Научная статья на тему 'QARIDOSHLAR ORASIDAGI OFAT'

QARIDOSHLAR ORASIDAGI OFAT Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
263
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
pik kasalligi / bo’ri og’iz / gemofiliya. / peak disease / wolf's mouth / hemophilia.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Firuza Nazarova

Maqolada qarandoshlar o’rtasidagi nikoh oqabatida vujudga kelgan bir muncha ko’p uchraydigan irsiy kasalliklar to’g’risida ma’lumot berilgan. Ushba maqola orqali ota-onalar farzandlarining baxtli bo’lishlarini istashsa, sog’lom avlodga bolalarning barkamolligiga erishish eng oily maqsad ekanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISASTER AMONG RELATIVES

The article describes some common hereditary diseases resulting from marriage between pencils. The article, published in the journal, emphasizes that achieving the harmonious development of children in a healthy generation is the most urgent goal if parents want their children to be happy.

Текст научной работы на тему «QARIDOSHLAR ORASIDAGI OFAT»

QARIDOSHLAR ORASIDAGI OFAT

Firuza Nazarova

Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy biologiya kafedrasi assistenti.

ANNOTATSIYA

Maqolada qarandoshlar o'rtasidagi nikoh oqabatida vujudga kelgan bir muncha ko'p uchraydigan irsiy kasalliklar to'g'risida ma'lumot berilgan. Ushba maqola orqali ota-onalar farzandlarining baxtli bo'lishlarini istashsa, sog'lom avlodga bolalarning barkamolligiga erishish eng oily maqsad ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: pik kasalligi, bo'ri og'iz, gemofiliya.

DISASTER AMONG RELATIVES ABSTRACT

The article describes some common hereditary diseases resulting from marriage between pencils. The article, published in the journal, emphasizes that achieving the harmonious development of children in a healthy generation is the most urgent goal if parents want their children to be happy.

Keywords: peak disease, wolf's mouth, hemophilia.

Har bir xonadonda chaqaloq dunyoga kelarkan, ota-ona, yaqinlar sevinadi. Tug'ilgan bu murg'ak jon ko'ngillarga katta umid va cheksiz quvonch baxsh etadi. Endi u sog'-salomat ulg'aysa, yanada quvonchli. Agar aksi bo'lsa-chi...

Buyuk rus yozuvchisi L.N.Tolstoy o'zining "Anna Karenina' romanini shunday boshlagan: " Hamma baxtli oilalar bir-biriga o'xshaydi, ammo har bir baxtsiz oila o'zicha baxtsiz". Bu fikirni sog' yoki kasal bolalar bo'lgan oilalarga taluqli desa ham bo'ladi [1-12]. Chunki irsiy kasal bo'lgan har bir oila o'zgacha baxtsizdir. Har qanday odam o'zidan sog'lom zurriyot qoldirgisi keladi.

Oila jamiyatning muhum tarkibiy qismi hisoblanadi . Biz oilani bir ulkan daraxtga o'xshatsak, uning baquvvat tanasi va ildizi ota va onadir. Shunday daraxtning shoxlari ham sog'lom va ko'rkam bo'ladi. Ildiz va tana ota-ona ekan, bunday sog'lom tana va ildizdan albatta sog'lom novdalar, ya'ni sog'lom farzandlar dunyoga keladi. Biroq atrofdagi, abiotik omillar, har-xil ofatlar bor ekan, daraxtga ham ozmuncha ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi. Ko'pgina tashqi salbiy omillar, bu oiladagi kattalarning qarorlari ya'ni aka-uka, opa-singillarning o'zaro quda-anda bo'lishi natijasida bunday holatlar butun bir ildizni quritib yuboradi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda global masalalardan biri bu- yoshlarimizning o'zaro qon qarindosh nikoh qurishlardir. Ko'p holarda yaqin qarindoshlar o'rtasida

tug'ulgan bolalarda irsiy kasalliklar yaqol namoyon bo'ladi. Dunyo olimlarning takidlashicha, bugungi kunda irsiy muammolarga 80 foiz hollarda qarindoshlarning o'zaro nikoh va ekologik moammolarga sabab bo'lmoqda. Ko'pgina mamlakatlarda qarindoshlar bilan o'zlari nikohlar katta ko'rsatgichga egai. Bu holatlar ayniqsa Yaponya, Hindiston, Isroil va O'rta Osiyo xalqlarida ko'p uchraydi [13-30]. Yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlarda avlodlarning nasl kasaliklari bilan shikastlanish xafi juda ham ko'payadi. Chunki bunday oilarlarda zararli resissiv genlarning bir-biri bilan uchrashi tasodifi oshib ketadi.

Yaqin qarindoshlar nikohidan tug'ulgan chaqaloqlarning o'lik yoki chala tug'ulish kabi holatlari ko'p bo'ladi. Qarindosh nikoh natijasida tug'lgan bolalarning turli kasalliklar bilan o'lishi normal nikohlarga qaraganda 3% dan ortqni tashkil qiladi. Og'ir kasalliklar bilan og'rishi 1,6 % dan ortiq bo'ladi. So'nggi yillarda akseliratsiya tufayli tug'ilgan farzandlarimiz jismoniy o'sishi durkun va baquvvat, bo'yi ota-onalariga qaraganda balandroq bo'layotganligi qayd qilinmoqda. Lekin ba'zan aksincha, bolalarning o'rta bo'yidan 0,6 sm pastroq, og'irliklari o'rta vazndan 0,3 kg kamroq bo'lganligi ham qayd qilinmoqda. Bunday bolalarda aqliy zaiflik ham ko'proq uchraydi. Misol, kuzatilayitgan bir oilada opaning sog'lom singlisining sog'lom o'g'liga nikohlandi. Bu oilada 3 qiz, 2 o'g'il tug'iladi. Besh boladan 2 tasi mikrosefaliya (bosh miyasi juda kichik) bo'lib tug'iladi. Ularda tutqanoq kasalligi paydo bo'ladi. Bu bolalarning biri 1 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda ayrim sabablarga ko'ra vafot etdi. Har ikki bir xil kasallik irsiy ekanligidan dalolat beradi.

Norvegiyalik olimlarning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, agar oilada bitta bola majruh bo'lib tug'ulsa, bu narsaning kelgusi avlodlarda takrorlanishi ehtimoli 8 baravar ortadi. Ularning ma'lumotlariga ko'ra, patalogik kasalliklarning asosiy sababi qarindoshlar orasidagi nikohidir. Shuningdek, chaqaloqlarning tug'ulishi bilan nobud bo'lishi yoki bir yil davomidagi o'limi darajasi amakivachalar, xolavachalar, tog'avachalar o'rtasidagi nikohlardan bo'lgan bolalarr orasida yuqoridir. Buning natijasida tug'iladigan farzandlar "pik kasalligi", "quyonlab", "bo'ri og'iz", yurak xastaliklari, tug'ma falaj kabi nuqson kabi kamchiliklar bilan tug'uladi. Bu 9 oy orziqib farzand kutgan ota-onalar uchun og'ir. Natijada kelin va kiyov o'rtasidagi kelishmovchilaklarni keltirib chiqaradi. Nogiron, jismonan yoki aqli zaif, kasalmand bolalarni kasalma-kasalxona olib borib, tabib, folbin, duoxon, ekstraseanlar orasida yurib, hech naf topolmagan ota-onalarni ko'p ko'ramiz.

Yaqin qarindosh va qarindosh bo'lmagan oilalarda irsiy anomaliya chastotalarning foizi (K. Shtern bo'yicha)

Davlatlar Qarindosh bo'lmagan oilalar Yaqin qarindosh bo'lgan

Fransiya 3,5 12,8

Yaponiya 1,02 1,69

Shvetsiya 4 16

AQSH 9,82 16,15

1-jadval

Shunday ko'ngilsiz voqealarning oldini olish, yosh avlodlarimizni sog'lom va baxtli bo'lib o'sishlari uchun hozirgi vaqtda katta shifoxonalarda tibbiy-genetik maslahat markazlari skrining markazlari ishlab turibdi. Biroq mamlakatimizda reproduktiv salomatlik bo'yicha keng targ'ibot ishlari olib borilayotganiga qaramay, qarindoshlarning quda-anda bo'lishi hamon uchrab turibdi.

Oilada irsiy kasallik bor yo'qligidan qat'iy nazar, turmush qurishdan oldin albatta genetik shifokordan maslahat olish lozim, biroq afsuski, yosh ota-

onalar oilada kasal bola paydo bo'lgandan keyingina shifokorga murojat qiladilar. Ba'zi hollarda esa irsiy kasalliklarda bola mutlaqo normal tug'ilishi mumkin. Lekin haftalar oylar, yillar yoki hatto o'n yillar o'tgandan keyin genning zararli ta'siri namoyon bo'la boshlaydi. Tug'iladigan bolaning organlari yoki to'qimalari qancha vaqtdan keyin shu kasallikka uchrashini ota-ona albatta bilishi kerak. Shuuning uchun qarindoshlar o'rtasidagi nikohlar etiborda bo'lishi lozim. Nasldan-nasilga o'tuvchi resessiv kasalliklarga sababchi genlar yashirin o'tishi ham mumkin. Ba'zida (erkaklarda) qonning yetarlicha ivimasligi (gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasalliklarga xromosoma geni sababchi bo'ladi. Ammo gemofiliya kasalligi nasildan-nasilga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya geni bo'lgan xromosomani tashuvchi ayoldan tug'ulgan o'g'il bolalarning 50 foizida qon ivimaslik kasalligi kuzatiladi. Bunday kasal qizlarda bo'lmaydi. Gemofiliya erkak bilan gemofiliya geni bo'lgan ayol o'rtasidagi (qarindoshlar o'rtasidagi) nikohdan tug'uladigan homilalar yashashga layoqatsiz bo'ladi. Ba'zida qizil va yashil ranglarni farqlay olmaydigan (daltonizm) bola tug'uladi. Daltonizm nasldan-naslga o'tishi mumkin. Bulardan tashqari, tug'ma kar, soqov va ruhiy kasal bolalar ham tug'uladi.

Qarindoshlar nikohidan 100 foiz nogiron bola tug'iladi, deb bo'lmaydi, albatta. Ikki qarindosh nikohidan sog'lom bolalar tug'ilishi mumkin, lekin bunda genlar hali kasallik belgilarini takrorlashga ulgurmagan bo'ladi. Ikkinchi avlod bolalarida qarindosh bo'lib turmush qurgan bobo va buvisining geniga xos bo'lgan kasallik albatta yuzaga keladi. Yoki ulardan keyingi avlodda bu holatni kuzatish mumkin.

Irsiy kasalligi bilan og'rigan shaxslarning hammasida ham jismoniy va aqliy zaiflik bo'lmaydi. Ularning ko'pchiligi oilada ham, jamiyatda ham asosiy o'rinni egallashi mumkin, ya'ni bu zaifliklar bilinmaydi va ular faoliyatiga aytarli ta'sir etmaydi. Aytaylik, ikkita qarindosh oila qurib, bir nechta farzandli bo'lishdi. Biroq ular o'rta maktabni yaxshi bitirolmasa, oliy o'quv yurtlariga kira olmasa, birorta aqliy qobiliyatini namoyon qilolmasa, bu haqda ham chuqur o'ylab ko'rish kerak bo'ladi. Farzandimizning qo'l-oyog'i butun, jismonan sog'lom, do'xtirlarning qarindoshlar nikohidan nogiron bola tug'iladi degan gapi bekor gap, deguvchilar qattiq adashadilar.

Ko'pincha nasldan-naslga o'tgan kasallikni oila ustiga tushgan qandaydir «tovqi la'nat» deb tushunildi. Bu esa, er bilan xotinning va qarindosh-urug'larning bir-birlarini o'rinsiz, behuda ayblashlariga sabab bo'lishi mumkin.Vaholanki, bu tekshiruv butun avlodda bo'lishi mumkin bo'lgan kasallikning oldini olishda yordam beradi. Lekin shunga qaramay, bemorlarning qarindosh-urug'larini tekshirib ko'rish zarur bo'lsa yoki shunday istak tug'ilsa, bu ishni bemorlarning roziligisiz qilinmaydi, aksari hollarda ularning o'zlari qarindosh-urug'lar bilan gaplashib ko'rishi ma'qul bo'ladi.

Aslida irsiy muammolar har birimizda mavjud. Faqat ular yashirin tusda bo'ladi. Qachonki infeksiya o'choqlari, kamqonlik kabi holatlar yuzaga kelganda ular "bosh ko'taradi" ya'ni o'zini nanoyon etadi. "Gen tashuvchilar" uchrashganda, agar ular bir-biriga begona bo'lsa, tug'ulajak bolada irsiy kasallik bo'lishi xafi kamroq, agar ular o'zaro qarindosh bo'sa bu xavf 3-4 barovar ko'proq bo'ladi.

Bu kasallik mamlakatlarda ayniqsa bizning O'rta Osiyo mamlakatlarida qarindoshlar bilan o'zaro nikohlarda bo'lishi katta foizni tashkil qiladi. Bunday kasalliklarni oldini olish chora tadbirlari nikohdan o'tishda qarindosh urug'chilikga yo'l qo'ymaslik lozim

Bizning sharoitimizda farzandlarning boshini qovushtirishda ko'proq ota-onalar tashabbuskor bo'lishadi. Shuning uchun ular qarindoshlar nikohi oqibatlariga nisbatan ongli munosabatda bo'lishlari, qiz tanlashda, kuyov tanlashda buni hisobga olishlari kerak.

Tajribam davomida qarindoshchilik nikohidan tug'ilgan esi past, nogiron bolalarni juda ko'p ko'rganmiz. Mana shu bolalarga qarash, ota sifatida, ona sifatida ularning taqdiri haqida o'ylash va qayg'urishdan fojealiroq narsaning o'zi bo'lmasa kerak. Shuning uchun o'z navbatida turmush bo'sag'asidagi har bir yigit-qiz ham o'zining hayoti, taqdiri uchun mas'ul bo'lishi, bunday bilim va ma'lumotlarni bilishi shart. Bilmasa, adashadi. Keyin birovni ayblashga haqqi yo'q, bundan hech naf chiqmaydi, vaqtni ham orqaga qaytarib bo'lmaydi.

Hayot ham, sog'lik ham Alloh tomonidan insonga berilgan bebaho ne'mat. Uni suiste'mol qilishga, putur yetkazishga hech kimning haqqi yo'q. Biz nafaqat bo'lajak avlod tarbiyasiga, balki sog'ligiga ham birdek mas'ulmiz. Shunday ekan, yaqin qarindoshlarning oila qurishiga indamay qarab turish dunyoga keladigan go'dakning nogiron bo'lib tug'ilishiga ota-onasi bilan barobar tarzda sababchi bo'lish demakdir.

Xulosa o'rnida shuni aytish joyizki sog'lom bolaning dunyoga kelishida eng avvalo ota-ona ma'sul shaxsdir. Bugan davlatimiz tomonidan ertamiz egalariga bo'lgan cheksiz e'tibor sabab sog'lom avlod tarbiyasiga harakat u dunyoga kelmasdan boshlanmoqda. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi "Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazash to'g'risadagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 365-sonli qaroriga binoan har bir kelin-kuyov to'ydan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishi shart. Bu qarindosh-urug'lar o'rtasidagi nikohni inkor

e'tib, sog'lom zurriyotlar dunyoga kelishiga keng shart-sharoitlar yaratib berdi. 2005-yildan buyon faoliyat ko'rsatayotgan skrining markazining asosiy maqsadi homiladorlarda erta tekshiruv yo'lga qo'yilganligi va muammoli homila o'z vaqtida to'xtatilayotganligi sababli nogiron bola tug'ulishi 1,7 barobar kamaygan.

Nogiron bolalar tug'ilmasligi uchun ota-onalarimizni iloji boricha o'z qarindoshlari bilan quda bo'lishdan bunday ofat girdobiga tushib qolishdan cheklanishlari zarur. Chunki farzandlarimiz bizning ishongan tog'imiz, tayanchimiz, orzu-umidimiz, baxtimiz, hayotimiz davomchisidir.

Buyuk aloma Abu Ali ibn Sino ham o'tkazgan tadqiqotlar asosida irsiyatga oid fikrlarni yozib qoldirgan. Agar odam baquvvat va sog'lom yashab, har xil irsiy kasalliklardan holi bo'lsa uning avlodi ham sog' bo'ladi, deb xulosa chiqarganlar.

Xullas, ota-onalar farzandlarining baxtli bo'lishlarini istashsa, sog'lom avlodga bolalarning barkamolligiga erishish eng oily maqsad ekanligini tushunib yetishlari zarur.

REFERENCES

[1] Sylvia Mader, Michael Windelspecht. Human Biology.-2015.

[2] Фогел Ф, Мотулски А. Генетикачеловека.3 жилдлик.-М: 1990

[3] Nazarova, F., & Hudaikulova, N. (2019). Healthy generation-the basis of a healthy family. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(7), 69-73.

[4] Nazarova, F. (2021). The use of phenological observations in the determination of the main phases of the development of thin-fiber goose varieties in the conditions of bukhara region. Theoretical & applied science Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (9), 523-526.

[5] Hodzhieva, D. T., Pulatov, S. S., & Hajdarova, D. K. (2015). Vse o gemorragicheskom insul'te lic pozhilogo i starcheskogo vozrasta (sobstvennye nabljudenija)[All of hemorrhagic stroke in elderly persons (own observations)].

[6] ПУЛАТОВ, С. С., & МАНСУРОВА, Н. А. (2020). ПОКАЗАТЕЛИ ТИРЕОТРОПНОГО ГОРМОНА ПРИ БОЛЕЗНИ ПАРКИНСОНА. ЖУРНАЛ НЕВРОЛОГИИ И НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 1(3).

[7] Рахматова, Д. И., & Пулатов, С. С. (2019). НЕЙРОФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ И ГОРМОНАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ПОДРОСТКОВОЙ ЭПИЛЕПСИИ. Новый день в медицине, (4), 275-279.

[8] Рахматова, Д. И., & Пулатов, С. С. (2016). Особенности течения инволюционной эпилепсии. Биология и интегративная медицина, (1).

[9] Рахматова, Д. И., Пулатов, С. С., & Ходжиева, Д. Т. (2016). ОСОБЕННОСТИ КЛИНИКИ И ДИАГНОСТИКИ ЭПИЛЕПСИИ У ПОДРОСТКОВ. In МЕДИКО-БИОЛОГИЧЕСКИЕ, КЛИНИЧЕСКИЕ И СОЦИАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ЗДОРОВЬЯ И ПАТОЛОГИИ ЧЕЛОВЕКА (pp. 190-192).

[10] Жураева, Д. Н., Мардонова, З. О., Пулатов, С. С., & Тошева, И. И. (2013). ГЕНДЕРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ПСИХОВЕГЕТАТИВНЫХ НАРУШЕНИЙ У ПАЦИЕНТОВ С НЕВРАЛГИЕЙ ТРОЙНИЧНОГО НЕРВА. Здравоохранение (Минск), (6), 6-8.

[11] Рахматова, Д. И., Пулатов, С. С., & Ходжиева, Д. Т. (2016). ОСОБЕННОСТИ КЛИНИКИ И ДИАГНОСТИКИ ЭПИЛЕПСИИ У ПОДРОСТКОВ. In МЕДИКО-БИОЛОГИЧЕСКИЕ, КЛИНИЧЕСКИЕ И СОЦИАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ЗДОРОВЬЯ И ПАТОЛОГИИ ЧЕЛОВЕКА (pp. 190-192).

[12] Наврузова, Н. О., Ихтиярова, Г. А., Каримова, Г. К., Наврузова, У. О., Шукуров, И. Б., & Аманова, Х. И. (2019). Современные диагностические методы для раннего выявления заболеваний шейки матки. Доктор ахборотномаси, (4), 7782.

[13] Navruzova, N. O., Karimova, G. K., & Ikhtiyarova, G. A. (2020). Modern approaches to the diagnosis of cervical pathology. Medicine and sports, (1), 74-77.

[14] Karimova, G. K., Navruzova, N. O., & Nurilloyeva, S. N. (2020). An individual approach to the management of gestational diabetes. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 6284-6291.

[15] Navruzova, N. O., Ikhtiyarova, G. A., & Karimova, G. K. (2020). Colposcoria as a diagnostic method for early detection of cervical diseases. Problems of Biology and Medicine, (1.1), 117.

[16] Наврузова, Н. О., Ихтиярова, Г. А., & Каримова, Г. К. (2020). Кольпоскория как диагностический метод для раннего выявления заболеваний шейки матки. Проблемы биологии и медицины, (1.1), 117.

[17] Наврузова, Н. О., Каримова, Г. К., & Ихтиярова, Г. А. (2020). Современные подходы к диагностике патологии шейки матки. Тиббиёт ва спорт, (1), 74-77.

[18] Navruzova, N., Ikhtiyarova, G., & Navruzova, O. Retrospective analysis of gynecological and somatic anamnesis of cervical background and precancerous diseases. SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN, 2181-1601.

[19] Navruzova, N. O., Karshiyeva, E. E., Ikhtiyarova, G. A., Hikmatova, N. I., Olimova, N. I., & Muminova, N. K. (2021). CLINICAL AND LABORATORY MARKERS FORECASTING OF CERVICAL DISEASES AND ITS PREVENTION. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 13098-13110.

[20] Ashurova, N. G., & Navruzova, N. O. (2017). Preclinical diagnosis of cervical diseases. News of dermatovenerology and reproductive health, (3), 4.

[21] Navruzova, N. O., Ikhtiyarova, G. A., Karimova, G. K., Navruzova, U. O., & Shukurov, I. B. (2019). AmanovaKh. I. Modern diagnostic methods for early detection of cervical diseases. Doctor akhborotnomasi, (4), 77-82.

[22] Tuksanova, Z. I., Ashurova, N. A., Safarova, G. A., & Hikmatova, M. F. (2018). HEALTH STATUS OF SCOOL CHILDREN DEPENDING ON HEALTH CARE ACTIVITIES OF FAMILIES. European science review, (9-10-2), 164-166.

[23] Furkatovna, H. M. (2021). TO STUDY THE ANTHROPOMETRIC PARAMETERS OF CHILDREN AND ADOLESCENTS INVOLVED IN ATHLETICS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(06), 238242.

[24] Furkatovna, H. M. (2021). MEDICINAL PLANTS FOR BLOOD THINNING IN PREGNANT WOMEN. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 2(1), 5-7.

[25] Furkatovna, H. M. (2021). Pakistan pharmaceutical stocks behavior during covid19. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 2(1), 8-10.

[26] Hikmatova, M. F., & Khamdamova, M. T. (2021). A study of morphometric features of anthropometric parameters of adolescents living in the city of Bukhara engaged in athletics. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 215-217.

[27] Hikmatova, M. F., & Khamdamova, M. T. (2021). Morphometric features of anthropometric parameters of adolescents living in the city of Bukhara engaged in athletics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 492-495.

[28] Кароматов, И. Д., & Пулатов, С. С. (2016). Лечебные свойства базилика. Биология и интегративная медицина, (1).

[29] Khozhieva, D. T., Pulatov, S. S., & Khaydarova, D. K. (2015). Vsyo o gemorragicheskom insul'te lits pozhilogo i starcheskogo vozrasta (sobstvennyye nablyudeniya)[All about hemorrhagic stroke in elderly and senile (own observations)].

[30] Hodzhieva, D. T., Pulatov, S. S., & Hajdarova, D. K. (2015). Vse o gemorragicheskom insulte lic pozhilogo i starcheskogo vozrasta.[All about hemorrhagic stroke of elderly and elderly people].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.