlodda bu holatni kuzatish mumkin.

Mamlakatimizda sog'lom ona - sog'lom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Mamlakatimiz sog'liqni saqlash tizimida mutlaqo yangi tizim - perinatal, skrining xizmatlari, reproduktiv salomatlik markazlari

faoliyati yo'lga qo'yildi. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan tug'ruq majmualari barpo etildi, onalik dasturi hayotga izchil tatbiq qilinmoqda. Qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda o'smir qizlar, tug'ruq yoshidagi va homilador ayollar, yosh onalarning salomatligini doimiy nazorat qilib borish, ularni o'z vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tkazish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratildi.

Bugan davlatimiz tomonidan ertamiz egalariga bo'lgan cheksiz e'tibor sabab sog'lom avlod tarbiyasiga harakat u dunyoga kelmasdan boshlanmoqda. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi "Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazash to'g'risadagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 365-sonli qaroriga binoan har bir kelin-kuyov to'ydan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishi shart. Bu qarindosh-urug'lar o'rtasidagi nikohni inkor e'tib, sog'lom zurriyotlar dunyoga kelishiga keng shart-sharoitlar yaratib berdi. 2005- yildan buyon faoliyat ko'rsatayotgan skrining markazining asosiy maqsadi homiladorlarda erta tekshiruv yo'lga qo'yilganligi va muammoli homila o'z vaqtida to'xtatilayotganligi sababli nogiron bola tug'ulishi 1,7 barobar kamaygan.

Bunday ulkan sa'y-harakatlar zamirida avvalo inson, uning manfaatlari, aholi farovonligini yuksaltirish, jismonan sog'lom, ma'nan yetuk avlodni kamolga yetkazishdek ezgu maqsadlar mujassam.

Buyuk aloma Abu Ali ibn Sino ham o'tkazgan tadqiqotlar asosida irsiyatga oid fikrlarni yozib qoldirgan. Agar odam baquvvat va sog'lom yashab, har xil irsiy kasalliklardan holi bo'lsa uning avlodi ham sog' bo'ladi, deb xulosa chiqarganlar.

Hayot ham, sog'lik ham Alloh tomonidan insonga berilgan bebaho ne'mat. Uni suiste'mol qilishga, putur yetkazishga hech kimning haqqi yo'q. Biz nafaqat bo'lajak avlod tarbiyasiga, balki sog'ligiga ham birdek mas'ulmiz. Shunday ekan, yaqin qarindoshlarning oila qurishiga indamay qarab turish dunyoga keladigan go'dakning nogiron bo'lib tug'ilishiga ota-onasi bilan barobar tarzda sababchi bo'lish demakdir. Albatta, sog'lom oila sog'lom jamiyat asosidir. Zero, oilada sog'lom turmush tarzini qaror toptirish yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladi.

Adabiyotlar ro'yxati

[1] Назаров, А. И. (2022). АУТИЗМ КАСАЛЛИКИНИ ЭРТА АНЩЛАШДА ВА ДАВОЛАШДА ДАВО ЧОРАЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИ^АРИШ ВА ДАВО САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ. Scientific progress, 5(1), 1143-1152.

[2] Nazarov, A. I. (2022). ATROF-MUHITNING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI. Scientific progress, 5(1), 881-885.

[3] Nazarova, F. I. (2022). ABU ALI IBN SINONING SOG 'LOM TURMUSH TARZINI SHAKILANIRISHI HAQIDA. Scientific progress, 5(1), 1137-1142.

[4] Назарова, Ф. И. (2022). БУХОРО ВИЛОЯТИ ШАРОИТИДА ИНГИЧКА ТОЛАЛИ ЕУЗА НАВЛАРИНИ ЯРАТИШ-ДАВР ТАЛАБИ. БАРДАРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДДИДОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙЖУРНАЛИ, 2(2), 92-94.

[5] Nazarova, F. (2022). QARIDOSHLAR ORASIDAGI OFAT. Scientific progress, 5(1), 663-669.

[6] Джураев, А. М., & Халимов, Р. Д. (2012). Наш опыт хирургического лечения болезни Пертеса у детей. Врач-аспирант, 50(1.3), 377-383.

[7] Джураев, А., Усманов, Ш., Рахматуллаев, Х., & Халимов, Р. (2021). Наш опыт хирургического лечения врожденного возвышения лопатки у детей раннего возраста. Медицина и инновации, 1(4), 37-44.

[8] DJuraev, A. M., & Khalimov, R. J. (2020). New methods for surgical treatment of perthes disease in children. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(2), 301-307.

[9] JURAEV, A. M., & KHALIMOV, R. J. АМ ЖУРАЕВ, РД ХАЛИМОВ. ORCID ID: 0000-0002-9309-3933 Масъул котиб Маматова Нодира Мухторовна-тиббиёт фанлари доктори, Тошкент давлат стоматология институти Фармакология кафедраси мудири. ORCID ID: 0000-0003-2396-4905, 94.

[10] Рахматуллаев, Х. Р., Джураев, А. М., & Халимов, Р. Д. (2020). ХИРУРГИЧЕСКОЕ ЛЕЧЕНИЕ БОЛЕЗНИ ПЕРТЕСА У ДЕТЕЙ. ББК 54.58 Е 36, 304.

[11] Valizhanovna, K. L. (2022). RATIONAL APPLICATION OF NEW PEDAGOGICAL METHODS OF TEACHING IN A MODERN UNIVERSITY, RESULTS AND EFFECTS OF INTERACTIVE LEARNING. БАРДАРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДДИДОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2(2), 33-38.

[12] Кадырова, Л. В., & Рахимова, Г. Ш. (2021). Некоторые Аспекты Состояния Эндокринных Желёз Белых Крыс После Черепно-Мозговой Травмы. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 254-257.

[13] Abdurasulovich, S. B. (2021). Age and metastatic characteristics of mammary cancer. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(09), 18-21.

[14] Zokirovna, O. A. (2021, July). Comparative characteristics of the morphological parameters of the liver at different periods of traumatic brain injury. In Euro-Asia Conferences (pp. 139-142).

[15] Zokirovna, O. A. (2021). Macroand microscopic structure of the liver of threemonthly white rats. Academic research in educational sciences, 2(9), 309-312.

[16] Zokirovna, O. A. (2021). Macroand microscopic structure of the liver of threemonthly white rats. Academic research in educational sciences, 2(9), 309-312.

[17] Israilov, R. I., Sanoev, B. A., & Olimova, A. Z. (2020). Pathologically Undifferentiated Placental Morphology in Primary Placental Insufficiency. American Journal of Medicine and Medical Sciences, 10(9), 660-663.

[18] Zokirovna, O. A., & Abdurasulovich, S. B. (2021). Ovarian Diseases in Age of Reproductive Women: Dermoid Cyst. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 1(6), 154-161.

[19] Abdurasulovich, S. B., & Zokirovna, O. A. (2021). Pathology of Precancerous Conditions of the Ovaries in Women of Reproductive Age. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 1(6), 146-153.

[20] Abdurasulovich, S. В., & Zokirovna, O. A. (2021). Pathology of Precancerous Conditions of the Ovaries in Women of Reproductive Age. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 1(6), 146-153.

[21] Ilkhomovna, K. M., Eriyigitovich, I. S., & Kadyrovich, K. N. (2020). Morphological Features of microvascular Tissue of the Brain at hemorrhagic stroke. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 2(10), 53-59.

[22] Kadyrovich, K. N., Erkinovich, S. K., & Ilhomovna, K. M. (2021). Microscopic Examination Of Postcapillary Cerebral Venues In Hemorrhagic Stroke. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 3(08), 69-73.

[23] Камалова, М. И., & Хайдаров, Н. К. (2020). PREVENTION AND RISK FACTORS FOR BRAIN INFARCTION (LITERATURE REVIEW). Журнал неврологии и нейрохирургических исследований, 1(2).

[24] Kamalova, M. K., Fomenko, I. V., Dmitrienko, D. S., Matvienko, N. V., Arjenovskaya, E. N., Gevorkyan, A. G., & Maslak, E. E. (2020). Reasons for 1-17-year-old children to visit A dentist during the covid-19 pandemic. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(7), 546-558.

[25] Kamalova, M. K., Fomenko, I. V., Dmitrienko, D. S., Matvienko, N. V., Arjenovskaya, E. N., Gevorkyan, A. G., & Maslak, E. E. (2020). Reasons for 1-17-year-old children to visit A dentist during the covid-19 pandemic. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(7), 546-558.

[26] Ismoilov, O. I., Murodkosimov, S. M., Kamalova, M. I., Turaev, A. Y., & Mahmudova, S. K. (2021). The Spread Of SARS-Cov-2 Coronavirus In Uzbekistan And Current Response Measures. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 3(03), 45-50.

[27] Shomurodov, K., Khaidarov, N., & Kamalova, M. (2021). The formation and eruption of baby teeth in children. Зб1рник наукових праць SCIENTIA.

[28] Azimov, A. A., Maksudova, F. K., Usmonova, M. K., & Yarkulova, Y. M. (2021). Marketing Research of the Pharmaceutical Market of Restorative Action Drugs of the Republic of Uzbekistan. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 12, 338-342.

[29] Ganijonovna, H. S. (2021). Causes of high level of anxiety in preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1474-1480.

[30] Hasanova, S. G. (2019). THE SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF PSYCHOLOGICAL RESEARCH OF PROBLEMS PREPARATION CHILDREN IN SCHOOLS. Theoretical & Applied Science, (11), 680-684.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.